Reja: O'zbekiston Respublikasida axborotlashtirishni rivojlantirish konsepsiyasi?
Kiberhuquq va kiberetika sohasida halqaro qonunchilik?
Mehnat halqaro qonunchiliki nima?
O’zbekiston Respublikasining Axborotlashtirish to’g’risidagi qonuni 2003-yil 11-dekabr 560-II-sonli prezident buyrugiga asosan chiqarilgan. Ushbu qonun jami 23 ta moddadan iborat. Hozir shu qonunni kerakli joylari bilan tanishib chiqamiz. Axborotlashtirish — yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiyiqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni. Axborotlashtirish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u maxsus vakolat bergan organ - O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi amalga oshiradi. Axborot resurslari ulardan erkin foydalanish toifalari bo‘yicha hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot resurslariga va erkin foydalanilishi cheklab qo‘yilgan axborot resurslariga bo‘linadi. Cheklanmagan doiradagi foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan axborot resurslari hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot resurslaridir. Davlat sirlari to‘g‘risidagi axborotni va maxfiy axborotni yoki erkin foydalanilishi axborot resurslarining mulkdorlari tomonidan cheklab qo‘yilgan axborotni o‘z ichiga olgan axborot resurslari erkin foydalanilishi cheklab qo‘yilganaxborot resurslariga kiradi. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI AXBOROTLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi axborotlashtirish, axborot resurslari va axborot tizimlaridan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 2-modda. Axborotlashtirish to‘g‘risidagi qonunchilik Axborotlashtirish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlarida iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining axborotlashtirish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. 3-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: axborotlashtirish — yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiyiqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni; axborot resursi — axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi, shu jumladan axborot tizimlarida ochiq shaklda joylashtiriladigan yoxud e’lon qilinadigan audio-, video-, grafik va matnli axborot; axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdori — axborot resurslariga yoki axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining egasi — qonun bilan yoki axborot resurslarining, axborot tizimlarining mulkdori tomonidan belgilangan huquqlar doirasida axborot resurslariga yoxud axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; axborot texnologiyasi — axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar; axborot tizimi — axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari. bloger — Internet jahon axborot tarmog‘idagi o‘z veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiyiqtisodiy va boshqa xususiyatga ega axborotni joylashtiruvchi, shu jumladan axborotdan foydalanuvchilar tomonidan ushbu axborotni muhokama qilish uchun joylashtiruvchi jismoniy shaxs. 4-modda. Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan. Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: har kimning axborotni erkin olish va tarqatishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish, axborot resurslaridan erkin foydalanilishini ta’minlash; davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari, shuningdek yuridik hamda jismoniy shaxslarning axborot tizimlari asosida O‘zbekiston Respublikasining yagona axborot makonini yaratish; xalqaro axborot tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmog‘idan erkin foydalanish uchun sharoit yaratish; davlat axborot resurslarini shakllantirish, axborot tizimlarini yaratish hamda rivojlantirish, ularning bir-biriga mosligini va o‘zaro aloqada ishlashini ta’minlash; axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalari ishlab chiqarilishini tashkil etish; axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari bozorini shakllantirishga ko‘maklashish; dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish rivojlantirilishini rag‘batlantirish; tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoit yaratish; kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni rag‘batlantirish. 5-modda. Axborotlashtirish sohasini davlat tomonidan tartibga solish Axborotlashtirish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u maxsus vakolat bergan organ amalga oshiradi. 6-modda. Maxsus vakolatli organ Maxsus vakolatli organ: davlat axborot resurslarini shakllantirish ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi; axborotlashtirish va axborot texnologiyalarini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqadi; davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari yaratilishiga ko‘maklashadi; axborotlashtirish sohasidagi standartlar, normalar va qoidalarni ishlab chiqadi; axborot tizimlari va axborot texnologiyalarining texnika vositalari hamda xizmatlarini sertifikatlashtirish ishlarini tashkil etadi; yuridik va jismoniy shaxslarning o‘z axborot resurslari hamda axborot tizimlari muhofaza etilishini ta’minlash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi; axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari bozorini rivojlantirishga ko‘maklashadi; axborotlashtirish sohasida marketing tadqiqotlari va monitoringni tashkil etadi; axborot resurslaridan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralarini amalga oshiradi; O‘zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati va xavfsizligi manfaatlarini ko‘zlab axborot xavfsizligini hamda axborot tizimlaridan ustuvor foydalanilishini ta’minlaydi; 11-modda. Axborot resurslaridan erkin foydalanish toifalari Axborot resurslari ulardan erkin foydalanish toifalari bo‘yicha hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot resurslariga va erkin foydalanilishi cheklab qo‘yilgan axborot resurslariga bo‘linadi. Cheklanmagan doiradagi foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan axborot resurslari hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot resurslaridir. Davlat sirlari to‘g‘risidagi axborotni va maxfiy axborotni yoki erkin foydalanilishi axborot resurslarining mulkdorlari tomonidan cheklab qo‘yilgan axborotni o‘z ichiga olgan axborot resurslari erkin foydalanilishi cheklab qo‘yilgan axborot resurslariga kiradi. Axborot resurslarining mulkdorlari va egalari hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot resurslaridan yuridik hamda jismoniy shaxslarning teng huquq asosida erkin tarzda foydalanishini ta’minlashi kerak. 23-modda. Axborotlashtirish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Axborotlashtirish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. Yangi qabul qilingan «Kiberhuquq to‘g‘risida»gi qonunga binoan, Davlat xavfsizlik xizmati kibehuquq sohasidagi vakolatli davlat organi deb belgilandi. Qonun bilan DXXga davlat tashkilotlari, jismoniy va yuridik shaxslarning turar joylariga to‘sqinliksiz kirish, ularni ko‘zdan kechirish va boshqa huquqlar berildi. Kun.uz hujjatning asosiy nuqtalari bilan tanishtiradi. Foto: Shutterstock 15 mart kuni «Kiberhuquq to‘g‘risida»gi qonun prezident tomonidan imzolandi. Hujjat Qonunchilik palatasi tomonidan 25 fevral kuni qabul qilingan, Senatda 17 mart kuni ma’qullagan. 40 ta moddadan iborat mazkur qonun rasman e’lon qilinganidan 3 oy o‘tib, 2022 yil 17 iyuldan qonuniy kuchga kiradi. Hujjatga ko‘ra, O‘zbekistonda kiberxavfsizlik sohasidagi yagona davlat siyosatini prezident belgilaydi (10-modda), Davlat xavfsizlik xizmati esa kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi. Qonunda sohadagi asosiy tushunchalarga ta’rif berilgan. Unga ko‘ra, kiberjinoyatchilik – axborotni egallash, uni o‘zgartirish, yo‘q qilish yoki axborot tizimlari va resurslarini ishdan chiqarish maqsadida kibermakonda dasturiy ta’minot va texnik vositalardan foydalanilgan holda amalga oshiriladigan jinoyatlar yig‘indisi hisoblanadi. Kibermakon esa – axborot texnologiyalari yordamida yaratilgan virtual muhitdir. Shuningdek, qonunda boshqa ko‘plab zaruriy atamalarga ham izoh berilgan. (3-modda) Kiberxavfsizlikni ta’minlashdagi asosiy prinsiplar – qonuniylik, shaxs va davlat manfaatlarini himoya qilish, sohaga yagona yondashuv, tizimni yaratishda (davlat xaridlarida) mahalliy ishlab chiqaruvchilarga ustuvorlik berish, xalqaro hamkorlik uchun ochiqlik hisoblanadi. (4-modda) Ushbu qonunda ham, boshqa ko‘plab hujjatlar kabi O‘zbekiston qo‘shilgan xalqaro shartnomalarda ko‘zda tutilgan boshqacha qoidalarda ustuvorlik berilgan. Ya’ni, xalqaro shartnomada «Kiberxavfsizlik to‘g‘risida»gi qonundan boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. (2-modda) Kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli organ – DXXga ko‘plab vakolatlar berilgan, xususan:
sohaga doir normativ hujjatlar va dasturlar ishlab chiqish, ularning ijrosini nazorat qilish;
kiberxavfsizlik hodisalari yuzasidan tezkor tadbirlar va tergov harakatlari olib borish, shuningdek ularning oldini olish, bartaraf qilish va oqibatlarini tugatish bo‘yicha texnik choralar ko‘rish;
sohaga doir tadqiqotlar va monitoringlar o‘tkazish;
muhim axborot infratuzilmalari obektlarining yagona reyestrini shakllantirish, ularning xavfsizligini ta’minlashga doir talablarni belgilash; axborotni kriptografik himoya qilish vositalarini ishlab chiqishga doir faoliyatni litsenziyalash;
muhim axborot infratuzilma obektlariga kiberhujumlarga urinishlarning oldini olish;
davlat boshqaruv organlari va mahalliy hokimliklarni kibertahdidlar haqida ogohlantirish;
O‘zbekiston kibermakonida terrorchilik, ekstremistik va boshqa qonunga xilof faoliyat olib borilmasligi choralarini ko‘rish;
kiberxavfsizlik sohasida kadrlarni tayyorlash va boshqa ko‘plab vakolatlarga ega.
Mehnat halqaro qonunchilik. Mulkchilik shakllaridan qat`iy nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va xususiy tadbirkorlar bilan mehnat shartnomasi (kontrakti) bo`yicha ishlayotgan barcha shaxslar mehnat munosabatlarini tartibga solib turuvchi huquq tarmog`i mehnat huquqi hisoblanadi. Mehnat huquqi mehnat munosabatlarining vujudga kelishi, amal qilishi va bekor qilinishini tartibga soladi, xodimlarning birgalikdagi mehnatlari rejimini belgilaydi, mehnat mezoni, mehnatni muhofaza etish qoidalari va mehnat nizolarini ko`rib chiqish tartibini o`rnatadi. Mehnat huquqi mehnatni ijtimoiy-iqtisodiy tashkil etishdagi mehnat bo`yicha munosabatlarni tartibga soladi, ya`ni jamiyatda mavjud bo`lgan birgalikdagi mehnat jarayonidagi kishilar o`rtasidagi aloqani tartibga soladi. Mehnat huquqining asosiy mazmunini mehnatga oid munosabatlar tashkil etadi. Mehnat huquqining sub`yektlari 2ga bo`linadi: 1) Asosiy sub`yektlar; 2) Qo`shimcha sub`yektlar. O`zbekiston
Respublikasi Mehnat Kodeksining 14,15- moddalariga binoan, xodim va ish beruvchi mehnat munosabatlarining asosiy sub`yektlaridir.Mehnat jamoasi kengashi, mehnat nizolari bo`yicha komissiyalar, kasaba uyushmalari, mehnat organlari, korxonalardagi huquqiy xizmatlar(huquqiy maslahat) va ishlab chiqarishning normal ishlashini ta`minlovchi boshqa tartibotlar qo`shimcha sub`yektlarni tashkil etadi. Mehnat jarayonidagi ijtimoiy munosabatlarda asosan, ikki tomon: xodim va ish beruvchi ishtirok etadi. Xodim sifatida mehnat qilish huquqi va muomala layoqatiga ega bo`lgan, ya`ni muayyan yoshga yetgan, o`zining jismoniy va aqliy qobiliyatiga ko`ra yollanib ishlashi mumkin bo`lgan fuqaro su b`yekt bo`lib qatnashadi. Xodimning mehnat huquqi mavqei O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Mehnat Kodeksi (14,16,20,21,23-moddalar) va boshqa qonunlar bilan belgilanadi. Mehnat munosabatlari sub`yekti sifatida ikkinchi tomondan ish beruvchilar, ya`ni fuqarolarni ishga yollashga, ular mehnatini qonun talablari asosida tashkil etishga, mehnatga haq to`lashga layoqatli bo`lgan tijorat, tijoratga aloqasiz tashkilotlar, muayyan hollarda ayrim fuqarolar qatnashdilar. Ish beruvchining yuridik mavqei O`zbekison Respublikasining Konstitutsiyasi, Fuqarolik Kodeksi, Mehnat Kodeksi, O`zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik va tadbirkorlik faoliyati erkinliklarining kafolatlari to`g`risida”gi qonuni va qonunchilik hujjatlariga ko`ra belgilanadi. Shu o`rinda ta`kidlash lozimki, yuridik shaxs tuzmagan holda tadbirkorlik bilan shug`ullanuvchi yakka tadbirkorlar faoliyati o`zlarining shaxsiy mehnatlari bilan tadbirkorlik faoliyati olib borishlari mumkin, ya`ni ular yollanma mehnatdan foydalanishlari mumkin emas va shu sababli mehnat huquqining sub`yekti bo`lolmaydilar. Mehnat huquqining manbalari. Mehnat huquqining manbalari,bu-sohadagi huquqiy munosabatlarga tadbiq etiladigan qonunlar va boshqa qonun hujjatlaridan iborat. Shu sababli muayyan hayotiy vaziyatlarga mos keluvchi me`yoriy hujjatlarni tanlay bilish, ularni to`g`ri tadbiq etish ko`p jihatdan ushbu mavzuni to`liq o`zlashtirishga, talaba mehnat huquqiga oid me`yoriy-huquqiy hujjatlarning turlari, yuridik kuchi va ta`sir doirasini to`liq tushunib etganligiga bog`liqdir. Mehnat huquqining tamoyillari. Ular ikkiga bo`linadi: a) umumhuquqiy; b) tarmoqlararo.Umumhuquqiy tamoyillar O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilangan. Tarmoqlararo tamoyillar esa mehnat, tadbirkorlik, ijtimoiy-ta`minot , ma`muriy va boshqa huquq sohalariga oid huquq me`yorlarida aks ettirilgan. Mehnat shartnomasi tushunchasi. Mehnat shartnomasini bekor qilish. Mamalakatimizda Fuqarolarning mehnat qilishi huquqini amalga oshirishning asosiy shakli-mehnat shartnomasi. Mehnat Kodeksining 72-moddasiga binoan mehnat shartnomasi xodim bilan ish beruvchi o`rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo`yicha ishni ichki mehnat tartibiga bo`ysungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek mehnat to`g`risidagi qonunlar va boshqa me`yoriy hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida tegishli haq evaziga bajarish haqidagi kelushuvdir. Mehnat shartnomasi fuqarolarning mehnatga bo`lgan konstitutsiyaviy huquqini ro`yobga chiqarishning asosiy tashkiliy-huquqiy shaklidir. Mehnat shartnomasi asosida mehnatga jalb qilishi, xodimlar, ish beruvchilar va davlat manfaatlarini ko`zlagan holda har bir kishiga erkin kasb tanlash imkonini beradi.