Rivojlantirish instituti a. R. Jabborov, S. S. Sotiboldiyev veterinariya akusherligi, ginekologiyasi va sun



Yüklə 24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/40
tarix28.04.2017
ölçüsü24 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40

2- topshiriq. 
Sperm alarga osmatik bosimning ta’sirini o'rganish.
Tekshirish obyektlari va kerakli jihozlar: 
mikroskoplar, hayvon urug'lari,
buyum va qoplagich  oynalar,  shisha tayoqchalar,  pipetkalar,  natriy xlom ing 
1%  va  3%  li  eritmalari,  glukoza-sitratli,  tuxum  sarig'i  aralashtirilgan  urug' 
suyultirgich.
Qisqacha  uslubiy  ko'rsatmalar. 
Bir tomchi  urug' toza shisha tayoqcha 
yordam ida  buyum  oynasiga  tomiziladi  va  uni  qoplagich  oyna  bilan  yopib, 
m ikroskop ostida tekshirib spermalarning harakati aniqlanadi.  Urug' quyida- 
gi nisbatlarda turli xil moddalar bilan aralashtirilgandan so'ng ham baholanadi:
1)  bir tomchi  urug'  2— 3 tomchi  natriy xlorning  1%  li  eritmasi  bilan  aralash- 
tiriladi;  2)  bir  tomchi  urug'  2— 3  tomchi  natriy  xlorning  3%  li  eritmasi  bilan 
aralashtirilganda  spermalarning  nobud  bo'lish  muddatlarini  aniqlash;  3)  bir 
tom chi  urug'ga  2— 3  tomchi  urug'  suyultirgichi  aralashtirib;  4)  bir  tomchi 
urug'ga 2— 3 tomchi  distillangan suv yoki  oddiy suv aralashtirilgan sperm a­
larning  dum  qismining  bo'yalib  qolishi,  aylanma  harakatlar qilishi  va  nobud 
bo'lishi  kuzatiladi;  5)  bir tomchi  urug'ga 2— 3 tomchi  natriy xlorning  0,5%   li 
eritmasi  bilan  aralashtirganda  spermiyalarning  dum  qismlarini  buralishi  va 
ularni aylanma  harakat qilishlari  kuzatiladi.
Aytilgan  barcha  m ikroskopik tekshirishlar  iliq  xonada olib  borilishi  kerak 
yoki  mikroskop uchun maxsus  isitgich stolchasidan foydalanish kerak.  Dars 
s o 'n g g id a   sp e rm a la rn in g   hayotchanlik  fa o liy a tig a   gipertonik,  izotonik, 
gipotonik eritmalarning ta’sirini o'quvchilar bilan birga muhokama qilish kerak.
3- topshiriq. 
Sperm alarga kislotali  muhitning  holati ta’sirini o'rganish.
Tekshirish  obyektlari  va  kerakli  jihozlar: 
mikroskop,  term ostatlar,
buyum   va  qoplagich  oynalar,  ichim lik  sodasining  1%  li  eritm asi,  natriy 
gidrooksidining 0,5%  li  eritmasi va xlorid  kislota.
Qisqacha uslubiy ko'rsatmalar. 
Buyum oynachalariga shisha tayoqcha 
bilan  birtom chidan urug'tom iziladi.  Birinchi buyum oynasiga tomizilgan  urug' 
ustiga  bir  tomchi  ichimlik  sodasining  1%  li  eritmasidan  tomizilib,  qoplagich 
oyna  bilan  yoqiladi  va  mikroskop  ostida  tekshiriladi.  Bunda  ichimlik  sodasi­
ning 1 % li eritmasi tomizilgan urug' bilan eritma tomizilmagan urug' tarkibidagi 
spermalar harakatidagi faollik aniqlanadi. Yangi urug' tomchisi ustiga bir tomchi 
natriy gidrookisidning 0,5% li eritmasidan tomizib, mikroskop ostida urug'ning 
harakati tekshiriladi. Demak, o'quvchilar spermalarning hayot faoliyati kislotali 
va ishqorli muhitda qanday bo'lishini o'zlashtirib olishlari kerak.
4- topshiriq. 
Spermalarga dorilar va turli dezinfeksiyalovchi moddalarning 
ta ’sirini o'rganish.
Tekshirish obyekti va kerakli jihozlar: 
mikroskop, hayvon urug'i, buyum 
va qoplagich oynalar, shisha tayoqcha va pipetkalar, yodning spirtli eritmasi, 
form alinning  2%  li  eritmasi,  lizolning 2%  li eritmasi,  70%  li  spirt-rektifikati.

Qisqacha  uslubiy  ko'rsatm alar. 
Buyum  oynasiga  bir  tomchi  urug‘ 
tomizib, qoplagich oyna bilan yopib mikroskop ostida spermalarning harakati 
kuzatiladi.
Boshqa  buyum  oynasiga  bir  tomchi  urug‘,  uning  ustiga  bir  tomchi 
dezinfeksiyalovchi  modda  tomizib,  urug'  bilan  aralashtiriladi  va  qoplagich 
oyna bilan yopilib, mikroskop ostida spermalar harakati kuzatiladi va bir necha 
daqiqadan so'ng ularning harakati mutlaqo to‘xtagani aniqlanadi. Xuddi shu 
tartibda yod  moddasidan  tashqari  barcha yuqorida aytilgan  kimyoviy  mod- 
dalar ta’siri o'rganiladi.
Yodning  spermalarga  ta’siri  quyidagicha  o'rganiladi:  buyum  oynasiga 
tomizilgan  bir  tomchi  urug*  atrofiga  bir  necha  yod  tomchilari  tomiziladi  va 
tomchilarni  qoplagich  oyna  bilan  yopmasdan  mikroskop  ostiga  qo'yiladi. 
Spermalarning  harakati  har daqiqada aniqlanib boriladi va necha daqiqada 
ularning harakati  mutlaqo to'xtagani aniqlanadi.
Parlangan sari yod parlari spermalarga halokatli ta’sir etadi. Spermalarning 
harakati  to'xtaydi  va  ular  yod  parlari  singishi  tufayli  sarg'aya  boradi.  Yod 
eritmasini  urug'  bilan  aralashtirganda  ularni  shu  zahotiyoq  nobud  bo'lishi 
kuzatiladi.
5- 
topshiriq. 
Spermalarni tashqi belgilariga ko'ra baholash.
Tekshirish  obyekti  va  kerakli  jihozlar: 
hayvonlardan  yangi  olingan
spermalar,  urug‘yig‘gich, o'lchov pipetkalari, hajmi  10,100, 200 va 500 ml li 
hajmdagi menzurkalar, doka salfetkalar.
Qisqacha uslubiy ko'rsatmalar. 
Buqa va qo'chqorlarning urug'yig'gich- 
larda  olingan  urug‘  hajmini  boshqa  idishga  qo'ymasdan  ham  aniqlash 
mumkin.  Agar  urug‘yig‘gichlarning  hajm  ko'rsatkichlari  bo'lmagan  taqdirda 
urug'ni  hajmini  maxsus  menzurkalar  yordamida  aniqlanadi.  Ayg'irlardan 
olingan  urug'ni  rezinkali  urug‘yig‘gichdan  maxsus  menzurkaga  dokadan 
sizdirib solinadi. Ayrim hollarda dokada quyuq, yopishqoq qo'shimcha jinsiy 
bezlar sharbati qoladi.  Bunda ularning hajmi alohida hisobga olinadi.  Erkak 
cho'chqalardan olingan urug' filtrsiz urug'yig'gichga olingan taqdirda, uni ham 
maxsus  menzurka dokadan sizib qo'yiladi.
Buqaning  normal  urug'i oq,  qo'chqorlarning  urug'i esa oq sarg'ish tusda 
bo'ladi.  Ayg'ir  va  erkak  cho'chqalarning  urug'i  oq  kulrang  bo'ladi.  Erkak 
hayvon  urug'i  norm al  holatda  hech  qanday  hidi  b o'lm a ydi.  Erkak 
cho'chqalarning  urug'idan  siydik  hidining  kelishi,  bu  ular preputsiyalarining 
toza yuvilmaganligidan  dalolat beradi.
Agar urug' rangi qizg'ish bo'lsa, unda uning tarkibiga qon aralashganligi- 
dan, ko'kimtir bo'lib, chiruvchi hid taraladigan bo'lsa, unda qo'shimcha jinsiy 
bezlarda yiringli yallig'lanish jarayoni borayotganidan dalolat beradi. Bunday 
urug'  bilan  hayvonlarni  qochirish  man  yetilib,  erkak  hayvon  davolanadi  va 
batamom sog'ayguncha qochirishga qo'llanilmaydi.
6- topshiriq. 
Spermalarni  harakatchanligi  va  konsentratsiyasiga  qarab 
baholash.
Sperma  harakatining  faolligi  urug'  baholashning  birinchi  ko'rsatkichi 
hisoblanadi. Agar urug' tarkibida to'g'ri chiziqli ilgarilanma harakat qilayotgan

sperm alar bo'lmasa,  unda bunday urug' bilan hayvonlarni qochirish mumkin 
emas.
Tekshirish obyekti va  kerakli jihozlar: 
yangi olingan  urug‘, mikroskop, 
buyum va qoplagich oynalar, shisha tayoqchalar, dokali salfetkalar, termostat.
Qisqacha uslubiy ko'rsatma. 
Bir tomchi urug1 buyum oynasiga tomizilib, 
qoplagich  oyna  bilan  berkitilib  38— 40°C  li  haroratda  m ikroskop  ostida 
tekshiriladi. Mikroskopning har bir ko'rish maydonida to‘g‘ri chiziqli ilgarilanma 
faol  harakat  qilayotgan  sperm alarning  foizi  aniqlanadi.  Masalan:  agar 
mikroskopning  har bir  ko'rish  maydonida  to'g‘ri  chiziqli  ilgarilanma  harakat 
qilayotgan spermalarning  soni 80%  bo'lsa,  unda  bunday urug'ni 8 ball  bilan 
baholaymiz. Agar mikroskopning ko'rish maydonidagi barcha spermalar to'g'ri 
chiziqli  ilgirilanma  harakat  qilayotgan  bo'lsa,  unda  urug'  eng  yuqori  —   10 
ball  baholanadi.  Agar urug' tarkibidagi  barcha sperm alar tebranma harakat 
qilayotgan  bo'lsa  unda  urug'-T  bilan,  agar  urug'dagi  sperm alar  mutlaqo 
harakatsiz  bo'lsa,  unda N-(nekrospermiya) deb  baholanadi.
Buqa  va  qo'chqorlardan  yangi  olingan  sifatli,  qochirish  uchun  yaroqli 
hisoblangan  urug'  tarkibidagi  to'g'ri  chiziqli  ilgarilanma  harakat  qilayotgan 
s p e rm a la r  soni  80— 90%   b o 'lis h i  va  bu  k o 'rs a tk ic h   a y g 'ir  va  e rkak 
cho'chqalardan  olingan  urug'larda 60— 80%  bo'lishi  kerak.
Sperm alarning  konsentratsiyasini  aniqlash. 
Bir  ml  urug'  tarkibida 
sperm iyalarning  miqdorini  ham da  ularning  eyakulyatdagi  umumiy  sonini 
aniqlash,  bu  asosiy  jinsiy  bez  hisoblangan  urug'don  faoliyatini  baholash 
dem akdir.  Shuningdek,  urug'  tarkibidagi  sperm alarning  konsentratsiyasi 
yuqori  bo'lganda  ularning  hayotchanligi  ham  shuncha oshadi.
M ikroskop ostida  urug' tarkibidagi  spermalarning  harakatini  baholashda 
uning quyuqligiga va spermalarning oz-ko'pligiga ham e’tibor beriladi. Bunda, 
agar mikroskopning ko'rish maydoni spermalar bilan juda zich to'lgan bo'lsa, 
unda  urug'  quyuq  urug'  hisoblanadi  va 
K
 bilan  belgilanadi;  agar spermalar 
orasi biroz ochiq  bo'lib,  unda o'rta quyuqlikdagi  urug' hisoblanadi va 
U
 bilan 
belgilanadi; agar spermalar orasidagi bo'shliq katta bo'lsa, unda bunday urug' 
siyrak urug' hisoblanadi va S bilan belgilanadi.  Urug' konsentratsiyasini ko'z 
bilan  m ikroskop ostida  baholash  ayrim  kamchiliklardan  holi  emas,  shuning 
uchun  urug'  tarkibidagi  sperm alar  konsentratsiyasini  aniqlashda  boshqa 
usullardan  ham  foydalanish  kerak bo'ladi.
7- 
topshiriq. 
Hisoblash  kamerasida spermalarning sonini  aniqlash.
Qon  tarkibidagi  shaklli  elem entlarni  hisoblaydigan  Tom,  Goryayeva, 
B ry u k e r  hisob la sh   a s b o b la ri  yord a m id a   ta rkib id a g i  s p erm a lar  sonini 
aniqlashni  o'rganish.
Tekshirish obyektlari va kerakli jihozlar: 
Urug', mikroskoplar, hisoblash 
kameralari, eritrotsit va leykotsitlar, sanash uchun ishlatiladigan melanjerlar 
(aralashtirgichi  bilan),  silliqlangan  qoplagich  oynalar,  natriy  xlorning  3%  li 
e ritm a s i,  d is tilla n g a n   suv,  re k tifik a t-s p irti,  R ichardson  sha rlari,  doka 
salfetkalar,  filtr qog'ozi.
Hisoblash  kameralari  qalin  buyum  oynasidan  iborat  bo'lib,  unda  3  ta 
ko'ndalang  ch iziqlar  bilan  bo'lingan  m aydonchalar  bo'ladi.  Bryuker  va

G oryayeva  hisoblash  kam eralarining  o‘rta  m aydonchasi  ikkiga  bo'lingan 
bo'lib,  ularning  har  birida  alohida  hisoblash  turlari  mavjud.  Tom  hisoblash 
kamerasining  umumiy maydonchasida bitta tur bo'lib,  u  16 ta katta kvadrat- 
larga bo'lingan bo'ladi.  Hisoblash kameralarining ikki chekkasidagi bo'limlari, 
o'rtadagi bo'limga nisbatan 0,1  mm balandroq bo'ladi. Bunda, qoplagich oyna 
ikki  chekkasidagi  bo'linm aga  joylashtirilganda  o'rtasidagi  bo'shliq  paydo 
bo'ladi.  Har bir kichik kvadratchaning  umumiy  maydoni  1/400  mm  ga teng.
Hisoblash  kameralaridan tashqari urug'ni aniq v a te n g  aralashtirish uchun 
m axsus  arala sh tirg ich -m e la n je rla r  kerak.  E ritro tsitla rn i  sanash  uchun 
mo'ljallangan  melanjerlarning  sharsimon  kengaygan  joyi  bo'lib,  uning  ichida 
teng  aralashtirishga  moslashgan  qizil  halqachasi  bo'lib,  unda  urug'  100  va 
200 marotaba suyultiriladi. Boshqa, leykotsitlarni sanashga mo'ljallangan ichida 
oq  halqachasi  bo'lgan  aralashtirgich  melanjerlarda  urug'  10 va 20 marotaba 
suyultiriladi.  Buqa  va  qo'chqorlarning  urug'lari  quyuq  bo'lganligi  sababli 
eritrotsitlarni  sanashga  mo'ljallangan  melanjerlar  ishlatiladi.  Erkak  cho'chqa 
va ayg'irlarning urug'larini sanash uchun leykotsit melanjerlardan foydalaniladi.
Aralashtirgichlar  toza  yuvilib,  yaxshi  quritilishi  lozim,  shunda  ularning 
sharsimon  kengaygan  joyidagi  halqachalar  faol  harakat  qilib  urug'ni  teng 
aralashtiradi.  Buning  uchun  m elanjer bir necha marta distillangan suv bilan, 
m elanjerdan  puflash yo'li  bilan,  efir qoldiqlari ham  m elanjerdan  puflash yo'li 
bilan  chiqariladi.  Hisoblash  kamerasi  va  silliqlangan  qoplagich  oyna  spirt- 
efirda namlangan tampon  bilan surtiladi, so'ng doka salfetka bilan  quritiladi. 
Q o p la g ic h   oyna  h isob lash  k a m e ra s i  ustig a   q o 'y ilib ,  yon  to m o n id a n  
kamalaksimon  halqachalar hosil  bo'lguncha surilib o'm atiladi.
Qisqacha  uslubiy  ko'rsatmalar. 
Melanjerning  yuqori  qism iga  rezinali 
naycha  kiygizilib,  qo'chqo r  va  buqalardan  olingan  urug'don  0,5  belgi 
o'lcham iga qadar tortiladi.  Shundan so'ng  uni  ustiga melanjerning  101  belgi 
o'lcham iga  natriy  xlorning  3%  li  eritmasi  tortiladi.  Bu  eritm a  ta’sirida  sper- 
malar harakatsizlanadi va bu hoi m ikroskop ostida tekshirish  uchun qulaylik 
yaratadi. Keyinchalik melanjerni ikki uchini bosh va ko'rsatkich barmoqlarimiz 
yordamida  ushlab  1— 2 daqiqa davom ida yaxshilab  aralashtiram iz va 2— 3 
to m c h i  s u y u q lik   to 'k ib   ta s h la n g a n d a n   so'n g  ta y y o rla n g a n   hiso b la sh  
kamerasining o'rtasiga bir tomchi melanjerda aralashtirilgan suyuqlikdan to- 
mizamiz.
Hisoblash kamerasini mikroskop ostiga qo'yib, 400 m arta kattalashtirilgan 
holda tekshirish olib boriladi.
Sperm alar  sonini  hisoblash  kamerasidagi  5  ta  katta  kataklarda  (80  ta 
m ayda  katakchalarda)  sanaladi.  Bunda  sperm alarning  bosh  qismi  qaysi 
katakcha  ichida joylashgan  bo'lsa,  u  shu  katak  hisobiga  kiritiladi.
H is o b la s h   v a q tid a   16  ta  ka tta   k a ta kd a g i  s p e rm a la r  so n i  a lo h id a  
hisoblanadi.  Urug'larni  sanashda,  leykotsitlarni  hisoblashda  ishlatiladigan 
mashinkalardan  foydalanish  ham  mumkin.  Demak  5  ta  katta  kataklardagi 
(16 ta  mayda  katakchalardagi)  sperm alar soni  aniqlanib  qo'shiladi.
Masalan: birinchi  katta katakdagi sperm alar soni —  45 ta,  ikkinchisida —  
53 ta,  uchinchisida —  52  ta,  to'rtinchisida —  56 ta,  beshinchisida —  53  ta,

demak hamma kataklarda 254 ta sanaldi. Agar urug‘ eritrotsitlarni sanashga 
mo'ljallangan melanjerlarda 200 marotaba suyultirilgan bo'lsa, unda 254 soni 
100  ga  bo'linadi.  Natijada  1  ml  urug‘  tarkibida  2,54  mlrd  sperm iya  borligi 
aniqlanadi.  Agar  urug‘  melanjerning  1,0  belgisigacha  olingan,  unda  hosil 
bo'lgan son 200 ga bo'linadi. Agar leykotsitlarni sanash  uchun  mo'ljallangan 
melanjerning  0,5  belgisigacha  urug'  olib,  suyultirilgan  bo'lsa,  unda  olingan 
son  100 ga  bo'linib  hisoblanadi.  Masalan:  erkak cho'chqalarning  urug'idagi 
sperm alar sonini  hisoblash  kerak  bo'lsa,  urug'ni  leykotsitar  melanjerda  20 
marotaba  suyultiriladi.  Katta  katakchalarda  topilgan  sperm alar  soni  240  ta 
bo'lsa,  bu  ko'rsatgich  1000 ga bo'linib  1  ml.  urug' tarkibidagi sperm alar soni
0,24  mlrd  deb  hisoblanadi.
Hisoblash  quyidagi formula asosida olib boriladi:
c  =  
n D
 * 4 0 0 P   =   2 4 0  * 20 * 4 0 0  * 10  = 240Q0 
N
 
80
buyerda: S — spermalar soni; n — sanalgan spermalar soni; D — urug'ni suyultirish 
darajasi; 
N
—  kichik katakchalar soni; 
R
—  kamera devorining chuqurligi,  u 0,1 
mm ga teng; 400— 1  mm2 maydondagi kichik katakchalarning soni.
Bir ml urug' tarkibidagi spermalar miqdorini aniqlash uchun olingan sonini 
1000 ga  ko'paytiriladi va natijasi 24  mln  yoki  0,24 mlrd.  bo'ladi.
Sperm alar sonini aniq  hisoblash  uchun  hisoblash  kam erasida 2  marota­
ba sanoq  o'tkazish  kerak.
Ish  tugagandan  so'ng  hisoblash  kameralari  va  qoplagich  oynalar  oldin 
toza suvda, so'ng distillangan suvda chayilishi kerak. Melanjerlar ham suvda 
so'ng spirt-efir aralashmasida chayilib rezina sharga yoki Richardson sharlari 
yordam ida puflab quritiladi.
3- LABORATORIYA MASHG'ULOTI
SPERMALARNING  NAFAS OLISHI, METIL SINKASINING 
RANGSIZLANISHIGA  KO'RA ANIQLASH
Tekshirish  obyekti  va  kerakli  jihozlar: 
Yangi  olingan  urug',  0,9% osh 
tuzining izotonik eritmasida tayyorlangan 0,01 % li metil sinkasining eritmasi, 
kapillyar diam etri 0,8— 1  mm bo'lgan 6— 8 sm uzunlikdagi shisha naychalar, 
qum  soati,  buyum  oynasi  pipetkalar,  oq  qog'oz.
Bu usul asosan spermalarni urug'ga aralashtirilgan metil sinkasi tarkibidagi 
kislorodni  o'zlashtirishiga  asoslangan,  natijada  eritma  rangsizlanadi.  Toza 
buyum  oynasiga  pipetka  yordam ida  bir  tomchi  yangi  olingan  urug',  uning 
ustiga  metil  sinkasining  0,01%  li  eritmasidan  bir  tomchi  tomiziladi.  Shisha 
naycha  bilan  ikki  tomchi  tezda  aralashtiriladi  va  aralashmani  naydan  2  sm 
balandlikda tortiladi. Keyin esa shisha naycha oq qog'oz ustiga qo'yilib, metilli 
sinkaning  qancha vaqtda  rangsizlanishi sekundomer yordam ida  kuzatiladi. 
Tekshirish 20— 22°C haroratda olib boriladi. Olingan natijalarga ko'ra quyidagi 
jadval yordam ida  urug'ning  sifati  baholanadi.

10-  jadval
Urug'larni  m etil  sinkasining  rangsizlanish  vaqtiga  ko'ra  baholash
S perm alar  s ifa ti
Buqa
Q o 'c h q o r
Ya xs h i  sifatli 
0 ‘r ta   sifatli
Y o m o n   (qochirish  uchun  y a ro q s iz )
5 - 1 0  
1 1 - 3 0  
30  dan  o rtiq
3 - 7  
8 - 1 2  
12  dan  o r tiq
Spermalar  kislorodni  qancha tez  yutsa,  ular  shuncha tez  metil  sinkasini 
rangsizlantiradi.  Bunda  ularning  chidamliligi  hamda  urug'lantirish  qobiliyati 
shuncha yuqori  bo'ladi.
Urug'da  spermalarning  sonini  aniqlash. 
Olingan  urug'ning  quyuq  va 
suyuqligi  aniqlangandan  so'ng  hosil  bo'lgan  suyuqlikdagi  sperm alarning 
sonini  aniqlash  katta  ahamiyatga  ega.  Chunki  spermalarning  soni  urg‘ochi 
hayvonni  qochirishdagi  asosiy  ko‘rsatkichlardan  biri  hisoblanadi.  Buqadan 
olingan  urug‘ tarkibida sperma sonini aniqlash  uchun  Goryayev, Tom a yoki 
Gyurka  setkasidan  foydaliniladi  (19- rasm).  Olingan  urug‘  ichidagi  sperm a­
lar  sonini  aniqlash  uchun  oldin  urug'ni  3%  li  osh  tuzi  yoki  distillangan  suv 
bilan  eritrotsitlarni  sonini  aniqlashda  ishlatiladigan  milanjerdan  foydalanila- 
di.  Buning toza va quruq melanjerning 0,5 yoki  1  soni yozilgan chizig'igacha 
urug‘ tortiladi  va  101  chizig'igacha 3%  li  osh  tuzi  yoki  distillangan  suv bilan 
to'ldiriladi.  Agar  urug‘  0,5  gacha  olingan  bo‘lsa,  100  marta  suyultirilgan,  1 
gacha olingan  bo'lsa,  200  marta suyultirilgan  hisoblanadi.
Shundan  keyin  melanjerning  ikki  tomoni  yaxshi  berkitilib,  2— 3  daqiqa 
aralashtiriladi.  Urug‘ sonini setkada  hisoblash  uchun  oldin  setkada  maxsus 
yupqa qoplagich  oynani  ishqalash  yo'li  bilan  yopishtirish  kerak.
Shundan  keyin  melanjerdan  3— 4  tomchi  suyuqlik  chiqarib,  tashlanadi 
va  keyingi  1  tomchi  suyuqligi  qoplagich  oyna  ostiga  sekin  yuboriladi.  Shu 
suyuqlik  tom izilgan  G oryayev  yoki  boshqa  setka  m ikroskopga  qo'yilib, 
sperm alar soni hisoblanadi.
Sperm alar  sonini  aniqlashda  5  ta  katta  yoki  80  ta  kichik  kataklarda 
setkaning  ichida  joylashgan  sperm alarning  sonini  hisoblash  yo 'li  bilan 
aniqlanadi.  1  ml urug‘ ichida qancha spermalar borligi quyidagi form ula orqali 
hisoblanadi:
Q  _   A /D * 4 0 0
5 -------


bu  yerda:  S — spermalarning  soni;
N
—  setkadagi  sanalgan  sperm alar soni;
D
—   urug'ning suyultirish  darajasi;
P
—   spermalarning  setkadagi  kichkina  katakchalar  sonini  (bu  odat  80 
bo'ladi)  ko'rsatadi;
400-urug‘ni sm3 ga  aylantirish  uchun  ko'paytiriladigan  son.
Misol  uchun  buqadan  olingan  10  ml  urug'ni  80  ta  mayda yoki  5  ta  katta 
kataklardagi  spermalarini  sanab  chiqqanimizda  u  156  ta  bo'ldi  deylik.  Bir

Y
500
Ü.
19- rasm.  U ru g 'd a  sperm alar  sonini  aniqlash: 
1  —  G o ry a y e v a   kamerasi;  —   Byurkera 
kam erasi;   —  T o m a  ka m eras ida 
kvadratlardagi  sperm atozoidlarni  sanash 
tartibi;   —  Ayg'irlar  urug’idagi 
sperm atozoidlarni  aniqlash  standartlari.
dona  mayda  katakdagi  sperm iyalar  sonini  aniqlash  uchun  156  ni  80  ga 
bo'lamiz. Shunda 1,9 soni chiqadi.  1  ml suyultirilgan  urug‘da nechta sperma 
borligini  bilish  uchun  1,9 ni 4000000 ga ko'paytiramiz. Shunda ularning soni 
7600000  ga  teng  bo'ladi.  7600000  ni  200  ga  ko'paytiramiz va  1,52  milliard 
soni  chiqadi.  Shunday  qilib,  olingan  1  ml  urug'  ichida  1,52  milliard  dona 
sperm alar borligi  aniqlandi.
Olingan  10  ml  urug'  ichida  qancha  spermalar borligini  bilish  uchun  1,52 
mlrd  ni  10  ga  ko'paytiramiz.  Demak,  olingan  10  ml  urug'ning  ichida  15,2 
mlrd dona sperm alar bor ekan.
Sperm alarning  o'Iik  yoki  tirikligini  aniqlash. 
Olingan  urug'  ichida 
ko'pincha  o'Iik  sperm alar  ham  uchraydi.  Yuqorida  ko'rsatilgan  yo'llar  bilan 
qanchasi  o'Iik va qanchasi  tirik ekanligini  aniqlash  qiyin.
Buning uchun  ularga maxsus reaktivlar bilan ta ’sir qilib, agar urug' reaktiv 
ta ’sirida o'zgarmasa tirik bo'ladi, aksincha, yaxshi harakatchan bo'lmasa yoki 
o'Iik  bo'lsa o'ziga  rangni  qabul qiladi,  bo'yaladi.  Buni  usuli  mavjud.
B i r i n c h i s i —  yaxshi tozalangan  buyum oynasi ustiga bir tomchi urug', 
uning  ustiga  bir  tomchi  5%  li  eozin  eritmasi  tomizilib,  ikkala  suyuqlik  1— 2 
soniya  aralashtirilib,  undan  so'ng  yupqa surtma yasaladi.
I k k i n c h i s i   buning  uchun  30  gr  nigrozin,  5  gr  eozin  olinib,  300  gr 
distillyatsiya  qilingan  suvda  aralashtirilib,  eritm a  tayyorlanadi.  So'ngra 
urug'dan  bir  tomchi,  eritmadan  esa  8  tomchi  olinib,  shisha  tayoqcha  bilan 
aralashtiriladi va  birinchi  usuldagidek surtma  qilinadi.
Ikkala  usul  bilan  yasalgan  surtma  yaxshi  quritilib,  so'ngra  mikroskopda 
400— 500 dona sperma borligi ko'rinadi, uning o'ziga rang oigan va olmagani 
sanab chiqiladi  va quyidagi formulada  ishlanadi:

n  
H*100
n “ ’
bu yerda:  P — tirik spermalarning foizi;
N — sanalgan tirik spermalarning soni;
P — sanalgan  hamma spermalarning  soni.
Misol  uchun sanashda 400 dona spermalarning ichida 200 donasi o'ziga 
rang oigan  bo'lsa,  50% spermalarning  o'likligi  ma’lum  bo'ladi.  Ya’ni:
n  
2 0 0 *1 0 0  _   2 0 0 0   _   c n o /- 
4 0 0  
4 0 0
shuni  aytib  o'tish  kerakki,  o‘lik  spermalarning  soni  40%  dan  oshiq  bo‘lsa, 
bunday urug‘ qochirish  uchun yaramaydi.
Urug‘ning chidamliligini aniqlash. 
Urug' qancha chidamli bo‘lsa, uning 
yashash  qobiliyati  va  sifati  ham  shuncha  yaxshi  bo'ladi.  Urug'ning 
chidamliligini  1 % li kimyoviy toza natriy xlor (osh tuzi) eritmasida suyultirish 
yo‘li  bilan aniqlanadi.
Urug‘  qaysi  darajada suyultirilganda o‘z  harakatchanligini  to'xtatsa,  shu 
darajagacha chidamli deb,  hisoblanadi.  Chidamliligini  aniqlash  uchun  1%  li 
natriy xlor eritmasi tayyorlab olinadi. So‘ngra bu eritmadan 3 ta toza flakonga 
yoki probirkaga qo'yiladi.  Birinchi flakon yoki  probirkaga  10,0  mi;  ikkinchisi- 
ga  0,5  mi,  uchinchisiga  0,25  mi  eritma  quyiladi.  Shundan  keyin  urug'dan
0,02  mi  olinib,  birinchi  eritma  ustiga  qo'yiladi  va  yaxshilab  aralashtiriladi. 
Pipetkada urug‘ qolmasligi uchun urug* solingandan so‘ng u idishdagi eritma 
bilan 3—4 marta chayilib, shu idish ustiga qayta qo'yiladi. Shu eritmadan bir 
tomchi  olib  buyum  oynasiga  tomiziladi  va  qoplagich  oyna  bilan  yopilib, 
mikroskop ostida ko'riladi. Agar spermalar harakatsiz bo‘lsa, uning chidamliligi 
500  deb  hisoblanadi.  Bordi-yu  harakatda  bo'lsa,  yana  suyultiriladi.  Buning 
uchun  birinchi  idishdagi  suyuqlikdan  0,5  mi  olib,  ikkinchi  idishdagi  eritma 
ustiga solinadi va yaxshilab aralashtiriladi.  Shunda urug'  1000 marta suyul- 
tirilgan  bo'ladi.  Ikkinchi  flakondagi  eritmadan  bir  tomchi  olib  mikroskopda 
ko'riladi.  Agar spermalar harakatsiz  bo'lsa,  uning chidamliligi  1000 ga teng 
deb hisoblanadi.
Bordi-yu  harakatda  bo'lsa,  u  yana  ikkinchi  flakondan  0,25  mi  eritma  olib, 
uchinchi  flakondagi  suyuqlikka  qo'yiladi  va  aralashtiriladi.  Bunda  urug'  2000 
marta suyultirilgan bo'ladi.  Bundan ham bir tomchi olib, yana mikroskop ostida 
ko'riladi.  Agar spermalar harakatsiz  bo'lsa,  uning chidamliligi  2000 marta  deb 
hisoblanadi. Agar urug'lar harakatda bo'lsa, uchinchi flakondagi urug' eritmasiga
0,5 mi 1 % li natriy xlor eritmasi aralashtiriladi va mikroskop ostida ko'riladi. Sper­
malar harakatda bo'lsa, uchinchi flakonga yana 0,5 mi natriy xlor eritmasi qo'yi- 
lib mikroskopda ko'riladi. Shunday qilib, to spermalarning harakati to'xtaguncha 
har safar 0,5 mi eritma qo'shib mikroskopda tekshirib boriladi.
Har  safar  urug'ning  ustiga  qo'yilgan  natriy  xlor  eritmasi  bilan  urug'ning 
qay  darajada  suyultirilganligini  bilish  uchun  20-jadvaldan  foydalanish 
mumkin.  Olingan  urug'ning  chidamliligi  qancha  bo'lsa,  uning  urchitish 
qobiliyati  ham  shuncha yaxshi  bo'ladi.

Yaroqli spermalarni suyultirish davridagi chidamliligi 20— 40 mingdan kam 
bo'lmasligi  kerak.  Agar  sperm alarning  chidamliligi  10000  dan  kam  bo'lsa, 
bu sperm alarning sifatsiziigidan  xabar beradi.

Yüklə 24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə