Rivojlantirish instituti a. R. Jabborov, S. S. Sotiboldiyev veterinariya akusherligi, ginekologiyasi va sun


bachado n  op tichasiga  yuborish  sxem asi



Yüklə 24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/40
tarix28.04.2017
ölçüsü24 Kb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40

bachado n  op tichasiga  yuborish  sxem asi.

bilan  ushlab turib,  ikkinchi  qo'lqop  kiyilgan  qo'lni  sigirning  yo'g'on  ichagiga 
kirg'izib,  undagi axlatlar tashqariga chiqarib tashlanadi.
So'ngra asta-sekin qo‘l bilan bachadonning bo‘yni ushlanib, oldinga biroz 
tortiladi, shprisning uchiga to‘g‘rilanadi. Shprits bachadon bo'yinchasi kanali 
ichiga 7—8 sm kirg'izilgandan so'ng, baloncha siqilib urug' kanalga to'kiladi 
so'ngra shpris ustalik bilan tortib olinadi va tashlanadi, chunki u ikkinchi marta 
ishlatishga yaramaydi.  Sigir va g'unajinlarni  bunday  usul bilan  qochirganda 
bo‘g‘oz bo'lishining  asosiy omillari  quyidagilardan  iborat:
1.  Qochirish jarayonida jinsiy a’zolarni  massaj qilishda,  urg'ochi  hayvon 
jinsiy yo'liga asboblarni yuborish paytida ularni himoya qilish holati yo'qoladi. 
Natijada  bachadon  harakati  (motorikasi)  kuchayadi  va  spermalar  bemalol 
tuxumhujayralarga yetib boradi  hamda ovulyatsiya tezlashadi.
2.  Hayvonlarni  plastm assa  asboblar  yordam ida  qochirish  aseptik 
sharoitda o'tkaziladi.  Bunday paytda harorat  bir xil  rejimda bo'ladi.
3.  Spermalarni aniq va chuqur (bachadon bo'ynining oldingi  1/3 qismiga) 
yuborilishi uning qinga qaytib oqib chiqishini to'xtatadi. Urug‘ esa tez va kerakli 
miqdorda tuxumhujayraga yetib boradi va urug‘lanish qobiliyatini oshiradi.
4.  Qochirish oldidan  ichki jinsiy a’zolarni  rektal tekshirish  hayvonlarning 
kasal va qisir yoki  bo‘g‘ozligini aniqlashga imkon  beradi.
5.  G'unajinlarni  qochirish  vaqtida  shishali  shpris-kateterga  qaraganda 
kichkina diametrli pipetkalar ishlatilganda ular orqali bachadon bo'yniga urug1 
yuborish  oson  bo'ladi.  Bir  kuyukishda  bir  marta  qochirish  tuxumdonning 
holatiga,  ya’ni  follikulalarning  yetilishiga  va  ovulyatsiya jarayoniga  bog'liq. 
Bunday  qochirish  usulini  egallab  olish  uchun  har  bir  texnik  osemenator 
hayvon jinsiy a’zosining anatomik topografiyasini  yaxshi  bilishi  lozim.
Rektal  tekshirish  paytida  esa  hayvon  bachadonining  bo'ynini  tez  topa 
bilish,  shuningdek,  ovulyatsiya bo'lish  holatini  aniqlash  kerak.
S u n ’iy  q o c h iris h n in g   m ano-servikal  usuli. 
Urug'  steril  polistirol 
kateterga  ulangan  polietilen  ampula  yordamida  qo'lqop  kiygan  qo'l  orqali 
bachadon  bo'yni  kanalining  chuquriga  yuboriladi.  Bu  usul  qini  tor  sigir  va 
g'unajinlarda qo'llanilmaydi,  chunki qin jarohatlanishi  mumkin.
Bunday sun’iy qochirish  usulining  ijobiy tomonlari quyidagilardan  iborat:
1)  Bachadonning harakatini kuchaytirish uchun va asboblarni qinga kirish 
yo'lini ochish uchun qo'l bilan bachadon bo'yni, qin massaj qilinadi.  Natijada 
urug'ning so'rilishi va ovulyatsiya tezlashadi.
2)  Bachadon  bo'yniga  urug'ning  chuqur  yuborilishining  o'zi  uni  qinga 
qaytib oqib chiqishdan  saqlaydi.
3)  Bir  marta  ishlatiladigan  polietilin  asboblaridan  foydalanish  aseptika 
va antiseptikaga, qochirish haroratini rejimi va urug'ni to'g'ri sarflashni kuzatib 
borishga imkon  beradi.
4)  Urug'larni ampulalargabirxilqadoqlash, ularni mahkamyopish, tashish 
holatini yaxshilash,  urug'ning faolligini saqlaydi.  Hayvonlarni  mano-servikal 
usul  bilan  qochirganda quyidagi asboblar ishlatiladi  (22-  rasm);
a) steril ampula (uzunligi 48 mm) kesik konus shaklida urug' uchun zararsiz 
bo'lgan  polietilen  tayyorlanadi.  Bunday shakl  hayvonlarni qochirish  paytida 
pipetkadan  urug'ni to'la siqib chiqarish  imkonini  beradi.

A m p ulan in g   bo'ym   devorlari  q alin , 
shuning  uchun  pipetka  unga  m ahkam  
ulanadi. Teshigi eritilgan qopqoq ampulani 
mahkam yopadi. Ampula qadoqlash, aniq 
dozalash ,  ch u q u r  m uzlatish,  uzoq  va 
qisqa  muddatda  saqlash  va  h.  k.  larda 
ishlatiladigan asbobdir.
b) 
steril  kateter  urug‘  uchun  zararsiz 
polistiral  m ateriallardan  tayyorlanadi.  U 
x u d d i  uch i  p a y v a n d   q ilin g a n   n a y g a  
0
‘xshaydi. Uning uzunligi 75 mm va tashqi 
diam etri  4,8  mm.  Kateterlar  polietilen 
paketlarga solinadi va yuqumsizlantiriladi.
v)  steril  qo'lqop  qalinligi  35— 40  mkm 
bo'lgan  p o lie tile n   plyonkadan  ta y y o r­
lanadi.  Uning uzunligi 850 mm. Sanoatda 
bu  asboblar  sterillangan  holatda  ishlab 
c h iq a rila d i.  Bu  h o la t  b u z ilg a n d a   ish- 
latishdan  oldin  yana bir marta yuqum siz­
lantiriladi.  Buning  uchun  ampula,  pipetka 
va qo'lqop  bir qator qilib yoyiladi va ularning  ustidan 20— 40 sm  balandlikda 
BUV-30 yoki  BUV-15  bakteriotsid  lampasini yoqib,  60— 80  daqiqa  davomi- 
da yuqumsizlantiriladi.
Mazkur usul bilan sun’iy qochirish texnikasi. 
Texnik osemenator sun’iy 
qochirish  oldidan  urug'li  ampulani  term ostatdan  oladi  va  96°  yoki  70°  li 
rektifikat spirti  shimdirilgan  tampon  bilan  artadi.  Ampulaning  qalpog'i  steril 
qaychi bilan  kesiladi va uni polietilen  paketdan chiqarib olmasdan  kateterga 
ulanadi.  A sboblarni  steril  taglikka  qo'yib,  texn ik-o sem e n ato r  polietilen 
qo'lqopni  kiyadi  (panjalarda  katta-katta  chok  bo'lsa,  uni  ag'darish  kerak). 
So'ngra  1%  li  osh  tuzi  eritmasi  bilan  qo'lqopning  tashqi  tom oni  ho'llanadi. 
Qochiriladigan hayvon qiniga sekin-asta qo‘lni yuborib bachadon bo'ynining 
ochilish  darajasi  aniqlanadi.  Q ochirish  uchun  hayvon  tayyor  ekanligiga 
ishonch  hosil  qilgach,  texnik osem enator  1  daqiqa hamma barm oqlari  bilan 
bachadon  bo‘ynini,  qinni  massaj  qiladi.
Texnik osemenator bachadon qisqargandan  keyin barmoqlari bilan uning 
bo‘yin kanalida yopishib yotgan shilliqlardan tozalaydi.  Shundan so‘ng qo'lini 
tortib  olmasdan,  ikkinchi  qo‘li  bilan  qochirish  uchun  tayyorlangan  asbobni 
qinga yuboradi.  Kateter ko'rsatkich barmoq bo'yicha kaftga qo'yüsa,  uni bosh 
barmoq  bilan  qisish  qulay  bo'ladi.  Am pulaning  turish  holatini  o'zgartirm as- 
dan,  qo‘l  panjalarini  bachadon  bo'yni  tom on  yuboriladi  va  bosh  barmoq 
kateterni  bachadon  bo‘yniga  1,5— 2 sm  chuqurlikda  itaradi.  Barmoq  uchlari 
bilan  massaj  qilishni  davom  ettirib,  ampula  kaft  bilan  shunday  itariladiki, 
kateter  bachadon  kanaliga  7 sm  kiradi.  Urug'ni  ampula  va  kateterdan  to ‘la 
siqib chiqarish  uchun  eng  avvalo  uning  tubidagi  yuqori  burchagi  qisiladi  va 
ampulaning  bo‘yi  bo'ylab  bosim  o'zgartirilib turiladi  (23- rasm).
22 -  rasm .  H ayvonlarni  m ano-servikal 
usul  bilan  qo ch irg and a  ishlatiladigan 
asboblar.

23- rasm.
  Sigirlarni  m ono-servikal  usul  bilan 
qochirganda  urug'ni jinsiy yo'llarga  yuborish:
1
 — tuxumdon; 
2
— tuxum yo'li; 
3
— bachadon 
shoxi; 
4
  —   b a cha do n  tanasi;  5  —   bachadon 
bo'yinchasi  (kesilgan  holda); 
6
 —   bachadon 
bo'yinchasining tashqi teshigi;  7 —  qin; 
8
—  ba- 
chadonning  ke ng  payi; 
9
 —   bachadon  bo‘y- 
inchasiga yuborilgan am p u la  bilan  birlashgan 
kateter; 
10
— to ‘g ‘ri ichak; 
11
— siydik pufagi;
12
 —  tos  suyagi.
Ampuladagi urug'ni bachadon bo'yni bo‘shagan paytda siqish kerak, aks 
holda urug1 unga tushmaydi.  Bu holda kateterni u yoq,  bu yoqqa, oldinga va 
orqaga  yurg'iziladi.  Bachadon  qisqarishi  qayta  tiklansa,  urug'  osongina 
s iq ila d i.  U rug'  yu b o rilg a n d a n   so'ng  te x n ik -o s e m e n a to r  am pulani 
bo'shashtirmay, bachadon  bo'yinchasi  kanalidan  kateterni chiqarib oladi va 
asbobni  qin  tagiga  qo'yib,  bachadon  bo'ynini  qayta  massaj  qiladi.  Qindan 
qo'l va asbobni ehtiyotlik bilan chiqarib olish  kerak.
Asbob  va  qo'lqoplar  qochirishdan  keyin  tashlanadi.  Chuqur  bilim  hosil 
qilish uchun texnik osemenator 8— 10 ta hayvonni qo'lqopsiz qochirishi kerak. 
Sun’iy  qochirishning  hamma  turini  o'rgangan  texnik-osemenator  hamisha 
ehtiyotkor bo'lishini esdan chiqarmasligi lozim, chunki urg'ochi hayvonlarning 
jinsiy organlariga taalluqli  bo'lmagan yog'jismlar aloqada bo'ladi.

VII  bob 
QISHLOQ XO‘JALIK  HAYVONLAR  AKUSHERLIGI
BO‘G ‘OZLIKNING  FIZIOLOGIYASI  VA  DIAGNOSTIKASI
B o'g'o zlik  tuxum hujayraning  urug'lanishidan  boshlanib  tu g ‘ish  bilan 
tugaydigan jarayon.  Bo'g'ozlik o'rtacha hayvonlarni oxirgi  qochirish kunidan 
hisoblanadi.
Urug'lanish  (Ftcundatio).  Tuxumhujayraning  urug‘lanish  jarayoni.
Urg'ochi  hayvon  jinsiy a’zosida  yuz  beradigan  ko'plab fiziologik jarayonlar- 
ning  amalga  oshishi  asosan  urug'lanish  va  homilaning  normal  rivojlanishi 
uchun  barcha shart-sharoitlarni ta ’minlashdan  iborat.
Tuxumhujayraning urug'lanishi tuxum yo'lining  boshlanish  qismida sodir 
bo'lib,  shu  yerda  zigotaning  dastlabki  davri  boshlanadi.  Urug'lanishning 
normal  o'tishi  tuxumhujayraning  ko'plab  fiziologik  normal  sperm alar  bilan 
uchrashishga bog'liq.
Urug'lanish  kimyoviy va m orfologik jarayonlardan  iborat.  Uning  kimyoviy 
tom oni  deganda,  erkak  va  urg'ochi  hayvon  jinsiy  hujayralarining  o'zaro 
assimilyatsiyasi natijasida organik moddalar, asosan oqsillar, nukleoproteidlar 
va  lipoproteidlar  paydo  bo'lishi  tushuniladi.  Bunday  o'zgarishlarning  ro'y 
berishida xilma-xil fermentlarning ta ’siri  katta.
Tuxumhujayraning morfologik urug'lanish jarayoni to'rt bosqichdan iborat.
Yetilayotgan  follikula  (graaf  pufakchasi)da  birinchi  tartib  ovotsit  bo'ladi. 
Tuxum hujayra  tuxum  yo'liga  ikkinchi  tartib  ovotsit  davrida  tushadi.  Ushbu 
davrda birinchi qutbda tana hosil bo'lib, bu reduksion bo'linish tugallanganligini 
ko'rsatadi.  Bordi-yu  bu  davrda  sperm a  tuxum hujayra  bilan  uchrashmasa, 
meyoz  davri shu  bosqichda tugab,  ovotsit tuxum hujayraga aylanmaydi^
Yetilgan tuxumhujayra bir necha qavat tuxum bo'rtm alar bilan qoplangan 
bo'lib,  tashqi  tom ondan  shu’lasim on  toj  bilan  o'ralgan.  S hu’lasim on  toj 
hujayralarining  o'simtalari  tiniq  pardaga  kirib  boradi,  tuxum ni  o'rab  turgan 
shu’lasimon tojdagi follikulyar hujayralar 4— 6 soat davom ida gialouronidaza 
ferm enti yordamida yemiriladi.  Urug'lanishning ikkinchi davrida 60— 90 taga 
yaqin  sperm alar  tuxumhujayralarning  tiniq  pardasi  ichiga  kiradi.  Shundan 
so'ng, 23— 36 tagacha sperma tiniq  pardadan o'tib, sariqlik tanasi atrofidagi 
b o 's h lik k a   tushadi.  Shunisi  qiziqki,  bu  davrda  tu x u m h u ja y ra n in g   tiniq 
pardasiga  boshqa tur  urug'i  kira olmaydi.
Urug'lanishning  uchinchi bosqichida sarig'lik parda ichiga sperm a kiradi. 
To'rtinchi davrda sperma o'zagi tuxum hujayra sitoplazm asini  assim ilyatsiya 
qilishi  natijasida  kattalashadi,  keyinchalik,  u  tuxum hujayraning  o'zagi  bilan 
qo'shilishi  tufayli takomillashishga  qodir 
zigota
  paydo  bo'ladi.

Spermaning  tanasi  bilan  dumi,  shuningdek,  qolgan  qismi  hujayraning 
fermentlari  ta’sirida  erib  ketadi  va  zigota  tomonidan  o'zlashtiriladi.  Zigota 
bachadon  tomonga  qarab  harakat  qilishda  davom  etib,  ovulyatsiya  (4—5 
kun)dan  keyin tuxum yo'lidan  bachadonga o'tadi.
Urg'ochi hayvonlar urug'lanish darajasini oshirish sharoitlari. 
Urg'o- 
chi hayvonlarni tabiiy va sun’iy qochirishning samarali bo'lishi,  uning vaqtini 
aniq  belgilash,  sifatli  urug‘  bilan  qoidaga  rioya qilgan  holda  urug'lantirishga 
b og'liq.  U rg 'o ch i  hayvonlar  d astla b ki  kuyukkanda  q o c h irils a   yoki 
urug'lantirilsagina ular ko'plab urug'lanadi. Masalan, sigirni tuqqanidan keyin 
30—60  kun  o'tmasdan  dastlab  kuyukkanda  urug'lantirish  lozim.  Ular  o‘z 
vaqtida qochirilmasa, ko'pinchaqisirqoladi. Bu, hayvonlar mahsuldorligining 
kamayishiga olib  keladi.
Urg‘ochi hayvonlarning kuyukish alomatlarini sinchiklab kuzatish ulardagi 
jinsiy qo'zg'alishni  ifodalovchi xususiyatlarni yaxshi  bilish zarur.
Ovulyatsiyasiz,  ya’ni tuxumdondan  tuxumhujayralar ajralib  chiqmasdan 
turib qochirilganda urg'ochi hayvon tuxumhujayralari urug‘lanmaydi. Shuning 
uchun kuyukish alomatlari yo'qolgandan keyingina ovulyatsiya yuz berishini 
unutmaslik  kerak.  Har  bir  hayvonning  ovulyatsiya  muddatini  yaxshi  bilish 
amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega. Ajralib chiqqan tuxumhujayralar tez 
nobud  bo'ladi.  Shuning  uchun  sperm alarni  otalantirish  qobiliyatini 
yo'qotmasdan turib, tuxumhujayraga yetib borishini ta’minlash  lozim.
Urg'ochi  hayvonni  bir marta urug'lantirilganda uni quyidagi  muddatlarda 
juftlash, urug'lantirish uchun eng yaxshi vaqt hisoblanadi: sigirlarda dastlabki 
kuyukish alomatlari ma’lum bo'lgandan  12— 13 soatdan keyin yoki kuyukish 
tamom bo'lgan zahoti;  echki va sovliqlarda — dastlabki  kuyukish alomatlari 
ma’lum  bo'lgandan  3—4  soatdan  keyin  va  22—24  soatdan  kechiktirmas- 
dan;  cho'chqalarda  kuyukish  alomati  boshlangach  24—26  soatdan  keyin 
harakat qilmaslik refleksi paydo bo'lganda va biyalar kuyukishining uchinchi 
kunidan  boshlab qochirilishi  lozim.
Yirik hayvonda (biya, sigir)larda tuxumdonni ehtiyotkorlik bilan paypaslab 
ko'rib  rektal  tekshirish  bilan  ovulyatsiya  vaqtini  aniqlash  mumkin,  urg'ochi 
hayvonning  urug'lanishi  va  serpushtligini  oshiruvchi  sharoitlar  qator 
sabablarga  bog'liq.  Buning  uchun  erkak  va  urg'ochi  hayvonlarni  biologik 
jihatdan to'kis,  sifatli  har xil oziqli sharoitlarda parvarishlash jinsiy qobiliyat- 
larini oshirish. Ularni bir jinsiy siklning o'zida qayta urug'lantirish, hayotchanlik 
ko'rsatkichlari yuqori  bo'lgan spermalarni qo'llash.
Hayvon  qochirilgan  va  sun’iy  urug'lantirilganda  veterinariya,  sanitariya- 
gigiyena  qoidalariga  amal  qilish  hamda  maxsus  yo'riqnomalarini  so'zsiz 
bajarish ham urg'ochi hayvonning urug'lanish darajasini oshirish shartlaridan 
biri  hisoblanadi.

B O ‘G ‘OZ  HAYVONLARNING  JINSIY  A ’ZOLARINING  ANATOMIK 
0 ‘ZGARISHLARI,  HOMILA  YOSHINI  ANIQLASH
Darsning  maqsadi. 
Bo‘g‘ozlik  davrining  (sigir,  sovliq,  echki,  quyon  va 
itlarda) turli bosqichlarida hayvon jinsiy a’zolarining tuzilishi va topografiyasini 
0
‘rganish;  homila  pardalari  va  platsenta  (yo'ldosh)  tuzilishi  bilan  tanishish; 
homila yoshini aniqlash.
Tekshirish obyektlari va kerakli jihozlar: 
qushxonalardan olingan yangi 
so'yilgan  urg'ochi  hayvon  jinsiy  a’zolari,  muzey  preparatlari,  embrión  va 
hom ila  pardalarini  homila  va  onasining  qon  aylanishini  (taqqoslash 
maqsadida)  rivojlanish  sxemasi,  katta  kyuvetlar,  qaychi,  anatomik qisqich- 
lar,  pichoqlar,  tugmachali  zontlar,  o'Ichov  tasmalari,1000,  500  va  100  ml 
hajmli  stakan  va  silindrlar,  jarrohlik  qo'lqoplar,  tarozilari,  iupalar,  klyonka 
etaklar.
Qisqacha  uslubiy  ko‘rsatma. 
Dars  kafedra  laboratoriyasida,  10— 12 
kishilik guruhlar bilan olib boriladi. Dars boshlanishida o'qituvchi embrionning 
asosiy rivojlanish bosqichlarini, uni o'rab turgan pardalarni plakat va chizmalar 
yordamida  tushuntirib  beradi,  so'ngra  talabalar  darslik,  chizma  va  muzey 
preparatlaridan  foydalangan  holda  mustaqil  o'rganadilar.  Dars  oxirida 
0
‘qituvchi savollarga javob beradi va unga yakun  yasaydi.
B o ‘g ‘o zlik n in g   tu rli  b o s q ic h la rid a   h a y v o n   jin s iy   a ’z o la rid a g i 
o'zgarishlar. 
Bo‘g‘ozlik  davri  urg'ochi  hayvon  jinsiy  a’zolari  va  butun 
organizmning  kuchli  o‘zgarishiga  olib  keladi.  Bachadon  bu  davrda  ancha 
kattalashadi,  uning  massasi  og'irlashadi,  bo‘g‘ozlik  oxiriga  kelib  sigirlar 
bachadoni  4—6  kg,  homilasi  bilan  50—60  kg  ni  tashkil  etadi.  Bu  davrda 
sigirlar  bachadoni  assimetrik shaklga  ega  bo'ladi,  chunki  homila  rivojlana- 
yotgan  bachadon  shoxi  ikkinchisiga  nisbatan  tez  kattalashadi,  egizak 
hom ilalarda  esa  ikkala  bachadon  shoxi  birday  kattalashadi.  Bo'g'oz 
cho'chqalar  bachadoni  shoxining  uzunligi  2— 3,5  m  va  eni  17— 18  sm  ga 
yetadi,  homila  bo'lganda  u  ampulasimon  kengayadi.  Boshqa  serpusht 
hayvonlarda (it, quyon) xuddi shunday kengayish ro‘y beradi.  Biyalarda esa 
homila  bachadon  tanasi va shoxida rivojlanadi.
Ko'rish  usuli  bilan  homila  rivojlanayotgan  bachadon  shakli  va  boshqa 
jinsiy  a’zolar  holati  aniqlanadi.  So'ngra  u  jinsiy  labni  dorzal  tomonidan  va 
qinning yuqorisidan, shuningdek, bachadon shoxining katta qiyshiqligi bo'ylab 
kesiladi.  Qin  dahlizi  va  uning  shilliq  pardalari  oq  ko'kimtir  rangda  va  biroz 
yopishqoq shilimshiq modda bilan qoplangan bo'ladi. Bachadon bo'yinchasi 
yo‘li  zich  yopilgan,  burmalari  orasiga  quyuq  tinik  shilimshiq  modda  po'kak 
bo'lib,  u  qingatomon  biroz chiqqan.  Shilimshiq  po‘kakning yopishqoqligi va 
cho'ziluvchanligi  homilaning  rivojlanishi  bilan  oshib  boradi  va  bo‘g‘ozlik 
davrining  oxiriga  kelib  uni  bachadon  yo'lidan  to'liq  olib  ko'rish  mumkin. 
Tug'ishga  bir  necha  kun  qolganda  u  yumshaydi,  suyuiadi,  so'ngra  jinsiy 
a ’zolardan  oqib  tashqariga  chiqadi.  S ekin-asta  butunligini  buzm ay 
bachadonni homilaning tomirli pardasidan ajratib olib,  uning shilliq pardasini 
ko'ramiz.  Uning  yuzasi  baxmalsimon,  biyalarnikida  esa juda  ko'p  kriptalar

(chuqurchalar)  mavjudligi  ko'zga tashlanadi,  kavsh qaytaruvchi  hayvon  ba- 
chadonini shilimshiq pardalarida esa turli karunkulalar bo'lib, ularda ko'pgina 
kriptalaming borligi bilinib turadi. Cho'chqa bachadonining shilliq pardasidan 
platsentar zonalar va  kriptalardan  ozod  qismlarni  uchratish  mumkin  itlarda 
ona  platsenta  bachadon  shoxining  ampulasimon  kengaygan  joyida  qalin- 
lashgan  belbog'cha shaklida bo'ladi.
Homila rivojlanayotgan bachadon shoxi tomonidan, tuxumdonning tashqi 
tomonidan  kesib  ko'riladi.  Bunda,  juda  ko‘p  turli  kattalikdagi  (diametri  10 
mm gacha) yarim tiniq, sarg‘ish folikulalar borligi ko'rinadi. Kattaroq folikulalar 
homila  rivojlanmayotgan  bachadon  shoxi  tomonidagi  tuxumdonda  bo'ladi. 
Sariq  tana,  bitta  tug'adigan  hayvonlarda  ko'pincha  homila  rivojlanayotgan 
bachadon  shoxi tomonidagi  tuxumdonda,  ko'p tug'adigan  hayvonlarda esa 
ikkala tuxumdonda  ham  bo'ladi.  Uni  kesgan  paytimizda  kattaligiga va sariq 
tananing tuzilishiga, uning rangiga, konsistensiyasiga, bo'laklarga bo'linishiga 
hamda sariq tanani tuxumdon to'qimalariga chuqur o'sib kirganligiga vizual 
e’tibor  beriladi.  So'ngra  homila  pardalari,  homila  oldi  suyuqligi  va  homilani 
o'rganishga o'tiladi.
T o m i r l i   p a r d a   (Chorion).  Tomirli  parda  homilaning  tashqi  pardasi 
bo'lib, u ona tanasidagi oziq moddalar va oksigenni homilaga yetkazib berish 
hamda  almashilgan  mahsulot  va  karbonat  angidridni  ona  qon  tomirlariga 
yo'naltirib  turish  uchun  xizmat  qiladi.  Shuning  uchun  u  bola  platsentasi 
yo'ldoshi,  ham  deyiladi.  Demak,  platsenta  homila organizmini  ona organiz- 
mi  bilan  aloqasi  uchun  xizmat  qiladigan,  homilaning  tomirli  pardasi  va 
bachadonning  shilimshiq  pardalarida  rivojlanadigan  to'qimalardan  hosil 
bo'lgan  kompleks hisoblanadi.
Sigir,  qo'y  va  echkilarda  tomirli  parda,  bachadonda  bitta  homila  bo'lsa 
ham uning har ikki shoxida joylashadi. Sigirlarda bo'g'ozlikning oxirgi davriga 
borib uning og'irligi 3— 5 kg ga yetadi. Tomirli pardaning sirtqi yuzasida kuchli 
shoxlanib  ketgan  so'rg'ich  (kotilidon)lar  bo'lib,  bular  bachadon  shilimshiq 
pardasi yuzasidagi korunkulalarga o'sib kirib, platsentar aloqani va 80— 120 
tagacha  alohida  platsentalarni  tashkil  etadi.  Kavsh  qaytaruvchi  mayda 
hayvonlar tomirli pardasidagi  karunkalalar o'zining  hajmi va karunkula mar- 
kazida chuqurchaning  borligi  bilan  xarakterlanadi.
Cho'chqalarda xorion  parda ko'ndalangiga ketgan juda ko'p bo'rmalarni 
hosil  qiladi,  har  bir  homilaning  tomirli  pardasi  bir-biriga  yopishgan,  o'zaro 
birlashgan holda bo'ladi. Biroq bu so'rg'ichlar burmalarning o'sgan yuzasidan 
balandligi 3 mm gacha ko'tarilgan bo'lib, burma orasidagi chuqurlik joylarida 
esa juda ham sust o'sadi.  Ularning  platsentasi tarqoq  holda bo'ladi.
Biyalarning  tomirli  pardasi  ikki  shoxli  xalta  shaklida  bo'lib,  u  butun 
bachadon  bo'shlig'ini to'ldirib turadi.  Uning  tashqi  yuzasi  baxmalsimon  usti 
biroz shoxlanib ketgan, uzunligi 1,5 mm keladigan surgichlar bilan qoplangan. 
Har bir so'rg'ich bir qavat epitelial hujayra va biriktiruvchi to'qimalardan hosil 
bo'lgan  bo'lib,  unda  bitta arterial va  bitta venoz qon  tomirlari  bo'ladi.
Bo'g'ozlikning  40-  kunida  bachadon  kriptasida  so'rg'ichlar  joylashadi. 
So'rg'ichlar orasida joylashgan qon tomirlari ona qon tomirlari tizimidan  ikki

qavat epitelial hujayralar (1-so‘rg‘ich  qavati, 2-bachadon shilliq  pardasining 
qoplami) bilan ajraladi. Tomirli parda so‘rg‘ichlari bachadonga yopishib ket- 
masligini ta’kidlab o'tish  kerak.
Tomirli pardaning butunyuzasigaso‘rg‘ichlartarqalibjoylashganligi uchun 
biyalarning  platsentasi tarqoq bo'ladi.
Urg'ochi  tuya  hom ilasining  tom irli  pardasi  shakli  jihatidan  kavsh 
qaytaruvchi  hayvonlarniki  singari  bo'lib,  platsentasining  tuzilishi  xuddi 
biyalarnikiga o'xshash  bo'ladi.
Go‘shtxo‘r  hayvon  tomirli  pardasi  loviyasimon  shakldagi  so ‘rg‘ichli 
zonalardan  iborat  bo'ladi.  Bu  zona  pardaning  o'rta  qismida  belbog'simon 
joylashgan.  Parda ko'kimtir tusda bo'ladi.
S i y d i k   p a r d a   (allantois).  Siydik  pardasi  xaltaga  o'xshash  va  tomirli 
pardaning ostiga joylashgan bo‘lib,  uning  uchi  kin  dikka ulangan  siydik yo‘li
—  o‘raxus  (urachus)  orqali  siydik  pufagi  bilan  birlashadi.  Siydik  pardasi 
bo‘shlig‘iga o'raxus orqali homilaning siydigi kelib tushadi, homila katta bo'lgan 
sari bu siydik ko'payib boradl.
Siydik pardasi yupqa, tiniq bo'lib, uning devorlari bo'ylab homiladan tomirli 
pardaga  boruvchi  va  undan  homilaga  keluvchi  qon  tomirlari  joylashgan 
bo'ladi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlarda allantois pardasi ayrim joylarda tomirli 
pardaga yondoshib  yotsada,  lekin  u  bilan  tutashib  ketmaydi.  Bu  parda suv 
pardasining faqat homilaning qorin tomonidan o‘rab oladi. Bo‘g‘ozlik davrining 
oxirida siydik suyuqligi xira jigarrang  bo'lib,  uning  miqdori turli  hayvonlarda 
har xil: sigirlarda 4—8 I, biyalarda 5— 10 I, qo‘y va echkilarda 0,5— 1,5 I,  it va 
mushuklarda  10— 50  ml, cho'chqalarda 25— 100  ml  bo'ladi.
Cho'chqalarda allantois parda cho'zinchoq xaltaga o'xshash bo'lib, uning 
to'mtoq uchi  xorion  pardaga qadar o'sib, tublari halqasimon tortilib turuvchi 
ikkita uzunchoq xaltachadan iborat. Siydik pardasining homila tomirli va suv 
pardasi  bilan  aloqasi  kavsh qaytaruvchi hayvonlarnikiga o'xshash  bo'ladi.
Biyalarda allantois parda o'zining tashqi yuzasi bilan xorion pardaga zich 
yopishib  ketadi.  U  suv  pardasini  hamma tomonidan  o'rab  oladi  va  ba’zi  bir 
joylari suv pardasining orqasiga do'ppayib kirgan bo'ladi. Ko'pincha u cho'zilib 
ketgan  holda qog'onoqdalik suzib yuradi.
Siydik pardasining bunday joylashishi uning suv pardasiga tegib turadigan 
(allantoamnion)  ichki  va  tomirli  parda  bilan  bevosita  birlashib  turadigan 
(allantoxorion) tashqi  qavatlari bir-biridan farq qiladi.
S u v   p a r d a  (amnion). Suv qog'onoq, ya’ni amnion  parda ichki, yupqa, 
tiniq  tomirsiz  va  homilani  hamma  tomonidan  o'raydigan  birinchi  parda 
hisoblanadi. Suv pardasining ichida shilimshiqli, biroz cho'ziluvchan suyuqlik 
bo'lib,  bu  homilani  har  tomonlama  o'rab,  uni  turli  taassurotlardan  himoya 
qiladi.  Qog'onoq  suvi  amnion  pardani  qoplab  turuvchi  silindrsimon  epiteliy 
sekretsiyasi  natijasida  hosil  bo'ladi.  Bo'g'ozlikning  oxiriga  kelib  amnion 
suyuqligining  miqdori  turli  hayvonlarda turlicha:  sigirlarda  2—4  I,  biyalarda
3—7  I,  qo'y  va  echkilarda  0,5— 1,2  I,  cho'chqalarda  40— 150  ml,  it  va 
mushuklarda  10—30  ml  bo'ladi.

Qog'onoq suvi tarkibida oz miqdorda oqsil, tuz, qand, keratin, yog‘, mochevina 
va vitaminlar bo'ladi. Bo‘g‘ozlik davrining ikkinchi yarmida homila suvga bo'lgan 
ehtiyojini  qondirish  uchun  reflektor  ravishda  qog'onoq  suvini  yuta  boshlaydi, 
shu sababli homilaning o'sishi bilan  qog'onoq suvi  biroz kamayadi.
A m nion  va  allantois  pardalari  oralig'idagi  suyuqliklar  dard  tutish  va 
kuchaniqlar vaqtida bachadon bo'yinchasi yo‘li tomon oqib kelib, bu pardalarni 
ita ra d i.  Bundan  ta sh q a ri  bu  s u y u q lik la r  ho m ila   tu g 'ila y o tg a n   paytda 
tug'ayotgan  hayvon jinsiy a’zo devorlarini  namlaydi,  silliqlaydi va  ularni turli 
jarohatlanishlardan saqlaydi.
Kavsh qaytaruvchi hayvon va cho'chqalarning amnion pardasi homila belining 
ustida joylashgan, bir qismi xorion parda bilan bevosita qoplangan bo'ladi.
Biyalarda  amnion  parda  siydik  pardasining  ichki  varaklari  bilan  zieh 
birlashib,  bitib  ketgan.
K i n d i k (finiculus umbilicalis) naysimon bo'lib,  u ikki kindik arteriyasi qon 
tomirida, ikki (buzoq, qo'y va uloqlarda) yoki bir (qulun va cho'chqa bolalarida), 
vena  qon  tom irlarida n,  siyd ik  yo'lid an   (o'raxu sdan)  va  sariq  xaltacha 
qoldig'idan  iborat bo'ladi.
Tug'ishga yaqin  qolganida  homila  kindigining  uzunligi  sigirlarda  30— 40 
sm  gacha,  qo'y va  echkilarda 7— 12 sm  gacha  bo'ladi.  Qon  tomirlari  (ikkita 
arteriya va ikkita vena) buralgan shaklida yo'nalmay, kindik halqasida birlashib 
bitadi.  Homila  bachadon  bo'shlig'idan  tashqariga  chiqqandan  so'ng,  uning 
qorin  bo'shlig'idagi  qon tomirlari yorilib  ketishi  mumkin.  Cho'chqalarning tu- 
g'ishiga yaqin qolganda uning bachadondagi homila kindigining uzunligi 20—  
25  sm  bo'ladi.  Ularning  qon  tomirlari  (ikkita  arteriya  va  bitta  vena)  spiral 
shaklida buralgan  bo'lib,  kindik halqasiga birlashib  bitadi.
Biyalar tug'ishiga oz qolganda bachadondagi  homila kindigining  uzunligi 
70— 100  sm,  qon  tomirlari  (ikkita  arteriya  va  bitta  vena)  buralgan  shaklda 
yo'nalgan  bo'ladi.  Homila bachadondan tashqariga chiqqandan so'ng uning 
kindigi  uzilgan  paytda qon tomirlari,  homilaning qorin  bo'shlig'i tashqarisida 
yoki bevosita homilaning qorin devorlarida joylashgan kindik halqasi qismida 
uzilib  ketadi.  Buning sababi qon  tomirlari  homilaning  qorin  devori  bilan  zieh 
bo'lib  bitib  ketganligidadir.

Yüklə 24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə