Reja:
1.Tebranishlar haqida umumiy ma`lumotlar.
2.Garmonik tebranishlar.
3.Matematik mayatnik.
4.Garmonik tebranishlar energiyasi.
5.Majburiy tebranishlar.
6.Rezonans.
7.Elastik to`lqinlar
8.Ko`ndalang va bo`ylama to`lqinlar.
9.Yassi to`lqin tenglamasi.
Tebranishlar haqida umumiy ma`lumotlar. Turli hil mehanik harakatlar orasida takrorlanib turadigan harakatlar ham uchraydi. Masalan, moddiy nuqtaning aylana bo`ylab tekis harakati takrorlanuvchi harakatdir: tekis aylanayotgan moddiy nuqta har bir yangi aylanishida bir hil vaziyatlardan o`tadi, shu bilan birga avvalgi tartibda va o`shanday tezlik bilan o`tadi. Ana shunday takrorlanuvchanlik hossasiga soat mayatnigining tebranishi, ko`priklarning, musika asboblarida torlarning titrashi, yurak urishi va nafas olish, parohodlarning suv to`lqinlarida tebranishi, o`zgaruvchan tok va uning elektromagnit maydoni, atomda elektronlarning harakati, qattiq jism kristall panjarasi tugunlaridagi ionlarning harakati va hokazolar egadir.
Dostları ilə paylaş: |