Rivojlantirish instituti a. R. Jabborov, S. S. Sotiboldiyev veterinariya akusherligi, ginekologiyasi va sun



Yüklə 24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/40
tarix28.04.2017
ölçüsü24 Kb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40

m
o
ll
a

y
u
q
u
m
li
 
k
a
s
a
ll
ik
la
r
id
a
g

a
b
o
rtn
in
g
 
d
if
fe
r
e
n
s
io
n
a

d
ia
g
n
o
s
ti
k
a
s
i
CO
>
■D
<0
O' jo 
»-Ö
с   O ' —  
I« '-  Id
O’
<0
<6  — 
1
_
с  « iS —
*
4» 
JO
  (0  
~ 0
с  о  TJ  л
•—  t  
!s
С Г  0 0  
n  -O
•С  с   s
С § .£ .2
СУ
п  с  ос 
a  сз  с 
оо ад •= 
*•3  *3  ç  .
-   ^ :=>ô 
Oû  s   g   O’
о
СГ
to
со  о-
О   iu
с
ß
  5
g g  
• ä 2  
<л  (N
CT 
-
<0  1
о
"О  .
2   ¿  ’S  ■
(0  >s  с   .
5  
 
ni  n 
a . ^ 5
1   2 
€  
=  
■§ 
5   о>  5 
и .S —
,5  • -   ° 1 
со
Ë
>4
TJ
О  0) 
E -Q
2   *
s  
n
  «
?  "O 
л  "5
£3  '5b  a 
я  я  з *з
1  " ô   г
2  c 
« 
Я  O  j   *¡
S e r s

7X
  Г3  nn
l ü
2>w
o
>
с  *D
«   >4
O)  <0
<   >
a j a

СЧ
Я  2 *o
ь р - 3  
СГ
e  .
й
еа 
2  
О*
| | |  
<  iS 3
0>.h
• i ?
■—  
>
<0
"о  га 
■g 
Ъ>
■ s t
N
"5
oí г-- 
j
5
"o  I  "o
СО  TT  .Q
I I
00
00
s  >>
S  О 
ä   00  
N  
I
P  1   Ъ
00 
л 
á l i
r?
00-2 
С  
1-
■Js
• —  C
/3
s I
“оо  00

Ayrim  hollarda  bola  tashlash  oqibatida  homilanang  mumiyolanishi 
(mumifikatio fetus), yoki homilaning ko'rishi, yemirilib parchalanishi (meseratio 
fetus), ya’ni bo'g'ozlik uzilgandan so'ng bachadonda homila to'qimalarining 
yumshashi  va  suyuqlashishi:  homilaning  chirishi  (putreschetio  fetus) 
(homilaning shishishi) va homilaning so'rilishi bilan boradigan abort (yashirin 
abort)  (abortus  latentus)  namoyon  bo'ladi.
Homilaning mumiyolanishi barcha hayvonlarda sigir, cho'chqa, sovliq va 
echkilarda  kuzatiladi.  Bu  bachadonda  o'lgan  va  unda  ushlanib  qolgan 
homilada  yuz  beradigan  jarayon  bo'lib,  shu  davr  ichida  ona  organizmida 
dastlab  homila  oldi  suyuqliklari,  so‘ng  homila  tanasi  to'qimalarining  suyuq 
tarkibiy qismlari shimiladi, shu sababdan homila zich bo'lib, birmuncha ko'rib 
qoladi.  Homilaning  mumyolanishi  bachadonda chirituvchi  va  yiringli  mikro- 
organizmlar bo'lmagan taqdirda sodir bo'ladi va qurigan homila bir necha yil 
davomida bachadonda saqlanishi  mumkin.
Hayvon  organizmida  homila  suvining  shimilishi  darajasiga  qarab  uning 
atrofini o'rab olgan bachadon devorlari asta-sekin qisqaradi. Shu tufayli homila 
pardalari  homilaga va  bachadon devorlariga zich o'mashib qoladi.
Bachadonda  homilasi  mumyolanib  qolgan  hayvon  sog'ligida  biror 
o'zgarish sezilmaydi, ammo bachadonda homila borligini ko'rsatib turadigan 
belgilar  ham  bo'lmaydi.  Faqat  vaqt  o'tishi  bilan  hayvon  bachadonda 
hom ilaning  m um yolanib  qolganligini  bilishi  mumkin,  chunki  bunday 
hayvonlarda  uzoq vaqtgacha  kuyukish  holati  kuzatiladi.
Homilaning  mumiyolanganligini  aniqlashda  quyidagi  belgilarga  e’tibor 
beriladi,  tug'ish  alomatlari  yo'qligining  yoki  bo'g'ozlik  belgilari  o'sishining 
to'xtashi;  jinsiy  davrlarning  buzilishi,  bachadonda  qattiq  tananing  borligi; 
karunkulalar va paypaslaganda qalqish hollarining yo'qligi; tuxumdonlarning 
birida  sariq  tananing  borligi.  Bundan  tashqari,  bachadon  o'rta  arteriyasi 
paypaslab ko'rilganda bo'g'ozlik uchun xarakterli bo'lgan arteriya qon tomirida 
tebranishlar sezilmaydi.  Sovliq va echkilarning  bachadonida mumyolangan 
homilani, ularning qorin devorlarini tashqi tomondan paypaslaganda, qo'lga 
qattiq tana sifatida tegayotgan jismdan  bilib olish qiyin  emas.
Kasallikni  davolash. 
Bachadonda  mumyolanib  qolgan  homilani  olib 
tashlash uchun teri ostiga 1 % li moyli sinestrol eritmasidan, yirik hayvonlarga
4— 5  ml  va  mayda  hayvonlarga  1  ml  miqdorida  12  soat  oralatib  ikki  marta 
yuboriladi.  So'ng sariq tana bosilib  (sigirlarda) enukleatsiya qilinadi,  1,5%  li 
novokain  eritmasi  bilan  15— 20  ml  sarkal  og'riqsizlantiriladi,  bachadon 
bo'yinchasi  kanalini  4— 5  barmoqqa  kengaytiriladi.  Bachadon  bo'shlig'iga 
shilliqli qaynatma yoki furatsilin, sintomitsin, gramisidinning moyli emulsiyasi 
yuboriladi,  teri  ostiga yoki  muskul  orasiga oksitotsin  inyeksiya qilinadi;  sigir 
va  biyalarga  30— 60  ta’sir  birligida  cho'chqalarda  30,  boshqa  hayvonlarga
3— 15  TB  m iqdorida  qo'lla nilad i.  Bundan  keyin  ham  bachadondagi 
mumyolanib  qolgan  homila  tashqariga  chiqmasa  akusherlik  yoki  Kreya- 
Shottler ilmoqlari  bilan  homilaning  oldingi  qismlaridan  ilib, tortib olinadi.
Konservativ  usullar  bilan  mo'myolangan  homilani  bachadondan  olib 
tashlashning  iloji bo'lmasa,  u  Keserevo  usuli  bilan  olinadi.

Homilaning  yemiriiib  parchalanishi  (matseratsiyalanishi). 
Bacha- 
donda o'Iib qolgan homilaning fermentativ yo‘l bilan yumshoq qismlari so'yilib, 
hattoki suyaklaming birlashgan joyi ajralib qolishiga 
homilaning m atseratsiyasi 
deyiladi.  Bu  jarayon  bachadonda  yiringli  tayoqchalar  (V.ruogenes,  V.coli, 
Starhylococcus albus  va boshqalarni) mavjud bo'lmagandagina ro‘y beradi. 
Bu  mikroorganizmlar  bachadon  bo'yinchasining  ochilgan  kanali  orqali  va 
kamdan  kam  hollarda qln orqali  homilaga yetib boriladi.
Bachadon bo'yinchasining ochilgan kanali orqali tushgan mikroorganizm­
lar oldin bachadon shilliq pardasini yallig'laydi, keyin esa homilaga ta’sir etadi. 
Natijada bachadon  bo‘shlig‘ida qo‘ng‘ir rangli shilimshiq modda yig'iladi.  Bu 
kasallik barcha tur hayvonlarda, ko'pincha esa slgir, echki va cho'chqalarda 
qo‘zg‘atlladi.  Bachadonda  homila  matseriyatsiyalangan  hayvon  qattiq  ku- 
chanadi, jinsiy tekshirishlardan yiring aralash jigar rangli najas oqa boshlaydi. 
Bu kuchanoqlar natijasida ba’zan jinsiy teshikdan matseriyatsiyaga uchragan 
homila  suyaklarining  ayrim  qismlari  chiqadi.  Kasallik  hayvon  organizmiga 
kuchli  ta’sir  ko'rsatadi,  uning  ishtahasi  yo'qoladi,  harorati  ko'tariladi  va 
oriqlashi  kuzatiladi.
Ayrim  hollarda  bachadondagi  homilaning  tana  qismlari  bir  necha  hafta 
davomida bo'llnib, jinsiy a’zolardan tashqariga chiqadi, shundan so'ng hayvon 
asta-sekin  túzala  boshlaydi.  Ko'pincha yallig'lanish jarayoni  bachadonning 
shilimshiq  pardasidan  o‘tib,  muskul,  seroz  boshlagich  apparatlari  va  hatto 
qorin  pardasini  shikastlaydi.  Bunday  hollarda  bachadon  bo‘shlig‘ida  yig'ilib 
qolgan yiring abssessni hosil qilib, qorin devori orqali tashqariga sitilib chiqishi 
mumkin.  Bachadon  homiladan  tozalangandan  so'ng  hayvon  sog'aya 
boshlaydi yoki uning kechishi surunkali ko'rinishda o'tadi va piemiya avj oladi. 
Biyalarda odatda peritonit kuzatiladi,  oqibatda ular halok bo'ladi.
Hayvon  rektal  usul  bilan  tekshirilganda  bachadon  qattiq  bo'lib,  uning 
ichidagi  homilaning  ayrim  qismlari  paypaslanganda  seziladi.  Kasal  hayvon 
qin  orqali tekshirilganda  bachadon  bo'yinchasi  kanali  biroz ochiq va  undan 
yiringli suyuqlik oqayotgani aniqlanadi.
Davolash maqsadida sigir va biyalarning terisi ostiga 1 % li moyli sinestroldan 
5  ml  miqdorida  12  soat  oralatib  ikki  marta  yuboriladi.  So'ngra  bachadon 
bo'yinchasining qin qismiga 30— 35 daqiqa davomida issiq suv (45°) yuborilib, 
qo'l  barmoqlari  bilan  bachadon  bo'yinchasi  kanali  kengaytiriladi,  homila 
suyaklarlni  chiqarib olish  uchun  uni  bo'shlig'iga shilliqli  qaynatma yoki  moyli 
emulsiya  yuboriladi.  Shundan  so'ng  bachadonga  antiseptik  dorilar  ham 
yuboriladi.  Kasal hayvon tana harorati ko'tarilganda muskul orasiga bitsillin-3 
(5),  penitsillin va streptomitsin  (500—600 ming TB)  da inyeksiya qilinadi.
Bachadon  10%  li  osh  tuzi  eritmasi,  rivanol  (1:2000),  oq  streptotsidning
0,8%  li suvdagi  eritmasi  bilan yaxshilab yuviladi.
Homilaning  chirib  parchalanishi  yoki  emfizemasi  ko'pincha  sigirlarda 
bachadonda  o'Igan  va  ushlanib  qolgan  homila  to'qimalariga  chirituvchi 
mikroorganizmlarning (anaerob) tushishi tufayli yuz beradigan jarayon bo'lib, 
bunda  homila irib gaz hosil  qiladi  va xaltasimon  shaklni  oladi.
Bachadonga  chirituvchi  mikroorganizmlar  ochiq  bachadon  bo'yinchasi 
kanali  orqali  yoki  gematogen  yo'l  bilan  tushadi.  Bu  mikroorganizmlarning

rivojlanishi  natijasida hosil bo'lgan vodorod sulfid, ammiak,  moy kislotasi va 
karbonat angidridlar homilani halok qilib, tez chirishiga yordam beradi va bir 
kecha-kunduzda  uning  hajmi  juda  kattalashadi.  To'g‘ri  ichak  orqali  homil; 
barmoq  bilan  paypaslab  ko‘rilganda  g‘ijillagan  tovush  seziladi,  homil. 
yumshoq  qismlarining  butunligi  buzilgan  bo‘lsa, chirigan  hid  chiqadi
Kasal hayvonlarda to‘lg'oq kuchsiz, sezilmaydigan darajada yoki mutlo< 
bo‘lmaydi.  Hayvonning  umumiy holati yomon,  tana harorati 40—41 
nafas 
olishi  va tomir  urishi  tezlashgan  bo‘ladi.  Bunday davrda  kavsh  qaytaruvchi 
hayvonlarda  ko'pincha  timpaniya,  biyalarda  esa  sanchiqlar  ro‘y  beradi. 
Hayvon qin orqali tekshirilganida qin devorlarining shilliq pardalari qizargan, 
jinsiy  yo'llar  quruq  va  bachadondan  chirigan,  hidli  suyuqlikning  ajralishi 
aniqlanadi. Hayvon rektal usul bilan tekshirilganda bachadondagi homilaning 
kattalashgani va uning to'qimalari paypaslanganda g'ijillashi seziladi, bu hol 
teri osti  kletchatkasida gazlarning to'planishidan dalolat beradi.
Bola  tashlashning  bunday  turi  hayvonlar  uchun  juda  xavfli,  chunki  ular 
ko'pincha sepsisdan  halok bo'ladi.
Bola  tashlagan  hayvonga  yordam  ko'rsatishda  mutaxassis  shaxsiy 
gigiyena  qoidalariga  rioya  qilishi  zarur,  aks  holda  jaroxatlangan  teri  orqali 
mikroorganizmlar  yuqishi  mumkin.  Buning  uchun  tekshiruvchi  kishi  qo'lini 
yod, benzin va parafin aralashmasi yoki taninning 5 % li spirtli eritmasi  (5:100) 
bilan  artishi  kerak.  Agar qo‘lda  biror jarohat bo'lsa,  uni yodning  5%  li  spirtli 
eritmasi  bilan  artib,  ustidan  kolloid  eritmasi  qo'yish,  so‘ngra  uning  ustidan 
10%  li  ixtiol  malhamini  surtishi  kerak.  Tajribali  tekshiruvchi  ginekologik 
qo'lqoplarda ishlashi  mumkin.
Dastawal bachadonga kaliy permanganat eritmasi (1:500) yuborilishi zarur, 
so'ngra  unga  zig‘ir  urug'idan  tayyorlangan  qaynatma  yoki  turli  moy  qo'yish 
tavsiya etiladi. Homilaning joylashishi, qaysi holatda yotishi, tana qismlarining 
holati ma’lum bo'lgandan keyin bachadon ichidan uni majburan olib tashlana- 
di.  Kattalashib  ketgan  homilaning  hajmini  kichiklashtirish  uchun  uning  terisi 
uzunasiga kesiladi,  bunda teri ostidagi hujayralarda yig'ilib qolgan gaz chiqib 
ketadi, so'ngra fetotomiya operatsiyasi o'tkazilib,  homila qomi yorilib ichidagi 
a’zolari olinadi (eventeratsiya). Bachadon butunlay tozalangandan so'ng, uning 
ichiga shilimshiq  pardalarni burishtiradigan sovuq eritmalar yuborilishi kerak.
Homila  olinguncha  kasal  hayvon  terisi  ostiga  20%  li  kofein  eritmasidan 
(yirik hayvonlarga 20— 30 ml  miqdorida),  muskul orasiga antibiotiklar (1—2 
min TB miqdorida), tomirga glukoza bilan  kalsiy xlorning spirtli eritmasi  ara­
lashmasi quyidagi  retsept asosida yuboriiadi:
Sigirlarga
Rp.:  Spiritus vini  rectificati 
95%—60,6
Calcii  chlorati 
10,0
Glucosi 
40,0
Sol.  Natriichlorati 
85%—200,0
M  f Sterilisata
D.S  Bir marta tomirga yuborish  uchun

Kasai  hayvon  bachadonini  qisqartirish  uchun  bir  necha  kun  davomida 
teri  ostiga  kuniga  1—2  martadan  pltuitrin,  pregnatoldan  sigir  va  biyalarga
5— 10 ml, cho'chqalarga 2 ml, qo'y va echkilarga 1  ml, urg'ochi itlarga 0,5— 
1  ml  miqdorida yuborildi.
Kasallikning  barcha  hollarida  jinsiy  a’zolar  antiseptik  eritmalar  bilan 
yuviladi,  keyin  bachadonga  furazolidon  tayyoqchalaridan  3— 5  dona  yoki 
septimetrindan  5  kapsula,  ekzuterdan  1— 2  dona,  tribrissendan  3— 5 dona 
yuboriladi. Shuningdek, muskul orasiga antibiotiklardan bitsillin — 3(5) 0,5% 
li  novokainda eritilib  1  kg tana og'irligiga  10 ming TB  miqdorida yuboriladi.
Bachadondan olingan homila va homila oldi pardalariga 10% li xlorli ohak 
eritmasi sepilib, yo'qotiladi. Akusher qo'lini yuvib tozalaydi.
Cho'chqa  va  urg'ochi  it  bachadonidagi  homilani  tug'ish  yo'li  bilan  olib 
tashlashning  iloji bo'lmasa,  u holda operatsiya qilinib olinadi.
Embrión  so'rilishi  bilan  bo'ladigan  abort  klinik  belgilarsiz  bo‘lib,  unga 
tashxis  qo'yish  qiyin.  Bunday  hollarda  qochirilgandan  keyin  urug‘lanmay 
qolgan  hayvonlarga nisbatan jinsiy davrlari orasidagi  muddatni  uzayganiga 
qarab taxmin qilish mumkin. Shuningdek bo‘g‘ozligining,  1—2- oyligida sigir 
va  biyalar  ikkinchi  marta  (2—3  oyligida)  tekshirilganda,  bo'g'ozlik  belgilari- 
ning  bo'lmasligi embrionning so'rilib  ketganligidan dalolat beradi.
Bola  tashlashning  barcha  turlarida  homila  pardalarini  ko'rib  tekshirish 
muhim, chunki ularning kasalliklari ko'pincha bo‘g'ozlikning muddatidan oldin 
tugallanishiga olib  keladi.
Bola tashlashning oldini olish uchun  uni sodir etuvchi  barcha sabablarni 
yo'qotish kerak.
Qinning  ag'darilishi  yoki  tushishi 
(inversio  vaginae,  S  prolapsus 
vaginae)  tos  bo‘shlig‘ining  biriktiruvchi  to'qima  asosi  hamda  devorlarning 
bo'shashib  ketishi  tufayli,  qin  nayining jinsiy yoriqlari  orqali  chala yoki  to‘la 
chiqishiga  tushuniladi.  Qin  ag'darilib  tushish  darajasiga  qarab  ikki  xil:  1) 
qisman chala tushishi — qinni dorzal tomonidagi devorlarining qati do'ppayib 
jinsiy yoriqdan  ko'rinib turadi;  2) qinning to‘la tushishi-qin devorlari  qatining 
bachadon bo'yinchasi bilan birgalikda jinsiy yoriqdan tashqarigato'liq chiqishi 
bilan namoyon bo'ladi. Ayrim hollarda siydik chiqaruv kanali teshrgining ken- 
gayganligi tufayli siydik pufagi  ham  ag'dariladi.  Bunda jinsiy yoriqdan  ikkita 
sharsimon  narsaning  chiqib  turganligi  ko'rinib  turadi,  uning  orqasida  qin, 
ostidagi esa siydik pufagi bo'lib, yuzasida siydik chiqaruv yo'llarining teshiklari 
ko'rinib turadi.
Hayvonning darmonsizligi, motsionning yo'qligi, kuchli ishlatilishi, sifatsiz 
oziqlar bilan boqilishi, yomon sharoitlarda asralishi bunday kasallikning paydo 
bo'lishiga sabab  bo'ladi.  Ba’zan  hayvonlarda  kuchli  kuchaniqlarning  paydo 
bo'lishi yoki  ularning  ichi  ketishi  ham qinning  to'la tushishiga olib  keladi.
Hayvon  yotganda  tanasining  orqa  qismi  past  bo'lganligi  uchun  qorin 
bo'shlig'ida bosim oshadi, bu esa qin tushishining asosiy sabablaridan biridir.
Kasallik  boshlanishida  hayvonning  umumiy  holati  o'zgarmaydi,  ammo 
davolash  kechiktirilganda  qin  devorlari  shilliq  pardalarida  qon  oqishining 
sekinlashishi tufayli shishlar paydo bo'ladi, yuzasining yorilishi va yaralarning

hosil bo'lishi kuzatiladi. Vaqt o'tishi bilan hayvon bezovtalanadi, qinning shil- 
liq  pardavlarini  doimiy  siydik  va  tezak  bilan  ta’sirlanganligi  tufayli  tez-tez 
kuchaniqlar bo'lib turadi.  Tezak va siydik chiqarish  hodisasi  buziladi.
Qinchalar tushganda kasallikning oqibati birmuncha yengil bo'ladi. Sigir, qo‘y 
va echkilaming holati yaxshi bolsa, ulaming tola do'ppayib chiqqan qin ini davolash 
hamma vaqt ijobiy natija beradi. T ug'guncha uzoq vaqt harakat qilmagan hayvon 
kasalining oqibatiga ehtiyotlik bilan baho berish kerak. Aks holda kasallik asorat 
berishi,  qinning  shilliq  pardasi  shikastlanishi  va  nobud  bo'lishi,  uremiya,  qorin 
pardalarining yallig'lanishi kabi hodisalar ro‘y berishi mumkin.
Cho'chqalarda  faqat  qin  tushgan  bolsa,  u  holda  kasallikni  aniqlash 
birmuncha  oson  bo'ladi,  ammo  tug'uruqdan  oldinroq  qin  bilan  birga  to'g'ri 
ichak do'ppayib tushsa,  u vaqtda ehtiyot chorasini  ko'rish  lozim.
Bo'g'oz hayvonlarning uzoq yotib qolishi 
(paraplegia gravidarum) deb 
hayvonning  o'zi  mustaqil  oyoqda  tura  olm asligi  tushuniladi.  Bunda 
hayvonning  umumiy holati yomon  bo'lmaydi va uning yotib qolishiga sabab 
to'qimalarida  o'zgarishlar  sezilmaydi.  Bo'g'oz  hayvonning  uzoq  vaqt  yotib 
qolish  kasalligi  ko'pincha  qarigan  sigirlarda  tug'ishiga  bir  necha  hafta  yoki 
oy qolganida kuzatiladi, shuningdek yosh mollarda ham uchraydi. Bu kasallik 
qo'y, echki va cho'chqalarda kamroq uchraydi, biyalarda esa ahyon-ahyonda 
kuzatiladi. Demak, bu harakat a’zolarining kompleks kasalligi. Klinik belgilari 
yaqqol  namoyon  bo'lmaydigan  nerv  muskul  to'qimalarining  jarohatlanishi 
bilan  boradigan yalliglanishdir.
Bo'g'oz hayvonlarni tug'ishidan oldin uzoq vaqt yotib qolishiga, uni yaxshi 
boqmaslik va  noto'g'ri  parvarish  qilish  natijasida yuz  bergan  organizmning 
umumiy zaifligi sabab bo'ladi.  Bo'g'oz hayvonning yaxshi boqilmasligi  unga 
beriladigan  oziqning  miqdori va sifati  bilan  ifodalanadi.  Bo'g'oz hayvonning 
yem-xashagi tarkibida ayniqsa  kalsiy  moddasi yetarli  bo'lishi  kerak,  chunki 
bunday  hayvonlar  organizm idagi  kalsiyning  ko'pgina  qism i  hom ila 
suyaklarining  tuzilishiga  sarflanadi.  Hayvon  organizmida  kalsiy  moddasi 
yetishmasa, osteomalyatsiya kasali rivojlanib, u bo'g'oz hayvonni tug'ishidan 
oldin yotib qolishiga sabab bo'ladi.
Undan tashqari bo'g'oz hayvonlarning bu kasalligi ularni noto'g'ri parvarish 
qilish  va poli juda ham qiya bo'lgan tor joylarda saqlash oqibatidadir.
Kasai  hayvonlar  o'rnilaridan  qiyinchiliq  bilan  turadilar,  turganda  ham 
ularning  orqa tomoni tebranib,  o'z tana og'irliklarini  orqa oyoqlariga galma- 
gal  soladilar.  Bunday  hayvonlarning  ishtahasi,  nafas  olishi,  yurak  urishi, 
tana harorati, kavsh qaytarishi va boshqa shu kabi belgilari sog'lom hayvon- 
larnikidan  hech  farq  qilmaydi.  Kasai  hayvonlar  uzoq  payt  oyoqda  tura 
olmaydilar, tezda yotib oladilar.
Bu kasallik osteomalyatsiya tufayli sodir bo'lsa, u paytda hayvon oyoqlarini 
bo'g'inlaridan bug'ib yotadi. Kasallik uzoq vaqt cho'zilib ketsa, hayvon kundan- 
kunga  oriqlaydi,  uning  muskul  to'qimalari  atrofiyaga  uchraydi.  Ko'pincha 
bunday hollarda tug'ish  normal o'tmaydi.
Kasallik  tug'ishga  bir  necha  kun  yoki  hafta  qolganda,  asta-sekin  yoki 
to'satdan sodir bo'lishi mumkin. Ko'pincha kasallik qishda, hayvonlar bog'lab

boqiladigan  davrda  kuzatiladi.  Dastlab  yurganda  ularning  orqa  tomoni 
qaltirashi, oqsashi, o'rnidan turishda qiynalishi kuzatiladi, so'ngra esa butunlay 
turmay  qo'yadi.  Bir joydan  ikkinchi  joyga  sudralib  boradi.  Uni  to'rgazishga 
urinish  foydasiz.  Bola  tug'ishiga  qancha  oz  vaqt  qolsa,  kasallik  prognozi 
shunchayaxshi bo'ladi. Tug'ishiga hali vaqt bor hayvonlaryotib qolsa, ovqat 
hazm qilish organlari faoliyati buziladi. Terida yaralar paydo bo'ladi. Yaralar 
paydo  bo'lishining  oldini  olish  maqsadida  hayvon  yotadigan  joyida  to'sha- 
mani  qalin  to'shash  va  har  kuni  kamida  2  marta  uni  bir  yonidan  ikkinchi 
yoniga almashtirlb turish  kerak.
Davolashda hayvon sag'ri qismining muskul orasiga 0,5— 1  mi miqdorida 
veratrinning 0,5% li spirtli eritmasidan hartomoniga2—3 nuqtadan (hammasi 
bo'lib 4—6  mi) yuboriladi,  veratin yana qayta  1—2  kecha-kunduzdan  keyin 
yuboriladi.
Hayvon yotgan joyidan turmoqchi bo'lganda yordam qilish kerak. Yotgan 
sigirni  o'rnidan  turg'azish  uchun  gavdasini  aylantirib  arqon  bilan  bog‘lash 
kerak.  Bunda arqon  sigirning oíd tomonidan to‘sh  suyagining  ostidan,  orqa 
tomonidan esa bo‘rtib chiqqan qo'ymich suyagining tagidan o‘tkaziladi. Sigirni 
aylantirib  bog‘lab  olgandan  keyin  ikki  tomoniga  3—4 tadan  odam  turib  ar- 
qonni  ushlab,  baravariga  ko'taradi  va  sigirni  turg'izadi.  Hayvon  ko'pincha, 
oz vaqt  turgandan  keyin  yana  yotib  oladi,  ba’zida  sigir  oyoqlarida  mutlaqo 
tura olmaydi.
Kasal hayvonning bel va dumg'aza qismi, shuningdek, oyoqlari yaxshilab, 
kuniga  2—3  marta  massaj  qilinsa,  terisidagi  qon  aylanishiga  yaxshi  ta’sir 
qiladi.  Bunday  hayvonning  ratsioni  konsentrat  va  darm ondoriga  boy 
oziqlardan  iborat  bo'lishi  kerak.  Shuningdek,  darmondorilardan:  retinol, 
kalsiferol,  V  guruh  vitaminlar  kompleksi  hamda  sigir  va  biyalarga  40%  li 
glukoza eritmasidan 200—300 mi miqdorida tomir ichiga yuboriladi.  Bundan 
tashqari,  hayvonlarga baliq  moyi,  kalsiy va fosfor tuzlari  berilishi  kerak.
Kasallikning  oldini  olish  uchun  hayvonlarni  boqish,  asrash  va  parvarish 
qilish  sharoitlarini yaxshilash zarur.
Vaqtidan  ilgari  kuchaniq  va  to 'lg 'o q   tutishi 
bo‘g‘oz  hayvonning 
bachadon  bo'yinchasi  kanali  yopig'ida  kuchanishi,  bachadon  muskullarini 
va  qorin  pressining  qisqarishi  tufayli  sodir  bo‘ladi.  Bu  kasallik  barcha  uy 
hayvonlarida,  ayniqsa,  biyalarda,  kamroq sigirlarda paydo bo'lishi  mumkin.
Kasallik  ko'pincha,  hayvon  organizm ining  sovuq  qotishi,  bo‘g ‘oz 
hayvon larda sovuq suv Ichirilishi, muzlagan, mog'orlagan oziqlarning berilishi, 
jismoniy zo‘riqishi natijasida ro‘y beradi. Bundan tashqari, bo‘g‘oz hayvonning 
qorniga  biror  narsa  urilib  mexanik  ta’sirlar,  rektal  va  vaginal  tekshirishda 
ehtiyot shartlariga amal  qilmaslik  natijasida sodir bo'ladi.  Biyalarda to‘lg‘oq 
tutishdan  oldin  sanchiqlar  paydo  bo'ladi.  Keyinchalik  barcha  kasal 
hayvonlarning  beli  bukilib,  qorin  devori  muskullari  qisqarib  taranglashadi. 
Kasallik  uzoqqa  cho'zilsa,  kasal  hayvonning  nafas  olishi,  tom ir  urishi 
tezlashadi,  u  tez  terlaydi.  Bu  kasallik  biyalarda  bo'g'ozlikni  butun  ikkinchi 
davri  davomida,  sigirlarda  esa  tug'ishiga  3—4  hafta  qolganida  ro'y  berishi 
mumkin.

Kasallik aniqlanayotganda hayvonning vaqtidan oldin kuchanishi, to‘lg‘oq, 
uning  normal  tug'ish  davrldagi  belgilaridan  quyidagilar  bilan  farq  qiladi:  1) 
tug'ish  belgilarining  mavjudligiga;  2)  ichki  tekshirish  natijalariga;  3)  sun’iy 
qochirish jurnalining yozuvlariga qarab.
Tashxis  kasal  hayvonlarning  umumiy  bezovtalanishiga,  sanchiqlarning 
paydo bo'lishiga, tug'ish alomatlarining yo'qligiga qarab qo'yiladi.  Biyalarda 
vaqtidan ilgari kuchanish va to'lg'oqlar 2 soatdan 12 soatgacha davom etishi 
va  ko'pincha,  bola  tashlash  bilan  yakunlanishi  mumkin.  Sigirlarda  esa  bu 
hol  2—3  kecha-kunduz  davom  etishi  va  homila  asfeksiya  natijasida  halok 
bo‘lib, so'ngra chiqarilishi  mumkin.
Vaqtidan  ilgari  kuchaniqda,  to‘lg‘oq  tutishida  hamma  vaqt  ehtiyotkorlik 
choralarini  ko'rmoq  lozim.  Biya,  sigir,  qo‘y  va  echkilarda  kuchaniqlarning 
zo'rligi tufayli bachadon to'satdan yorilib ketib, hayvon halok bo'lishi mumkin.
Davolashda kasal hayvonga eng aw al tinchlik berilishi va qisqa muddatli 
yurgizish buyuriladi. Hayvon yotganida yoki tik turganida tananing orqa qismi 
oldingi  qism iga  nisbatan  balandroq  boMishi  kerak.  Bunday  hollarda 
hayvonning  bel  va  dumg'aza  qismiga  issiq  kompress  qo'yiladi.  Teri  ostiga 
morfiy  (biyalarga  0,5,  urg'ochi  itlarga  0,03—0,05%  miqdorida)  yuboriladi, 
(sigirlarga  teri  ostiga  0,02  gr  atropin  yuboriladi),  1— 1,5  I  miqdorida  aroq 
ichiriladi: cho'chqalarning to‘g‘ri ichagiga (0,25—0 ,4 1 suvga 15,0— 20,0 quruq 
modda hisobidan) xloralgidrat eritmasi qo'yiladi.
To‘lg‘oqni bo'shashtirish uchun hayvon dumg'azasi bilan birinchi dumning 
umurtqasi  orasiga  (sarkal  anesteziya)  1%  li  novokain  eritmasidan  15—20 
ml  yuboriladi.  Interavennoz  inyeksiya  va  klizmalar  kasallikka  salbiy  ta’sir 
ko'rsatadi. Bachadonda o'Iik homila bo'lsa, tezda uni chiqarib olish choralarini 
ko'rish  lozim.

Yüklə 24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə