paypaslab tekshirish.
Bo'g'ozlikning ikkinchi yarmida oriq cho'chqaning bachadonidagi
homilasini ba’zan paypaslab aniqlash mumkin. Buning uchun bo‘g‘oz
cho'chqani biroz qashlab, yaxshisi chap tom oni biIan y o tq iz ila d i.
Bo'g'ozlikning uchinchi oylda oxirgi ikki emchagi joylashgan joyi paypaslanib
ko'rilsa, homila bilinadi va qo‘lga qattiq tegadi.
Biya bo‘g ‘ozligining tashqi belgilari.
Biyalar qochirilgach, bir oydan
keyin kuyukmasa, sun’iy va tabiiy qochirilgandan keyin jinsiy mayllik davri
bo'lmasa, bu bo‘g‘ozlik belgilarrdir. Biya ishtahasining yaxshilanishi, semirib
ketishi, tez charchab qolishi, terga botishi, yuvosh bo‘lib qolishi, qornining
chap tomonga qarab do'ppayib shishib chiqishi va boshqa shunga o'xshash
belgilar biyaning bo‘g‘ozligini aniqlashda faqat taxminiy ko'rsatkichlardir.
Qorin bo'shlig'ining o'ng tomonida yo‘g‘on ichak joylashganligi sababli
homila rivojlanayotgan bachadon chap tomonga suriladi. Shuning uchun
bo‘g‘ozlik davrining ikkinchi yarmida biya qornining chap tomoni do'ppayib
shishib chiqqanligi bilinadi. Biyalar bo‘g‘ozligining yettinchi oyidan boshlab
bachadondagi homilani tashqi tomondan paypaslab bilish va uning harakatini
aniqlash mumkin. Buning uchun yordamchi biya jilovidan kalta qilib ushlab
turadi. Yordamchi bo'lmasa tekshiruvchi kishi otning bosh tomoniga orqasi
bilan turib, uning jilovini chap qo‘li bilan ushlaydi, o‘ng qo‘li bilan esa otning
yag'rini tekshiradi. Otning boshi chap tomonga burilganda, uning qorin mus-
kullari birmuncha bo'shashadi. Bunda o‘ng qo‘l bilan taxminan tizza bo'g'ini-
dan boshlab qin tik tomonga ketadigan chiziq bo'ylab bachadondagi homila
paypaslab tekshiriladi. Qo‘l qorin devoriga biroz bosib turiladi, u birdan qo'yib
yuborilganda, qorindagi homilaning o‘z joyig'a qaytishi tufayli harakat qil-
ganligi seziladi.
Biyalar bachadonidagi homilaning yurak urishini yuqorida eslatib o'tilgan
chiziqning chap tomonidan eshitiladi. Biya bachadonidagi homilaning yurak
urishini tekshirish usuli sigirniki singari bo'ladi. Homilaning yurak urishi faqat
yaxshi sharoitlardagina eshitiladi. Homilaning yurak urishi bir daqiqada 120—
130 marta biyalarning yurak urishidan (bir daqiqada 24—44 marta) tezligi
bilan farq qiladi.
HAYVONLAR QISIRLIGI VA BO‘G ‘OZLJGINI KLINIK
USULDA TEKSHIRISH
Darsning maqsadi.
Sigir, urg'ochi qo'tos, tuya, biya, kavsh qaytaruvchi
mayda hayvonlar va quyonning bo‘g‘oz va qisirligini klinik usullar bilan
aniqlashni o'rganish.
Tekshirish obyektilari va kerakli jihozlar:
qisir va bo'g'oz hayvonlar,
ular jinsiy a’zolarining chizmasi va mulyajlari; xalat, yengcha, rezinali etik va
ginekologik qo'lqop va qalpoqlar, biya va tuyalarni bog'lash uchun
ishlatiladigan iplar yoki qochiruv asbobi, sochiqlar, yod, kolloid eritma,
bug‘langan qaychi, dezinfeksiyalovchi eritmalar, sovun, paqir, krujka, issiq
suv, spirt lampa, stetoskop, fonendoskoplar, qin oynasi, fiziologik eritma,
qochirishni hisobga olish jurnali.
Qisqacha uslubiy korsatma.
Dars qushxonalarda, o'quv tajriba xo'jaligida
olib boriladi. 0 ‘qituvchi jadval, mulyaj, makropreparat va boshqa o'quv qurollari
asosida homila pardasining tuzilishi, platsentalarni birikish usullarini tushunti-
rib bergandan so‘ng talabalar mustaqil ishlashga kirishadilar. 0 ‘qituvchi
o'quvchilarga ichki tekshirish, ya’ni qin va to‘g‘ri ichak orqali hayvonlarning
bo'g'oz yohud qisirligini aniqlashda tekshiruvchiga kerakli ehtiyot shartlari va
xavfsizlik qoidalarini yana bir bor tushuntirishi kerak. Chunki hayvonlarda uch-
raydigan ko'pgina yuqumli va invazion kasalliklar odamga oddiy zoogigiyenik
qoidalariga rioya qilmaslik tufayli yuqishi mumkin.
Shuningdek, o'qituvchi qin orqali tekshirishda e’tibor berish kerak bo'lgan
quyidagi belgilarga albatta to‘xtalishi kerak:
1) jinsiy a ’zo shilliq pardalarining quruqligiga va u yerdagi shilliq
moddaning yopishqoqligiga; 2) bachadon bo‘yinchasining yupqaligiga va
uning og'zida shilliq tiqinning borligiga; 3) qin devorlari orqali homila tana
qismlari paypaslanishiga.
To‘g‘ri ichak orqali bo'g'ozlikni tekshirish eng aniq usul, ayniqsa yirik
hayvonlarning bo'g'oz, qisirligini aniqlashda keng qo'llanadigan klinik
usullardan biri ekanligini o'quvchilarga yana bir bor aytish kerak.
S ig ir n in g b o ‘g ‘oz va q is ir lig in i k lin ik usul b ila n a n iq la s h .
Refleksologik usul.
Sigir qochirilgandan keyin 10 kundan 30 kungacha har
kuni 1,5— 2 soatga sayr maydoniga sinovchi-buqalar bilan birga saqlanadi.
Bu davr ichida sinovchi-buqa tomonidan kuyukka kelganligi aniqlangan sigirlar
qisir, kuyukkanlik belgilari bo'lmaganlari esa bo‘g‘oz hisoblanadi. Bu usul
sigirlarning qisir yoki bo‘g‘ozligini 95— 100% aniqlaydi. Ayniqsa, bu usulning
ahamiyati shundaki, qochirilmay qolgan sigirlarning jinsiy kuyukkanlik davri
o‘tib ketmaydi.
Ichki tom ondan tekshirish usullari.
Bunda ikki xil: biri qin orqali,
ikkinchisi to‘g‘ri ichak orqali tekshiriladi.
Q in o r q a l i (vaginal) tekshirish qin va bachadon bo‘yinchasi qin qismini
paypaslab ko'rishga asoslanadi. Bo‘g‘oz hayvonlarda qin va bachadon bo'yin-
chasining shilliq pardalari oqargan, quruq, yupqa yopishqoq shilliq modda
bilan qoplanganligi sababli qin oynasi biroz qiyinroq boradi. Bachadon
bo'ynichasi mahkam yopilgan va uning teshigi quyuq shilliq modda bilan
boqilgan bo'iadi. Bo'g'ozlikning rivojlanishi bilan bachadon bo'yinchasi oldinga
qarab, qorin bo‘shlig‘i tomon tusha bashlaydi. Qinning yon devorlaridan o'ta-
yotgan arteriya (a. uterina caudalis) bo'g'ozlikning 6 oyidan boshlab yaxshi
seziladi va uning qalinligi ko'rsatkich barmoqdek bo'iadi. Ammo bu belgilar
hamma vaqt ham yaqqol namoyon bo'lavermaydi. Shuning uchun, bo'g'oz-
likni qin orqali tekshirish keng qo'llanilmaydi. Bu usul qisir hayvonlarni aniq-
lashda juda qo‘l keladi.
T o ‘ g ‘ ri i c h a k o r q a l i t e k s h i r i s h — ichki tomondan o'tkazilgan
tekshirishlarning asosiysi hisoblanib, u bevosita ishlab chiqarish sharoitida
yilning hamma fasllarida bo‘g‘ozlikni tez aniqlabgina qolmay, balki qisir
hayvonlarning jinsiy a’zo holatini aniqlashga ham imkon beradi. Bu usul to'g'ri
o'tkazilsa, tekshiruvchi kishiga ham tekshirilayotgan hayvonga ham xavfsizdir.
To‘g‘ri ichak orqali tekshirish xo'jalikda hayvonlar orasidagi qisirlikning oldini
olishda ishonchli omillardan biri. Rektal tekshirish usuli to‘g‘ri ichak orqali
bachadon bo'yinchasi, tanasi va shoxlarini, homilani, tuxumdonlarni, tos su-
yaklarni, bachadon pardasi va undan o'tuvchi bachadon arteriyasini
paypaslab ko'rishga asoslangan. Tekshirish o'tkazishdan oldin tirnoqlar kalta
qirqilib, uning o‘tkir burchaklari maxsus arracha bilan tekislanishi kerak. Agar
bu ish bajarilmasa, to'g'ri ichak shilliq pardalari jarohatlanishi va qon oqishi
mumkin. Tekshirishdan oldin albatta xalat, rezina etik kiyib, etak bog'lab,
yalang'ochlangan qo'lga yengcha kiyiladi. Hayvonga kuchli og'riq sezdirma-
slik va to'g'ri ichakni yorib yubormaslik uchun qo'l yog'lanadi. Bu maqsad
uchun neytral sovundan foydalanish mumkin. U tekshirilayotgan hayvon to'g'ri
ichak shilliq pardalarini qitiqlamaydi va tekshiruvchi kishi qo'lining terisini
yallig'lamaydi. Bu sohada biroz tajriba orttirilgach barmoqlari yupqa rezinadan
yasalgan maxsus ginekologik qo'lqoplardan foydalanish mumkin. Sigirlarni
tekshirish molxonalarda, ularning odatdagi joyida, yaxshisi ertalab oshqozon-
ichak bo'shroq bo'lgan paytda o'tkaziladi. Sigirlar birdan harakat qilib yubor-
masligi uchun chap qo'l bilan uning dumi ildiziga yaqin joyidan chap tomonga
burib ushlanadi. Agar hayvon bezovtalanadigan bo'lsa, unda yordamchi kishi
bir qo'li bilan tizza atrofi terisidan ikkinchi qo‘li bilan yelka atrofi terisidan
mahkam ushlaydi. Ayrim hollardagina burun to'siqlari maxsus burun qisqichlar
yoki qo‘l barmoqlari bilan qisib ushlanadi. Mahkam ushlangan sigirlarning
to‘g‘ri ichagiga sovunlangan konus qilib yig'ilgan o‘ng qo‘l barmoqlarini uchin-
chi bo‘g‘inigacha aylanma harakatlantirib yuboramiz. So'ngra barmoqlarni
biroz yozib, to‘g‘ri ichakka havo kirishiga sharoit yaratiladi, ichakka kirgan
havo uni reflektor ravishda qisqartiradi va ichakdagi tezak defekatsiya
natijasida chiqariladi. Defekatsiya sodir bo'lmaganda barmog'imizning
yumshoq qismi bilan to‘g‘ri ichak shilliq pardasi silanadi, shundan keyin to‘g‘ri
ichak tezakdan tozalanadi. Agar bu usul natija bermasa, unda qo'limizni
to'g'ri ichakka chuqur yuborib, uni tezakdan tozalaymiz. To'g'ri ichak orqali
jinsiy a’zolarni paypaslab tekshirishni boshlashdan oldin u barcha axlatlardan
tozalangan, bo'sh bo'lishi kerak. To‘g‘ri ichak devorlari qisqargan paytda
hech qanday diagnostik tekshirishlarni olib borish mumkin emas. Agar to'g'ri
ichakning aylanma muskullari qisqarib, qo'l itarib chiqarilsa, u holda boshqa
manipulyatsiya qilmaslik kerak.
To'g'ri ichakning ko'ndalang muskul qavatlari qisqarganda, u kengaygan
lekin devorlari taranglashgan bo'ladi. Bunday paytda to'g'ri ichak shilliq
pardalari yengil massaj qilinsa, bo'shashadi.
Qo'lni oldinga qarab qorin bo'shlig'i tomon chuqurroq yuborish kerak,
chunki u yerda to'g'ri ichak uzunroq pardaga osilganligi sababli harakatchan,
u yoki bu tomonga oson siljiydigan bo'ladi. Bunga ishonch hosil qilingach,
ya’ni qo'lni to'g'ri ichakning harakatchan qismidan orqaga tos bo'shlig'i tomon
tortib, bachadon bo'yinchasini topish boshlanadi. Bachadon bo'yinchasini
topish boshqa jinsiy a’zolarni aniqlashga yordam beradi. Shuhning uchun
ham tekshirishda avval bachadon bo'yinchasini topish tavsiya etiladi.
Jinsiy a’zolarni paypaslash faqatgina barmoqlarning yumshoq qismi bilan
bajariladi, chunki ular asab tolalari bilan kuchli ta’minlanganligi sababli juda
sezgir bo'ladi.
Qisir sigirlarning bachadon bo'yinchasini topish qiyin emas, u patalogik
o'zgarishlar bo'lmagan taqdirdatos bo'shlig'i ostida bo'ladi. Uni topish uchun
barmoqlarni yumshoq qismi bilan tos bo'shlig'ining ostki qismi, ayrimlarida
o'rta qismi, biroz o'ng va chap tomon paypaslanib qattiq valiksimon shakldagi
bachadon bo'yinchasi topiladi.
Agar paypaslanayotgan kishi bachadon bo'yinchasini topmasa, unda
quyidagi ikki usul bilan tekshirish tavsiya etiladi. 1 - yaxshi dezinfeksiyalangan,
fiziologik eritma bilan namlangan (yoki neytral sovun bilan sovunlangan)
chap qo'lini qinga yuborib, bachadon bo'yinchasini qin qismi mahkam
ushlanadi, to'g'ri ichakdagi o'ng qo'l bilan bachadon bo'yinchasi izlanadi. 2-
samaraliroq usul bo'lib, bunda to'g'ri ichakka ikki qo'l — o'qituvchi va
talabaning qo'li yuboriladi. Bunda o'qituvchi bachadon bo'yinchasining chap
tomonidan o'ng qo'lining bosh barmog'i bilan, o'ng tomonida ko'rsatkich yoki
barcha barmoqlarini o'ziga maksimal tortadi (tos bo'shlig'ining kaudal
qismiga). So'ngra talaba qo'lini to'g'ri ichakka yuboradi. O'qituvchi barmoqlari
ustidan bachadon bo'yinchasini paypaslaydi, so'ngra uni ushlaydi. Bachadon
bo'yinchasini har ikkala usul bilan topganda ham uni tekshiruvchi o‘zi tomon
biroz tortishi kerak. Bu qism hamda bo'g'ozlikning boshlang'ich davrlarida
asosiy diagnostik usul hisoblanib, barcha qolgan jinsiy a’zolarni topish va
paypaslashni tezlashtiradi.
Bachadon bo'yinchasi ushlangandan so'ng qo'lni biroz oldinga yuborib,
juda qisqa (2— 3 sm uzunlikda) yumshoq konsistensiyali bachadon tanasi
topiladi. Tezda shu yerni o‘zida oldinga qarab boruvchi ikkita bachadon
s h o x la ri payp a sla na d i va bu s h o x la r o ra sida ya xshi b ilin a d ig a n
chuqurchasimon juyak seziladi. Juyakka o'rta barmoqni qo'yib, oldiga siljitib,
bachadon shoxlarining ikkiga ajralgan joyi (biforkatsiya) topiladi va bachadon
shoxlari paypaslana boshlanadi. Buning uchun chap bachadon shoxi ostidan
qo'lning to‘rt barmog'ini
0
‘tkazib, bosh barmoqni uning ustidan ushlab, asta-
sekin paypaslanadi. Bachadon shoxining yuqori qismiga yetgada, uning
ostida yokl yon tomonida (3— 4 sm) uzoqlikda juda harakatchan jiyda
kattaligidagi tuxumdon bo'ladi. So'ngra chap bachadon shoxi bo‘ylab yana
orqaga ularning bo'lingan joyiga qaytib boriladi va shu tartibda bachadonning
o‘ng shoxi va tuxumdon tekshiriladi.
Bachadon va tuxumdon paypaslanganda ularning holatiga, kattaligiga,
shakliga, yuza tuzilishiga, konsistensiyasiga sezuvchanligiga e’tibor beriladi.
Bo'g'oz bo'lmagan sog'lom sigir bachadonining xarakterli belgisi shundan
iborat bo'ladiki, u paypaslanganda yoki yengil massaj qilinganda tezda
qisqarib, tos bo‘shlig‘ining orqa qismiga tortiladi, qattiqlashadi, uning yumaloq,
deyarli birday kattalikdagi shoxlari xuddi qo‘chqor shoxi shaklini oladi. Ularda
hech qanday suyuqliklarning qalqishi (flyutuatsiya) kuzatilmaydi, ularog'riqsiz
bo'ladi. Barcha bachadon qismlari qo'lga yengil olinadi va bachadon shoxlari
orasidagi juyak yaxshi seziladi. Ammo qari, ko‘p tuqqan yoki juda semirgan
kam harakat sigirlarda bachadon susaygan, harakatsiz (atonik) va qorin
bo‘shlig‘i tomon osilgan bo'ladi. Lekin bunday bachadon bo'yinchasi tos
bo'shlig'iga oson tortiladi, uning ichida hech narsa bo'lmaydi.
B o ' g ' o z l i k n i n g b i r i n c h i o y i d a . Bachadon bo'yinchasi tos
bo'shlig'ida, bachadon shoxi kov suyagining oldingi chetida yoki qorin
bo'shlig'iga biroz tushgan bo'ladi. Bachadon xuddi qisir hayvonniki singari
qo'lga oson ilinadi, bachadon shoxi tomon tortiladi, ularni orasidagi juyak
aniq seziladi, qovsuyagi birlashgan chetlar yaxshi paypaslanadi. Bachadon
shakli biroz kattalashgan (diametri 5— 6 sm) odatda shox diametri 2— 3 sm
bo'ladi, yumshoq konsistensiyada, devori yupqa, paypaslanganda bachadon
tarang bo'lmaydi. Uncha katta bo'lmagan emberion o'sayotgan homila pufa-
gi harakatchan, elastik, paypaslaganda oson siljiydidan bu suyuqliklarni bir
joydan ikkinchi joyga yengil qo'yilishidan sodir bo'ladi. Juda ehtiyotlik bilan
o'tkazilgan paypaslashda aniqlangan. Bu flyuktuatsiya fenomeni bo'g'ozlik
alomatining eng asosiy belgisi hisoblanadi. Rivojlanayotgan bachadon
shoxida 100 ml gacha suyuqlik bo'ladi va tuxumdonda biroz kattalashgan
sariq tana paypaslab ko'riladi. Bu davrda bo'g'ozlik juda ehtiyotkorlik bilan
tekshiriladi. Shubhalangan paytda bir oydan keyin 2 ikkinchi marta tekshi
riladi.
D ifferensial d iagnostikada bachadon shoxlaridan b irin in g biroz
kattalashishi ko‘p tuqqan, gipertrofiyaga uchragan yoki endom etrit
kassaligining turli shakllarida ham sodir bo'lishini nazarda tutish kerak. Birinchi
holda bachadon massaj qilinganda, uning suyuqlik ajratishi kuchayadi
(bachadon shoxi yumaloqlashadi), ikkinchisida esa bachadon devorlari qalin-
lashadi, paypaslaganda g'ichirlaydi va ko'pincha jinsiy a’zolardan suyuqlik
oqadi.
B o ‘ g ‘ o z l i k n i n g i k k i n c h i o y i d a. Bachadon bo'yinchasi tosga
kirish qismi tomon siljigan, bachadon va tuxumdonlar qorin bo‘shlig‘iga
tushgan bo'ladi. Bunda bachadon asimmetriyasi xarakterlidir — homila
rivojlanayotgan bachadon shoxi, ikkinchisiga qaraganda 1,5— 2 marta
kattalashgan, unda 400 mi gacha suyuqlik bo'lib, qalqish yaxshi seziladi.
Bachadon qisqarmaydi yoki uning qisqarishi kuchsiz bo'ladi. Bunda kov
suyagining oldingi cheti paypaslanganda bachadon shoxlari orasidagi juyak
deyarli sezilmaydi.
B o ‘ g ‘ o z l i k n i n g u c h i n c h i o y i d a . Bachadon bo‘yinchasi kov
suyagini oldingi chetida, bachadon shoxi tuxumdon qorin bo‘shlig‘ida bo'ladi.
Homila rivojlanayotgan shoxi yupqa devorli, sezilarli qalqiydigan (suyuqlik
1,5 I gacha) katta odamning boshiga
0
‘xshash (3—4 marta kattalashgan)
pufak singari bo‘lib, qo‘l bilan aylantirilib paypaslanadi, ammo shoxlar orasi
dagi jo'ya kni paypaslab bo'lm aydi (u tekislanib ketgan). Bachadon
paypaslangada ko'pincha «suzib» yuradigan homilani aniqlash mumkin.
Ayrim sigirlarda homila rivojlanayotgan bachadon shoxidagi o'rta bachadon
arteriyasining tebranishi juda kuchsiz seziladi. Karunkulalarni kattaligi
no'xatday bo'ladi. Ayrim hollarda to'lgan siydik puffagi uch oylikdek qabul
qilinadi. Adashmaslik uchun bachadon bo'ynini qo'l bilan oldinga tortib (tosni
kaudal qismi tomon) bachadonni paypaslab, holatini aniqlash mumkin. Uni
siydik xaltasidan farqlash maqsadida bachadon bifurkatsiyasini paypaslab
ko'rish kerak.
B o ' g ' o z l i k n i n g t o ' r t i n c h i o y i d a. Bachadon bo'yinchasi tosga
kirish qismida bo'lib, u homilaning kuchli rivojlanishi tufayli yana ham ko'proq
qorin bo'shlig'iga tushadi, yupqa devorli, qalqiydigan, qo'l bilan ushlab
bo'lmaydigan xalta singari bo'ladi. Homila oldi suyuqligi 4 I ga yetadi.
Bo'g'ozlikning to'rt oyligidan boshlab karunkula va kotiledonlar hajmi katta-
lasha boradi. Ular birgalikda platsentalarni hosil qiladi, u esa to'g'ri ichak
orqali paypaslanganda loviya kattaligida bo'ladi. Ko'pincha homila ham
paypaslanadi. Homila rivojlanayotgan bachadon shoxi tomonidagi keng payni
paypaslaganda o'rta bachadon arteriyasida vizillagan tebranish seziladi.
B o ' g ' o z l i k n i n g b e s h i n c h i o y i d a . Bachadon bo'yinchasi,
bachadon va tuxumdon qorin bo'shlig'ida. Plasentomalar jiyda kattaligida
(2— 4 sm) bo'ladi. O'rta bachadon arteriyasining tebranishi aniq seziladi va
homila rivojlanmayotgan ikkinchi bachadon shoxining shu xildagi arteriyasida
tebranish kuchsiz bo'ladi, homila paypaslanadi.
B o ' g ' o z l i k n i n g o l t i n c h i o y i d a . Bachadon bo'yinchasi ayniqsa,
bachadon qorin bo'shlig'iga chuqur tushgan bo'ladi. Shuning uchun homila
odatda paypaslanmaydi. Plasentomalar kattaligi kaptar tuxumiday bo'ladi.
Homila rivojlanayotgan bachadon shoxidagi o ‘rta bachadon arteriyasi
tebranishi bo‘g‘oz bo'lmaganiga nisbatan kuchli seziladi. Bolani aniqlash
uchun yordamchi kishi sigir qorin devorini pastdan yuqoriga qarab silaydi.
B o ' g ' o z l i k n i n g y e t t i n c h i o y i da. Bachadon bo'yinchasi qayta
ko'tarilib (qaytib) tosga kirish qismida bo'ladi. Yorg‘oqdan tovuq tuxumi
ka tta lig ich a bo'lgan plasentom alar payp a sla na d i. 0 ‘rta bachadon
arteriyasining tebranishi aniq seziladi, ayniqsa homila rivojlanayotgan
bachadon shoxida. Ayrim hollarda homila o'sayotgan bachadon shoxi
tomonidan bachadon orqa qismi arteriyasining tebranishi seziladi.
B o ' g ' o z l i k n i n g s a k k i z i n c h i o y i d a . Bachadon bo'yinchasi
tosga kirish joyida yoki tos qismida bo'ladi. Bachadon va homila yaxshi
paypaslanadi. Plasentomalar tovuq tuxumi kattaligida, ikkala o'rta bachadon
arteriyasi va bitta bachadon orqa qismi arteriyalarida tebranish kuchli bo'ladi.
B o ' g ' o z l i k n i n g t o ' q q i z i n c h i o y i d a . Bachadon bo'yinchasi va
homilaning yon qismlari tos bo'shlig'ida bo'ladi. O'rta va orqa bachadon
arteriyalarining tebranishi yaqqol seziladi. B o'g'ozlik oxirida hom ila
rivojlanayotgan bachadon shoxi tomonidagi o'rta bachadon arteriyasi 5— 6
marta kattalashgan bo'ladi. Tug'ish alom atlari (jinsiy lablarni, qorin
devorlarining ostki qismlarining shishishi va boshqalar) paydo bo'ladi.
Biyalarning b o 'g 'o z va qisirligini klinik usullar bilan an iq lash.
Refleksologik usul.
Biya qochirilgach 8 kundan keyin sinovchi-ayg'irlar bilan
tekshirib bo'g'oz-qisirligi aniqlanadi. Sinovchi ayg'ir biya oldiga to'siq orqali
yaqinlashtiriladi yoki u o'rgatilgan sinovchi ayg'ir bilan birga saqlanib
aniqlanadi. Bunday ishni 20—25 kungacha har kuni olib boriladi.
Benesh-Ko'rasavaning vaginal usuli.
Oldin biya mahkam bog'lanadi,
orqa oyoqlarining ikkalasiga ham tushov solinib, hayvonlarning boshi biroz
ko'tariladi. Jinsiy lablar yuviladi, so'ngra toza qin oynasi olinib, qinga
yuboriladi. Hayvon organizmining fiziologik holatiga ko'ra bu tekshirish nati-
jalari turlicha. Bo'g'oz biyalarga qin oynasi yuborilganda, qarshilikka uchragani
seziladi, chunki u yerda quyuq, yopishqoq, biroz xira, kulrang gomogen shilliq
moddalari bo'ladi. Shilliq modda qin oynasiga sharsimon shaklda yopishib
chiqadi.
Bo'g'ozlikning uchinchi haftasidan qinning shilliq pardasi oqaradi, lekin
xira bo'ladi. Bachadon bo'yinchasi yopilib, kulrang shilliq tiqin bilan qoplanadi.
Bo'g'ozlikning kechishi bilan bachadon bo'yinchasi homila rivojlanayotgan
shox tomon siljiydi.
Qisir biyalarni qiniga qin oynasi yengil yuboriladi va olinadi. Qinning shilliq
pardasi yuzida tiniq, ayrim holda xiraroq shilliq modda bo'ladi. Bachadon
bo'yinchasi odatda qinning markazida joylashib, shilliq tiniq bo'lmaydi.
Bu usulning ikkinchi qismi bachadon bo'yinchasidan olingan shilliq
moddani mikroskop ostida tekshirishga asoslanadi. Sharsimon paxta
tamponni kornsang asbobiga berkitib, u bilan sharsimon shilliq modda olinadi.
Shilliq modda yupqa qatlam bilan buyum oynasiga surtiladi. Tayyorlangan
surtma ko'ritiladi, spirt bilan mustahkamlab, Gimza usuli bilan bo'yaladi (3
tomchi bo'yoqni
1
tomchi distillangan suvga aralashtirib) va mikroskop ostida
ko'riladi. Bo‘g‘ozlik davrida mikroskop ostida ko'rilayotgan preparatda juda
ko‘p kipriksimon epiteliy hujayralar, gomogen shilimshiq modda bo'ladi. Ney-
trofil leykotsitlar bo'lmaydi yoki juda siyrak bo'ladi. Qisirlarida esa, kipriksimon
epiteliy hujayralari juda oz, ammo yassi epiteliy hujayralari va neytrofillar
juda ko‘p bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: |