Rivojlantirish instituti a. R. Jabborov, S. S. Sotiboldiyev veterinariya akusherligi, ginekologiyasi va sun



Yüklə 24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/40
tarix28.04.2017
ölçüsü24 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40

donning tashqi teshigi; 
10
— bachadon bo'yni, 
11
 —  bachadon 
tanasi; 
12
 —  tuxum do n tutqichi; 
13
 —  tuxum don; 
14
 —  tuxum 
yo'li; 
15
  —   b a c h a d o n   shoxi  (b iyalard a  b a c h a d o n n in g   chap 
shoxi,  sigir va  q o 'yla rd a  bachadonning  o'ng  shoxi  yorib  ko'r- 
satilgan); 
16
—   bachadonning  keng  bog'lam i.

bitta tuxum hujayra joylashgan, ammo ko‘p bola tug'uvchi hayvon  (cho'chqa, 
qo‘y)lar follikulalarida  ba’zan  bir  nechta tuxumhujayralari  bo‘ladi.
Birlamchi follikulalar faqat homilaning ona qornida rivojlanish davridagina 
emas,  balki  urg‘ochi hayvonning butun  hayoti davomida,  uning jinsiy bezlari 
faoliyati to'xtaguncha  (klimakterik davriga qadar)  muttasil  hosil  bo‘lib turadi.
Follikulalar  hosil  bo‘layotganda  tuxumhujayraning  faqat  bir  qismigina 
yetiladi, qolgan qismi rivojlanishning turli bosqichlarida 
0
‘zgarishga uchraydi 
va  follikulalar atrafiyasijarayonida nobud  bo'ladi. Tuxumdondagi follikulalar 
miqdori  keng  miqyosda  o ‘zgarib  turadi.  Ayniqsa,  yangi  tug‘iigan  urg‘ochi 
molda follikula ko‘p bo'lib, uiar bir-biriga deyarli zich yopishib turadi. Mollarning 
yoshi  ulg'aya borgan sari follikulalar miqdori kamayib boradi.Sababi, urg'ochi 
yosh  mollar  o ‘sa  borgan  sayin  follikulalar  rivojlanib  yetila  boshlaydi  va  bu 
davrda yangi  birlamchi follikulalar hosil bo‘lishidan  ko‘ra ularning atreziyaga 
yo'liqishi  ko‘payib  ketadi.
Tuxum donning  tomirli  qism ida  qon  tomirlari  turi  mavjud  bo‘lib,  bu  tumi 
tuxum dong a  keluvchi  arteriyalar  hamda  ular  bilan  yonm a-yon  yotuvchi 
venalarning  juda  ko‘p  tarmoqlari  vujudga  keltiradi.  Arteriya  qon  tomirining 
tuxum donga  kirishi  va vena  qon  tomirining  tuxumdondan  chiqib  ketish  joyi 
tuxumdon darvozasiú\r. Bu darvoza tuxumdon ichak tutqichi tutashgan yerda 
joylashgan, tuxumdonning o‘zi hayvonning bel sohasida shu  ichak tutqichga 
osilib turadi.
Sigirlarda tuxumdonning  uzunligi  2— 4 sm,  eni  1— 2  sm;  biyalarda  5— 8 
sm,  eni  2,5— 4  sm;  qo‘y va  echkilarda  0,5— 1  sm,  eni  0,3— 0,5  sm;  cho'ch- 
qalarda  1— 10 sm,  eni  1— 2  sm  bo‘ladi.
Tuxum   yo ‘l¡ yoki  bachadon  nayi.  (oviductus, tuba fallopii). Tuxum yo'li 
juft  a ’zosi  bo‘lib,  tuxumdon  va  bachadon  oralig'iga joylashgan.  Tuxum  yo'li 
b u ra lg a n   in g ic h k a   n a y s im o n  
h o la td a   b o ‘ lib,  tu x u m h u ja y ra la rin in g  
harakatlanishi  uchun  moslashgandir.
T uxum   yo'lining  oldingi  tuxum dong a  yopishgan  uchi  voronkasim on 
k e n g a y g a n   b o 'lib ,  uning  k e s ilg a n   ch e tla ri  tuxum   y o 'lin in g   sh o k iia s i 
(baxrom kasi)  deb  ataladi.  Shokilaning  bir  qismi  bevosita  tuxumdon  bilan 
birlashgan  bo'ladi,  qolgan qismi esa qorin  bo'shiig'iga erkin ochiladi. Tuxum 
yo'li  boshqa har xil naysimon a ’zolar singari  uch qism:  shilimshiq,  muskul va 
seroz  (zardob)  pardasidan  iborat.
Shilimshiq  parda uzunasiga ketgan  ko'p sonli qatlamlardan iborat.  Uning 
ko'p qismi  voronkasimon  kengaygan  holatda,  bachadon  tomon  borgan  sari 
balandligi  va  miqdori  kamayib  boradi.  Shilimshiq  parda  silindrik  shakldagi 
tebranuvchi  epiteliy  bilan  qoplanib,  uning  kiprikchalari  m a’lum  bir  tartibda 
bachadon  tomon  harakatlanib  turadi.  Shilimshiq  parda  kiprikchalari  va 
to'g'rilanib ketuvchi burmalari urug'langan tuxumhujayralarning harakatlanishi 
uchun  qulaylik yaratadi.
Shilimshiq pardada bo'lmaydi, biroq tebranuvchi kiprikli hujayraiarorasida 
shilim shiq  hujayralar joylashganligi  tufayli  uning  hamma yuza qismi  o'zidan 
shilimshiq zardob suyuqiigi ajratib chiqaradi. Shilimshiq hujayralarning miqdori 
va joylashishi  jinsiy davrning  turli  bosqichida  har xil  o'zgaradi.

Muskul parda silliq muskul hujayralarining doirasimon qatlamidan tashkil 
topgan  bo‘lib,  bu  hujayralar  orasida  egri  va  uzunasiga  ketgan  muskul 
tolalarining  bog'lamlari  yotadi.
Seroz tuxumdon pardasining davomi, u bachadonni,  uning keng pardasini 
butunlay  qoplab turadi  hamda  oddiy tuzulishga  ega,  ya’ni  bunda  endoteliy, 
biriktiruvchi  to'qimali  asos  va seroz  ostki  qavatlari  bir-biridan  farqlanadi.
Tuxum yo'lining  uzunligi sigirlarda 25— 30 sm, biyalarda 14— 30 sm, qo‘y 
va  echkilarda  9— 18  sm,  qorako'l  qo'ylarida  16— 19 sm  va  cho'chqalarda 
12— 23 sm  bo'ladi.
Bachadon  (uterus).  Bachadon kovak a’zo bo'lib,  unda homila rivojlanadi. 
Shunga  ko'ra,  bachadon  parda,  birinchi  galda shilimshiq  parda  homilaning 
o‘s¡b  yetilishi  va  urg‘och¡  hayvon  organizmi  bilan  homila  o‘rtasida  normal 
m unosabat  berish  maqsadida  turlicha  o'zgarishga  uchraydi;  hayvonlar 
bachadonining shakli turlicha bo‘lad¡. Quyonning bachadoni ikki alohida  qalin 
devorli trubkadan  iborat bo'lib,  ular har qaysi qinga alohida ochiladi,  bunday 
bachadon —  ikkilamchi bachadon deyiladi (2- rasm).  Kavshovchi, hammaxo'r, 
bir  tuyoqli  va  go‘shtxo‘r  hayvonlarning  bachadoni  ikki  shoxli  bachadonlar 
turiga  kiradi  (3-  rasm).
Ikki  shoxli  bachadonning  orqa qismidagi  har ikkala  bo‘lagining  bir-biriga 
qo'shiiishidan umumiy bachadon bo‘shlig‘¡ hosil boladi.  Bachadon oíd tomoni 
juft  holda  qolib,  u  bachadon shoxlari deb  ataladi.  Ikki  shoxli  bachadonning
2- rasm.  Urg'ochi  quyonlarning jinsiy a’zosi 
(A.V.Kvasniskiy bo'yicha):
a —  qin;  b —  bachadon  bo'yinchasi;  d — 
bachadon  shoxi;  s — tuxum yo'llari;  —  
tuxum yo'li  (shokilasi);  g — tuxumdon.
bachadonning  tashqi  teshigi;  —  siydik 
jinsiy kanaii  teshigi;  7 —  kiitor;  8 —  jinsiy
3- rasm.  Urg'ochi  itiarning jinsiy a’zosi:
1  —  tuxumdon  burmasi;   —  chap 
tomondagi tuxumdon;  —  bachadon
shoxi;  4 —  bachadon tanasi;  5 —
lablar;  — qin  dahiizi;  1 0 — qizlik 
pardasi;  1 1 — qin;  1 2 — siydik pufagi

orqa  qismi  ikki  bo'limga,  bachadon  bo‘yni  va  bachadon  tanasiga  bo'linadi. 
Bachadon  bo‘yni  qin  tomonga  yo'nalgan,  u  ingichka,  ko‘p  qismi  buralgan 
kanal va silliq qavatlardan iborat. Ko'p hayvoniarda bachadon bo'yinchasining 
qin  qismi  qinga  bir  oz  chiqib  turadi.  Bachadon  tanasi  bachadon  bo'yni  va 
shoxlari oralig‘idajoylashgan bo'ladi. Sigir, qo‘y, cho‘chqa va itlarda bachadon 
tanasi yaxshi  rivojlanmagan.
Bachadon  devori  shilim shiq,  m uskul  va  seroz  q a vatlarida n  iborat. 
Shilimshiq  parda,  ya’ni  endometriy  (endometrium)  epiteliy  to'qimasi  bilan 
qoplangan,  undan  devor  ichkarisidan  oddiy  yoki  shoxlangan,  ba’zan  hatto 
buralib  ketgan  naychalar  shaklidagi  ko'plab  bo'rtmalar  rivojlanadi,  bular 
bachadon  bezlari  deyiladi.  Bunday  bezlar  go'shtxo'r  hayvonlar  bachadoni 
devorining  ichki  yuzasi  bo'ylab joylashadi.
Kavsh qaytaruvchi, hammaxo'r va bir tuyoqli hayvoniarda bachadon bo'yni 
qismida  bachadon  bezlari  emas,  balki  bu  yerdagi  epiteliylarda  shilimshiq 
hujayralar  ko‘p  bo'ladi.  Bachadon  bezlari  suyuqlik  ishlab  chiqaradi,  bu 
suyuqlik urg'ochi hayvon kuyukkanda, ayniqsa, ko‘p ajraladi.  Urg'ochi hayvon 
urug'langanidan  keyin  bu  su yu q lik  bachadondagi  em brión  uchun  oziq 
hisoblanadi.  Muskul  parda,  ichki  miometriy  (myometrium),  yetarli  yo'g'on- 
likdagi  silliq  halqasim on  qavatdan  va  tashqi  —   uzunasiga  joylashgan 
qavatdan  iborat.  Tashqi  qavat  ichki  muskul  qavatiga  nisbatan  birmuncha 
kuchsiz  bo'ladi.
Seroz parda, ya’ni perimetriy (perimetrium) bachadonni tashqi tomondan 
qoplab  turadi  va  xuddi  yuqoridagi  singari  tuzilishga  ega.  Qoramol,  qo'y  va 
echki  bachadon  shilimshiq  (endometrium)  pardasiga  o'ziga  xos  qabariq 
karunkulalar bo'ladi.  Karunkulalar odatda qator-qator bo'lib joylashadi  (sigir 
bachadonining  har  bir  shoxida  4— 5  qatordan).  Sigirlarda  karunkulalarning 
o'rtacha soni  80— 120 va  undan  ortiq,  qo'yda 88— 110 ta,  echkida 90— 120 
ta  bo'ladi.  Kuzatishlarga  ko'ra,  qorako'l  qo'ylarida  karunkulaning  o'rtacha 
soni  72— 120 ta  bo'ladi.
Sigirda  karunkula shakli  qavariq-oval,  qo'yda esa biroz  bukilgan  bo'ladi. 
Bo'g'oz  bo'lmagan  kavsh  qaytaruvchi  hayvoniarda  karunkulaning  kattaligi 
sezilarli  bo'lmaydi.  Bo'g'oz  hayvonda  esa  karunkula  bachadon  shilimshiq 
pardasi  homilaning  tomirli  pardasi  (xorion)  bilan  birlashadigan  joyi  bo'lib, 
sigirlarda  bo'g'ozlikning  oxiriga  borib,  uning  kattaligi  tovuq  tuxumidek  yoki 
undan  ham  katta  bo'lishi  mumkin.
Ikki  shoxli  bachadonlarda  bachadon  bo'yinchasi  ham  bo'ladi.  Bachadon 
bo'yinchasi  (cervix  uteri)  o'zining  kanali  bilan  bachadon  bo'shlig'ini  qin 
bo'shlig'iga  bog'lab  turadi.  Bachadon  kanali  normal  sharoitda  faqatgina 
hayvon  kuyukkanida,  tug'ishida  va  bachadon  kasalliklarida  ochiq  bo'ladi. 
Bachadon  bo'yinchasining  qin  tom oniga ochilgan  qismi  sigirda  2— 4 sm  ga 
va  biyada  2— 2,5  sm  ga  bo'rtib  chiqadi.  Bachadon  bo'ynining  shilimshiq 
pardasi  uning  kanalida turli  to'siqlarni  hosil  qiladi.  Ular  biya va  sigirda  ham 
uzunasiga,  ham  ko'ndalangiga joylashgan  bo'ladi.
Sigirning  bachadon  bo'yinchasi  qattiq  jism  shaklida tos  bo'shiig'i  tomon 
joylashgan  bo'lib,  uzunligi  6— 8 sm,  eni 2— 3 sm ga teng  bo'ladi,  bachadon

tanasining  uzunligi  esa  1— 3  sm,  eni  3  sm  ni  tashkil  qiladi.  U  bachadon 
bo'yniga  nisbatan  yumshoq,  bo'ladi.  Bachadon  shoxining  uzunligi  16— 18 
sm,  eni  2— 3  sm.  Bachadon  shoxlari  chamasi  10  sm  uzunlikdagi joyda  bir- 
biri  bilan  birlashib,  bachadon  tanasini  hosil  qiladi.  G'unajinda  bachadon  tos 
bo‘shlig‘ida joylashgan,  ko'p tuqqan sigirda esa qorin bo‘shlig‘i tomon ancha 
osilgan bo'ladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, qorako‘1 qo‘yi bachadon bo'yinchasining 
uzunligi  4,6— 5,2  sm  gacha,  eni  esa 0,68— 0,70 sm  gacha bo‘ladi.
Biyada  bachadon  bo'yinchasi tos  bo‘shlig‘ida joylashgan,  u  silindrsimon 
shaklda bo'lib,  uzunligi 4— 8 sm,  eni 3— 5 sm.  Bachadon tanasining uzunligi 
8— 15  sm,  eni  7— 12  sm.  Bachadon  shoxlarining  uzunligi  14— 50  sm,  eni 
3— 7 sm.  Ularyoysim on qoplangan va uchlari yuqoriga qaragan.  Bachadon 
shoxlarining  qon  sistensiyasi  yumshoq,  xamirsimon  bo'ladi.
Cho'chqada bachadon  bo'ynining  uzunligi 8— 20 sm, tanasining  uzunligi 
3— 5  sm,  shoxlari  100— 200  sm  bo'ladi.  S hunday  qilib,  hayvonlarning 
bachadoni 4 tipga  bo'linadi:
1.  Oddiy  bachadon  (uterus  simplex)  —   odam  va  maymunlarda.  2.  Ikki 
shoxli  bachadon  (uterus  bicornus)  —   qoramol,  qo'y,  echki,  tuya,  ot  va 
eshakda. 3.  Ikkiga bo'lingan bachadon (uterus bivisus) —  it va cho'chqalarda.
4.  Qushaloq  bachadon  (uterus  dúplex) —  kemiruvchi  hayvonlarda  bo'ladi.
Qin (vagina) jinsiy aloqa qilish a’zosi va tug'ish yo'li hisoblanadi.  U qin va 
qin dahliziga bo'linadi. Qin muskuli yaxshi cho'ziluvchan naydan iborat bo'lib, 
u  kirish teshigi bilan boshlanadi va oíd tomonga qin  rovog'i bilan tugallanadi. 
Qin  rovog'iga bachadon  bo'ynining  orqa qismi  yaqinlashib turadi.
Qin  shilimshiq  pardasida  bez  bo'lmaydi.  U  ko'p  qavatli  epiteliy  bilan 
qoplangan  va  birmuncha  bo'ylamasiga  hamda  ko'ndalangiga  ketgan  juda 
nozik burmalardan iborat. Qin ko'ndalang targ'il muskullar bog'lamidan iborat.
Qin  devorining  tashqi  qavati  biriktiruvchi  to'qim adan  iborat.  Bu  qavatlar 
esa  unga yondashgan  a’zolardan  ajralib turadi.
Qinning  uzunligi  sigirda 30  sm,  biyalarda  32  sm,  qo'y va  echkida  8— 12 
va cho'chqalarda  10— 12  sm  gacha  bo'ladi.  Tekshirishlar shuni  ko'rsatdiki, 
qorako'l  qo'ylarida  qinning  uzunligi  8,2— 9,5 sm  gacha  bo'lar ekan.
Qin dahlizi (vestibulum vaginae).  Urg'ochi hayvon jinsiy a’zosinining eng 
keyingi qismi haqiqiy qin bilan qin dahlizi o'rtasidagi chegarani «qizlik pardasi» 
(hymen) deb ataladigan shilimshiq parda tashkil etadi va u tashqi jinsiy lablar 
bilan  tugaydi.
Qin  oldi  dahlizining  shilim shiq  pardasida  kichik  bezlarning  ko'p  sonli 
suyuqlik chiqarish yo'llari, yon devoriarida esa qinoldi dahlizi yirik bezlarining 
suyuqlik  chiqarish  yo'llari  ochiladi.  Qin  dahlizining  muskul  pardasi  yaxshi 
bilinadi,  bunda  qin  nayi  faqat  cho'ziluvchanlik  qobiliyatiga  ega  bo'libgina 
qolmay,  balki  hayvonning  tug'ish  vaqtida  paydo  bo'ladigan  kuchli  bosim ga 
qarshi  ta’sir ham  ko'rsata oladi.  Qin  dahlizining  uzunligi  sigir va  biyada  8—  
14,  qo'y  va  echkida  4— 5,  qorako'l  qo'ylarida  5,1— 6,6  sm  va  cho'chqada 
5— 10 sm  bo'ladi.
Klitor  (clitoris)  jinsiy  a’zo  rudimenti  (o'smay  qolgani)  hisoblanadi.  Klitor 
ikki oyog'i bilan  unga tegishli  qo'ymich dumbog'idan  boshlanadi.  Bu oyoqlar
l

bir-biri  bilan  qo'shilib,  ktitor tanasini  hosil  qiladi,  klitor tanasining  oxiri,  ya’ni 
bosh  qismi  jinsiy  teshikning  quyi  burchagida  do'ppayib  chiqib  turadi.  Klitor 
shilimshiq pardaning burmasi —  perputsiy bilan o'ralgan. Klitorda erkak jinsiy 
a’zosidagi  singari  kovak tana bo‘ladi.
Jinsiy  lablar  (labia  vulvae)  jinsiy  yoriqni,  ya’ni  vulvani  (vulva)  chetlab 
turadi. Vulva orqa chiqaruv teshigi ostiga joylashgan bo'lib undan chot oralig'i 
bilan  ajralgan.  Jinsiy  lablar  bir-biri  bilan  qo'shilib,  jinsiy  yoriqning  yuqori  va 
pastki burchaklarini hosil qiladi. Ular jinsiy a’zolarni tashqi ta’sirlardan himoya 
qiladi.
Qishloq  xo'jaligi  hayvonlarida  jinsiy  yoriqning  yuqorisi  burchak  aylana, 
pasti  esa  o'tkir  burchak  holida  (bir  tuyoqli  hayvonlarda  burchaklar  nisbati 
aksincha)  bo'ladi.
Valiksimon jinsiy  lablar sirtdan  shilimshiq  parda chegarasigacha siyrak, 
kalta  junlari,  ter  va  yog1  bezlari  bilan  qoplangan.  Jinsiy  lablarning  qalin 
joylarida vulvani  siqadigan,  silliq  ko'ndalang targ'il  muskullar joylashgan.
Bachadon  tuxum don  va  tuxum  y o ‘llarini  mustahkam  ushlab  turuvchi 
apparat.  Bu a’zo  o‘ng  va chap tomondan  keng  boglagichiarga osilgan  holda 
mustaqil  turadi.  Bu  tos  bo‘shlig‘i  yon  devorining  yuqori  qismidan  boshlanib, 
qorin  bo‘shiig‘i devorlariga 
0
‘tadi.  Bog'lagichning  bachadonni o‘z  ichiga oigan 
qism i  b a ch adon ning  keng  p a y i  (ligam entum   latum  uteri)  deb  ataladi. 
T uxumdonlar birikib turgan keng payning oldingi chekkasi tuxumdonlami ushlab 
turuvchilar (ligamentum suspensorium ovarii) yoki  (mesovarium) deb ataladi.
Tuxumdondan bachadon shoxlarining yon yuzlarigacha  cho'zilib borgan 
va tuxum yo'lining ushlab turadigan tuxumdon payi bachadon shoxining uchi 
bilan qo'shilgan seroz pardaga o'ralgan tuxumdonni hosil qiladi. Bu, o‘z o'mida 
b achad onning  h a ra ka tch a n lik  q o b iliya tin i  saqlaydi.  B o 'g 'o zlik  davrida 
homilaning rivojlanishi, tug'uruq jarayoni normal bo'lishi va tuqqandan keyingi 
davrning yaxshi o'tishini ta’minlaydi.  Bu harakatchanlik siydik pufagi va to‘g‘ri 
ichakning  ishini  ham  yengiilashtiradi.
Urg'ochi  hayvon  jinsiy  a ’zolarining  qon,  limfa  aylanishi  va  asab 
sistemasi.  Tuxum don,  tuxum  yo‘li va  bachadon  har  bir tomondan  3 ta dan 
arteriya  qon  tomiri  bilan  ta’minlangan:  1.  Bachadonning  oldingi  arteriyasi 
(arteria uterina cranialis)  ichki  tuxumdon  arteriyasidan  boshlanadi va  ikkiga 
bo'linadi.  Biri  tuxum don  tarm og'i  va  ikkinchisi  bachadon  old  qism ining 
a rte riy a s i.  2.  B a c h a d o n n in g   o ‘ rta  a rte riy a s i  (a rte ria   u te rin a   m edia).
3.  Bachadonning  keyingi  arteriyasi  (arteria  uterina caudalis).  Bu arteriyaiar 
tos bo‘shlig‘i va orqa oyoqlarda tarmoqlanib ketgan arteriyalardan boshlanadi.
Tashqi  va  ichki  jinsiy  a’zolarning  qo'shilib  ketgan  ichki  uyat  arteriyasi 
(arteria  pudenta  uterina),  otlarda  esa  bundan  tashqari  yopqich  arteriyasi 
(arteria obturatoria) qon bilan ta’minlaydi. Jinsiy a’zolarning vena qon tomirlari 
ularning yonidan o'tuvchi arteriya qon tomiri nomi bilan ataladi.  Shuni aytish 
kerakki,  vena  qon  tom irlar arteriyadagi  singari  ilonizi  shaklida  yo‘nalgan  va 
halqasimon  ko'rinishda  bo'lmaydi.
Jin siy  a ’zolarning,  ayniqsa,  bachadon  qon  tom irlar  sistem asi  yaxshi 
rivojlangan.  Hayvon  bo'g'oz  bo'lganda  uning  bachadoni  ko‘p  qon  kelishi  va

oqib  ketishini talab  etadi.  Faqat shunday sharoitdagina  urg'ochi  hayvon  va 
homila  organizmi  o'rtasida  moddalar  (oziqlanish,  gazlar  almashinuvi  va 
boshqalar)  almashinuvi yaxshi  amalga oshadi.
Shilimshiq  pardaning  yoriqsimon  bo'shliqlari  va  bachadonning  muskul 
qavatlari  bo'ylab  keladigan  limfa  bachadon  seroz  pardasi  limfa  kapillyarlar 
tarmog'iga kelib yig'iladi. Bu kapillyarlardan mayda limfa tomirlar hosil bo‘lib, 
ular bachadon yirik tomirlariga qo‘shilib  ketadi.  Bachadondagi  yirik tomirlar 
beldagi  limfa  tomirlarga  qo'shiladi.  Jinsiy  a’zolarning  limfa  tarmoqlariga 
tuxumdonda  osilib  turuvchi  mayda  va  kam  uchraydigan  tuxumdon  va 
bachadon limfa tugunlari kiradi.  Bunday limfa tugunlar ba’zan bachadonning 
keng  bog'lagichi  bo'ylab joylashgan  bo'ladi.  Limfa suyuqligi  bu  oa’zolardan 
yonbosh yoki  bel  limfa tugunlaridagi  limfa tomirlar orqali oqib  boradi.
Jinsiy a’zolarda simpatik va parasimpatik nerv sistemalari bo'ladi. Simpatik 
nerv  sistemasi  tolalari  tosdagi  nervlar  chigalidan  (plexus  hypogastricus), 
parasimpatik  nerv  sistemasi  tolalari  esa  tosdagi  nerv  tolalaridan  (nervus 
pelvici) tarqalib ketadi.
Bosh  miya po‘stlog‘i barcha nervlarni boshqaruvchi markaz hisoblanadi, 
vegetativ  funksiyalarni  po'stloq  osti  apparatlari  amalga  oshiradi.  Jinsiy  va 
boshqa a’zolar nerv sistemasining oxirgi apparatlari, sezuvchi nerv tolalarining 
so'nggi tarmoqlangan, ichki hamda tashqi muhitda ta’sirlarni qabul qiladigan
markaziy nerv sistemasiga uzatadigan retseptorlar va organni turli harakatga 
keltiradigan effektorlardan (motorli, vazamotorli va sektorli muskul)lar tashkil 
to pad i.
Retseptor  apparati  ichki  va  tashqi  jinsiy  a’zolarning  analitik  faoliyatini 
amalga oshiradi.
Hayvonlarning jinsiy yetilishi. 
Yosh hayvonlarning urchish qobiliyatiga 
ega bo‘lgan davri 
jinsiy voyaga yetilganlik d a v r i
deyiladi.  Ular voyaga yetishi 
bilan  urg'ochi  hayvonning  tuxum hujayralari,  erkak  hayvonning  esa 
spermatozoidlari  yetiladi.  Ulardan  tashqari  jinsiy  bezlar  gormonlar  ishlab 
chiqaradi,  ular  organizmga  ta’sir  etib  unda  ikkilamchi  voyaga  yetilganlik 
belgilarini va jinsiy reflekslarni  rivojlantiradi.
Hayvonning  jinsiy  voyaga  yetilgan  vaqti  uning  turi,  zoti,  oziqlanishi, 
parvarish  qilinishi,  shuningdek, yashash  iqlimiga ham  bog'liq  bo'ladi. Jinsiy 
voyaga  yetilish  mayda  hayvonlarda  katta  hayvonlarga  nisbatan  erta 
boshlanadi.  Biroq tur ichida ham jinsiy voyaga yetilish bir-biridan ancha farq 
qiladi.  Bir xil  sharoitda boqilgan  va  parvarish qilingan tez yetiluvchi  nasldor 
hayvon  jaydarilariga  nisbatan  erta  yetiladi.  Oziq  ratsioni  yomon  sharoitda 
boqilgan hayvon organizmi sekin  rivojlanishi bilan birga oziq ratsioni normal 
berib boqilgan hayvonga nisbatan kech voyaga yetadi. Urg'ochi hayvonning 
jinsiy  voyaga  yetilishi  erkak  hayvonnikiga  qaraganda  birmuncha  erta 
boshlanadi.  Issiq iqlim organizmga yaxshi ta’sir ko'rsatib, hayvonlarning erta 
jinsiy voyaga yetishiga sabab bo‘ladi.
Barcha  hayvonlarda  jinsiy  voyaga  yetilishi  ularning  o'sishi  va  umumiy 
rivojlanishiga nisbatan anchagina erta boshlanadi. Shuning uchun ham jinsiy 
voyaga  yetgan  hayvonlarni  qochirish  mumkin  emas,  chunki  bu  urg'ochi

hayvon rivojlanayotgan homilani yetarli oziq moddalar bilan ta’minlay olmaydi 
va 
0
‘zining sog'ligiga zarar yetadi. Yosh  urg'ochi hayvonning chanoq suyagi 
hali  rivojlanib  yetm agan  bo'ladi,  natijada  uning  tug'ishi  (ayniqsa,  kavsh 
qaytaruvchi  hayvonlarda)  qiyinlashadi.
Nasi  olish  m aqsadida  erkak  hayvondan  erta  foydalan ilsa,  ularning 
urug‘donlari zo‘r berib ishlaydi,  natijada urug'donning funksiyasi muddatdan 
ilgari  ishdan  chiqadi.
1 -jadval
U rg‘o c h i  hayvon  org an izm in ing  fiz io lo g ik  va  jin s iy  voyaga  y e tilis h i
Hayvon  tu ri
Jin siy voyaga  yetilishi
O rganizm ning  voyaga  yetilishi
Sigir
Q o'y va  echki
C h o 'ch q a
Biya
Tuya
It
M ushuk
Quyon
8—12
  oyligida 
6—8
  oyligida
5—7  oyligida 
12— 18  oyligida 
2—5  yoshligida
6—10
  oyligida 
5
—6
  oyligida 
4—5  oyligida
18—22  oyligida 
12— 15  oyligida
9— 12  oyligida 
3  yoshligida
10—12
  oyligida 
10—12
  oyligida
y irik   quyonda  7
—8
  oyligida,  o'rtach ala ri 
6—7  oyligida,  m aydalari  5
—6
  oyligida
Shuning  uchun  yosh  mollar  voyaga  yetguniga  qadar  alohida-alohida 
saqlanishi  kerak.
Uy  h a y v o n la rin in g   ic h k i  a ’ z o la r i  y a x s h i  riv o jla n ib ,  s u y a k la ri 
takom illashgandan  (organizm  yetilgandan)  keyingina  ularni  juftlashtirish 
mumkin  (1-jadval).
Shuni  ham  eslatib  o'tish  kerakki,  hayvon  jinsiy  jihatdan  yetilgan  deb 
hisoblanganda  uni  qochirish  muddatini  kechiktirish  yaramaydi,  aks  holda 
semirib  ketadi.
2- jadval
Erkak hayvon  o rg a n iz m in in g  voyaga  y e tilis h i  va qo ch irish   uchun  is h la tilis h  vaqti
Erkak  hayvon  turi
Zoti
Yoshi
Buqa
Q o 'c h q o r
C h o 'c h q a
A y g 'ir
G o 's h t  uchun  boqilad iga n 
S ut  uchun  bo qilad iga n 
Tez  yetiladigan 
K ech  yetiladigan
O g 'ir yuk  tashuvchi 
C h o p q ir  o tla r
16—18  oyligida 
18—20  oyligida 
10—12
  oyligida 
18—20  oyligida 
10— 12  oyligida 
3—4 yoshligida 
4  yoshligida
Bu, jinsiy a’zo faoliyatining pasayishiga olib keladi,  ko'pincha hayvon qisir 
qoladi.  Erkak hayvon esa onanizm  bilan shug'ullanishi tufayli impotensiyaga 
(jinsiy qobiliyatsizlikka)  yo'liqadi.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə