Reja: Statistik kuzatish haqida tushuncha Statistik kuzatishning uslubiy dasturi



Yüklə 378,36 Kb.
tarix30.12.2021
ölçüsü378,36 Kb.
#49218
2 mavzu Statistik ma’lumotlarni to’plash nazariyasi va amaliyoti

2-mavzu. Statistik ma’lumotlarni to’plash nazariyasi va amaliyoti


Ma’ruzachi: PhD B.Q.Utanov

Reja:

1. Statistik kuzatish haqida tushuncha

 2. Statistik kuzatishning uslubiy dasturi

 3.Statistik kuzatishning obyekti va birligi

4. Statistik kuzatish shakllari, turlari va usullari

5.Statistik kuzatish xatolari va ularni

aniqlash usullari


Statistik kuzatish deganda o‘rganiladigan ommaviy ijtimoiy ho­disa va voqealar bo‘yicha kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni to‘p-lash, yig‘ish jarayoni tushuniladi.

Statistik kuzatishning uslubiy dasturi quyidagi qismlardan tashkil topgan:


1. Kuzatish maqsadi va vazifalari

2. Kuzatish dasturi

3. Kuzatish obyekti

4. Kuzatish birligi

5. Kuzatish formulyari va yo‘riqnomasi

Statistik kuzatishni tashkil qilishdan oldin uning maqsadi va vazifalari aniqlab olinishi kerak. Shundan so‘ng ular asosida statistik kuzatishning dasturi, obyekti va birligi aniqlanadi.


    • Masalan:

Har qanday kuzatishning maqsadi va vazifalari o‘rganilayot-gan obyektning xususiyatidan kelib chiqadi, ular, o‘z navbatida, umumiy va xususiy ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.

Mam-lakat bo‘yicha statistik kuzatish yagona maqsadni ko‘zlab amalga oshiriladi.

ya’ni mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish istiqbol­la­rini belgilash uchun manba yaratish va ularning bajarilishini na­zorat qilib borish hisoblanadi.

Statistik kuzatishning obyekti va birligi


Kuzatish obyekti deganda o‘rganiladigan ijtimoiy hodisalar bir­­liklarining to‘plami tushuniladi.

Masalan:

    • aholini ro‘yxatga olishda


statistik kuzatish obyekti mamlakat va uning barcha hududlarida ya­shayotgan barcha shaxslar hisoblanadi.

Statistik kuzatish obyektini chegaralash ma’lum belgilar aso-sida amalga oshirilishi kerak. Bular sirasida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:


Kuzatiladigan hodisaning qaysi korxona turiga yoki xalq xo‘jaligi tarmoqlarining qaysi turiga tegishliligi

Olinadigan ma’lumotlarning qaysi hududga tegishliligi

Olinadigan ma’lumotlarning qaysi davrga, vaqtga tegishli-ligi

Masalan:


qishloq xo‘jaligining u yoki bu faoliyati o‘rganila­yot­­­ganda har bir shirkat xo‘jaligi yoki fermer xo‘jaligi kuzatish bir­li­gi hisoblanadi

Statistik kuzatish birligi deganda kuzatilayotgan ommaviy ij­timoiy hodisa yoki voqealar to‘plamlarining bir birligi tushunila­di

Statistik kuzatish formulyari deganda kuzatish paytidagi savol­larga berilgan javoblarni aks ettirilishi lozim bo‘lgan hujjat tu­shu­niladi. U hisobot va ro‘yxatga olish varag‘i shaklida bo‘ladi.

Kuzatish maqsadi va vazifalari, kuzatish obyekti va birligi, ku­za­tish muddati, ma’lumotlarni bir xil usulda yig‘ish, hujjatlarni ras­miylashtirish tartibi kabi masalalar kuzatish yo‘riqnomasida yori­ti­ladi.

  • Kuzatish maqsadi va vazifalari, kuzatish obyekti va birligi, ku­za­tish muddati, ma’lumotlarni bir xil usulda yig‘ish, hujjatlarni ras­miylashtirish tartibi kabi masalalar kuzatish yo‘riqnomasida yori­ti­ladi.

Statistik kuzatish shakllari, turlari va usullari


Ijtimoiy hodisalarni kuzatish statistikada quyidagi ikki shakl-da tashkil qilinadi:

statistik hisobot

– maxsus statistik kuzatish tekshiruvi

Statistik hisobot statistik kuzatishning asosiy shakli hisobla­nadi. U barcha korxona, tashkilot, muassasa va idoralar faoliya­tiniujjatdir. Uning ma’lumotlari asosida statistik kuzatish tashkil qilinadi.

Statistik kuzatish ikki guruhga bo‘linadi:

1. Hodisalarni qayd qilish vaqti bo‘yicha.

2. O‘rganilayotgan to‘plam birliklarini qamrab olish darajasi bo‘yicha.

1.Joriy kuzatish

2.Davriy kuzatish

3.Bir yo’la kuzati

Hodisalarni qayd qilish vaqti bo‘yicha statistik kuzatish, o‘z navbatida, quyidagi 3 ta turga bo‘linadi:

Joriy kuzatish deganda u yoki bu hodisalarni sodir bo‘lishi bi­lan uzluksiz yozib borish (qayd qilish)ga tushuniladi. Bu kuza­tish­ni uzluksiz kuzatish deb atash mumkin.

Davriy kuzatish deganda hodisalar sodir bo‘lgandan so‘ng ma’­lum vaqt ichida ularning qayd qilinishi tushuniladi. Bunday kuzatishlar odatda teng vaqt oralig‘ida takrorlanib turadi, ijtimo-iy hodisalarni 5 kunda, oyda, chorakda, yilda va hokazo.

Biryo‘la kuzatish zaruriyat tug‘ilganda hodisalarni aniq mud-datlarda qayd qilishdir. Uy-joy fondini ro‘yxatga olish, ko‘p yil-lik meva daraxtlarni ro‘yxatga olish kabi hodisalarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.

Statistik kuzatish xatolari va ularni aniqlash usullari


Statistik kuzatish xatolari ikkiga bo‘linadi:

1. Hodisalarni qayd qilishda sodir bo‘ladigan xatolar.

2. Reprezentativ xatolar.

Hodisalarni qayd qilishda sodir bo‘ladigan xatolarni ham ik­ki turga ajratish mumkin:

2. Muntazam xatolar.

1. Tasodifiy xatolar.



E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Yüklə 378,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə