Reja: Organzm bir butindir



Yüklə 38,5 Kb.
tarix06.02.2023
ölçüsü38,5 Kb.
#83125
Maktabgacha yoshdagi bolalarni o’sish va rivojlanishining asosiy qonuniyatlari


Maktabgacha yoshdagi bolalarni o’sish va rivojlanishining asosiy qonuniyatlari
Reja:
1.Organzm bir butindir.
2.O’sish organizmning miqdor ko’rsargichi.
3.Rivojlanish organizmning sifat ko’rsatgichi.
4.O’siy va riuvojlanishning umumiy qonunlari.
5.Akseleratsiya-o’sish va rivojlanishning tezlashuvi.

O’sib kelayotgan organizmni to’g’ri tarbiyalash uchun bola organizmning o’sish va rivojlanish kabi asosiy xususiyatlarni bilish zarur. O’sish va rivojlanish barcha tirik organizmlar kabi odam organizmiga xos xususiyatdir. Organizmning har tomonlama o’sish va rivojlanishi uning paydo bo’lgan vaqtidan boshlanadi. Bu ikki protsess murakkab jarayon bo’lib, bir butun va bir biriga bog’langandir. O’sish davrida tana hujayralarining ko’payishi natijasida tirik organizm o’lchamlarining ortishi yani bo’yning cho’zilishi og’irlashning ortishi tushuniladi. Bola malum yoshgacha to’xtovsiz va har hil jadalliklar bilan o’sadi. Shunga qaramasdan barcha to’qima va hujayralarda yani organizmda o’sish bir vaqtda, qizlarda o’rtacha 17-18 yoshgacha yigitlarda 19-20 yoshgacha tugallanadi. O’sish qatorida hujayralarda ularning bajaradigan vazifasi ortishi jarayoni kuzatiladi. Bu rivojlanish jarayonidir.


Rivojlanish deganda: o’sayotgan organizm to’qima xujayralarining va organlarning shakllanishi ya’ni bola organozmi hujayralarning shakllanishi o’smirlik va yetuk yoshdagi odamlarga hos bo’lgan bir muncha murrakkab to’qima va organlarga ega bo’lishiga aytiladi. Odam organizmining rivojlanishi umir bo’yi davom etib turadigan to’xtovsiz jarayondir. Bolaning rivojlanish tuxum xujayralarining otalanishdan boshlab umr oxirigacha davom etadi. Organizm jismonan, aqlan va jinsiy rivojlanadi yani murakkablashadi.
Organizm o’sish va rivojlanishda barcha etaplarni bolani: o’smirlik, o’spirinlik, yosjlik, yetuklik davrini bosib o’tadi. Odam xayotning har bir davrida shu davrning xarakterli xususiyatlari oldingi davrning qoldiqlari kelgusi davrning kurtaklari paydo bo’ladi.
O’sish- organizmning miqdori korsatkichi hisoblansa, rivojlanish sifat ko’rsatkichi hisoblanadi. Bu ikki jarayon notekiswlik, umrsizlik, geteroxning va akseleratsiya jarayonlari asosida yuzaga chiqadi. Odam organizmi paydo bo’lgunidan to vafot etgunga qadar ketma-ket keladigan morfologik, bioximik va fiziologik o’zgarishlarga uchraydi. Bu o’zgarishlar o’sish va rivojlanish bosqichlarini yuzaga keltiruvchi irsiy faktorlarga bog’langan. Biroq, bu irsiy faktorlarning yuzaga chiqishda yosh xususiyatlarning shakllanishida ta’lim tarbiya, bolaning ovqatlanishi, turmushning gigiyenik sharoiti, sport va mexnat faoliyati katta ta’sir ko’rsatadi. Bolaninbg dastlabki qadam tashlashi, hayoti davomidagi harakat funksiyasining rivoj;lanishi, bolaning birinchi aytgan so’zi va hayoti davomida nutq funksiyasining rivojlanishi. Bolaning o’smirga aylanishi markaziy nerv sistemasining rivojlanishi, reflektor faoliyatining murakkablashuvi, bular organizmida kechadigan uzluksiz o’zgarishlarning bir bo’lagidir. Bu o’zgarishlarni bolaning gavda proporsiyasining o’zgarishlardan ham bilish mumkin.
Yangi tug’ilgan chaqaloq qo’l oyoqlarini kaltaligi, gavda va boshning kattaligi bilan katta odamdan farq qiladi. Bolaning gavdaga bo’lgan nisbati quyidagicha: yangi tug’ilgan chaqaloqda 1-4,2 yoshda, 1-5,6yoshda 1-6,12 yosh, 1-7,kattalarda 1-8ga teng . Odam yoshi bilan birga boshini o’sishi sekinlashadi, oyoq qo’llar o’sishi tezlashadi. Jinsiy balog’atga yetguncha qiz va o’gil bolalar gavda propatsiyasida majoziy tafovu sezilmaydi. Biroq balogat yosh davri kelishi bilan jinsiy farq yuzaga keladi. O’g’il bolalarda oyoq qo’llar uzunlashadi, gavda kaltalashadi, tazi tor bo’la boshlaydi.
Bola bo’yining uzunligi va notekis o’sishi va rivojlanishi quyidagilarda misol ko’rish mumkin. Bola bo’yining uzunligidagi notekislik: bola 1 yoshga bo’y uzunligi 25sm uzayib 75 sm ga yetadi. Xayotning ikkinchi yilida atigi 10 sm o’sadi. 6-7 yoshgacha bo’y o’sishi yana sekinlashadi. Boshlang’ich maktab yoshida 7-10sm o’sadi. Jinsiy yetilish munosabati bilan qizlarda 12 yoshgach, o’g’il bolalarda 15 yoshdan boshlab bo’yiga o’sish tezlashadi.
Tananing vazni yoshga qarab o’zgaradi. Yangi tug’ilgan chaqaloq o’rtacha vazni 3,5kg. Bola tug’ilgandan kunidan 1 oyda 600gr. 2 oyda 800gr ortadi. 1yosh -9-10kg, 2 yoshda vazniga 2,5 –3,5 kg qo’shiladi. 4-5-6 yoshlarda har yili 1,5 –2 kg qo’shiladi. 7-yoshdan uning vazni tez ortib boradi.14-15 yoshda har yili 5-8kg ortadi. Aqliy rivojlanishning notekisligi barcha sinf o’quvchilarda ko’rish mumkin. Bunda o’quvchi oz sinifdoshlaridan o’zib ketishi mumkin. Bolaning yoshlariga nisbatan aqliy kamol topishi ularning shaxsiy qobilyatiga va atrof muhit sharoitiga ham bog’liqdir. Shu bilan birga kichik maktab yoshdagi bolalar o’rtasida o’ta qobilyatlilari ham uchrab turadi. Bular vunderkindlar (nemis tilida - sexirli bolalar) deyiladi. Ko’pgina atoqli olimlar yoshligidanoq katta qobilyatiga ega bo’lganlar.Abu Rayxon Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy misol bo’ladi. Ibn Sino 16-17 yoshida mahxur tabib bo’lgan.
Dunyoning birinchi vunderkinti deb Italiya yozuvchisi Torvado Tasso elon qilingan. U 13 yoshida Balon universiteti talabasi bo’lgan. Buyuk kompozitor monart misol bo’ladi. U 4 yoshida musiqa yozgan. Hozirgi vaqtda bunday bolalarga katta etibor berilmoqda. Ular uchun litseylar, gimnaztikalar tashkiletilmoqda. Bolalarning jismoniy va aqliy jihatidan o’sish , turmush sharoiti, ob- havoning sharoiti, iqlim, quyosh rabianasiyasitasir etadi, agar bola kichkinaligidan muntazam ravishda jismoniy mashqlar va spot bilan shug’illansa u sog’- salomat o’sadi va uning organlari uygun rivojlanadi.
Akseleratsiya
XIX- XX asr boshlarida ko’p masmlakatlarda bolalarning bo’yiga o’sishning tezlashganligi aniqlangan. Bu haqda 1875 yilda matbuotda elon qilingan. 1935 yilda nemis olimi Koh o’sish va rivojlanishdandagi tezlashuvni akselerasiya deb aytgan. Akseleratiya-lotincha tezlashuv degan manoni bildiradi. Akseleratsiya-yosh avlodning jismonan va ruxan o’sishidir.
So’ngi 100 yil ichida yangi tug’ilgan chaqal;oqning bo’yi 5-6sm ga, kichik va o’rta maktab yoshdagi bolalar bo’yi 10-15 sm ga vazni esa 8-10 kg ga ortdi.
Umruzayishi, hayz kechroq tugashi va odam rivojlanishidagi boshqa o’zgarishlarni o’z ichiga oladi. Akseleratsiya ko’pgina olimlarni qiziqtirib kelgan. Bunga sabab: ultrabinafsha nurlar desa, ikkinchisi magnit to’lqinlari, bazilari esa komik nurlar deb aytadilar. Oksidlar, tuzlar, vitaminlar ortishi, fan va tex ta’lim-tarbiya, sport va jismoniy mexnat bilan shug’illanish, genetik omillarni ham misol qilib keladilar. Mamlakatimizda mustaqillikga erishganimizdan so’ng bolalarning individalosish va rivojlanishga katta etibor berilmoqda. Chunki bolalar salomatligini saqlash davlat ahamiyatiga ega bo’lgan birinchi darajali ishlardan hisoblanadi.
Yüklə 38,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin