Rivojlantirish instituti a. R. Jabborov, S. S. Sotiboldiyev veterinariya akusherligi, ginekologiyasi va sun


T A K R O R L A S H   UCHUN  S A V O L L A R



Yüklə 24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/40
tarix28.04.2017
ölçüsü24 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40

T A K R O R L A S H   UCHUN  S A V O L L A R
1.  S p e rm a la rn in g   tu z ilis h in i  tushuntiring?  2.  S p e rm a la rn in g   h a ra k a t 
m e x a n iz m i  q a n d a y ?   3 .  S p e rm a la r  a g g ly u tin a ts iy a s i  nim a?  4.  U r u g ‘ 
tekshirilganda spermiyalarning qanday harakatlari  kuzatiladi? 5.  Sperm alar­
ning  hayotchanligiga quyosh  nuri va tashqi muhit harorati qanday ta’sir etadi? 
6.  S perm alarga  osmatik  bosimning  o'zgarishi  qanday  ta ’sir  etadi?  7.  Turli 
hayvon urug'larining kislotali  muhiti (PH) qanday bo'ladi va muhitning kislotali 
yoki  ishqoriy tomonga o'zgarishi  qanday ta’sir etadi?  8.  Sperm alar harakati- 
ning manbai nima? 9.  Turli  hayvonlar urug'ining  nafas olishi qanday bo'ladi? 
10.  Urug'ni  urug'lantirish  qobiliyatini  aniqlash  usullari.  11.  Spermalarning 
tashqi  ko'rinishida,  qaysi  ko'rsatkichlari  baholanadi?  12.  Sperm alarning 
konsentratsiyasini aniqlash usuli. 13.  Spermalar harakatsiz bo'lganida qanday 
baholanadi?  14.  Turli hayvonlarning  1  ml urug'idagi spermiyalar soni qancha 
bo'ladi?  15.  S perm alarning  hayotchanligi  qanday  aniqlanadi?  16.  Qaysi 
k a s a llik la r d a   h a y v o n   s p e rm a la rin in g   ko 'p c h ilig i  h a ra k a ts iz   b o 'la d i?
17 .  Urug'don  v a   urug'don  xaltasining  yallig'lanishi  nim ag a  olib  keladi?
18.  Urug'  tarkibida  leykotsitlar  sonining  ko'p  bo'lishi  nimadan  dalolat  b era­
di?  19.  Qochirish  uchun yaroqli  hisoblangan  urug'ning asosiy ko'rsatkichlari 
qanday  bo'ladi?  20.  Urug'ning  chidamliligi  qanday  aniqlanadi?

URUG‘NI  SUYULTIRISHNI,  SAQLASH  VA TASHISH
Buqalardan  olingan  urug'ni  suyultirishdan  maqsad:  birinchidan,  olingan 
urug'dan  o'nlab  urg'ochi  mollarni  qochirishda,  ikkinchidan,  urug'ni  tashqi 
sharoitda saqlab,  undan  bir qancha muddat davomida foydalanishdir.  Agar 
olingan urug‘ suyultirilmasdan saqlansa, bir-ikki soat ichida spermalar o'ladi 
va  olingan  urug'dan  maksimal  foydalanishga  imkon  bo'lmaydi.  Urug'ni  su- 
yultirib, o'sha kunning o'zida yoki bir qancha muddatdan  keyin ham ishlatsa 
bo'ladi.  Urug'larni  suyultirib  saqlash  uchun  bir  qancha  kimyoviy  moddalar 
ishlatiladi.  Bu moddalar tarkibiga quyidagi elementlar kiradi: glukoza,  natriy 
sitrat,  har  xil  antibiotiklar,  yangi  tovuq  tuxumi  va  boshqalar,  ular  quyidagi 
vazifalarni  bajaradi.
G lu koza
 — urug' uchun oziqa moddasi bo'lib, urug'ning o'z kuchini saqlab 
turishi  uchun yordam  beradi va parchalanib ketishdan saqlaydi.
N atriy sitrat
 tabiiy bufer eritma sifatida xizmat qilib, urug'ning o'zi chiqargan 
zaharli  moddalardan  saqlashga spermalarning  shishib,  yorilib  ketmasligiga 
va  urug'ning  normal  holda bo'lishiga yordam  beradi.
Y ang i tuxum sarig'ining
 tarkibida 7% oksidlanmaydigan  letsitin  moddasi 
bo'lib, bu — urug'ni tashqi ta’sirlardan saqlash bilan birga uni sovuq urishidan 
saqlaydi.  Bundan  tashqari,  tuxumdagi  letsitin  moddasi  glukozaga  o'xshab 
spermalar uchun ovqat sifatida xizmat qiladi.
A ntib io tik la re
sa tashqi muhitdan tushgan zararli mikroblarning ta’siridan 
saqlaydi. Buning uchun suyultirgichni har 100 ml ga 25— 50 ming ta’sir birlik 
(TB)  penitsillin  va  25— 50  ming  (TB)  streptomitsindan  iborat  antibiotiklar 
qo'shiladi. Yuqorida ko'rsatilgan moddalardan tashqari, shu moddalarni eritish 
uchun  distillangan  suv  ham  ishlatiladi.  Hozirgi  kunda  ishlab  chiqarish 
stansiyalarida urug'larni suyultirish va saqlash uchun yuqoridagi moddalardan 
tuzilgan retseptlar ishlatiladi. Bu eritmalarning tarkibi urug'ning qaysi sharoitda 
saqlanishiga qarab o'zgartiriladi.
Urug'ni  suyultirish  uchun  glukoza,  tuxum  sarig'i  va  natriy  sitrat eritmasi 
keng  qo'llaniladi.  U  quyidagi moddalardan  tuzilgan:
Glukoza  3,0  g;  natriy  sitrat  1,4  g;  tuxum  sarig'i  20,0  g;  distillangan  suv
100,0  ml.
Suyultirgich  faqat  buzilmay  saqlangan  toza  moddalardan  tayyorlanadi. 
Avval zarur miqdorda glukoza va natriy sitrat apteka tarozilarida tortib olinib, 
yuqumsizlantirilgan shisha idishda qaynatilgan va distillanib sovutilgan suvda 
eritiladi.  So'ngra  bu  eritmalarga  antibiotiklar  qo'shiladi.  Agar  bunday  oz

miqdordagi antibiotiklarni tarozida tortishning iloji bo'lmasa, u holda flakondagi 
antibiotik qaynatiladi va distillanib 20° gacha sovutilgan 4 ml suvda eritiladi. 
Agar flakonda  1  min  (TB) antibiotik bo'lsa, va biz urug‘ suyultirish  uchun 300 
ming  (TB)  antibiotik qo'shishimiz  kerak  bo'lsa,  u  vaqtda eritilgan  flakondagi 
suyuqlikdan  1,2  ml  olishimiz  kerak  (1  ml  flakondagi  suyuqlik  tarkibida  250 
ming  (TB)  antibiotik bo‘ladi).
Yangi tovuq tuxumining po'chog'i dastlab spirt singdirilgan tampon bilan, 
so'ngra  1%  li natriy xlorid eritmasi  bilan  artiladi.  Po‘chog‘i yaxshilab artilgan 
tuxum sindirilib, uning oqsil qismi ajratib olinadi, undan keyin tuxumning sariq 
qism i  yuqum sizlantirilga n  filtr  qog'ozi  qo'yilib  quritiladi.  S o'ngra  tuxum 
sarig‘ining  pardasi  skalpel  uchi  bilan  teshilib,  tuxum  sarig‘i  menzurkaga 
quyiladi.  Tuxum   sarig'ining  pardasi  esa  filtr  qog'ozida  qoladi.  Tayyorla- 
nayotgan  suyultirgich  oz  miqdorda  bo'lsa,  tuxum  sarig'i  o'lchov  pipetkasi 
bilan  solinadi.
Buqa  urug'ini  suyultirish  uchun  tarkibida  mutsinaza  bo‘lgan  suyultirgich 
ham ishlatiladi. Mutsinaza bachadon bo'yinchasi kanalidagi qotgan shilimshiq 
moddani suyultirib, spermalarni kanal bo'ylab harakatlanishini osonlashtiradi. 
Bu  suyultirgich quyidagi  moddalardan  tuzilgan:
Buqadan urug' olinishi bilanoq suyultiriladi.  Urug' birdan sovib qolganida, 
undagi sperm alar nobud bo'lishi sababli, urug'ni suyultirish uchun 25— 30°C 
temperaturali urug' suyultirgich ishlatiladi.  Urug1 suyultirilgandan keyin undagi 
sperm alarning  harakatchanligi  mikroskop ostida tekshiriladi.
Chet  m am lakatlarda  buqa  urug'ini  suyultirish  uchun  qaym oqli  hamda 
qaymog'i olingan sigir suti, pomidor shirasi va boshqalar ham keng ishlatiladi. 
Bu urug' suyultirgichlari ishlatilganda urug' 0° temperaturada 2— 3 kungacha 
buzilmay saqlanadi.
1957- yili Van-Demark, Sharma va Salisberi degan olimlar spermalarning 
harakatini karbonat angidridi bilan tormozlashga asoslangan urug' suyultirgich 
taklif qilishgan.  Bu  urug' suyultirgich  ishlatilganida urug'don ortig'i  kanalida­
gi  sharoitga  mos,  o'xshash  muhit  yaratiladi.  Bu  urug'  suyultirgich  quyidagi 
moddalardan  tuzilgan:
Distillangan  suv 
Natriy sitrat
Am inosirka  kislotasi  (glikokkol)
Tovuq tuxum ining  sarig'i
Mutsinaza
Penitsillin
Streptomitsin
50  ming TB 
50  ming TB
100  ml 
1,56  g 
1,11  9 
12  ml 
1,5  ml
Natriy sitrat 
Kaliy xlorid 
Natriy xlorid 
Glukoza
23,6  g 
0,4  g 
2,1  g
3.0 g
3.0 g 
1  litr
Oq streptatsid 
Distillangan  suv

Bu  urug‘  suyultirgichni  ¡shlatish  oldidan  unga  1  mln  (TB)  penitsillin,  1  g 
digidrostreptomitsin  va  10%  tuxum  sarig'i  qo‘sh¡ladi.  Urug'ning  1  mi  dagi 
spermalarning  zichligi  25  mln  ga  kelguncha  suyultiriladi.  Urug‘  suyultirgich 
10  daqiqa  mobaynida  karbonat  angidridi  bilan  to'yintiriladi,  bu  vaqt  ichida 
suyuqlikning  kislotali  muhlti  (pH)  6,35  ga  yetadi.  Urug‘  kavsharlangan 
ampulalarda yoki  penitslllindan  bo'shagan  flakonlarda saqlanadi.
Bunday  urug‘  suyultirgich  0 ‘zbekiston  chorvachilik  ilm iy-tekshirish 
institutining  «Krasniy  vodopad»  tajriba  bazasi  qoshidagi  stansiyada 
asralayotgan hayvonlarni sun’iy qochirish  uchun  ishlatilmoqda.  Bunday yo'l 
bilan  suyultirilgan  urug‘ flakonlarda saqlanganda 7  kungacha buzilmaydi.
Urug'ni  xona  haroratida  saqlash. 
Bizga  ma’lumki,  buqalarning  urug‘ 
ampulasida  urug‘  tabiiy  holda  uzoq  vaqt  saqlanishi  mumkin.  Shu  sababli 
olimlar bilimlarini tashqi issiq muhitda urug'larni saqlash yoïlarini topish uchun 
safarbar qilishlariga  to'g'ri  keldi.  Ular  ko'plab  tajribalar  o'tkazish  natijasida 
xona  haroratiga  ega  bo‘lgan  issiqlikda  urug'larni  saqlash  yo'lini  topishga 
muvaffaq  bo‘ldilar.  Ayniqsa urug'ni  issiqda saqlash  bizning  Markaziy Osiyo 
davlatlarida  katta  ahamiyatga  ega.  Chunki  yoz  faslida  urug'ni  0  darajada 
saqlash ancha og'ir masala. Hozirgi vaqtda urug'ni xona haroratida saqlash 
uchun quyidagi suyultirgichlar ishlatiladi:
Van-Demark  va  Sharma  suyultirgichi. 
Bu  suyultirgichning  tarkibiga 
quyidagi moddalar kiradi:
a)  ikki marta distillangan suv (bidistillat) — 100,0 mi;
b)  natriy sitrat —  2,36 g;
d)  natriy karbonat (Na2C 0 3) — 0,21 ;
e)  kaliy xlor tuzi  (KCI) — 0,04 g;
f) glukoza 0,3 g;
g) sulfanilamid 0,3 g;
Bu moddalar eritilgandan so'ng urug'ni suyultirish oldidan unga 100 ming 
(TB)  penitsillin,  0,1  gr digidrostreptomitsin  sulfat va shu  eritmaning  10%  ini 
tashkil qiluvchi yangi tuxum sarig'i qo'yiladi. So'ngra urug' suyultiriladi, keyin 
bir necha kun saqlash uchun ustidan 10 daqiqagacha korbanat angidrid (S 02) 
gazi maxsus naychalar orqali o'tkazilib turiladi. Suyuqlikning kislotalik muhiti 
(pH)  6,35 dan  yuqori  bo'lmasligi  kerak.  Keyin  urug'lar ampulalarga  solinib, 
og'zi  havo kirmaydigan qilib berkitiladi.
Shunday holda urug'larni uy harorati 6— 7 kun saqlash mumkin. Bu usulni 
faqat davlat naslchilik muassasalarida ishlatish  mumkin. 

Saqlashning  bu  usulini  akademik  V.  K.  Milovanov  ishlab  chiqdi.  Bu 
usulning osonligi shundaki, ballonda saqlanadigan  karbonat angidrid  (S 0 2) 
gazi  kerak bo'lmaydi va urug'ni suyultirib saqlash  uchun quyidagi moddalar 
ishlatiladi:
900 mi  distillangan  suv,  24  g  natriy sitrat,  126 g soda,  5,7 g  qand,  3,0  g 
oq streptosid olib qaynoq suvda eritiladi. Moddalar erigandan so'ng suyuqlik 
16— 18°C gacha sovitilib, unga 1  million (TB) penitsillin, streptomitsin hamda 
110 mi yangi tuxum sarig'i qo'shiladi.  Urug'ni suyultirishdan oldin ikkala erit- 
ma  bir-biriga  qo'shiladi  va  shisha  tayoqcha  bilan  aralashtiriladi.  Bu  eritma

bilan  yangi  olingan  urug‘  suyultiriladi.  So‘ngra  mayda  flakonlarga  solinib, 
o g ‘zi  berkitiladi.  Bu  usulning farqi shundaki, fosfat  kaliy yuqoridagi eritmalar 
bilan  reaksiyaga  kirishib,  karbonat  kislotasi  hosil  qiladi.  Natijada  u  urug'ni 
vaqtincha harakatsizlantirib qo'yadi.
Tayyorlangan  urug'larni  tarqatish. 
Tayyorlangan  urug'lar  jam oa  va 
shirkat fermalariga  bir necha yo'llar  bilan  tarqatiladi.  Ularni  termosga solib, 
turli xil transport vositalarida tashiladi.  Urug'ni tarqatishdan oldin davlat nasl- 
chilik xo'jaliklari va  ularning  punktlari  bilan  shartnom a tuzadilar.
Urug‘  solingan  flakonning  ustiga  urug‘  olingan  vaqt,  buqaning  laqabi, 
nomeri va urug'ning necha marta suyultirilganligi yozib qo‘yiladi.  Urug‘ bilan 
birgalikda order yuboriladi. Termoslarning  ichiga muz solingan  bo'ladi. Agar 
urug‘  past  haroratda  muzlatilgan  bo‘lsa,  Dyuar idishlariga  solib  suyuq  azot 
jo'natiladi.  Urug'ni  jo'natishda  flakonlarning  og‘zi  yaxshi  yopilganligiga  va 
term oslarga yaxshi joylashtirilganligiga alohida aham iyat berish  kerak.
Qishloq  xo'jalik  hayvonlarini  sun’iy  qochirish  stansiyalari  va  punktlarida 
dunyoning  turli  korxonalarida  ishlab  chiqarilgan  hajmi  va  konstruksiyasi 
turlicha  bo'lgan  Dyuar  idishlari  ishlatilmoqda.  Idishlar  hajmiga  qarab,  ya’ni 
katta  hajm dagilar  statsionar  omborcha  va  transport  rezervuar  vazifasini 
bajaradi.  0 ‘rta  va  kichik  hajmdagi  idishlardan  urug‘larni  (biometeriallarda) 
uzoq  saqlash,  biror  joyga  jo'natish  uchun  foydalaniladi.  Sun’iy  qochirish 
stansiya va  punktlarida quyidagi  idishlar ishlatiladi:
XSJA-statsionar omborcha, suyuq azotda hayvon urug'ini uzoq saqlash uchun.
K V -62 02   s ta ts io n a r  o m b o rch a ,  c h o rv a c h ilik   va  tib b iy o t  so h a sid a  
biometeriallarni  suyuq azotda  uzoq saqlash  uchun.
Dyuar idishining turli markalari buqa urug'larini sun’iy qochirish punktlariga 
olib  borish  uchun  ishlatiladi.
Transport rezervuarlari quyidagi  markali  avtomobillarga o'matiladi.
TRJK-4M-UAZ-452D ga; TRJK-2U-ZIL-157K, GAZ-66 ga; TRJK-7M-ZIL-
11 A,  ZIL-157,  ZIL-130  ga;  TRJK-8-Ural-375D  yoki  ZIL-130  ga;  TRJK-3- 
KRAZ-257 va 8-10 tonna yuk ko'taradigan boshqa avtomobillarga o'matiladi 
va  ho'jaliklarga yetkaziladi.
URUG'LARINI  SUYULTIRISH  UCHUN  ISHLATILADIGAN 
SUYULTIRGICHLAR  TARKIBI
Buqa  urug'ini  suyultirish  va  saqlash  uchun  quyidagi  sun’iy  m uhitlar 
qo'llanadi.  Buqa  urug'ini  suyultirib  +2— 5°C  da  qisqa  vaqt  saqlash  uchun 
quyidagi  muhitdan  foydalaniladi:
1.  Glukoza-sitratli  tuxum  sarig'i  aralashtirilgan  muhit  (Davlat  standarti 
14746-69).  Buning  tarkibi  quyidagicha:  qo'ruq,  tibbiyot  glukozasidan  3  g, 
limon kislotasi natriy tuzidan —  1,4 g, tuxum sarig'idan 20 ml, spermosan —
3-75-90  ming ta’sir birligi,  distillangan  suv —  100 ml.
2.  Sut-tuxum  sarig'i  aralashtirilgan  muhit:  yangi  sog'ib  olingan  sutdan 
100 ml,  tovuq  tuxumi  sarig'idan  —  20  ml.

Buqa  urug'ini  suyultirib granula shaklida  muzlatish  uchun  qo'llanadigan 
muhit  tarkibiga  quyidagi  moddalar  kiradl:  laktoza  —  11,5  g,  tovuq  tuxumi 
sarig'i  —   20  mi,  glitserin  —  5  mi,  spermosan  —  350  ming  ta’sir  birligi, 
distillangan  suv  100 mi.
Laktoza,  fruktoza,  raffinoza,  magniy sulfat tuzi,  glitserin va tuxum sarig'i 
aralashtirilib  tayyorlangan  muhit  (LFRMGJ)  buqa  urug'ini  suyultirib 
polipropilen naychalarda muzlatib saqlash uchun ishlatiladi.  Uning tarkibiga 
quyidagi moddalar kiradi: laktoza — 80,5 g, fruktoza — 12, raffinoza — 19,5, 
magniy  sulfat  tuzi  —   0,1  g,  glitserin  —  50  mi,  spermosan  —  3  500— 750 
ming ta’sir birligida, tovuq tuxumi sarig'i — 200 mi, distillangan suv — 1000 
mi.
Buqa  urug'ini  suyultirib,  usti  qoplangan  granulalar  shaklida  muzlatib 
tayyorlash  uchun  1va  2 - muhitlar  qo'llanadi.  1  muhit  tarkibi:  laktoza  yoki 
saxarozaning  11%  li  eritmasidan  —  63  mi,  tovuq  tuxumi  sarig'idan  —  30, 
glitserindan —  7 mi;
2- muhit tarkibi: laktoza yoki saxarozadan — 6g, limón kislotasining natriy 
tuzidan —  1,4 g,  glitserindan — 6 mi,  distillangan  suvdan  100 mi olinadi.
Urug'ni  suyultirish  uchun  oldindan  sun’iy  muhitlar  tayyorlanishi  kerak. 
Tibbiyot sanoati ishlab chiqaradigan, tarkibida yuqorida ko'rsatilgan moddalar 
bor  bo'lgan  quruq  komponentlardan  iborat  muhitlardan  foydalanish  ham 
mumkin  .
Qo'chqor urug'ini 2—5o da 24 soat saqlab suyultirish uchun qo'llanadigan 
muhitlar:
1.  Glukoza-sitratli tuxum sarig'i aralashtirilgan muhit tarkibiga quyidagilar 
kiradi: distillangan suv — 100 mi, quruq glukoza — 0,8 g, limón kislotasining 
natriy  tuzi  —  2,8  g,  tuxum  sarig'i  —  20  mi,  spermosan  —  3  25— 30  ming 
ta’sir birligi.
2.  Qo'chqor  urug'ini  suyultirib  2— 3  soat  davomida  ishlatish  uchun 
qo'llaniladigan  glukoza-fosfatli  muhit  tarkibi  qo'yidagi  moddalardan  tashkil 
topgan  bo'ladi:  distillangan  suv —   100  mi,  natriy fosfat tuzi —  2,08  g,  kaliy 
fosfat tuzi — 0,08 g,  quruq tibbiyot glukozasi — 3,2 g.
Punktda xona harorati +18o bo'lmagan holda 100 mi muhitga 20 mi tuxum 
sarig'i qo'shiladi.
Biyalarni qochirish  uchun yangi olingan va suyultirilgan  urug'lar  2— 5°C 
da suyultirilib, 48 soat saqlangan urug'lar qo'llanadi. Erkak cho'chqa urug'ini 
16—20°C da saqlab suyultirish uchun qo'llaniladigan muhitlarga quyidagilar 
kiradi.
1. 
Glukoza-xelato-sitrat  sulfatli  suyultirgich  (GXSS)  tayyorlash  (Davlat 
standarti  17637-72) uchun quyidagi moddalar kerak bo'ladi: distillangan suv 
(Davlat standarti 6709-53)-1000 mi, tibbiyot glukozasi (Davlat standarti 6038- 
51 )-40 g, kimyoviy toza trilon B (xelaton-3) (Davlat standarti 106652-63)-2,6 
limón  kislotasining  natriy  tuzi  (Davlat  standarti  3161-57)-3,8,  tozalangan 
ammoniy sulfat tuzi  (Davlat standarti 10873-64)-1,8, natriy bikarbonat  (Davlat 
standarti  4201-66)-0,5  g,  spermosan-3  (VTU  117-67)-250-300  ming  (TB) 
da.

1 1 - jadval
A y g 'ir  urug'ini  suyultirish  uchun  qo'llaniladigan  m uhitlar
R ea k tiv la r
G lu k o za -tu x u m
s a z i’g'i
aralashtirilgan
L a k to za -tu x u m
s a z i’g'l
aralashtirilgan
Sut-tuxum
s a z i’g'i
aralashtirilgan
D istillangan  suv,  ml
100
100

S ut,  ml


100
L a k to z a ,  ml

11

T ib b iyo t  g lu k o za si
7


Tovuq  tu xum i  s a z i’g 'i,  ml
0 ,8
0 ,8
20
S p e rm o sa n -3 ,  ming  TB
30
30
30
2.  G lukoza-xelato-sitratli  muhit  (GSX)  —   tayyorlashda-distillangan  suv
—   1000  ml,  glukoza  60  g,  trilon  B  (xelaton-3)-3,7,  natriy  bikarbonat —   1,2, 
limon  kislotasining  natriy  tuzi  3,56  g,  spermosan-3  250— 300  ming  TB  da 
olinadi.  Erkak  cho'chqa  urug'larini  past  haroratda  (ammo  +6°  dan  past 
bo'lmagan) saqlash kerak bo'lganda GXSS va GXS muhitlariga 3— 4% tovuq 
tuxumi sarig'idan  qo'shish  kerak bo'ladi.
Erkak cho'chqa urug'ini saqlamasdan qochirishga ishlatish uchun hajmini 
ko'paytirish  maqsadida  unga  glukoza-tuzli  eritma  hamda  sog‘ lom  sigirning 
q ayn atilg an  suti  qo 'sh ilad i.  G lu koza-tu zli  eritm a  (to 'ld irg ic h )  quyidagi 
moddalardan  tashkil  topgan  bo'ladi:  distillangan  suv  —   1000  ml,  tibbiyot 
glukozasi —  30 g,  natriy xlorid tuzi —  4,5  g.
SUN’IY  MUHITLARNI  TAYYORLASH 
Tuxum   sarig‘i  aralashtirilgan  glukoza-sitratli  muhitni  tayyorlash.
B uning  uchun  to za,  s te rilla n g a n   kim yoviy  kolbaga  ke rakli  m iqdorda 
distillangan  (bidistillangan)  suv  solinadi  va  og'zini  sterillangan  qog‘oz  yoki 
polietilen  qopqoq  bilan  yopib  qaynatiladi,  keyin  esa  35°  gacha  sovutiladi. 
A nalitikyoki texnoxim iktarozilarida repseptga asosan aniq miqdorda glukoza 
va limon  kislotasining  natriy tuzi tortib  olinib,  boshqa steril  kolbaga solinadi. 
So'ngra  steril  o'lchov  silindr yoki  menzurkalar yordamida  kerakli  miqdorda 
qaynatilib, 35° gacha sovitilgan distillangan suv olib,  reaktivlar solingan  kol­
baga  quyiladi.  Kom ponentlar  suvda  to ‘liq  eriguncha  aralashtiriladi.  Muhit 
filtrlanadi va suv ham m om larida 5— 10 daqiqa davomida zararsizlantiriladi, 
so'ngra 35° gacha sovutiladi. Sovitilgandan so‘ng unga spermosan-3 va yangi 
tuxum  sarig'i  qo'shiladi.
Tuxum sarig'ini olish uchun,  u yaxshilab yuviladi, doka salfetka bilan artilib 
quritiladi va tuxum  qobig'ini yuqum sizlantirish  uchun 70% li spirt va namlan- 
gan  tam pon  bilan  artila di  yoki  ultrabinafsha  nur  ta ’sirid a   bakteriotsid 
kam eralarda  10— 15 daqiqa saqlanadi. Steril skalpel yoki pintset bilan tuxum 
ikkiga  bo'linadi  va  oqsil  qismi  idishga  quyiladi.  Tuxumning  sarig'i  ehtiyotlik

bilan  filtr  qog'ozi  ustiga  olinadi  va  oqsil  qoldiqlaridan  tozalash  maqsadida 
qog'oz ustiga yumalatib quritiladi. Keyin esa tuxum sarig'i pardasi steril skalpel 
uchi  bilan  teshilib,  sariq  qismi toza  menzurkaga quyiladi.  Tuxum  sarig'idan 
zarur miqdorda suyultirgich  muhiti uchun  kerakli  komponentlar kolba ustiga 
qo'yilib,  yaxshilab  eritiladi.  Bitta  tuxum  sarig‘ining  massasi  10—2  g  gacha 
bo'ladi.
Tayyorlangan sun’iy muhitni termostatga yoki suv hammomiga 30— 35°C 
ga  qo'yib,  iliq  holda  urug'larni  suyultirish  uchun  ishlatiladi.  Sun’iy  muhitni 
saqlash  muddati  tayyorlangan  vaqtdan  ishlatilguncha  3— 4  soatdan 
oshmasligi  kerak.
Buqa  urug‘i  uchun  qo'llaniladigan  sut-tuxum  sarig'i  aralashmasi- 
dan  iborat muhit. 
Sog'lom sigirlardan yangi sog'ib olingan sut (sigirlarning 
tuqqanidan 2 oy keyin va sutdan chiqishiga 30 kun qolguncha) toza kolbaga 
ikki  qavatli  dokadan  o'tkaziladi va  isitgich  asbobiga qo'yilib,  qaynashgacha 
olib boriladi. So'ngra sut yana toza dokadan filtrlanib, 30—35°C gacha sovi- 
tiladi va har  100 ml sutga 20 ml yangi tuxum sarig'i  qo'shiladi.
Qo'chqor  urug'ini  suyultirish  uchun  ishlatiladigan  glukoza-fosfatli 
muhit. 
Toza quritilgan  kolbaga retsept asosida natriy fosfat tuzi,  kaliy fosfat 
tuzi va glukoza o'Ichab solinib,  o'zaro yaxshilab aralashtiriladi.  Kerakli  aniq 
miqdorda distillangan  suv o'Ichab olinadi  hamda  quruq  moddalar solingan 
kolbaga  quyiladi  va  aralashtiriladi.  Kolbadagi  barcha  moddalar  eriganidan 
so‘ng  uning  og'zi  steril  qopqoq  bilan  yopilib,  urug'ni  suyultirib  iliq  holda 
ishlatiladi.
Ayg'ir  urug'ini  suyultirish  uchun  qo'llaniladigan  glukoza,  tuxum  
sarig'i va laktoza-tuxum sarig'i aralashmalaridan iborat muhit. 
Retseptga 
asosan  kerakli  miqdorda  glukoza  va  laktoza  o'lchab  olinib,  toza  va  quruq 
kolbaga  solinadi.  Uning  ustiga  kerakli  miqdorda  qaynatilib  sovitilgan  distil­
langan  suv  quyiladi,  filtrlanib,  turli  aseptik  modda  va  tovuq  tuxumi  sarig'i 
qo'shiladi.
Ayg'ir  urug'ini  suyultirish  uchun  ishlatiladigan  sut-tuxum   sariq 
aralashmasidan  iborat  muhit. 
Buning  uchun  biya  yoki  sigir  yangi  sog'ib 
olingan sutidan foydalaniladi. Bu muhitni tayyorlash tartibi xuddi buqa uchun 
qo'llaniladigan sut-tuxum sarig'i aralashmasidan  iborat muhit singari bo'ladi.
Erkak  cho'chqa  urug'ini  suyultirish  uchun  ishlatiladigan  glukoza- 
xelato-sitrat-ammoniy  sulfatli  (GXSS)  va  glukoza-xelato-sitrat  (GXS) 
suyultirgichlar  tayyorlash. 
Buning  uchun  kimyoviy  toza  kolbaga  kerakli 
miqdorda qaynatilib sovutilgan distillangan suvni olib,  ustiga retseptga aso­
san  aseptik  moddalardan  tashqari  barcha  komponentlar  solib,  yaxshilab 
aralashtiriladi. So'ngra sun’iy muhit solingan kolba og'zi qog'oz qopqoq bilan 
berkitilib, suv hammomida 5— 10 daqiqa davomida qaynatiladi. So'ngra 35— 
40°C  sovitiladi  hamda har  1000 ml  sun’iy muhit  hisobiga spermosan-3 dan 
250— 300 ming ta’sir birligida yoki oq streptotsid bilan birgalikda antibiotiklar 
qo'shiladi.

Yüklə 24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə