Rivojlantirish instituti a. R. Jabborov, S. S. Sotiboldiyev veterinariya akusherligi, ginekologiyasi va sun



Yüklə 24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/40
tarix28.04.2017
ölçüsü24 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40

Payettalarni  isitib  eritish. 
Payettalarni  muz  holatidan  chiqarish  uchun 
ularni +38  - 4 0 °  suvli  idishda 7— 10  daqiqa davomida saqlash  kifoya.  Pay- 
ettaning bir tomonidagi uchi sterillangan qaychi bilan kesiladi va shu tomoni 
bilan 38-40° gacha isitilgan limon kislotasi natriy tuzining izotonikeritmasiga 
(2,9%  li) solinadi.  So'ngra shu qaychi  bilan  payettaning  ikkinchi tomonidagi 
uchi  kesilib,  eritilgan  urug' flakonchaga solinadi.  Hosil bo'lgan  urug' va erit- 
ma  aralashmasini  bo'shagan  payetta  bilan  aralashtirib,  bir  tomchi  buyum 
oynasiga tomiziladi va  mikroskop ostida 38—40° darajada tekshiriladi.
MUZLATILGAN  URUG'LARNING  FAOLLIGINI  TEKSHIRISH
Qishloq  xo'jalik  hayvonlarini  sun’iy  qochirishda  sifatli  urug'lardan 
foydalanilgandagina urg'ochi hayvon tuxumhujayralarining urug'lanish darajasi 
yuqori bo'ladi. Shuning uchun harqaysi hayvonni sun’iy qochirilishidan oldin, 
unga ishlatiladigan  urug' sifati  hartomonlama tekshirilishi  kerak.
2—5°  darajada  saqlangan  urug'ning  faolligini  tekshirish  uchun  urug' 
saqlanayotgan  termos  ochilib,  undagi  urug'  solingan  flakon  olinadi.  Flakon

sekin  aylantirilib,  urug‘  aralashtiriladi  va  undan  bir tomchi  tekshirish  uchun 
olinadi.  Flakon esa tezda  muz solingan termosga qaytib qo'yiladi.
Agar  urug‘  bir marta  qo'llanadigan  miqdorda  probirka yoki  ampulalarda 
saqlanayotgan  bo'lsa,  ular  termosdan  oiinib  probirka  yoki  ampulalarni 
aylantirib aralashtiriladi.  So'ngra probirka qopqog'i ochilib yoki ampula og'zi 
qirqilib,  steril  pipetka  yoki  shisha  tayoqcha  bilan  bir  tomchi  urug'  olinadi. 
Ampula  og‘zi  sterillangan  doka  yoki  paxta  bilan  yopib,  probirka  og‘zi  esa 
qopqoq  bilan  bekitilib, yana qayta muzli termosga qo'yiladi.
Bir  tom chi  urug'  buyum  oynasiga  tom izilib,  yoniga  2,9%  li  limon 
kislotasining  natriyli  tuzi  eritmasidan  yoki  1%  li  natriy  gidrokarbonat 
eritmasidan  bir  tomchi  tomiziladi  va  aralashtirib,  qoplagich  oyna  yopib, 
mikroskop  ostida  38—40  daqiqa  tekshiriladi.  Buning  uchun  mikroskop 
termostat  qutisiga  joylashtiriladi,  elektr  lampasi  bilan  isitiladi  yoki  maxsus 
isitgich stolchalaridan foydalaniladi.
Erkak  cho'chqalarning  16—20° da  saqlangan  urug‘ini  baholash  uchun 
urug‘dan  bir tomchi  buyum  oynasiga tomizib,  unga  bir tomchi 2,9% li  limon 
kislotasining  natriyli tuzi  eritmasidan  aralashtiriladi  va qoplagich  oyna bilan 
yopib  mikroskop  ostida  40—42°  gacha  isitilgan  stolchalardan  foydalanib 
tekshiriladi.
Ayg'irlar  urug'ini  muzlatish. 
Ayg'irlar  urug'i  muzlatishdan  oldin  lakto- 
xelato-sitratli tuxum sarig'i aralashtirilgan  (LXSJ) yoki  laktoza tuxum sarig‘i, 
ammoniy  sulfatlardan  (LJS)  tarkib  topgan  suyultirilgichlar bilan  4  karra  su- 
yultiriladi.  LXSJ  muhitning  tarkibi:  laktoza  —  11  g,  tuxum  sarig'i  —  0,8  g, 
4,2%  li  natriy  bikarbonat  eritmasidan  —  0,2  ml,  35,7%  li  natriy  sitrat 
eritmasidan  — 0,25  ml,  xelaton  —  100  ml,  glitserin  —  3,5  ml,  distillangan 
suv — 100 ml, LJS muhitning tarkibi:  laktoza — 10 g,ammoniy sulfat — 150 
ml, tuxum  sarig'i — 1,6 g,  glitserin — 3,5 ml,  distillangan  suv — 100  ml.
Urug‘  suyultirilgandan  so‘ng  0°  gacha  sovitiladi  va  shu  haroratda  2 
soat  saqlanadi.  Sovitilgan  urug‘lar  alyuminli  paketlarga  13  ml  dan  solib 
yopiladi.  Uning  devorlariga  qalam  yoki  ruchka  bilan  urug'i  olingan  ayg'ir 
laqabi, zoti va olingan vaqti yoziladi.  Urug‘ solingan paketlar maxsus mos- 
lamalarda  suyuq  azot  ustidagi  sovitilgan  gazlarga  qo‘yib  muzlatiladi.  Bu 
moslamalarda  ushlagichlar bilan  penoplastdan  yasalgan  po‘kak bo‘lib,  u 
urug*  solingan  paketlarni  mahkam  ushlab  turadi.  Bunga  urug‘  solingan 
paketlar  (200  ml)  o'rnatilib,  Dyuar  idishidagi  suyuq  azot  ustiga  quyiladi. 
Po'kak  urug'ni  suyuq  azot sathidan  ma’lum  masofada saqlashga  imkon 
beradi.  Dyuar idishi qopqog'i yopilib,  urug1 5 daqiqa saqlangandan  so'ng 
muzlatiladi va muzlatilgan  urug‘ suyuq azotdan  uzoq saqlash omborlariga 
0
‘tkaziladi.
Ayg'irning  muzlatilgan  urug‘ini  eritish. 
Muzlatilgan  alyumin  paketlar- 
ning muzini eritish uchun ularni 38—40° dagi suv hammomlariga 1—2 daqiqa 
solish  kerak.  Erigandan  so'ng  ular steril  dokalar  bilan  artilib,  96%  li  spirtda 
yuqumsizlantiriladi.  So'ngra  sterillangan  qaychilar  bilan  paketning  cheti 
qirqiladi  va  pipetka yoki  shisha  tayoqcha  bilan  bir tomchi  urug'  oiinib,  unga 
2,9%  li  limon  kislotasining  natriyli  tuzi  eritmasidan  bir  tomchi  qo'shilib

m ikroskop ostida spermalar faolligi  baholanadi.  Muzlatib eritilgan urug'larda 
sperm alar faolligi  2 balldan  oz  bo'lmasligi  kerak.
Suyuq  azot bilan  ishlaganda  xavfsizlik qoidalariga  rioya  qilish.
Azot aralashgan havo bilan ko'proq nafas olinadigan bo'lsa, odamda bosh 
og‘ rig‘i  boshlanadi.  Azot  konsentratsiyasi  ko‘p  bo'lgan  havodan  nafas 
olinganda kishi behush bo'lib qoladi. Shu sababli Dyuar idishlari va statsionar 
om borlarda  ishlashda quyidagi  xavfsizlik qoidalariga rioya qilish  kerak:
1.  Xona albatta muntazam shamollatib turilishi  kerak.
2.  Dyuar  idishi  va  suyuq  azot  bilan  ishlayotgan  har  bir  shaxs  himoya 
ko'zoynagi  va  qo'lqop  kiyishi  shart.  Azot  terini  kuydirish  xususiyatiga  ega 
bo'lishi  sababli, teri  imkoni  boricha yopiq turishi  kerak.  Ayniqsa terini  suyuq 
azotdan  olingan  metall  buyumlarnlng  tegishidan  saqlash  kerak,  chunki  u 
ham  terini  kuydirishi  mumkin.  Agar suyuq  azot badanning ochiq joyiga teg- 
sa,  usha joyni shu  zahotiyoq  sovuq  suvda yuvish  shart.
3.  Azotni  idishlarga quyish jarayonida idish  og'ziga qarash qat’iyan man 
qilinadi.
4.  Odam lar ishlaydigan  xonada vakuumlik xususiyatini yo'qotgan  (ustki 
qismi qirov bilan qoplangan g'ilof), sinovdan o'tgan  Dyuar idishini isitish uchun 
qoldirish  qat’iyan  man  etiladi.  Bunday  idishiar  3  kun  m obaynida  alohida 
xonada  isitiladi va odam  kiritilmaydi.
5.  Idish og'zini zich yopish (ayniqsa tashish paytida) qatiyan man etiladi. 
Bo‘g‘zining yuqori  qismi muz  bilan  qoplangan  Dyuar  idishlari  ishlatilmaydi.
6.  Dyuar idishlariga transport rezervuarlardan suyuq azot quyish paytida 
egiluvchan shlang uchi idish tagigacha yetishiga etibor berish kerak.  Bunday 
qilinm asa rezervuar ichidagi  bosim  ko'tarilishi sababli azot oqimi  reaksiyasi 
kuchayadi va shlang idish og'zidan otilib chiqadi, natijada idish yonida turgan 
odam larga suyuq  azot sachrashi  mumkin.
7.  Suyuq  azot  bilan  to'ldirilgan  Dyuar  idishlarni  avtomobil  yoki  boshqa 
transport vositalarida tashish  uchun  ular  puxta o'rnatish  kerak.  Agar suyuq 
azotli idish tashish  paytida ag'anasa idish  ichidagi zichlik buzilishi natijasida 
kuchli portlash sodir bo‘ladi.  Dyuar idishlarini suyuq azot bilan doimo to‘ldirib 
turish  kerak. Bu ish idishdagi azot miqdorining 60— 70%  i bug'lanib ketganda 
amalga oshiriladi. Agar idishga tarkibida bir necha foizli kislorod bo'lgan iflos 
azot  qo'yilgan  bo'lsa,  u  holda  azot  va  kislorodning  qaynashi  o'rtasidagi 
(azotning  qaynash  harorati —   196°,  kislorodniki esa —  183°)  tafovut natija­
sida idish tez qaynaydigan komponent, ya’ni kislorod bilan boyiydi. To'xtovsiz 
bug'lanish  va  kislorod  bilan  ifloslangan  azotning  qo'shilishi  idishni  to'ldirib 
turgan  suyuqlikdagi  kislorod  konsentratsiyasi  ortishiga  olib  keladi.  Idishda 
qolgan suyuqlikdagi kislorod miqdorining ortishi bilan uning tez o't oluvchanligi 
ham  ortib  boradi.
Suyuq azotdagi kislorod miqdorining 20% dan oshishiga yo'l qo'yilmaydi, 
chunki havo hisoblangan bunday aralashmani qo'llashda maxsus qoidalarga 
amal  qilish talab etiladi.
8.  Stansiya  transport  rezervuarlari  avtom obillarning  haydovchisi  yoki 
kuzatib  boruvchi  shaxs  korxonadan  suyuq  azotning  har  bir  partiyasini

olayotgan  mazkur  korxona  texnika  nazorat  bo'limi  (OTK)  vakilidan  suyuq 
azot sertifikatini  olishi  kerak.
Sertifikatda suyuq azotning tozalik foizi  ko'rsatiladi.  Kriogen  uskunalarni 
ekspluatatsiya qilish buyicha mas’ul xodim stansiyadan olinayotgan azotning 
tozaligini  sertifikat  bo'yicha  muntazam  kuzatib  borishi  kerak.  Sertifikatlar 
boshqa xo'jaliklardan  alohida saqlanishi  lozim.
9.  Dyuar  idishida  qolgan  suyuqlikda  15%  kislorod  to'plansa,  idishni 
bo'shatish  kerak.  Kislorod  bilan  boyigan  suyuqlikni  xavfsiz,  kelib  chiqishi 
organik bo'lgan narsalardan (yog'och, qog'oz, latta, go‘ng va h.k.) tozalangan 
joyda to'kish  kerak.  Idishni  bo'shatishdan  oldin,  unda  saqlanayotgan  urug‘ 
vaqtincha  ikkinchi  suyuq azotli zaxira  idishga solib qo'yiladi.
10.  Suyuqlikdagi  kislorod  miqdori  GXP-3  turidagi  ko'chma  analizator 
yordamida tekshirib turiladi. Suyuqlikdagi kislorod vaqti-vaqti bilan analizdan 
o'tkazilib  turiiish i  kerak.  (XSJA  uchun  bir  yilda  1  marta,  punktlarda 
saqlanayotgan  idishlarni 6 oyda  1  marta analiz qilinadi).  Analiz  natijasi alo­
hida jurnalda qayd  qilinadi.
11.  Portlashning  oldini  olish  maqsadida  Dyuar  idishlardagi  kislorodli 
suyuqlikni yo'qotish uchun bug'latish yo'li bilan tozalash qat’iyan man qilinadi. 
Urug'ni  jo ‘natgan  sun’iy  qochirish  stansiyasida  xo'jalikka  yuborilgan 
urug‘lardan  olib  qolib,  uni  muzlatgichlarga  4— 5  kun  saqlash  va  har  kuni 
uning sifatini tekshirib turish zarur. Bu yo‘l bilan urug'ning yaroqli-yaroqsizligi 
ekanligi  bilib turiladi.  Agar saqlangan  urug‘ o‘z sifatini  mo'ljallagan  kundan 
oldin  yo'qotsa,  u  holda  bu  to'g'rida  xo'jallika  tezlik  bilan  xabar  beriladi  va 
kelgusi  urug‘  yuborish  kunini  kutmasdan,  shu  urug‘  yuborilgan  xo'jalikka 
boshqa urug' jo'natiladi. Xo‘jalikda esa urug‘ hamma vaqt muz solingan ter- 
m oslarda,  m uzlatgichlarda  va  Dyuar  idishlarida  saqlanib,  sigirlarni 
qochirishdan oldin  spermalarning  harakatchanligi tekshirib ko'riladi.
4 -  L A B O R A T O R IY A   M A S H G ‘ULO TI
Dars  davomida  o'quvchilar  nasldor  erkak  hayvonlarning  urug'larini 
suyultirish  uchun  ishlatiladigan  turli  muhitlarni  tayyorlash  usullari  bilan 
tanishishlari  kerak.
Darsning maqsadi. 
Urug'ni suyultirish uchun qo'llaniladigan asosiy sun’iy 
muhitlar tarkibini,  ularni tayyorlash  usullarini va  urug'ni suyultirish texnikasi 
hamda qoidalarini o'rganish.
Tekshirish  obyektilari  va  kerakli  jihozlar: 
buqa,  qo'chqor,  erkak 
cho'chqa va ayg'irlardan olingan yangi urug‘, distillangan suv,  limon kislota- 
sining  natriy,  magniy sulfat tuzi,  ammoniy  sulfat tuzi,  limon  kislotasi,  tovuq 
tuxumi,  sigirdan  yangi  sog'ib  olingan  sut,  penitsillin,  streptomitsin,  oq 
streptatsit, spermosan-3, dastasi bilan chinni oq hovoncha, sterillangan doka 
salfetka, natriy xlorid tuzi, vakuum-to'ldirgich, menzurkalar yoki 50,100, 250 
va 500 ml li silindirlar,  100, 250 va 500 ml li kolbalar, kadah, urug‘yig‘gichlar, 
penitsillindan bo'shagan steril flakonlar va ularning rezinali qoplagichlari, 100

ml li bankalar, filtr qog‘oz, pinsetlar, skalpellar, spirtli tamponlar, analitlk yoki 
apteka tarozisi (toshlari  bilan), soat oynalari,  urug‘yig‘gichlarni oïnatadigan 
shlativlar,  suv  hammomi,  termometrlar,  mikroskop,  isitgich  stolchasi  yoki 
termostatlar,  buyum va qoplagich oynalar,  pipetkalar,  qo‘l yuvish  uchun  ke- 
rak bo'ladigan cho'tkalar.
Qisqacha  uslubiy  ko'rsatma. 
Dars  kafedra  laboratoriyasida  yoki  o'quv 
punktida  olib  boriladi.  Talabalar  (har  qaysi  stolga  2  kishidan)  yuqorida 
ko'rsatilgan reaktiv, asbob-uskunalar bilan ta’minlanadi. 0 ‘qituvchi talabalarni 
sun’iy muhit tarkibiga kiradigan elementlar bilan tanishtiradi, suyultirgichlarni 
tayyorlash texnikasi hamda urug'lami suyultirish qoidalarini tushuntiradi. Keyin 
talaba  sun’iy  muhitlarni  mustaqil  tayyorlaydilar  va  buqa,  qo'chqor,  erkak 
cho'chqa, ayg‘ir urug‘larini suyultiradilar.  Urug‘larni suyultirish uchun sun’iy va 
biologik muhitlardan foydalanadilar. Ko'pincha tuxum sarig‘i qo'shilgan muhitlar 
ishlatiladi,  uning tarkibi  hayvon turiga va urug'ni saqlash  haroratiga bog'liq.
Tuxum sarig'i qo'shilgan  muhit quyidagi  komponetlardan  iborat bo'ladi:
Glukoza 
(tibbiyotda  qo'llanadigani)  oq  kristall  yoki  kukun,  hidsiz,  kuchsiz, 
shirin  ta’mli,  suvda  yaxshi  eriydi,  urug'lar  uchun  oziq  hisoblanadi.  Ularni  o‘z 
kuchlarini saqlab turish uchun yordam beradi va parchalanib ketishdan saqlaydi.
Laktoza 
(sut qandi)  oq  kiristall yoki  kukun,  hidsiz,  kuchsiz,  shirin  ta’mli, 
suvda oson eriydi.
Glikokol 
(aminosirka  kislotasi),  oq,  mayda  kristall  kukun,  o'ziga  xos 
kuchsiz  hidga ega,  shirin ta’mli.
Kaliy fosfat tuzi. 
Tiniq yirik kiristall,  ayrim vaqtda kristalli  kukun  sifatida 
bo'ladi.
Xelaton 
(trilon  B) — oq kristalsimon.
Natriy  bikarbonat 
(ichimlik sodasi) —  oq  poroshok.
Magniy sulfat tuzi 
— rangsiz  kiristall.
Limon  kislotasi 
— kristalli  poroshok, suvda yaxshi eriydi.
Kaliy  xlorid tuzi 
— rangsiz  kristall.
Ammoniy sulfat tuzi 
— rangsiz kristall poroshok, ayrim vaqtda sarg‘ish 
tovlanadi, suvda yaxshi eriydi.
Limon kislotasining  natriy tuzi 
—  oq yoki mayda kristall kukun, kuchsiz 
ishqoriy  ta’mga  ega,  tabiiy  bufer  sifatida  xizmat  qiladi,  urug'ning  o'zidan 
chiqayotgan  zaharli  moddalar  ta’siridan  himoya  qiladi.  Bundan  tashqari, 
spermalarning shishib, yorilib ketmasligiga va ularni normal holda saqlashga 
yordam  beradi.  Spermalarning  nafas olishiga ham ta’sir ko'rsatadi.
Yangi tuxum  sarig'ining tarkibida 
7% oksidlanmagan  letsitin  moddasi 
bo'lib, bu spermalarni tashqi muhit taassurotlaridan, sovuq urishidan saqlaydi. 
Bundan tashqari, tuxumdagi letsitin glukoza singari spermiyalar uchun oziq 
sifatida ham xizmat qiladi.
Bakteriostatik 
moddalar-penitsillin, streptomitsin va oq streptosid-uruqqa 
tashqi muhitdan tushgan zararli mikroorganizmlar ta’siridan saqlaydi. Oxirgi 
paytlarda shu  maqsadda spermosan-3  preparati qo'llanmoqda.
Qo'llanayotgan barcha tibbiyot preparatlari farmokopiya talablariga javob 
beradigan va spermalar uchun  zararsiz  bo'lishi  kerak.

D istilla nga n  yo ki  b id is tilla n g a n   su vla rdan   u ru g ‘  s u y u itiris h   uchun 
ishlatiladigan turli  m uhitlar tayyorlashda foydalaniladi.
Urug‘  suyuitirish  uchun  sut  va  asal  ishlatilishi  mumkin.  Sutli  m uhitlar 
tayyorlanganda sog'lom  sigir suti  ishlatiladi, ayg'ir urug'ini suyultirishda biya 
sutidan foydalaniladi.  Suyultirgich muhitlarda glitserin qo'shiladi.  U  sperma- 
larni suyultirib muzlatish  uchun qo‘llaniladigan sun’iy muhitlar tarkibigaqo'shi- 
ladi.  Glitserin  ishtirokida sun’iy  muhit tarkibidagi  suvlar muzlatilganda  katta 
kristallar hosil  qilmaydi,  demak  ular spermalarni shikastlamaydi.
T A K R O R L A S H   U C H U N   S A V O L L A R
1.  N a slli  e r k a k   h a y v o n la rn in g   urug'i  n im a   s a b a b d a n   s u y u ltirila d i? .
2.  Suyultirgich  dorilarga  nisbatan  qanday talablar qo'yiladi?  3.  Asosiy  urug‘ 
suyultirgichlar  tarkibi  nim alardan  iborat?  4.  Naslli  erkak  hayvonlarning 
urug'lari  nima  sababdan  uzoq  muddat  saqlanadi?  5.  Urug'larni  m uzlatmay 
saqlash  muddatlari? 6.  Urug'ni  muzlatib saqlash muddatlari? 7.  S perm alar­
ni  xo'jaliklarga  tashish  yo'llari?  8.  Spermalarni  muzlatib  saqlashda  mehnat 
xavfsizligi  qoidalariga  rioya  qilish.  9.  Urug'ni  suyultirishda  veterinariya- 
sanitariya qoidalariga  rioya  qilish?

SUN’IY  QOCHIRISH  TEXNIKASI  VA  ULARNI 
URUG'LANTIRISHNI  OSHIRISH  YO'LLARI
Hayvonning  hayoti  davomida  o'sish jarayoni  bir necha  marta o'zgaradi. 
Ya’ni  ularning  qiyofasi,  kattaligi  va  fiziologik  formasi  o'zgarib  turadi.  Eng 
muhim  o'zgarishlardan  biri  ular  organizmining  jinsiy  jihatdan  balog'atga 
etishidir.  Jinsiy  balog'atga  etish  deganda  hayvon  organizmining  shunday 
bosqichi  tushuniladiki,  bunda  hayvon  ko'payish  qobiliyatiga  ega  bo'ladi. 
Bunday paytda tuxumdonda follikulalar rivojlana boshlaydi, tuxumhujayralari 
yetiladi  va  organizmning  endokrin  faoliyati  kuchayadi.  Barcha  turdagi 
hayvonlarning  jinsiy  balog'ati  organizm  o'sishi  va  rivojlanish  jarayonining 
tugallanishiga qaraganda ertaroq  boshlanadi.  Jinsiy balog'atga yetish  hay- 
vonlar  turiga  ko'ra  har  xil  bo'ladi,  ya’ni  sigirlarda  8— 12  oyligidan,  qo'y  va 
echkilarda  6— 8  oyligidan,  biyalarda  18  oyligidan,  cho'chqalarda  5— 7 
oyligidan boshlanadi. Lekin ularni bu davrda qochirib bo'lmaydi. Erta qochirish 
ularning  rivojlanishiga o'sishi va ko'payishiga salbiy ta’sir qiladi.
Hayvonlarni  organizmi  fiziologik  jihatdan  yetilgan  paytda  qochirish 
maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu muddat qishloq xo'jalik hayvonlarida turlicha 
bo'ladi:
Sigirlarda 18—22 oyligida; sovliq va echkilarda 12— 15 oyligida; biyalarda
3  yoshlik  paytida;  cho'chqalarda  9— 12  oyligida,  ya’ni  bu  hayvonlar  katta 
nasldor hayvonlarning tana og'irlining 70% iga yetishi kerak, shundagina biz 
ularni qochirishimiz mumkin. Lekin, shuni ham unutmaslik kerakki, agar ular 
uzoq  vaqt  qochirilmay  qolsa,  naslsiz  bo'lib  qoladi.  Hayvonlarning  jinsiy 
balog'atga yetishi va organizmning rivojlanishi ularning jinsi, nasli, oziq ratsioni 
va  boqilishiga  ko'p  jihatdan  bog'liq.  Urg'ochi  hayvon  organizmida  jinsiy 
balog'atning  boshlanishi  fiziologik  va  morfologik jarayonlarning  almashish 
siklida kuzatish mumkin (ya’ni jinsiy sikl paydo bo'ladi). Sigir va g'unajinlarda 
jinsiy  sikl  o'rta  hisobda  21  kunni  tashkil  etadi  (18—24  kungacha  beqaror 
bo'ladi) jinsiy sikl qo'zg'alish; to'xtash va muvozanat bosqichlariga bo'linadi. 
Sigir va  g'unajinlarda  qo'zg'alish  bosqichi  3  soatdan  36  soatgacha  davom 
etadi. Bunday beqarorlik yilning issiq kunlarida ko'payadi, qishda kamayadi. 
Yaxshi  boqilgan  sigir va  g'unajinlarda  xoh  qishda,  xoh  yozda  bo'lsin  jinsiy 
a’zolarning  involyutsiyasi tuqqandan  keyin  uch  hafta  ichida tugaydi.
Kuyukish boshlangandan keyin  12— 18 soat ichida qochirish yaxshi natija 
beradi.  Bu davrda bachadon kanali yaxshi ochilgan bo'ladi vaturg'un refleks 
namoyon bo'ladi.  Bu, ovulyatsiyaning boshlanishidan dalolat beradi. Bunday 
paytda  sun’iy  qochirilgan  hayvon  tuxum  yo'liga  urug'  to'g'ri  boradi  va

tuxumhujayralarini urug'lantlradi.  Sigir va g'unajinlarni qochirish  2 marta olib 
boriladi:  birinchisi  kuyukishning  belgilari  paydo  bo'lgandan  keyin,  ikkinchisi 
birinchisidan 10— 12 soat o'tgandan  keyin olib boriladi. Agar kuyukish davom 
etsa,  qo chirish  kuyukish  tam om   bo'lguncha  davom   e ttirilis h i  m um kin. 
Qochirilgan hayvon kuyukish belgilari tamom bo'lgunga qadar boylab qo'yiladi 
yoki  molxonada  saqlanadi.  Tuqqan  sigirlar  30— 45  kun  ichida  kuyukmasa 
yoki  bu  davrni  ikki  yoki  undan  ko‘p  m arta  o ‘tkazib  yuborsa,  u  vaqtda 
veterinariya vrachi  ko'rigidan  o'tkaziladi va davolanadi.  Qochirilgan  hayvon
2— 3  oyda  kuyukmasa,  uning  bo'g'ozlik  holati  tekshirib  ko'riladi.  Urg'ochi 
qoramollarni qochirishni shunday tashkil qilish kerakki, har bir urg'ochi hayvon 
tuqqandan  keyin  bir oy  ichida yana  qochirilishi  kerak.  Sigir va  g'unajinlarni 
o'z vaqtida qochirib, bo'g'oz bo'lishi uchun kuyukish belgilarini bilish va uning 
qancha vaqt davom etishini kuzatish zarur. Sigir va g'unajinlam ing kuyukish 
oldi  belgisi  quyidagicha  bo‘ladi.  Jinsiy  a’zolarning  tashqi  va  ichki  qismlari 
ancha shishadi va  qizarib turadi.  Ichki  shilimshiq  pardalari  esa,  suyuq  shil- 
liqsimon  m oddalar  bilan  qoplanib  oqib  turadi.  Bu  narsa  kuyukish  oldidan 
suyuq  bo'lib,  keyinchalik  ancha  quyuqlashadi.  Suyuqlik  oqishi  2  soatdan
7— 8  soatgacha  davom  etadi.  Bu  davr  ichida  sigir  o ‘ynoqilaydi,  ba’zan 
ma’raydi,  ishtahasi  yo'qoladi,  va  sut  berishi  kamayadi.  Bu  davr  tamom 
bo‘lgandan  so'ng  haqiqiy  kuyukish  davri  boshlanadi.  Bu  davrda  yuqorida 
aytib  o'tilgan  belgilardan  tashqari,  kuyukkan  sigir yaylovda  bo'lsa,  boshqa 
sigirlarni  ustiga  sakraydi,  agar  buqaga  duch  kelsa,  uni  o‘z  ustiga  osonlik 
bilan  irg'ishga y o‘l  beradi. Shu vaqtda bachadonning  bo'yni ancha ochilgan 
bo'ladi. Sigirning kuyukish davri o‘rta hisobda 8— 10 soat davom etadi. Sun’iy 
qo chirish  te xn ika sin i  rivo jlan tirish   jarayonida,  ta biiy  q ochirish   tiplarini 
mukammal o'rganilishi natijasida sun’iy qochirishning quyidagi usullari ishlab 
chiqildi:
1.  Q inli u s u l
—  urug' qinga yoki  bachadon  bo'yni  atrofiga yuboriladi.
2.  S e rv ik a l u s u l
—  urug'  bachadon  bo'yni  kanaliga yuboriladi.
3.  B ac h a d o n li u s u l
—  urug' to'g'ridan to'g'ri  bachadonga yuboriladi.
4.  N a y li u s u l
—  urug' to'g'ri  tuxum   yo'li  nayiga yuboriladi  (tovuqlarda)
Sigir va  qo'ylarni  sun’iy  qochirishda  ko'pincha servikal  usuldan,  biya va
cho'chqalarda esa bachadon usulidan foydalaniladi. Qinli usul ayrim vaqtlarda 
to'soq  qo 'ylarni  va  g'unajinlarni  qochirishda  qo'llaniladi,  nayli  usul  esa 
tovuqlarni sun’iy qochirishda ishlatiladi.
4- AMALIY  MASHG’ULOT 
S U N ’IY  QOCHIRISH  UCHUN  ISHLATILADIGAN  ASBOBLARNI 
TAYYORLASH  VA  ULARNI  ZARARSIZLANTIRISH
Sun’iy  urchitishni tashkil  etish.
D a rs n in g   m aqsadi. 
D avlat  naslchilik  stansiyalari,  s u n ’iy  urchitish 
statsionar va  ko'chm a punktlari  hamda jamoa va davlat xo'jaliklararo sun’iy 
urchitish  punktlarining,  shirkat stansiyalarining joylashtirilishi va jihozlanishi

bilan  tanishish.  Sigir,  qo‘y,  cho'chqa,  biyalar  uchun  qo'llaniladigan  maxsus 
stanoklar va sun’iy urchitishni dala sharoitida o'tkazish uchun kerak bo'ladigan 
asbob-uskunalar bilan tanishish.
Tekshirish obyekti va kerakli jihozlar: 
naslchilik xo'jaliklarining punktlari 
va ko'chma punktlarning loyihasi (chizmasi). Sigir, g'unajin va qo'ylarni dala 
sharoitida  sun’iy  urchitish  uchun  ishlatiladigan  maxsus  stanoklarning 
chizmasi,  rasmi,  maketi va stanoklarning o'zi.

Yüklə 24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə