Reja Kirish Asosiy qism Avtobuslar harakati tezligini o’rganish Avtobuslar harakatini me’yorlash Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar kirish



Yüklə 29,78 Kb.
səhifə1/3
tarix25.04.2023
ölçüsü29,78 Kb.
#102226
  1   2   3
isommi fani noziniki



Reja
1.Kirish
2.Asosiy qism

  • Avtobuslar harakati

  • Avtobuslar harakati tezligini o’rganish

  • Avtobuslar harakatini me’yorlash

3.Xulosa
4.Foydalanilgan adabiyotlar


KIRISH
Inson hayoti farovonligi ortgani sari transportga bo‘lgan ehtiyoji ham o‘sib boraveradi. Xuddi shunday, mamlakatlar, ularning shaharlari rivojlangan sari, jamoat transporti ham rivojlanaveradi. Ko‘p hollarda jamoat transporti o‘z xarajatlarini qoplay olmasada, ularning rivoji shaharlarning rivojlanish darajasiga muvofiq bo‘ladi. Jamoat transporti harakatini oqilona tashkil etishda ko‘plab murakkabliklar mavjud. Jamoat transporti harakatini tashkil etishning murakkabligi shundaki, yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatgan holda, ya‘ni, komfort sharoitda, eng kam sarf-xarajat bilan, o‘z vaqtida, xavfsiz manziliga yetkazishdadir. Bu esa, tashish texnologiyasi, transport turi, yo‘l sharoiti, harakatining va nozimlik xizmatining tashkil etilganlik darajalari, tarif tizimi va shu kabi ko‘plab omillar bilan bog‘liq. Shu sababli, dunyo miqyosida jamoat transportida xizmat ko‘rsatish, jumladan, yo‘lovchilarni tashishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, yo‘nalishlarda transport vositalarining ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini optimallashtirish, haydovchilar mehnati va dam olishi, shahar ichi, atrofi, shaharlararo va xalqaro tashishlarni to‘g‘ri tashkil etish, tarif tizimini takomillashtirish, xizmat sifatini oshirish masalalari, mavjud muammolarning zamonaviy yechimi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatimizda ham aholining barcha qatlamlariga zamonaviy transport vositalarida sifatli xizmat ko‘rsatish, tashish texnologiyalari, yo‘l infratuzilmalarini takomillashtirish, ekologik xavfsizlik kabi masalalar ustuvor xususiyatga ega bo‘lmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022 yildagi PF-60- son bilan tasdiqlangan “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining 36- maqsadida “…yirik shaharlar o‘rtasida kunlik transport qatnovlari asosida manzilga yetib borish va qaytib kelish imkoniyatini yaratish”1 masalalari alohida ta’kidlab o‘tilgan. Bugungi kunda jamoat transporti oldida turgan muammolarni hal etishda, shuningdek, mamlakat transport tizimini yanada takomillashtirishda transport sohasida jahon talablariga mos, yangicha fikrlaydigan, chuqur bilim va ko‘nikmaga ega kadrlar tayyorlash zarur. Mazkur darslik jamoat transporti ishini rivojlangan davlatlar darajasida tashkil eta oladigan kadrlar tayyorlashga ma’lum darajada xizmat qiladi. Shuningdek, darslik barcha uchun zarur hisoblanadi. Hamma kundalik hayotida yo‘lovchi sifatida transportdan keng foydalanadi


Yüklə 29,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin