Reja: Qadirliylarimizning eng qadirlisi



Yüklə 17,1 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü17,1 Kb.
#34672
Hayot yo`llarida hamrohim,do`stim


Hayot yo`llarida hamrohim ,do`stim!

Reja:


1.Qadirliylarimizning eng qadirlisi.

2.Hayot yo`llarida hamrohim.

3.Do`st- og`ir kunda sinalar.

Do`st… sinovlarda yelkadosh,og`ir damlarda bardosh bo`ladigon inson. Do`st … quvonchni ham,qayg`uni ham birga baham ko`radigon ,ba`zan achchiq tanbex,ba`zan qaynoq mehr berishga tayyor inson. Do`st… eng maxfiy sirlaringni ham ishonib aytadigon,qay manzilda bo`lma sen ila birga borishga tayyor bolgan inson. Do`st… yo`qsillik paytlarda bizga borini sochadigon,xar davrada obro`yimiz osmon qadar ko`taradigon ison. Do`st… biz uchun kerak bo`lsa jonini fido etguvchi,borlig`ini berguvchi ison. Do`st.. Do`st.. Do`st.. aslida kim? Bu insonni ko`plab go`zal so`zlar bilan tariflash mumkin ammo bir so`z bilan aytadigon bo`lsak-“Qadrliylarimizning eng qadrlisi”dir.

Do`st suvga o`shaydi: agar u sof va xushtam bo`lmasa, qanchalik chanqama ichging kelmaydi. Ya`ni , u qanchalik samimiy,mehribon,qalbi pok,iymonli,tili-yu dili bir bo`lsa – uni bilki,hayot yo`lingda birdam bo`lib , senga yo`ldosh bo`ladi va ularda qachonki ikki qalb bir mahzunlikni ko`tara oladigon darajaga yetsagina, ular haqiqiy do`st sanaladi. Ya`ni ularning o`rtasida seniki-meniki degan narsa mavjud emas, ular bitta jon,bitta qalb demakdir.Ollohga ming shukurlar bo`lsinki,meni bunday do`stlarim bisyordir.Hammasi aqilli,idrokli,go`zal va oqko`ngil… Ularning har biri men uchun qadrli.Yaxshi- yomon kunimda,xursandchiligu,qayg`ulik onimda men bilan birgadirlar.

Olis hayot yo`llarida hamrohim,

Yaxshi yomon kunlarimga guvohim.

Dardu alam istamlardan panohim,

Chin do`stimda ayirmagin Ollohim…

Xalqimizda bir gap bor,- “Do`st og`ir kunda sinalar”. Haqiqatdan ham, inson hayoti davomida ko`p odamlarga duch keladi,ularning ba`zilaridan saboq, ba`zilaridan esa odob o`rganadi, ba`zilari bilan do`st tutinib, ba`zilari bilan esa aka-uka yo opa-singilga aylanadi.Shunday vaqtlar bo`ldiki,ularning mehri chin yoki yolg`on ekanligi bir zumda oshkor bo`lib saralanadi,ulaning asl yuzi emas balki senga bo`lgan qalbidagi hislari ochiladi. Natijada sen chin do`stingni topasan,u bilan bir butunlikka aylanasan chunki chin do`st ,bu ota-onadek,aka-ukadek,opa-singildek muqaddas insondir.Shu sababli ham do`stni ayblarini qumga ,yaxshiliklarini esa toshga yozish kerak,chunki ayblari tezda yuvilib ,yaxshiliklari esa bir umr qalbimizda qolishi zarur. Ularni eslaganimizda shu ishlari bilan yuzda tabassum ,qalbda mehr ila eslashimiz kerak,shundagina do`stlik,birodarlik umrning oxirigacha saqlanib qoladi deb o`ylayman.Xattoki diniy kitoblarda ham keltirilshicha, qadrdon do`stlardan biri jannatga kirsa va u do`stlarinini u yerdan topa olmasa,

- ey Robbim,falonchi hamrohim qayerda,falonchi do`stim qayerda?Uni jannatda ko`rmayapman-ku! deydi. Shunda unga:

-U do`zaxda,-deyiladi.Shunda haligi kishi:

- Ey Robbim,menga u do`stimsiz jannat tatimayapti deydi.

Shunda Olloh, jannatiy insonning do`stini ham jannatga keltirishlarini buyuradi.U do`zaxdan chiqib ,jannatga kirarkan,do`zax ahli:

-Uni kim shafoat qildi,uni kim chiqardi desalar...

-Uni solih bir do`sti shafoat qildi,-deyiladi…



Ilohim shunday solih do`stlar, hammamizning hayot yo`limizda hamroh bo`lishsin.
Yüklə 17,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin