Reja: O‘simliklar sistematikasi nimani o‘rgatadi



Yüklə 28,09 Kb.
səhifə1/3
tarix15.09.2023
ölçüsü28,09 Kb.
#143973
  1   2   3
rahmatillayeva muxlisa


MAVZU: O’simliklar sestimatikasi

REJA:



1. O‘simliklar sistematikasi nimani o‘rgatadi.

2. O‘simliklar sistematikasi tarixi.

3. K.Linney sistemasi.

4. Engler sistemasi.



5. Tuban o‘simliklarga xarakteristika.


Sistematika bu o‘simliklarni tuzilishi jixatidan bir-biriga yaqinligini aniqlab, gruppaga ajratadi. O‘simliklar yer yuzida eramizdan 1700 yil ilgari paydo bo‘lgan. Yer yuzida 500.000 xil o‘simlik bor. Yovvoyi o‘simliklarning turi 350000, shulardan 200.000 gulli o‘simliklar, 150.000 gullamaydigan sporali o‘simliklar. MDX florasida 18.000 xil o‘simlik borligi aniqlandi. O‘simliklarga ayniqsa Kavkaz va O‘rta Osiyo boydir. O‘rta Osiyo va Kavkaz florasida 7000 o‘simlik turi uchraydi. Botanikaning sistematika va morfologiya qismi qadimgi zamonlardan beri tekshirilib kelingan. Misrda bizning eramizdan 3000 yil ilgari uzumchilik taraqqiy eta boshlagan. Misrda dorivor o‘simliklarni ekish boshqa mamlakatlarga nisbatan oldin boshlangan. Bu yerda bizning eramizdan 2000 yil ilgari kanakunjut-Ricinus comunis.
Bizning davrimizgacha saqlanib qolgan qadimgi zamon o‘simliklari xaqidagi ma’lumotlarni grek adabiyotlarida uchratish mumkin. O‘sha vaqtda grek olimlaridan Gippokrat, Aristotel, Dioskarid. Gippokrat bizning eramizdan 460-377 yillar ilgari 236 xil dorivor o‘simliklarni tasvirlagan. Aristotel va uning shogirdi Teofrast bizning eramizdan 4 asr oldin ko‘pgina o‘simlik turlarini yozib, ularning foydali xususiyatlarini aniqlaganlar, hamda o‘simliklarning 1 pallali va 2 pallali bo‘lishini ko‘rsatganlar. Teofrast botanikaning otasi xisoblanadi. Chunki uning yozgan kitoblaridan 15 tasi shu fanga bag‘ishlangan. Dioskarid bizning eramizning 1 asrida yashagan. O‘zining mashxur"Materia Medica "degan kitobida ko‘p dorivor o‘simliklarni rasmlari bilan tasvirlagan. Qadimgi Rimning o‘simliklar bilan shug‘ullanganlaridan Pliney Starshiydir. Dioskarid va Pliney Starshiy gullaydigan va gullamaydigan o‘simliklarni aniqlab, ularga lotincha nom bera boshlaganlar. Mas:Achillyea, Adonis va boshqalar. Qadimgi zamonlarda dorivor o‘simliklar sohasida yozilgan xind kitoblaridan eng ahamiyatlisi "Yadjur veda" hisob-lanadi. Bu kitobda ko‘rsatilgan dorivor o‘simliklar xozir ham o‘z qimmatini yo‘qotgan emas. Xitoyda o‘sim-liklar xaqida Xon-shen-nun bizning eramizdan 3000 yil ilgari "Bensao"degan kitob yozgan. O‘rta asrlarda o‘tgan olimlardan butun dunyoga mashxur bo‘lgan atoqli vrach Abu Ali Ibn Sino hisoblanadi (980-1037).
Avitsenna Buxoroga yaqin joydagi qishloqda tug‘ilgan. 1020 yilda "Alqonunfit Tib"deb atalgan 5 tomli kitob yozgan. Petr 1 1724 yilda Rossiyada fanlar Akademiyasini ochish to‘g‘risida buyruq chiqardi. U fanlar akademiyasi oldiga Rossiya florasini tekshirish vazifasini qo‘yadi. Shu maqsadda bir qancha ekspeditsiyalar tashkil etiladi. Ekspeditsiya qatnashchisi akademik Pallas "Flora Rossica" degan kitob yozgan.
18 asrning boshlarida shved olimi Karl Linney (1707-1778) o‘simliklarning sistematikasini tuzadi. U 1000 ga yaqin o‘simliklarni morfologik terminlarini ishlab chiqaradi. K.Linney "O‘simliklarning turlari: degan asarida 10.000 xil o‘simlik turini tasvirlab ularni 1000 ta avlodga, bu avlodni 116 tartibga, tartibni esa 24 sinfga bo‘lib chiqadi.
TUR -VID 10.000
AVLOD- ROD 1000
TARTIB - PORYADOK 116
SINF - KLASS 24
Shulardan 23 sinfga gullaydigan o‘simliklarni, 1ta sinfga esa, gullamaydigan o‘simliklarni kiritadi. Gullamaydigan o‘simliklarga suv o‘tlarini, zamburug‘larni, moxlarni va qirqquloqsimonlarni kiritadi. K.Linney gullaydigan o‘simliklarni "jinsiy urchishi aniqlangan" (Yavnobrachnыye), gullamaydigan o‘simliklarni "jinsi ma’lum emas" (Taynobrachnыye)deb ataydi. K. Linney har bir o‘simlikni 2 nom bilan atalishini kirita-di.
"Binarnaya nomenklatura"deyiladi. Bunda oldin avlod, so‘ngra tur nomi yoziladi. Avlod nomini ot, tur nomini sifat qilib olinadi. Mas:paxtaning avlodi, Yossypium Amerika paxtasi.-Yossypium hirsutum, Misr paxtasi -Yossypium barbadense

Yüklə 28,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin