Rivojlantirish instituti a. R. Jabborov, S. S. Sotiboldiyev veterinariya akusherligi, ginekologiyasi va sun



Yüklə 24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/40
tarix28.04.2017
ölçüsü24 Kb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40

Qinning  torayib  qolishi. 
Qinning  torayib  qolishi  tufayii  ham  tug'uruq 
normal  holdan  kechikmasligi  mumkin.  Qinning  birlamchi  torayishi  (birinchi 
marta tug'adigan hayvonlarda) va ikkilamchi torayishi (qin devorida yangidan 
hosil  bo‘lgan jarohat tufayii)  bo'ladi.
Qinning  torayib  qolish  holati  barcha  hayvon  turlarida  kuzatiladi,  biroq 
qoramollarda  ko'proq  uchraydi.
K a s a l l i k   p a y d o   b o ' l i s h   s a b a b l a r i .  Kuchaniqningo‘zvaqtidan 
ilgari  paydo  bo'lishi  tug'uruq  yo'llarining  kuchsiz  hayvonlar  qin  devorining 
elastikligi  yo'qolishiga  sabab  bo'ladi.  Qinning  qin  dahliziga  o'tish  joyida 
haddan  tashqari torayish  holati  yuz  beradi,  chunki  bu  yerdagi  to'qima juda 
ham  zich  konsistensiyaga  ega  bo'lganligi  sababli  kam  elastik  bo'ladi.  Hay- 
vonning  oldingi  tug'ish  davrida  qin  devori  yaralanib  chandiq  hosil  bo'lishi 
natijasida u juda ham torayib  ketadi.  Uzoq vaqt davomida tug'ish  va  bunda 
ko'pincha  yordam  ko'rsatish  tufayii  qin  devorlari  juda  ham  shishib  ketishi 
mumkin.  Ko'pincha  urg'ochi  it va  mushuklarda  (ayniqsa  qari  mushuklarda) 
hamda (kamroq hollarda) hayvonlarning boshqa turlarida irtarning qin teshi- 
gining torayib qolish holati hayvonda ham yangidan paydo bo'lgan to'qimalar 
(sarkomâlar, karsinomalar, fibromalar, o'sma, lipomalar va hokazo) natijasida 
ro'y  beradi.  Birinchi  tug'ayotgan  hayvonda  saqlanib  qolgan  qizlik  pardasi 
ayrim  hollarda  homilaning  bachadon  bo'shlig'idan  tashqariga  chiqishiga 
xalaqit berishi  mumkin.
K a s a l l i k   b e l g i l a r i   v a   u l a r n i   a n  i q I ash. Tug'ilish faoliyatining 
normal  kechishiga  qaramay  hayvonning  tug'ish  yo'llarida  homila  ko'zga 
ko'rinmaydi. Hayvonni qin orqali tekshirilganda qin yo'lining ma’lum joyi boshqa 
yerlariga nisbatan birmuncha torayib qolganligi aniqlanadi.  Shu joyning orqa- 
sini  qo'l  bilan  paypaslab  ko'rilganda  u  yerda  homilaning  ayrim  qismlari  joy- 
lashganligini  payqash  mumkin.  Agar  tug'ilish  uzoq  vaqtga  cho'zilib  ketsa, 
homilani chiqarib olish uchun kerakli tadbirlar ko'rilmasa bunda u tezda o'Iadi.
Qinda biror infeksiya bo'lsa, homila birmuncha vaqtdan keyin emfizematoz 
holatiga aylanadi.
K a s a l l i k   o q i b a t i .  Hayvonga o'z vaqtida yordam qilinsa, ish samarali 
bo'ladi.  Bordi-yu  hayvonga  ko'rsatiladigan  yordami  kechikib  berilsa,  bunda 
ko'pincha  qin  yallig'lanadi  va  uning  pardalari  nekrozlanadi.  Bu  hol  ham 
hayvonni o'Iimga olib  keladi.
K a s a l l i k n i   d a v o l a s h .  Akushergayordam beruvchi  kishi qin  ichiga 
o'simlik moyi, sovunli yoki zig'ir urug'i qaynatmasini yuborib,  homilaning old 
tomonda  joylashgan  qismiga  sirtmoq  solib  yoki  uni  qisqich  bilan  qisib 
tashqariga  asta-sekin  tortadi.  Bu  vaqtda  akusher  homila  bilan  qin  devori 
orasida turgan qo'l barmoqlari yordamida qinni imkoni boricha kengaytirishi 
lozim.  Shu yo'l  bilan qin devorlariga hech qanday zarar yetkazmagan  holda

bachadondan homilani to'sish yo'llari orqali tashqariga chiqarib olish mumkin. 
Agar  bu  usul  muvaffaqiyatli  chiqmasa,  bunda  qinning  torayib  qolgan 
qismlaridagi  shilimshiq  pardani  kesishga to‘g‘ri  keladi.
Qinda  yangidan  shish  paydo  bo'lgan  har  bir  ayrim  hollarda  uning 
joylashgan yeri va katta-kichikligi aniqlangandan keyin unga qarshi tadbirlar 
amalga oshirilmog'i  lozim.  Masalan, qinda kichikroq shish borligi aniqlansa, 
dastlab qinga shilimshiqsimon yoki yog‘li suyuqlikni  ko‘p miqdorda yuborib, 
barmoqlar  bilan  shishni  bir  tomonga  surib  qo'yib,  homilani  ehtiyotlik  bilan 
tashqariga  tortib  olishga  urinib  ko'rish  mumkin.  Agar  bu  usulda  maqsadga 
erishib bo'lmasa, qinda yangidan paydo bo'lgan shish operatsiya qilinadi va 
homila tashqariga chiqarib olinadi.
Jinsiy  lablarning  torayib  qolishi. 
Tug'ish  faoliyatining  normal  holda 
kechishiga  qaramay,  jinsiy  lablarning  yetarli  darajada  elastik  bo'lmasligi 
homilaning  urg‘ochi  hayvon  tug‘uruq  yo‘llaridan  tashqariga  chiqishini 
birmuncha qiyinlashtiradi. Bunday holat hayvonning barcha turlarida, ayniqsa 
birinchi  tug’ayotgan  hayvonlarda,  asosan  qoramolda  kuzatiladi.  Jinsiy 
lablarning  torayib  qolishi  ko'pincha qinning va  bachadon  bo'ynining torayib 
qolishi  bilan  bir vaqtda yuz  beradi.
K a s a l l i k   p a y d o   b o ' l i s h   s a b a b  l a ri.  Urg'ochi  hayvon,  tanasi 
rivojlanib  yetilgunga  qadar  qochirilganda,  ko'pincha  tashqi  jinsiy  a’zolari 
tug'ish vaqtiga kelganda to'liq rivojlanmagan bo'ladi, bu, jinsiy yoriqni toraytirib 
qo'yadi. Bu, ba’zan tanasi to'liq yetilgan urg'ochi hayvonlarda ham kuzatiladi. 
To'qima infiltratsiyasi yetarli bo'lmasa ham jinsiy yoriq torayib qoladf. Bundan 
tashqari, jinsiy lablarning torayib qolishidan patalogik o'zgarishlar yuz berishi 
mumkin  (ilgarigi tug'uruqlardan  keyin unda paydo bo'lgan chandiqning torti- 
lib qolishi, tolasimon o'sib  ketishi va boshqalarda).
K a s a l l i k   b e l g i l a r i .  Tug'ish faoliyatining normal kechishiga qaramay 
homila tashqaridan qaraganda ko'rinmaydi yoki jinsiy yoriqdan tuyoqlarining 
faqat  uchlari  chiqib  turadi.  Kuchli  dard  tutish  vaqtida  tashqi  jinsiy  a’zolar 
homilaning  bosimi ostida birmuncha bo'rtib chiqadi;  dard tutish to'xtaganda 
esa jinsiy lablar normal holatga keladi. Agar hayvonga o'z vaqtida akusherlik 
yordami ko'rsatilmasa, u holda homilaning old tomonda yotgan qismlari bosimi 
ostida hayvonning choti orasi yoriladi, shundan keyingina homila tashqariga 
chiqadi.
K a s a l l i k n i   a n i q l a s h .   Hayvonni  sinchiklab  tekshirib,  qo'l  bilan 
paypaslab tug'uruq yo'llaridan homilaning tashqariga chiqishi uchun to'sqinlik 
qiladigan  sababni oson  aniqlash  mumkin.
K a s a l l i k   o q i b a t i .  Hayvon jinsiy lablari devorlariga hech qanday zarar 
yetkazilmagan  bo'lsa,  kasallik oson  tuzaladi;  hayvonning  choti  orasi  ancha 
yorilgan  bo'lsa,  ehtiyot tadbirini  ko'rish  kerak.
K a s a l l i k n i   d a v o l a s h .  Hayvon jinsiy lablariga ko'p miqdorda vazelin 
(yaxshisi  moy)  surtilgandan  keyin  qo'lni  ehtiyotkorlik  bilan  jinsiy  yoriqqa 
kiritiladi.  So'ngra  qo'lning  orqa  yuzasi  bilan  jinsiy  yoriqni  kengaytirishga 
harakat  qilinadi,  shundan  keyingina  sirtmoqni  homila  oyog'iga  solinadi  va 
ehtiyotlik bilan asta-sekin  tortib, uning boshi yoki orqa qismini jinsiy yoriqdan

o‘tkazishga harakat qilinadi. Homilani tortib olayotgan vaqtda akusherga qo‘l 
barmoqlari yordamida jinsiy lablarni  kengaytirib turish tavsiya etiladi.
Agar  bunday tadbirlar samara  bermasa yoki jinsiy  lablar devoriga zarar 
yetkazib qo'yish xavfi tug'ilsa, u holda chot orasi kesiladi. Operatsiya texnikasi 
shunday.  Operatsiya  qilish  uchun  qaychining  to‘mtoq  uchli  tomonini  qinga 
kiritib  hayvon  choti  chok  chizigining  yo'nalishi  bo'ylab  joylashgan  butun 
to'qimalar  kesiladi.  Homila  tortib  olingandan  keyin  hayvon  choti  orasining 
kesilgan  joyi:  1)  shilimshiq  parda  muskul  qavati  bilan  va  2)  teri,  teri  osti 
to'qimalari bilan  ikki  qator tugun qilib tikib chiqiladi.
TOSNING  TORLIGI
Bachadonga homila to'g'ri  holatda joylashganda va tug'uruq yo'llari to'la 
ochilib  turganda  normal  kattalikdagi  homilaning  o‘tishi  uchun  uning  katta- 
kichikligi yetarli  bo'lmasa, 
tosning  torligi
 deyiladi.
Tosning torligi fiziologik, tug'ma va biror sabab orqali bo'ladi. Hali voyaga 
yetmagan yosh hayvonlarda tosning torligi fiziologik holatdir. Ba’zan urg‘ochi 
hayvonning  tosi  haddan  tashqari  rivojlanmagan  yoki  shakli  o'zgargan 
asimmetrik  raxit  bo'ladi.  Tos  suyagining  sinish  yoki  darz  ketishi  natijasida 
paydo bo'luvchi periostitlar tosning biror sababi bilan torayib qolishini yuzaga 
keltiradi.  Bunda  suyakning  o‘sib  chiqqan  o‘simtalari  ba’zan  o'zining  o‘tkir 
burchakli  uchlari  bilan tos  bo‘shlig‘iga bo‘rtib chiqib turadi.
Ko'pincha  birinchi  tugayotgan  hayvon  tosining  fiziologik  torayib  qolish 
holati  bilan  bog'liq  bo'lgan tug'ishining  og‘ir holatini  ko‘p  uchratish  mumkin, 
chunki tosi tug‘ma yoki biror sabab orqali torayib qolgan  hayvonlar urchitish 
uchun foydalanilmaydi.
Hayvon  tosi  torayib  qolganda  tug'uruq  har xil  o'tadi.  Agar  homila  kichik 
bo'lib,  kuchaniq  kuchli  bo'lsa,  u  holda  tug'riq  normal  holda  o'tadi.  Ko'p 
tug'adigan  hayvonlarda  ko'pincha  bitta,  ikkita  yoki  undan  ko'p  homila 
tashqariga  chiqadi,  keyingi  homila  esa  kuchaniqqa  qaramay,  tosdan 
tashqariga chiqishda to'xtab qoladi.
HOMILA  KINDIGINING  0 ‘RALIB  VA  QISILIB  QOLISHI
Homilaning  biror  qismida  kindigining  o'ralib  qolish  hollari  (ba’zan  biya  va 
cho'chqalarda)  uchraydi.  Homila  bachadon  bo'shlig'idan  tashqariga  haydalish 
paytida noto'g'ri joylashgan kindik tos bilan homila orasida qisilib qolishi mumkin.
Hom ilaning  haddan  tashqari  katta  bo'lishi  yoki  tosning  torligi. 
Homilaning  haddan  tashqari  katta  bo'lishi  turaro  chatishtirish  tufayli  yoki 
hayvonni  mo'l  oziq  bilan  boqish  natijasidir.  Tosning  torligi  esa tug'ma  yoki 
tos  suyaklarining  o'sishi,  deformatsiyasi,  sinishi tufayli  paydo bo'ladi.
Tug'ish yo'llarining  me’yorida ochilib turishiga qaramay,  kattaligi sababli 
homila  normal  rivojlangan  tos  bo'shlig'idan  o'ta  olmasa,  u  mutloq  katta

hisoblanadi.  Homilaning  yirikligi  a’zolarni  oziqlantiruvchi  va  organizmning 
0
‘sishiga ta’sir etuvchi endokrin bezlari (gipofiz, qalqonsimon bezning) faoli- 
yatining  kuchliligidandir.  Hayvon vaqtida tug'may bo‘g‘ozlik muddati  uzayib 
ketsa  ham  homila  kattalashadi  va  uning  vazni  oshadi.  Homila  hajmi  bilan 
hayvon tosining  kattaligi faqat tug'ish jarayonida ma’lum  bo'lishi  mumkin.
Homila boshi bilan old tomonga qarab joylashganda sigirlarda, qo‘y, echki 
va biyalarda sirtmoq homilaning oldingi oyoqlariga solinadi. Agar homilaning 
boshi  tug'ish  yo'llarida joylashgan  bo'lsa,  katta  va  ko‘rsatkich  barmoqlami 
yoki  ilmoqni  homilaning  ko‘z kosasiga kiritiladi  (25-rasm).
25- rasm.
  H om ila  boshi  yon  to m o ng a  qayrilib  qolganida  uni  to'g'rilash: 
a  —  qo ‘l  bilan; 
b
—  akkusherlik sirtmoqlari  yordam ida.
Homilaning  oyoqlaridan  va  boshidan  navbatm a-navbat  tortib,  uni 
tashqariga chiqarib olinadi.  Bunda o‘ng oyoqni chapga, chap oyoqni-o'ngga 
tortish  kerak.  Homilaning  yaxshi  sirg'anishi  uchun  hayvon  bachadoniga 
sovunli  toza  suv,  kunjutli  suv  eritmasi  yuboriladi  va  tug'ish  yo'llariga  yog‘ 
yoki vazelin,  lanolein  surkash  lozim.
Homilaning  boshi bachadonda bo'lsa,  ko‘z  ilmog'i yordamida  uni tug'ish 
yo'llariga olib chiqiladi va tortib olinadi.  Aks  holda homilaning  boshi qayrilib 
qoladi. Homilaning ko'krak qismi tashqariga chiqib va gavdasining orqa qismi 
esa  tug‘ish  yo'llariga  tiqilib  qolsa,  homilaning  oldingi  oyoqlaridan  ushlab, 
qiyalatib navbatma-navbat tortish  kerak.
Qo‘y  va  echkilar  bachadonida  bitta  homila  (ayniqsa  homila  erkak 
bo'lganda) rivojlansa ko'pincha uning boshi ancha katta bo'ladi. Shu sababli 
homila bachadondan tug'ish yo'llariga chiqa olmaydi. Bunday hollarda tug'ish 
yo'llarida  joylashgan  homila  oyoqlarini  yelka  bo‘g‘imida  bo'lib  qolguncha 
bachadonga qarab  itariladi.  Homila  boshi  tug'ish  yo'liga  kiritilgandan  keyin 
uning  faqat  boshidan  yoki  bitta  oyog'idan  ushlab  tashqariga  tortish  kerak. 
Agar homilani tortib olishda yuqorida aytib o'tilgan  usullar natija bermasa,  u 
vaqtda fetotomiya operatsiyasi qo'llaniladi.
Orqasi  bilan  kelayotgan  homilani  orqa oyoqlaridan  ushlab,  o'ng  oyog'ini 
chapga,  chap  oyog'ini  o'ngga  navbatma-navbat tortib,  tashqariga  chiqarib 
olish  mumkin.
Cho'chqalarda boshi bilan kelayotgan homilaning boshi va oldingi oyoqlari 
tug'ish  yo'llariga  chiqib  tursa,  uning  oyoqlari  va  yuqori  jag'idan  ushlab,

tashqariga tortib olinadi. Biroq homilaning terisi sirg'anchiq bo'lganligi tufayli 
ko'pincha tashqariga tortib olishda qiyinchilik tug'iladi.  Shu sababli uni tortib 
olish  uchun  sim  ilmoqlardan  foydalaniladi.  Ilmoqni  akusherlik  qo'li  bo'ylab 
ichkariga kiritib, homilaning ko‘z kosasiga solinadi. Homila tosga kiraverishda 
joylashgan  bo'lsa,  uni  qo‘l  bilan  yoki  arqon  sirtmoq  bilan  solib  tashqariga 
tortib olishga  urinib  ko'rish  mumkin.
Birinchi marta tug'ayotgan cho'chqalarning homilasi nisbatan katta bo'lib, 
ko'pincha  tug'ish  yo'llariga  boshi  bilan  kiradi.  Oldingi  oyoqlari  esa  yelka 
bo‘g‘imlaridan  bukilgan  hamda  bachadon  bo'shlig‘ida  joylashgan  bo'ladi. 
Bunday hollarda homilaning ko‘z kosasiga ilmoq yoki boshiga qisqich solinadi 
va oyoqlarini to'g'rilamasdan homila asta-sekin tortib olinadi.  Albatta,  ilmoq 
bilan  tortayotganda  homilaning  harakati  va  ilmoqning  holati  qo‘l  nazorati 
ostida  bo'lishi  kerak,  aks  holda  ilmoq  chiqib  ketishi  va  tug'ish  yo'llari 
jarohatlanishi mumkin.
Cho'chqa  bolasi  orqa  tomoni  bilan  kelayotganda,  orqa  oyoqlari  tug'ish 
yo'llariga kirib qoladi. Bunda qisqich orqa oyoqlariga solinib, homila tashqariga 
tortib olinadi. Ba’zan homilaning orqa oyoqlari sakrash bo‘g‘imidan bukilgan 
holda tug'ish  yo'llariga tiqilib qoladi.  Bunday  hollarda  ilmoq  homila  oyog'ini 
sakrash  bo'g'imidan  yuqoriroqqa  solinadi  va  ular  tortilib,  tug'ish  yo'llariga 
chiqariladi.
Homila a’zolarining noto'g'ri joylashishi. 
Patologik holatlarda homilani 
tug'ish yo'llaridan chiqarib olish uchun uning a’zolarini to'g'ri holatga keltirishi 
muhim  ahamiyatga ega.
H o m i l a   b o s h i n i n g   y o n b o s h g a   q a y r i l i b   q o I i s h i.  Hayvon 
ichki yo'l bilan tekshirilganda, homilaning tug'ish yo'llarida ikki oldingi oyoqlari 
paypaslanib, bu oyoqlarning biri ikkinchisidan (boshi qayrilgan tomonga) kalta 
ekanligi  aniqlanadi.  Shuningdek,  homilaning  ko'krak osti va  qayrilib qolgan 
bo'ynini  paypaslab  bilish  mumkin.
Homila boshini to'g'rilashdan oldin uning oldingi oyoqlariga arqon sirtmoq 
solish  zarur.  Undan  keyin  homila  qaytadan  bachadonga  itarib  yuboriladi. 
Agar homilaning boshi yaqin bo'lsa, u holda akusher barmoqlari bilan homilani 
ko'z kosasidan ushlaydi va uning boshini tosga tomon tortadi. Bordi-yu qo'li- 
ning kuchi yetmasa, u holda sirtmoqni homilaning pastki jag'iga soladi.  Pastki 
jag'ga  zarar  yetkazmaslik  uchun  sirtmoqni  asta-sekin  tortish  kerak.  Agar 
katta  kuch  ishlatish talab etilsa,  undan  qo'shimcha sirtmoqni  boshga solish 
kerak.  Yordamchi  kishi  homila boshiga kiygizilgan sirtmoqni tortayotganda, 
akusher uni qo'li  bilan tashqariga chiqish tomon  to'g'rilab turishi zarur.
Akusherning  bachadonga  olib  borgan  qo'li  biya  homilasining  boshiga 
bemalol  yetsa,  noto'g'ri  holatda  joylashgan  homila  boshini  osonlik  bilan 
to'g'rilashi  mumkin.  Ba’zan  homila  boshi  havonning  chot  bo'shlig'iga 
yondoshib tursa, o'tkazgich yordamida uning bo'yniga sirtmoq solish ma’qul.
Sirtmoq  o'tkazgich  har xil  nusxada  bo'ladi.  Unga  arqon  bog'lab  qo'lni  u 
bilan birga tug'ish yo'llari orqali bo'yinning qayrilib qolgan joyiga olib boriladi. 
So'ngra sirtmoq o'tkazgichning bo'sh tomoni homila bo'yni orqali o'tkaziladi, 
boshqa  tomonidan  uni  qo'l  bilan  ushlab  olinadi  va  tashqariga  chiqariladi.

Arqon  har  ikki  uchidan  baravar  tortiladi.  Bunda  homila  boshi  shunchalik 
tashqariga yaqinlashadiki, bunda qo‘l bilan homila boshini bemalol to'g'rilab 
qo‘yish mumkin. Buning iloji bo'lmasa, u holda arqon sirtmoqni homila boshiga 
yoki  ko'z  ilmog‘ini  ko'zning  tashqi  burchagiga  solish  kerak.  Buning  uchun 
arqonga bog'langan ko‘z ilmog'ini kaftda shunday ushlash kerakki, ilmoqning 
o'tkir  uchi  barmoqlar  bilan  yopiladigan  bo'lsin.  Shundan  so'ng  qo'lni  tug'u- 
ruq yo'llariga olib boriladi.  Qo'lni  homilaning o‘zigacha yetkazib,  ko‘rsatkich 
barmoq bilan ko‘z kosasi paypaslab topiladi va unga ilmoq qadaladi. So'ngra 
qo‘l nazorati ostida  (ilmoq  ko‘z kosasidan chiqib ketmasligi uchun) homilani 
bachadon bo‘shlig‘iga itaribturib,  arqonda tortiladi.  Bu  usul natijasida homi­
laning  boshi  qo‘l  bilan  bemalol  ushlab  turadigan  darajaga  kelgan  bo‘lsa,  u 
holda homila xuddi yuqorida bayon qilingan  usul  bilan tortib olinadi.
Q o‘y  va  echkilarda  dastlab  arqonni  hom ilaning  oldingi  oyoqlariga 
mahkamlab  bog‘lanadi.  Urg'ochi  hayvon  yirik  bo‘lsa,  homilaning  boshini 
to‘g‘rilab  olmasdan  turib  uni  ehtiyotlik  bilan  arqon  yordamida tortib  olishga 
harakat qilish kerak. Buning iloji bo'lmasa, u holda hayvon gavdasining orqa 
qismini  balandroq  ko'tarib,  homilani  arqon  yordamida  tortib,  uni  chiqarib 
olishga  harakat  qilinadi.  Qo'lni  hayvonni  tug'ish  yo'llari  orqali  bachadonga 
kiritishning  iloji  bo'lsa,  unda homilaning oldingi oyoqlarini bilakuzuk bo'g'imi 
orqali  bukilib,  bachadonga  va  boshi  tos  bo'shlig'iga  itariladi.  Undan  so'ng 
homila oyoqlari hamda boshidan  ushlab ehtiyotlik bilan tortiladi va tashqari­
ga chiqariladi.
Qo'lni  bachadonga  kiritishning  iloji  bo'lmasa,  sim  ilmoq  imkoni  boricha 
tug'ish yo'llariga ko'proq kiritiladi va to'mtoq tomonini homilaning ko'z kosasiga 
ilishga  harakat  qilinadi.  Ko'z  kosasiga  ilmoqni  ilishni  osonlashtirish  uchun 
dastlab  homilaning  oldingi  oyoqlariga  arqon  sirtmoq  solib  mahkamlanadi, 
keyin  uning  oldinda  yotgan  oldingi  oyoqlarini  bachadonga  itarish  tavsiya 
etiladi.
Ilmoq  uzunligi  45— 50  sm  ga yaqin  bo'lgan  va  qalinligi  5  mm  keladigan 
ternir simlardan tayyorlanadi.
Cho'chqalarning  bachadoniga  qo'l  kiritishning  imkoni  bo'lgan  vaqtlarda 
homilaning boshidan ushlab olinib, uni tos bo'shlig'iga tortib chiqariladi. Keyin 
qo‘1 bilan  homilani  ushlab yoki  uning  ko'z kosasiga sim ilmoq ilib tashqariga 
tortib  olinadi.  Tug'ish  yo'li  tor  bo'lsa,  u  holda  qo'lni  ilmoq  bilan  birgalikda 
hayvon tug'ish yo'llariga imkoni boricha chuqurroq kiritib, ilmoqni homilaning 
ko'z  chuqurchasiga  yoki  qulog'iga  ilinadi  va  boshini  tos  bo'shlig'iga  tortib, 
homila tashqariga chiqariladi.
Homila  boshining  ko'kragiga  egilib  qolganligini  ichki  yo'l  bilan  aniqlash 
qiyin emas. Bunda homilaning oldingi oyoqlari tos bo'shlig'ida joylashganligi, 
boshi  esa  pastga  egilganligi,  peshonasi  yoki  ensasi  bilan  tosning  oldingi 
chekkasiga tiralib turganligi ma’lum bo'ladi (26-  rasm). Biya homilasi paypas­
lab  ko'rilganda,  yoli  borligi aniqlanadi.
Hayvonga  akusherlik  yordami  ko'rsatish  —  homilani  bachadon  bo'shli­
g'iga  itarish  va  boshini  to'g'rilab  qo'yishdan  iborat.  Tug'uruq  yengil  o'tgan 
hollarda homila tosi  oldingi chetining ostidan yuqoriga ko'tarib turgan  holda

2 6 - rasm.
  H om ila  boshi  ko'krak  tom onga  egilib 
qolganida  yo rdam   ko'rsatish:
A
 —  qo‘l  bilan; 
B
 va 
V
 —  akusherlik  sirlm oqlari 
yordam ida  ( S —   birinchi  bosqich —  boshini 
orq a g a  itarish, 
V
—   ikkinchi  bosqich  —  oldinga 
qarab  tortish).
uning tumshug'idan yoki burnidan mahkam ushlab bosh qismini bachadondan 
tug'ish  yo'llariga  chiqariladi.  Tug'ish  og'ir  o'tganida  ko'rsatkich  va  katta 
barmoqlar bilan  homilaning  ko‘z  kosasidan  mahkam  ushlab,  uning  boshini 
oldingi  oyoqlari  ustidan  yuqoriga  ko'tarilib,  homila  peshonasidan  orqa 
tomonga itarib, tumshug'i tug'ish yo'llariga chiqariladi.
Qo‘l  kuchini  ishlatish  mumkin  bo'lmagan,  ayniqsa  homila  o‘lik  bo'lgan 
hollarda arqondan  qilingan  sirtmoqlar,  ko‘z  (ikkita)  va  sharnirli  ilmoqlardan 
foydalaniladi.  Bunda  ilmoqning  o'tkir  uchi  ko‘z  teshigining  ichki  tomoniga 
qaratilishi shart. Arqonning ikkala uchidan tortish bachadon devorlarini jaro- 
hatlamasligi  uchun  qo‘l  nazorati ostida amalga oshiriladi.
Sharnirli  ilmoqqa  arqon  bog'lab,  yopiq  holda  uni  bachadonga  kiritiladi. 
Ilmoqni homilaning ko‘z chuqurchasiga kiritib, uning to'qimalariga chuqurroq 
kirguncha arqon tortiladi. U yopiq bo'lgani uchun ilmoq tortilayotganda arqon 
uzilib ketsa,  bachadon devoriga yoki tug'ish yo'llariga shikast yetkazmaydi.
Qo'y  va  echkini  orqasi  bilan  yerga  yotqizib,  gavdasining  orqa  qismi 
ko'tariladi.  Bachadoniga  zig'ir  urug'i  qaynatmasi,  yoki  o'simlik  moylaridan 
quyiladi. Qo'l bachadonga kiritilsa, homilani boshidan ushlab, tos bo'shlig'iga 
tortib  chiqaradi.  Qo'lni  bachadonga  kiritishning  imkoni  bo'lmasa,  uni  iloji 
boricha tug'ish yo'llariga kiritib, sim  ilmoqni homilaning  ko'z kosasiga ilintiri- 
ladi  va  barmoqlar  bilan  homila  boshi  orqaga  itariladi.  Bunda  ko'pincha 
homilaning  tumshug'i  tos  bo'shlig'iga  kirib  qoladi.  Keyin  homilaning  ko'z 
kosasiga  o'matilgan  ilmoq  bilan  va  homila  oyog'idan  ushlab  tashqariga 
tortiladi.
Cho'chqalarda  odatda  boshi  pastga  egilib  turgan  homila  o'Igan  bo'ladi. 
Agar akusher qo'lini bachadonga kirita olsa, u holda homilaning tumshug'idan

ushlab, boshini tug'ish yo'llariga 
ch iq a ra d i.  B ordi-yu   q o'lni 
bachadonga  kiritishning  iloji 
b o'lm a sa, 

holda 
sim 
ilm oq la rd a n   fo y d a la n ila d i. 
Bunda  ilm oq  hom ilani  ko ‘z 
kosasiga  yoki  eshitish  yo‘liga 
kiritiladi. So‘ngra homilani ilmoq 
yordamida bir oz yuqoriga surib, 
uning  boshi  tug'ish  yo'llariga 
chiqariladi.  Tosga  kiraverishda 
tiqilib  qolgan  homila  boshini 
c h iq a rib   olish  uchun  ilm oq 
yordamida  uni  yuqoriga  ko'ta- 
rish  kerak.
Homila  boshining  orqasiga 
qayrilib  qolishi  kamdan-kam 
uchraydi.  Hayvonni  ichki yo‘l bilan tekshirganda homilaning oldingi oyoqlari 
tug'uruq  yo'llarida  ekanligi  aniqlanadi,  qo'lni  yanada  ichkariroq  yuborilsa, 
dastlab homilaning ko'krakosti, bo'ynining pastki qismi (traxeya halqalarining 
mavjudligiga qarab), so'ngra esa yuqoriga qaragan pastki jag'i  paypaslanib 
bilinadi  (27- rasm).
Sigir va biyalarda akusherlik klyukasini homila ko'krak osti qismiga qo'yib, 
orqa  tomonga  itariladi.  Ayni  vaqtda  qo‘i  bilan  homilaning  pastki  jag'i  yoki 
tumshug'idan  ushlab,  boshini  u  yondan  bu  yonga  qimirlatiladi  va  homilani 
tug'uruq  yo'llariga  chiqarish  uchun  harakat  qilinadi.  Bu  maqsadni  amalga 
oshirish  uchun  kuch yetmasa,  sim  ilmoqlardan va arqon  sirtmoqlardan foy- 
dalanish  mumkin.
Homilaning boshini ehtiyotlik bilan bachadon bo'shlig'idan chiqarish lozim, 
aks holda bachadon va to'g'ri  ichak devorlarini teshib qo'yish xavfi tug'iladi.
Qo'y  va  echkilarda  tug'ish  yo'llariga  qo'lni  yetarli  darajada  kiritishning 
imkoni bo'lsa, homila ehtiyotlik bilan qaytadan bachadonga itariladi, natijada 
homilaning boshi normal holatga kelishi mumkin. Ba’zan homilani qo'l, sirtmoq 
va ilmoqlar yordamida tos bo'shlig'iga yo'naltiriladi. Qo'lni bachadonga yubo- 
rishning  iloji  bo'lmasa,  uni  hayvonning  tug'ish  yo'llariga  imkoni  boricha 
chuqurroq  yuborish,  ilmoqni  homilaning  ko'z  kosasiga  o'rnatishga  harakat 
qilinadi. Bunda homilaning oldingi oyoqlari orqali bachadon bo'shlig'iga itarib, 
ehtiyotlik bilan  ilmoqdan tortiladi.
Cho'chqalarda  homila  boshini  to'g'rilash  uchun  akusher qo'li  bachadon 
bo'shlig'iga  kiritilib,  homila  tumshug'idan  ushlaydi,  uni  bir tomonga  qayirib 
boshini  tos  bo'shlig'iga  chiqaradi.  Undan  so'ng  homila  tashqariga  tortiladi. 
Urg'ochi  cho'chqaning  tos  qismi  tor  bo'lib,  qo'lni  bachadonga  kiritishni  iloji 
bo'lmasa, sim ilmoqlardan foydalaniladi.  Ilmoqlar homilaning ko'z kosasi yoki 
eshitish yo'llariga kiritiladi, so'ngra homila qaytadan bachadonga itarilib, uning 
boshi ilmoqlar yordamida tug'ish yo'llariga tortiladi va tashqariga chiqariladi.

Homila bo‘ynining buralib qolishi.
Bunda  homilaning  oldingi  oyoqlari 
tug'uruq yo'llarida normal joylashgan 
bo'lib,  boshi  esa  ular  ostida  yoki 
ustldayotgan bo'ladi. Uning hiqildog'i 
orqa,  peshona va burun qismlari esa 
ona hayvon qorin devorlari tomoniga 
yo'n alg a n   bo'ladi.  H om ila  boshi 
buralganda 

Yüklə 24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə