Rivojlantirish instituti a. R. Jabborov, S. S. Sotiboldiyev veterinariya akusherligi, ginekologiyasi va sun


Erkak cho'chqa  urug'ini  suyultirish  uchun  qo'llaniladigan  glukoza-



Yüklə 24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/40
tarix28.04.2017
ölçüsü24 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40

Erkak cho'chqa  urug'ini  suyultirish  uchun  qo'llaniladigan  glukoza- 
tuzli suyultirgich tayyorlash. 
Toza, quruq kolbaga kerakli miqdorda glukoza

va  kimyoviy  toza  natriy  xlorid  tuzi  solinib,  ustiga  qaynatilib,  35°C  gacha 
sovitilgan  distillangan  suv  quyiladi.  Eritma  yaxshi  aralashtirilib,  iliq  holda 
ishlatiladi.
Urug'larni  m uzlatishda  ishlatiladigan  sun’iy  muhitlar tayyorlashda  toza, 
steril  kimyoviy  kolbalar oiinib,  ularga  kerakli  miqdorda qaynatilib,  sovitilgan 
distillangan  suv  solinadi.  Analitik  tarozilarida  retseptda  ko'rsatilgan  kerakli 
moddalar  (spermosan-3,  glitserin  va  tuxum  sarig'idan  tashqari)  aniq  tortib 
o lin a d i  va  suv  q u yilg a n   kolbaga  solinad i.  M o d d a la r  to 'liq   e rig u n c h a  
aralashtiriladi.  Keyin  suv hammomida 5— 10 daqiqa davomida sterilizatsiya 
q ilin ib ,  35— 40°C   g a c h a   s o v itila d i,  sp e rm o sa n -3 ,  tuxum   s a rig 'i  yoki 
glitserindan  kerakli  miqdorda qo'shiladi.
URUG'NI  SUYULTIRISH  TEXNIKASI
U rug'larda  haro ra t  salbiy  ta ’sirla rin in g   oldini  olish  m aqsadida,  uni 
suyultirishdan  oldin  m uhit harorati  bilan  urug‘  harorati  birday bo'lishi  kerak. 
S huning  uchun  su n ’ iy  m uhit  solingan  idishlar  term ostatlarda  yoki  suv 
hammomlarida 30±3°C  haroratda saqlanadi.
Urug‘ oiinib, baholangandan so'ng suyultiriladi.  Urug'ni suyultirish  ishlari 
maxsus  steril  xonalarda  yoki  BUV-30,  BUV-60  bakteritsid  lampalar  bilan 
nurlanib zararsizlantirilgan  laboratoriyalarda olib  boriladi.
Buqa urug'ini suyultirishda graduirlangan idishlardan yoki menzurkalardan 
fo y d a la n ila d i.  Q o 'c h q o r  u ru g 'in in g   hajm i  a niqlan g an dan   so'n g  od diy 
u ru g 'y ig 'g ic h la rd a   y o ki  p e n itsillin d a n   bo’shagan  steril  fla k o n c h a la rd a  
suyultiriladi,  ayg‘ir va erkak cho'chqa  urug'lari  steril  kolbalarda suyultiriladi. 
Suyultirishga  buqa  urug'idagi  sperm alar faolligi  8  balldan  va  1  ml  urug‘da 
ularning  konsentratsiyasi 800  min dan  oz  bo'lmaganda ruxsat etiladi.  Buqa 
urug'i  10-20-50 va  undan  ham  kam  ham  ko'p marta suyultirilishi  mumkin.
Suyultirilgandan so'ng  urug'ni  barcha saqlash  usullari qo'llanganda ham 
1  ml suyultirilgan buqa urug'idan sperm alar soni 15 min dan kam bo'lmasligi 
va  ularning  faolligi,  ya’ni  to'g'ri  chiziqli  tekis  harakat  qiladigan  sperm alar 
soni 40% dan,  bali-4 dan  oz  bo'lmasligi  kerak.
Oldin buqa urug'i urug'yig'gichning o'zida bir 1:1— 1:2 nisbatida suyultirilib,
5— 10 daqiqa o'tgandan so'ng suyultirilgichni qolgan qismi urug' bilan  kerakli 
hajmga  graduirlangan  idishlarda  aralashtiriladi.  Qo'chqorning  faqat  quyuq 
urug'lari, faolligi 9 balldan oz bo'lmagandagina suyultiriladi. Qo'chqorlar urug'i 
konsentratsiyasiga  ko'ra  2— 4  marta  (1:1,  1:3)  suyultiriladi.  Bunda  har  bir 
doza urug'da sperm alar  konsentratsiyasi  80  min  dan  oz  bo'lmasligi  kerak.
Erkak  cho'chqa  urug'larining  faolligi  8  balldan  va  1  ml  to'g'ri  chiziqli 
harakatda bo'lgan sperm alar soni 100 min dan oz bo'lmaganda suyultirishga 
ruxsat  etiladi.  U rug'  olingandan  30— 60  daqiqa  o'tgach,  2— 10  m arta 
suyultiriladi.  Oldin  u  2— 3  marta  suyultirilib,  keyin  urg'ochi  cho'chqalarni 
qochirishdan  oldin,  suyultirilgandan  so'ng  har  1  ml  urug'da sperm alar soni 
30  min  dan  har bir dozasi esa 3 mlrd  dan  oz  bo'lmagan  holatgacha suyulti-

riladi. Ayg'irlar urug'i baholanganda uning faolligi 6-balldan va har 1  ml urug‘ 
tarkibidagi  sperm alar  soni  150  mln  dan  oz  bo'lm asligi  kerak,  ularni 
suyultirishga  ruxsat  etiladi.  Buqa  urug'i  3—4  marta  (1:2,  1:3)  har  bir  doza 
urug‘  tarkibidagi  spermalar  konsentratsiyasi  3  mlrd  dan  oz  bo'lmaguncha 
suyultiriladi.
Urug‘ muhit bilan asta-sekin suyultiriladi. Buning uchun muhit urug' ustiga 
oz-ozdan  solinadi.  Har  bir  porsiya  muhit  solingandan  so'ng  ehtiyotlik  bilan 
aralashtiriladi.  Suyultirilgan  urug'ning  faolligini  albatta  mikroskop  ostida 
aniqlash  kerak.
SPERMALAR  HAYOTCHANLIGINI  VA  SUYULTIRGICH 
MUHITINING  SIFATINI  BIOLOGIK ANIQLASH
Muhit  sifati  ularda  suyultirgan  sperm alarni  necha  soat  davomida 
harakatchanligini  yo'qotmasligi  bilangina  emas,  balki  urug'ni  turli  darajada 
suyultirilganda  suyultirilmagan  uruqqa  nisbatan  uzoq  vaqt  spermalarning 
uzoq vaqt hayotchanligini saqlashiga qarab aniqlanadi.
Shuning  uchun  muhit  har  qaysi  hayvon  urug'i  bilan  tekshirilishi  kerak. 
Bunda  urug'ni  turli  darajada  suyultirilganda  uning  hayotchanlik  darajasi 
aniqlanadi hamda har qaysi hayvon uchun suyultirgichning muqobil darajasi 
belgilanadi.
Buqa va qo'chqor urug'larini  suyultirish  uchun  qo'llaniladigan  muhitlarni 
aniqlash va ularda spermalarni yashash muddatini bilish uchun suyultirilgan 
urug'  har  kuni  2  marta  tekshiriladi.  Buning  uchun  mayda  flakonlardan 
foydalaniladi.  Har  qaysi  flakonchaga  0,5  yoki  1  ml  dan  urug'  suyultirgich 
muhiti solinadi, birinchi flakonchaga 0,5 yoki 1  ml yangi olingan urug' qo'yiladi, 
yaxshi aralashtiriladi, keyin esa undan 0,5 yoki 1  ml olinib, keyingi flakonchaga 
qo'yiladi, aralashtiriladi va hokazo. Shunday qilib,  urug' 2 ,4 , 8,16, 32 va 64 
marta suyultiriladi,  nazorat sifatida suyultirilmagan  urug' tekshiriladi.
Urug' suyultirilgandan so'ng spermalar faolligi aniqlanib, probirkalar muz 
solingan termosga qo'yiladi. Urug'dagi spermalar faolligini tekshirish natijalari 
12- jadvaldagidek yoziladi.
12- jad val
Tekshirish  natijalarini  yozish   nusxasi
Urug'ni  suyultirish 
darajasi
Tekshirish  yakunlarida  sperm alar  faolligi
1
2
3
4
5
1:2
99
87
76
65
54
1:4  va  h.  k.
99
87
76
65
4 4
suyultirilm agan  urug’
87
55
33
22
11
Tekshirish  natijalariga  ko'ra  buqa  va  qo'chqorlar  urug'ining  eng  yuqori 
suyultirish  darajasi  aniqlanishi  mumkin,  ammo bunda bu hayvon  urug'ining 
faolligi  7  balldan  oz  bo'lmaganda  ishlatishga  ruxsat etiladi.  Urug'ni  bunday

usullar bilan  tekshirish ma’lum  sharoitlarda (3- oyda bir marta yoki  urg'ochi 
hayvon  tuxumhujayrasi  urug'lanishining  pasayishi  yoki  yangi  suyultirgich 
kom ponentlaridan  foydalanilganda)  o'tkaziladi.  Bir  hayvon  urug'i  bilan  ikki- 
uch  urug‘ suyultirgich muhitlarda bionazorat olib borishi mumkin,  bunda turli 
rejimlar,  muhit tarkibining turlicha bo'lishi nazarga olinadi.  Bundan tashqari, 
sun’iy  qochirish  punktlarida  2— 3  ml  suyultirilgan  urug'larni  qoldirish  ham 
tavsiya  etiladi  va  ularda  spermalarning  faolligi  kuniga  2  marta  tekshiriladi, 
shu m aqsadda punktlarga olib kelingan saqlash muddati tugagan urug'larning 
ham  faolligi  aniqlanadi.
URUG'NI  SAQLASH
Darsning maqsadi. 
Buqa, qo‘chqor, erkak cho'chqa va ayg'ir urug'larini 
saqlash,  tashish  uchun  kerakli jihozlar bilan  tanishish.
T e k s h iris h   obyektlari  va  kerakli  jihozlar: 
buqa,  qo'chqor,  erkak 
cho‘chqa  va  ayg'irlardan  yangi  olingan  urug‘lar,  urug‘ni  suyultirish  uchun 
ishlatiladigan  sun’iy  m uhitlar,  bir  marta  ishlatiladigan  shishali,  polietilen 
am pulala r  va  probirkalar,  antibiotiklardan  bo‘shagan  flakonlar,  ularning 
q o p q o q la r i;  p a x ta   p o lie tile n   x a lta c h a la r,  e le k tro m u z x o n a la r,  tu rli 
k o n s tru k s iy a d a g i  te rm o s la r,  D yu a r  id is h la ri,  m uz,  s h is h a   k o lb a la r, 
m ikro s k o p la r,  buyum   va  q o p la g 'ic h   oynalar,  shish a  ta yo q ch a la r  yoki 
pipetkalar, rezinali halqalar, 50— 100 ml li og‘zi mahkam  yopiladigan shisha 
bankalar,  doka,  pergament  qog'oz  yoki  sellofan,  rezina  qo'lqoplar,  himoya 
ko'zoynaklari, ftoroplast plastinkalar, taxtachalarni ushlagichi, suyuq azotda 
granulali  muzlatilgan  urug'lam i  saqlaydigan  idishlar,  kornsanglar,  25— 50 
ml  shprislar,  urug'lam i  ftoroplastli  plastinka  chuqurchalariga  solish  uchun 
ishlatiladigan graduirlangan pipetkalar,  pinsetlar,  urug'lami suyultirish uchun 
qo'llanadigan  maxsus  moslamalar,  yupqa devorli  polimerli  naychalar,  PRJ 
avtom ati,  diametri  40  ml  bo'lgan  alyumin  trubalar,  urug'ni  muzlatish  uchun 
qo'llanadigan  moslamalar,  polipropilenli  naychalar,  anaerostat,  vakuumli 
nasos  misdan yasalgan  g'alvir,  payettalarni  solib  qo'yish  uchun stakanlar.
Qisqacha uslubiy ko'rsatma. 
Dars kafedra laboratoriyasida olib boriladi. 
Talaba va o'quvchilarga (har qaysi stolga ikki kishidan) yuqorida ko'rsatilgan 
reaktiv,  asbob-uskunalar bilan ta'minlanadi. 0 ‘qituvchi talabalarni  urug'lami 
saqlashda  qo'llaniladigan  jihozlar  bilan  buqa,  qo'chqor,  erkak  cho'chqa va 
ayg'ir urug'ini qisqa muddat saqlash, buqa va ayg‘ir urug'ini uzoq vaqt saqlash 
u s u lla ri  bilan  ta nish tira di.  Keyin  ta lab ala r  m ustaqil  olingan  uru g'larni 
ba h o la y d ila r,  ularni  su yu ltira d ila r,  idishlarga  s ola dila r,  tu rli  haroratda 
saqlaydilar.
Q isq a  m uddat  saqlanadigan  urug'larni  talabalar  har  kuni  1— 3  kun 
davom ida  tekshirib,  sperm alar  faolligini  aniqlaydilar  va  oigan  natijalarini 
daftarlariga  yozadilar.  Uzoq  muddat  muzlatilib  saqlangan  urug'ni  muzini 
eritish, sperm alarning faolligini aniqlash  isitgich stolchalari yoki term ostatlar 
yordam ida bajariladi.

Urug'larini qisqa muddat issiq  haroratda,  uzoq  muddat buqa va ayg'irlar 
muzlatib saqlash  usullari  mavjud.
Buqa va qo'chqor urug'larini 2
—5°C 
haroratda saqlash. 
Yangi olingan 
buqa va qo'chqor urug'larining faolligini aniqlagandan so‘ng suyultirgich muhit 
bilan suyultiriladi. So'ngra spermalar faolligi mikroskop ostida yana aniqlanib, 
alohida  idishlarda qadoqlanadi.
Buqa  urug‘i  bir  marta  ishlatiladigan  sterillangan  shisha  yoki  polietilen 
ampulalarda,  hajmi  1  ml  bo'lgan  polyetilen  probirkalarda,  antibiotiklardan 
bo'shagan  flakonlarda  qadoqlanadi.  Qo'chqorlar  urug‘i  probirkalarda  yoki 
hajmi 5— 8 ml flakonlarda qadoqlanadi. Probirka va flakonlar urug‘ bilan to‘ldi- 
rilib  qopqog'i  berkitiladi.  Bu  ularni  bir joydan  ikkinchi  joyga  olib  borganda 
spermalarga turli salbiy ta’sirlarni kamaytiradi. Shisha ampulalarga urug‘ to'ldi- 
rilgandan  keyin  uning  og‘zi  alanga  yordamida  kavsharlanadi.  Polietilen 
ampulalar og‘zi  issiq elektr dazmollari yoki  elektr kavsharlagich  yordamida 
berkitiladi. Flakonlar og'zi esa sterillangan, zaharsiz qopqoqlar bilan yopilib, 
etiketkalari  rezina halqalar yordamida beriktiladi.
Juda  tez  sovitilgan  urug'larda  spermiyalar  harorat  shoki  ta’sirida  halok 
bo'ladi.  Shuning  uchun  qadoqlangan  urug'lar 2— 5°C da  asta-sekinlik bilan 
2—3 soat davomidasovitiladi. Buning uchun buqalarning suyultirilgan urug‘i 
oldin  iliq  suv  (30°  dagi)  solingan  shisha  stakanlarga  quyilib,  keyin  u  20 
daqiqaga  22°  dagi  suv  hammomlariga  o'tkaziladi.  Shundan  so‘ng  urug‘ 
qadoqlanadi  va  boshqa  texnologik jarayonlar xona  harorati  sharoitida  olib 
boriladi.
Qadoqlangan qo'chqor urug'lari uy haroratida  10— 15 daqiqa saqlanadi. 
Ampula,  probirka  va  flakonlar  paxta  qatlami  bilan  o'ralib  yoki  parolon 
amortizatorlar yordamida joylashtirilib,  polietilen,  rezina  xaltachalarga soli- 
nadi, germetik mahkamlanib, asta-sekinlik bilan 2—5o gacha elektromuzxo- 
nalarda yoki  muz solingan termoslarda sovitiladi.
Urug‘  suyultirilgach  30— 60  daqiqadan  so‘ng  har  qanday  transport 
yordamida  xo'jaliklarga  yetkazilishi  kerak.  Flakonlarga  yoki  urug‘  solingan 
boshqa  idishlarga  etiketka  yopishtirilgan  bo'lib,  bunga  urug‘  olingan  vaqti, 
urug‘i  olingan  hayvon  laqabi,  idishdagi  dozalab  soni,  urug‘  yuborilayotgan 
joy va 2 nusxada order yozilgan  bo'ladi.  Urug‘ xo'jaliklariga og‘zi  keng oziq- 
ovqat uchun mo'ljallangan plastmassa termoslarda olib boriladi. Agar tashqi 
muhit  harorati  —  5  dan  past  bo'lsa,  urug‘  solingan  termoslarda  urug‘ 
muzlamasligi  uchun  ularga  kigizli yoki  paxtali jild  kiygiziladi.
2— 5° da saqlangan, faolligi 7 balldan oz bo'lmagan suyultirilgan buqalar 
urug'ini  sigir  va  g'unajinlarni  sun’iy  qochirish  uchun  3  kun  davomida 
qo'chqorlar urug’i 2 kecha-kunduz davomida, ayrim vaqtda spermalar faolligi 
8 balldan  oz bo'lmaganda 36 soat davomida qo‘llanishi  mumkin.
A y g ‘ir  urug'ini  2
—5° 
da  saqlash. 
Ayg'irlar  urug‘i  turli  muhitlar  bilan 
suyultirilib  ikkinchi  marta spermalar faolligi  baholangandan  so‘ng,  56— 100 
ml  dan  sterillangan,  og'zi  mahkam  berkitiladigan  shisha  bankachalarga 
solinadi.  Qopqog'i  rezinali  halqalar  bilan  berkitiladi.  Urug'li  bankachalar  3 
qavatli  doka  yoki  polietilen  xaltach a la rga   solib,  m uzli  term oslarga

joylashtiriladi.  Urug'ni saqlash vatarqatish maqsadida Butun ittifoq yilqichilik 
ilmiy-tekshirish  instituti  tavsiya  etgan  maxsus  konstruksiyali  termoslardan 
foydalaniladi. U zanglamaydigan tunukadan yasalgan bochkacha, ikki devori, 
issiqlik  o'tkazmaydigan  fanerli  g'ilofdan  iborat.  Bochkachaning  ikki  yon 
tomonidagi idishlarga muz solinib, o'rtasidagi silindrsimon idishga esa urug‘ 
solingan bankachalar qo'yiladi, bu yerda harorat 2—5° da saqlanadi. Bunday 
konstruksiyadagi termoslarda ba’zan buqalar urug'i ham tashiladi. 2—5° da 
saqlangan ayg'irlar urug'i biyalarni qochirish uchun 48 soat davomida ishla- 
tilishi mumkin  bo'ladi.
Erkak cho'chqalarning  urug‘ini 
16
— 20° da saqlash. 
Erkak cho'chqa- 
lardan  urug'  olingandan  so'ng  GXSS  yoki  GXS  muhitlari  bilan  suyultiriiib, 
spermalar faolligi aniqlanadi. Olingan urug‘ shisha kolbalarga yoki polietilen 
flakonlarga solinib, og‘zi sellofan yoki pergament qog'ozi bilan yopilib, qorong'i 
joylarda  16— 20°  da  saqlanadi.  Agar  harorat  past  bo'lsa,  (6°  dan  past 
bo'lmaganda)  urug‘  GXSSJ  yoki GXSJ  muhitlari  bilan  suyultiriladi.  Urug'lar 
bir joydan  ikkinchi  joyga  maxsus  konstruksiyali  termoslarda  («Xarkov TS- 
3»,  parolonli  termos,  termos-quticha va  boshqalarda) jo'natiladi.  Urug'larni 
saqlash va suyultirish  harorati  16— 20°  bo'lishi  kerak.
Bunday  sharoitlarda  saqlangan  urug'lar  urg'ochi  cho'chqalarni  sun’iy 
qochirish  uchun  uch  kun  mobaynida  qo'llanishi  mumkin,  bunda  spermalar 
faolligi 6  balldan  oz bo'lmasligi  kerak.
Urug'ni muzlatib saqlash yo'llari. 
Yuqorida ko'rsatib o'tilgan yo'llar bilan 
buqalarning  urug'ini  5—6  kun  saqlash  mumkin.  Bundan  ko‘p  saqlansa, 
spermalar o'ladi va o'zining sifatini yo'qotadi.
Buqalarning  urug'idan  maksimal  foydalanish  uchun  hozirgi  vaqtda  uni 
muzlatilgan  holda,  30  yilgacha  saqlash  yo'llari  ishlab  chiqilgan.  Urug'larni 
bir  necha  yil  saqlash  uchun  quruq  kimyoviy  yo'llar  bilan  olingan  muz  yoki 
suyuq  azotdan  foydalaniladi.  Quruq  muz  bug'lanishi  natijasida  —  78°  ga 
ega bo'lgan  suyuqlik hosil  bo'ladi.  Suyuq azot esa — 196° sovuqlik beradi. 
Ko'rsatilgan  usulda  urug'lar  saqlanganda  modda  sarf  bo'lmaydi.  Natijada 
urug'larda  urug'lantirish  qobiliyati  uzoq  vaqtgacha  saqlanadi.  Buqalardan 
olingan  urug'larni  birdaniga  quruq  muz  yoki  suyuq  azotning  ichiga  qo'yish 
mumkin  emas.  Chunki  urug'lar sovuqqa chidamsiz  bo'ladi.  Shuning  uchun 
oldin spermalarning sovuqqa chidamliligini — rezistentligini aniqlash  kerak. 
Organizmdan  tashqari  haroratning tez  pasayishi  natijasida  urug'da harorat 
shoki  sodir  bo'ladi.  Bunda  barcha  spermalar  halok  bo'ladi.  Spermalarning 
tiriklik xususiyati  ularga  0° ta’sir etib,  tez  sovitish  usuli  bilan  aniqlanadi.  Bu 
tadbir  muzlatish  uchun  eng  yaxshi  eyakulyatlarni  ajratib  olishga  yordam 
beradi.
Ish  boshlashdan  oldin  o'lchovi  100  ml  li  kolbaga  qaynatilgan  yoki 
distillangan suv quyiladi va 6 g glukoza eritmasi tayyorlanadi. Har bir buqadan 
olingan urug'ni tekshirib ko'rish uchun 3 tadan kam bo'lmagan  probirka yoki 
flakonga  1—2  ml tayyorlangan  eritma quyiladi.
Tekshirishdan  oldin  muzli  vannaga  uchta  probirkaning  ikkitasini  5 
daqiqaga solib qo'yiladi.  Uchinchi probirkaga 6% li glukoza solinib, 37—40°

I¡  termostatga  qo'yiladi.  Mikroskop  uchun  belgilangan  TM-1  termostat  ¡sh 
boshlashdan oldin 40— 42° da 20—30 daqiqa saqlab turiladi. Bir, ikki tomchi 
aralashmagan urug‘ tekshirish vaqtida 10 va 30 daqiqa xona haroratida saq- 
lanadi. Tekshirilayotgan urug‘ 2±1  dasovitilgan 6% li glukoza eritmasi bo'lgan 
probirkaga  shisha  pipetka  yordamida  solinadi,  shundan  keyin  37—40°  da 
isitilgan eritmali probirkaga 5 daqiqa soiib qo'yiladi va mikroskop ostida sper- 
malarning  harakatchanligi aniqlanadi.
Urug'ning  sifati,  spermalarning  sovuqdan  bo'ladigan  shokka chidamlilik 
koeffitsienti quyidagi formula bilan  aniqlanadi:
a1  = 2 
h
— 1 °C da 6% li glukoza eritmasiga solingan spermalarning 5 daqiqa 
o'tgandan keyin harakatchanligi, ball bo'yicha a2 = 3 7 -4 0 ° da 6% li glukoza 
eritmasiga solingan spermalarning 5 daqiqa o'tgandan keyin harakatchanligi 
ball  bo'yicha.
Misol: 37—40° da 6% li glukoza eritmasida spermalarning harakati 8 ball,
2 + -1 ° C   haroratdagi  eritmada  1;5 ball.
Spermalarning  sovuqqa  chidamliligi  (rezistentligi)  shokka  nisbatan 
maksimal ko'rsatkich  koeffitsienti — 1,0
Urug'ning  rezistentligi  qancha  yuqori  bo'lsa  uning  sovuqqa  chidamliligi 
ham shuncha yuqori  bo'ladi.
Urug'ni muzlatish  uchun qo'llaniladigan sun’iy moddalarning tavsifi va 
ularni tayyorlash. 
Hayvondan olingan urug'ni saqlash  uchun biologik va sun’iy 
moddalardan tayyorlangan maxsus eritmalardan foydalaniladi. Bunda buqa urug‘i 
o‘z xususiyatlarini yo'qotmagani holda uzoq vaqt saqlanish uchun — 196°C da 
muzlatiladi. Natijada urug‘da moddalar almashinuvi jarayoni keskin pasayadi.
Urug'ni muzlatib uzoq saqlash usuli quyidagilarga qat’iy amal etishni talab 
qiladi: suyultirish texnologiyasi, urug'ni sovitish va muzlatish, muzdan tushirish 
va qayta muzlatish, haroratning o'zgarib turishi. Aks holda, urug' o'z sifatlarini 
yo'qotib, yaroqsiz  bo'lib qoladi.
Hozirgi paytda sun’iy qochirish stansiyalarida granula (dona) shaklida va 
naychalarda (payetta)  muzlatish  usuli qo'llaniladi.
Buqa  urug'ini  granula  shaklida  muzlatish. 
Muzlatish  eyakulyatlarni 
sinchiklab  tayyorlashdan  boshlanadi.  Suyultirib  muzlatish  uchun  sperma 
konsentratsiyasi  0,7  mlrd/ml  va  faolligi  8  balldan  kam  bo'lmasligi  lozim. 
Suyultirish  uchun  quyidagi tarkibdagi sun’iy moddalar ishlatiladi:
K
k
=
ó
~
  bunda
K a  =
 1 |  = 0,18.
8,0
Distillangan  suv 
Laktoza
Yangi tuxum  sarig'i
Glitserin
Spermosan-3
100 mi,
11,5 g
20.0  mi
5.0  mi
50 ming ta’sir birligi  (TB)

Bu  moddalar  urug‘  suyultirishdan  oldin  32°  da  ¡sitiladi.  Muzlatish  uchun 
aralashtiriladigan  urug'ning  suyultirish  darajasi  uning  konsentratsiyasiga 
bog'lik,  ya’ni  0,1  mi  hajmli  bir  granulada  eritgandan  keyin  10— 15  mi  dan 
kam bo'lmagan to‘g‘ri chiziqli harakat qiladigan spermalar bo'lishi kerak. Su- 
yultirilgan  urug‘  3— 5o  da  90  daqiqa  davomida  sovitiladi,  shundan  so‘ng 
haroratni  o‘zgartirmay,  ro‘zg‘or  muzlatgichida  4— 5  soat  saqlanadi.  Jami 
ekvilibr  vaqti  5— 7  soat  davom  etadi.  Muzlatish  va  granulalar  tayyorlash 
maxsus jihozlangan  xonada olib boriladi.
Urug'ni  muzlatish  uchun  oldindan  bakteriotsid  lampada  nurlantirilgan 
quruq  muz  bloki  tayyorlanadi.  Muz  yuzidan  chuqurchalar  maxsus  dazmol 
bilan  ochiladi.  Shundan  so'ng  har bir chuqurchaga 2  g  li  igna shpris bilan  2 
tomchi urug‘ tomiziladi. Tomizilgan  urug' 5— 10 daqiqa quruq muz yuzasida 
saqlanadi.  Muzlagan  granula  tekshiriladi  va  yaroqsiz  deb  topilgani  (hajmi 
bo'yicha  standartsiz,  pufakchalar  hosil  qilgani)  tashlanadi,  yaroqlisi  suyuq 
azotga  solinadi  va  metall  tyubiklarga  qadoqlab  o‘rab  qo'yiladi.  Metall 
tyubiklarga buqaning laqabi va granulalarning muzlatilgan kuni yoziladi. Muz- 
latilgan  urug‘  statsionar omborchalarda saqlanadi  va joylarga  azotli  Dyuar 
idishlarida yetkazib beriladi. Muzlatilgan urug'larni omborchalarga qo'yishdan 
oldin  idishda 30 kun  saqlanadi.  Muzlatilgan  urug' faolligi  1  kundan so‘ng va
7— 10,14—20 kun o'tgandan keyin tekshiriladi.  Ishlatishdan oldin  1  granulani 
1  mi shisha ampulaga solingan 2,9%  li  natriy sitrat eritmasida eritiladi.
Muzlatilgan  urug'ni  eritish. 
Muzlatilgan  urug'ni  idishdan  olish  uchun 
kanistr bo‘g‘zini quyi chekkasidan ko'tarish kerak.  Kanistr ichidagi tyubikdan 
sovitilgan  kornsang  yoki  pintset  bilan  kerakli  miqdorda  granula  olinadi  va 
ampula  yoki  38— 40°  suv  hammomiga  quyilgan  eritma  solingan  penitsillin 
flakoniga solinadi. Granulani olish ishi tez bajarilishi kerak. Granulani chiqarib 
olish faqat bino ichida bajariladi. Granulalarni Dyuar idishi kanistrlariga uncha 
ko‘p  bo'lmagan  miqdorda  (bir necha  kanistrga  20—30  dona)  solish  kerak. 
Bunday  qilishdan  maqsad  urug'larni  buzilib  qolishidan  saqlashdir.  Chunki 
urug'larni  bo'lib-bo'lib olganda ular buzilib qoladi.
Spermalar faolligining yuzaga chiqishi uchun harorat rejimiga rioya qilish 
kerak. Spermalar mikroskop yordamida 38—40° da isitadigan Morozov stolida 
tekshiriladi.
Sigir va g'unajinlarni sun’iy qochirish uchun granulalarni eritgandan keyin 
faolligi 4 balldan  past bo'lmagan  urug'lar ishlatiladi.
U rug'ni  p ayettalarda  0,5  mi  dan  m uzlatish. 
Urug'ni  payettalarda 
muzlatish  uchun  «Eyir-Likid»  firmasi  (Fransiya)  da  ishlangan  asboblardan 
foydalaniladi. Muzlatish jarayonida Legl shahrining sun’iy qochirish markazida 
ishlab chiqarilgan Fransuzchatexnologiyaqo'llaniladi. «Leysifos-271» shriftli 
modda quruq  holda ishlatiladi.  Bu moddani eritish  ikki bosqichli bo'lib,  ikkita 
suyultirgich tayyorlanadi.
1- 
suyultirgich  «Leysifos-271»  paketi 40° da isitilgan 400 mi distillangan 
suvda eritiladi. +50° da isitilgan  100 mi distillangan suvda 50 mi tuxum sarig'i 
eritiladi va «Leysifos-271» eritmasiga qo'shiladi. Shundan keyin 50° dagi  18 
mi glitserin  qo'shiladi  (3%  li glitserin).

2- 
suyultirilgich  ham  xuddi  shunday  usulda  tayyorlanadi.  Uning 
suyultirilgichdan  farqi  shundaki,  unga  66  ml  glitserin  (yoki  11%  li  glitserin 
pirovardida  7%  N  glitserin)  qo'shiladi.  Olingan  urug1  1-sun’iy  modda  bilan 
1:1  nisbatida suyultiriladi va muzlatgichga qo'yiladi.
Muzlatgichda urug'lar 2-sun’iy modda bilan 1:1  nisbatida (+4°) oxirgi marta 
suyultiriladi.  2-sun’iy  moddaning  ma’lum  miqdori  urug'lanib  so'nggi  marta 
suyultirish  uchun  ikki  bo‘lakka  bo‘linadi.  Birinchi  bo‘lak  40— 45  daqiqa 
o'tgandan so'ng (+50darajagachasovitilgach) qo'shiladi.  Ikkinchi bo'lakesa 
15 daqiqadan  keyin  qo'shiladi.
Shundan  so‘ng  4°  da  2—3  soat  davomida  urug'lar  sovitladi.  Muzlatish 
payettanay asbobida bajariladi. Qadoqlashdan 2 soat oldin payettaga belgilar, 
maxsus yozuv mashinkasida — (buqalarning laqabi va nomeri, zoti, tug'ilgan 
kuni va yili,  korxonaning  nomi) yozib qo'yiladi.
Shundan keyin payettalar polietilen xaltachalarga solinadi va muzlatgichga 
qo'yiladi.  Ular bu yerda ishlatilgunga qadar, ya’ni 4° da 1,5—2 soat davomida 
sovutiladi.
Suyultirilgan  urug'larni  payettalarda qadoqlash  ultratovush  asbobi  bilan 
jihozlangan  maxsus  sovitish  kamerasida  amalga  oshiriladi.  Urug'larni 
muzlatish  suyuq  azot bug'ida maxsus ternir tur o'matilgan  og'zi  keng ochiq 
omborchalarda olib  boriladi.  Payetta suyuq  azot  bug'iga to'ldirilgan  idishga 
solinadi  va  maxsus  qopqoq  bilan  bekitiladi.  U  yerda  —  150°  da  7  daqiqa 
saqlanadi.
Muzlatilgan  payettalar maxsus polimetr stakanlarda to'planadi va suyuq 
azotga solinadi. Natijada muzlatilgan har bir buqa urug'idan namunalar olinib, 
RSV  —  25  yoki  30  tipidagi  kichkina  idishlarga  solinadi  va  24— 48  soat 
saqlanadi.  B elgilangan  vaqt  o 'tgandan  so'ng  urug'  sp erm a larning  
harakatchanligi tekshiriladi.

Yüklə 24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə