Reja. Nomerlashni o`rganish metodikasining umumiy masalalari



Yüklə 105,7 Kb.
səhifə1/19
tarix07.01.2024
ölçüsü105,7 Kb.
#208447
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Reja. Nomerlashni o`rganish metodikasining umumiy masalalari-fayllar.org


Reja. Nomerlashni o`rganish metodikasining umumiy masalalari

1-mavzu:Boshlang’ich sinflarda nomanfiy butun sonlarni nomеrlashga o’rgatish mеtodikasining umumiy masalalari. Konsentrlar bo`yicha raqamlash va nomerlashni o`rgatish metodikasi.

Reja.

1. Nomerlashni o`rganish metodikasining umumiy masalalari.

2. «O`nlik» ichida sonlarni nomerlashni o`rganish metodikasi.

3. «Yuzlik» ichida sonlarni nomerlashni o`rganish metodikasi.

4. «Minglik» ichida sonlarni nomerlashni o`rganish metodikasi.

5. «Ko`p xonali sonlar» ichida sonlarni nomerlashni o`rganish metodikasi.

Nomerlash bo’yicha asosiy tayanch tushunchalar va o`quvchilar bilishi kerak bo`lgan tushunchalar:

10 ichida

1-10 sonlarni o`qish, yozish, taqqoslash, ikkita sondan iborat tarkibi; natural qatorning hosil bo`lish prinsipi, matematik simvolika qo`llanilishi, (>, <, =, +, - belgilari) geometrik shakllar bilan ishlash, nol (0) soni va raqami, narsalarni ongli va mexanik sanash, guruhlab sanash, didaktik o`yinlar tuzish, hafta kunlari, avval, keyin, sm, kg, litr.

100 ichida

«O`nlik» xonasi, xona, xona birligi, 2 xonali sonlarni o`qish va yozish qoidalari, son bilan raqamning farqi, sonlarni biriktirish orqali qo`shish va ayirish usullari, ditsemetr, metr, soat, minut, 20 tiyin, 90 tiyin, 1 so`mni maydalash va hosil qilish, taqqoslash, x,: belgilari, og`zaki va yozma nomerlash, abak, geometrik shakllarni chizish, yasash.

1000 ichida

«Yuzlik», III xona birligi, 3 xonali sonlarni o`qish va yozish, raqamlarning o`rin qiymati prinsipi, 3 xonali sonlarni biriktirish orqali qo`shish va ayirish, taqqoslash, 3 xonali sonni yuzlik, o`nlik, birliklar yig`inidisi ko`rinishida yozish. Mm, km, kun, oy, yil, sekund, asr, vaqt, diametr, dm kub, m kub, narx, ularni boshqa birlikda ifodalash, geometrik shakllarni o`lchash, qismlarga bo`lish, taqqoslash.


Yüklə 105,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin