Rivojlantirish instituti a. R. Jabborov, S. S. Sotiboldiyev veterinariya akusherligi, ginekologiyasi va sun



Yüklə 24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/40
tarix28.04.2017
ölçüsü24 Kb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   40

Qisqacha  uslubiy  ko'rsatma. 
Dars  naslchilik  xo'jaligi  stansiyalarida, 
jamoa  va  davlat  xo'jaliklarining  sun’iy  urchitish  punktlarida,  o‘quv-tajriba 
xo‘jaliklarida.  Kafedra va  laboratoriyalarda olib  boriladi.
Talabalar  o'qituvchi  bilan  birgalikda  sun’iy  urchitish  stansiyalari  yoki 
punktlariga  boradilar,  u  yerda  ishning  tashkil  etilishi  bilan,  punktning 
veterinariya-sanitariya holati  bilan tanishadilar.
Talabalar nasldor erkak hayvonlar saqlanadigan xonalar, texnikaviy labora- 
toriya  korpusi,  urug‘  saqlanadigan  karantin  xonasi,  urug'ni  uzoq  muddatga 
saqlaydigan statsionarlar, oziqani qayta ishlaydigan sex, izolyator, veterinariya 
punkti, ma’muriyat, boshqaruv xodimlari va mutaxassislar xonasi, madaniy-ma- 
ishiy xonalar bilan tanishadilar.  Ular naslchilik stansiyalarida yoki xo'jaliklarida 
shtatlar jadvali va mehnatga haq to'lash tartibi bilan, urug‘ olish usullari va buning 
uchun kerakli asbob-uskunalarni tayyorlash hamda urug‘ni baholash, suyultirish, 
saqlash va xo'jaliklarga jo‘natish tartibi bilan tanishadilar.
Talabalar  chorvachilik  xo'jaliklarida  bo'lganlarida  sigir  va  g'unajinlarni 
sun’iy  urchitish  punkti  ishi,  u yerda qochirish  ishlarini to‘g‘ri tashkil  qilinishi, 
hayvonlarni urchitish rejasi va texnologiyasi, punktda olib boriladigan hisob- 
kitob ishlari  bilan tanishadilar.
Qo'ylarni  sun’iy  urchitish  punktlarida  talabalar  punktning  ish  rejasi,  har 
qaysi otarda qo'ylarni urchitish muddati, kerakli asbob-uskunalar, materiallar 
va  xo'jalikni  jihozlar  bilan  ta’minlanganligi,  urug‘  beradigan  yuqori  klassli 
qo'chqorlarning soni va sinovchi qo'chqorlar hamda naslli qo'chqorlarni ish- 
latish, urug‘ olish faoliyati bilan tanishadilar. Xuddi shunday tanishish tartibini 
talabalar  davlat  naslchilik  stansiyalari  va  xo'jaliklari  xizmat  ko‘rsatish 
doirasidan tashqari xo'jaliklarda bo'lganlarida ham olib  borishlari  kerak.
Ular  laboratoriyalarni  ko'zdan  kechiradilar,  olib  keltirilgan  urug'  bilan 
ishlaydigan sun’iy urchitish punktlari, qochirish paytida qo'llaniladigan asbob 
va  uskunalar  hamda  ularni  yuvish,  tozalash  xonasi,  urg'ochi  cho'chqalarni 
qochirish  maneji  va  kuyukkan  cho'chqalarni  ajratib  olishda  sinovchi  erkak 
cho'chqalardan  foydalanish  usullari,  olib  kelingan  urug'  va  qochirish 
texnologiyasi  hamda  punktda  olib  boriladigan  hisob-kitob  ishlari  bilan 
tanishadilar.
Biyalarni  sun’iy  urchitish  punktlarida  talabalar  birinchi  navbatda  manej 
bilan tanishadilar, laboratoriyani ko'zdan kechiradilar, sun’iy urchitish ishlarida 
qo'llaniladigan  asboblarni  yuvish  xonasi,  otxona  bilan,  oziq  saqlanadigan 
xona va ayg'irlarni sayr qildiradigan maydoncha bilan tanishadilar.  Manejda 
ayg'irlardan urug' olish texnikasi, biyalarni sun’iy urchitish usullari bilan tani­
shadilar.

D avlat  n a s lc h ilik   ta sh k ilo tla rid a n   u ru g ‘  olib   kelib,  b iy a la rn i  s u n ’ iy 
urchitadigan  punktlarda talabalar urug'ni  saqlash  xonalari,  qochirish  uchun 
kerakli bo'lgan asbob-uskunalarva ularni ishgatayyorlash, kuyukkan biyalarni 
ajratib olishda sinovchi  ayg'irlardan  foydalanish  tartibi  bilan tanishadilar.
IDISH  VA  ASBOBLARNI  TAYYORLASH  HAMDA 
YUQUMSIZLANTIRISH
Darsning maqsadi. 
Idish va asboblarnitozalab, yuqumsizlantirish usullari 
bilan tanishish.
Tekshirish  obyekti  va  kerakli  jihozlar: 
shisha  idishlari,  buyum  va 
qoplagich  oynalar,  shisha  tayoqchalar,  shpris-kateterlar,  urug‘y ig ‘gich, 
sirlangan tog'ora va 3— 5 litrli  kastryul, cho'tka, sochiq, doka, doka salfetka, 
spirt shimdirilgan tamponlar, filtr qog'ozi, mix qoqilgan taxta, natriy gidrokar- 
bonatning  1%  li  va  2— 3%  li  eritmasi,  osh  tuzining  0,9%  li  eritmasi,  70%  li 
spirt, vazelin (oq va sariq), qin oynasi,  kornsang, qisqichlari, qaychilar, asbob 
qo'ygich, sterilizator,  quritish shkaflari,  isitgich asboblari  (elektroasbob,  gaz 
pechkalar,  primus),  payvandlovchi  lampa, spirt bilan yonuvchi  lampa, elektr 
dazmol,  avtoklav.
Qisqacha uslubiy ko'rsatma. 
Dars kafedra va o'quv punkti laboratoriyasida 
0
‘tkaziladi. 0 ‘qituvchi talabalarga shishali idishlar, buyum va qoplagich oynalari, 
metalldan yasalgan  asboblarni yuqumsizlantirish  tartibi  haqida so'zlab  beradi. 
Shuningdek, o'qituvchi idish va asboblarni zararsizlantirish usullari haqida gapirib, 
avtoklav,  sterilizator,  qurituv  shkaflari,  primus  va  payvandlov  lampalari  bilan 
ishlash  qoidalarini  o'quvchilarga  tanishtiradi.  So'ngra  talaba  va  o'quvchilar 
ravishda idish va asboblarni mustaqil zararsizlantiradilar.
Sun’iy  urchitish  uchun  ishlatiladigan  idish  va  asboblar  toza  yuqumsiz- 
lantirilgan bo'lishi kerak. Yangi shisha idishlari oldin suvda sovun yoki maxsus 
yuvuvchi poroshoklar bilan cho'tka, qisqich yoki kornsanglarga o'ralgan doka 
bilan,  yoki  bir parcha  paralon  bilan  tozalab yuviladi.  Keyin  bu  idishlar xlorid 
kislota eritmasiga (1  qoshiq xlorid kislotasini 3 litr distillangan suvdagi eritmasi) 
solinadi  va  unda 24 soat saqlanadi.
Shundan  so'ng  idish  va  asboblarda  xlorid  kislotasining  yuqi  qolmasligi 
uchun  ular  oqar  suvda  tozalab  yuvilib,  necha  bor  distillangan  suv  bilan 
chayiladi va  maxsus  ilgaklarga  ilib quritiladi.
Avtoklavda  sterilizatsiya  qilish. 
Avtoklavda toza sun’iy qin,  metalldan 
yasalgan  asboblar,  shisha  idishlar sterilizatsiya  qilinadi.  Xalatlar,  sochiqlar 
doka salfetkalar avtoklavda yuqumsizlantiriladi yoki ishlatishdan oldin ularga 
dazm ol  bosiladi.  A vtoklavda  su n ’iy  qinni  sterilizatsiya  qilish  20  daqiqa 
davom ida  105  haroratda  isitilgan  bug“  bilan  0,3— 0,5  atm.  olib  boriladi. 
Metalldan yasalgan asboblar, shisha idishlar, materiallar avtoklavda 1,5 atm. 
bosim  ostida 30— 45  daqiqa davomida yuqumsizlantiriladi.
Qaynatib sterilizatsiya qilish. 
Bu usul bilan shisha idishlar, shpris-kateter 
va  m e ta lld a n   y a s a lg a n   asb o b   y u q u m s iz la n tirila d i.  S h prits  k a te te rn i

sterilizatsiya qilishdan oldin porsheni ajratilib olinadi. Silindri doka bilan o'ralib 
yoniga  porsheni  qo'yiladi.  Har qaysi shpris  porsheni o‘ziga moslashtirilgan, 
uni  almashtirish  mumkin  emas.  Kichkina  shisha  idishlar,  bankalar va  urug‘ 
yig‘gichlar doka yoki paxta qatlami bilan o'raladi. Sterilizatorning ostiga paxta 
yoki dokaqatlam solinib, uning ustigayuqumsizlantirilayotgan shpris, kichkina 
shisha idishlari, urug‘yig‘gich qo'yüadi va idish hajmini 3 dan 2 gacha bo'lgan 
qismigacha  suv  solinib  qopqogi  berkitiladi,  15— 20  daqiqa  davomida 
qaynatiladi.
Sterilizator  sovigandan  so‘ng  qopqogï  olinib,  undagi  idish  va  asboblar 
silkitib-silkitib olinadi. Shprits sovigandan so'ng porshenga silindr kiygiziladi 
va  undagi  suv  qoldiqlari  chiqariladi.  Qolgan  suv  tomchilari  esa  yuqumsiz- 
lantirilgan  doka  salfetkalar  bilan,  natriy  gidrokarbonatning  1%  li  yoki  osh 
tuzining  0,9%  li  eritmasi  bilan  chayilib  tozalanadi.  Shpritslar  sterillangan 
qog‘oz  yoki  doka  salfetkalar bilan,  kichkina  shisha  idishlari  steril  qog'ozlar 
bilan,  bankalar va  urug'yig'gichlar esa qopqoqlar bilan  yopib qo‘yiladi.
Metalldan yasalgan asboblar (qin oynasi, asbob qo'ygich, qisqich, qaychi 
va boshqalar) qaynab turgan suvga solinadi, bo'lmasa ular tezda zanglanadi. 
Ular 15—20 daqiqa davomida sterilizatsiya qilinadi.  Qaynab turgan suvdan 
olingan metalli asboblar tezda quriydi. Qolgan suv tomchilari steril doka sal- 
fetka bilan  artib olinadi.
Quruq  issiqlik  bilan  sterilizatsiya  qilish 
160— 180°  haroratda  elektr 
quritgich  shkaflarda  yoki  gaz  o'choqning  tunuka  tandirlarida  olib  boriladi. 
Quruq  issiqlik bilan toza shisha idishlar ajratilgan  holda shpris-kateterlar va 
urug‘yig‘gichlar  sterilizatsiya  qilinadi.  Sterilizatsiyadan  oldin  kolbalar, 
menzurkalar,  o'Ichov  silindirlari,  shpris  kateterlar  qog'oz  bilan  o'raladi, 
bankalarning  qopqoqlari  olib  qo'yiladi.  Tayyorlangan  idishlar  qurituv 
shkaflarida  yoki  gaz  o'choqlarining  tunuka  tandirlariga  quyilib,  kerakli 
haroratda  45  daqiqa  sterilizatsiya  qilinadi.  Keyin  elektr  shkaflari  yoki  gaz 
o'choqlari uchirilib ular sovigandan keyin idishlar olinadi. Agar shkaf eshiklari 
birdan ochilsa,  harorat o'zgarishi tufayli  idishlar yorilishi  mumkin.
Alanga bilan sterilizatsiya qilish. 
Tutunsiz alanga bilan sun’iy qochirish 
punktlarida toza yuvilgan va quritilgan qin oynalarini shisha urug‘yig‘gichlarini 
100  g  li  bankalarni,  shisha  tayoqchalarni,  qaychilarni,  qisqichlarni  asbob 
qo'ygichlarni  (ishlatishdan  oldin)  sterilizatsiya  qilinadi.  A langa  bilan 
sterilizatsiya  qilish  uchun  idish  va  asbob  yonib  turgan  alanga  ustidan  bir 
necha  bor  u-bu  tomonga  o ‘tkazilib  yorilm asligi  uchun  ehtiyotlik  bilan 
kuydiriladi.  Oldin  idishlar alangadan  15—20 sm  yuqorida tutiladi  keyin  esa 
unga  yaqinlashtiriladi.  Qo'lni  kuydirmaslik  uchun  yengil  shisha  idishlarni 
qisqich  bilan  ushlash  kerak.
Ultrabinafsha  nurlari  bilan  yuqumsizlantirish. 
Polietilen qo'lqoplarni, 
pipetkalarni va boshqa asboblarni  sterilizatsiya qilish  uchun  qo'llanadi.
Vazelinni sterilizatsiya qilish. 
Sun’iy qinning ichki qismiga surtish uchun 
oq  yoki  sariq  vazelin  ishlatiladi.  Ishlatiladigan  vazelinni  sterilizatsiya  qilish 
uchun hajmi 100— 150 ml keladigan shisha banka olinib, unga kerakli vazelin 
solinadi  va  qopqog‘ini  qiya  ochib  qo'yiladi.  Kastrulkadagi  suv  sathi  shisha

ichidagi vazelin sathi  bilan tenglashishi  kerak. Vazelin  30 daqiqa davomida 
sterilizatsiya  qilinadi.  Qochirish  punktida  vazelinni  har  kuni  shu  tartibda 
yuqumsizlantirish  kerak. Tyubikka solingan vazelin to‘g‘ri  ishlatiladi.
5- AMALIY  MASHG'ULOT
Hayvonlami  mono,  viza  va  rektoservikal  usullarda  qochirishni  amalda 
o'rganish.  Sun’iy qochirishdan  so‘ng asbob uskunalarni tayyorlash.
Darsning  maqsadi. 
Sigirlarni  sun’iy  urchitishda  qo'llaniladigan  amaliy 
usullarni o‘rganish.
T e k s h iris h   obyektlari  va  kerakli  jihozlar: 
mikroskop,  buyum  va 
qoplag'ich  oynalar;  termostat,  isituvchi  stolcha,  shisha  tayoqchalar,  urug' 
solingan termoslar, anatomik pinsetlar, metalldan yasalgan asbob-qo‘ygich, 
shishali  shpris-kateterlar,  qin  oynasi,  bachadon  bo'yinchasining  rektal 
fiksatsiya qilib qochirish uchun ishlatiladigan asboblar kompleksi, 1% li natriy 
bikarbonat yoki 2,9% li  limon  kislotasining natriyli tuzi eritmasi solingan 3 ta 
og'zi mahkam yopiladigan bankachada va 1  ta 70% li rektifikat spirti solingan 
bankacha,  paxta tamponlar,  96%  li spirt shimdirilgan tamponlar, steril doka 
salfetkalar, spirt lampasi, sochiq, ishlatilgan suyuqliklarni soladigan idishlar, 
elektr bilan  ishlaydigan  pechka,  Esmarx  krujkasi,  issiq  suv,  sovun,  chelak, 
kuyukkan sigirlar.
Qisqacha  uslubiy  ko‘rsatma. 
Dars  katedraning  o‘quv-tajriba  punktida 
yoki  o'quv-tajriba  xo'jaligida  olib  boriladi.  Talabalar  4  kishilik  guruhlarga 
bo'linadilar.  Har qaysi  guruh  alohida  hamma  kerakli  jihozlar  bilan  ta’minla- 
nadi.  Ularga  qochiradigan  sigir  bilan  ta’minlangan  ishchi joyi  ham  beriladi. 
Guruhning  har  qaysi  talabasiga  tartibli  ravishda  ma’lum  ishni  bajarish 
yuklanadi.  Masalan,  ikki  kishi  olib  kelingan  sigirni jinsiy sikldagi  qo'zg'alish 
belgilarini  aniqlab,  uni  fiksatsiya  qilib,  qochirishga  tayyorlaydi,  qolgan  ikki 
kishi esa urug'ni baholaydi, asboblarni tayyorlaydi va sigirni sun’iy qochiradi. 
Keyin  esa  talabalar o‘z  vazifalarini  bir-birlari  bilan  almashtiradi.  Bu  mavzu 
bo'yicha  amaliy  mashg'ulot  bir  necha  marta  o'tkaziladi.  Shuning  uchun  bu 
mashg'ulotlarda qin oynasi, shpris-kateterlarni tayyorlash, ularga urug‘ tortish 
qoidalarini  yaxshi  o'zlashtirish  kerak.  Hayvonlarning  jinsiy  a’zolariga  qin 
oynasi,  bachadon  bo‘yinchasi  kanaliga  shpris-kateterni  yuborish  bo'yicha 
amaliy  bilimlarni  egallash  uchun  talabalar  bu  ishlarni 
s o 'y H g a n  
hayvondan 
olingan jinsiy a'zolarda yoki o‘quv qinlarida bir necha marta bajargan bo'lishlari 
kerak.  ¿hundan  so‘ng  esa  ular  kuyukkan  sigirlarning  jinsiy  a’zolariga  qin 
oynasi yuborib qochirishlari mumkin. Sigirlarni sun’iy qochirishda ular maxsus 
kiyimlar  kiygan  bo'lishlari  kerak.  Bular:  rezinali  etik, fartuk; toza oq xalatlar, 
yenglik. Har qaysi sigirni qochirishdan oldin va keyin qo'llar issiq suvda sovun 
va cho‘tkalar bilan yuvilishi hamda spirt shimdirilgan tamponlar bilan artilishi 
kerak.
Sigirlarni  tuqqandan  keyingi  qochirish  muddatlari. 
Sigirni  tuqqanidan 
so‘ng jinsiy a’zolarining qayta o'z holiga kelishi (invalyutsiyasi) uchun uch hafta

kerak  bo'ladi.  Buning  uchun  ularni  yozda  ham,  qishda  ham  to'la  qiymatli 
oziqlantirish  va  yaxshi  sharoitda  asrash  zarur.  Bu  davrda  jinsiy  a'zolardan 
ajralayotgan suyuqliklar to'liq tugaydi, tuxumdonlardan yetilgan follikulalar aniq 
seziladi,  bu  jinsiy  sikldagi  qo‘zg‘alishlar  bosqichning  paydo  bo'lishidan  darak 
beradi.  Tuqqandan  so‘ng  sigirlarni  bir oyda qochirish  bu,  ularni  qisir qolishiga 
qarshi kurashdagi asosiy tadbirlardan biri bo'lib, mahsuldorligini oshiradi, olingan 
naslning baquw at bo'lishiga yordam beradi. Bu qoramolchilikni intensivlash bo- 
rasida  asosiy  yo‘l  hisoblanadi.  Bu  davrda  sigirni  qochirish  uning  organizmni 
mustahkamlaydi, sut berish davrida organizmni kuchli zo‘riqishiga yo‘l bermaydi 
va haryili  100 bosh sigirdan  100 boshgacha buzoq olish  imkoni yaratiladi.
Jinsiy davriylikning qo‘zg‘aiishida sigirlarni qochirish vaqti. 
Sigirlarda 
jinsiy m ayllik kuyukish davridan  keyin sodir bo'ladi, ammo hamma vaqt ham 
jinsiy qo‘zg‘alish davri bilan to'g'ri kelmaydi. Shuning uchun sigirlarni faqatgina 
kuyukish, jinsiy qo‘zg‘alish davrida qochirish samarasi kamroq bo'ladi, chunki 
bu davrda jinsiy yo‘llardan oqayotgan shilimshiq  modda yopishqoq,  bacha- 
donning  qisqarishi  kuchsizroq  bo'ladi,  bunday sharoitda  esa  spermalar tez 
nobud  bo'ladi.  Sigirni  qochirishga  tayyorgarligining  aniq  belgisi  bu,  uning 
jinsiy mayllik davri, bu davr sinovchi-buqalar yoki maxsus sigirlar yordamida 
a n iq la n a d i.  S ig irla rn i  v a z o e k to m iy a   q ilin g a n   s in o v c h i-b u q a la r  bilan 
ajratgandan so‘ng shu zahotiyok bir marta qochirish kerak. Bunday paytlarda 
ikkinchi  marta  qochirish  ortiqcha  hisoblanadi,  chunki  sigir jinsiy  aloqaning 
(koitusning) ta’siri natijasida jinsiy mayllikni vaqtida tugatadi. Agar sinovchi- 
buqalar  (koitus  bo'lmaydigan  paytlarda)  kuyukkan  sigirlarni  ajratmasa,  u 
paytda qochirish  ikki  marta  10— 12 soat oralig'ida o'tkaziladi.
Urug'ni  yuborish  usullari. 
Sigir  va  g'unajinga  urug‘  bachadon  bo'yini 
kanali  orqali  yuboriladi.  Bunda  ishlatiladigan  barcha  asboblar  iliq  bo'lishi 
kerak.  Qochirishdan  oldin  albatta  spermalarning  faolligi  aniqlanishi  kerak. 
Chunki  bu  usul  sun’iy  qochirish  punkti  sharoitida  olib  borilayotgan  urug'ni 
baholashning  yagona obyektiv ko'rsatkichi  hisoblanadi.
Sigirlarning qinida doimo m ikroorganizmlar bo'ladi, ayniqsa ularning soni 
hayvonlarni  molxonalarda  qochirgan  paytda  ortib  ketadi.  Shuning  uchun 
veterinariya-sanitariya  qoidalariga  rioya  qilgan  holda  sigirlarni  m axsus 
joylarda, sun’iy qochirish punktlarida qochirish kerak. Bunda xonaning harorati 
+18°  dan  past  bo‘lmasligi  kerak.  Past  haroratda  qin  oynasi,  shpris,  kateter 
va boshqa asboblar tezda soviydi,  bu esa qochirishga salbiy ta’sir ko'rsatadi.
Sigir va g'unajinlarni servikal  qochirishning  bir necha usuli  bor.
Qin  oynasi  orqali  shpris-kateter bilan  qochirish  (vizoservikal  usul). 
Sigir va g'unajinlarning  qiniga fiziologik eritma  bilan  namlangan, yuqumsiz- 
lantirilgan qin oynasi (yorug‘ beruvchi asbob bilan) kiritiladi va shpris-kateter 
bilan  bachadon bo'yinchasiga bir doza  urug‘ yuboriladi  (32- rasm).
Qochirish  uchun: qin oynasi,  h a rx il tuzilishdagi shpris-kateterlar,  labora- 
toriya  stolida  100  ml  li  qopqog'i  mahkam  yopiladigan  va  nomerlangan  4 ta 
banka  ham  bo'ladi.  1,  3,  4- bankalar  steril  tayyorlangan  1%  li  natriy  xlorid 
eritmasi, shuningdek, 2- banka ichiga esa 70% li rektifikat spirti yoki (1:5000),
0,02%  li  furatsillin  eritmasi  quyiladi.

Boshqa banka ichiga oq  paxta yoki dokadan  yasalgan  tamponlar 70%  li 
spirt yoki (1:5000), 0,02% li furatsillin eritmasi bilan 3—4 marta, 2- bankadagi 
spirt yoki furatsillin eritmasi bilan yana 3 marta chayiladi. Shprits-kateterdagi 
eritma qayta bankaga solinadi.

va 4- bankadagi eritmalarni  harorati  38—40°  bo'lishi  shart.  Chunki  bu 
haroratda shpris-kateterga urug‘ olishdan oldin,  u ancha isiydi.  Urug'ni sigir 
va  g'unajinlarga  yuborishdan  oldin  ular  maxsus  tayyorlangan  stanokka 
qo'yiladi va jinsiy a’zolarning tashqi qismi iliq suv bilan yaxshilab yuvib, artiladi. 
So'ngra tayyorlab qo'yilgan shpris-kateterga urug‘ tortiladi.
Shprits-kateter  ichida  qolgan  havo  chiqarilib  yuborilishi  uchun  uning 
qiyshiq  uchli  tomoni  yuqori  ko'tarilib,  shpris-kateter  porshenini  harakatga 
keltiradi.  So'ngra sigir va  g‘unajin  qiniga alangada yuqumsizlantirilib,  1%  li 
osh tuzi eritmasida chayqab olingan  qin oynasi  kiritilib,  qin  ancha  kengayti- 
riladi.  Bachadon  bo'ynini  topib,  uning  kanaliga  shpris-kateterni  3—4  sm 
yuboriladi.  Keyin  asbob  orqali  1  sm  tortiladi  va  uning  porshenini  oldinga 
surgan holda undagi urug‘ to'kiladi. Shundan keyin oldin shpris-kateter tortib 
olinadi, so'ngra asta-sekinlik bilan  yarim yopiq  holda qin  oynasi chiqariladi.
Urug‘lantirish tamom bo'lgach, shpris-kateter yuviladi,  urug' qoldiqlari  1- 
bankadagi  1%  li  osh  tuzi  eritmasi  bilan  chayiladi  va  2 - bankadagi  70%  li 
spirt  bilan  yuqumsizlantirilib,  yana  3- va 4- bankalardagi  osh tuzining  1%  li 
eritmasi bilan, 3 martadan yaxshilab chayiladi. Shprits-kateter boshqa ishla- 
tilmasa,  ichiga 70°  li spirt to'ldirilib qo'yiladi.
Bir  marta  to'ldirib  olingan  shpris-kateterlar  bilan  bir  vaqtning  o'zida  bir 
qancha sigir va g'unajinlar urug'lantiriladigan bo'lsa, har safar ikkinchi urg'ochi 
hayvonni  qochirishdan  oldin  shpris-kateter  ustki  tomoni,  96%  li  spirtda 
namlangan tampon  bilan artiladi.
Suyultirilmagan sifatli urug'dan  0,3—-0,5 ml, suyultirilgan  urug'dan esa  1 
ml yuboriladi. Suyultirilgan urug'da spermalarning harakatchanligi 7 balldan 
va soni 20  mln  dan  kam bo'lmasligi  kerak.
1 3 - jadval
Q
o
c
h
iri
s
h
 
v
a
q
tl
d
a
 
u
ru
g
'n
in
g
 
c
h
id
a
m
li
- 
li
g

(m
in
g
 
h
is
o
b
id
a
)
Suyultirilgan  1  ml  urug'dagi  spermalarning  konsentratsiyasi 
(quyuqligi  milliard  hisobida)
0 , 0 1 - 0 , 1 0
0 , 1 1 - 0 , 1 5
0 , 1 6 - 0 , 2 0
0 , 2 1 - 0 , 2 5
0 , 2 6 - 0 , 3 0
0 , 3 1 - 0 , 4 0
2 ,5
Is hlatishga
y aram aydi
1,5
1,0
0,7
0 ,5
0,3
6 - 1 0
2,0
1,0
0,7
0,5
0,3
0,2
1 1 - 2 0
1,0
0,7
0,5
0,3
0 ,2
0,1 5
2 1 - 3 0
0,7
0,5
0 ,3
0,2
0 ,1 5
0,1
3 1 - 4 0
0,5
0,3
0 ,2
0 ,1 5
0,1
0,1

A g a r  buqadan  o ling an   urug'ning  quyuqlig i  va  chida m liligini  te x n ik  
osem enator  tom onidan  tekshirib  ko'rishga  ¡mkon  bo‘lmasa,  suyultirilgan 
urug'ning  miqdori  0 ‘zbekiston  chorvachilik  ilmiy-tekshirish  instituti  taqdim  
etgan  yuqoridagi jadvaldan foydalanib tekshirilishi  mumkin.
Jam oa va davlat xo'jaliklarining punktlariga urug‘ viloyat Davlat naslchilik 
stansiyalari  orqali  suyultirilib  yuborilsa,  u  holda  urug'ning  konsentratsiyasi 
va  chidamliligini  shu  stansiya  tekshirib  ko'radi.  Yuborilayotganda  orderga 
uning  konsentratsiyasi va chidamliligi yozib  qo'yiladi.
Suyultirilib  Davlat  naslchilik stansiyalari  orqali  yuborilgan  urug'ning  soni 
va  chidamliligi  aniq  bo'lsa,  u  holda  qochirish  uchun  olinadigan  miqdori  va 
hisobi  ko'rsatilgandek  bo'ladi.
Lekin  shu  narsani  esda  tutish  kerakki,  urug'  qancha  ko‘p  saqlansa, 
sperm alarning  chidam liligi  shuncha  kamayadi  va  urug'lantirish  qobiliyati 
pasayadi.
Bachadon bo'ynini rektalfiksatsiya qilib, bachadon bo yinchasi orqali 
qo ch irish   (R ekto -servikal  usul). 
S igir  va  g'u n a jin la rg a   qin  oynasini 
qo'llamasdan, to'g'ri  ichak orqali  qo'l yordam ida  bachadon  bo'ynini turg'un- 
lashtirish  yo'li  bilan  plastmassadan  yasalgan  shprislardan  foydalaniladi.
P lastm assadan  yasa lg an   s h p risla r  yu p q a   p o lie tilin   p lyo n ka la rd a n  
tayyorlangan  xaltachalar  ichida  bo'ladi.  Shpritslar  oldindan  yuqum sizlan- 
tirilgan  bo'lib,  maxsus  tayyorgarlikni talab qilmaydi.
Shprits ichida koptok shaklida tuzilgan balonchalar bo'lib, bu balonchalar 
yordam ida  shprisga  urug'  tortib  olinadi.  Balonchalar  shunday  ishlanganki, 

ular  shprisni  ichiga  bir  marta  yuborishga  yetarli  urug'  tortib  olish  imkonini 
beradi.  Bosish  natijasida  shprisdagi  bor  urug'  bachadon  bo'yni  kanaliga 

to'kiladi.  Bu yo'l  bilan qochirish  uchun oldindan yupqa polietilen  plyonkalari- 
dan yasalgan va tozalab yuqumsizlantirilgan,  bir m artalik qo'lqop ham  kerak 
(20-  rasm).
Buning  uchun texnik osemenator oldin qo'lini  sovunlab yuvib,  barmoqla- 
rini  dezinfeksiyalovchi  eritma  bilan  yaxshilab  yuqum sizlantiradi.  So'ngra 
shpris-pipetkalar  polietilen  xaltacha  uchidan  bir qismi  tortib olinadi,  hamda 
unga  balonchalar  yaxshilab  kiy- 
giziladi. So'ngra tayyorlab qo'yil- 
gan  urug'dan  shprisning  uchiga, 
balonchani qisish yordamida 1  ml 
olinadi.
S h u n d a n   ke y in   s ta n o k k a  
qo'yilgan  sigir  va  g'unajinlar jin- 
siy  a’zolarin in g  ta shqi  tom oni 
tozalanib, uning ichiga shprisning 
uch d a n   ikki  qism i  a sta -s e k in  
k ir g iz ila d i.  A g a r  p a s t  q ilib  
kirgizilsa,  shprisning  uchi  siydik 
k e la d ig a n   ka nalcha d a  q olishi 
mumkin.  Bunda  shprisni  bir  qo'l
2 0 -  rasm.  Shprits  —  kategorni  qin  oynasifqali 

Yüklə 24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə