1. Manbalari va tarixshunoslik. 2. Qadimgi Xett podsholigi. 3. Yangi xett podsholigi davrida buyuk Xett davlati (er.av. XIV-XII asrlar) 4. Xett podsholigi davrida iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar 5. Xett madaniyati 6. Ilk Mitanni
Xett daviatini tarixi manbalari va tarixnavisligi Er. av. II ming yillikda halokatga uchragan Xett davlati to'g'risida tarixiy ma'lumotlar XX asr boshlarigacha deyarli yo'q darajada edi. Bu vaqtgacha Kichik Osiyo va shimoliy Suriyada sirli iyeroglif yozuvlar va tasvirlar topilgan edi. 1887-yil tadqiqotchilar Tell-Amarna arxividagi diplomatik yozishmalarda Xett podshosining Misr fir'avniga tengligi (uning birodari) eslatib o'tiladi Bu kashfiyot Old Osiyoda qadimda yana bir buyuk davlat mayjud bo'lganini ko'rsatdi. 1906-yil nemis olimi Y. G. Vinkler Bugozgoyada (Turkiya) xettlar poytaxti Xattusi xarobalarida arxeologik qazishmalarga kirishdi.
Qazishmalar natijasida Yaqin Sharq tillarida bitilgan o'n minglab taxtachalardan iborat arxiv, jumladan, Xett — Misr tinchlik shartnomasining mixxat varianti topildi. Chex tadqiqotchisi B. Grozniy 1915-yilda chuqur tadqiqotlar natijasida xett tili hind-yevropa tillar oilasiga mansub degan xulosani aytdi, natijada Xett davlati tarixini o'rganish kuchayib ketdi. Olim A.Getse 1933-yil Xett davlati tarixini umumiy ocherkini yaratdi. Bundan tashqari, A. Getse 1933-yilda Kichik Osiyo tarixi umumiy ocherkini chop etdi. Muallif Xett davlati harbiy va sulola tarixiga asosiy e'tiborini qaratdi. U Xett jamiyatining bir qancha ijtimoiy-siyosiy muassasalari o'xshashligiga (yer-mulk, majburiyatli yer egaligi) asoslanib, xettlarning ijtimoiy tizimini feodal tuzum deb ta'rifladi. Lingvist va arxeologlar xett madaniyati asoslarini yaratishda protoxettlarni, xurrit qabilalarini o'rnini ko'rsatadigan dalillarni topdilar.
Qadimgi Xett podsholigi. Er. av. XX—XVIII asrlarda Kichik Osiyoda ashshurlik savdogarlar bir necha savdo koloniyalarini barpo qiladilar. Bu savdo koloniyalari orqali xalqaro savdo olib boriladi, eng avalo, rnetallar va yuqori sifatli gazlamalar savdosi amalga oshiriladi. Bu davrda sharqiy Kichik Osiyoda Xett qabilalari boshqa mahalliy tub joy aholini assimilatsiya qiladilar.
Kichik Osiyodagi Nesa (Kanish), Burusxan, Kussar va Xattusi kabi shaharlarni o'z ichiga olgan siyosiy birlashmalar vujudga kela boshlaydi.
Kichik Osiyoning bu siyosiy birlashmalarining ilk birlashuvi eramizdan avalgi XVIII asrning birinchi yarmida yuz beradi. Viloyatlardan birining hokimi Anitta Nesa shahrini markaz qilib, Qora dengizdan Kichik Osiyodagi tuz ko'ligacha bo'lgan hududlarni egallab bepoyon davlatni barpo qiladi. Qadimgi Xett davlatida urug'-jamoa qoldiqlari ham kuchli bo'lgan. Xett podsholari o'z hokimiyatlarini xalq kengashlariga tayanib amalga oshirganlar. Qurol ko'tarishga qobiliyatli bo'lgan barcha erkaklar podsho chiqaradigan pankus deb ataladigan yig'ilishga muntazam ishtirok etganlar1.
Zodagonlar davlat boshqaruvda faol qatnashib, o'zlarini kuchli tayanchi bo'lgan zodagonlar kengashi (Tuliya) orqali xalq yig'iniga boshchilik qilganlar. Zodagonlardan tashqari davlat boshqaruvida podsho oilasi: akaukalari va boshqa qarindoshlari muhim rol o'ynaganlar. Qadimgi xett an'anasiga ko'ra podshoning vorisi podsho oilasidan tanlangan. Ko'pincha voris tanlashda podshoning jiyanlari, uning opa-singillarining o'g'illariga imtiyoz berilgan. Odatga ko'ra davlatni ikki hukmdor: podsho va malika boshqargan. Agar podsho vafot qilsa, malika o'z unvonini yangi podsho hukmdorligi vaqtida ham saqlab qolgan. Yangi podshoning rafiqasi malika bo'lish uchun, sobiq podshoni' bevasi malikani o'limini kutib turgan. Anitta vafotidan keyin er. av. XVII asr oxirida boshqa xett urug'i hokimiyat tepasiga keladi. Xett davlatining asoschilarining birlashtiruvchi siyosatini istilochi va islohotchi podsho Labarna (yoki Tabarna) (Er. av. 1675-1650-yillar atrofida boshqargan) tugallaydi.
U istilochilik yurishlarini davom ettirib Tavrtog' tizmasining shimoliy qismini egallaydi va shimoliy Qora dengizga chiqadi. Xett davlati chegaralarini dengizdan-dengizgacha kengaytiradi. Uning ichki va tashqi siyosati kuchli ta'sirlangan va tan bergan, keyingi vorislari Labarna va uning rafiqasi Tavannanna nomlarini o'zlariga unvon sifatida qabul qiladilar. Labarna mayjud xett an'analariga zid ravishda o'g'li Xattusilini o'z vorisi deb e'lon qiladi.
Xattusili I (er. av. 1650-1625-yillar itrpfida) poytaxtni xettlarning sobiq bosh markazi Xattusiga ko'chiradi. (Shu voqeadan keyin davlat rasmiy ravishda Xatti zamonaviy fanda Xett deb atala boshlandi.) Uning vorisi Mursili I (er. av. 1625—1590-yillar atrofida) davrida Xett podsholigida markazlashuv kuchayadi. U Mesopotamiyadan Finikiyaga boradigan yo'ldagi asosiy savdo markazi bo'lgan Shimoliy Suriyadagi Xalpa shahrini bosib oladi. Mursili I eramizdan avalgi 1595-yilda uzoq Bobilga yurish qilib Hammurapi sulolasini tugatdi. Ammo mamlakat ichida keskin vaziyat vujudga keladi.
Saroy fitnachilari podsho hokimiyatini kuchayishini istamay taxt vorisligiga ko'pgina da'vogarlar bo'lishiga imkoniyat beradigan an'analarni saqlab qolishga urinadilar. Oqibatda Mursili I saroy fitnasi qurboni bo'ladi. Xett hukmron tabaqalari ichida o'zaro kelishmovchiliklar boshlanadi. O'zaro kelishmovchiliklarga Telepin I (er. av. 1530—1500- yillar atrofida) chek qo'yadi. Uning davrida faqat podshoning o'g'li taxtga chiqish huquqiga ega bo'ldi; agar podshoning o'g'illari bo'lmasa, uning singlisining o'g'li va eng so'ngida podshoning kuyovlari taxtga da'vogar bo'lish qoidasi o'rnatilgan. Taxt vorisligining bunday tartibi qat'iy bo'lib, zodagonlar kengashi «pankus»ning taxt vorisligi masalasidagi rolini tugatdi. Ammo qolgan masalalarda «pankus» o'z huquqini saqlab qoldi. Pankusning yuqori pog'onasi bo'lgan «tuliya» hal qiluvchi rol o'ynadi. Tuliyaning ruxsatisiz podsho uning biror-bir a'zosi bo'lgan zodagonni qatl qila olmas edi. Agarda tuliyaning ruxsati bilan uning biror a'zosiga podsho tomonidan o'lim jazosi berilgan taqdirda ham podsho aybdorning oilasini ta'qib ostiga olish va mol-mulkini musodara qilish huquqidan mahrum edi. Tadqiqotchilar bu davrni (er. av. XVIIII er. av. XVI asrlar) qadimgi Xett podsholigi davri deb hisobladilar. Telepin va uning o'g'li hukmronligidan so'ng, Xett davlatining tushkunlik davri boshlanadi. Bu davr o'rta Xett podsholigi davri (er.av. XV asr ) deb nom oldi. Bu davrda Xett podsholigining ahvoli yana og'irlashadi. Bir asr davomida Xett davlati va jamiyati go'yoki tushkunlikni boshidan kechiradi.