Rektal usul.
Biyani tekshirishdan oldin 12 soat och qoldirib mahkam
bog'lanadi. Tekshirish paytida biyaning boshi biroz ko'tarilib, ustki labiga
qisqich solinib qisiladi.
To'g'ri ichak orqali tekshirish o'tkazilganda bachadon va tuxumdonlarni
topa bilish katta ahamiyatga ega. Bunday tekshirishning ikki usuli mavjud.
To‘g‘ri ichak tezaklardan tozalangandan so‘ng chap tuxumdon topiladi.
Buning uchun kulni to ‘g‘ri ichakka, 4-, 5- bei umrtqasigacha yuborib,
barmoqlar chap tomonga qarab buriladi va ular och biqin qismida, chap qorin
bo‘shlig‘i devorlariga tiraladi. Maklokka tomon qo'lni siljitganda bachadon
pardasining kranial qismi (tuxumdonlar payi) yoki tuxumdon paypaslanadi.
So'ngra qo'lni pay bo'ylab pastroq tushirib, bachadon shoxi topiladi. Bachadon
shoxining shakli, hajmi va konsistensiyasi aniqlanadi. So'ngra qo'l sekin-
asta bachadon tagiga olib boriladi, keyin o'ng tomondagi bachadon shoxiga
va tuxumdonga o'tkaziladi. Ularni tekshirib qo'lni orqaga siljitib, bachadon
bo'yinchasi paypaslanadi.
Bo'g'ozlik davrida yoki jinsiy a’zolar patalogiyasida tuxumdon topografiyasi
o'zgarishi mumkin. Shunda tekshirishni yon bosh suyakning chap va o'ng
ustunsimon qismidan boshlab qo'l asta-sekin kov suyagining oldingi chetidan
pastga qarab tushirilib boriladi. Kov suyagining birlashgan joyida qo'lga
bachadon bo'yinchasi yoki tanasi ilinadi.
Q i s i r h a y v o n l a r d a . Bachadon shoxlari simmetrik, lentasimon
shaklda, burishgan holda bo'ladi. Paypaslashga qisqarib va yumaloqlashib
javob beradi, ammo bu hoi 5— 10 daqiqadan so'ng bo'shashish bilan
almashadi.
B o ' g ' o z l i k n i n g b i r i n c h i o y id atu xum do n ga sa riq tan a vah a tto
follikulalar borligi paypaslanib bilinadi. Bachadonning ikkala shoxi ham
y u m a lo q , c h o 'z ilu v c h a n , xasipsim on sh a k ld a b o 'la d i. H om ilada
rivojlanayotgan bachadon shoxi asosida qalinlashgan va tovuq tuxumi
kattaligicha bo'ladi.
B o ' g ' o z l i k n i n g i k k i n c h i o y i d a hom ila rivojlanayotgan
bachadon shoxi tomonidagi tuxumdon ikkinchisiga qaraganda kattalashgan
va biroz pastga tom on s iljig a n b o 'la d i. B achadon shoxi tanasi
yumaloqlashgan, yangi tug'ilgan bola boshi singari kattalikda pufak borligi
paypaslanib aniqlanadi. Bachadonning ikkinchi shoxi kattalashmagan,
paypaslaganda qisqarmaydi.
B o ' g ' o z l i k n i n g u c h i n c h i o y i d a ikkala tuxumdon ham tosning
ostki qismigacha tushgan va bir-biriga yaqinlashgan bo'ladi. Bulardan birida
sariq tana rivojlangan. Bu davrning o'ziga xos belgisi shundan iboratki,
bachadonda odam boshidek keladigan pufak qorin bo'shlig'i tomon
tushayotganligi paypaslanib aniqlanadi.
B o ‘ g ‘ o z l i k n i n g t o ' r t i n c h i o y i d a tuxumdonlartekshirish uchun
qo‘l yetmaydigan darajada, bachadon qorin bo‘shlig‘ida bo'lib, rivojlanayotgan
homila bachadon shoxi tomonida bo'lib, blinda o‘rta bachadon arteriyasining
tebranishi kuchsiz bo'ladi. Homila qo'lga yaxshi ilinadi.
B o ‘ g ‘ o z l i k n i n g b e s h i n c h i o y i d a belgilar xuddi 4 oydagidek
bo'ladi, ammo bachadon bo'yinchasining tos bo‘shlig‘ida paypaslash mumkin.
Homilani paypaslash qiyin. O'rta bachadon arteriyasining tebranishi yaxshi
sezilarli bo'ladi.
B o ‘ g ‘ o z l i k n i n g o l t i n c h i o y i d a bachadon qorin devorining ostki
tomonigayetadi. Homilani paypaslab bo'lmaydi, o'rta bachadon arteriyasining
tebranishi yaqqol seziladi. Qarama-qarshi bachadon shoxidagi shunday
arteriyaning tebranishi ham boshlanadi.
B o ' g ' o z l i k n i n g y e t t i , s a k k i z o y i d a bachadonni tekshirish
uchun qo'l yetmaydigan darajada, homila tana qismlari paypaslanib
aniqlanadi. Ikkala o'rta bachadon arteriyalarining tebranishi yaqqol seziladi.
Homila rivojlanayotgan bachadon shoxi tomonidagi bachadon orqa qismi
arteriyasida ham tebranish paydo bo'ladi.
B o ' g ' o z l i k n i n g t o ' q q i z o y i d a bachadon bo'yinchasi qaytib, tos
bo'shlig'i tomon keladi. Homila yaxshi paypaslanadi, bachadon orqa qismi
arteriyasining tebranishi yaxshi seziladi.
B o ' g ' o z l i k n i n g o ' n oylig id ato sbo 'sh lig 'iga o 'sa yotg an h om ila si
bilan bachadon tanasi chiqa boshlaydi. Barcha arteriyalar yaxshi tebranadi.
B o ' g ' o z l i k n i n g o ' n b i r o y lig id a jin s iy a ’zolarholatinianiqlovchi
asosiy klinik belgilar 10 oylik bo'g'ozlik davriniki singari bo'ladi. Tug'ish
belgilari: sut bezlari kattalashadi, orqa oyoq, qorin devoriari, jinsiy lablarda
birmuncha shishlar paydo bo'ladi.
Qo‘y va echkilarning bo'g'oz hamda qisirligini klinik usullar bilan
aniqlash.
Bu hayvonlarning bo'g'ozligi refleksologik va vaginal usul bilan
aniqlanadi (tashqi usuli yuqorida aytilgan).
Brak qorako'l qo'ylami bo'rdoqiga boqib, ulardan qorako'lcha olish davrida
(130 kunlikda) hayvon jinsiy a’zolaridagi o'zgarishlar va homila massasini
bilish qorako'lcha yetishtiradigan chorva komplekslari va go'sht kombinatla-
ri mutaxassislari uchun muhimdir. 16- jadvalda tajribalardan bir namuna kel-
tiramiz.
16- jadval
K o 'rs a tkich la r
Bir homilalik b o 'g 'o z lik d a
E gizak
Bir va e g iz a k
m otsionsiz
m otsionli
b o 'g 'o z lik d a
homilalikning farqi
bachadon homilasi
bilan (k g )
6,3 4
6 ,7
10,7
53
homila (kg)
3,9 0
4 ,3
7,1
8 2
bachadon (kg)
1,04
—
1,3
25
yo'ldosh (kg)
0 ,6 4
1,0
56
homila a tr o fi suvlari (I)
0 ,7 6
0 , 8 /
1,3
71
Raqamlardan ko'rinib turibdiki, hornila o‘sishi bilan bachadon va undagi
homila bilan aloqador hamma ko'rsatkichlar oshadi. Bir homilalik qo'ylarda
bachadon rivojlanayotgan homilasi bilan ona organizmining tirik massasiga
nisbatan 12,7 va egizak bo‘lganda 21,4% ni tashkil etadi.
Bo‘g‘oz sovliq faol harakatda bo'lganida, ular organizmida sodir bo'ladigan
o'zgarishiar, motsion berilmagan hayvonlarga nisbatan ancha yuqori bo'lishi
jadvaldan ko'rinib turibdi. Shuning uchun bo'g'oz hayvonlarga, ayniqsa
bo‘g‘ozlikni oxirgi davrlarida doimiy sur’atda motsion berish zarur.
Refleksologik usul.
Sovliqlarqochirilgandan keyin urug'lanmagan bo'lsa,
navbatdagi jinsiy mayllik 12— 19 kundan, echkilarda esa 14— 22 kundan
keyin paydo bo'lishi kerak. Kuyukkan urg'ochi hayvonlarni aniqlash uchun
ularning otarlariga ertalab va kechqurun 2 soatdan sinovchi qo'chqorlar qo'yi-
ladi. Qochirilgan urg'ochi hayvonlar kuyukmasa (qo'ylarda 10 kundan,
echkilarda 5 kundan — 30 kungacha) bo'g’oz bo'lganlikning asosiy belgisi
hisoblanadi.
Qin orqali tekshirish usuli
— bo'g'ozlikning ikkinchi yarmida, ya’ni
bachadon orqa qismi arteriyalarida tebranishning paydo bo'lganidan keyin
qo'llanadi. Bu arteriyalar qinga yuborilgan ko'rsatkich barmoq bilan
paypaslanadi.
Quyonning bo'g'oz va qisirligini klinik tekshirish usul bilan aniqlash.
Quyon qochirilgach 5— 6 kundan keyin refleksologik usul, ya’ni urg'ochi
quyonlar katagiga erkak quyonni kiritish bilan o'tkaziladi. Qisir urg'ochi quyon
erkak hayvonni o'ziga yaqinlashtirib, koitusga (aloqaga) imkon beradi,
bo'g'ozlari esa ulami o'ziga yaqinlashtirmaydi.
12— 14 kunlik bo'g'oz quyonlarning qorin bo'shlig'i devori orqali bachadon
shoxlari paypaslanganda ampulasimon, qalqiydigan yong'oq kattaligidagi
qattiq narsa seziladi. Uni ichakdagi tezak bilan almashtirish yaramaydi. Bola
tashlashga olib kelmaslik uchun paypaslashni ehtiyotkorlik bilan o'tkazish
kerak. Hayvon qorin konturining o'zgarishiga, qin dahlizi devorlarida
gipermiyaning borligiga e’tibor beriladi.
7-
AMALIY MASHG'ULOT
BO'G'OZLIKNI LABORATORIYA USULI BILAN ANIQLASH
Darsning maqsadi:
Bachadon bo'yinchasi va qindagi shilliq modda-
larning solishtirma og'irligiga qarab bo'g'ozlikni aniqlash.
Tekshirish obyekti va kerakli jihozlar:
mis kuporosi kukuni, 1 I va 10
ml hajmli o'Ichov kolbalari, penitsillindan bo'shagan shisha idishlar yoki
stakanchalar, 10 ml li dori tomizadigan pipetkalar, qadahlar, filtr qog'ozi, qin
oynasi, kornsang asbobi yoki qoshiqcha, shisha nay, qaychi, buyum oynasi,
skalpel va menzurkalar.
Q isqacha u s lu b iy ko'rsatm a. Dars kafedra laboratoriyasida va o'quv
punktida olib boriladi. O'qituvchi bachadon bo'yinchasi va qindan olingan
shilliq moddalarning solishtirma og'irligini aniqlash uchun kerak bo'lgan
eritmalarni tayyorlash tartibini talabalarga tushuntirib beradi. So‘ngra
o'qituvchi rahbarligida bu kerakli eritmalarni tayyorlaydilar.
Kafedra klinikasidagi hayvon jinsiy a’zosidan shilliq modda olish tartibi
bilan tanishgandan so‘ng talabalar bu usulni amalda mustaqil sinaydilar.
Dastawal mis kuporosining to'yingan eritmasi tayyorlanadi. Buning uchun
toza idishga 720 g mis kuporosi kukunini solib, uning ustiga 1 I distillangan
suv quyiladi. S o'ngra aralashm a 10 daqiqa davom ida c h a y q a tilib
aralashtiriladi, to'yingan eritma hosil bo'ladi (tagiga erimay qolgan qismi
cho'kadi) va u filtr qog'ozdan o'tkaziladi. Erimay qolgan kristallar ustiga esa
filtrat qo'yiladi.
Filtratdan solishtirma og'irligi 1,100 keladigan asosiy eritma tayyorlanadi.
To'yingan eritmaning konsentratsiyasi issiqlik haroratiga qarab o'zgaradi.
Shuning uchun asosiy eritma tayyorlanganda issiqlik harorati qancha yuqori
bo'lsa, asosiy eritmani tayyorlash uchun to'yingan eritmadan shuncha kam
olinadi (30-jadval). O'Ichami bor shisha kolbaga issiqlik haroratiga qarab,
kerakli miqdorda mis kuporosining to'yingan eritmasidan, uning ustiga esa 1
I distillangan suv quyiladi. Solishtirma og'irligi 1,08 bo'lgan ishlatiladigan ishchi
eritma tayyorlash uchun asosiy eritmadan 7 ml olib, hajmi 100 ml bo'lgan
shisha idishga solinadi va uning ustiga 100 ml distillangan suv quyiladi. Bu
bo'g'ozlikni laboratoriya usuli bilan aniqlashda ishlatiladigan ishchi eritmasidir.
Shundan so'ng tekshiriladigan hayvonning jinsiy a’zolaridan shilliq modda
olishga kirishiladi. Bunda tashqi jinsiy a’zolardan ajralib chiqadigan shilliq
modda tekshirish uchun yaroqsiz hisoblanadi. Tekshiriladigan shilliq modda
qin oynasi va kornsang yoki maxsus qoshiqcha yordamida qinning ichkarisi-
dan olinishi kerak.
Sterillangan qino ynasi qinning ichkarisiga kiritilgandan so'ng u asta-sekin
ochiladi, so'ng qoshiqcha yoki paxta tamponi qistirilgan kornsang yordamida
qinning bachadon bo'yinchasi atrofidagi shilliq modda ehtiyotlik bilan yig'ib
olinadi. Shilliq modda kamayib qolgan hollarda qoshiqchaga quyuqlashgan
shilliq modda yoki makkajo'xori doni kattaligidagi shilliq tomchi yopishib chiqadi.
Qinda shilliq modda ko'p bo'lsa, u qin oynasiga yopishib chiqadi, so'ngra
uni qin oynasidan qirib olish mumkin. Qindagi shilliq modda suyuq bo'lsa,
unda qin oynasi orqali u shisha naychaga so'rib olinadi. Ba’zan qindagi
yopishqoq shilliq modda kornsang yoki qin oynasidan buyum oynasiga
yig'iladi. Oynagatush bo'yog'i yoki qalam bilan sigirning laqabi, nomeri yozib
qo'yiladi.
Tekshirish tartibi quyidagicha: 10 ml mis kuporosining ishchi eritmasidan
penitsillindan bo'shagan shisha idishiga yoki stakanchaga solinadi. So'ng
tekshirilayotgan hayvon jinsiy a’zosidan olingan bir bo'lakcha shilliq modda
ajratilib, mis kuporosi ishchi eritmasi solingan idishga tashlanadi. Bunda so-
lingan shilliq modda eritma yuza pardasini yorib, cho'kmaga tushishi kerak.
Shilliq modda solingandan so'ng 5— 6 soniya kutiladi. Agar mis kuporosi
ishchi eritmasiga solingan shilliq moddaning solishtirma og'irligi 1,008 bo'lsa,
u asta-sekin cho'kadi, so'ng eritma ustiga qalqib chiqadi, bu tekshirilayot
gan sigirning qisirligidan dalolat.
17- jadval
A s o s iy e r itm a h a r o r a tig a q a ra b is h c h i e ritm a ta y y o rla s h u c h u n k e ra k b o 'lg a n m is
k u p o ro s i to 'y in g a n e r itm a s in in g m iq d o ri (m l) (B a la x o v s k iy b o 'y ic h a )
A so siy e ritm a
harorati (C°)
Mis kuporosining
to'yingan eritmasi
miqdori
A so siy e ritm a
h arorati (C°)
M is kuporosining
to'yingan eritm a s i
m iqdori
14,0
539
2 2 ,5
4 9 6
14,5
5 3 4
2 3 ,0
4 6 6
15,0
5 2 9
2 3 ,5
4 6 3
15,5
5 2 5
2 4 ,0
4 6 0
16,0
521
2 4 ,5
4 5 6
16,5
516
2 5 ,0
4 5 3
17,0
51 2
17,5
5 0 8
2 5 ,5
4 5 0
18,0
5 0 4
2 6 ,0
447
18,5
5 00
2 6 ,5
4 4 5
19,0
4 96
2 7 ,0
4 4 2
19,5
4 9 2
2 7 ,5
4 3 9
2 0 ,0
4 8 8
2 8 ,0
4 3 6
2 0 ,5
4 8 3
2 8 ,5
4 3 4
2 1 ,0
4 8 0
2 9 ,0
431
2 1 ,5
477
2 9 ,5
4 2 8
2 2 ,0
4 73
3 0 ,0
4 2 5
Agar tekshirilayotgan sigir bo‘g‘oz bo'lsa, mis kuporosining ishchi
eritm asiga solingan shilliq modda hech vaqt eritma yuzasiga qalqib
chiqmaydi, balki tezlik bilan cho'kadi.
Penitsillindan bo'shagan shishadagi 10 ml mis kuporosi ishchi eritmasi
bilan (shilliq moddaning solishtirma og'irligi 1,008 bo'lganda) 7—8 ta sigirning
bo'g'oz, qisirligini aniqlash mumkin. Keyin esa eritmani almashtirish kerak.
Mana shu laboratoriya usuli bilan sigirlarning bo'g'ozligini 15 kunligidan
boshlab aniqlash mumkin. Bu usulning natijalarini sigir qochirilgach, 2 oydan
keyin o'tkaziladigan rektal tekshirishlar natijasidan olingan ma’lumotlarga
solishtirish tavsiya etiladi.
Tekshirishning muvaffaqiyatli chiqishi eritmaning to‘g‘ri tayyorlanishiga
bog'liq. Eritmaning solishtirma og‘irligi areometr bilan tekshirilib, aniqlanadi.
Laboratoriya tekshirish usuli hayvon bo‘g‘ozligining 30—60 kunlik davrida
o'tkazilishi ma’qul, chunki bu davrda qin ichida shilimshiq moddalar ko‘proq
bo'ladi. Ammo laboratoriya usulidan keyin 2 oy o'tgach, to'g'ri ichak orqali
takror aniqlash zarur.
8 -A M A L IY MASHG'ULOT
D arsn in g m aq sadi:
Normal tug'uruqlarda hayvonlarga akusherlik
yordami ko'rsatishni o'rganish.
Topshiriq:
tug'uruqxonalarning tuzilishi va u yerda bajariladigan ishlar
bilan tanishish; tug'uruqxonalargayuborilayotgan sigir (g‘unajin)larni ko'rikdan
0
‘tkazish; tug'uruq belgilari va tug'uruq o'tishini o'rganish; tug'ayotgan
hayvonga akusherlik yordamini ko‘rsatishni o'rganish va yangi tug'ilgan
hayvon bolasiga birinchi yordam ko'rsatish.
Dars o'tadigan joy. Ferma yoki o'quv yurti tajriba xo'jaligida.
Tekshirish obyekti va kerakli jihozlar:
xalatlar, fartuklar, Esmarx
krujkasi, sovun, sochiq, ligaturalar, 5— 10% yod eritmasi, 1— 2 chelak
qaynatilgan iliq suv, kaliy permanganat, frutsillin, rivanol yoki boshqa dori-
darmonlar, spirt, akusherlik asboblari to'plami, 5—7 akusherlik iplar.
Qisqacha uslubiy ko'rsatma.
O'qituvchi talabalarga tug'uruqxonaning
tuzilishi, ularga hayvonlarni joylashtirish vatug'uruqxonalarda hayvonlarning
qabul qilishga tayyorlash haqida tushuncha beradi. Shundan so'ng tug'uruq-
xonalarda ishlaydigan xodimlarning vazifalarini tushuntirib beradi. Talabalar
tug'ishi yaqinlashgan hayvonlarni bokslarga joylashtiradilar. Buning uchun
bokslar oldindan tozalanib dezinfeksiya qilinadi va quruq to'shama solinadi.
Fiziologik va patalogik tug'uruqlarda qo'llaniladigan akusherlik asboblari tay-
yorlanadi. O'qituvchi talabalar bilan umumiy hayvonlar ichidan tug'ishi
yaqinlashayotgan hayvonni ajratib oladi. Bu hayvonning jinsiy a’zosi shishib
qizarishi, undan suyuqlik oqishi, yelini shishib, og'iz suti ajratishi belgilariga
qarab tug'ishi yaqinlashayotganini aniqlashadi. Bu hayvon tug'uruqxonaga
o'tishidan oldin, tanasining iflos joylari tozalanadi, tuyoq orasi yuviladi, tash-
qi jinsiy a’zolari va dumi dezinfeksiyalovchi modda bilan yuviladi.
Tug'uruq belgilari boshlanishi bilan o'qituvchi va talabalar tug'ayotgan
hayvonga va yangi tug'ilgan hayvon bolasiga kerakli yordamni ko'rsatishadi.
Hayvonga akusherlik yordamini berish, uning tug'ishini qaysi davridaligi bilan
bog'liq.
Tug'uruqqa tayyorlash davrida, hayvon tanasi sovun bilan tozalab yuviladi,
so'ng tash q i jin s iy a ’z o la r va a tro fid a g i to 'q im a la r ham da dum
dezinfeksiyalovchi modda bilan tozalanadi. Dori moddalari hamda akusherlik
asboblari (akusherlik ilgak va iplar, paxta, pinset, skalpel, qaychi, yodning
spirtdagi eritmasi, karbol kislotasi, Esmarx krujkasi, sochiq va boshqalar)
tayyorlanadi. Bundan tashqari 2 chelakda qaynatilgan suv bo'lishi kerak.
Akusherlik yordami ko'rsatadigan talabalar oldin qo'llarini sovun bilan
yuvib, sochiq bilan artadilar. So'ng dezinfeksiyalovchi modda bilan qo'llari
tozalanadi. Agar tug'uruq cho'zilib ketsa, buning sababi aniqlanishi kerak.
Homila pardasi yirtilmayotgan bo'lsa, yoki homila a’zolari noto'g'ri joylashgan
bo'lsa, unda akusherlik yordami ko'rsatish zarur. Agar homila pardasi yirtilib,
homila oldi suvi tashqariga to'kilsa, u holda suv chelakka yig'ib olinadi va
tug'uruqdan so'ng 40— 60 daqiqa o'tgach tug'ilgan hayvonga ichiriladi.
Tug'uruq boshlanganda navbatchi yaqin orada bo'lishi kerak. Lekin
hayvonga xalaqit bermasligi kerak. Agar zarur akusherlik yordami kerak
bo'lsa, undagina yordam ko'rsatishi mumkin. Kuchsiz dard tutish va kuchaniq,
tug'ayotgan hayvonga akusherlik yordami ko'rsatiladi. Buning uchun
tug'ilayotgan homila oyoqlariga iplar yordamida akusherlik ilgaklar qo'yiladi
va tug'uruq og'riqlari boshlangandan so'ng 1 yoki 2 kishi yordamida homila
tortiladi. Homila tug'ilgandan so'ng, uni onasiga yalatishga beriladi. Bir chelak
iliq suvga (35—37°C) 100— 150 g tuz va 500— 800 g shakar qo'shib, yangi
tuqqan hayvonga 40— 60 daqiqadan keyin ichirishadi. Shu bilan birgalikda
qog'anoq suvini ham ichirtirish mumkin. Bu holat bachadon qisqarishini ta’-
minlaydi.
Yangi tug'ilgan hayvon kuzatiladi, yo'ldosh ajralgandan so'ng ko‘mib
tashlanadi.
BO‘G ‘OZLIK PATOLOGIYASI
Bola tashlash.
(abort — abortus — bo'g'oziikning chala uzilishi). Bola
tashlash deb homila nobud bo'lib, keyin uni organizmda shimiiishi, o'zgargan
homilani bachadonda saqlanishi yoki chiqarilishi hamda nimjon bolani
bo‘g‘ozlik muddatidan ilgari chiqarilishiga tushuniiadi.
Barcha hayvonlar bola tashlashi mumkin. Shu tufayli chorvachilik iqtisodiy
jihatdan katta zarar ko'radi. Bu, ayniqsa, nasldor xo‘jaliklarda hayvonlaming
kamayib ketishi bilangina emas, balki ularning go'sht, sut, jun va boshqa
mahsulotlarining kamayib ketishi bilan ham ifodalanadi. Ko‘pincha hayvon
bola tashlagandan so'ng jinsiy a’zolari kasallanadi, bu esa hayvonning doimiy
qisirlikka olib keladi, ayrim holda bu kasallik tufayli u halok boMadi.
Bola tashlash sabablariga ko'ra yuqumsiz, yuqumli va invazion bo‘ladi.
Har bir abortda bola tashlagan hayvonni alohida ajratib, uni saqlaydigan
joylar mexanik usul bilan tozalanib dezinfeksiya qilinishi, abort bo'lgan homila
va uning pardalari toza hamda yorug'joyda ko'zdan kechirilishi kerak. So'ngra
abort bo'lgan homila yoki uning qismlari suv o'tkazmaydigan idishlarga solinib
veterinariya laboratoriyalariga jo'natiladi. Shuningdek o'lgan homiladan
olingan qon ham laboratoriga jo'natiladi. Agar bola tashlagan sigirlar vibrioz
yoki trixomonoz kasalligiga gumon qilinsa, unda qinning bachadon bo'yin-
chasidan shilliq modda olinib tekshiriladi. '
Bola tashlash sabablarini aniqlashda anamnestik ma’mulotlardan keng
foydalanish kerak. Bola tashlash sabablari aniqlangandan so‘ng hayvon
davolanadi. Chorvachilikfermasiyoki xo'jalikda hayvon bo‘g‘ozligining muddatidan
ilgari uzilishi hollarining oldini oluvchi tadbiriy choralar ishlab chiqiladi.
Yuqumli kasalliklar tufayli sodir bo'ladigan bola tashlashda, avvalo
brutsellez, vibrioz va trixomonoz kasalliklariga tekshirish o'tkazilishi kerak.
Amaliyotlar shuni ko'rsatadiki, hayvonlaming yalpi bola tashlashi yuqumli
kasalliklarda va oziqlanishning buzilishi tufayli paydo bo'ladi. Bola tashlashga
sabab bo'lgan yuqumli kasallik aniqldnganda, ma’lum ko'rsatma asosida
qarshi kurash choralari o‘tkaziladi.
Abort oqibatida, ko'pincha o'lik homila tashqariga chiqariladi. Agar homila
tirik, tanasi jun bilan qoplangan va emish refleksi yaxshi namoyon bo‘lsa,
uni darhol artib quritib, issiq (25—30°) xonalarda saqlab, unga 37—38° gacha
isitilgan ona suti beriladi.
Bola tashlash o'lik homilaning chiqishi bilan sodir bo‘lsa-da, hayvonlarda
og‘iz suti paydo bo'ladi, yelini kattalashadi, sigir vazni kamayadi.
Q
o
ra
Dostları ilə paylaş: |