Reja: Qishloq xo`jaligi ekinlarini joylashtirish to’g’risida tushuncha



Yüklə 28,31 Kb.
tarix08.02.2023
ölçüsü28,31 Kb.
#83411
Qishloq xo\'jaligi va sanoat sohasidagi o\'zgarishlar.



Qishloq xo'jaligi va sanoat sohasidagi o'zgarishlar.

Reja:
1. Qishloq xo`jaligi ekinlarini joylashtirish to’g’risida tushuncha.
2. Qishloq xojaligi ekinlarini joylashtirishga va ixtisoslashtirishga ta’sir etuvchi omillar.
3. Sanoat sohasidagi o’zgarishlar.
Mustaqillik yillarida respublikada qishloq xo`jaligi sohasiga bozor tamoyillarini joriy qilish va mulkchilik shakllarini to`liq o`zgartirish bilan tub islohotlar o`tkazildi, natijada xo`jalik yuritishning yangi shakllari paydo bo`lib, ular qishloq xo`jaligi iqtisodiyotining rivojlanishida o`z aksini topdi. Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash va oziq-ovqat mustaqilligini ta`minlash bo`yicha qishloq xo`jaligini strategik rivojlantirish doirasida o`tkazilgan kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida, so`nggi yillarda sohada yuqori sur`atlarga erishildi. Iqtisodiy islohatlarning butun zanjirida agrar sohadagi uzgarishlarga g‘oyat katta ahamiyat berilmoqda. Bu esa aholining aksariyati qishloqda yashashi, iqtisodiyotning agrar-sanoat tarzida ekanligi hamda xayotiy muhim muammolarni hal qilishda qishloq xo‘jaligining tutgan o‘rni bilan bog‘liq. Hozir iqtisodiyotning Ayni agrar sohasi katta imkoniyatlarga ega. Bu imkoniyatlardan foydalanib, aholini oziq-ovqat va sanoatni xom ashyo bilan taminlashni yaxshilabgina qolmay, Respublika qishloq aholisining turmushini farovon qilish ham mumkin. Qishloq xo‘jaligida o`zgarishlar demokratik usullar bilan, avvalo, dehqonchilik sohasidagi mavjud ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlarni tubdan uzgartirish hisobiga amalga oshiriladi. Mehnatni tashkil etishning dehqon uchun tushunarli va foydali bo‘lgan shakllarini tiklash zarur. Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish, yer-suv resurslaridan yanada oqilona foydalanish, eksportbop mahsulotlar yetishtirish orqali dehqonlarning daromadini oshirish borasida olib borayotgan tizimli ishlarimiz ham asta-sekin o‘z samarasini bermoqda. Masalan, 2017 yil yakunida 96 ming gektar hosildorligi past maydonlarda paxta va g‘alla o‘rniga 32 ming gektar yerda karam, turli sabzavot va ko‘katlar ekildi va bu maydonlardan olingan minglab tonna mahsulotlar eksport qilindi. Shuningdek, 11 ming gektarda intensiv bog‘ va yangi tokzorlar, 1 ming 500 gektarda issiqxonalar barpo etildi. Qishloq xo‘jaligi sohasida erishayotgan yutuq va natijalarimiz haqida yana ko‘p gapirishimiz mumkin.Lekin yutuqlarga mahliyo bo‘lib o‘tirish, xotirjamlikka berilish bizga yarashmaydi. Chunki qishloq xo‘jaligi sohasida hali ishga solinmagan imkoniyatlar, o‘z yechimini kutayotgan muammo va kamchiliklar ham juda ko‘pligini barchamiz yaxshi bilamiz. O‘zbekistonni 2017-2021-yillarda yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida barcha sohalar qatori qishloq xo‘jaligini ham modernizatsiya qilish borasida eng muhim vazifalarni aniq belgilab, ularni izchil amalga oshirib borayotganimiz sohadagi ulkan muvaffaqiyatlarga asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Qishloq xo‘jaligini joylashtirish mehnatning ijtimoiy bo‘linishi, geografik (hududiy) bo‘linishining bir shakli bo‘lib, u qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining o‘ziga xos xususiyatlaridan yuzaga keladi. Umumiy ko‘rinishda u o‘zida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini hududlar bo‘yicha ma‘lum tamoyillar asosida va qator omillar ta’sirida shakllangan tabiiy, ijtimoiy, demografik, siyosiy sharoitlarga ko‘ra taqsimlanishini ko‘rsatadi. Respublikamizda qishloq xo‘jaligi korxonalarining samarali faoliyat yuritishi va rivojlanib borishi ko‘p jihatdan ular uchun yaratilgan shart-sharoitlarga bog‘liqdir. Agrar ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangi bosqichga ko‘tarish masalalari shu kunning dolzarb vazifalaridan biriga aylanmoqda. Shu munosabat bilan chorvachilik, g‘allachilik, kartoshkachilik kabi sohalarda ilg‘or mamlakatlar tajribasini o‘rganish va amalda qo‘llash, bizning iqlim sharoitimizda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadigan zamonaviy sug‘orish tizimlari, energiyani tejaydigan zamonaviy texnologiya va agrotexnologiyalarni o‘rganish, urug‘chilik-seleksiya ishlarini yanada takomillashtirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining mahsuldorligini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 132 ming tonnasi qayta ishlanib, 100 million dollarlik tayyor mahsulot, e’tibor bering tayyor mahsulot eksport qilindi. 724 ming tonna ho’l meva chetga sotildi va bu yurtimizga 856 million dollar valyuta keltirdi. Qishloq xo’jaligini joylashtirish bu alohida mahsulotlar ishlab chiqarishni mamlakatning viloyat, tuman va boshqa hududlari bo’ylab taqsimlash bo’lib, jarayon uzoq davom etuvchi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga ko’ra o’zgaruvchandir. Qishloq xo’jaligining eng to’liq joylashtirilishi ushbu hududda ma’lum turdagi mahsulot ishlab chiqarish hajmi hamda u yoki bu turdagi yalpi va tovar mahsulotlarining umumiy hajmidagi alohida hududlarning hissasi kabi ko’rsatkichlar bilan izohlanadi. Iqtisodiy islohatlar jarayonida, mulk munosabatlari tubdan o‘zgartirilib, hamma qayta tuzilmalar xususiy xarakterga ega bo‘lgan bir sharoitga keltirmay, mos ravishda ijtimoiy mehnat taqsimoti amalaga oshirilmasa, ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi ko‘tarilmaydi va qishloq xo‘jaligi oldida qo‘yilgan ulkan vazifalar to‘liq bajarilmaydi.
Ishlab chiqarishni joylashtirish- bu qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish maqsadida mamlakat tumanlarining tabiy-iqtisodiy va ekologik omillarini hisobga olgan holda, ularda u yoki bu turdagi qishloq xo‘jalik ekini yoki chorva mollari turini hamda ularga ko‘rsatiladigan xizmatni mos holda joylashtirishdir. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini joylashtirish ijtimoiy mehnat taqsimotini miqdor tomondan ko‘rsatib, mamlakat hududlarila joylashgan har bir xo‘jalik, tuman, viloyat, qaysi turdagi qishloq xo‘jalik ekinlarini ekishini, chorva mollar turini saqlashni va ularga mos bo‘lgan xizmatni ko‘rsatishini aniqlab beradi. Ixtisoslashtirishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning muhim shartidir. U bozor iqtisodiyotining mehnat taqsimoti qonuni, mehnat unumdorligini o‘sib borishi, mehnat turlarining o‘rin almashinuvi kabi umum iqtisodiy qonunlaridan kelib chiqadi. Ixtisoslashtirish mehnat unumdorligini, xo‘jalikning rentabelligi va daromadini keskin oshirishiga xizmat qiladi. Ixtisoslashtirish bozor uchun eng zarur iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan tovar mahsulotlarini yetishtirish va xizmat turlarini ko‘rsatish uchun mehnat va moddiy resurlarning bir joyga to‘plashni, yangi texnikadan keng va samarali foydalanishga: yangi, ilg‘or texnologiya va mehnatni tashkil etishni ijara munosabatlari va oila pudrati usullarini joriy etishga qulay sharoit yaratib, yetishtiriladigan mahsulot miqdorini va xizmat turini anchagina ko‘paytirish imkonini beradi, mehnat unumdorligini oshiradi, xo‘jaliklarning ishlab chiqarish samaradorligini ko‘taradi. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini ixtisoslashtirish korxonalar oldida turgan asosiy vazifalarni to‘liq bajarilishi ya’ni, ishlab chiqarishga ilg‘or, ekologik toza agrotexnika, zooveterinariya, texnikaviy xizmat, organik va mineral o‘g‘itlar hamda o‘simliklarni va chorvani himoya qilish vositalarini, fan yutuqlari, ilg‘orlar ish tajribasini joriy etib, ulardan unumli foydalanib, mehnat va mablag‘larni kam sarflagan holda qishloq xo‘jaligiga yaroqli har bir gektar yer va shartli bosh mol hisobiga dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini mumkin qadar tez va barqaror ko‘paytirishini ta’minlaydi.
Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va joylashtirish bo‘yicha ish olib borganda quyidagi tamoyillarga qat’iy amal qilish lozim:
- ixtisoslashtirish va joylashtirishda muntazmlik va barqarorlik;
-xo‘jalik iqtisodini va ishlab chiqarish tuzilmalarini hisobga olgan holda, tashkiliy mulk shaklini va ishlab chiqarish yo‘nalishini tanlashga ilmiy yondashish;
-korxonalarning bir-biri bilan ixtiyoriy hamkorlik va iqtisodiy mustaqilligini saqlash;
-korxonalar ishlab chiqarish faoliyatini boshqarishni tashkil qilishda, ijtimoiy mehnat taqsimotini amalga oshirishda va mehnat resurslaridan foydalanishda demokratik tamoyillarga amal qilish;
-ish bajaruvchilarning mehnat unumdorligini o‘stirganligi uchun moddiy manfaatdorligini ta’minlash;
Qishloq xo‘jalik korxonalarida ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va joylashtirishga quyidagi omillar o‘z ta’sirini o‘tkazadi:
-bozor talabini hisobga olish;
-ishlab chiqarish resurslaridan unumli va to‘la foydalanish;
-ishlab chiqarishni iste’molchilarga yaqinlashtirish;
-har bir iqtisodiy tumanni o‘zida ishlab chiqarilgan mahsulotlarini hisobiga, o‘z talabini qondirish;
-respublika , viloyat va tumanlarida mehnat taqsimotini hisobga olish va mehnat bozorini tashkil etish.
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini joylashtirishda quyidagi omillarga e’tiborini berish lozim:
-yirik sanoat markazlari va shaharlar talabini hisobga olish;
-qishloq xo‘jalik mahsulotlari xarakteriga, tez buzilish, tashish qiyinchiligi, transport harakati va hokazolarga;
-mahsulot yetishtirish uchun sarflanadigan xom ashyo xarakteriga sut, qatiq, yog‘va boshqa mahsulotlar yetishtirish uchun oziqani chorva mollariga yaqinlashtirishga;
-transport vositalari hamda yo‘llar holatiga;
-mahsulotlarni qayta ishlash, saqlash va sotuvchi korxonalarni joylashishiga va rivojlanish darajasiga;
-mintaqa aholisi, uning mehnatga yaroqli qismi, mehnat malakasi, kabi va bo‘sh ish o‘rinlarining mavjudligiga.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining tuproq va iqlim sharoiti bilan uzviy bog‘likligi undagi mehnat taqsimotini geografik jihatidan taqsimlanish zaruriyatini keltirib chiqaradi va bu xususiyat uning joylashishida o‘z ifodasini topadi. Qishloq xo‘jaligini joylashtirish uni ixtisoslashishi bilan uzviy bog‘liqdir. Ixtisoslashtirishni amalga oshirishdan oldin hudud va xo‘jalikning tabiiy va iqtisodiy sharoiti sinchiklab hisob kitob qilinadi va so‘ng qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini ratsional joylashuvi ta’minlanadi.
Ixtisoslashtirish-ijtimoiy mehnat taqsimotining mahsuli bo‘lib, u har bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyanint o‘ziga xos bo‘lgan iqtisodiy qonunlari ta’sirida vujudga keladi.
Mehnat taqsimoti ijtimoiy ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida ro‘y berib, ishlab chiqarish kuchlarining darajasini aks ettiradi. Shuning uchun ixtisoslashtirish o‘zgarishlarga boy jarayon bo‘lib, tinimsiz rivojlanadi va takomillashadi.
Qishloq xo‘jaligida ixtisoslashtirish deganda - mamlakatning ayrim iqtisodiy hududlari, tuman va ayrim xo‘jaliklarini u yoki bu mahsulot turini ko‘plab yetishtirish uchun moslashuvi tushuniladi. Kishloq xo‘jaligini ixtisoslashtirish kompleks mexanizatsiya, tarmoqlarni intensiv texnologiya asosida olib borish, mehnatni tashkil qilishni progressiv shakl va uslublarini joriy etish, ishchilarning malakasini oshirish va mehnat unumdorligini o‘sishiga, mehnat vositalari va buyumlaridan ratsional foydalanish sharoitlarini yaratishga keng imkoniyatlar ochib beradi. Ixtisoslashtirish darajasini chuqurlashishi jarayonida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi takomillashadi va bu o‘zgarishlar undagi tarmoqlar bilan bir qatorda 6utun qishloq xo‘jaligini iqtisodiy samaradorligini oshishiga olib keladi.
Qishloq xo‘jaligini iqtisodiy asoslangan joylashtirish va ixtisoslashtirish ma’lum darajadagi qonuniyatlar asosida amalga oshiriladi:
Bozor talablarini hisobga olish,
Ishlab chiqarish resurslaridan to‘la foydalanish,
Mahsulot ishlab chiqarishni talab joylarni yaqinlashtirish,
Hududlarni o‘z-o‘zini oziq-ovqat bilan ta’minlash,
Mamlakatni iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash,
Xalqaro mehnat taqsimotini hisobga olish.
Qishloq xo‘jaligida ixtisoslashtirish mamlakatning ayrim hududlari, viloyat, tuman, xo‘jalik va ularning bo‘limlari miqyosida amalga oshiriladi. Shu boisdan ixtisoslashishning quyidagi shakllari mavjuddir:
1) Zonalar bo‘yicha ixtisoslashish,
2) Xo‘jaliklararo ixtisoslashish,
3) Xo‘jalik ichidagi ixtisoslashish.
4)Tarmoq ichidagi ixtisoslashish
Zonalar bo‘yicha ixtisoslashish- bu mamlakat viloyat va qishloq xo‘jaligi hududlari va boshqa shu kabi ma’lum territorial birliklarniig ixtisoslashishidir. Xo‘jaliklararo ixtisoslashtirish deganda xo‘jalik va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarini ma’lum qishloq Xo‘jalik ichidagi ixtisoslashtirish - bu xo‘jalik ichki bo‘linmalarida, kichik jamoa guruhlarini, fermalarni ma’lum qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashishi tushuniladi.
Tarmoqlar ichidagi ixtisoslashtirish deganda xo‘jaliklar va ularning bo‘linmalarini pirovard mahsulot ishlab chiqarishni texnologik bosqichlar bo‘yicha moslanishiga aytiladi. Bunda ishlab chiqarish jarayonlari, o‘zicha alohida bo‘lgan xo‘jaliklar va ularning bo‘linmalari o‘rtasida farqlanadi. Bu turdagi ixtisoslashish hozirda ayniqsa parrandachilikda, sut va go‘sht qoramolchiligida keng tarqalgan. Ixtisoslashtirish deganda korxona faoliyatini asosan biror tur (yoki tor doirada bir necha tur) mahsulot yetishtirishga qaratilishi, yetishtiriladigan mahsulotlar tarkibida shu mahsulot salmog‘ining asosiy o‘rin egallashi tushuniladi. U yoki bu qishloq xo‘jalik mahsulotini yetishtirishga nafaqat qishloq xo‘jaligi korxonasi, balki butun bir hudud, viloyat, iqtisodiy hudud va zonalar ixtisoslashishi mumkin.
Qishloq xo‘jaligida ixtisoslashtirish to‘rtta turga bo‘linadi:
- hududiy (zonal) ixtisoslashuv;
- xo‘jaliklararo ixtisoslashuvi;
- ichki xo‘jalik ixtisoslashuvi;
- tarmoq ichida ixtisoslashuv.
Korxonalarning ixtisoslashtirish darajasini quyidagi ko‘rsatkichlar ifoda etadi:
korxona tovar mahsulotining tarkibi, ya’ni jami tovar mahsulotidagi u yoki bu turdagi mahsulotning salmog‘i;
korxona yalpi mahsulotini tarkibi;
yer maydoni, ekin maydoni tarkibi, chorva va poda tarkibi;
ishchi kuchlari va mehnat sarfining tarkibi va taqsimlanishi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining u yoki bu mahsulot turi yetishtirishga ixtisoslashuv darajasini ifodalovchi umumiy ko‘rsatkich sifatida ixtisoslashuv darajasini ko‘rsatish mumkin:
Bu yerda: Id – ixtisoslashuv darajasi, foizda;
Mk – muayyan turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotining qiymati, ming so‘mda;
YAMk – korxonaning yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulot qiymati, ming so‘mda.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining ixtisoslashuviga turli omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ulardan biri korxonaning tabiiy-iqlim sharoiti va jug‘rofik joylashuvidir. Cho‘l zonalarda, tabiiy yog‘ingarchilik juda kam hududlarda suvni kam talab etadigan sohalar rivojlantiriladi. Shuning uchun cho‘l zonalarida joylashgan korxonalar qo‘ychilik, shuningdek, qorako‘lchilik yo‘nalishiga, tog‘ yonbag‘rida joylashgan korxonalar bog‘dorchilikka ixtisoslashgan.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining ixtisoslashuviga ta’sir etuvchi muhim omillardan yana biri – xo‘jalik joylashgan hududda ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmalarning rivojlanish darajasidir.
Ixtisoslashuv darajasining ortishiga davlatning agrar iqtisodiy siyosati ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Xususan, mustaqillik yillarida davlat tomonidan paxta va g‘alla yetishtirishning strategik yo‘nalishlardan biri sifatida e’tirof etilishi, paxta va g‘allaga davlat buyurtmalarining joriy etilishi natijasida dehqonchilik yo‘nalishidagi qishloq xo‘jaligi korxonalarining asosiy qismi paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan.
Ixtisoslashuvga korxona joylashgan hududdagi aholining qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi sohasidagi tajribalari, asrlar davomida shakllanib kelgan va avloddan-avlodga o‘tuvchi bilim va malakalari, yashash tarzi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin. Masalan, Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi Varganza qishlog‘i va Farg‘ona viloyatining Quva tumani aholisi anor yetishtirish sirlarini yaxshi egallagani bilan mashhur.
Ixtisoslashuv tushunchasi eng avvalo korxonaning tarmoq tarkibini shakllantiruvchi asosiy omil hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligida turli-tuman mahsulotlarni yetishtirish jarayonlari qo‘llanilayotgan mehnat qurollari, mahsulot yetishtirish usuli, mehnatni tashkil qilish xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun - qo‘llanilayotgan vositalar, ishlab chiqarish texnologiyasi, tashkil qilish xususiyati hamda mahsulotlardan foydalanish tartibiga ko‘ra bir-biridan farq qiladigan ishlab chiqarishning bir qismiga tarmoq deb aytiladi. Qishloq xo‘jaligidagi tarmoqlar asosan ikkita katta guruhga: o‘simlikchilik va chorvachilikka (6-chizma) bo‘linadi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari tarmoqlari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
- asosiy tarmoq;
- yordamchi tarmoq;
- xizmat ko‘rsatuvchi tarmoq;
- qo‘shimcha tarmoq.
Ixtisoslashtirilgan qishloq xo‘jaligi tovar mahsulotlari ishlab chiqarishning asosi hisoblanadi. Shuning uchun qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining ixtisoslashtirish yo‘nalishi ularda yetishtirilgai tovar mahsulotining strukturasiga qarab aniqlanadi.
Ma’lumki xo‘jaliklarda faqatgina tovar mahsulotlar yetishtirilmay balki urug‘lik, chorva uchun yem, sut, inkubatsiya uchun tuxum va shunga o‘xshash mahsulotlar yetishtiriladiki, ular yalpi mahsulot strukturasida o‘z ifodasini topadi va aniqlanadi.
O‘zlarining iqtisodiy ahamiyatiga ko‘ra xo‘jaliklardagi ixtisoslashish tarmoqlari asosiy, yordamchi va xizmat qiluvchilarga bo‘linadi.
Asosiy tarmoqlarga xo‘jaliklarning tovar mahsulotlaridagi nisbiy o‘rni eng yuqori bo‘lgan tarmoqqa kiradi.
Yordamchi tarmoqlarning o‘rni tovar mahsuloti strukturasida asosiy tarmoqdan keyin turib, ular asosiy tarmoqni rivojlantirishga shart sharoit yaratish, hamda yer, suv va mehnat resurslaridan to‘laroq foydalanish maqsadida tashkil etiladi.
Xizmat qilish tarmoqlariga xo‘jaliklardagi qurilish, tamirlash, har xil xizmat qilish ustaxonalari kirib ular ham kishloq xo‘jaligi korxonalarining ishlab chiqarish resurslaridan unumli foydalanishiga ijobiy ta’sir etadi.
Kishloq xo‘jaligi korxonalarining ixtisoslashishi avvalom bor asosiy tarmoqni rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatib kompleks mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish, yangi navlarni joriy etish, yuqori mahsuldor nasldor mollarni ko‘paytirish, intensiv texnologiyalar qo‘llash va hokazolarni amalga oshirishni taqozo etadi. Birok, xo‘jaliklar ixtisoslashishining iqtisodiy samaradorligini yuqori darajasiga asosiy, yordamchi va xizmat qiluvchi tarmoqlarni bir-biriga mutanosib rivojlantirish orqaligina erishish mumkin.
Ixtisoslashtirish darajasiga ko‘ra xo‘jaliklar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1) Tor ixtisosli xo‘jalik,
2) Ixtisoslashgan xo‘jalik,
3) Ko‘p ixtisosli (tarmoqli) xo‘jalik,
Birinchi guruhga qoidaga asosan tarkibida bitta tarmog‘i bo‘lib, uning tovar mahsulot strukturasidagi ulushi 90-100 foizni tashkil qilgan xo‘jaliklar kiradi (parrandachilik fabrikasi, bug‘doychilik komplekslari, parnik va teplitsa, meva kuchati yetishtirish va shunga o‘xshash xo‘jaliklar kiradi).
Ikkinchi guruhning tarkibiga hozirda nisbatan keng tarqalgan, tarkibida asosiy, yordamchi va xizmat qiluvchi tarmoqlar mavjud bo‘lgan xo‘jaliklar kiradi. Bu guruhdagi xo‘jaliklar tarkibida asosiy tarmoqlarning soni va ularning katta-kichikligiga qarab uchga bo‘linadi:
a) tarkibida bitta asosiy tarmoq bo‘lib uning tovar mahsulotidan nisbati 50 % dan yuqori bo‘lgan xo‘jaliklar kiradi (paxtachilik, chorvachilik, parrandichilik xo‘jaliklari).
b) tarkibida ikkita asosiy tarmoq bo‘lib, ularning har biri tovar mahsulotidagi nisbati 20 foizdan kam bo‘lmay, birgalikda tovar mahsulotining yarmidan ko‘proq qismini tashkil qilgan xo‘jaliklar kiradi (don-paxtachilik, don-chorvachilik, sabzavot-sutchilik, bog‘dorchilik-uzumchilik)
v) Tarkibida uchta asosiy tarmoq bo‘lib, ular xo‘jalik tovar mahsulotini to‘rtdan uch qismini tashkil qilgan hamda tarkibida bir nechta yordamchi tarmoqlar bo‘lgan xo‘jaliklar kiradi (don-paxtalavlagi-chorvachilik, don-kartoshka -chorvachilik va h.).
Xo‘jaliklardagi mavjud asosiy tarmoqlarga qarab uning ixtisoslashishini yuritish qabul qilingan. Ba’zi ixtisoslashgan xo‘jaliklarda asosiy tarmoq mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash kabi xizmat qiluvchi tarmoqlar keng rivojlanish ham mumkin. Bular sabzavot, meva, uzumni qayta ishlovchi tarmoqlar kabilar.
Uchinchi guruhga (ko‘p tarmoqli xo‘jaliklarga) - tarkibida ko‘p sonli qishloq xo‘jaligi tarmoqlari mavjud bo‘lgan va yaqqol ko‘rinadigan ixtisosga ega bo‘lmagan xo‘jaliklar kiradi.
Bu xo‘jaliklarda tarmoqlarni kamaytirilishi va ixtisoslashtirishni chuqurlashishi natijasida ixtisoslashgan xo‘jaliklar guruhiga o‘ta boradilar.
Ixtisoslashtirish qishloq xo‘jaligini intensivlashtirishning asosi hisoblanadi. Chunki ixtisoslashgan qishloq xo‘jaligi korxonalarida ilmiy yutuqlarni, progressiv texnologiyalarni, yuqori ko‘rsatkichga erishgan xo‘jalik tajribalarini joriy etish uchun qulay imkoniyatlar mavjuddir.
Ixtisoslashtirishni rivojlanishi xo‘jaliklarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini samaradorligini oshishining asosidir.
Qishloq xo‘jaligini ixtisoslashtirishning iqtisodiy samaradorligi tizim ko‘rsatkichlari orqali aniqlanadi:
• 1 gektar qishloq xo‘jaligiga yaroqli yer hamda asosiy va aylanma vositalarning xar bir so‘mi hisobiga to‘g‘ri kelgan yalpi va tovar mahsulot qiymati,
• bir sentner mahsulot yetishtirish uchun sarflangan mehnat sarfi (odam-soat),
• bir sentner mahsulot tannarxi, sum
• bir gektar qishloq xo‘jaligiga yaroqli yer hisobiga to‘g‘ri kelgan daromad miqdori, so‘m.
• qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining rentabellik darajasi.
Ixtisoslashtirishning chuqurlashuvi qishloq xo‘jaligi korxonalarining iqtisodiy asoslangan ishlab chiqarish tiplarini aniqlashga bog‘liq. Ishlab chiqarish tiplari deganida ixtisoslashishi, undagi tarmoqlarning mutanosibligi va ularning intensivlik darajasiga qarab guruhlarga bo‘linishi tushuniladi. Bu ishlab chiqarish tiplarining nomlanishi xo‘jaliklardagi asosiy tarmog‘ining tovar mahsuloti nisbatiga muvofiq belgilanadi.
Qishloq xujaligi korxonalarining ishlab chiqarish tiplari xilma-xil bo‘lib, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi bilan bog‘liq holda o‘zgarib boradi, Masalan: hozirda O‘zbekistonda paxtachilik, bog‘dorchilik-uzumchilik, don-chorvachilik, qorakulchilik va boshqalar rivojlangan. Qishloq xo‘jaligiga ishlab chiqarish kuchlarining rivojlani­shi, ishlab chiqarishi ixtisoslashishini chuqurlashishi va uning markazlashuvini kuchayishi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini markazlashuvi-bu, ishlab chiqarish vositalarini, ish kuchi va mahsulot yetishtirishni yirik ixtisoslashgan korxona va birlashmalarda intilishi (to‘planish) jarayonidir.
Yirik bo‘lgan qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida intensiv texnologiyani jadallash, ishlab chiqarish vositalarini ratsional va nisbatan intensiv ishlash amalma oshriladi.
Yirik korxonaning afzalligi mehnat unumdorligini oshirishda va mahsulot tannarxini pasaytirishda, ishlab chiqarishi ratsional tashkil qilish, hamda tinimsiz takomillashgan texnikani, fan va yuqori tajribalarni qullashda yaqqol ko‘rinadi.
Qishloq xo‘jaligini markazlashtirish jarayoni tinimsiz amalga oshirilib u ishlab chiqarishni samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir etadi.
Qishloq xo‘jaligi- ishlab chiqarishida markazlashishning tinimsiz davom etishi, ilmiy-texnika taraqqiyoti rivojlanishiga muvofiq korxona, kompleks va birlashmalarning katta-kichikligi optimal bo‘lishini taqozo etadi, chunki yirik qishloq xo‘jalik korxonasining maydonlarini afzalligi bu ma’lum darajagacha bo‘lib, o‘z navbatida bu daraja qishloq xo‘jaligining tarmoqlari o‘rtasida, hamda har xil ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda bir xilda bo‘lmaydi.
Yirik ishlab chiqarish korxonalarining maydalarini afzalligini asosiy omillari quyidagilar:
• moddiy-texnika bazasining rivojlanish darajasi.
• texnologiyaning o‘ziga xos xususiyati.
• tashkil qilish va boshqarish formalari va boshqalardir.
Qishloq xo‘jalik nazariyasi va amaliyoti faqatgana yirik xo‘jaliklargina samaradorli bo‘lish xususiyatiga ega degan yagona fikrga mukkasidan ketilishi natijasida mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida bir necha bor yiriklashtirish tadbirlari amalga oshirildi va bo‘larga o‘z navbatida katta isbotlanmagan kapital mablag‘lar sarflandi.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki yirik ishlab chiqarish bilan mayda ishlab chiqarishni bir-biriga muvofiq holda olib borilishi yuqori iqtisodiy samaradorlik garovidir. Shuning uchun ham hozirda birlamchi bug‘in sifatida, fermerlar, dexqon xo‘jaliklari, kichik pudrat jamoalari, oilaviy pudrat va boshqalar yirik korxonalar tarkibida tashkil bo‘lmoqda.
Ijtimoiy mehnat taqsimoti, bir tomondan ishlab chiqarishni har xil sohalarini va ularni ma’lum xildagi mahsulot yetishtirishga ixtisoslashga ajratsa, boshqa tomondan ular o‘rtasida aniq va puxta kooperativ aloqani taqozo etadi. Xo‘jaliklar, bunda o‘zaro va sanoat korxonalari bilan ishlab chiqarish, iqtisodiy aloqalarni amalga oshiradilar. Yangi xildagi yirik ixtisoslashgan tashkiliy ishlab chiqarish formalari vujudga keladi.
Bir xildagi tarmoq va soha korxonalarining o‘zaro kooperatsiyalashishi gorizontal bo‘yicha amalga oshirilish deb qabul qilinib, gorizontal integratsiya deyiladi. Integratsiya so‘zi ma’lum bo‘laklar yig‘indisini bir butunga birlashtirish ma’nosini bildiradi. Integratsiya butunlay yoki qisman tashkiliy qo‘shilishga olib keladi. Gorizontal integratsiyani ikki xil ma’noda amalga oshiriladi:
Birinchi alohida bo‘lgan, umumiy ishlab chiqarish jarayonida o‘ziga xos vazifani bajaruvchi ixtisoslashgan qishloq xo‘jaligi korxonalari o‘rtasida amalga oshirishdir.
Ikkinchi, bir nechta xo‘jaliklarning imkoniyat va mablag‘larini yirik ixtisoslashgan korxona tashkil etish maqsadida birlashishi;
Gorizontal bo‘yicha xo‘jaliklararo kooperatsiyaning tashkiliy formalari bo‘lib, ular xo‘jaliklararo kooperatsiya korxonalari birlashmalaridir.
Xo‘jaliklararo kooperatsiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, ishlab chiqarishga bog‘lik bo‘lmagan sohalarda, qurilish, xizmat qilish va boshqalarda tashkil topgandir. U korxonalar va xo‘jaliklar o‘rtasida har xil birikma ko‘rinishlarida amalga oshirilishi mumkindir. Xo‘jaliklararo kooperatsiya kapi­tal mablag‘larni tez qoplash, yer, mehnat va moddiy resurslardan samarali foydalanish imkonini beradi.
Qishloq xo‘jaligining bir qator texnologik vazifalarini sanoat va xizmat qilish tarmoqlariga o‘tishi bilan qishloq xo‘jaligi mehnati faoliyati toraya boradi: tayyor mahsulot yaratuvchi qishloq xo‘jaligi - ko‘p hollarda xom-ashyo yetkazib beruvchi sifatida ishtirok etadi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi ko‘p hollarda uning o‘z faoliyatiga bog‘lik emas balki, qishloq xo‘jaligida yaratilgan mahsulotlarni qayta ishlash, saqlash, yetkazib berish va boshqa xizmat qilish tarmoqlari sohalariga, ular o‘rtasidagi aloqa va ishlarni yaxshi yo‘lga qo‘yilganiga bog‘liqdir. Bu esa sanoat tarmoqlarini qishloq xo‘jalik korxonalari bilan uzviy birlashishiga shart-sharoit yaratib beradi. Bunda birlashishning zaminida ma’lum bir mahsulot yaratish maqsadlarining bir xilligi yotadi, ya’ni yagona texno­logik jarayon yotadi.
Gorizontal bo‘yicha amalga oshiriladigan qishloq xo‘jaligi korxonalarining kooperatsiyasidan farq qilgan holda, bunday birlashish vertikal agrosanoat integratsiyasi deb yuritiladi. Agrosanoat integratsiyasiga xos birlashmalar avvalom bor mahsuloti tez buziladigan qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida vujudga keldi (uzum, meva, sabzavot, sut, efir moylari va hokoza).
Hozirda mamlakatimizda vertikal agrosanoat tuzilmalarining quyidagi shakllari mavjud:
* Agrosanoat korxonalari,
* Xolding kompaniyalari (agrosanoat birlashmalari),
* Agrofirma (firmalar),
* Ilmiy ishlab-chiqarish birlashmalari.
* Agrosanoat korxonasi - bu ishlab chiqarishning shunday tashkiliy tuzilmasidirki, unda qishloq xo‘jaligi xom-ashyosini ishlab chiqarish va uni qayta ishlash uzviy bog‘liq holda tashkil etilgan bo‘ladi. Buning tarkibida qishloq xo‘jaligi mahsulotini qayta ishlovchi bo‘linmalarga ega bo‘lgan xo‘jaliklar zavodlardir.
* Bunday korxonalarda mahsulotni nobud bo‘lishini oldi olinadi va yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishiladi.
* Xolding kompaniyalari (agrosanoat birlashmalari)-bu qator qishloq xo‘jaligi, sanoat korxonalari, hamda, xolodilnik saqlash, transport, hattoki savdo xo‘jaliklarini yig‘indisi bo‘lib, ular ayniqsa, mevasabzavot konserva, uzumchilik, vinochilik va boshqa ishlab chiqarishda keng tarqalgan.
-Agrofirma asosan tuman miqyosida tuzilib, tarkibiga tuman chegarasidagi xo‘jalik va korxonalar kiradi, ular o‘zlariniig yuridik huquqini yo‘qotmaydilar. Faoliyati qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish, tayyorlash, saqlash, qayta ishlash va tayyor mahsulotni sotishga ixtisoslashadi.
-Ilmiy ishla6 chiqarish birlashmalari bu tarmoqda ilmiy-texnik taraqqiyotni jadallashtirish, hamda hayotga tadbiq etishni keng joriy etish maqsadida tuziladigan birlashmalardir. Ular urug‘ seleksiyasi, hosildor navlar va kuchatlar yaratish, mahsuldor chorva zotlarini yaratish yo‘nalishida xizmat qiladilar.
Dehqonchilik viloyat qishloq xo`jaligida bosh tarmoq hisoblanadi. Qishloq xo`jaligida olinayotgan yalpi mahsulotning 70%i dehqonchilikdan keladi. Tuproqning unumdorlik darajasi hosildorlikka ta`sir ko`rsatadigan asosiy omildir. Shuning uchun qishloq xo`jalik ishlab chiqarishida tuproqning meliorativ holatini yaxshilash va uning unumdorligini oshirish muhim agronomik tadbir hisoblanadi. Qishloq xo`jalik ekinlaridan yuqori katta ahamiyatga ega. Viloyatda sho`rlangan yerlarning xarakteriga qarab kuzgi-qishki ishlar bilan birga yaxob suvini vaqtida berish katta iqtisodiy samara bermoqda. Mexanik tarkibi jihatidan og`ir bo`lgan soz tuproqlarda Shahrisabz, Kitob, Yakkabog` tumanlari xo`jaliklarida yaxob suvlarni yanvar-fevral oylarida beriladi. Mexanik tarkibi o`rtacha va yengil bo`lgan tuproqlarda yaxob suvi mart-aprel oylarida, ekishdan 10-15 kun oldin beriladi. Bunday sug`orish viloyatning cho`l rayonlarida ham olib boriladi. Chunki yaxob suvi erta berilsa, ekish vaqtiga kelib tuproqning ustki qatlami qurib qoladi. Dehqonchilikda mineral va mahalliy o`g`itlarni ishlatish o`simliklarni yaxshi oziqlanishi va normal o`sishiga, mahsulot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Dehqonchilikda almashlab ekishning roli ham katta. Viloyatda paxtakor xo`jaliklarda almashlab ekishni to`g`ri joriy qilish paxta hosilini oshirdi, jamoa chorvachiligi uchun mustahkam yem-xashak bazasini yaratish imkoniyatini berdi. Paxta asosan beda bilan almashlab ekilmoqda. Chunki beda o`stirilgan tuproqda juda ko`p miqdorda chirindi bo`ladi.
Viloyat dehqonchiligida paxta, don yetishtirish, meva va uzumchilik, poliz va sabzavot mahsulotlari, xashaki ekinlar asosiy tarmoqlarni tashkil etadi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra 2017 yilda qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi mahsulot (xizmat) larining umumiy hajmi 14761,6 mlrd. so'mni yoki 2016 yilning mos davriga nisbatan o'sish sur'ati 103,3 foizni, shu jumladan dehqonchilik va chorvachilik va ushbu sohalarda ko'rsatilgan xizmatlar – 14439,8 mlrd. so'mni (103,3 foiz), ovchilik – 0,2 mlrd. so'mni (100,0 foiz), o'rmon xo'jaligida – 278,9 mlrd. so'mni (98,6 foiz), baliq xo'jaligida – 42,7 mlrd. so'mni (122,8 foiz) tashkil qildi
Viloyatning qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi mahsulot (xizmat) larining umumiy hajmida eng yuqori ulushi Chiroqchi tumanida (11,7 foizni) tashkil etdi va viloyatda yetakchilik qilmoqda, Koson (10,6 foiz), Qamashi (9,3 foiz), Qarshi (8,7), Kitob (8,6 foiz), Shahrisabz (8,0 foiz), Yakkabog’ (7,7 foiz), Kasbi ( 7,3 foiz), Mirishkor (6,4 foiz), Nishon (6,2 foiz), G’uzor (5,7 foiz), va Muborak (4,3 foiz), ko'rsatkich bilan keyingi o'rinlarni egalladi. Eng kam ulush Shahrisabz shahar (0,5 foiz), Qarshi shahar (1,2 foiz), va Dehqonobod (3,8 foiz) tumanida qayd etildi.
Sanoat sohasidagi eng ilg’or yutuqlar poytaxtimizda boshlangan ixtisoslashtirilgan xalqaro ko’rgazmalarda keng namoyish qilinmoqda.
Global moliyaviy inqirozning salbiy oqibatlari dunyo iqtisodiyotiga hali-hamon o’z ta’sirini ko’rsatayotgan hozirgi murakkab bir sharoitda respublikamizda barcha sohada izchil o’sish sur’atlari kuzatilmoqda. Jumladan, joriy yilning o’tgan to’qqiz oyida -Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 3,7 milliard AQSh dollarilik 100 ta yirik ishlab chiqarish ob’yekti foydalanishga topshirilgani, 835 ta korxona eksport faoliyatiga jalb qilingani bunga yaqqol misoldir.
Shu bilan birga, sanoatni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash loyihalari, ayniqsa, 2015 — 2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari hamda ijtimoiy sohada energiya sarfini qisqartirish, yirik korxonalarga energiya tejamkor texnologiyalarni samarali tatbiq etish borasida ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida ularda tayyorlanayotgan mahsulotlar tannarxini o’rtacha 9,4 foiz arzonlashtirishga erishildi.
Yurtimizdagi bu kabi yuksalish va o’zgarishlar, iqtisodiy barqarorlik, tabiiyki, xorijlik mutaxassislar, sarmoyadorlar, sanoat vakillari, umuman, dunyo hamjamiyatida katta qiziqish, hayrat hamda havas uyg’otayapti. Binobarin, kecha “O’zekspomarkaz” -majmuasida ish boshlagan “Tog’-kon ishi — MiningWord Uzbekistan — 2016”, “Metallurgiya. Mashinasozlik. Dastgohsozlik — Machinery Central Asia — 2016”, “Transport va logistika — TransUzbekistan — 2016” xalqaro ko’rgazmalarida mahalliy hamda xorijlik sanoatchilarning har qachongidan faol qatnashayotgani shundan dalolat -beradi.
Xalqaro ko’rgazmalarning ochilish marosimida ta’kidlanganidek, O’zbekistonda kuzatilayotgan makroiqtisodiy barqarorlik nafaqat iqtisodiyot tarmoqlarida yuqori o’sish sur’atlari ta’minlanishiga, balki aholi turmush darajasi va sifati tobora yaxshilanishiga xizmat qilayotir. Mazkur ko’rgazmalar esa ishtirokchilarga o’zaro aloqalarni rivojlantirish uchun keng imkoniyat yaratadi. Chunki unda yetakchi ishlab chiqaruvchilar bilan tajriba almashish barobarida, yangi texnologik yechim hamda loyihalarni ko’zdan kechirish, yuk tashish, texnik va servis xizmati ko’rsatuvchi ilg’or korxonalar yoki zamonaviy asbob-uskunalar yetkazib beruvchi sanoat sub’yektlari vakillari bilan kelishuvlarga erishish mumkin.
Galdagi xalqaro tadbirlarda yurtimiz vakillari bilan bir qatorda Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Xitoy, Latviya, Litva, Polsha, Rossiya, Belarus Respublikasi, Qozog’iston, Slovakiya, AQSh, Chexiya, Finlyandiya, Fransiya, Shveysariya, Shvetsiya, Estoniya, Janubiy Koreya, Yaponiya kabi 25 mamlakatning 110 kompaniya va firmalari qatnashmoqda. Xususan, o’n birinchi bor o’tkazilayotgan “Tog’-kon ishi — MiningWord Uzbekistan — 2016” xalqaro ko’rgazmasida doimiy ishtirokchilar qatorida ilk bor tashrif buyurganlar ham talaygina. Masalan, birinchi marta qatnashayotganlar — Qozog’istonnning “Karlskrona LC. AB” va “Alfa-Suyfeti” korxonalari o’zlarining suvga chidamli nasoslari, klapanlari hamda xavfsizlikni ta’minlovchi uskunalarini keltirgan bo’lsa, Germaniyaning “Haver Niagara” kompaniyasi mineral xom ashyoni boyitish dastgohlarini taqdim etmoqda. Umuman, ko’rgazmadagi tog’-kon, maydalash-taqsimlash, burg’ilash, boyitish uskunalari hamda boshqa qurilmalar zamonaviyligi va tejamkorligi bilan alohida e’tiborga molik.
— Joriy yilgi tadbirda biz ham energiya tejamkor uskunalarimizni keltirganmiz, — deydi “Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi iqtisodchisi Dilmurod Ro’ziyev. — Shulardan biri — Mahalliylashtirish dasturi doirasida tayyorlangan raqamli dastur asosida boshqariluvchi universal tokarlik uskunasi bo’lib, afzal jihatlari ko’p. Uning avtomatik usulda sozlanishi o’lchamlarni olishda o’ta aniqlikni taminlashga xizmat qiladi.
Korxonamiz yurtimiz tog’-kon, metallurgiya sanoati va boshqa tarmoqlarga asbob-uskunalar hamda ularning ehtiyot qismlarini yetkazib beruvchi yirik ishlab chiqarish sub’yektlaridan biri hisoblanadi. Ushbu xalqaro ko’rgazma esa yangi hamkorlar topish, -hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishimizda qo’l kelishiga ishonamiz.
Bunday ishchanlik muhitini to’qqizinchi marotaba tashkil qilingan “Metallurgiya. Mashinasozlik. Dastgohsozlik — Machinery Central Asia — 2016” hamda o’n uchinchi bor uyushtirilgan “Transport va logistika — TransUzbekistan — 2016” xalqaro ko’rgazmalarida ham kuzatish mumkin. Zero, ularda namoyish etilayotgan mahsulot hamda taklif qilinayotgan xizmatlar turfa xil.
— Doimo yuqori saviyada tashkil etiladigan mazkur tadbirda bir necha bor qatnashib, yurtingiz ishbilarmonlari bilan yuklarni tashish va yetkazib berish borasida hamkorlik qilishga muvaffaq bo’lganmiz, — deydi Litvaning “Arijus” kompaniyasi marketing hamda rivojlanish bo’yicha direktori Egidios Ramonos. — O’ylaymanki, galdagi ko’rgazmada ham istiqbolli va manfaatli kelishuvlarga erishamiz.
Xalqaro ko’rgazmalar doirasida, shuningdek, “O’zbekiston Respublikasi qattiq foydali qazilmalarining investitsiyaviy salohiyati — O’zgeoinvest — 2106” IX xalqaro konferensiyasi ham bo’lib o’tadi.
O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Geologiya va mineral resurslar davlat qo’mitasi, Avtomobil va daryo transporti agentligi, “O’ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi, “O’zagroeksport” aksiyadorlik jamiyati, O’zbekiston xalqaro ekspeditorlari, O’zbekiston xalqaro avtomobilda yuk tashuvchilar, Bojxona brokerlari uyushmalari, Savdo-sanoat palatasi hamda “ITE Uzbekistan” kompaniyasi tomonidan tashkil qilingan mazkur xalqaro ko’rgazmalar joriy yilning 18 noyabriga qadar davom etadi.
www.xs.uz
Yüklə 28,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin