Reja: Jamiyatda matbuotning tutgan o’rni



Yüklə 22,22 Kb.
tarix22.06.2023
ölçüsü22,22 Kb.
#134031
Mavzu


Mavzu
Lavha badiiy publististikaning boshlang`ich janri sifatida
Reja:
1.Jamiyatda matbuotning tutgan o’rni
2.Lavha o’zi nima
3.Lavhalar sharhi
Xulosa

Kishilik jamiyatida matbuotning tutgan o'rni beqiyosdir. Insoniyat


tariximng hamma bosqichlaridagi kabi hozjrgi davrda ham matbuot,
ommaviy axborot vositalari jamiyat taraqqiyoti va insoniyat taqdirida
muhim rol o ‘ynamoqda. Hozirgi zamon hayotini - buyuk kashfiyotlar asri,
fan va texnika g‘oyat rivojlangan, insoniyat tafakkurining bemisl
yutuqlariga erishilayotgan XXI asrni matbuotsiz, gazeta va jumallarsiz,
radio va televideniyesiz, axborot agentliklari va internet tarmogMsiz
tasavvur etib boimaydi. Inson nonsiz, nozu - ne’matlarsiz yashay
olmaganidek, ma’naviy oziq boim ish matbuot, ommaviy axborot
vositalari ham hozirgi zamon odamlarining doimiy yoidoshi, yaqin
hamkoriga aylangan. Butun yer qurrasini ko‘z ilg'amas qon tomirlari
singari qamrab olgan ommaviy axborot vositalari kishilarga dunyoda
boiayotgan voqea-hodisalar to‘g‘risida har kuni, har soat, har soniyada
xabar berib turadi, ularning ongiga m a’naviy dunyosiga ta’sir koisatadi.
Bunda ilg‘or, xalqparvar g'oyalarga asoslanuvchi, insoniyatga ezgulik va
taraqqiyot g‘oyalarini yetkazuvchi demokratik matbuot asosiy o iin tutadi.
Dunyo hamjamiyatining mustaqil va ozod mamlakatlaridan biri, katta
odimlar bilan taraqqiy etib borayotgan respublikamiz ijtimoiy hayotida
ham matbuot, ommaviy axborot vositalari muhim o ‘rin tutadi.
Respublikamizda nashr etilayotgan 1500 dan ortiq gazeta va jurnallar,
radio va televideniye kanallari, axborot agentliklari, mamlakatimizda olib
borilayotgan ulkan lslohotlar, jumladan “2017-2021-yillarda 0 ‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha,
xususan:
1. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish;
2. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh
qilish;
3. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish;
4. Ijtimoiy sohani rivojlantirish;
5. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash,
chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosatyuritish kabi aniq ustuvor yo‘nalishlar belgilangan “Harakatlar
strategiyasi”ni amalga oshirishda kamarbasta boiib xizmat qilmoqda.
Lavha so‘zi arabchadan olingan boiib, biror narsa yozilgan taxtacha,
koiinish, manzara degan ma’nolami bildiradi. Lavha publitsistikaning
kichik janrlaridan biri bo‘lib, aslida axboriy-xabardor etuvchi janrdir.
Uning vazifasi hayotdagi biror fakt, voqea va hodisa haqida xabar berish,
o ‘quvchiga tanishtirishdan iboratdir. Shu bilan birgalikda lavha oddiy
axborotdan, xabardan farq qilib, hayot voqea va hodisalarini kengroq
tasvirlash, hayotdan olingan bir ko‘rinishni, kishilar faoliyati haqidagi
muayyan bir ma’lumotlami o‘quvchi ko‘z o ‘ngida jonlantirib berish,
tasavvur hosil qilishdan iborat maqsadga xizmat qiladi. Shu nuqtai
nazardan unda ayrim badiiy-tasviriy vositalar - tabiat manzaralari, inson
faoliyati, mehnat, izlanish ko‘rinishlari, zarur bolganda inson qiyofasi va
boshqa tasvirlarga o'rin beriladi. Odatda lavha hayotdagi ijobiy
xususiyatga ega bo‘lgan va boshqalarga namuna sifatida xizmat qiladigan
voqea va hodisalar, insonning yaratuvchilik faoliyati, samarali mehnati,
erishgan yutuqlarini tasvirlashga bag‘ishlanadi. Ayrim hollarda esa
hayotdagi kamchilik va nuqsonlarni yo‘qotish, salbiy hollarni tanqid qilish
uchun tanqidiy, hajviy lavhalar ham boiishi mumkin. «Xalq so‘zi»
gazetasining 2005 yil , 7 sentyabr sonida «Alpomish» uyqudan
uyg‘onadimi?» sarlavhali tanqidiy lavha berilgan. Unda Surxondaryo
viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida tashkil etilgan don mahsulotlari ishlab
chiqaruvchi «Alpomish» deb ataluvchi 0 ‘zbekiston-Amerika qo‘shma
korxonasining ishidagi kamchiliklar ochib tashlanadi. Oddiy
korrespondensiyadan farqli ravishda unda ishdan to‘xtab qolgan korxonani
uxlab qolgan xalq qahramoni Alpomishga o ‘xshatish va boshqa obrazli
vositalardan foydalaniladi.
Lavhada fakt, voqea-hodisalar haqida xabar berish, ulami m a’lum
darajada tahlil etilishi bilan birgalikda hayotni yorqinroq jonlantirish orqali
tasvir etilishi taqozo etiladi. Bu esa o‘z navbatida unda obraz va
obrazlilikdan foydalanishni talab qiladi. Ammo lavhada biror voqea yoki
hodisa yoxud kishi faoliyatining barcha tafsilotlari emas, balki ma’lum bir parchasi yoritib beriladi. Masalan, biror olim, muallima, sportchi yoki
san’atkornirig o‘z faoliyati, erishgan yutuqlari lavhada o ‘z aksini topishi
mumkin. Ya’ni, lavha janri hayot voqealari va hodisalarini jonli tarzda
tasvir etishning publitsistikadagi ilk, dastlabki ko‘rinishidir. Jumalistikada
- gazeta va jumal lavhasi bilan bir qatorda radiolavha va telelavhalar ham
mavjud. Ularning o‘ziga xos hususiyatlari radio va televideniyening
talablaridan kelib chiqadi.
Lavhani respublika, markaziy umumsiyosiy, ixtisoslashgan va tarmoq
gazetalari hamda viloyat, tuman gazetalarida ko‘plab uchratish mumkin.
Bu qulay va ta’sirchan janr jurnallar sahifalaridan ham keng o ‘rin oladi.
Umuman olganda lavha о ‘zbek jurnalistikasining doimiy va keng
uchraydigan janri hisoblanadi. « 0 ‘zbekiston adabiyoti va san’ati»
gazetasining 2005-yil 9-sentyabr sonidan o‘rin olgan «Eski Jo‘vadagi
mo‘jizalar» sarlavhali materialni gazeta lavhasining tipik ko‘rinishi deyish
mumkin. Lavha muallif jurnalist Rustam Musurmon poytaxtimizning Eski
Jo‘va mavzeida keyingi paytda yuz bergan o'zgarishlar, obodonchilik
haqida shunday deb yozadi:
«MustaqiUigimizning 14 yilligi bayrami munosabati bilan shahrimizda
ulkan bunyodkorlik inshootlari, bog‘lar, ko‘priklar, saroylar, ajoyib
inshootlar ishga tushurildi. Xususan, Toshkentning Eski shahar hududida
bayram arafasida ochilgan Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va
istirohat bog‘i, 0 ‘zbek liboslari galereyasi, bolalar ijodiyoti uyi shahaming
ko‘rkiga ko‘rk qo‘shdi. Bugun Eski Jo‘va bozori maydonini aylanarkansiz,
Prezidentimiz aytganidek bu yerda faqat Eski Jo‘va degan eski nomning
o‘zigina qolganini, qiyofasi mutlaqo yangicha, zamonaviy tarzda o ‘zgarib
ketganiga amin bo‘lasiz».
Lavha davomida muallif bu yerda barpo etilgan Bolalar ijodiyoti uyi
va boshqa' inshootlarning o‘ziga xos me’moriy ko‘rinishlarini birma-bir
zavq bilan tasvirlaydi, ularda olib borilayotgan ishlar haqida ham
ma’lumotlar berib o‘tadi. Lavha obrazli ifodalar, ko‘tarinki ruh bilan
sug‘orilganligi boisidan o ‘quvchiga ma’qul tushadi.
Mazkur janr hayotning turli qirralari, shu jumladan ishlab-chiqarish
bilan bogiiq fakt va voqealarni xabar qilishda ham qo‘1 keladi. Masalan,
Surxondaryo viloyatining Denov shahrida chiquvchi mahalliy ijtimoiy siyosiy gazeta boigan «Chag‘oniyon» bu janrdan unumli foydalanadi.
Uning shu yil 18 sentyabr sonining birinchi sahifasida «Xosiyat opaning
shijoati» sarlavhali lavha berilgan. Unda tumandagi Xosiyat Rahimova
boshqarayotgan «Otabek» fermer xo‘jaligida o'sha kunlarda qizg‘in olib
borilayotgan paxta terimi manzarasi tasvirlangan. «Biz kuni kecha Xosiyat
opa boshliq dehqonlar dalasida b o iib qaytdik — deb yozadi lavha muallifi
N.Temirov. - Oppoq, qiyg‘os ochilgan paykallarda terim avjida. Dala
boshida samovar qaynab turibdi. Tushlikka esa issiq ovqat
tayyorlanmoqda. Terimda ishtirok etayotganlarning kayfiyati koiarinki.
Bu yerda tushlik ovqat terimchilar uchun bepul qilib qo‘yilgan. Chunki
ferma g‘alladan m o i hosil olganligi tufayli kelgan foydaning bir qismini
terimchilarning kundalik ehtiyojlari uchun ajratilgan... Endigi maqsad esa
16 gektar maydonga ekilgan paxta hosildorligini 55 sentnerga
yetkazishdir». Lavha davomida ferma a’zolarining terimda erishayotgan
yutuq lari, mehnat va hayotlari o ‘ziga xos obrazJi tarzda, chiroyli tasvirlab
beriladi. Gazetaning shu sonidan o iin olgan «Denovda Barchinoyu alplar
yigildi» sarlavhali lavhada esa Denovda o ‘zbek kurashi bo‘yicha
0 ‘zbekiston xalq yozuvchisi Tog‘ay Murod xotirasiga bagishlab
o‘tkazilgan musobaqa haqida hikoya qilinadi.
Lavhaning tanqidiy turi ham mavjudligini yuqorida aytib o‘tgan edik.
«Chag‘aniyon» gazetasining yuqoridagi sonida bu janr ham uning
sahifasidan joy olgan. Iqtidorli jurnalist Baxtiyor Ollomurodning «Talaba
madaniyatni kimdan o‘rganadi?» sarlavhali materiali bunga misoldir.
Muxbir o‘z lavhasiga kundalik hayotda tez-tez uchrab turadigan voqea -
ayrim rahbarlarning oddiy kishilar bilan so‘zlashganda ularni mensimaslik
va qo‘pollik qilish hollarini qalamga oladi. Lavhadan m aium boiishicha
muxbir Surxondaryo davlat universitetining yangi boigan rektori bilan
suhbatlashish uchun universitetga boradi, rektor esa unga o ‘ta
kalondimogiik bilan muomila qiladi. Muxbir voqea qanday b o isa
shundayicha keltirar ekan, shunday katta dargohning rahbari biroz
madaniyatliroq boiishi ham kerak, degan fikrni o‘ta noziklik bilan
«qistirib» o ‘tadi. Bu tanqidiy lavhaning «jiddiy tanqidiy maqola», hatto
feletondan ham aioroq darajada m oijalga tegishi va o ‘z ta’sirini
ko‘rsatishi turgan gap. Shu bilan birgalikda lavhaning ilmiy, adabiy-badiiy, shu jumladan she'riy ko‘rimshlari ham mavjud. Bu mazkur janming
hayotni tasvirlashdagi keng imkoniyatlaridan dalolat beradi.

Shuningdek men ham hozirda O'zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi Toshkent Telekanali ''Poytaxt'' informatsion dasturi muxbiriman. Men ham ish faoliyatim davomida juda ko'plab lavhalar tayyorlaganman. Lavhalarim asosan turli tadbirlarning tafsilotlaridan iboratdir.


Masalan ma'lum bir joyda bo‘lib o'tgan tadbir va unda qo'yilgan masala uning yechimi yoki kelgusidagi rejalari to'g'risida yozilgan.
Masalan Boshlovchi
BOShLOVChI - Maktabgacha ta'lim vazirligi tasarrufidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida matbuot anjumani o'tkazildi. Unda maktabgacha ta'lim sifati, joriy holat va istiqboldagi vazifalar xususida ma'lumot berildi.

Muxbir – Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun tashkil эtilgan matbuot anjumani maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlarining an'anaviy avgust konferenцiyasi doirasida o'tkazilib, unda konferenцiyada ko'rilgan asosiy masalalar xususida ma'lumotlar berildi. Jumladan, Maktabgacha ta'limda amalga oshirilayotgan islohotlar, 2021/2022-o'quv yilida bajarilishi belgilangan asosiy vazifalar sarhisobi, tizimdagi rahbar va pedagog kadrlari faoliyati sifatini oshirish yuzasidagi olib borilayotgan tadbirlar, takomillashtirilgan “Ilk qadam” davlat dasturining mazmuni haqida axborot berildi.


Intervьyu
MUXBIR - Аn'anaviy avgust konferenцiyasi ishtirokchilari ikki kun davomida malakali mutaxassislarning ma'ruzachilarini tinglashdi. Nazariy bilimlarini oshirishdi.
Intervьyu
MUXBIR - Qayd эtilishicha, avgust konferenцiyasida maktabgacha ta'lim tashkilotlarida davlat tilida ish yuritish hamda ma'naviy-ma'rifiy ishlarni samarali tashkil эtish mavzulariga alohida э'tibor qaratilgan
Bu yerda davlat tashkilotining o'tkazgan tadbiri kelgusidagi rejalari haqida so'z yuritilgan.
Shuningdek turli sport musobaqalarning tafsilotlaridan ham yoritilgan.BOShLOVChI - Xalqaro shaxmat akademiyasida “Toshkent open” turniri davom эtmoqda. O'zbekistonning birinchi grossmeysteri Georgiy Аgzamov xotirasiga bag'ishlab tashkil эtilgan musobaqada ishtirokchilar ikkita guruxda g'oliblik uchun kurash olib bormoqda.

MUXBIR: “Toshkent open” turnirida 15 ga yaqin mamlakat vakillari ishtirok эtmokda. Sportchilar kuchli raqobat ostida musobaqadagi ishtirokini davom эttirmoqda. “А” guruxi, ya'ni kuchlilar guruxida yosh grossmeysterimiz Javoxir Sindarov 9 imkoniyatdan 7 ochko jamg'arib etakchilik qilmoqda. Sportchimiz o'zi bilan bir xil ochko to'plagan boshqa bir shaxmatchimiz Muxammadali Аbduraxmonovga qarshi dona surib, uni mag'lubiyatga uchratdi. Ikkinchi pog'onadan эsa 6 ta ishtirokchi joy olgan. Ular orasida grossmeysterlardan Evgeniy Romanov, Аleksandr Indich, Аlisher Sulaymonov, Sanal Vaxap, Jaxongir Voxidov xamda Mixail Mchedlishvililarni ko'rish mumkin. Ikkinchi - “B” guruxida o'tayotgan baxslar xam murosasiz va keskin kechmoqda. Unda shaxmatchimiz Muxammadrizo Umarov 9 imkoniyatdan 8 ochko jamg'argan. 7 nafar sportchi xisobida 9 imkoniyatdan 7 tadan ochko mavjud. So'nggi tur o'yinlari yanada qiziqarshi o'tishi shubxasiz, chunki bu shaxmatchilar oxirgi ochko uchun kurashadi. Musobaqada nafat o'zbekistonlik, balki boshqa mamlakat vakillari xam ishtirok эtyapti.


SINXRONN: Kusum Mittal – (Xindiston)
MUXBIR: “B” guruxida Muxammadrizo Umarov so'nggi turda asosiy raqiblaridan biri sanalgan xamyurtimiz Аkjol Raxmatullaev bilan ro'baro' keldi. Musobaqaning yakuniy natijasi bilan эrtangi dasturimizda tanishtiramiz.
Televideniyeda lavhalar asosan mana shu tarzda yoritiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
“Jurnalistikaga kirish”
To’lqin Qozoqboyev,
Muxtor Xudoyqulov
Yüklə 22,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin