TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
1. Hayvon a’zolarida tug'uruqdan oldin qanday belgilar ko'rinadi?
2. Tug'uruq nima va unga qanday faktorlar ta’sir ko'rsatadi? 3. Tug'uruqdan
oldin urg'ochi hayvonlarda qan day belgilar ko'rinadi? 4. Tug'uruq necha
bosqichda o'tadi va turli hayvonlarda bu belgilar qanday xarakterlanadi?
5. Tug'uruq belgilari qanaqa bo'ladi? 6. Homilaning tug'uruqdan oldin va
keyingi holatlarini tushuntirib bering? 7. Homilaning bachadondagi holatlari,
pozitsiyalari va a ’zolarining joylashishi to'g'risida tushuncha bering? 8. Turli
h ayvo nlarda tug'uruqning o'tishi qanday bo'ladi? 9. H ayvon tug'uruqqa
qanday tayyorlanadi? 10. Normal tug'uruqlarda hayvon va homilaga qanday
akusherlik yordami ko'rsatiladi? 11. Turli hayvonlarda yo'ldosh ajralish vaqti?
12. Hayvonlarda tug'uruqdan keyingi holatning o'tishi? 13. Y angi tug'ilgan
yosh hayvonlarni qanday boqish va asrash kerak? 14. Nim a uchun yo'ldosh
tez ko'mib tashlanishi kerak? 15. Dispanserizatsiya nima? 16 . Akusher-
g in ekolo gik d is p a n s eriza tsiya n ech a bosqichdan iborat? 1 7 . Akusher-
ginekologik d is p a n s e r iz a ts iy a o 'tk a z is h d a n m a q s a d n im a ?
TUGMSH JARAYONI PATOLOGIYASI VA TUG'ADIGAN
HAYVONGA YORDAM KO‘RSATISH
AKUSHERLIK YORDAMI KO'RSATISH
Hayvonga yordam ko'rsatish oldidan akusher dastlab batafsil anamnez
to'plashi kerak. Bu ma’lumotda hayvonning bo‘g‘ozlik davri normal holda
o‘tgan-o‘tmaganligl, to'lg'oq boshlangandan qancha vaqt
0
‘tgani, homila suvi
oqib chiqqan-chiqmaganligi, normadan chetga chiqishlar ro'y bergan-ber-
maganligi hayvonga xizmat ko'rsatuvchi xodim tomonidan aniqlangan bo'lishi
kerak. Shundan keyin akusher hayvonning umumiy holatini (tomir urishi,
nafas olishi va tana haroratini) bilishi kerak. Ko'pincha akusher hayvon oldiga
kelganda, u og'ir ahvolda, va hattoki, letal (o‘lim) oldida ekanligini ko'radi.
Agar endigina tuqqan mol tug'uruq bo'limida yoki ayrim binoda bo'lsa,
bunda eng oldin u bilan yonma-yon turgan hayvonlarni uzoqlashtirishi kerak.
Yirik hayvonlar uchun ko‘p miqdorda toza yaxshi to'shamalar solinishi kerak.
Qo‘y, echki va urg'ochi itlarni stolga shunday qilib joylashtirish kerakki, bunda
hayvon tanasining orqa qismi stol chetidan bir oz chiqib tursin. Hayvonlarga
yordam ko'rsatishdan oldin tashqi jinsiy a’zolari, soni, sag'risi va dumining
ichki yuzalari ko‘k sovunda suv bilan yaxshilab yuvilgandan keyin 3% li kreolin,
lizol va boshqa eritmalar bilan dizinfeksiya qilinadi. Ishlayotganda akusher-
ning qo'li ifloslanmasligi uchun hayvon sag'risiga toza choyshab yoki sochiq
yopib qo'yilishi kerak.
Xizmat ko'rsatayotgan veterinar-xodim vazifasini bajarayotgan vaqtda
egniga yengsiz kiyim, brezent shim, rezina etik, kiyim ustidan kiyiladigan
xalat va kleyonkadan tikilgan fartukdan iborat kiyimlari bo'lishi kerak.
Akusher tirnoqni kalta qilib oladi, qo'lini yaxshilab yuvadi va spirt bilan
tanin aralashmasi (100:3)ni surtib dezinfeksiya qiladi. Qo‘l terisida biror
shikast bo'lsa, unga yod nastoykasi va kollodiy surtiladi. Dezinfeksiya qilib
bo'lgandan keyin qo‘l terisiga 10% li ixtiol mazi, qaynatilgan vazelin,
qaynatilgan yog' (o'simlik yog'i, eritilgan yog1) surtish yoki uning terisini ko‘k
sovun bilan qoplash zarur. Aytib o'tilgan vositalardan birortasini qo'lga surtish
akusherlik ishi uchun juda muhim hisoblanib, tor tug‘uruq yo'lidagi sirg'anishni
yengillashtiradi va kasallik yuqishdan saqlaydi. Yomon tayyorlangan qo'lni,
ayniqsa, mayda kavsh qaytaruvchi hayvonlar tug'uruq yo'llariga kiritish juda
qiyin. Bundan tashqari, qo‘l kiritilganda hayvon birmuncha qarshilik ko'rsatadi,
bu esa akusherlik yordami ko'rsatishni qiyinlashtiradi.
Tug'uruq vaqtida yordam beruvchi yoki asboblarni berib turuvchi odamlar
ham qo'lning toza bo'lishiga rioya qilishi kerak.
Ish vaqtida akusherning qo‘li ko'pincha hayvon tezagi va boshqa
chiqindilar bilan ifloslanadi, shuning uchun ham uning yonida yetarli miqdorda
issiq dezinfeksiya qiluvchi eritma bo'lishi kerak.
Akusher o'zini hayvonning tepib olishidan xavfsizlantirishi zarur, asov
biyalar oyoqlarini yaxshilab bog'lab qo‘yish tavsiya etiladi.
Cho'chqalarga akusherlik yordami ko'rsatayotganda bezovtalanadi, shu
sababdan ham uning oyoqlarini bog'lash uchun xodimlar jalb etilishi kerak.
Ko'pincha cho'chqaning qorni qashilganda ham u tinchlanadi va jim yotadi.
Cho'chqaning tug'uruq yoMIarida bemaiol manipulyatsiya qilish uchun, ba’zi
hollarda yuqorigi bir juft qoziq tishdan o'tkazib, uni bog'lab qo'yishga ham
to‘g‘ri keladi.
Etxo‘r hayvonlarga akusherlik yordami ko'rsatayotganda ehtiyotkorlik
choralariga rioya etilishi lozim. Urg'ochi itlar og'zini ochmasligi va tishlab
olmasligi uchun, ularning tumshug'i mahkam bog'lab qo'yiladi.
Akusher qo'lini ishga tayyorlagandan keyin hayvonni tekshirishga
kirishadi. Eng oldin u tug'riq yo'llarining holatiga, sirg'anchiqligiga, shishgan-
ligiga, jarohatlanganligiga va bachadon bo'yni kanalining qay darajada
ochiqligiga alohida e’tibor beradi. So'ngra akusher qo'lini bachadonga kiritib,
homilaning qanday ahvolda ekanligini va a’zolarining joylashishini aniqlaydi.
Tekshirish ishlari tugagandan keyin qo'llar issiq suvda sovun bilan
yaxshilab yuviladi va ular ko'zdan kechiriladi. Mabodo qo'lning biror yen
shikastlangan bo‘lsa, qo‘l yuqorida aytib o‘tilganidek dori-darmonlar bilan
davolanadi.
Hayvonga akusherlik yordami ko‘rsatilayotganda ishlatilgan barcha
asboblar 1% li lizol qo'shilgan 2% li soda eritmasida kamida 30 daqiqa
qaynatib sterilizatsiya qilinadi, arqon, sochiq va boshqa metall bo'lmagan
buyumlar esa yoqib yuboriladi. Yog'ochdan qilingan dastalar dezinfeksiya
qiluvchi moddaning (3% li karbol, lizol va boshqalarning) kuchli eritmasi bilan
zararsizla n tirila d i. Eng ko‘p qo'llaniladigan asbob (ilmoq, arqon va
boshqa)larni qaynatilgandan keyin og‘zi mahkam berkiladigan sterilizatsiya
qilingan bankalarda yoki sterilizatsiyalangan salfetkaga, so'ngra esa
kleyonkaga o'ralib saqlash tavsiya etiladi. Bu asboblarning hamma vaqt
sterilligini ta ’minlaydi va hayvonlarga shoshilinch akusherlik yordami
ko'rsatayotganda ulardan tezda foydalanish imkonini beradi.
Asboblarni ishlatayotgan vaqtda ularni vaqt-vaqti bilan 1% li lizol eritmasi,
2% li kreolin emulsiyasi yoki 1:1000 rivanol eritmasida namlab turish lozim.
OG‘IR VA PATALOGIK TUG'ISHLARNING SABABLARI
Og'ir va patalogik tug'ishlar hayvonlarda homila yoki urg'ochi hayvonga
bog'liq bo'lgan bir qator sabablarga ko'ra yuzaga kelishi mumkin.
Homila uzunasiga cho'zilgan shakldagi tanadan iborat bo'lib, uzunligi
davomida keng (bosh, ko'krak qafasi va tos) va tor segmentlari bo'ladi.
Shunga ko'ra, bola tug'ilish jarayonining normal holda o'tishi homila keng
segmentlari bilan urg'ochi hayvonning tosi o'rtasidagi o'zaro munosabatga,
shuningdek bolaning bachadonda to‘g‘ri joylashishiga bog'liq.
Homilaning urg'ochi hayvon tosiga kirib borishi uchun moslashib yotishi
homilaning bachadonda to'g'ri joylashishi hisoblanadi (24- rasm).
24 - rasm.
Biya homilasining bachadonda to'g'ri holatda, po zitsiyada v a ta n a a'zolarining
joylashishi:
a — hom ilaning boshi bilan kelishi;
b
— hom ilaning tosi bilan kelishi.
Bu 2 xil: 1) bosh tomoni bilan yotish, bunda oldingi oyoqlariga boshini
qo'ygan holda va 2) tos tomoni bilan yotish, bunda homila orqa oyoqlari
bilan chiqish teshigiga qarab yo'naladi. Chunonchi, ikkala holatda ham
homilaning orqasi onasining orqasiga qaragan bo'ladi.
Homila bilan bog'liq bo'lgan patologik tug'ishlarning sababi quyidagicha:
1. Homila a’zolarining: 1 ) homila bosh tomoni bilan yotganda uning boshi
va oldingi oyoqlari va 2) homila tos tomoni bilan yotganda uning orqa oyoqlari
va dumining noto‘g‘ri joylashishi.
2. Homilaning: 1) homila pastki va 2) yon (o‘ng yoki chap) tomonida
noto‘g‘ri pozitsiyada joylashishi.
3. Homilaning: 1) qorni bilan tik; 2) orqasi bilan tik; 3) qom i bilan
ko'ndalang va 4) orqasi bilan ko'ndalang holatda noto‘g‘ri yotishi.
4. Tos bo‘shlig‘iga birdaniga ikkita homilaning bir vaqtda kelib qolishi.
5. Homila juda ham katta bo'lishi.
6. Homilaning mayriq-majruh bo'lishi.
Sigir yoki biya tug'ayotgan vaqtda kuchanish kuchi bachadonda to‘g‘ri
holatda joylashgan homilani haydab chiqarishga yetarli bo'lmasa, u kuch
bilan tortib olinadi (ko‘pi bilan to'rt kishi ishtirokida).
Patologik tug'ishlarda homila chiqish teshigiga bosh va tos tomoni bilan
yotadigan qilib to‘g‘rilangandan hamda o'tkazilgandan keyingina uni kuch
bilan tortib olish mumkin.
Patologik tug'ishlardagi urg'ochi hayvonga bog'liq bo'lgan sabablar:
kuchsiz yoki kuchli dard tutish va kuchaniq, tug'uruq yo'llarining yetarli
darajada ochilmasligi tosining torligi va boshqalar.
Urg'ochi hayvonlarning binoda zich joylashishi, m olxona polining
nishabligi, bo'g'oz hayvonlarning zo'r berib ishlashi va ularni yetarli darajada
oziqlantirmaslik tug‘uruqning anormal o'tishiga sabab bo'ladi. Urg'ochi
hayvonlar mog'orlagan, muzlagan va chirigan sifatsiz oziqlar bilan boqilsa,
ko'pincha bolaning anormal tug'ilishiga sabab bo'ladi.
0 ‘z-o‘zidan tushunarliki, hayvonning bo‘g‘ozlik davrida bachadonning
pastga tushib va egilib qolishi, uning buralib ketishi, bachadon churra tushishi
va homila pardalaridagi suvning ko‘payishiga o'xshash kasalliklar bilan
og'rishi patologiktug'ishlar paydo bo'lishi uchun moylik momentlari hisobla-
nadi.
KUCHSIZ DARD TUTISH VA KUCHANIQLAR
Kuchsiz dard tutish va kuchaniqlar bachadon bo‘shlig‘idagi homilani
tashqariga haydab chiqarish uchun bachadon va qorin muskullarining yetarli
darajada qisqara olmasligi tushuniladi. Tug'ishdagi kuchsiz dard tutish va
kuchaniqlar bachadonning qisqa qisqarishi va ular orasidagi pauzaning uzay-
ib ketishi hamda qorin muskullari qisqarishining yetarli bo'lmasllgi bilan
kuzatiladi.
Kuchsiz dard tutish va kuchaniq birlamchi va ikkilamchi bo'ladi. Tug'ish
faoliyatining boshlanishida ro‘y beradigan dard
b irla m c h i d a rd tutish
va
k u c h a n iq
deyiladi. Qaysiki uzoq vaqt davomida, kuchli, ammo natijasiz
faoliyati tufayli bachadon va qorin muskullari energiyasining darmonsizlanishi
yuzaga kelsa, bunga hayvonning
ikkilam chi d a rd tutishi va kuchaniq
deyila
di. Ko‘p bola tug'adigan hayvonlarda, homilani haydashi uchun ko‘p vaqt
o'tadigan hollar ikkilamchi kuchsiz dard tutish va kuchaniq hisoblanadi.
K u c h s i z d a r d t u t i s h v a k u c h a n i q s a b a b l a r i . Birlamchi
kuchsiz dard tutish va kuchaniq ko'pincha hayvonni sifatsiz oziq bilan boqish
va bo‘g‘ozlik davrida yetarli harakat qilmasligi tufayli yuzaga keladi. Homila
pardalarida suv ko'payish kasali, bachadonning haddan tashqari cho'zilib
ketishi, egizaklarda va homilaning juda katta bo'lishi hayvonnli normal tug'ish-
ga qobiliyatsiz qiladi. Qorin churrasi, unda suv ko'payishi va qorinning osilib
tushishi kuchsiz kuchanishga olib keladi. Hayvonning kuchsiz dard tutish
sabablari ko'pincha bachadonning o'ziga bog'liq bo'ladi (uning yetarli
rivojlanmasligi, muskul devorining degeneratsiyasi, innervatsiyaningbuzilishi).
Bachadonda homila a’zolarining noto‘g‘ri joylashishi, homila hajmi bilan
tos kengligining bir-biriga mos kelmasligi, shuningdek, tug'ish yo'llarining
tor bo'lishi tufayli ikkilamchi kuchsiz dard tutish va kuchaniq paydo bo'ladi.
Ko'p bola tug'adigan hayvonlarda ko'pincha ikkilamchi kuchsiz dard tutish
va kuchaniq bachadonda homilalar soni ko'p bo'lganda yuzaga keladi, chunki
undagi homilalarning bir nechtasi tashqariga chiqarilgandan keyin bachadon
muskullarining energiya zapasi sarflanib kuchsizlana boshlaydi.
D a r d t u t i s h v a k u c h a n i q n i a n i q I a sh. Hayvonlarda buni
aniqlash uncha qiyinchilik tug'dirmaydi, chunki tug'ish faoliyati yetarli emasligi
aniq seziladi va homilani haydash yuz bermaydi. Biroq, birlamchi kuchsiz
dard tutish va kuchaniqni ko'pincha sezib bo'lmaydi va bunda bolaning
tug'ilishini ko'rsatuvchi belgilar ham bo'lmaydi. Bunday hollarda bachadon
bo'yni yetarli darajada ochilmaydi, bu esa homilani ushlanib qolishga va
o'Igandan so'ng chirib parchalanishiga m aseratsiyaga yoki kamroq
mumiyolanishga olib keladi. Bunda urg'ochi hayvon, ayniqsa, urg'ochi itlar
septikopiyemiya kasalidan o'Iishi mumkin. Ba’zida urg'ochi hayvonlarning
umumiy holati biroz yomonlashishidan tashqari, dard tutish va kuchaniqning
hech qanaqa belgilari sezilmaydi; hayvonning jinsiy yorig'idan qog'onoq suvi
ajralib chiqmagunga qadar tug'ishning boshlanganligi sezilmay qoladi.
Barcha hayvonlarda uzoq vaqt yotib qolganda kuchsiz dard tutish holati
ko'pincha qorin muskullarining kuchli ish faoliyati bilan kuzatiladi, biroq
bachadon m uskullarining yetarli qisqarm asligi tufayli bachadondagi
homilaning tashqariga chiqarilishiga imkon bo'lmaydi.
Hayvonlarning ikkilamchi kuchsiz dard tutishi va kuchanig'ini aniqlash
u nch a lik qiyin emas, chunki hayvonning d astla b ki dard tutish va
kuchanig'ining normal bo'lishi bachadondan endi bitta yoki bir nechta
homilaning tashqariga haydalishi tug'ishidan darak beradi. Bunda kuchsiz
dard tutish va kuchaniq boshlanganda bola tug'ilib bo'ldi, deb xatolikka yo'l
qo'yishimiz mumkin. Shuning uchun, hayvonning (mayda hayvonlarda) tashqi
tomondan vaginal tekshirib, uning bachadonida yana homila bor-yo'qligini
aniqlash maqsadga muvofiqdir.
D a r d t u t i s h v a k u c h a n i q d a n k e y i n y u z a g a k e l a d i g a n
o q i b a t . Ehtiyotlikda hatto bola tug'ilib bo'lgandan so'ng ham tug'ishdan
keyingi davrda kasallik asari qolish h ollari s o d ir b o 'lis h i m um kin
(bachadonning pastga tushib qolishi yoki bachadon m uskullarining
qisqarmasligi). Ko'p tug'adigan hayvonlarda dard tutish va kuchaniq yuz
bergan paytda bachadon shoxining oxirgi qismida joylashgan homila,
ko'pincha o'Iib qoladi, chiriydi va urg'ochi hayvonda septikopiyemiya paydo
bo'ladi.
K a s a l l i k n i d a v o l a s h . Dastlabki kuchsiz dard tutish va kuchaniq
yuz berganda ba’zan qo'lni hayvonning tug'ish yo'llariga yoki bachadonga
kiritib, uning devorini bosib reflektor yo'l bilan normal tug'ish faoliyati
qo'zg'atiladi.
Yirik hayvonlarning tug'ish yo'llarida homila to'g'ri joylashganda uning
tashqarida joylashgan qismidan qo'l bilan tortib homilaning bachadon
bo'shlig'i ichidan tashqariga chiqarish uchun dard tutishi va kuchaniqqa
yordam berish kerak. Mayda hayvonlarning qorin devori diafragmasidan tos
tomonga qarab qo'l bilan massaj qilinadi, qoringa issiq kompress (ayniqsa
urg'ochi itlarda) qo'yiladi, qin issiq suv bilan yuviladi va faradizatsiya qilinadi.
Shuningdek, bachadonning qisqarish faoliyatini kuchaytiradigan dori
preparatlari qo'llaniladi. Buning uchun teri ostiga yuboriladigan qora kosov
ekstrakti (yirik hayvonlarga5— 10 ml, urg'ochi itlarga 0,25— 1,0 ml) pregnantol
(yirik hayvonlarga 8— 10 ml, mayda kavsh qaytaruvchi hayvon va
cho'chqalarga 1—2 ml, urgochi itlarga 0,3— 1 ml), gipofiz bezi orqa bo'lagining
ekstrakti-pituitrin (yirik hayvonlarga 8— 10 ml, mayda kavsh qaytaruvchi
hayvon va cho'chqalarga 1 ml, urgochi itlarga 0,3— 1 ml) va boshqalar kiradi.
Aytib
0
‘tilgan preparatlar yirik hayvonlarga, ayniqsa, kamdan-kam
buyurilishini ta’kidlash kerak, chunki ularda bunday holda ehtiyotlik bilan
tortish orqali homilani haydashga muvaffaq bo'linadi. Mayda hayvonlar uchun
qora kosov ekstraktini, pregnantolni yoki gipofiz bezining orqa bo'lagidan
so'rib olingan preparatni qo‘llash ko'pincha tug'ish faoliyatini kuchaytirishda
yagona usul hisoblanadi.
Qora kosov preparatlari bachadon muskullarining tirishib-tortishib, juda
ham kuchli darajada qisqarishga undashinl eslatib o'tish kerak. Ularni faqat
bachadon bo'yni to'liq ochiq bo'lganda va homilani tashqariga chiqarlshga
to'siq bo'Imaganda qo'llanish kerak, aks holda bachadon yorilishi xavfi bo'ladi.
Ikkilamchi kuchsiz dard tutish va kuchaniqlarda eng oldin hayvonni shu
ahvolga olib kelgan sababini bartaraf etish kerak, so'ngra esa homilani
avaylab tortib tashqariga chiqarib olish kerak.
KUCHLI DARD TUTISH VA KUCHANIQLAR
Urg'ochi hayvonning tug‘ish faoliyati davrida bachadon va qorin muskullarining
kuchli darajada qisqarishini
kuchli d ard tutish va kuchaniq
deyiladi. Bunda dard
tutishlar orasidagi pauza juda qisqa bo'ladi yoki mutlaqo bo'lmaydi.
Juda tez-tez dard tutishlar vaqtida aniq ifodalanadigan pauzalar bo'lmaydi
va bu holat
tirishib-tortishadigan d a rd tutish
deyiladi. Agar ayrim dard tutishlar
orasidagi pauza mutlaqo yo'qolsa, bachadon uzoq muddat davomida uzluksiz
qisqarsa, bunda bachadonning tetaniyasi to‘g‘rislda gapiriladi.
Haddan tashqari kuchli dard tutish va kuchaniq biyalarda ko'proq,
sigirlarda kamdan-kam va mayda hayvonlarda undan ham kam kuzatiladi.
K u c h l i d a r d t u t i s h v a k u c h a n i q n i n g s a b a b l a r i . Homila
hajmining kattallgi bilan tug'ish yo'llari orasidagi kengllkning ko'p hollarda
to'g'ri kelmasligi. Bachadonni qisqartiradigan vositalarni noto'g'ri dozada
qo'llash, kuchli dard tutishga olib kelishi mumkln. Qog'onoq suvining tashqa
riga barvaqt ajralib chiqishi rag'batlantiruvchi holat hisoblanadi.
D a r d t u t i s h v a k u c h a n i q n i n g o ‘ t i s h i. Homila bosh tomoni
bilan yotgan qismining hajmi bilan tosining kengligi mos kelishi tufayli kuchli
dard tutish va kuchaniq homilani tashqariga tez chiqarilishiga olib kelishi
mumkin. Birinchi rrfarta tugayotgan hayvon uchun bunday hodisa juda xavfli,
chunki bunda yumshoq tug'ish yo'llarining butunllgi buziladi. Bachadonda
homila a’zolari noto'g'ri joylashganda kuchli dard tutish va kuchaniq ko'pincha
bachadon yoki qinning yirtilishiga olib keladi.
Bundan tashqari, homila plasentsi qon aylanishining buzilishi tufayli
homilaning asfiksiya (bo'g'ilishi) ga yo'liqish xavfi tug'iladi. Agar bachadondagi
homila tashqariga chiqarilgandan keyin kuchli dard tutish va kuchaniq uzoq
vaqt davom etsa, og'ir kasallik (bachadonning pastga tushib qolishi) yuz
berishi mumkin.
K a s a l l i k n i d a v o l a s h . Dastlab urg'ochi hayvonning oyoqlarini
yozgan holda yonboshlab yotishiga yo'l qo'ymaslik kerak, yaxshisi uni oyoqda
shunday turg'izib qo'yish kerakki, bunda hayvon tanasining orqa qismi oldidan
baland bo'lsin. So'ngra sigirning yag'rini orqasidagi terisi qat-qat bo'lib yig'ilishi
maqsadga muvofiqdir. Agar hayvonni tik oyoqda turg'izishning iloji bo'lmasa,
u holda hayvon tanasining orqa qismini ko'taribroq yotqiziladi.
Bachadonning tom ir tortishish kasalini bartaraf etish uchun yirik
hayvonlarning vena qon tomiriga xloralgidrat yuborish (20,0— 30,0) yoki aroq
ichirish (800,0— 1000,0) singari narkotik vositalaridan foydalanish maqsadga
muvofiqdir. Biyaning terisi ostiga morfin (0,5) yuborilishi ham hayvonning
kuchanig'ini bo'shashtiradi.
Dard tutish va kuchaniqni kamaytirish yoki hatto to'xtatish uchun
hayvonning dumg'aza epidural anesteziyasini qo'llash mumkin. Bunda 10—
20 ml 1,5% li novokain eritmasi dumg'aza bilan dumning birinchi umurtqasi
orasidagi orqa umurtqa kanalining epidural bo‘shlig‘iga yoki dumning birinchi
ikkita umurtqalari orasiga yuboriladi.
TUG'RIQ YO'LLARINING YETARLI DARAJADA OCHILMASLIGI
Tug'riq yo'llarining yetarli darajada ochilmasligi natijasida patologik
tug'ishlar qinning, bachadon bo'ynining yoki jinsiy lablarning torayib qolishi
sababli yuz berishi mumkin.
Bachadon bo'ynining torayib qolishi.
Bachadon bo‘yni asta-sekinlik
bilan ochilishi yoki mutlaqo ochilmay qolishi bachadon bo'ynining tor bo'lishi
tufayli kavsh qaytaruvchilarga va unda-munda boshqa tur hayvonlarda tug'ish
normal holda o'tmaydi.
B a c h a d o n b o ' y n i n i n g t o r a y i b q o l i s h s a b a b l a r i .
Bachadon bo'yni muskul qavatlarining seroz infiltiratsiyasi yetarli bo'lmasligi
sababli bachadon bo'ynining sekin ochilishi (kengayishi) yuz beradi.
Kavsh qaytaruvchi hayvonlarning bachadon bo'yni muskul qavatlarining
kuchli rivojlanganligi va bu qavatlarni bo'shashtirish uchun nisbatan ko‘p
vaqt kerak bo'lganligi munosabati bilan ularda bu anormallik holat ko‘p
uchraydi.
Bachadon bo‘ynini ilgari jarohatlangan joyida chandiq to‘qimasining
haddan tashqari o'sib ketishi bachadon bo'ynining yetarli darajada
ochilmasligiga sabab bo'lishi mumkin. Yangidan paydo bo'lgan to'qimalar
bachadon bo'ynining qo'shni a’zolar bilan bitishib ketishi, to'qimalarda ohak
tuzlari to'planishi bachadon bo'ynini toraytirib qo'yishi mumkin. Kavsh
qaytaruvchi hayvonlarda ba’zan bachadon bo'ynining tog'aysimon tuzilishi
uning kengayishigayo'l qo'ymaydi. Surunkali servitsit (bachadon bo'ynining
yallig'lanishi) ko'pincha biriktiruvchi to'qimalar hosil bo'lishiga sabab bo'ladi,
bu, bachadon bo'yni devorlarining elastiklik qobiliyatini pasaytiradi.
K a s a l l i k b e l g i l a r i . Hayvonlarda tug'ishning boshlanishini bildiruvchi
barcha belgilar bo'ladi, biroq kuchaniq zo'r bo'lsa, homila yoki homila pardasi
tashqarigachiqmaydi. Hayvon qin orqali tekshirilganda bachadon bo'ynining
zich yopiqligi yoki uni bir oz ochiqligi ma’lum bo'ladi.
K a s a l l i k n i a n i q l a s h . Bachadon bo'ynini qin orqali ko'rikdan
o'tkazish va sinchiklab tekshirishga asoslanadi va bu boshqa kasallikdan
holi qiladi. Masalan, vaqtidan ilgari bo'ladigan kuchaniq kuchli dard tutish
bilan birgalikda boradi, lekin bunda hayvonda jinsiy lablarning shishishi, og‘iz
suti paydo bo'lishi va dumg'aza payining bo'shashish hollari kuzatilmaydi.
Qin shilimshiq pardalarining burmalari bo'lmasligiga ko'ra bachadonning
buralib qolishi yuz bermaydi. Bachadon bo'ynining bitib ketgan kasalligi
tasdiqlanadi.
K a s a l l i k n i n g o ' t i s h i . Bachadon bo'ynining kengayayotgan vaqti
infiltiratsiya yetarli bo'lmasligi tufayli 12—36 soatga cho'ziladi. Bachadon
bo'yni kanali to'liq kengayadi va homila tashqariga haydaladi. Biroq bachadon
bo'yni kanali to'la ochilgunga qadar urg‘ochi hayvon holdan toyadi, bu esa
kuchaniqni to'xtatib qo'yadi. Agar homila chiqarib olinmasa, hayvon o'ladi.
Bachadon bo'yni kengayishining iloji bo'lmaganda shoshilinch akusher
yordami zarur bo'ladi. Agar yordam ko'rsatilm ayotgan bo'lsa, bunda
rivojlanayotgan kuchli kuchaniq qin tushishi yoki bachadon yorilishi singari
kasallikning murakkablashishiga olib keladi. Bachadon yorilib ketganda uning
ichida qon qo'yilishi natijasida hayvon darhol o'ladi.
K a s a l l i k n i d a v o l a s h . Dastlab bachadon bo'ynining ochilish
darajasini aniqlash maqsadida hayvonni vaqt-vaqti bilan qin orqali tekshirib,
kutib turish lozim.
Kuchli kuchaniqlarda qorin ichidagi bosimni kamaytirish maqsadida
hayvon gavdasining orqa qismini balandroq ko'tarib yotqiziladi. Bachadon
bo'ynining ta’sirlanuvchanligini kamaytirish va ochilishini tezlashtirish
maqsadida hayvon dumg'azasiga issiq kompress qo'yiladi. Agar kuchaniq
juda zo'rayib ketaversa, u holda hayvonga aroq ichirish (yirik hayvonlarga
— 800,0— 1000,0) kavsh qaytaruvchi mayda hayvonlarga — 200,0 cho'chqa-
larga — 150,0—250 yoki dumg'aza epido'ral anesteziyasini o'tkazish kerak.
Bundan tashqari 1:4 dagi belladon ekstraktidan foydalanish mumkin, uni
bachadon bo'yniga surtiladi.
Agar qo‘llangan dori-darmonlar hech qanday natija bermasa, unda
bachadon bo'ynini qo'l bilan ochib kengaytirishga harakat qilinadi. Buning
uchun dastawal bachadon bo'yni kanaliga vazelin surtilgan barmoqni kiritib
parmalagansimon harakatlantirilib kanalni kengaytirishga harakat qilinadi.
Bachadon bo'ynining kanali kengaygan sari kanalga ikkinchi, uchinchi bar
moqni, va nihoyat, butun qo'lni kiritiladi. Shubhasiz, sigirlarda bachadon bo'yni
kanalini bunday ochish usuli katta sabr-toqat va ancha vaqt sarflashni talab
etadi. Bachadon bo'yni kanalini zo'rlab ochish usulida kuchaniq tufayli homila
pardasi tug'ish yo'llariga chiqib qoladi va keyinchalik uning kengayishiga
yordam beradi.
Kam dan-kam hollarda bachadon bo'yni kanalini ochishning iloji
bo'lmaganda hayvonni operatsiya qilishga to'g'ri keladi. Shu maqsadda
hayvon fiksatsiya qilinadi va narkoz beriladi. Hayvonning tashqi jinsiy organlari
va qini yaxshilab dezinfeksiya qilingandan keyin uzuksimon pichoqni
bachadon bo'yni kanalining ichiga ehtiyotlik bilan kiritiladi va bachadon bo'yni-
ning yuqori devori uzunasiga kesiladi, bunda faqat uning sirkulyar tolalari
qavati bo'ylab kesilishi lozim. Sigirlarning bu xilda operatsiya qilinishi ko‘p
hollarda samarali, mayda kavsh qaytaruvchi hayvonlarda esa shubhali bo'ladi.
Shuning uchun mayda hayvonlarning bachadon bo'yni operatsiya qilinib
ochilmay, balki uning qorni yorib olinadi (quyiga qaralsin).
Dostları ilə paylaş: |