Reja: Okean haqida tushuncha va okeanning xususiyatlari



Yüklə 45,18 Kb.
tarix16.12.2023
ölçüsü45,18 Kb.
#180786
Dunyo okeanining ifloslanishi


Dunyo okeanining ifloslanishi

Reja:

1.Okean haqida tushuncha va okeanning xususiyatlari
2.Okeanning insoniyat hayotidagi roli
3.Okeanning muammolari
4. Okeanlarning ifloslanish turlari

Okean, Dunyo okeani (yun. Okeanos — Yerni aylanib oqadigan azim daryo) — Yerning materik va orollarni oʻrab turuvchi suv qobigʻi. Gidrosferaning katta qismi (94%) ni, Yer yuzasining taxminan 70,8% ini egallaydi. Fizik va kimyoviy xususiyatlari hamda suvining kimyoviy tarkibi jihatidan Okean bir butun, lekin miqdor jihatidan gidrologik va geokimyoviy koʻrsatkichlari xilma-xildir.


Gidrologik rejimining tabiiy-geografik xususiyatlariga koʻra, Dunyo okeani alohida okeanlar, dengizlar, qoʻltiqlar, buxta va boʻgʻozlarga ajralib turadi. 1650-yilda golland geografi B. Varenius Dunyo okeanini 5 alo-hida qismga: Tinch, Atlantika, Hind, Shimoliy Muz, Janubiy Muz Okeanlariga boʻldi. 1845-yilda London geografiya jamiyati ham buni tasdikladi. Keyinroq baʼzi olimlar Dunyo okeanini faqat 3 ga ajratadilar: Tinch, Atlantika va Xind okeanlari. 20-asrning 30-yillaridan boshlab Arktika havzasi sinchiklab tekshirilgandan keyin, 4 alohida okean ajratildi: Tinch, Atlantika, Hind va Shimoliy Muz Okean Yer sharida Okean suvi va qurukliklarning taqsimlanishi turlicha. Shimoliy yarim sharda suv sathi yer sharining 61% ini egallaydi. Bu yerda Okean suvlari qurukdikxa ancha kirib borib, koʻp sonli dengiz va qoʻltiqlar hosil qiladi. Barcha ichki dengizlar Shimoliy yarim sharda joylashgan. Janubiy yarim sharda suv sathi 81% maydonni tashkil etadi, lekin dengiz va qoʻltikdar kam. 81° shimoliy kenglikdan shimolida Shimoliy Muz okeanida va janubiy kenglikning taxminan 56° bilan 65° oʻrtasida Okean suvi yer sharini uzluk-siz qatlam shaklida oʻrab olgan. Suv yoki kurukdikning koʻpligiga qarab yer shari okean yarim shari va materik yarim shariga boʻlinadi. Okean yarim sharining qutbi Yangi Zelandiyadan janubi-sharqda, materik yarim sharining qutbi esa Fransiyaning shimoli-gʻarbida joylashgan. Gidrosferaning bir qismi boʻlgan Okean atmosfera va Yer pusti bilan uzluksiz oʻzaro aloqador; shuning uchun ham Okeanning koʻpgina muhim xususiyatlari atmosfera va Yer poʻstiga bogʻliq.
Okean issiqlik va namning juda katta akkumulyatoridir. Okean tufayli Yerda temperatura juda keskin farq qilmaydi, uzoq-uzoq oʻlkalarga namlik yetib boradi, natijada hayot uchun qulay sharoit vujudga keladi. Okean oqsil moddalarga ega boʻlgan boy oziq-ovqat mahsulotlari manbaidir. Okean energetik, kimyoviy va mineral boyliklar manbai ham boʻlib, ularning bir qismidan (suv koʻtarilish energi-yasi, baʼzi kimyoviy elementlar, neft, gaz va boshqalardan) inson hozirdanoq foydalanmoqda. Okean va uning dengizlaridan xalqaro aloqalar oʻrnatishda juda kadim zamonlardan foydalanilgan. Bu esa yangi yerlarning ochilishi va madaniyat markazlaridan uzok, hududlarni oʻzlashtirish uchun sharoit yaratdi; transport vositalaridagi texnika taraqqiyoti bu jarayonni yanada tezlashtirdi. Dunyodagi yuk aylanishning 4/5 qismi Okean yoʻllari orkali amalga oshiriladi (qarang Dengiz transporti).
Okeanning insoniyat hayotidagi roli tez oʻsmoqda. Dunyo mamlakatlari iktisodiyotining turli sohalarida Okeandan foydalanish muammolari (kema qatnovi, baliq ovlash, Okean resurslaridan ratsional foydalanish, shelfni oʻzlashtirish, kontinentlararo kabellar yotqizish, suvni chuchuklashtirish, shuningdek, dengizlarni muhofaza qilish va ifloslanishining oldini olish va boshqalar) olamshumul ahamiyatga ega boʻlib, muhim iqtisodiy, siyosiy va huquqiy masalalarni hal qilish bilan bogʻliq.
Keyingi yillarda Okeanda olib borilgan tadqiqotlar shuni kursatdiki, Okean tubining relyefi murakkabligi jihatidan materiklar usti relyefidan qolishmaydi.
Tubining geologik tuzilishi va relyefi. Okean tubi maydonining kup qismi (73,8%) 3000 m dan 6000 m gacha chuqurlikda joylashgan. Okean tubining planeta miqyosidagi morfostrukturalari (eng yirik shaklari) Yer pusti ayrim qismlarining tuzilishi va tarixiy rivojlanishidagi tafovutlarga qarab ajratiladi. Okean tubini eng yirik relyef shakllariga qarab 4 qismga boʻlish mumkin: 1) materiklarning suv ostida qolgan chekka qismlari; 2) Okean kaʼri; 3) materiklarning suv ostida qolgan chekka kismlari bilan Okean qaʼri oʻrtasidagi oraliq zona; 4) okean oʻrtasidagi togʻ tizmalari.
Okean tubining materiklarga yondosh kismlarining Yer pusti materiklarnikiga oʻxshash boʻlib, materiklarning suv ostidagi chekkasi hisoblanadi va unda relyef xususiyatlariga qarab shelf, materik yon bagʻri va materik etagi farq qilinadi. Materik etagi bilan chegaradosh Okean qaʼri uch qatlamli: yupqa poʻstdan iborat yumshoq choʻkindili yuqori satlam (yoki "birinchi" seysmik qatlam), "ikkinchi" (bazalt usti qatlami) va pastki qatlam — bazalt qatlami.
Tinch okean chekkalarining katta qismida, Hind okeanining Shimoli-sharqida, shuningdek, Karib va Skosha (Sko-tiya) dengizlarida materikning suv ostidagi chekkasi bilan Okean qaʼri oʻrtasida oraliq zona joylashgan. Bu yerlarda chekka dengiz soyliklari (chuq. 4000– 5000 m gacha), yoysimon tizilgan orollar (bunday orollarning tepasi suv ustida togʻ tizmalarini hosil qilgan), chuqur novlar relyefning asosiy shakllaridir; Okeanning eng chuqur joylari ana shu novlarda (Mariana novi — 11022 m). Bunday orollar zonasida zilzila boʻlib, vulkanlar otilib turadi.
Okean oʻrtasidagi suv osti togʻ tizmalari Okean tubining 4-yirik shaklidir. Barcha okeanlarni u boshidan bu boshga kesib oʻtgan suv osti togʻlarida rift vodiylari, rift tizmalari, koʻndalang siniklar, shuningdek, yirik vulkan massivlari uchraydi.
Okean tubi choʻkindilari
Keyingi yillarda olib borilgan geologik va seysmik tadqiqotlar shuni koʻrsatadi-ki, gʻovak choʻkindilarning qalinligi Okeanning materik yaqinidagi zonalarida 2000–3000 m va undan ham ortiq boʻlsa, okean oʻrtasidagi togʻ tizmalarida, tik togʻ yon bagʻirlarida va materik yon bagʻri jarliklarida bir necha oʻn m va, hatto, nol m ga tengligi aniklandi.
Okean tubi choʻkindilari orasida terrigen, biogen (ohakli va kremniyli), vulkanogen va aralash (poligen) choʻkindilar ham boʻladi, chuqur suv osti qizil gillari ana shunday aralash (poligen) choʻkindilardir. Terrigen choʻkindilar materiklarning suv ostidagi chekkalarida, Okean qaʼrining chetlarida va chuqur suv novlarida uchraydi. Ohakli choʻkindilar Okeanning issiq va moʻʼtadil zonalarida (50° shimoliy kenglikdan 50° janubiy kenglikkacha) koʻproq tarqalgan; Okean qaʼrida ular foramini-fera va kokkolit-foraminifera yotqi-ziqlaridan, sayoz joylarda — chigʻanoq va marjon yotqiziqlaridan iborat boʻladi. 4500–5000 m dan chuqurda SaSO3 erigan holatda boʻlgani uchun ohak choʻkindilar yoʻq. Kremniyli choʻkindilar (radiolyariya va diatom choʻkindilar) yuqori mahsulli fitoplankton zonalariga muvofiq ravishda 3 mintaqa — ikkita qutb yoni va bitta ekvatorial mintaqalar hosil qiladi. Chuqursuv qizil gili 4500–5000 m va undan ham chuqur botiklarda boʻladi.
Shelf metall rudalari va nometall qazilmalarga ham boy. Ular ichida titanli minerallar — ilmenit va rutil, shuningdek, sirkon va monatsit muhim ahamiyatga ega; eng yirik konlar Avstraliya (sharqiy sohil)da boʻlib, yiliga 1 mln. t titanli minerallar chiqariladi. Bunday sochma konlar Hin-diston, Shri Lanka, Malayziya va boshqa mamlakatlar yaqinida ham uchraydi. Qalay (Malayziya, Indoneziya, Tailand, Vyetnam va Osiyodagi b. mamlakatlar qirgʻoqlari yaqinidagi shelflarda), temir rudasi (Yaponiya, Kanadadagi Nyufaundlend), sof oltingugurt (Meksika), kumir (Kanada) va boshqa qazib chiqarish muhim ahamiyat kasb etmoqda; bir qancha joylarda oltin va platina (mas, AQShdagi Alyaska va Kalifor-niyada), tantaloniobat, magnetit, titan-magnetit, xromit, olmos (Afrikaning janubi-gʻarbiy qirgʻogʻidagi Namibiyada) ham topilgan. Fosforit konkretsiyalari yotkiziklari (Meksika, Peru, Chili, JAR va boshqalar) keng tarqalgan.
Okean tubining keng maydonlarida oʻziga xos koʻp komponentli rudalar — temirmarganets konkretsiyalari yotqiziqlari topilgan; ularning potensial zaxiralari bir necha trillion t hisoblanadi; bu rudalar tarkibidagi marganets, nikel, kobalt zaxiralari ularning quruqlikdagi zaxiralaridan bir necha marta koʻp. Baʼzi mamlakatlarda 4 ming m chuqurlikdan sanoat yoʻli bilan konkretsiyalar qazib chiqarish sinab koʻrilmoqda.
Neft va gazdan boshka energetika resurslari ham muhim potensial ahamiyatga ega. Okeandan energiya olish uchun toʻlqinlar kuchi, suv koʻtarilishi va qaytishi yuzaga keltiradigan sath ta-fovuti yoki suv yuzasi va tagidagi temperatura tafovutidan foydalanish mumkin. Suv koʻtarilishi energiyasining quvvati 1 mlrd. kVt hisoblanadi. Dastlabki suv koʻtarilishi elektr stansiyasi Fransiyaning La-Mansh sohilida, Rane daryosi quyiladigan joyda qurildi (1967); Rossiya Federatsiyasida Kola yarim orolning shimolida Kislaya Guba suv koʻtarilishi va qaytishi bilan ishlaydigan elektr styasi tajriba tariqasida qurildi (1968); yanada kattaroq quvvatli suv koʻtarilishi va qay-tishi elektr stansiyalari qurish loyihalari tuzilmokda. Kanada, AQSH, Buyuk Britaniyada ham bunday stansiyalar loyihalari ishlab chiqilmokda. Okeanning ter-mik energiyasidan foydalanishda tropik oʻlkalarda sharoit ayniqsa, qulay. Bu yerlarda qirgʻoq zonasidagi suvlarning temperaturasi ustki qatlamlarda 30°, 400–500 m chuqurliqda esa 8—10°. Birinchi gidrotermal elektr stansiyasi Abidjan yaqinida (Kot-d’Ivuar)da quriddi. Okean ogʻir vodorod (deytriy)ning asosiy manbaidir. Termoyadro reaksiyasini muvaffaqiyatli boshqarish masalasi xal qilinsa, ogʻir vodorod bitmas-tuganmas energiya manbaiga aylanadi.
Shoʻrligi
Suv balansining tarkibiy qismlari nisbatiga qarab shoʻrlik 0%o dan (yirik daryolar quyiladigan joyda) 30—42%o (tropik dengizlarda — Qizil dengiz, Fors qoʻltigʻi, Oʻrta dengiz) gacha boʻladi. Bunga okimlar, muz hosil boʻlishi va muz erishi ham taʼsir etadi. 5-jadvadda turli xil kengliklardagi Okean yuzasidagi shoʻrlikning oʻrtacha miqsori koʻrsatilgan.
Shimoliy yarim sharda Janubiy yarim shardagiga nisbatan shoʻrlik kamroq: Atlantika okeanining tropik kengliklaridagi qismida 37,25%o; qutbiy oʻlkalarda shimolida 31,4%0; janubida 33,93%O; ekvatorda 32—34%o. Shoʻrlikning mavsumiy oʻzgarishi suvning yuza qismida, 100– 150 m chuqurlikkacha seziladi.
Okean suvlarining sirkulyasiyasi
Okeanning 150–200 m chuqurlikkacha boʻlgan yuza kismida Okean suvlari koʻp esa-digan shamollar taʼsirida sirkulyasiya qiladi. Suvning bu qatlamlari tropik va subtropik kengliklarda antitsiklonal, yuqori va moʻʼtadil kengliklarda siklonal aylanma harakat qiladi. Passatlararo teskari okim mavsumiy harakterga ega va faqat Tinch okeandagina yil boʻyi mavjud. Mussonli oʻlkalarda yuza okimlar mavsumiy oʻzgarib turadi. Hind okeanining shimoliy qismi va Tinch okeanning shimoli-gʻarbiy qismi buning yaqqol misolidir. 150–200 m dan chuqurda suv sirkulyasiyasi Okean suvi qatlamlari zichligining tafovuti tufayli vujudga keladi (qarang Dengiz oqimlari).
Toʻlqinlar
Suv massalarining gorizontal va vertikal harakatlaridan tashqari Okeanda shamol, suv koʻtarilishi va qaytishi, zilzilalar natijasida yuzaga keladigan toʻlqin harakatlari ham boʻladi. Shamol toʻlqinlari Okeanning 50– 60 m chuqurlikkacha boʻlgan yuza qatlamlaridagina roʻy beradi; ularning balandligi 12–13 m va undan koʻproq. Koʻpchilik okean toʻlqinlarining balandligi moʻʼtadil kengliklarda 4 m, tropiklarda — 1,5 m. Suv koʻtarilishi toʻlqinlari va Sunami deb ataladigan seysmik toʻlqinlar Okean suvining tubigacha yetib boradi. Suv koʻtarilishi toʻlqinlari Okeanda doimo boʻlib turadi. Okeanda ichki toʻlqinlar ham boʻladi. Ularning balandligi bir necha oʻn metrga yetadi.
Suv koʻtarilishlari Okean reji-mida suv sathining davriy ravishda koʻtarilibpasayib turishi — suv koʻtarilishlari va suv koʻtarilishi oqimlari muhim rol oʻynaydi. Yarim sutkalik suv koʻtarilishlari eng koʻp takrorlanadi. Ochiq Okeanda bu toʻlqinlarning balandligi 1 m dan oshmaydi, lekin, qirgʻoqlarda 3–6 m ga yetadi. Eng katta suv koʻtarilishlari okean qoʻltiqlari va chekka dengizlar uchun xosdir: Fandi qoʻltigʻida (Kanadaning Atlantika oke-ani qirgʻogʻi) 18 m ga yetadi. Baʼzi oʻlkalarda (Meksika qoʻltigʻining gʻarbiy qismi, Yava dengizi va boshqalar) suv koʻtarilishlari sutkalik boʻlib, 5,9 m ga yetadi (Oxota dengizi). Boshqa joylarda aralash (yarim sutkalik yoki sutkalik) suv koʻtarilishlari 13,2 m ga yetadi (Oxota dengizidagi Penjina qoʻltigʻi).
Okean suvlarining aralashishi. Okean suvlari vertikal va gorizontal yunalishda aralashib turadi. Natijada gidrologik va gidrokimyoviy xusu-siyatlari bir qatlamdan ikkinchi qatlamga oʻtadi. Aralashish molekulyar va turbulent turlarga ajraladi. Bunda friksion va konvektiv aralashish yuz beradi. Friksion aralashish shamol va suv koʻtarilishi shaklida boʻladi. Shamol taʼsirida suv shamol toʻlqinlari yetib borgan chuqurlikkacha aralashadi, suv koʻtarilishi natijasidagi aralashish Okean tubigacha yetadi.
Suv aralashishining Okean hayotidagi roli katta. Aralashish natijasida quyosh nuri yuza qatlamlardan quyi qatlamlargacha oʻtadi, chuqur qatlamlar kislorodga toʻyinadi, yuza qatlamlar toʻyimli (biogen) moddalarga boyiydi. Okeanlarning uncha chuqur boʻlmagan va intensiv aralashib turgan joylarida dengiz hayvonlarini ovlash qulay (Barens, Shimoliy, Azov dengizlari, Nyufaundlend oroli yaqinida va boshqalar).
Okean sathi suv koʻtarilishi, shamollar, atmosfera bosimi taʼsirida oʻzgarib turadi. Atmosfera bosimi taʼsirida Okean sathining oʻzgarishi mavsumiy harakterga ega. Shamollar taʼsirida baʼzan, suv sathi juda baland koʻtariladi va Okean sohillarida suv toshqinlariga olib keladi.
Okean suvining rangi va shaf-fofligi uning yorugʻlik nurlarini yutish va tarqatish qobiliyatiga, spek-tral tarkibining oʻzgarishiga, yorugʻlik oqimining sekinlashishiga bogʻliq. Ochiq Okeanda suv oʻta shaffof koʻk rangda boʻladi. Suv tarkibida zarrachalar koʻp boʻlsa suv zangori-koʻk yoki yashil rangda boʻladi (qirgʻoq boʻyi, baʼzi yopiq dengizlar). Koʻplab loyqa keltiriladigan katta daryolar quyiladigan joylarda suv rangi sargʻish yoki jigarrang tusda boʻladi.
Zonallik. Quyosh energiyasining Okeanda taqsimlanishi bir xil boʻlmay, zonallik qonuniga boʻysunadi. Kenglik zonalligi 150–200 m qalinliqdagi qatlamni oʻz ichiga oladi. Shunga bino-an, Okeanda kuruqlikda boʻlganiday qutbiy, qutb yoni, moʻʼtadil, subtropik, tropik va ekvatorial mintaqalar bor.
Vertikal zonallik yuza, yuza tagi, oraliq, chuqur va Okean tubi yaqinidagi suv massalari shaklida ajralib turadi. Yuza suv massalaridan atmosfera bilan aktiv energiya va modda almashinishi roʻy beradi.
Okeanning turli joylarida hayot har xil taraqqiy etgan. Fitoplankton miqdori ustki qatlamlardagi biogen elementlar miqdoriga, birinchi navbatda azot, fosfor, kremniy birikmalariga bogʻliq. Fitoplanktonga boy joylarda u bilan oziklanadigan zooplankton va zooplanktonni yeydigan nekton ham eng koʻp.
Okean tubi organizmlari moʻʼtadil oʻlkalarning qirgʻoqqa yaqin sayoz joylarida, ayniqsa, koʻp (Okean tubining 1 km² maydonida bir necha oʻn kg fito va zoobentos mavjud). Juda katta chukurliklardagi tirik organizmlar yuza qatlamlardan choʻkadigan va qirgʻoq yaqinidagi sayozliklardan keladigan organik qoldiqlar hisobiga yashaydi. Okeanning turli chuqurliklarida hayot sharoitlari bir xil emas. Chuqurlashgan sari yorugʻlik kamayadi, temperatura pasayadi, gidrostatik bosim orta boradi, oziq-ov-qat kamayadi va h.k. Bularning hammasi Okeanda vertikal biologik zonallikni vujudga keltiradi. Okean tubida quyidagi hayot zonalari mavjud: litoral (suv koʻtarilishi va qaytishi zonasi), sublitoral (200 m gacha), batial (2500– 3000 m), abissal (6000 m gacha), ultraabissal yoki xadal (6000 m dan chukur). Okean suvi qatlamlarida, odatda, yuza zona yoki epipelagial (150–200 m) oraliq, yoki mezopelagial (750–1000 m) va chukur suv zonalari ajratiladi. Chukur suv zonasi oʻz navbatida batipelagial (2500–3000 m), abissopelagi-al (6000 m) va ultraabissal (6000 m dan chukur)ga boʻlinadi. Koʻpgina dengiz organizmlari ovlanadi va oziq-ovqat yoki texnika xom ashyosi sifatida foydalaniladi.
Biologik resurslari
Okean yirik biologik resurelar manbaidir. Butun dunyoda ishlatiladigan hayvon oqsilining 12—15%, hayvon yogʻlarining 3— 4% i Okeandan olinadi. Dunyodagi baliq va boshqa jonivorlar ovining 4/5 qismi dengiz va okeanlarga toʻgʻri keladi. Den-gizdan ovlanadigan mahsulotlarning 90% ini baliq tashkil etadi. 5% turli xil mollyuskalardan, 3% qisqichbaqasimonlardan, 1,5% suv oʻsimliklaridan iborat. Dengiz sut emizuvchilari (kitlar, tyulenlar va boshqalar) ham ovlanadi. Okean biologik resurslarining jadal surʼatlarda oʻzlashtirilishi va qudratli texnikadan foydalanish bu zaxiralarning keskin kamayishi va tiklanmasdan qolish xavfini tugʻdi-radi. Okeandagi hayvonot va oʻsimlik dunyosidan oqilona foydalanish zarurati bu sohada xalqaro hamkorlik qilish, Okean hayvonlarini muhofaza qilish ma-salasini kun tartibiga qoʻyadi. Eng qimmatli dengiz hayvonlari va oʻsimliklarini sunʼiy ravishda qaytadan koʻpaytirish muhim rol oʻynashi kerak.
Xalqaro huquq rejimi
Okean huquq rejimi inson faoliyatining Okean bilan boglik boʻlgan 6 ta yirik huquqiy regla-mentatsiyasini, yaʼni Okean akvatoriyapari rejimi, Okeanda savdo kemalari qat-novi rejimi, harbiy kemalarning suzib yurishi rejimi, Okeanda ilmiy tadqiqotlar olib borish rejimi, Okean tubi va yer osti boyliklari, shuningdek, Okean muhitini muhofaza qilish huquqiy reglamentatsiyalarini oʻz ichiga oladi.
Okean huquq rejimi xalqaro shartnomalar va taomillar, shuningdek, ayrim davlatlarning milliy qonunlarida aks etgan. Okean rejimini belgilashda hukumatlararo dengiz konsultativ tashkiloti, BMTning Maorif, fan va madaniyat masalalari bilan shugʻullanuvchi tash-kiloti (YUNESKO)ning okeanofafiya komissiyasi, BMTning milliy yurisdiksiya doirasidan tashqarida amal qiladigan qoʻmitasi — dengiz va okeanlar ostidan tinchlik maqsadlarida foydalanish qoʻmitasi, BMTning dengiz huquqi qoʻmitasi va boshqa xalqaro tashkilotlarning roli katta.
Okean akvatoriyalari xalqaro huquqiy rejimi dengizga chiqish yoʻli boʻlgan har bir davlatning ichki dengiz suvlari (qarang Ichki suvlar), xududiy suvlar va ochiq dengiz suvlari huquqiy reglamentatsiyasini oʻz ichiga oladi.
Savdo kemalari qatnovining xalqaro huquqiy rejimi barcha mamlakatlar savdo kemalarining tinchlik va oʻzaro manfaatdorlik asosida erkin suzishiga yordam berish, dengiz savdo kemalari qatnovi xavfsizligini taʼminlash, yoʻlovchilar va yuklarni tashish, savdo kemalari va ularning ekipajlari, yoʻlovchilari va yuklarining huquqiy holatiga ochiq dengizda ham, chet davlatlarga tegishli suv va portlarda ham rioya qilish uchun belgilanadi.
Harbiy dengiz kemalarining xalqaro huquqiy rejimi barcha mamlakatlar harbiy kemalarining dengizda erkin suzishiga koʻmaklashish, xavfsizligini taʼminlash, dengizda boʻladigan har xil hodisaning oldini olish, dengiz va okeanlarda huquqiy tartibotga boʻysunishga xizmat qilishdan iborat. Bu rejim ochiq dengizdagi harbiy kemalarga alohida ququqlar (dengizda huquqbuzarlarni taʼqib qilish, dengiz qaroqchilari, qul savdosi va boshqa xalqaro jinoyatlarga qarshi kurashish kabi ququqlar) beradi.
Ilmiy tadqiqotlar olib borish xalqaro huquqiy rejimi vazifasi Okeanni, shuningdek, dengiz akvatoriyasidan atmosfera va kosmosni har tomonlama tadqiq etish uchun qulay sharoit yaratishdan iborat. Okean huquqining bu sohasi rivojlanib bormoqda. Okeanni tadqiq etish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida tuzilgan bitimi Okean huquqida alohida ahamiyatga ega.
Okean muhitining xalqaro-huquqiy muhofazasi Okeandan har qanday maqsadda foydalangan holda ham dengiz muhitini, ekologik mu-vozanatini saklashdan, uning ifloslanishiga (ayniqsa, radioaktiv moddalarning tarqalishiga) yoʻl qoʻymaslikdan, shuningdek, flora va fauna, Okean tubi va yer osti boyliklari, Okean ustidagi atmosferaga va shahrik. ga zarar yetkazilishining oldini olishdan iborat.
Okeanda baliq va dengiz hayvonlari ovlash va oʻsimliklar yigʻishni tartibga soladigan xalqaro huquq Okeandagi biomassalarning rivojlanishiga zarar yetkazmasdan ish koʻrishni belgilaydi. Okean tubi va yer osti boyliklari xalqaro huquq rejimi xoz. dengiz huquqida kam ishlangan soha-dir. Dengizdan foydalanishning bu turi 60-yillar va 70-yillarning boshida rivojlana boshladi.
Yerda juda katta miqdordagi suv bor, kosmosdan olingan tasvirlar bu haqiqatni isbotlaydi. Va endi bu suvlarning tez ifloslanishi haqida xavotirlar mavjud. Atrof muhitni ifloslantiruvchi manbalar - bu Jahon okeaniga chiqadigan maishiy va sanoat chiqindi suvlari, radioaktiv materiallar.
Yerda juda katta miqdordagi suv bor, kosmosdan olingan tasvirlar bu haqiqatni isbotlaydi. Va endi bu suvlarning tez ifloslanishi haqida xavotirlar mavjud. Atrof muhitni ifloslantiruvchi manbalar - bu Jahon okeaniga chiqadigan maishiy va sanoat chiqindi suvlari, radioaktiv materiallar.
Jahon okeanining suvlarini ifloslanishining sabablari
Odamlar har doim suvga intilishgan, aynan shu hududlarni odamlar birinchi navbatda egallashga harakat qilishgan. Barcha yirik shaharlarning oltmish foizi qirg'oq zonasida joylashgan. Shunday qilib, O'rta er dengizi sohilida ikki yuz ellik million kishilik aholisi bo'lgan davlatlar mavjud. Shu bilan birga, yirik sanoat majmualari dengizga bir necha ming tonnaga yaqin har xil chiqindilarni, shu jumladan yirik shaharlar va oqova suvlarni tashlaydilar. Shuning uchun, namuna uchun suv olganda, u erda juda ko'p zararli mikroorganizmlar topilganiga hayron bo'lmaslik kerak.
Shaharlarning ko'payishi va okeanlarga quyiladigan chiqindilar miqdorining ko'payishi bilan. Hatto bunday katta tabiiy resurs ham bu qadar chiqindilarni qayta ishlay olmaydi. Ham qirg'oq, ham dengiz hayvonot dunyosi va florasining zaharlanishi, baliq sanoatining pasayishi mavjud.
Ular shaharning ifloslanishiga qarshi quyidagi yo'l bilan kurashadilar - chiqindilar ko'p kilometrlik quvurlar yordamida qirg'oqdan va katta chuqurliklarga tashlanadi. Ammo bu hech narsani hal qilmaydi, balki dengiz florasi va faunasini butunlay yo'q qilish vaqtini kechiktiradi.
Okeanlarning ifloslanish turlari
Okean suvlarini ifloslantiruvchi moddalardan biri bu neftdir. U erga har qanday yo'l bilan etib boradi: neft tashuvchilar qulashi paytida; dengizdagi neft konlarida, dengiz tubidan neft qazib olish paytida baxtsiz hodisalar. Yog 'tufayli baliqlar nobud bo'ladi, tirik qolgani esa yoqimsiz ta'm va hidga ega. Dengiz qushlari yo'q bo'lib ketmoqda, o'tgan yilning o'zida o'ttiz ming o'rdak nobud bo'ldi - suv yuzasida yog 'plyonkalari tufayli Shvetsiya yaqinidagi uzun dumli o'rdaklar. Dengiz oqimlari bo'ylab suzib yurgan va qirg'oqqa suzib yurgan neft ko'plab kurort maydonlarini dam olish va suzish uchun yaroqsiz holga keltirdi.
Shunday qilib, Hukumatlararo Dengizchilik Jamiyati shartnoma tuzdi, unga ko'ra neftni qirg'oqdan ellik kilometr uzoqlikda suvga to'kib bo'lmaydi, aksariyat dengiz kuchlari uni imzoladilar.
Bundan tashqari, okeanning radioaktiv ifloslanishi doimo yuz beradi. Bu flora va faunada radiatsiya o'zgarishiga olib keladigan yadroviy reaktorlarda yoki cho'kib ketgan atom suv osti kemalarida oqish natijasida sodir bo'ladi, bunga oqim va planktondan tortib to katta baliqlargacha bo'lgan oziq-ovqat zanjirlari yordam berdi. Ayni paytda ko'plab yadroviy kuchlar Jahon okeanidan suvosti kemalari uchun yadroviy raketa kallaklarini joylashtirish va ishlatilgan yadro chiqindilarini yo'q qilish uchun foydalanmoqdalar.
Okeanning yana bir falokati suv o'tlari o'sishi bilan bog'liq bo'lgan suvning gullashidir. Bu ikra ovining kamayishiga olib keladi. Yosunlarning tez tarqalishi sanoat chiqindilarini yo'q qilish natijasida paydo bo'lgan mikroorganizmlarning ko'pligi bilan bog'liq. Va nihoyat, suvni o'z-o'zini tozalash mexanizmlarini tahlil qilaylik. Ular uch turga bo'linadi.
Kimyoviy - sho'r suv turli xil kimyoviy birikmalarga boy bo'lib, ularda kislorod kirganda oksidlanish jarayonlari, ortiqcha yorug'lik bilan nurlanish paydo bo'ladi va natijada antropogen toksinlar samarali qayta ishlanadi. Reaktsiya natijasida hosil bo'lgan tuzlar shunchaki tubiga cho'kadi.
Biologik - dengiz tubida yashovchi dengiz hayvonlarining butun massasi qirg'oq zonasining barcha suvlarini o'zlarining gilllaridan o'tadi va shu bilan filtrlar sifatida ishlaydi, garchi ular minglab o'lsa ham.
Mexanik - oqim sekinlashganda to'xtatilgan moddalar cho'kadi. Natijada antropogen moddalarni yakuniy yo'q qilish.
Okean kimyoviy ifloslanishi
Har yili Jahon okeanining suvlari tobora kimyo sanoati chiqindilari bilan ifloslanmoqda. Shunday qilib, okean suvlarida mishyak miqdorining ko'payish tendentsiyasi sezildi. Atrof-muhit muvozanati qo'rg'oshin va rux, nikel va kadmiy, xrom va mis kabi og'ir metallar tomonidan buziladi. Endrin, aldrin, dieldrin kabi har xil pestitsidlar ham zarar etkazadi. Bundan tashqari, kemalarni bo'yash uchun ishlatiladigan tributiltin xlorid moddasi dengiz aholisiga zararli ta'sir ko'rsatadi. Bu sirtni suv o'tlari va chig'anoqlar bilan ko'payishdan himoya qiladi. Shuning uchun dengiz florasi va hayvonot dunyosiga zarar etkazmaslik uchun ushbu moddalarning barchasi ozroq toksik moddalar bilan almashtirilishi kerak.
Jahon okeani suvlarining ifloslanishi nafaqat kimyo sanoati, balki inson faoliyatining boshqa sohalari, xususan, energetika, avtomobilsozlik, metallurgiya va oziq-ovqat, yengil sanoat bilan ham bog'liqdir. Kommunal xizmatlar, qishloq xo'jaligi va transport bir xil darajada zarar ko'rmoqda. Suvning ifloslanishining eng keng tarqalgan manbalari sanoat va kanalizatsiya chiqindilari, shuningdek o'g'itlar va gerbitsidlardir.
Savdo va baliq ovlash flotlari va neft tankerlari tomonidan ishlab chiqarilgan chiqindilar suvning ifloslanishiga yordam beradi. Inson faoliyati natijasida simob, dioksin guruhidagi moddalar va tenglikni kabi elementlar suvga tushadi. Tanada to'planib, zararli birikmalar jiddiy kasalliklarning paydo bo'lishiga olib keladi: metabolizm buziladi, immunitet pasayadi, reproduktiv tizim ishlamay qoladi va jigar bilan bog'liq jiddiy muammolar paydo bo'ladi. Bundan tashqari, kimyoviy elementlar genetikaga ta'sir qilishi va o'zgarishi mumkin.
Okeanlarning plastmassa bilan ifloslanishi
Plastik chiqindilar Tinch okeani, Atlantika va Hind okeanlari suvlarida butun guruhlar va dog'larni hosil qiladi. Axlatning katta qismi aholi zich joylashgan sohilbo‘yi hududlaridan chiqindilarni tashlash natijasida hosil bo‘ladi. Ko'pincha dengiz hayvonlari paketlarni va plastmassaning mayda zarralarini yutib yuboradi, ularni oziq-ovqat bilan aralashtirib yuboradi, bu ularning o'limiga olib keladi.
Plastmassa shu paytgacha tarqalib ketganki, uni allaqachon qutb suvlarida topish mumkin. Faqatgina Tinch okeanining suvlarida plastik miqdori 100 barobar ko'payganligi aniqlandi (so'nggi qirq yil ichida izlanishlar olib borildi). Hatto kichik zarralar ham tabiiy okeanik muhitni o'zgartirishi mumkin. Hisob-kitoblar jarayonida qirg'oqda o'layotgan hayvonlarning 90% ga yaqini ovqat bilan adashgan plastik chiqindilar tufayli nobud bo'ladi.
Bundan tashqari, plastik materiallarning parchalanishi natijasida hosil bo'lgan suspenziya xavfli hisoblanadi. Kimyoviy elementlarni yutib yuborgan dengiz aholisi o'zlarini qattiq azob va hatto o'limga mahkum etadilar. Shuni yodda tutingki, odamlar chiqindilar bilan ifloslangan baliqlarni ham iste'mol qilishlari mumkin. Uning go'shtida ko'p miqdorda qo'rg'oshin va simob mavjud.
Okeanlarning ifloslanishining oqibatlari
Ifloslangan suv odamlarda va hayvonlarda ko'plab kasalliklarni keltirib chiqaradi. Natijada, o'simlik va hayvonot dunyosining populyatsiyasi kamayib bormoqda, ba'zilari hatto yo'q bo'lib ketmoqda. Bularning barchasi barcha suv zonalari ekotizimida global o'zgarishlarga olib keladi. Barcha okeanlar etarlicha ifloslangan. Eng iflos dengizlardan biri O'rta er dengizi. Unga 20 ta shaharning oqova suvlari quyiladi. Bundan tashqari, O'rta er dengizi bo'ylab mashhur kurortlarning sayyohlari salbiy hissa qo'shmoqdalar. Dunyodagi eng iflos daryolar - Indoneziyadagi Tsitarum, Hindistondagi Gang, Xitoydagi Yangzi va Tasmaniyadagi King daryosi. Ifloslangan ko'llar orasida mutaxassislar Buyuk Shimoliy Amerika ko'llarini, Qo'shma Shtatlardagi Onondaga va Xitoydagi Tayni nomlashadi.
Yüklə 45,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin