Respublikasidagi



Yüklə 55,05 Kb.
səhifə1/2
tarix05.12.2022
ölçüsü55,05 Kb.
#72390
  1   2
7-mavzu O’zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o’zgarishlar


7-mavzu: O’zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy ozgarishlar
Reja:
1. Aholi bandligiva real daromadlarini izchil oshirish.
2. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘likni saqlash tizimini
takomillashtirish, xotin-kizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish
3. Aholining hayot sharoitlarini yaxshilash borasidagi islohotlar.
4. Ta’lim va fan sohasinirivojlantirish.
5. Yoshlarga oid davlat siyosatinitakomillashtirish..


Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish. Samarali mehnat uchun zarur sharoitlar, munosib ish haqi, zamonaviy uy-joylar, sifatli ta’lim va tibbiy yordam, dam olish va hordiq chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish - bularning barchasi iqtisodiy sohadagi islohotlarimiz mohiyati va mazmunini belgilab beradigan muhim omillardir. SHu borada nafaqat eng kam oylik ish haqini, balki byudjet tashkilotlarida ham, xo‘jalik yurituvchi subektlarda ham o‘rtacha ish haqi mikdorini, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini bosqichma- bosqich ko‘paytirish maqsadga muvofiq.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning bepgga ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham byudjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyasiya suratlaridanyuqorimiqdorda izchil oshirish hamustuvor vazifa qilib qo‘yilgan.
Mamlakatimizda aholi bandligini taminlash ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishlaridan biri, xalq turmush darajasi va sifatini yuksaltirishning muhim sharti sifatidabelgilangan.
Binobarin, yurtimizda har yili milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, hududlar bo‘yicha mehnat resurslaridan yanada to‘liq va oqilona foydalanish, aholining ijtimoiy muhofazasinitaminlashga qaratilgantegishlidasturlar qabul qilinyapti.
Milliy mehnat bozorining etiborga molik o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi: aholining asosiy qismini Yoshlar tashkil etishi (har yili yarim milliondan ortiq bitiruvchilar ishga joylashish bo‘yicha ko‘makka muxtoj); 700 mingdan ortiq ishsizlarning, shuningdek, ishchi kuchining talab va taklifi bo‘yicha nomutanosiblikning mavjudligi, ayrim tumanlarda ishsizlik va norasmiy sektorda ish bilan bandlikningyuqoridarajasikuzatiladi.
“Aholini ish bilan taminlash biz uchun nafaqat iqtisodiy, ayni paytda katta ijtimoiy ahamiyatga egadir. Hokimliklar, vazirlik va idoralar, ish beruvchitashkilotlar bilan bir qatorda bank muassasalarini ham bu ishga yanada faol jalb etishi kerak. Aholi bandligini hal etishda turizmni rpvojlantirish bo‘yicha katta imkoniyatlarni ishga solishimiz lozim”. SHavkat Mirziyoev
Yurtimizda yiliga 1,5 million odamni ishga joylashtirishga ehtiyoj bulsa-da, o‘tgan yili (2016 yil) Bandlikka ko‘maklashish markazlari atigi 248 ming kishini yoki 16,5 foizini ishga joylashtirgan. Buning asosiy sabablari ish faoliyatidagi eskirgan shakl va usullar hamda bandlik muammolarini hal etishdagi rasmiyatchilik bilan bog‘liq.Bunday holat bandlikka ko‘maklashishning faol siyosat choralarini amalga oshirish, yani ish o‘rinlarini yaratish, avvalo Yoshlarni va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi toifalarini ish bilan taminlash, tadbirkorlik faolligini rag‘batlantirish chorasini ko‘rishga zaruriyatini keltirib chiqaradi.YAigi ish o‘rinlarini tashkil etishda erkin iqtisodiy zonalarning ham o‘rni katta. Xususai, mamlakatimizda «Navoiy» «Angren» va «Jizzax» erkin iqtisodiy zonalari tashkil etilgan. SHuningdek, O‘zbekiston Resiublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi 4931-son farmoni bilan «Urgut», «G‘ijduvon», «Qo’qon» va «Xazorasp» erkin iqtisodiy zonalari tashkil etildi2. Bu iqtisodiy zonalarda meva- sabzavot va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, to‘qimachilik, gilam to‘qish, poyabzal va charm-galantereya, ekologik jihatdan xavfsiz kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa yo‘nalishlardayangizamonaviy ishlab chiqarishquvvatlarinitashkiletish yangi ish o‘rinlariningyaratilishiga zaminyaratadi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mehnat bozori talablariga asosan, professional kadrlarni qayta tayyorlash yuzasidan qisqa muddatli trening va o‘kuv kurslarini o‘tkazish bo‘yicha nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini rag‘batlantirish, nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash tartibini soddalashtirish, davlat akkreditatsiyasiga ega bo‘lgan nodavlat ta’lim muassasalari uchun davlat namunasidagi hujjatlarni berish bo‘yicha mavjud cheklovlarni bartaraf etish nazarda tutilgan.SHuningdek, Harakatlar strategiyasida o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida kerakli talabdan ortiq hajmda tayyorlanayotgan gumanitar ta’lim yo‘nalishlarini qisqartirishni va mos ravishda agrar sektor, kurilish va ishlab chiqarish sohasi, uy- joy kommunal xo‘jaligi sohasi mutaxassislari tayyorlashni kengaytirishni ko‘zda tutuvchi o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’lim mutaxassislik yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilgan. Joriy va istiqboldagi kadrlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda mutaxassislarni tayyorlash, agrar sektor, qurilish va ishlab chiqarish sohasi, uy-joy kommunal xo‘jaligini malakali mutaxassislar bilan hamda bitiruvchilarni kafolatlangan ish bilan taminlash imkonini beradi.Hududlarda aholi bandligini taminlash hamda qo‘shimcha daromad manbaini yaratish maqsadida tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratish xajmini yan ada oshirish ham bu muammoni hal qilinishiga yordam beradi.Aholini ijtimoiy himoya qilish va
sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish. CHorak asrlik mustaqil taraqqiyotimiz davrida mamlakatimizda inson hayotini yaxshilash, uning qulay turmush sharoitlarini yaratish maqsadida ulkan ishlar amalga oshirildi. Demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etish, bunda aholini ijtimoiy himoya qilish, uning sog‘ligini kafolatlash yo‘nalishida jahon va milliy tajribaga asoslangan holda yaxlit tizim yaratildi.Ayni vaqtda zamon talabi, mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, aholini ijtimoiy himoyalash va sog‘likni saqlash tizimini takomillashtirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taqozo etmoqda.
Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan Xdrakatlar strategiyasida Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘likni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-kizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish ustuvor yo‘nalishlardan birn sifatida belgilandi.O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston sobiq Ittifokdan meros bo‘lib qolgan tizimlashmagan, umumiy shaklga ega bo‘lgan ijtimoiy himoya tizimini tubdan yaxshilab, tizimli, manzilli harakterga ega bo‘lgan va ko‘lami bo‘yicha aholining barcha katlamlarini har tomonlama himoyalashni tashkil etishga qaratilgan takomillashgan tizimni joriy etdi va bugungi kunga kelib aholiga ijtimoiy kafolatlarni taminlamoqda.Bugungi kunda Davlat byudjetining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilmoqda. 1991 yilga taqqoslaganda, aholining real daromadlari 12 barobardan ziyod ko‘paydi, ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafakdlar salmoqli darajada oshdi. Istemol tovarlari ishlab chiqarishnijadal suratlar bilan oshirish va aholining ularga bo‘lgan talabini qondirish taminlanmoqda.Taraqqiyotimizning bugungi bosqichida ijtimoiy sohaning aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni taminlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarining ijtimoiy himoyasini hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlashni kuchaytirish, ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish masalalariga e- tibor qaratilmoqda.Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish borasida 2017-2021 yillarda barcha tuman, shahar tibbiyot birlashmalari va oilaviy poliklinikalar, onkologik muassasalar, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazlarini, Respublika ilmiy shoshilinch tibbiy yordam markazi, tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining klinikalari va respublika klinik shifoxonalarini hamda to‘rtinchi
darajali ko‘p tarmoqdi bolalar tibbiyot markazlarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadiva aholiga ko‘rsatilayotgantibbiyyordam sifati oshiriladi.
Aholining hayot sharoitlarini yaxshilash borasidagi islohotlar. O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab amalga oshirilgan islohotlar jarayonida aholining turmush farovonligini hamda hayot sifatini oshirish yuzasidan katta yaratuvchilik ishlari amalga oshirildi. Bugungi kunda Davlat byudjetining kariyb 60 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilmoqda. Bu aholining hayot sifati yaxshilanishiga xizmat qilmoqda. SHu bilan birga aholini, ayniqsa qishloq aholisini yangi, shinam uy-joylar bilan taminlash borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Aholi daromadlari ko‘payishi esa ularning hayot farovonligini yuksaltirishga asos bo‘lmoqda.SHu bilan birga «Republikamizda jadal suratlar bilan zamonaviy yo‘l-transport va muxandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tashkil kilinmosda. Jumladan, Qamchiq dovonidan o‘tadigan, noyob tog‘ tunelini o‘z ichiga olgan Angren - Pop temir yo‘l tarmog‘i, Toshg‘uzor- Boysun-Qumqurgon temir yo‘li qurildi. Toshkentdan Samarkand, Qarshi va Buxoroga yo‘lovchi tashiydigan yuqori tezlikdagi temir yo‘l qatnovi ochildi. Xalqaro aeroportlar modernizatsiya qilindi, Navoiy aeroporti negizida xalqaro logistika markazi tashkil qilindi va O‘zbekiston milliy avtomagistrali barpo etildi»20. Erishilgan yutuqlar bilan birga aholining o‘sib borayotgan talab- ehtiyojlarini to‘laroq qondirish, ularning samarali ishlashi hamda hayoti uchun munosib sharoitlar yaratish xalqimiz farovonligini taminlashda muhim zaruriyatga aylanmokda va bu O‘zbekistonni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. SHularni hisobga olib, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagivazifalarni amalga oshirish belgilabberilgan:
— aholi, eng avvalo, Yosh oilalar, eskirgan uylarda yashab kelayotgan fuqarolar va uy- joy sharoitini yaxshilashga muxtoj boshqa fuqarolarning yashash sharoitini imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari ajratish hamda shahar va qishloq joylarda arzon uylar qurish orqali yanadayaxshilash;
- aholining kommunal-maishiy xizmatlar bilan taminlanish darajasini oshirish, eng avvalo, yangi ichimlik suvi tarmoqdarini qurish, tejamkor va samarali zamonaviy texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish orqali qishloq joylarda aholini toza ichimlik suvi bilan taminlashni tubdanyaxshilash;
- odamlarning ekologik xavfsiz muxitda yashapshni taminlash, maishiy chikindilarni qayta ishlash komplekslarini qurishva modernizatsiya qilish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, chiqindilarni yo‘q qilish bo‘yicha zamonaviy obektlar bilan taminlash;
- aholiga transport xizmati ko‘rsatishni tubdan yaxshilash, yo‘lovchi tashish xavfsizligini oshirish va atrof muhitga zararli moddalar chiqishini kamaytirish, har tomonlama kulay yangi avtobuslarni sotib olish, avtovokzal va avtostansiyalarni qurishhamdarekonstruksiya qilish;
- yo‘l infratuzilmasi qurilishi va rekonstruksiya qilinishini davometgirish, eng avvalo, mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish, xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, aholi punktiko‘chalarini kapital va joriy tamirlash;
- yangi elektr energiya ishlab chiqarish quvvatlarini qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish, past kuchlanishli elektr tarmoqlari va transformator punktlarini yangilash asosida aholini elektr energiyasi hamda boshqa yoqilg‘i- energiya resurslari bilan taminlashni yaxshilash, shuningdek, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- teatr va tomosha maskanlarini, madaniy-marnfiy tashqilotlar va muzeylar faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.
Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish. Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlash siyosatini rivojlantirish hamda ta’lim moddiy-texnik bazasinimustahkamlashdagi chora-tadbirlar tizimi.
Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish davlat siyosati mano- mazmunidan va uning dolzarbligidan kelib chiqib, uni quyidagicha izohlash mumkin: birinchidan, yangi ta’lim tizimi, barkamol avlod kadrlarini tayyorlashdagi o‘zgarishlar va yangicha yondashuvlar, zamonaviy kasb sohalarining paydo bo‘lgani hamda uning mamlakatimiz sharoiti bilan bog‘liqligidir; ikkinchidan, ta’lim jamiyatning ijtimoiy tajribasini keyingi bosqichga uzatadi; uchinchidan, ta’lim inson shaxsining intellektual-manaviy qirralarini shakllantirish, uningjamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, siyosiy, madaniy, marifiy hayotida faol va muvaffaqiyatli ishtirokini taminlashga qaratilgan harakatlar yig‘indisi bo‘lib, marifat hamda bilim berishni anglatadi; to‘rtinchidan, fan jamiyatning ijtimoiy institutlaridan biri bo‘lib, tabiat va jamiyat hayotini aks ettiruvchi ijtimoiy ong shakli. U katta ilmiy salohiyatni, ijodiy kuch-quvvatni birlashtirib, manaviy barkamol insonni tarbiyalashga, mamlakatdakudratli ilmiy salohiyatni yaratishga xizmat qiladi.
Harakatlar strategiyasida maktabgacha ta’lim muassasalarining qulayligini taminlash, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish chora-tadbirlari belgilangan.
Uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat olib borishi ta’lim dasturlarining izchilligi asosidataminlanadiva quyidagita’lim turlarinio‘z ichiga oladi:
1. Maktabgachata’lim. 5. Oliyo’quvyurtidan keyingita’lim.
2. Umumiy o‘rtata’lim. 6. Kadrlar malakasini oshirish va
3. O‘rta maxsus, kasb-hunar ularniqaytatayyorlash. ta’limi.
4. Oliy ta ’lim. 7. Maktabdantashqarita’lim.
SHuni alohida takidlash kerakki, rivojlangan mamlakatlarda ta’lim samaradorligi, taraqqiyotning 16 foizi - moddiy-texnik bazaga, 20 foizi - axborot resurslarnga, 64 foizi - inson omiliga bog‘liq. Bu uchala omil bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ta’lim-tarbiyaning moddiy- texnik bazasi, mavjud resurslaridan, imkoniyatlaridan oqilona foydalanish inson mafaatiga xizmat qiladi va uning ratsional rnvojlanishini belgilab beradi.Bugungi kunda ta’lim davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Davlat byudjetidan ta’lim va ilm- fanni rivojlantirishga 34,3 foiz mablag‘ sarflanadi. Ta’limga ajratilgan mablag‘lar byudjet harajatlar qismining 33,7 foizi darajasida rejalashtirilib ta’lim sohasiga yo‘naltirilayotgan harajatlar xajmi mamlakatimiz YAIM tarkibida 10- 12 foizni tashkil etadi. Holbuki, jahon tajribasida bu ko‘rsatkich 3-5 foizdan oshmaydi. Qariyb 9,5 ming yoki mamlakatimizda faoliyat ko‘rsagayotgan maktablarning deyarli barchasida qurilish, kapital rekonstruksiya va tamirlash ishlari amalga oshirildi. O‘quv maskanlarining zamonaviy o‘quv laboratoriya, mebel jihozlari bilan taminlanganita’lim sifativa mazmuniga yuksak etibor qaratilmoqda.
Bugungi kunda aksariyat maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy- texnik bazasi zamon talablarigajavob bermaydi. Bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish ko‘rstagichi hamon pastligicha qolmoqda. SHu boisdan ham 2200 ta maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun jami 2,2 trillion sum mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan.2016 yilda maktabgacha ta’lim muassalariga bolalarnikamrab olish 27 foiznitashkiletgan, kelajakda uni 80 foizga etkazish rejalashtirilgan. SHuningdek, qarorda qishloq joylarda yangi maktabgacha ta’lim muassasalarini kurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan jihozlar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar va multimedia vositalari bilan taminlash nazardatutilgan.
Ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlariga o‘tishda oliy ta’lim muassasalari faoliyati va samaradorligini oshirishdagi ustuvor vazifalar. O‘zbekistonda keyingi uch yilda 35 ta yangi oliy o‘quv yurti tashkil qilindi va ularning umumiy soni - 112 ta, Bularning 13 tasi xorijiy oliy ta’lim muassasalarining filiallaridir21.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish borasida quyidagilar rejalashtirilgan:
- akademik soha, o‘quvdasturlari ishlab chiqilib,tasdiqlash;
- o‘quvjarayoninitashkiletish;
- pullik xizmatlar ko‘rsatish va moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini izlashda oliy o‘quv yurtlari vakolatlarini kengaytirish yo‘li bilan ularning mustaqilligi bosqichma-bosqichrivojlantirish.
- milliy kadrlarningraqobatdoshligini oshirish;
- Boloniyajarayoni ishtirokchi mamlakatlari diplomlarinio‘zaro tanolish;
- o‘qituvchi va talabalar bilan almashuv dasturlarini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi 1999 yil 19 iyundagi Boloniya deklaratsiyasiga qo‘shilish masalasi ko‘rib chiqish.
- Ilm-fan taraqqiyotining yangi bosqichi: fan, ilmiy-tadqiqot, innovatsion yutuqlarni rag‘batlantirish va ularni amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish hamda ixtisoslashgan laboratoriya, yuqori texnologiya markazlariva texnologiyalarni joriy etish.
- fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanadatakomillashtirish;
- jahonning etakchi universitetlari, ilmiy markazlari va fanlar akademiyalari bilan ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash;
- yangi fan, ilmiy tadqiqot, innovatsion yutuqlarni rag‘batlantirish va ularni amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlari yaratilmoqda.Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida «Yoshlarga oid davlat siyosatini takomkomilashtirish» deb nomlaigai alohida band (4.5-band) kiritilgan. U ijtimoiy sohani rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlaridan birining tarkibida o‘z ifodasini topdi. Unda jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq qatiy hayotiy nuqtai nazarga ega Yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish, o‘rta maxsus, kasb-hunarva oliy ta’lim muassasalaribitiruvchilarini ishga joylapggirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish, Yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ruyobga chiqarish, bolalar va Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, Yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, Yosh oilalar uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish, Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat hokimiyati na boshqaruvi organlari, ta’lim muassasalari, Yoshlar va boshqa tashkilotlarning samarali faoliyatini tashkil etish vazifalari belgilab berilgan.Malumki, 2016 yilning 14 sentyabrida O‘zbekiston Respublikasining 33 moddadan iborat «Yoshlarga oid davlat siyosatito‘g‘risida»gi O‘RQ-406-son Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonunning qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 20 noyabrda qabul qilingan«O‘zbekiston Respublikasida Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida»gi 429-XII-son Qonuni o‘z kuchini yo‘qotdi. Qonunlarni qabul qilish masalaning bir jihati bo‘lsa, ularni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rish uning boshqa bir jixatidir. SHu o‘rinda «Yoshlarga oid davlat siyosati» tushunchasinimani anglatishiyi bilib olishimiz lozim. Yoshlarga oid davlat siyosati
deganda, davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda Yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy- iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi tushuiiladi. O‘zbekiston Respublikasining «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonuni 6- moddasiiiig 1-qismida «Yoshlarga oid davlat siyosati davlat dasturlari, xududiy va boshqa dasturlar asosida amalga oshirilishi mumkin», deb belgilab qo‘yilgan. O‘sha moddaning ikkinchi qismida «Davlat dasturlari, xududiy va boshqa dasturlar Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab- quvvatlash, Yosh fuqorolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hamda madaniy xuquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ro‘yobga chiqarishni taminlaydigan zarur shart-sharoitlarni yaratish, jamiyat hayotida ularning o‘rni va faolligini oshirish, sog‘lom va barkamol Yosh avlodni tarbiyalash maqsadida ishlab chiqiladi hamda amalga oshiriladi», deyiladi. SHu o‘rinda «Yoshlar» tushunchasining yuridik mazmuniga to‘xtalib o‘taylik. Xush, Yoshlar deganda qonun hujjatlari kimni nazarda tutadi? “Yoshlarga oid davlat siyosatito‘g‘risida”giQonunning 3-moddasiga muvofiq,
«Yoshlar (Yosh fuqorolar) - o‘n to‘rt Yoshga to‘lgan va o‘ttiz Yoshdan oshmagan shaxslar»dir. Yosh oila deganda, er-xotinniig ikkisi ham o‘ttiz Yoshdan oshmagan oila yoxud farzand (bola) tarbiyalab voyaga etkazayotgan o‘ttiz Yoshdan, oshmagan yolg‘iz otadan yoki yolg‘iz onadan iborat bo‘lgan oila, shu jumladan, nikohdan ajralgan, beva erkak (beva ayol) tushuniladi. Yosh mutaxassis deganda, oliy yoki O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini bitirgan, ta’lim muassasasini bitirganidan so‘ng olgan ixtisosligi bo‘yicha uch yil ichida ishga kirgan va malumoti to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatilgan ixtisosligi bo‘yicha ishlayotganiga uch yildan ko‘p bo‘lmagan o‘ttiz Yoshdan oshmagan xodim tushuniladi. Yoshlar tadbirkorligi deganda esa, yuridik shaxs tashkil etmagan holda Yosh fuqarolar tomonidan, shuningdek, tasischilari Yosh fuqarolarbo‘lgan yuridik shaxslartomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatitushuniladi.
«Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonunning 5-moddasida Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan. Ana shunday yo‘nalishlardan biri sifatida Yosh oilalarni manaviy va moddiy jihatdan qo‘llab- quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish bo‘yichakompleks chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish vazifasi belgilangan.
Qonunning 9-moddasida Yoshlarga oid davlat siyosatini ruyobga chiqarishda ishtirok etuvchi organlar va muassasalar tizimiga ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalari, davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘likni saqlash muassasalari, madaniyat va sport ishlari bo‘yicha organlar, mehnat organlari, prokuratura organlari, ichki ishlar organlari, adliya organlari, mudofaa ishlari bo‘yicha organlar kirishi bilan bir qatorda, bu
borada boshqa organlar va muassasalar ham qonun hujjatlariga muvofiq ishtirok etishi mumkinligi belgilab berilgan. SHundan kelib chiqib, Yosh oilalarni qo‘llab- quvvatlash va uy-joy bilan taminlash maqsadida hududlarda
«Kamolot» uylarini qurish va imtiyozli kredit asosida faol Yoshlarga taqdim etish vazifasi belgilandi. Bunday uylar loyiha-smeta hujjatlari asosida tijorat banklari kreditlari evaziga quriladi. Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayottan Yosh oilalarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida ular zamonaviy uy-joylar
bilan taminlanadiva ularga uzoq muddatli ipoteka kreditlari ajratiladi.
O‘zbekiston Prezidentining xalqimiz o‘rtasida, ayniqsa Yoshlar orasida kitobxonlik ananasini yanada jonlantirish, kitob mutolaasiga keng etibor karatish bo‘yicha amalga opshrayoggan say-harakatlari diqqatga sazovordir. O‘quvchi Yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash maqsadida ta’lim muassasalarida «Men sevib o‘qigan kitob» va «Eng yaxshi kitobxon» tanlovlari tashkil etilmoqda. Bunday tadbirlar vositasida o‘quvchi Yoshlar turli yot g‘oya va mafkuralardan himoya qilinadi, ularning mafkuraviy immuniteti mustahkamlanadi hamda jamiyatda yuksak manaviyatni qaror toptirishga hissa qo‘shiladi. Har bir tuman markazida kitob do‘konlari ochildi va ular yangi asarlar bilan boyitildi. 40 ga yaqin nomdagi o‘zbek mumtoz va hozirgi zamon adabiyoti, jahon mumtoz adabiyoti durdonalari nashr etildi va hududlarda, xususan, respublika axborot- resurs markazlarida ularning takdimoti o‘tkaziladi. Bunday ezgu ishlarni amalga oshirishdan adabiyot orqali xalq manaviyatini yuksaltirish, oilaviy kitob o‘qish ananalarini keng torg‘ib qilish, yozuvchi va kitobxon o‘rtasidagi muloqotni kuchaytirish, Yoshlarni intellektual rivojlangan va manan barkamol qilib voyaga etkazishda kitobning o‘rni va ahamiyatiga, kitob mutolaasi madaniyatiga bo‘lgan etiborni kuchaytirsh maqsad qilib olingan. O‘sib kelayotgan avlodning kitob va boshqa bosma mahsulotlarga qiziqishini o‘stirish maqsadida O‘zbekiston xalqining madaniy- marifiy merosi, tarixi bo‘yicha adabiyotlar chiqaruvchi nashriyot uylari, bosmaxonalar, asarmualliflariga soliq va boshqa preferensiyalar takdim etilmoqda, iqtisodiy rag‘batlantirish choralariko‘rilmoqda.
Harakatlar strategiyasiga asosan oliy o‘quv yurtlari kirish sinovlarida chin etim, etim va nogironlarga imtiyozlar yaratilgan. Davlat taminotidagi etim bolalar, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar hamda 1- guruh ko‘zi ojiz nogironlarga ta’lim olishda keng imkoniyatlar yaratilgan. Ularga oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishda alohida davlat granti ajratgan holda, imtiyozlar belgilangan, hududlarda ayrimyo‘nalishlar bo‘yicha maqsadliqabulkvotalaritasdiqlangan.
Alohida takidlash lozimki, uyushmagan Yoshlarning sport bilan muntazam shugullanishi uchun etarli shart-sharoitlar yaratilishi kerak. Bu maqsadda mahallalarda zamonaviy sport maydonchalarini barpo etish, uyushmagan Yoshlar o‘rtasida musobaqalar tashkil etish (street sport) lozim. Agar jamiyat azolarining
barcha qatlamlari, ayniqsa Yoshlar sport bilan muntazam shug‘ullansa, bu sog‘lom avlod to‘g‘risidagimaqsadlarimiz va intilishlarimizning hayotiy ifodasidemakdir. Barchamizga yaxshi malumki, mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga, Yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga yo‘naltirilgan uch bosqichli sport musobaqalari («Umid nihollari»,«Barkamol avlod», «Universiada») yo‘lga qo‘yilgan. SHu munosabat bilan sport musobaqalari final bosqichi o‘tkaziladigan ta’lim muassasalari tamirlanadi va jihozlanadi. Buning natijasida o‘quvchi Yoshlarning sog‘lom va barkamol bo‘lishlari uchun tegishli sharoitlar yaratiladi.Oliy ta’lim muassasalarining bakalavr yo‘nalishida to‘lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan chin etim, Mexribonlik uyida tarbiyalangan va ota- onasi ota-onalik huquqidan maxrum qilingan, kam taminlangan oilalardagi iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish maqsadida «Ta’lim granti», «Kasaba uyushmalari stipendiyasi» loyihalari asosida sti- pendiyalar to‘lash amalga oshirib boriladi. Ushbu ishlarni tashkil etish natijasida ijtimoiy himoyaga muxtoj, iqtidorli talabalarga oliy ta’lim muassasasida ta’limni davom ettirish uchun imkoniyat yaratiladi hamda ularning harakati bilimi va intilishi moddiy-manaviy jihatdan rag‘batlantiriladi. Iqtidorli Yoshlarni izlab topish, ularni rag‘batlantirish, ijodiy salohiyatini yuksaltirish va katta sahnalarga olib chiqish, Yoshlar etiborini musiqa va sanatga qaratish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish, Yosh iqtidorli ijodkorlarni izlab topish va ularning ijodini rag‘batlantirish, Yoshlarni Vatanga muhabbat, mustaqillik g‘oyalariga sadoqat va fidoyilik ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi qator festivallar, ko‘rik tanlovlar o‘tkazilmoqda, davlat mukofotlari joriy etilgan. Masalan, istedodli Yoshlarni ruyobga chiqarish, kashf etish, sanat olamiga kirib kelayotgan Yoshlarni har tomonlama qo‘llab- quvvatlash maqsadida «Nihol» mukofoti, iqtidorli qizlar orasida “Zulfiya” mukofotlarijoriy etilgan.
Turli sohalarda mehnat kilib, xalqimiz hurmat-etiboriga sazovor bo‘lgan zamon qahramonlari faoliyati to‘g‘risida hujjatli filmlar yaratish, ular bilan muntazam ravishda adabiy kechalar o‘tkazishga doimo etibor berib kelingan. O‘z kasbi bo‘yicha yuksak natijalarga erishgan turli soha vakillari faoliyatini targ‘ib qilish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yoritish, ularni Yoshlarga namuna sifatida etkazishva keng targ‘ib qilish muhim ahamiyatga ega.
Eshlar o‘rtasida tibbiy madaniyatni oshirish, ularga tibbiy ko‘rikdan doimiy o‘tishining ijobiy tomonlarini tushuntirish maqsadida ta’lim muassasalari, mahallalar hamda tibbiyot punktlarida «Salomatlik kunlari»ni tashkil etish belgilangan. Bu tadbirlarning amalga oshirilishi aholi, ayniqsa, Yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzi shakllantirilishiga, ularning tibbiy madaniyati yuksaltirilishiga hissa qo‘shadi, Yosh avlodni sog‘lom va barkamol qilib voyaga etkazishda o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatadi. Ota-onalarning pedagogik
madaniyatini, farzand tarbiyasi borasidagi burch va mas uliyatini oshirish maqsadida fuqarolar yig‘ini huzurida «Ota- onalar universiteti» faoliyatida foydalanish uchun uslubiy qo‘llanma va ko‘rgazmali materiallar ishlab chiqilmoqda, fuqarolar yig‘ini xodimlari va faollariuchun «Yosh avlod tarbiyasida ota-onalar masuliyatini oshirish» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini o‘tkazish choralari belgilangan. Ushbu chora-tadbirlar barkamol avlodni huquqiy, manaviy- axlokiy jixatdan tarbiyalashda ota-onalarning savodxonligini oshirish, namunali, ibratli oilalar tajribasini ommalashtirishni, mavjud ibratli anana vakadriyatlarni saqlashvarivojlantirishniko‘zdatutadi.
Yoshlarimiz o‘rtasida mamlakatimizda amalga opgarilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish, axlokiy va media madaniyatni oshirishga qaratilgan uchrashuvlar, davra suhbatlari, treninglar, viktorinalar, tushuntirish tadbirlarini o‘tkazish, mahallalarda aholi va Yoshlarbilan terrorizmva diniy ekstremizmga qarshi kurashishga bag‘ishlangan uchrashuvlar o‘tkazish muhim ahamiyatkasb etadivabuborada ham tegishlivazifalar belgilandi.
Notinch oilalar farzandlari, uyushmagan Yoshlar, ish bilan band bo‘lmagan, «ommaviy madaniyat» tasiriga tushib qolgan yigit-qizlarning xatti-harakatlarini nazoratga olishda ota-onalarning masuliyatini oshirish, kashandalik, alkogolli ichimliklar istemol qilish va boshqa illatlar profilaktikasiga oid tadbirlar, seminarlar o‘tkazish, buklet, plakat, ko‘rgazmaliko‘llanmalar chop etish, ko‘rsatuv va eshittarishlar tashkil qilish Yoshlarning «ommaviy madaniyat» tasiriga qarshi immunitetani mustahkamlash, manaviy-axloqiy madaniyatini oshirish, sog‘lom turmush tarziga, sog‘lom oila qurishga intilishlarini rag‘batlantirishni ko‘zda tutadi.

Yüklə 55,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin