Rivojlantirish instituti a. R. Jabborov, S. S. Sotiboldiyev veterinariya akusherligi, ginekologiyasi va sun



Yüklə 24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/40
tarix28.04.2017
ölçüsü24 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40

8
- jadval
Qishloq  xo'jalik  hayvonlarining  urug‘  miqdori
N as ld o r  erk a k   hayvon
Eyakulyat  m iqdori  (ml)
minimal
o'rta c h a
maksim al
Buqa
2
4 - 5
1 0 - 1 5
Q o 'c h q o r
0 ,5
1,2—2,0
3 - 4
A y g 'ir
4 0 - 5 0
5 0 - 1 0 0
3 0 0 - 6 0 0
Cho'chqa
100
2 0 0 - 4 0 0
8 0 0 - 1 2 0 0
Pufakchasimon  bezlar fruktozani  limon  kislotasi singari jinsiy gormonlar 
ta’sirida ishlab chiqaradi. Urug'dagi qand moddasining miqdori hayvon zotiga 
va uning oziqlanishiga bog'liq.
Urug‘  tarkibida  vitaminlardan  askorbin  kislotasi,  A  vitamini,  B,  vitamini 
(tiamin),  B2 vitamini  (riboflavin),  pentogen va nikotin  kislotalari topilgan.
Urug' tarkibida spermalarga xos biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etuvchi 
turli fermentlar mavjud. Bularga amilaza, linaza, fenoloksidaza, peroksidaza, 
katalaza,  tripsin,  karbonsilaza,  sitoxromidaza,  sitoxrom,  degidrogenaza, 
adenozintrifosfat va boshqalar kiradi. Spermalar, shuningdek turli gormonlar 
ham  ishlab  chiqaradi.  Bu  gormonlarga  antifertilizin  kiradi.  Bu  gormon 
tuxumhujayra ishlab chiqqan fertilizin gormoni spermalarni  himoya qiladi.
1.1.  Sokolovskaya ayrim hayvonlarning urug' zardobi tarkibida mutsinaza 
fermenti  borligini  aniqladi.  Mutsinaza  fermenti  bachadon  bo‘yinchasidagi 
quyuq massa mutsinlarni yumshatish vazifasini bajaradi.  Bu ferment quyon 
prostata bezi suyuqligi tarkibida ko‘p uchraydi.
Prostata bezi suyuqliklari tarkibiga aminokislotalar, tuzlar, fermentlardan 
tashqari  prostaglandin  va  vazoglandinlar  ham  mavjud,  ular  bachadon 
ichaklarni  qisqartiradi  va qon-tomir devorlarini toraytiradi,  bundan tashqari, 
uning tarkibida antiglyutin bo'ladi,  u spermiyalarni agglyutinatsiyadan (yopi- 
shib qolishdan) saqlaydi.
Spermalarning tuzilishi. Sut emizuvchilarning spermalari juda murakkab 
tuzilgan  bo'lib,  uning  bosh,  bo'yin, tana va uzun  dum  qismlari  bor.
Spermalar mikroskopik kattalikda bo'ladi va uni qurollanmagan ko'z bilan 
ko'rib bo'lmaydi.  Uy hayvonlari spermalarning  umumiy uzunligi 55 dan 7 0
 
gacha bo'ladi. Buqa spermalari bosh qismining uzunligi 8 ^   (myu) ga, bo'yin-
1, tanasi-10, dumi-50, dumining oxirgi qismi-3 
fi
 ga teng bo'ladi. Uy hayvonlari

spermalarning  bosh  qismi  qoshiqsimon  bo'lib,  1— 2 /<  qalinlikka  ega.  lin ing  
o'rta va orqa qismida hujayra yadrosi joylashgan bo'ladi.  Bosh qism ining old 
tomonidan  chexoli  (jildi)  bo'ladi.
Ko'pincha bir eyakulyatning o'zidan spermalarning katta-kichikligi turlicha 
bo'lishi  aniqlangan.  Masalan,  cho'chqa spermalarining  kattaligi  37,5— 62,6 
fi
  gacha  bo'lsa,  buqalarniki  62— 78 
n
  gacha  bo'ladi  (A.  V.  Kvasnisikiy). 
Spermalarning  urg'ochi hayvon tuxumhujayrasi  diametridan  qariyb 2 marta 
kichik bo'ladi  (ularning diametrlari o'rtacha  120— 130 m ga teng  bo'ladi).  Bir 
dona  spermaning  hajmi  16— 20  ming  marotaba  kichik.  1  sm 3  hajmda  20 
mlrd spermalarni joylashtirish  mumkin.
Spermaning kimyoviy tarkibi. 
Hayvon spermalarining o'rta hisobda 75% 
i suv va 25%  i  quruq  moddadan  iborat.  Quruq  m oddalartarkibining  85%  ini 
oqsillar,  18,2%  ini  lipidlar (yog' va yog'simon  moddalar)  va  1,8%  ini  mineral 
moddalar tashkil  qiladi.
Spermaning oqsil tarkibida juda ko'p aminokislotalar mavjud.  Spermalar 
urug' zardobiga qaraganda aminokislotalarga boy hisoblanadi. Masalan, sper- 
ma tarkibida arginin  aminokislotasi  20— 23%  bo'lsa,  urug'  zardobida 7,9  ni 
tashkil  qiladi  (quruq  modda  hisobida).
Sperm alarning  turli  qism larida  kim yoviy  m oddalar  m iqdori  bir  xilda 
bo'lmaydi.  Masalan,  uning  bosh  qismi  murakkab  oqsil  nukleoproteidlardan 
tu z ilg a n .  U n in g   ta r k ib id a   —   R N K   (rib o n u k le in   k is lo ta s i) ,  DNK 
(dezoksiribonuklein  kislotasi)  kiradi.  Bular tarkibida  ko'p  m iqdorda  azot  va 
fosfor  bo'ladi.  Bundan  tashqari  spermalarning  bosh  qismida  qisman  oddiy 
oqsil  (giston),  letsitin  va  tuzlar  bo'ladi.  Spermaning  bo'yin  va  tana  qismida 
nuklein  kislotalari  oz,  dum qismida asosan  oddiy oqsil va  lipidlar bo'ladi.
Spermaning hamma qismida oltingugurt bo'ladi, uning miqdori 1,5% gacha 
boradi.  Oltingugurt  turli  am inokislotalar tarkibiga  kiradi,  ayniqsa,  sitstin  va 
mitionindan  ko'p  bo'ladi.
Spermaning  kimiyoviy tarkibi  shuni  ko'rsatadiki,  erkak hayvonni  sifatli  oziq 
bilan  boqish  katta ahamiyatga ega.  Normal spermalarning hosil  bo'lishi  uchun 
nasldor  hayvonning  oziq  ratsioniga  oqsilga  boy,  tarkibida  azot  va  fosfor 
saqlaydigan oziqalarni qo'shib berish maqsadga muvofiq bo'ladi. Demak, o'simlik 
oziqalari tarkibida barcha kerakli aminokislotalar bo'lmaydi, shuning uchun ularga 
hayvonot mahsulotlaridan (baliq uni, go'sht uni, go'sht-suyak uni, qon uni, tovuq 
tuxumi,  tvorog  va  boshqa)  olinadigan  oziqalar qo'shilishi  yaxshi  natija  beradi. 
Nasldor hayvonning oziqa ratsionini to'g'ri tuzish  katta ahamiyatga ega.
Spermalarning  harakati. 
Barcha  spermalari  dumi  bilan  harakat  qiladi. 
Tashqi urug'lanish guruhiga kiradigan hayvonlarda (jinsiy suyuqlikning suvga 
c h iq a rilis h i)  s p e rm a la r  s p ira l  s h a k lid a   h a ra ka t  qila d i,  bu  u ru g 'n in g  
tuxum hujayra  bilan  uchrashishini  tezlashtiradi.  Ichki  urug'lanish  guruhiga 
kiruvchi hayvonlarda spermalar to'g'ri chiziqli ilgarilanma harakat qiladi. To'g'ri 
chiziqli  tekis  harakat  —   sperm alarning  muhim  xususiyatlaridan  biri,  shu 
harakat  tufayli  u  tuxum hujayra  bilan  uchrashib  urug'lantirishga  muvaffaq 
bo'ladi.  Spermalarning  harakati  ularning  dum  qismida  to'lqinsim on  va  o'z 
o'qi  atrofida aylanishi  tufayli sodir bo'ladi.

Spermalarning to‘g‘ri chiziqli  ilgarilanma  harakatining  o‘rtacha tezligi xona 
sharoitida turli hayvonlarda bir daqiqadada 1 —2 mm dan 4—5 mm gacha boladi. 
Spermalar suyuqlik oqimiga qarshi harakat qilish xususiyatiga (reotaksis) ega. 
Bu holatni ulaming moslashuvi, ya’ni kuyukkan urg'ochi hayvon 
jinsiy a ’zosidan 
ajralayotgan
 suyuqlikka 
qarshi borish xususiyati
 deb hisoblanadi.
Sperm alarning  elektr  zaryadi  va  agglyutinatsiyasi. 
Sperma  uzun 
urug'don  ortig'i  kanalidan  o'tayotib,  u  yerda  ishlab  chiqarilayotgan  quyuq 
shira ta’siri natijasida nozik parda bilan qoplanadi. Natijada spermalar zaryad 
beruvchi maxsus elektr zaryadiga ega bo'lmaydi va elektr maydoniga (elek- 
trofarez) kamerasiga joylashtirilsa ham katod, ham anod tomon harakat qiladi. 
Aksincha,  urug'don  ortig'ining  oxirgi  dum  qismidan  olingan  spermalar 
faqatgina anodlar tomon  harakat  qiladi,  shunday qilib,  bularning  hammasi 
bir xil  manfiy elektr zaryadiga ega bo'ladi.
Shu zaryad tufayli spermalar bir-birini  itarishadi va bir-biri  bilan  yopishib 
qolmaydi. Qo'chqor va buqalarning quyuq urug'idagi spermalarning haddan 
tashqari ko‘p bo'lishiga qaramay, ularning harakati shu elektr zaryadlar tufayli 
tartibga solinadi.
Spermalarning lipoproteid qobig'i buzilganda ular elektr zaryadini yo'qotadi 
va  bir-biri  bilan  yopishib  qoladi,  ya’ni  agglyusinatsiyaga  uchraydi.  Buqa  va 
qo'chqor  urug'larida  bu  holat  muhit  reaksiyasining  kislotali  tomonga  o'tishi 
vodorod ionlari konsentratsiyasining oshishi va sut kislotasining ko'payishi tu­
fayli sodir bo'ladi.  Urug' muhiti pH-5,0— 6,4 bo'lganida spermiyalarning  bosh 
qismi  elektr  zaryadini  yo'qotadi  va  yulduzli  agglyutsinasiya  sodir  bo'ladi  va 
ular  bosh  qismlari  bilan  bir-birlariga yopishadi,  dum  qismi  esa  har tomonga 
qarab faol bukiladi. Kislotali muhitning oshishi spermalar elektr zaryadini yanada 
ko'plab  yo'qotadilar  va  tartibsiz  ravishda  bir-birlari  bilan  yopishib  qoladilar 
(koagulyatsiya).  Bunday  paytda  spermalarning  harakati  qo'zg'atilmaydi, 
ularning hammasi o'lgan bo'ladi. Agglyutsinatsiyaga uchrab qolgan spermalar 
sekin ajraladi.  Bu,  ular strukturalarining o'zgarishi tufayli sodir bo'ladi.
Urug'ga  tashqi  omillarning  ta’siri. 
Urug' organizmdan tashqi  muhitga 
chiqqandan so'ng turli xil ta’sirlarga uchraydi.  Bu ta’sirlarni bilmasdan turib, 
urug'larni uzoq saqlash va ularni urug'lantirish qobiliyatini oshirishga erishish 
mumkin emas.
Harorat  ta ’siri.  Harorat  sperm alarning  hayotchanligi  va  ularning 
urug'lantirish  qobiliyatini  oshirishda  muhim  rol  uynaydi.  Tashqi  muhit 
haroratining  o'zgarishi  spermalarga  ta’sir  qiladi  va  ular  bu  o'zgarishlarni 
turlicha  qabul  qiladi.  Spermalar  +38— 40°C  haroratda  yuqori  faollikda 
(harakatchan)  bo'ladi,  ammo  bunda  ularning  yashash  muddati  qisqaradi. 
Bu jarayon  spermalar  modda  almashinuvining  tezlashishi  bilan,  oziq  mod- 
dalarning tez sarf bo'lishi  natijasida ko'p sut kislotasining  hosil  bo'lishi  bilan 
bog'liq.  Harorat  43—45°C  ga  ko'tarilganida  spermalarning  faolligi  yanada 
oshadi,  lekin shu bilan  birga, 47°C darajada ularning urug'lantirish qobiliyati 
mutlaqo yo'qoladi,  50°C  ularning  hammasi o'ladi.
Haroratning pasayishi (+38°C dan past bo'lganda) asta-sekinlik bilan olib 
borilsa,  u  vaqtda  spermalar  chidamli  bo'ladi.  Uni  birdan  tezda  pasaytirish

sperm alarga ta’sir  ko'rsatadi.  Aniqlanishicha,  haroratni  18— 16°C,  ayniqsa 
0°C darajagacha pasaytirish spermalarning sovuq urishiga olib keladi, hara- 
katchanligi yo'qolib  batamom o ‘lad¡.
Temperaturaviy shok yoki sovuq urish holati yangi olingan urug'larni tezlik 
bilan  kuchli sovutishda juda yaxshi  namoyon  bo'ladi.  Urug'ni 38°C  dan  0°C 
gacha  sovutganda  qariyib  hammasi  o'ladi.  Agar  urug‘ olingandan  so'ng  bir 
necha  so at  xona  h a ro ra tid a   saqlansa,  unda  ularning  pastga  harorat 
chidam liligi  ancha  oshadi.  Shundan  so'ng  urug'ni  20°C  dan  0°C  gacha 
sovutsak, 30— 50% shokli holatdan chiqadi va tirik qoladi, ammo urug'lantirish 
qobiliyati  pasayadi.
Spermalarning  harakatchanligini  oshiradigan  muhitda,  kislotali  muhitga 
qaraganda  sovuqqa  chidamliligi  yuqori  bo'ladi.  Urug‘don  ortig'i  kanalidan 
olingan  sperm alarning  sovuqqa  chidamliligi  yuqori  bo'lib,  ularda  tem pe­
raturaviy shok deyarli  kuzatilmaydi.
Q o'chqor  va  buqalardan  yangi  olingan  urug'lar  sovuq  ta ’siriga  juda 
chidam siz  bo'ladi,  bunga  sabab  eyakulyat  miqdori  juda  oz  bo'lib,  ularga 
sovuqning  ta ’siri  kuchli  bo'ladi,  bu  ayniqsa,  urug‘  qish  oylarida,  sovuq 
urug‘yig ‘gichlarda olinganda  kuzatiladi.
T em peraturaviy  shokning  oldini  olish  uchun  ishlatiladigan  urug'yig'- 
gichning  harorati +25°— +35°C,  xonaning harorati +20°— +25°C,  ishlatiladi­
gan  suyultirgichlarniki  o'rtacha  bo'lishi  kerak  (18— 20  darajadan  yuqori 
bo'lganda odatda tem peraturaviy shok bo'lmaydi).
9 - jadval
S p e rm alarga  h arorat o ‘zgarishining  ta ’siri
H a ro ra t
S pe rm a larning  harakati 
(mm  min)
H arakatning  davom   etishi
46,5"
1 0 - 1 4
1— 1,5  soat
45,0"
1 0 - 1 4
1,5—4  soat
O
co
co
6 - 1 0
12—30  soat
1 7 ,0 ”
2 - 4
3 6 —120  soat
10,0°
1 - 2
7 2 —160  soat
5,0"
0
1 20—2 8 0   soat
O-
0
10—24  kun
- 1 2 °
0
15—30  kun
- 7 9 °
0
3 6 5   kundan  o rtiq
Urug'ni saqlashda  optimal  harorat  0°  hisoblanadi,  bunda spermalarning 
harakati to'xtatiladi, moddalar almashinuvi susayadi va ularning urug'lantirish 
qobiliyati  uzoq  vaqt  saqlanadi.  Bunday  urug'larni  sekin  isitilgandan  so'ng 
sperm alarning  harakati tiklanadi.
M.  P.  K uznetsov  tajribasi  shuni  ko'rsatadiki,  qo'chqorlardan  olingan 
urug'lar 0o da  izotermik idishlarda saqlanganda haraktchanligi 71  kungacha 
saqlanadi. Ammo urug'lantirish qobiliyati bunda 3— 4 kundan so'ng pasayadi.
Urug'ning  bu xususiyatlarini  mukammal  o'rganish,  ularni  past  haroratda 
(79° dan  196°)  uzoq  m uddat saqlash  usullari  ishlab chiqilgan.

O s m a t i k   b o s i m   t a ’ s i r i .   Hayvon urug'lari n isbatandoim iyosm atik 
bosim ga  ega.  Urug‘  zardobining  osmatik  bosimi  bilan  sperm alar  ichidagi 
osm atik  bosim  deyarli  bir  xil  bo'ladi.  Spermalarning  hayoti  uchun  ularning 
suyuq qismida erigan moddalar qancha bo'lsa,  protoplazm asida ham shun- 
cha  bo'lishini  talab  qilinadi  (izotoniya).  Gipotonik  va  gipertonik  eritm alar 
sperm alargajudayom on ta’sirqiladi.  1.1.  Ivanovning aniqlashicha, spermalar 
gipertonik eritmalarga qaraganda gipotonik eritm alarga yaxshi  chidaydi.
Sperm alar  gipertonik va  gipotonik  eritmalarda  asta-sekinlik  bilan  o'ladi. 
Ulishdan  oldin  ular 
osm atik a n a b io z
 deb  ataluvchi  holatga  o'tadi.  Osmatik 
anabioz holatidan spermalarni chiqarishga eritma konsentratsiyasini izotonik 
holatga yetkazish  bilan erishiladi. Ayniqsa osmatik bosimning birdan o'zga- 
rishi  spermalarga  juda  yomon  ta ’sir  qiladi.  Eritmalar  konsentratsiyasining 
sekinlik  bilan  o'zgarishiga  sperm alar  moslashib  olib,  bu  eritmalarda  uzoq 
yashashi  mumkin.
A ga r  sperm alar  osh  tuzining  distillangan  suvdagi  — 0,5% ,  — 1,0%, 
— 2,0%,  -3 ,0 %   eritmasi  bilan  aralashtirilganda,  ular faqatgina  0,9— 1,0%  li 
eritmalarda (izotonik) yashay oladilar va harakatchan bo'ladilar, ammo 0,5% 
li (gipotonik) eritmalarda ham, 2% lisida ham ularning harakatchanligi keskin 
kamayadi,  3%  li  (gipertonik)  eritm alarda  esa  hammasi  nobud  bo'ladi.  Bu, 
shu  bilan  izohlanadiki, spermaning  qobig'i o'zining fizik-kim yoviy xususiyat- 
lariga  ko'ra  yarim  o'tkazgich  membranadan  iborat.  Bu  m embrana  orqali  u 
yoki  bu  tomonga  qarab  suv  hamda  kislorod  va  uglerod  IV  oksidi  bemalol 
o'tadi,  ammo tuz  zarrachalari,  qand  va  boshqalar juda  sekinlik  bilan  o'tadi. 
Shuning  uchun  gipotonik  eritmalarda  suvning  hujayra  protoplazm asiga tez 
o'tishi  hisobiga  sperm alar  shishadi  va  turgor  holatga  keladi,  gipertonik 
eritmalarda esa aksincha, spermiyalar protoplazmasidagi suv ko'p chiqarilib, 
plazmoliz holatga keladi.  Qo'chqor urug'i  uchun —  6,4%,  buqa va cho'chqa 
urug'i  uchun  —   6%,  quyon  urug'i  uchun  —   5,4%  ayg'irlar  uchun  —   7%  li 
glukoza  eritmasi 
izotonik eritma
 hisoblanadi.
Sperm alar  nafaqat  qo'shimcha  jinsiy  bezlar  suyuqliklarida  balki  sun’iy 
tayyorlangan qand va tuz eritm alarida ham yashay oladi.  Buni birinchi bo'lib
1.1.  Ivanov ochgan. Bu eritmalar 
urug'larni suyultiruvchilaróey'úadii,
 ularq at’iy 
izotonik bo'lishi  kerak.
I o n   t u z i l i s h i n i n g   t a ’ s i r i.  Urug‘ tarkibida turli  organik-noorganik 
moddalar  bo'lib,  ular  ion  tarkibini  aniqlovchi  elektrolit  va  noelektrolitlarga 
bo'linadi, urug'ning muhitini belgilaydi. T uzlar (elektrolitlar) ayg'ir va cho'chqa 
urug'i tarkibida buqa  urug'iga  nisbatan  ko'p  bo'ladi.
T u rli  io n la rn in g   u ru g 'la rg a   ta ’s irin i,  u larni  s a q la s h   va  u la r  uchun 
suyultiruvchilar tayyorlashda hisobga olish  kerak.
K o 'p c h ilik   tu z  e ritm a la ri  u ru g 'la rg a   s a lb iy   ta ’s ir  q ila d i,  y a ’ ni  u la r 
spermalarning  ta’sirchanligini,  harakatchanligini  oshiradi,  natijada  ular  o'z 
energiyasini tezda yo'qotadi va nobud bo'ladi.  Bundan tashqari, 2,3-valentli 
metallarning  (Ca,  Al,  Mg)  kationlari sperm iyalarning  m anfiy elektr zaryadini 
neytrallaydi, bu ularning yopishishi (agglyutinatsiyasi) ga olib keladi.  1 -valentli 
metallarning  ionlari  esa bunday salbiy ta ’sirlarga ega emas,  shuning  uchun

urug‘  suyultiruvchilam i  tayyorlashda  natriy  va  kaliy  tuzlaridan  foydalanish 
kerak.
E r i t m a   m u h i t i n i n g   t a ’ s i r i .   Sperm alarga  energiya  beruvchi 
jarayonning  tezlashuvi  nafaqat  tashqi  muhit  haroratiga  va  urug‘  tarkibiga, 
balki  m uhit  reaksiyasiga  ham  bog'liq  bo'ladi.  R eaksiya  kislotali  m uhit 
dissotsiatsiya  davrida  ajratiladigan  vodorod  ¡onlarining  konsentratsiyasiga 
bog'liq (pH). Kislotali muhitning kattaligi pH 7 (aniqrog'i 7,07) ga teng bo'lgan- 
da neytral  reaksiya hisoblanadi.
Urug'don  ortig'i  kanalida  sperm alar  kislotali  muhitda  pH-5,57  dan  6,9 
gacha  (o'rtacha  u  6,1  ga  teng)  bo'ladi.  Bu  muhitda  sperm alar  harakatsiz 
(anabioz  holida)  bo'ladi.
Eyakulyatsiya davrida urug‘ ishqoriy muhitga ega bo'lgan qo'shimcha jinsiy 
bezlar suyuqliklari bilan qo'shilib,  neytral holga yaqinlashadi,  bu spermalarni 
anabioz holidan  chiqaradi va  ular harakat qila boshlaydi.
Y o r u g ‘ I i k  t a ’ s i r i. Tabiiy sharoitda urug'ga quyosh nuri ta ’sir etmaydi. 
Shuning  uchun  quyosh  nurining  salbiy  ta’siriga  ularda  himoya  reaksiyasi, 
pigmentlari yo‘q. Urug‘ deyarli tiniq va rangsiz.  Bir vaqtlar spermalarga hamma 
nurlar yomon ta ’sir etadi deb ularni qora shishadan yasalgan idishlarda saq- 
laganlar.  K eyinchalik  quyosh  nurining,  ayniqsa,  ultrabinafsha,  infraqizil 
nurlarining  urug'larga salbiy ta’siri  aniqlanadi.
Qizil  va  infraqizil  nurlar  issiqlik  effektini  bersa,  ultrabinafsha  nurlar  esa 
bakteriosid ta ’siriga  ega.  Shuning  uchun  ham  quyosh  nurining  to‘g‘ri  ta’siri 
hamda kuchli sun’iy yorug'lik spermalarning 20— 40 minut ichida nobud qiladi. 
Quyosh  nuri  ta ’siri  sun’iy  qochirish  paytida  quyosh  nuri  to'g'ri  tushmasligi 
kerak.
X i m i y a v i y   m o d d a l a r   t a ’ s  i r i.  S p erm ala r  tu rli  xil  kim yoviy 
m oddalar  ta ’siriga  chidamsiz  bo'ladi.  Ayniqsa  ularga  yod  bug'lari,  kreolin, 
lizol,  skipidar,  nashatir  spirti,  xlorid  va  sulfat  kislotalari,  efir  va  boshqa 
uchuvchi, o'tkir hidli moddalar yomon ta ’sir ko'rsatadi. Shuning  uchun sun’iy 
qochirish  punktlari va laboratoriyalarida dori va dezinfiksiyalovchi  moddalar 
saqlanm asligi  kerak.
S un’iy  urug'lantirish  punktlarida  sun’iy  qin  va  boshqa  asbob-anjomlar, 
idishlarni  yuvish  uchun  soda  eritmalaridan,  dezinfeksiyalash  uchun  esa —  
spirt  yoki  furatsilindan  foydalaniladi.  Lekin  bular  ham  urug'ga  salbiy  ta’sir 
qiladi. Shuning  uchun  bu eritmalarning qoldiqlarini idish va asboblardan  1% 
li  osh  tuzi  eritm asi  bilan  chayiladi.
Spermalarga tamaki hidi, atir, sovun, poyafzal moyi, chesnok, piyoz hidlari 
yomon  ta’sir qiladi.  Ayrim antibiotiklar (biomitsin, sintomitsin va gramitsidin) 
va sulfanilam idlar zaharli ta’sir ko'rsatadi.
M i k r o o r g a n i z m l a r n i n g   t a ’ si r i .  Sog'lom nasldor hayvon urug'lari 
tarkibida  m ikroorganizm lar  bo'lmaydi.  Lekin  ishlab  chiqarish  sharoitlarida, 
ayniqsa, veterinariya, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilmaganda urug' 
turli xil  m ikroorganizm lar bilan  ifloslanadi.
Mikroorganizm   sun’iy qinga va  urug'ga,  urug'  oladigan  xona  havosidan, 
nasldor hayvonlarning tanasidan  va jinsiy a’zolaridan tushadi.

Odatda, urug‘da turli xii kokklar, ichak tayoqchalari, stafilakokklar, sodda 
hayvonlar va saprofit  mikroorganizmlar  uchraydi.  Erkak hayvonlarning  turli 
xil  yuqumli  va  invazion  kasallik  qo‘zg‘atuvchilari  ham  urug'da  uchraydi 
(trixomonoz, vibrioz,  brutsellez).
2- LABORATORIYA MASHG‘ULOTI
1-topshiriq. 
Spermalar tarkibini aniqlash  ularning tuzilishi va muhitning 
turli  haroratlarida ularning  harakatini o'rganish.
T e k s h ir is h   o b y e k tla r i  va  k e ra kli  jih o z la r: 
spermalarning  tuzilishi 
sxemasi,  buqa,  qo'chqor va ayg'irlardan xo'roz va erkak quyonlardan yangi 
olingan  urug'  va  0°C  haroratda  muzlatgichda  1  kun  davomida  saqlangan 
hayvon  urug'i,  qoplagich  va  buyum  oynalari,  shisha  tayoqchalar,  limon 
kislotasi  natriyli tuzning  1%  li  eritmasi,  o'lchov  menzurkalar va  probirkalar, 
muz solingan  idishlar va termometr.
Qisqacha uslubiy ko'rsatm a. Urug' olinganda dastlab uning rangiga va 
hidiga e’tibor beriladi.  Buqa va qo'chqor eyakulyatlarining hajmi  bo'limlarga 
bo'lingan urug‘yig‘gichga yoki pipetka yordamida aniqlanadi. Erkak cho'chqa 
va  ayg'irlaming  eyakulyat  hajmi  maxsus  menzurkalar yordamida aniqlana­
di. Bunda turli hayvonlarning urug'donlarini, urug'don ortig'ining, qo'shimcha 
jinsiy  bezlarining  faoliyatiga  baho  berilib,  eyakulyat  hajmiga  va  spermalar 
konsentratsiyasi  aniqlanadi.  Spermaning  tuzilish  sxemasi  o'rganiladi. 
Spermalarning bo'yalgan surtmalari mikroskop ostida 600 marta kattalash- 
tirilgan  holda o'rganiladi.
Bir  tomchi  sperma  toza  shisha  tayoqcha  yordamida  buyum  oynasiga 
tomiziladi  va  u  qoplagich  oyna  bilan  yopib  mikroskop  ostida  tekshiriladi. 
Tomchi shunday kattalikda olinishi kerakki, u qoplagich oyna bilan yopilganda 
atrofidan  urug'  qoldiqlari  oqib  chiqm asligi  kerak.  M ikroskop  ostida 
spermalarning  harakatlari  kuzatiladi.  Ular tebranma, to'g'ri chiziqli  ilgarilan- 
ma  va  aylanma  harakatda  bo'lishi  mumkin.  Spermalarning  to'g'ri  chiziqli 
ilgarilanma harakatini faollashtiruvchi  hamda spermalar agglyutinatsiyasini 
paydo qiluvchi omillarni o‘rganamiz.
Yangi olingan spermiyalar havo harorati +18—23°C bo'lgandagi harakati 
aniqlanib,  keyinchalik  harorat  40°C  ga  ko'tarilganda  urug*  harakatidagi 
o'zgarishlar  aniqlanadi.  Shundan  so'ng  tayyorlangan  surtma  ustiga  1— 2 
daqiqa  muz  qo'yib  sperm alar  tezda  sovutilib,  m ikroskop  ostida  ular 
harakatining so'ngra sekin qizdirilib, sperma harakati faolligining ortaberishi 
kuzatiladi.  Bir  qism  spermalarda  esa,  sovuqning  kuchli  ta’siridan  ular 
harakatsizlanib  nobud  bo'lganligi aniqlanadi.
Yangi  olingan  urug'dan  tayyorlangan  surtmadan  bir tomchi  olib  buyum 
oynasiga  qo'yib,  1—2  daqiqadan  so'ng  buyum  oynani  harorati  50— 55°C 
bo'lgan issiq suv solingan idish ustiga qo'yamiz, so'ngra uni mikroskop ostida 
tekshiramiz.  Bunda  spermalarning  harakati  tezlashganligi  va  tez  orada 
ularning  nobud bo'lishi  kuzatiladi.

Demak,  sperm alar  hayot-faoliyati  uchun  m uqobil  haroratning  ta’sirini 
o'rganish,  urug'ni  anabioz holatiga tushiruvchi va tezda nobud  bo'lishiga  olib 
keluvchi omillarni o'rganishga e’tiborni qaratish kerak. 0 ‘quvchilarning asosiy 
e’tiborini ayniqsa sun’iy qochirish amaliyoti davomida tashqi muhit haroratining 
o'zgarishi  urug‘ faoliyatiga qanday ta’sir etishini o'rganishga qaratilishi  lozim.

Yüklə 24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə