fayllar.org
ma'muriyatiga murojaat qiling
Reja: Talab va taklif tushunchas Talab va taklif egri chiziqlari
Download 23.93 Kb.
Sana 10.01.2023
Hajmi 23.93 Kb.
#1086706
Bog'liq
Talab va Taklif Elastikligi
Mavzu: Talab va Taklif Elastikligi
To'ymurodov Oybek BIA 92k-2 guruh talabasi
Reja:
1.Talab va taklif tushunchas
2. Talab va taklif egri chiziqlari
3. Talab va taklif elastikligi va ularni belgilab beruvchi omillar
4.Talab egri chizig’I
Talab va taklif — bozor iqtisodiyotining fundamental tushunchalari. Talab (tovarlar va xizmatlarga talab) — xaridor, isteʼmolchining bozorda muayyan tovarlarni, neʼmatlarni sotib olish istagi; bozorga chiqqan va pul imkoniyatlari bilan taʼminlangan ehtiyojlari. Ehtiyoj pul va narx vositasida talabga aylanadi. Rasman olganda talab isteʼmol kattaligi miqdoridir. Tovarlar dunyosidagi xilma-xillikka moye ravishda talab hosil boʻladi. Masalan, oziqovqat tovarlari, sanoat mollari, maishiy va ijtimoiy xizmatlarga boʻlgan talablar tovarlarga talab tuzilmasini tashkil etadi. Mazmuni va harakati jihatidan haqiqiy, oʻsayotgan, barqaror qondirilgan, qondirilishi kechiktirilgan, qondirilmagan, meʼyordagi va boshqa talablarga boʻlinadi. Har bir isteʼmolchining, yaʼni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning biror tovar toʻplamiga yoki tovarlarga bildirilgan talablari yakka talab deyiladi. Muayyan tovarga yoki tovarlar toʻplamiga barcha xaridorlar bildirgan talab yigʻindisi bozor talabi, barcha bozorlarda barcha tovarlarga jamiyat miqiyosida bildirilgan ijtimoiy talab yalpi talab deyiladi. Talab miqdorining oʻzgarishiga bir qancha omillar taʼsir qiladi. Ularning oʻrasida eng muximi narx omilidir. Tovar narxining pasayishi sotib olinadigan tovar miqdorining oʻsishi va aksincha, narxning oʻsishi xarid miqdorining kamayishiga olib keladi. Taklif — muayyan vaqtda va muayyan narxlar bilan bozorga chiqarilgan va chiqarilishi mumkin boʻlgan tovarlar va xizmatlar miqdori bilan ifoda etiladi; taklif ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)larning oʻz tovarlarini sotishga (bozorga) taklif etish istagi. Bozorda tovar narxi bilan uning taklifi miqdori oʻrtasqda bevosita bogʻliqlik mavjud: narx qanchalik yuqori boʻlsa, boshqa sharoitlar oʻzgarmagan hollarda, sotish uchun shuncha koʻproq tovar taklif etiladi, yoki aksincha, narx pasayishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Masalan, 10 soʻm narxda 3 tovar birligi taklif etiladi, agar narx 15 soʻmga koʻtarilsa, taklif hajmi 5 birlikka qadar koʻpayadi, agar narx 20 soʻmga yetsa, taklif hajmi 6 birlikka yetadi. Shunday qilib, taklif miqdorining oʻzgarishlari taklif egri chizigʻida bir nuqtadan ikkinchisiga koʻchishida oʻz ifodasini topadi. Egri chiziqning ijobiy ogʻishi tovar narxi bilan uning taklifi miqdori oʻrtasidagi bevosita bogʻliqdikni aks ettiradi.
Tovar taklifiga, tovarning oʻz narxidan tashqari bir qator omillar: shu tovarni ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan resurslar narxlari; qoʻllaniladigan texnologiya; soliqlar va dotatsiyalar; taqchillik yoki narxlar oʻzgarishlarini kutish; bozordagi sotuvchilar soni va boshqa taʼsir koʻrsatadi. Mas., resurelarning arzonlashuvi muayyan tovarni ishlab chikarish xarajatlarini kamaytiradi, bu esa uning taklifi oʻsishini stimullaydi. Taklifning oʻziga taʼsir koʻrsatadigan omillar oʻzgarishlariga, birinchi navbatda, narx oʻzgarishlariga sezgirligi taklif elastikligi deb ataladi.
T. va t.ning tub mazmuni ularning narx orqali oʻzaro aloqadorlikda mavjud boʻlishidir. Bu aloqadorlik — talab va taklif qonuni bozor iqtisodiyotining obyektiv qonuni hisoblanadi. T. va t. qonuniga koʻra bozordagi taklif va talab faqat miqdoran emas, balki oʻzining tarkibi jihatidan ham bir-biriga moye kelishi kerak, shundagina bozor muvozanatiga erishiladi. Bu qonun ayirboshlash qonuni boʻlib, bozorni boshqaruvchi va tartiblovchi kuch darajasiga koʻtariladi. Unga koʻra bozordagi talab oʻzgarishlari darhol ishlab chiqarishga yetkazilishi kerak. Bozordagi T. va t. nisbatiga qarab ishlab chiqarish surʼatlar va tuzilmasi tashkil topadi. Jamiyat bu qonundan bozor muvozanatiga alokador omillarga taʼsir etish orkali foydalanadi
Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga boʻlgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy koʻrinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi.
Ehtiyojning faqat pul bilan taʼminlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab — bu pul bilan taʼminlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi pul bilan taʼminlanmasa, u "xohish", "istak" boʻlib qolaveradi. Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud boʻladi, chunki narx oʻzgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham oʻzgaradi. Shu bogʻliqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha taʼrif berish mumkin: maʼlum vaqt oraligʻida, narxlarning mavjud darajasida isteʼmolchilarning tovar va xizmatlar maʼlum turlarini sotib olishga qodir boʻlgan ehtiyoji.
Maʼlum vaqt oraligʻidagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan maʼlum turdagi tovar va xizmatlarning DAROMAD VA FOYDA olish maqsadida bozorga chiqarilgan miqdoriga taklif deyiladi. Narx oʻzgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham oʻzgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud boʻladi.
Taklif narxlarning turli darajasida qancha miqdordagi mahsulotning sotishga chiqarilishini koʻrsatadi. Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovarlar taklifi miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi. 1. Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Talab qonuni Biz ehtiyoj tushunchasi haqida dastlabki bobda gapirgan edik. Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga bo’lgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy ko’rinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi. Ehtiyojning faqat pul bilan ta’minlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab – bu pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi pul bilan ta’minlanmasa, u «xohish», «istak» bo’lib qolaveradi. Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud bo’ladi, chunki narx o’zgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham o’zgaradi. Shu bog’liqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha ta’rif berish mumkin: ma’lum vaqt oralig’ida, narxlarning mavjud darajasida iste’molchilarning tovar va xizmatlar ma’lum turlarini sotib olishga qodir bo’lgan ehtiyoji talab deyiladi. Boshqacha qilib aytganda talab – pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir.
Talablar turlicha bo’lib, odatda bir xil tovar yoki xizmatlarga bo’lgan talabning ikki turi farq qilinadi: yakka talab va bozor talabi. Har bir iste’molchining, ya’ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning tovarning shu turiga bo’lgan talabi yakka talab deyiladi. Bir qancha (ko’pchilik) iste’molchilarning shu turdagi tovar yoki xizmatga bo’lgan talablari yig’indisi bozor talabi deyiladi.
Hozirda iqtisodiy adabiyotlarda talabning turli ko’rinishlari ajratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, ishlab chiqarish omillariga talab (ishlab chiqarish talabi) va iste’mol buyumlariga talab (aholi talabi) farqlanadi.
Shuningdek, haqiqiy (tovar va xizmatlarga haqiqatda namoyon bo’luvchi), qondirilgan (haqiqiy talabning bozorda tovar va xizmat sotib olish orqali qondirilgan qismi) va qondirilmagan (haqiqiy talabning bozorda zarur tovarlarning yo’qligi yoki ular assortimenti va sifatining xaridor talabiga javob bermasligi sababli qondirilmagan qismi) talablar farqlanadi. Qondirilmagan talab turli shakllarda namoyon bo’lishi mumkin: yashirin, joriy, harakatchan, to’’langan talab.
Tovarga bo’lgan talab ko’’lab omillar, masalan, reklamadan foydalanish, moda va didlar, afzal ko’rish, atrof-muhit, tovarlarni qo’lga kiritish imkoniyati, daromad miqdori, naflilik, o’zaro o’rinbosar tovarlar narxi, aholi soni, kelgusidagi narxlarning o’zgarishi va boshqalarning ta’sirida o’zgarishi mumkin. Shunga ko’ra, ekzogen va endogen talab farqlanadi. Ekzogen talab – bu davlat yoki erkin bozor tizimidan tashqaridagi qandaydir kuchning aralashuvi natijasida o’zgargan talab. Endogen yoki ichki talab – bu jamiyatda mavjud bo’lgan omillar ta’sirida jamiyat ichida tarkib to’gan talab.
2. Elastiklikning mohiyati va uning asosiy xususiyatlari
O‘tgan mavzulardagi talab va taklifning tahlili narxga bog‘liq va narxga
bog‘liq bo‘lmagan omillar ta’sirida vujudga keladigan talab va taklifning umumiy
o‘zgarishlarni yuzaga chiqarishga turtki bo‘ldi. Bular orqali talab va taklifning
asosiy bazaviy qonuniyatlari shakllantirildi.
Biroq, tadqiqotchi uchun bularning hammasi ham yetarli emas, u doimiy
ravishda yanada aniqroq tahlillarga ehtiyoj sezadi.
Narxlar, daromad yoki bozor kon’yunkturasining boshqa ko‘rsatkichlarini
o‘zgarishiga bozorning sezuvchanlik darajasini aniqlash uchun maxsus
ko‘rsatkichidan - elastiklik koeffisientidan foydalaniladi. Elastiklik konsepsiyasi
iqtisodiy nazariyada ancha kech muomalaga kiritildi, lekin, qisqa muddatda
fundamental
konsepsiyaga
aylandi.
Elastiklikning
umumiy
tushunchasi
iqtisodiyotga tabiiy fanlardan kirib keldi.
“Elastiklik” termini iqtisodiyotda ilk bor Alfred Marshall tomonidan 1885
yilda talab va taklif elastikligida qo‘llanildi.
Elastiklikning iqtisodiy tahlilga kiritilishi katta ahamiyat kasb etadi.
Jumladan,
-
bir tomondan, elastiklik koeffisienti statistik o‘lchovlarni olishda
asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi, ayniqsa, marketing tadqiqotlarini olib borishda
keng qo‘llaniladi;
-
boshqa tomondan, elastiklik konsepsiyasi iqtisodiy tahlilning muhim
vositasi hisoblanadi, chunki, fanda nafaqat o‘lchash, hisoblash balki, olingan
natijani tushuntirish, tahlil qilishni ham bilish kerak.
Hozirgi kunda iqtisodiyotning har bir bo‘limida elastiklik tushunchasidan
foydalaniladi. U yoki bu darajada elastiklik koeffisienti bozor muvozanati tahlilida,
bozor tarkibini tahlil qilishda u yerdagi monopoliyalarni aniqlashda, iqtisodiy
sikllar nazariyasida keng foydalaniladi.
Elastiklik koeffisienti E – bir omilning boshqa bir omil bir foizga o‘zgarishi
natijasida son jihatidan o‘zgarishi darajasini bildiradi. (Masalan, narx, daromad
yoki harajatlarning bir foizga o‘zgarishi natijasida talab va taklif hajmining
o‘zgarib ketishi).
Bir o‘zgaruvchining boshqa bir o‘zgaruvchi ta’siri ostida o‘zgarishini
o‘lchaydigan o‘lchov; aniqroq qilib aytganda, biror A o‘zgaruvchining bir foizga
o‘zgarishi natijasida boshqa bir B o‘zgaruvchining ma’lum foiz miqdorga
o‘zgarishini ko‘rsatadigan sondir.
E= A o‘zgaruvchining foizdagi o‘zgarishi / B o‘zgaruvchining foizdagi
o‘zgarishi
Ko‘rib o‘tilayotgan omillar o‘rtasidagi bog‘liqlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki
qarama-qarshi bo‘lishi mumkin.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik – (ijobiy koeffisient) bunda bir omilni o‘sib
borishi boshqa bir omilni oshib borishiga turtki bo‘ladi. Masalan, iste’molchining
daromad lari oshib borsa, talab elastikligi ham ortib boradi.
Qarama-qarshi bog‘liqlik – (salbiy koeffisient) bunda bir omilning ortib
borishi boshqa bir omilni yo‘q bo‘lib ketishiga olib keladi. Masalan, daromad
bo‘yicha talab elastikligining ortib borishi natijasida birmuncha pastroq darajadagi
tovarlarning yo‘q bo‘lib ketishiga olib keladi.
Barcha tovarlar uchun, Giffen tovarlaridan tashqari, narx bo‘yicha talab
elastikligi salbiy, chunki, narxnig o‘sishi talab qonuniga muvofiq talab hajmining
qisqarishiga olib keladi. Shu bilan birga mazkur ko‘rsatkich o‘zining mutlaq
hajmiga ko‘ra qancha yuqori bo‘lsa, bozor talabining narxlar o‘zgarishiga bo‘lgan
sezuvchanligi shunchalik darajada kuchli bo‘ladi.
2. Narx bo‘yicha talab elastikligi
Narx bo‘yicha talab elastikligi – narxning bir foizga o‘zgarishi natijasida
talabning son jihatdan foiz bo‘yicha o‘zgarishi darajasini ko‘rsatadi.
Bunga eng muhim misollardan biri, narxga bog‘liq bo‘lgan talab
elastikligidir. Bu elastiklik tovar narxining bir foizga o‘zgarishi, unga bo‘lgan
talabning necha foizga o‘zgarishini ko‘rsatadi.
Narxga bog‘liq talab elastikligini quyidagicha yozamiz:
E p =^Q%/ ^P%
Bu yerda ^Q% - talabning foiz o‘zgarishi; ^P%- narxning foiz o‘zgarishi.
Shuni eslatish lozimki, foiz o‘zgarish, o‘zgaruvchining mutlaq o‘zgarishini,
o‘zgaruvchining oldingi darajasiga nisbatidir.
^Q%=^Q/Q*100%; ^P%=^P/P*100%
Narxga bog‘liq talab elastikligi talab chizig‘ining alohida nuqtasida
o‘lchanadi va egri chiziq bo‘yicha siljiganimizda, u o‘zgarib boradi. Shunga mos
ravishda, real statistik ma’lumotlarga ko‘ra, nuqtaviy va yoysimon elastiklik
koeffisientlarini aniqlash mumkin.
Misol: Limonga bo‘lgan talab 100 dona bo‘lganda, har bir limonning narxi
750 so‘mni tashkil qildi, talab 200 dona bo‘lganda, har bir dona limon 500 so‘m
bo‘lsin. Talab egri chizig‘ini chizing va yoysimon elastiklik koeffisientini
hisoblang.
Bu yerda - va - talabning va tovar narxining boshlang‘ich
qiymatlari, - va - talabning va tovar narxining o‘zgargan qiymatlari.
Elastiklik koeffisienti qiymatiga qarab talabni elastik, noelastik va birlik
elastiklikga ega bo‘lgan talablarga ajratish mumkin.
Agar talabning narx bo‘yicha elastiklik koeffisienti Ed>1 bo‘lsa, talab
elastik deyiladi.
Agar talabning narx bo‘yicha elastiklik koeffisienti Ed<1 bo‘lsa, talab
noelastik deyiladi.
Agar talabning narx bo‘yicha elastiklik koeffisienti Ed=1 bo‘lsa, talab birlik
elastiklikka ega deyiladi.
Talabning narx elastikligiga ta’sir etadigan omilardan quyidagilarini
alohida ko‘rsatish mumkin:
1. Bozorda o‘rinbosar tovarlarning mavjudligi. Bozorda yaxshi o‘rinbosar
tovarlarning yo‘qligi yoki ularni olishning qiyinligi iste’molchilarni narxlarning
o‘zgarishiga befarq qilib qo‘yadi.
2. Vaqt omili. Aksariyat tovarlarga bo‘lgan bozor talabi uzoq muddatli davr
mobaynida elastiklikroq bo‘ladi.
Bir tomondan, aksariyat insonlarga iste’molchilik ta’blarini o‘zgarishiga
ancha vaqt talab qilinadi. (masalan, qandolat mahsulotdariga bo‘lgan narx keskin
oshirilsa ham mahsulotlarni sotish hajmi bir vaqtning o‘zida pasayib ketmaydi).
Boshqa tomondan, bir tovaga bo‘lgan talab boshqa bir tovarning mavjudigi
bilan ham izohlanishi mumkin. Masalan, neftga va shu bilan bir qatorda benzinga
bo‘lgan narxning oshib borishi qisqa muddat ichida yo‘l bosishni qisqarishiga olib
kelmaydi, lekin, uzoq muddatli davr mobaynida eski avtomashinalarni yangi
yoqilg‘i kam harajat qiladigan modellari bilan almashtirilishiga va shu orqali kam
benzin ishlatilishiga olib keladi.
3. Tovarga bo‘lgan harajatlar darajasi. Iste’molchi byudjetidan tovarga
yuqori darajada harajatlar qilish aksariyat tovarlarga bo‘lga talabni narxlarni
o‘zgarishiga o‘ta sezuvchan qilib qo‘yadi. Masalan, sanoat iste’molchisiga bir-
birlik tovarga bo‘lgan narx emas, balki unga bir oy yoki bir yilda qilinadigan
harajatlar muhim hisoblanadi.
4. Tovarning iste’molchi uchun zarurligi. Tovarning iste’molchi uchun
yuqori darajadagi zaruriyati narxga bo‘lgan past elastikligini aniqlab beradi.
3. Daromad bo‘yicha talab elastikligi
Aksariyat kategoriyadagi tovarlarning bozordagi sotuv hajmi darajasi
iste’molchilarning pul daromadlari dinamikasiga qarab o‘zgarishi mumkin.
Daromad o‘zgarishiga bo‘lgan talab hajmining sezuvchanligi daromad bo‘yicha
talab elastikligi koeffisienti bilan aniqlanadi.
Daromad bo‘yicha talab elastikligi koeffisienti Ed – iste’molchilik
daromadlarini bir foizga o‘zgarishi natijasida talab hajmining son jihatidan
o‘zgarishi darajasi hisoblanadi.
Bir tovarga bo‘lgan daromad bo‘yicha talab elastikligi qisqa va uzoq
muddatli davr mobaynida har xil bo‘lishi mumkin. Har kuni foydalaniladigan
tovarlar uchun qisqa muddatli davr mobaynida daromad bo‘yicha talab elastikligi
nisbatan past, bu tovarlarga bo‘lgan iste’molchilarning ta’blari nisbatan sekin
o‘zgaradi. Bunga qarama-qarshi uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar
(avtomobillar, ko‘chmas mulk, maishiy texnika) qisqa muddatli davr mobaynida
elastikliligi, uzoq muddatga qaraganda yuqoriroq, iqtisodiyotning siklli
o‘zgarishlariga o‘ta sezuvchan bo‘ladi.
4.Taklifning elastikligi
Ishlab chiqaruvchilarni bozor kon’yunkturasidagi ayrim omillarning
o‘zgarishlariga nisbatan sezuvchanligini tahlil qilish uchun aksariyat hollarda narx
bo‘yicha taklif elastikligi koeffisientidan foydalaniladi.
Narx bo‘yicha taklif elastikligi koeffisienti Yes – narxning bir foizga
o‘zgarishi natijasida taklif hajmining son jihatidan foiz bo‘yicha o‘zgarishini
bildiradi. Bunday elastiklikning qiymati ijobiy bo‘ladi, chunki, ishlab
chiqaruvchilar uchun yuqori narx ularni ko‘proq mahsulot ishlab chiqarishga
rag‘batlantiradi.
Aniq tovarga bo‘lgan bozor taklifi alohida firmalarning individual
takliflarining yig‘indisidan shakllanadi. Buning natijasida bozordagi taklifning
elastiklik hajmi alohida firmalarning bozordagi ulushi va ular taklifining
elastiklikligiga bog‘liq.
Taklif elastikligini aniqlab beruvchi asosiy omillarga quyidagilarni
kiritish mumkin:
1. Ishga tushirilmagan ishlab chiqarish kuchlarining mavjudligi. O‘sib
borayotgan talab ishlab chiqarish kuchlarini nisbatan tezroq ishga tushirish evaziga
qondirilishi mumkin.
2. Sotish uchun taklif qilinayotgan tovar va xizmatlarning turlari. Tez
o‘zgarib turadigan va bu jarayonda qo‘shimcha sarmoya talab qilmaydigan tovar,
xizmatlar, texnologiya va ishlab chiqarish hajmlari boshqalarga nisbatan taklif
elastikligi yuqoriroqdir.
3. Tayyorlangan tovarni uzoq muddat saqlash imkoniyatining mavjudligi.
Agar firmada bunday imkoniyat mavjud bo‘lsa, u zahirada yig‘ilgan mahsulotlar
evaziga ishlab chiqarish hajmini oshirishi mumkin. Shunga muvofiq, uning taklifi
ham narxlar o‘zgarishiga nisbatan yanada elastikroq bo‘ladi.
4. Ishlab chiqarishni kengaytirish uchun zarur bo‘lgan minimal hajmdagi
harajat. Zarur bo‘lgan kapital qo‘yilmalarning hajmi qanchalik ko‘p bo‘lsa, taklif
elastikligi ham shunchalik past bo‘ladi.
5. Bozor kon’yunkturasi. Tovar defitsiti sharoitida ishlab chiqaruvchilar aniq
hajmdagi tovarni yuqori narxda sotsh imkoniga ega bo‘ladilar. Bunday sharoitlarda
taklif noelastik bo‘ladi.
6. Vaqt oralig‘i. Vaqt oralig‘i qanchalik uzoq bo‘lsa, ishlab chiqaruvchida
shunchalik narxlarni o‘zgarishiga moslashib olish uchun imkoniyat tug‘iladi va
taklifning elastikligi ham ortib boradi.
Bozordagi talab chizigI xolatini ozgarishiga tasir qiluvchi yoki ozgarishini keltirib chiqaruvchi omillar quyidagilar hisoblanadi:istemolchining didi va tanlash mahorati;bozordagi istemolchilar soni;istemolchilar daromadi;bir-birini ornini bosuvchi,toldiruvchi tovarlar; kelajakda boladigan narx va daromadlarga nisbatan istemolchining kutishi. Taklif chizigini xolatigagi siljishga olib keladigan omillar(determinantlar)quyidagilar :resurslar narxi;ishlab chiqarish texnologiyalari;soliq va dotatsiyalar;boshqa tovarlar narxlari;narx ozgarishini kutish;bozordagi sotuvchilar soni.Taklif qanca kop elastik bolsa: *Narx shuncha yuqori boladi; **Ishlab chiqarish pasayib ketadi; ***soliq tushumi pasayadi; *****Ishlab chiqarishda yoqotishlar kam boladi.; ******Istemolchining yoqotishlari kop boladi.. Talab qanchalik elastik bolsa: **Narxning osishi past boladi.; ***Ishlab chiqarish hajmi tez pasayadi; ****soliq tushumlari kam boladi; *****Ishlab chiqaruvchining yoqotishlari ortadi; ******Istemolchining yoqotishlari kam boladi..
Taklif qanca kop elastik bolsa: *Narx shuncha yuqori boladi; **Ishlab chiqarish pasayib ketadi; ***soliq tushumi pasayadi; *****Ishlab chiqarishda yoqotishlar kam boladi.; ******Istemolchining yoqotishlari kop boladi.. Talab qanchalik elastik bolsa: **Narxning osishi past boladi.; ***Ishlab chiqarish hajmi tez pasayadi; ****soliq tushumlari kam boladi; *****Ishlab chiqaruvchining yoqotishlari ortadi; ******Istemolchining yoqotishlari kam boladi..
Talab va taklifning o’zgarishi
Talab va taklif chiziqlari, raqobatlashgan ishlab chiqaruvchilarga berilgan narxlarda qancha miqdorda mahsulot sotishi mumkinligini va iste’molchilarga esa berilgan narxlarda qancha miqdorda mahsulot sotib olishini ko’rsatib beradi. Ammo shuni ham unutmaslik kerakki, talab bilan taklif narxdan tashqari boshqa sharoitlarga ham bog’liqdir. Masalan, ishlab chiqaruvchining qancha miqdorda mahsulot sotishi uning narxidan tashqari ishlab chiqarish xarajatlariga (ish haqi, xom ashyo narxi) ham bog’liqdir. Tovarga bo’lgan talab esa iste’molchining byudjetiga (daromadiga) va boshqa omillarga bog’liqdir. Shu sababli biz talab va taklif egri chiziqlarining, ish haqi stavkasi, kapital xarajatlar va daromadlar o’zgarganda qanday o’zgarishini qarab chiqamiz
Xulosa
Raqobatlashgan ishlab chiqaruvchilarga berilgan narxlarda qancha miqdorda mahsulot sotishi mumkinligini va iste’molchilarga esa berilgan narxlarda qancha miqdorda mahsulot sotib olishini ko’rsatib beradi. Taklifning taklif chizig’i bo’yicha o’zgarishiga, taklif miqdorining o’zgarishi deyiladi. Taklif miqdorining o’zgarishi, ya’ni taklifning taklif chizig’i bo’yicha o’zgarishi, faqat narx ta’siri ostida bo’ladi. Narxdan boshqa taklifga ta’sir qiluvchi omillar taklif chizig’ini unga pastga yoki chapga-yuqoriga siljitadi. Taklif chizig’ining o’zini o’ngga yoki chapga siljishiga taklifning o’zgarishi deyiladi.
Bozor muvozanati bozor tizimining shunday holatini bildiradiki, bu holatda talab va taklif bir-biriga teng bo’ladi. Muvozanat nuqta muvozanat narxni va muvozanat mahsulot miqdorini bildiradi. Bu nuqtada tovar tanqisligi ham, ortiqcha tovar ham bo’lmaydi.
Elastiklik - bir o’zgaruvchining boshqa bir o’zgaruvchi ta’siri ostida o’zgarishini o’lchaydigan o’lchov; aniqroq qilib aytganda, biror o’zgaruvchining bir foizga o’zgarishini natijasida boshqa bir o’zgaruvchining ma’lum foiz miqdorga o’zgarishini ko’rsatadigan sondir. Ma’lumki, talab va taklif chiziqlarining yotiqligi, ularning elastiklik koeffitsientlari miqdorining qzgarishiga ko’ra o’zgaradi. Talab va taklifning elastik yoki elastik bo’lmasligi soliq yukining iste’molchi va ishlab chiqaruvchilar o’rtasida qanday gaqsimlanishini, ya’ni soliqning qancha qismini iste’molchi va qancha qismini ishlab chiqaruvchi to’lashini aniqlab beradi.
Raqobatlashgan ishlab chiqaruvchilarga berilgan narxlarda qancha miqdorda mahsulot sotishi mumkinligini va iste’molchilarga esa berilgan narxlarda qancha miqdorda mahsulot sotib olishini ko’rsatib beradi. Taklifning taklif chizig’i bo’yicha o’zgarishiga, taklif miqdorining o’zgarishi deyiladi. Taklif miqdorining o’zgarishi, ya’ni taklifning taklif chizig’i bo’yicha o’zgarishi, faqat narx ta’siri ostida bo’ladi. Narxdan boshqa taklifga ta’sir qiluvchi omillar taklif chizig’ini unga pastga yoki chapga-yuqoriga siljitadi. Taklif chizig’ining o’zini o’ngga yoki chapga siljishiga taklifning o’zgarishi deyiladi.
Bozor muvozanati bozor tizimining shunday holatini bildiradiki, bu holatda talab va taklif bir-biriga teng bo’ladi. Muvozanat nuqta muvozanat narxni va muvozanat mahsulot miqdorini bildiradi. Bu nuqtada tovar tanqisligi ham, ortiqcha tovar ham bo’lmaydi.
Elastiklik - bir o’zgaruvchining boshqa bir o’zgaruvchi ta’siri ostida o’zgarishini o’lchaydigan o’lchov; aniqroq qilib aytganda, biror o’zgaruvchining bir foizga o’zgarishini natijasida boshqa bir o’zgaruvchining ma’lum foiz miqdorga o’zgarishini ko’rsatadigan sondir. Ma’lumki, talab va taklif chiziqlarining yotiqligi, ularning elastiklik koeffitsientlari miqdorining qzgarishiga ko’ra o’zgaradi. Talab va taklifning elastik yoki elastik bo’lmasligi soliq yukining iste’molchi va ishlab chiqaruvchilar o’rtasida qanday gaqsimlanishini, ya’ni soliqning qancha qismini iste’molchi va qancha qismini ishlab chiqaruvchi to’lashini aniqlab beradi.
Download 23.93 Kb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Gaming Much? Here's What Actually Happens To Your Body
Brainberries
Realistic Game For Men Over 40
Raid: Shadow Legends
Want To Look Your Best This Summer?
Herbeauty
Is Rue Entering Her Redemption Era In 'Euphoria?'
Brainberries
Actions Right After Breakup: The Most Hidden Stupidity
Brainberries
These Female Serial Killers Are The Worst Of The Worst
Brainberries
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
© 20231>
Dostları ilə paylaş: |