Reja: Sport-barkamol avlodni tarbiyalashning muhim vositasi



Yüklə 26,68 Kb.
tarix01.05.2023
ölçüsü26,68 Kb.
#105384
Aytmuratova Umida


Mavzu: Xukumatimiz tomonidan bolalar sportini rivojlantirishga qaratilgan g'amxo'rlik.
Reja:

  1. Sport-barkamol avlodni tarbiyalashning muhim vositasi.

  2. Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi haqida.

  3. Bolalarni har tomonlama shakllantirishda sportning o'rni.

O’zbekistonda mustaqillik yillarida har tomonlama barkamol avlodni shakllantirish jarayonida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga alohida g’amho’rlik ko’rsatilmoqda. Biz uchun asosiy ham, oqibatida ham jismoniy madaniyat yaratildan ommaviy sport muhimroqmi yohud ba‘zan katta biznes manbaiga aylanib keladigan “katta” sportmi? Sportni sanoat darajasiga ko’tarish shartmi. Jismoniy madaniyat jamiyat umumiy madaniyatning bir qismi, inson sihat-salomatligini mustahkamlash va jismoniy qobiliyatni rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy faoliyat sohali. Jismoniy tarbiya esa har tomonlama chiniqtirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon. Boshqacha aytganda, o’zaro tafavut qiluvchi turli hodisalar. Lekin, qizig’i shundaki, ular bir-birisiz yashay olmaydi. Chunki jismoniy madaniyatga jismoniy tarbiya orqali erishiladi.


Jahon madaniyati, fan texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichi insoniy tafakkurining yuksak parvozi, fikr inqilobi bilan chambarchas bog’liq sog’lom tanda-sog’ aql, -deydi dono xalqimiz. Aqliy kamolot sari intilgan jamiyat jismoniy yuksalish orqali ham o’z maqsadiga erishadi. Bu esa jismoniy madaniyatni rivojlantirish naqadar katta ahamiyatga ega ekanligini beldiradi. Shu jihatdan olib qaraganda, bugun mamlakatimizda Prezidentimiz farmoni bilan bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasining tuzilishidan, “Sport bu mening hayotim”, “Sport orqali yuksaklikka parvoz qilamiz” kabi shiorlarning o’rtaga tashlanishidan ko’zlagan maqsad yanada yaqqolroq ko’rinadi.
Har bir millatning madaniylik darajasi uning sog’lomligi, jismoniy kamolot darajasi bilan ham belgilanishi esdan chiqarmaslik zarur. Ma‘naviy va jismoniy madaniyati mutonosib ravishda taraqqiy topgan xalqlarni, millatlarni yuksak madaniyat hisoblari, deb atash mumkin. Demak, kamolot cho’qqisiga eltuvchi to’g’ri va yaqin yo’l xalq o’yinlari, boshqacha ifodalanganda, ommaviy sportdan boshlanadi.
Jismoniy madaniyatni ko’tarish muayyan moddiy, ijtimoiy-siyosiy, pedagogik va tabiiy sport-sharoitlarning mavjudligiga har jihatdan bog’liq. Tarixdan yaxshi ayonki, mustamlakachilik asorati, sohta erkinlik xalqning milliy madaniyatiga putir yetkazishi bilan birga, uning jismoniy madaniyati taraqqiyotiga ham jiddiy ziyon keltiradi. Jismoniy tarbiyaga bo’lgan e‘tibor, g’amho’rlikning kun sayin oshib borishi fikrimizning yorqin dalilidir. Ma‘lumki, jismoniy tarbiya yoshlarni tarbiyalashning biologik omillariga, sharoitlaridan kelib chiquvchi biologik tabiatiga asoslanadi. Jismoniy tarbiya mazmuni jismoniy kamolot, jismoniy holat diognostikasi, jismoniy tarbiya madaniyati, sport ishlari, jismoniy ma‘lumot tushunchalarida o’z ifodasini topadi. Jismoniy kamolot yosh avlod ikki a‘zolarining o’zgarishi, o’sishidir. Birinchi navbatta yurak va o’lka, shuningdek nevr va harakat tizimi, tana shaklining o’zgarishi, teri-muskul tizimi og’irligi, tananing mukammal rivojlanishidir. Pedagogik tushunchada jismoniy kamolat deganda insondagi jismoniy ma‘lumoning tushunchalarida o’sishi borasidagi o’zgarishlar, yani adabiyotdan murakkabga, pastdan yuqoriga, nomukammallikdan mukammallikka tomon bo’lgan o’zgarishlar tushuniladi.
O’quvchining jismoniy kamolotlari uchun sharoit yaratish va pedagogik boshqarish jismoniy tarbiyaning vazifasidir. Jismoniy tarbiya tizimida jarayoniy kamolot diognostikasi muhim o’rin tutadi. Jismoniy kamolot jismoniy tarbiya tarbiya saviyasi, fan tili bilan aytilganda, jismoniy tarbiyasamaradorligi ko’rsatkichidir.
Maxsus usul va jismoniy texnika asosida o’quvchilarning sog’liqlarini, har bir individual shaxs kamoloti saviyasini tadqiq etish: belgilangan norma undan uzoqlashish ko’rsatkichlarinioldindan belgilash negizida jismoniy tarbiya uchun doimiy ko’rsatkichaniqlanadi. Jismoniy yetuklik deganda badanning tashqi ko’rinishidagi garmoniya, go’zallik shakli, jismoniy sifatlarning yuqori darajadagi kamoloti tushunisladi. Agar diognostika o’quvchilarning yoki biron-bir o’quvchining jismoniy va tibbiy ko’rsatkichlari pasayib ketayotganligini ko’rsatsa, demak, zudlik bilan jismoniy tarbiyadagi mavjud tizimni o’rgatish lozim. Shuning uchun ham maktablarda, bilim yurtlarida individual yoki guruhli differentsial tartibdagi jismoniy tarbiyani tashkil etishni yo’lga quyish kerak.
Jismoniy madaniyat jismoniy tarbiyaning tarkibiy qismidir. Shu bilan birgalikda, jismoniy madaniyat inson va jamiat umumiy madaniyatining ham ajralmas qismi. Jismoniy madaniyat mazmuniga quyidagilar kiradi:
Inson a‘zolarining tuzilishi va ularning funksional kamolati. Ichki a‘zolar, nerv va harakat, suyak muskul tizimi, badanning uyg’unligi va ularning funksional faoliyatini boshqarish.
O’quvchining sog’lomligini mustaxkamlash.
Gigena qoidalarga ko’nikish.
O’quvchilarning har tomonlama mohirligini o’stirish.
Bo’lajak ishchi-mehnatkashlarning jismoniy va fiziologik jihatlarini ahamiyati jihatidan shakllantirish, ish qobiliyatlarini oshirish.
O’quvchilarning jinsiy va yosh xususiyatlari uchun sharoit yaratish.
O’quvchilarning iroda, chidamlilik, qat‘iyan intizom, do’stlik hissini kamol toptirish.
Shaxsiy jismoniy qobiliyatlarini tarbiyalash.
Ko’rinib turibdiki, jismoniy tarbiya mazmuni benihoya kengdir. Bu vosita yoshlarimizning tushmur tarzi, jismoniy madaniyat va sport asosida mazmunli shakllanishini ta‘minlaydi. Ilg’or pedagogik tajribalarning va o’quvchilar jasoalarningturmush tarzi va dasturiga aylangandir. Ayniqsa jismoniy tarbiya darslari, sport va jismoniy tarbiyatarg’iboti, ishlab chiqish ta‘limi texnologiyasi va ishlab chiqarish amaliyoti borasidagi yutuqlarini rag’batlantirishda, o’quvchilarning uzoq vaqtgacha ish qobiliyatlarini turishda, yoshlarimishning jismoniy va fiziologik sifatlarini kasb mazmuniga bog’lash borasidagi jarayonlardan beqiyos ahamiyatga egadir.
Jismoniy madaniyat-sport ishlari yoki oddiy sport sho’balari, klublari, guruhlar yoki ommaviy musobaqalar va hokazolarda namayon bo’ladi. Jismoniy tarbiya bo’yicha o’quvchilar bilan yakka tarzda ishlash natijasida o’zaro bo’shashib qolgan, jismoniy tarbiya kamchiligi bor, darsdan ozod qilingan bolalarning sog’liqlarini tiklash ishlari olib boriladi. Bundan tashqari, jismoniy qobiliyatli bolalarning qiziqish va intilishlarini hisobga olib ham individual mashg’ulotlar yo’lga qo’yiladi. Ayrim qobiliyatlari bolalar, maktab va boshqa o’quv yurtlarida o’qish bilan birga ommaviy sport ishlarida ishtirok etib, yuksak natijalarni qo’lga kiritiladi, xatto o’rta mahsus yoki oliy ma‘lumot ham olishlari mumkin.
Mamlakatimiz rahbari O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi tomonidan 2008 yil avgust oyidan buyon o’tgan vaqt maboynida mamlakatimizda, ayniqsa, qishloq joylarda sport infratuzilmasini barpo etish hamda bolalarni sportga ommaviy jalb qilish borsida amalga oshirilgan ishlar bolalar sporti inshoatlarini zarur jixoz va anjomlar bilan ta‘minlash, ularni respublikamizda ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish hamda qishloq joylarda bolalar sportini rivojlantirishda mahalliy hokimlik organlarining ro’li va mas‘uliyatini atroflicha tahlil etishdan iborat ekanini ta‘kidladi.
Jamg’arma endi tuzilgan kezlarda uning hayotimizda tutajak katta o’rniga unchalik ishonmaganlar ham bo’lgan edi, dedi Prezidentimiz. Lekin o’tgan vaqt maboynida Jamg’arma o’z oldida qo’ygan maqsad va vazifalarning ahamiyatini nafaqat joylarda sportni rivojlantirishning timsolida, balki muayyan ijtimoiy muammolarni al etish, yoki avlodni komil insonlar etib tarbiyalash, farzandlarimizning imon-irodalani mustahkalash, mustaqil dunyoqarashini shakllantirish, ularning ongi shuurida Vatanga sadoqat va el-yurtga mehr muruvvatlar tuyg’ularini qaror toptirishdek yuksak maqsadlarimizni ro’yobga chiqarishda ko’maklashish bilan ham isbotlab turibdi.
Shu bilan birga, bolalar sportini rivojlantirish dasturini bajarishda muayyan kamchiliklar ham mavjud. Sport inshoatlarini qurish bo’yicha tender savdolarini o’tkazishda pudratchi tashkilotlarni moddiy-texnika ta‘minoti moliyaviy holatiga yetarlicha e‘tibor berilmaydi. Ayni viloyatlardagi yanada buyurtmachi qurilish tashkilotlari sport inshoatlarini topshirish muddatini asossiz cho’zib, sifatini qoniqarsiz bajarmoqda. Ba‘zi hollarda yangi sport maskanlari to’la quvvat bilan ishlamayapti va sport jihozlaridan samarali foydalanishmayapti.
Ommaviy sport turlari uchun zarur jihozlari, ayniqsa, fudbol va valibol turlarini, shuningdek, yugurish yo’laklari va sport maydonlari sun‘iy qoplamalarni o’zimizda ishlab chiqarish haligacha to’la yo’lga qo’yilmaydi. Bolalar sporti inshoatlarini har bir sport maskanining asl maqsad va yo’nalishidan kelib chiqib ish ko’rish lozim. Ya‘ni, profetsional sportchi yoshlarni tayyorlaydigan sport zallarida profetsional mahoratini oshiradigan sport anjomlari o’rnatilishi zarur. Umumiy o’rta ta‘lim maktablari sport maskanlarini esa bolalarga mos sport anjomlarini bilan jihozlash lozim.
Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzishdan asosiy maqsad-istiqlolning ilk yillaridayoq belgilab olingan buyuk maqsad-muddaolarimizga, qurayotgan jamiyatga munosib, ham jismonan, ham ma‘nan sog’lom, hech kimdan kam bo’lmagan avlodni tarbiyalashdir, deb takidladi yurtboshimiz.
Har tomonlama havasga loyiq komil avlodni tarbiyalamay turib, ezgu niyatlarimizni amalga oshirishimiz qiyin. Mazkur jamg’arma orqali, avvalo, sog’lom turmush tarzini shakllantirish, farzandlarimizni salbiy ta‘sirlardan asrash, sportni ommaviy, umumxalq harakatiga aylantirish darkor. Masalaning mahiyatini ana shu tarzda chuqur anglash uchun, dast avval, bugungi ahvolga to’g’ri, holis baho berish lozim.
Yurtboshimiz qishloq maktablarida sportni rivojlantirish, qizlarning sport bilan shug’ullanishi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish, bolalar sporti murabbiylarini, hususan, xotin-qiz murabbiylarimizni tayyorlash kabi dolzarb masalalarga ham alohida e‘tibor qaratdi. Bu masalalarni samarali hal etish borasida mutasaddi rahbarlar bolalar sportini rivojlantirish nainki ijtimoiy, balki davlat ahamiyatiga molik siyosiy masala ekanini teran anglab olmog’i darkor.
Har bir rahbarning asosiy vazifasi mamlakatimizda olib borilayotgan siyosatni uning ustuvor yo’nalishlarini, strategik maqsadlarini to’g’ri tushinish, odamlarimizning, hususan, yoshlarimizning ertangi kunini o’ylash, buning uchun munosib shart-sharoit yaratib berishdan iborat.
Bolalar sportini rivojlantirish borasida boshlangan ishlarimiz o’zini oqladi, dedi Prezidentimiz. Biz hech kimdan kam bo’lmagan avlodni voyaga yetkazish maqsadida bu ishga qo’l o’rganamiz. O’tgan qisqa davrda bu borada muayyan yutuqlarga erishdek. Bu tashabbusimiz, hayrli ishimiz o’z mevasini bermoqda. Zero bugan joylarda sportga qiziqish izchil kuchayib bormoqda.
2002 yil oktyabr oyida O’zbekiston respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov farmoni bilan Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi tashkil etildi. Mamlakatimizda istiqlol yillarida bolalar sportini rivojlantirishning tashkiliy-huquqiy asoslari yaratilib, yildan-yilga takomillashtirilmoqda. Xususan, Prezidentimiz tashabbusi bilan uch bosqichli sport o’yinlari – “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va Universiada tadbirlarining o’tkazilishi, shuningdek 2002 yilda Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasining tashkil etilishi bilan yoshlar o’rtasida sportni ommalashtirish, bolalar sportini rivojlantirishning noyob tizimiga asos solindi.
Sport mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalashning eng muhim va kuchli omili bo‘lib kelmoqda va kelgusida ham shunday bo‘lib qolishi shubhasiz. Chunki, sport – bu avvalo sog‘lom avlod, sog‘lom kelajak degani. Binobarin, faqat sog‘lom xalq, sog‘lom millatgina buyuk ishlarga qodir bo‘ladi, dedi Islom Karimov.

Sog‘lom avlodni voyaga yetkazishda jismoniy tarbiya va sportning rolini oshirish, bu boradagi mavjud moddiy-texnik baza va kadrlar salohiyatini jahon standartlari asosida yanada mustahkamlash, eng muhimi, sportga mehr har bir bola, har qaysi oila hayotiga chuqur kirib borishiga erishish eng muhim, doimiy vazifamiz bo‘lib qoladi.



Jismoniy madaniyatning shaxsning barkamol rivojlanishi uchun ahamiyati haqida gapirganda, uning o'ziga xos ma'nosi (jismoniy, jismoniy madaniyat) emas, balki umumiy madaniyat nuqtai nazaridan shaxsni shakllantirishdagi rolini ham yodda tutish kerak. Demak, jismoniy madaniyat shunday shakllantirilishi kerakki, u axloq, estetika va ma’naviy hayotning boshqa sohalarining organik elementiga aylansin va natijada shaxsning yaxlit qiyofasida namoyon bo‘lsin. Shunday qilib, korporativlik aralashmaydi, aksincha, ularning shakllanishi va rivojlanishiga hissa qo'shadi. Jismoniy madaniyat - bu shaxs shaxsiyatining kamida uchta jihatining birligi: hayot tarzida to'g'ri qadriyat yo'nalishi; ma'lum darajadagi jismoniy tayyorgarlik va ta'limning mavjudligi (ya'ni, inson madaniyatining ushbu sohasida aniq bilim va ko'nikmalarga ega bo'lish); faol o'z-o'zini takomillashtirish maqsadida kundalik jismoniy mashqlar zarurati. Har bir insonning jismoniy madaniyatga erishishga ongli intilishi uning ma'naviy va jismoniy kuchlarining erkin rivojlanishi va ochilishi, uning uyg'un rivojlanishi uchun zarur shartdir.
Axloqiy nuqtai nazardan, sport insonning xushmuomalalik, xushmuomalalik, qaror qabul qilishda mustaqillik, ijodkorlikka intilish kabi qimmatli fazilatlarini rivojlantirishga yordam beradi. G'alabalar quvonchi va mag'lubiyatning achchiqligi, bundan saboq olish va shu orqali o'z-o'zini takomillashtirish, ishtirok etish va empatiya uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, jamoa va butun jamiyat oldidagi burch va mas'uliyat hissini oshirish, o'z sha'nini anglash. kurashda esa or-nomus, vijdonlilik – sport bilan shug‘ullanish jarayonida yoshlarda shakllangan fazilatlardir. 1964 yilda YuNESKO sport bo'yicha Fair Play mukofotini ta'sis etgani ajablanarli emas. Intellektual nuqtai nazardan, sport, sport faoliyati texnika, taktikani o'zlashtirish, o'z his-tuyg'ularini va jismoniy holatini boshqarish, mos ravishda sof sportni, shuning uchun ijtimoiy, ijtimoiy vaziyatlarni rivojlantirishda ijodiy izlanishning keng sohasidir. Bularning barchasi barkamol shaxsning kenglik, chuqurlik, tanqidiylik, fikrlash va kognitiv faoliyatning moslashuvchanligi kabi o'ziga xos xususiyatlarini rivojlantirishga yordam beradi, bu sport sohasidagi muloqotning xalqaro tabiati va ko'p aloqasi bilan katta yordam beradi.
Barkamol shaxsni shakllantirish muammosining yana bir muhim jihati bu jarayonga turli sport turlarining ta’siridir. Deyarli barcha sport turlari odob-axloq, aql-zakovat, estetika va irodaga ta'sir qilish imkoniyatini hisobga olgan holda, shaxsni tarbiyalashning ijobiy vositasi bo'lib xizmat qilishi mumkin. Ko'p sonli sport turlari orasida ko'pkurash va o'yinni ajratish kerak. Ulardan birinchisi endi kengroq tarqalmoqda, ikkinchisi jamoaviylik uchun ham, o'yinlarda antropometrik ma'lumotlar asosan turli xil rollar va takomillashtirish zarurati (masalan, basketbolda doimiy) raqobat qoidalariga bo'lgan ehtiyoj tufayli tenglashtirilganligi uchun jozibador. Sport o'yinlarida bevosita maqsadlarga erishishdan tashqari - ochkolar ko'rinishidagi aniq natija, o'yin yoki turnirda g'alaba qozonish - biz ko'proq narsaga erishamiz: biz muayyan hayotda yoki simulyatsiya qilingan vaziyatlarda harakatlarni o'rgatamiz. Boshqacha aytganda, ular bevosita pedagogik, tarbiyaviy ahamiyatga ega. Shu ma'noda ular umumiy, shu jumladan jismoniy, insoniy madaniyatni shakllantirishning eng muhim vositalaridan birini ifodalaydi. Sportning shaxsning barkamol rivojlanishi bilan bog‘liqligi haqida gapirganda, yoshlarning sport mashg‘ulotlarining ularning ijtimoiy faolligiga, jamiyat taraqqiyotidagi ishtirokiga ta’siri masalasini chetlab bo‘lmaydi. O‘z-o‘zidan faol sport faoliyati yoshlarning har tomonlama barkamol rivojlanishini kafolatlamaydi. Sport tegishli yo'nalishsiz ta'lim shakli sifatida har doim ham yoshlarning jamiyat taraqqiyotidagi faol ishtirokini belgilamaydi. Va N. K. Krupskaya o'yin orqali hayvonni ham, kommunistni ham tarbiyalash mumkinligini ta'kidlaganida mutlaqo to'g'ri. Ma’lumki, Germaniyada o‘tgan asrning 30-yillarida sport gitlerizm qo‘lida qurolga aylanib, fashistlar tomonidan yoshlarda milliy shovinistik ruhni tarbiyalashda foydalanilgan. Buning butun insoniyat uchun va sport harakati ishtirokchilarining o'zlari uchun qanday qayg'uli oqibatlari butun dunyoga ma'lum. Bugun esa neonatsistlar sportdan yoshlarni aldash, shovinizm va irqchilikni qo‘zg‘atuvchi vosita sifatida foydalanishga harakat qilmoqda. G'arbiy Evropa stadionlarida sodir bo'layotgan vandalizm harakatlarining sababi sport tomonidan chiqarilgan tajovuzkor instinktlar emas, deb aytish uchun barcha asoslar mavjud. Boshqacha aytganda, jamiyatning ilg'or rivojlanishi uchun sportda insonga qanday mafkuraviy pozitsiyalar ta'sir etishi mutlaqo befarq emas.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, sport insonparvar va barkamol shaxsni tarbiyalash vositasiga, yoshlarni tinchlik va xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashda, jamiyat taraqqiyotini jadallashtirishda faol ishtirok etishga yo‘naltiruvchi vositaga aylanishi mumkin va bo‘lishi kerak. Bugungi kunda buning uchun barcha shart-sharoit mavjud, lekin bu erda, birinchi navbatda, ta'lim jarayonining yaxlitligi, uning faqat tanani yaxshilashga bir tomonlama e'tibor qaratishini istisno qilish muhim ahamiyatga ega. Masalaning bu tomoniga, ta'kidlaymizki, antik davr mutafakkirlari tomonidan ham alohida ahamiyat berilgan. Xullas, bundan 2000 yil muqaddam qadimgi yunon faylasufi Aflotun madaniyat boyliklarini o‘zlashtirgan kishi jismoniy mashqlar bilan “ruhning jasorati va shijoati, ularni uyg‘otish uchun emas, balki uni uyg‘otish uchun shug‘ullanadi”, deb yozgan edi. kuchga ega bo'lish uchun - faqat kuchli bo'lish uchun ovqatlanadigan va qiyinchiliklarga dosh beradigan boshqa sportchilar kabi emas. Buning uchun jamiyat va uning ijtimoiy institutlaridan biri sifatida sportning o'ziga munosib insonparvarlik yo'nalishi talab qilinadi.
Yüklə 26,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin