Reja: Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar operatsiyalarini iqtisodiy



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə1/5
tarix28.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#168941
  1   2   3   4   5
6-mavzu. Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar operatsiyalari tahlili

6-mavzu. Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar operatsiyalari tahlili

REJA:

    1. Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar operatsiyalarini iqtisodiy mazmuni va ahamiyati

    2. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi investitsion faoliyatining amaliy holati.

    3. Tijorat banklarining investitsiya portfelini tahlil qilish
  1. Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar operatsiyalarini iqtisodiy mazmuni va ahamiyati

Tijorat banklari pul mablag‘larni yuridik va jismoniy shaxslardan jalb qiladi va ularni daromad olish maqsadida joylashtiradi. Tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar bozorida emitent va investor sifatida ishtirok etadi. Bu esa, qimmatli qog‘ozlar bozori, mablag‘larni joylashtirishda kredit bozoriga raqobatchi risk darajasi past va barqaror daromad keltiruvchi manba ekanligini ko‘rsatadi. Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar resurslarni joylashtirish bilan bog‘liq faoliyati aktiv operatsiya hisoblanib, tijorat bankining likvidliligi va daromadliligini muvofiqlashtirib turadi.


Banklarning qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarini nazariy nuqtai- nazardan ko‘rib chiqishni, bankning o‘ziga ta’rif berishdan boshlaylik. O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunning 1– moddasida shunday ta’rif berilgan. “yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish”. Ushbu mazmundagi ta’rifni boshqa adabiyotlarda ham uchratishimiz mumkin.
Ta’rifda belgilab o‘tilgan – «qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish» ko‘rsatmasi banklarning qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar olib borishidagi nazariy hamda huquqiy asos deb ayta olamiz. Chunki bank omonatlarni jalb qilib, uning evaziga omonatchilarga qimmatli qog‘ozlarni topshiradi. Bu aksiyalar, obligatsiyalar, depozit sertifikatlari va boshqalardir. Keyingi ko‘rsatmasi – « ularni qaytarishlik, to‘lashlik va muddatlilik shartlari asosida o‘z nomidan joylashtirish», bu erda banklar qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish evaziga yig‘ilgan mablag‘lardan kreditlar beradi yoki boshqa obyektlarga (boshqa qimmatli qog‘ozlarga bo‘lishi mumkin) investitsiya qiladi. «to‘lovlarni amalga oshirish.», – bu erda ham banklar qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foiz, dividend va boshqa to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin.


Davlat qimmatli qog‘ozlari bilan operatsiyalar


  1. rasm. Banklarning qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarini tasnifi70

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, bankka berilgan ta’rifdagi barcha ko‘rsatmalar banklarning qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiradigan ham emission, ham investitsion, qolaversa to‘lovlarni amalga oshirishda vositachilik operatsiyalarini asosini tashkil qilar ekan. Tijorat banklari universal moliya-kredit institutlari bo‘lib, qimmatli qog‘ozlar bozorining ishtirokchilari hisoblanadi. Turli mamlakatlarda tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi o‘rni turlichadir. Lekin, shuni aytish kerakki, tijorat banklarining milliy va xalqaro qimmatli qog‘ozlar bozorilari bilan o‘zaro munosabatlarining amaliy jihatdan bog‘liqligi bo‘lgandek umumiy nazariy bog‘liq tomonlari ham bor.
Har qanday mamlakatning qimmatli qog‘ozlar bozorida banklarning roli oshishi asosiy omili bo‘lib – o‘sha mamlakat xo‘jalik subyektlarining moliyaviy resurslardan keng doirada foydalanishini ta’minlovchi hamda yuqori innovatsion-investitsion faoliyati va ularning moliyaviy risklarini sug‘urtalash uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni ta’minlab beruvchi zamonaviy va sifatli bank xizmatiga bo‘lgan talabining yil sayin oshib borayotgani hisoblanadi. Tijorat
banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyat shakllarini kengayishi va diversifikatsiyalanishi tijorat banklari boshchiligidagi yirik moliya–bank gruppalarining tashkil bo‘lishiga olib keldi. Ular o‘z atrofida investitsion fondlar, brokerlik firmalari, trast kompaniyalar, konsultasion firmalar va hokazolar kabi nisbatan mustaqil tarkibiy bo‘linmalarning yuzaga kelishiga sababchi bo‘ldi.
Tijorat banklari xorijiy mamlakatlarda investitsion-bank filiallari va shu’ba korxonalarni tashkil qilib, xalqaro qimmatli qog‘ozlar bozoriga chiqib bormoqda. Banklarning qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalari qonun tomonidan tug‘ridan– tug‘ri chegaralangan mamlakatlarning, aynan usha banklar tomonidan ochilgan xorijiy filiallarining investitsion faoliyati doirasi tobora kengayib bormoqda.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida tijorat banklari faoliyatining yangi shakli sifatida – u yoki bu moliya aktivlariga kapitalni investitsiya qilish bilan bog‘liq qator masalalar bo‘yicha konsultatsion xizmatlar ko‘rsatish bozorga kirib kelmoqda. Konsultatsion xizmatlar ko‘rsatish–turli aktivlarning daromadi va risklari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirini chuqur tahlil qilish hamda mijozlar uchun qimmatli qog‘ozlarni sotib olish algoritmi va qimmatli qog‘ozlar portfelini uning daromad dinamikasini hisobga olgan holda shakllantirish kabilarni amalga oshiruvchi bankning ichki informatsion tizimiga tayanadi.




Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin