Reja: O’zbek tilining izohli lug’atida terminlar va sohaga oid so`zlar leksik birlik sifatida



Yüklə 34,38 Kb.
səhifə1/4
tarix18.12.2023
ölçüsü34,38 Kb.
#184193
  1   2   3   4
Reja O’zbek tilining izohli lug’atida terminlar va sohaga oid s-fayllar.org


Reja: O’zbek tilining izohli lug’atida terminlar va sohaga oid so`zlar leksik birlik sifatida


Reja:
1. O’zbek tilining izohli lug’atida terminlar va sohaga oid so`zlar leksik birlik sifatida.
2.Terminlar ma`nosidagi chegaralanish.
3.Sohaga oid terminlarning vazifaviy uslubda qo`llanilishi.
4. Sohaga oid terminlarning ilmiy va rasmiy uslubdagi vazifasi.


O’zbek tilining izohli lug’atida sohaviy terminlarning berilishi.
Tayanch so`z va iboralar : Terminlar, umumiy va xususiy terminlar, morfologiya, assimilyatsiya, til birliklari me`yorlari.
Ilmiy adabiyotlarda ta’kidlanishicha, ma’lum fan, ishlab chiqarish sohasidagina qo‘llaniladigan va asosan o‘sha soha kishilari tushunadigan maxsus so‘zlar terminlar – atama­lar sifatida qaraladi.
«Hozirgacha termin tushunchasi tilshunoslikda turlicha talqin qilinmoqda – deb qayd etishadi «O‘zbek tili leksikologiyasi» asarining mualliflari. – Ba’zi tilshunoslar terminga ilm va texnikaga oid so‘z va iboralarnigina emas, barcha uy-ro‘zg‘or asboblari nomlarini, ishlab chiqarishning hozirgi darajasidagi qurollarinigina emas, balki o‘tmishdagi ibtidoiy qurollarning barcha nomlarini, shuningdek, kustarchilik kasb-hunarga oid so‘zlarni ham kiritadilar.
Agar masala shu taxlitda qo‘yiladigan bo‘lsa, har bir konkret predmet nomini termin deb atash lozim bo‘lar edi. Gap terminning aniq bir ma’noni ifodalashida emas, bu jihatdan qaraladigan bo‘lsa, kasb-hunar leksikasining ilmiy-texnikaviy terminlardan deyarli farqi yo‘q, termin har qanday tushunchaning aniq atamasi sifatidagina emas, balki ilmiy tushunchani ifodalovchi vosita sifatida asosan yozma shaklda maydonga keladi».
Demak, «atama» so‘zini «termin» tushunchasi ma’nosida qo‘llaganimizda, uni umuman narsa-predmetlar, voqea-hodisalarning nomi sifatida emas, balki aniq bir ilmiy tushun­chani ifodalaydigan va ma’lum bir fan sohasiga tegishli bo‘lgan birliklarni anglashimiz lozim.
Shu ma’noda kasb-hunarga oid so‘zlar atamalardan farqlanadi. Bu haqda quyiroqda to‘xtalamiz.
O‘zbek tilshunosligida atamalarni o‘rganishga doir ko‘pgina ishlar amalga oshirilgan. Ko‘plab ilmiy kitoblar, risolalar, lug‘atlar, ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar yozilgan, dissertatsiyalar himoya qilingan. Bu borada 200 dan ortiq lug‘atlarning nashr etilishi fanimizning katta yutug‘i hisoblanadi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, «Lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosiga o‘tish to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar qo‘mitasi olib borayotgan yirik hajmidagi ishlar atamashunoslik sohasining yanada yuqori bosqichga ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi.
Atamalarning shakllanishi ham xalqning tarixi qadar qadimiydir. To‘nyuquq, Kultegin, Bilga hoqon singari bitiktoshlarda xalqimiz mashg‘ul bo‘lgan hunarlarga oid atamalarni uchratamiz. Ular xalq tomonidan yaratilgan afsonalarda, qahramonlik qo‘shiqlarida ham mavjud bo‘lgan. Ularni mujassam qilgan Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit-turk» asari ularning bizgacha yetib kelishida katta tarixiy vazifani bajargan. Masalan, asardan ovchilik mavzusidagi parchalarni olib ko‘raylik:
Chag‘ri berib qushlatu,
Toyg‘an izib tishlatu,
Tilki, to‘ng‘iz toshlatu
Ardam bila o‘klalim.
Mazmuni: (Yigitlarga) chag‘ri (ov qushi) berib qush ovlaylik, Ov itini (qushlarning) izidan solib tishlataylik. Tulki, to‘ng‘iz(lar)ni tosh bilan uraylik, Yutuqlarimiz bilan maqtanaylik.
Yana:
Yigitlarig ishlatu,
Yig‘ach yamish irg‘atu.
Qulan, kiyik avlatu,
Bazram qilib avnalim.
Mazmuni: Yigitlarni ishlataylik, Daraxt(lar)dan meva(lar)ni qoqtiraylik. Qulon, kiyik ovlataylik, (So‘ng) bayram qilib ovunaylik.
Shunday qilib, mana shu kabi tarixiy-ilmiy-badiiy manbalar orqali birgina jismoniy tarbiya va sportga oid kurash, chopish, sakrash, chavandozlik, yoy, kamon, o‘q otish, mergan, merganlik, eshkak, kema, suzish, o‘zish, o‘yin, tepish, tepki, to‘p), to‘r, chavgon, qanot, qilich, kema yoki shaxmatga oid shatranj, shohmot/shaxmat, shoh/shax, farzin, rux, fil, ot/asp, piyoda/sipoh, mot, pot/pat, dona, oq, qora, katak, qanot, yurish, kishi, hujum singari ko‘plab atamalar bizgacha yetib kelgan. Bu hol ijtimoiy hayotning barcha sohalariga tegishli.
Mana shu tarzda har bir davrda jamiyatning taraqqiyoti bilan bog‘liq holda sohaviy atamalar ham son, ham sifat jihatdan takomillashib bordi. Uning taraqqiyotida XIX asrning II yarmidan keyingi davr va yana oradan yuz yildan ortiq vaqt o‘tib O‘zbekistonning mustaqillikka erishgan davri alohida o‘rin tutadi. Mana shu davr ichida jahonda yuz bergan o‘zgarishlar O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekistonda ham sanoatning o‘sishiga, dunyoviy fanlarning qaytadan rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Falsafa, huquq, tarix, filologiya, sotsiologiya, kimyo, fizika, matematika, biologiya, geografiya, sanoat, qishloq xo‘jaligi, tibbiyotga oid maxsus atamalar shakllandi va ular tilimizga kirib keldi. Bunda rus tilining ta’siri katta bo‘lganligidan ko‘z yumib bo‘lmaydi.
Atamalarning o‘zbek tilida son jihatdan ko‘pchilikni tashkil etishi ularni mavzuviy guruhlarga bo‘lib o‘rganishni taqozo qiladi. Chunki o‘zbek atamashunoslari S. Ibrohimov, S. Akobirov, Olim Usmon, R. Doniyorov, H. Shamsiddinov, A. Madvaliyev va boshqalar ta’kidlaganlaridek, bunday tahlil atamalarning umumiy boyligini ko‘rsatishga, ularni ma’lum bir tartibga keltirishga ko‘maklashadi, sohalarga bo‘lib o‘rganishni osonlashtiradi.
Atamalarni dastlab ikki katta guruhga ajratish to‘g‘ri bo‘ladi:
1. Umumiylik xususiyatiga ega bo‘lgan atamalar.
2. Xususiylik xususiyatiga ega bo‘lgan atamalar.

Yüklə 34,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin