Rivojlantirish instituti a. R. Jabborov, S. S. Sotiboldiyev veterinariya akusherligi, ginekologiyasi va sun



Yüklə 24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/40
tarix28.04.2017
ölçüsü24 Kb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40

b o 'y n in in g  
uchdan  bir 
qismi ham buraladi. Homilani bunday 
noto‘g‘ri joylashishi biyalarda ko'proq 
va  boshqa  tur  hayvonlarda  esa 
kamroq  uchraydi  (28- rasm).
Homila  bo'yining  buralib  qolishi 
tug'ish  paytida  sirtmoqni  noto‘g ‘ri 
qo'llash  natijasida  ham  ro‘y  berishi  mumkin.  0 ‘lgan  homilani  tashqariga 
chiqarish vaqtida homila boshi va bo'yni uning  bo'ylama o‘qi bo'ylab buralib 
qolishi  ko‘p uchraydi.
Yirik hayvonlar homilasini bachadon bo'shlig'iga itarib, qo‘lni boshi ostiga 
yuboriladi  va  barmoqlar  bilan  burun  yoki  peshona  qismidan  ushlab,  uni 
yuqoriga ko'tarib, tug'ish yo'llariga chiqarishga harakat qilinadi. 0 ‘lib qolgan 
homilalarda boshning bunday noto‘g‘ri holatini ko'pincha to‘g‘rilab bo'lmaydi 
va  uni  kesib chiqarishga  (fetotomiya qilishga) to‘g‘ri  keladi.
Q o'y-echkilarda  hom ila  boshini  xuddi  yirik   hayvonlarniki  singari 
to‘g‘rilanadi.  Buning  iloji  bo'lmasa,  u  holda  sim  ilmoqlari  qo'llaniladi.  Ular 
homilaning  ko‘z  kosasiga  yoki  eshitish  yo'llariga  ilintirilib,  homila  ehtiyotlik 
bilan tashqariga tortib olinadi.
H o m i l a n i n g   o l d i n g i   o y o q l a r i   n o t o ‘ g ‘ ri  j o y l a s h g a n d a  
y o r d a m   k o ' r s a t i s h .   Homila oldingi  oyog'ining  bir tomonlama noto‘g‘ri 
joylashganligi  ichki  yo‘l  bilan  tekshiriiadi.  Bunda  homila  oyog‘ining  yelka, 
kaftlari yoki tushov bo‘g‘imidan  bukilib qolganligi  aniqlanadi.  Homila oldingi 
oyoqlarining  ikki  tomonlama  noto'g'ri  joylashishi  tug'ish  yo'llarida  faqat 
homilaning  boshi joylashganligiga qarab aniqlanadi.
Yordam  ko'rsatishda  dastlab  tug'ish  yo'llariga  to'g'ri  bo'lgan  bosh  va 
oyoqlarga (bir tomonlama to'g'ri joylashganda) arqon sirtmoq solinib, so'ngra 
ular to'g'rilanadi.
H o m i l a   o y o q l a r i n i n g   y e l k a   b o  ' g ' i m I a r i d a n  b u k i l i b  
q o l i s h i .  Qoramollarda bukilib qolgan oyoqlarini yozib yuborish uchun homila 
orqaga  itariladi.  Bukilib qolgan oyoqlarining  kaft oldi  bo'g'imidan  ushlab oli- 
nib,  so'ngra uni  iloji  boricha yuqoriga ko'tarib turib tortib chiqariladi.
Qo'lni  homilaning  kaft  oldi  bo'g'imigacha  kiritishning  iloji  bo'lmasa, 
sirtmoqni bilakning pastki uchiga solishga harakat qilish kerak.  Undan keyin 
akusher qo'li bilan homila tanasini orqaga suradi. Akusherning yordamchisi 
esa arqon  bilan  homilaning oyoqlarini tortadi.
2 8 -ra sm .  H o m ila  bo'ynining  buralib  qolishi.

H o m i l a   o y o q l a r i n i n g   k a f t   o l d i   b o ‘ g ‘ i m l a r i d a n   b u k i l i b  
q o l i s h i .   Bunda  qo'lni  bachadonga  kiritib,  bukilgan  oyoqning  kaftidan 
ushlanadi  (tushov  bo‘g‘imiga  yaqin  joyidan),  oyoqning  tirsak  va  kaft  oldi 
bo‘g‘inlari  qattiq  bukiladi.  Bukilgan  kaft oldi  iloji  boricha yuqoriga  ko'tariladi 
va tushov bo'g‘imidan  oyoqlarni  bukilgan  holatga  keltiriladi  (29- rasm).  Ba’- 
zan bukilgan oyoqlarning kaft bo‘g‘imiga sirtmoq solib, to‘g‘rilab tortib olinadi.
H o m i l a   o y o q l a r i n i n g   t u s h o v   bo ‘ g ‘ i m I a r i d a n  b u k i l i b  
q o l i s h i .   Bunda  homila orqa tomonga  itarilib,  tuyog‘idan  qo‘l  bilan  ushlab 
olinadi.  So'ngra oyoqlarini ehtiyotlik bilan tug'uruq yoMIariga olib chiqariladi. 
Ikki  tomonlama  bukilgan  bitta  oyoqni  chiqarib  olgandan  keyin,  boshqasini 
to‘g‘rilashga kirishiladi.
Kavsh qaytaruvchi qo‘y va echkilarning bachadoniga qo‘1 kiritishning iloji 
bo'lsa  homila  bachadonga  itarilib,  oyoqlarini  xuddi  qora  mollarniki  singari 
to‘g‘rilash  mumkin.  Qo'lni  bachadonga  kiritishning  iloji  bo'lmasa,  oyoqlarini
29- rasm.
  H om ila  oyoqlarining  yelka,  bilak va tushov bo'g'im laridan  bukilib 
qolganligini  to'g'riiash:
1
  —  hom ila  oyog'ining  yelka  bo'g'im idan  bukilib,  tana  ostida  qayrilib qolishi; 
2
—   hom ila 
oyog'ining  bilak  bo'g'im idan  bukilib  qolganligini  to'g'riiash; 
3
—  homila  oyog'ining  tushov 
bo'g'im idan  bukilib  qolganini  to'g'riiash; 
4
 —   homila  oyoqlarini  tug'uruq  yo'llariga  chiqarish.

to 'm to q  
ilm o q la r 
yordam ida 
to'g'rilashga  harakat  qilinadi,  ilmoqni 
oyoq bo‘g‘imining bukilgan joyiga ichki 
tomondan o'tkaziladi.
Qo'lni bachadonga kiritish mumkin 
bo'lga n  
h o lla rd a  
ch o 'c h q a la r 
b a ch a d o n id a g i 
hom ila 
o ldingi 
oyoqlarining  noto‘g‘ri joylashganligini 
to'g'rilash  unchalik  qiyin  emas.  Agar 
qo‘lni  bachadonga  kiritishning  iloji 
bo'lmasa,  u  holda  uchi  to'mtoq  il- 
moqlardan  foydalanish  mumkin.  Bu 
ilmoqlar  bukilgan  kaft  oldi  bo'g'imlari 
orqasiga  o'tkaziladi  va  asta-sekin  tortish  yo'li  bilan  oyoqlarining  holati 
to'g'rilanadi.  Bundan  tashqari  homila qisqich  yordamida  ham  tortib  olinadi. 
Buning  uchun  barmoqlar  bilan  homilaning  oyoqlarini  bachadonga  itariladi 
va  u  ko'krak-yelka  bo'g'imlaridan  bukiladi.  Qisqich  tug'ish  yo'llariga  yopiq 
holda  kiritiladi.  So'ngra  uni  ochib,  uchlari  bilan  oldida  yotgan  homilaning 
boshidan mahkam ushlanadi va tashqariga tortib chiqariladi. Qisqichni kirgi- 
zayotganda homila bachadonga surilib  ketsa,  unda qisqich  uchlari  ochiladi 
va  dard  tutish  hamda  kuchaniq  boshlanishi  poylab  turiladi.  Dard  tutish  va 
kuchaniq  ta’sirida  homilaning  boshi  qisqich  bilan  operatsiya  o'tkazilganda, 
kornsang  asbobidan foydalanish  mumkin.
H o m i l a   o y o q l a r i n i n g   e n s a   s u y a g i   u s t i d a   j o y l a s h i s h i  
(30- rasm). Homilaning har ikki oldingi oyoqlari tosga kirib, homila boshi ustiga 
joylashadi, tushov bo'g'imlari esa bo'yin orqasiga o'tib turgan bo'ladi. Bu hol 
ko'pincha biyalarda uchrab, kuchli dard tutish paytlarida, qinning yuqori devori 
va hatto to'g'ri  ichakning  pastki  devorlarini teshib yuborishi  mumkin.
Hayvonni ichki yo'llar bilan tekshirganda, tug'ish yo'llarida bitta yoki ikkita 
oldingi  oyoqlari  homilaning  bo'yni  orqasida  joylashganligi  aniqlanadi. 
Homilaning  bitta  oyog'i  bo'yni  orqasiga  joylashib  qolganda,  arqon  sirtmoq 
oyoqning  tushov  bo'g'imiga  solinadi.  Shu  bilan  bir  vaqtda  qarama-qarshi 
oyoq  bo'g'imidan  itarib,  uni  biroz  pastlatib  yotiqroq  yo'nalishda  tashqariga 
chiqariladi.  Homilaning  har  ikki  oyog'i  bo'ynining  orqasiga  o'tganda,  bitta 
oyog'ini  tashqariga qarab shunday tortish  kerakki,  bunda ikkinchi  oyoqning 
tuyog'i qinning yuqorigi devoriga tiralmasin.
Kuchli dard tutganda biya homila a’zolarining noto'g'ri joylashishi ko'pincha 
qin va to'g'ri ichak devorlarini jarohatlashi mumkin. Bunday hollarda akusher 
homila oldingi  oyoqlarini  to'g'ri  ichak yo'nalishida chiqarib,  qaytadan  qinga 
kiritishi  va  shundan  keyingina  uni  bachadondan  tashqariga  chiqarib  olishi 
kerak.  Bu  urinish  muvaffaqiyatli  chiqmasa,  chot  orasi  kesiladi  va  homila 
tashqariga chiqariladi,  so'ngra operatsiya maydoni tikiladi.
O r q a   o y o q l a r i   n o t o ' g ' r i   j o y l a s h g a n d a   y o r d a m  
k o '  r s a t i  sh.

Homila  oyoqlarining  bir  tomonlama  noto‘g‘ri  joylashganligini  aniqlash 
tug'ish  yo'llarida  tekshirishlar  o'tkazish  tufayli  bilinadi.  Ichki  tekshirish 
o'tkazganda tos suyagi bilan son suyagi tutashgan joy, ya’ni sakrash bo‘g‘imi 
bukilib  qolganligi  aniqlanadi.  Homilaning  ikki  oyog'i  ham  noto‘g‘ri  joylash­
ganligini  aniqlash  uchun  dum,  orqa  chiqaruv  yo‘li,  jinsiy  a’zolar,  qo'ymich 
do'ngliklari  paypaslanib  ko'riladi.
Tos — son bo‘g‘imining bukilib qolishi. Homila tuyog'ini qo‘l bilan ushlash 
iloji  bo'lsa,  dastlab  hamma  bo‘g‘imlari  qattiq  bukiladi,  so'ng  esa  bukilgan 
bo‘g‘imlarni yozib yuborib, oyoqni tos bo'shlig'iga chiqariladi. Homila tuyog'ini 
qo‘l bilan ushlashning iloji bo‘lmasa, sakrash bo‘g‘imidan ushlab, biroz ko'ta- 
riladi.  Bu  vaqtda  homilani  orqaga  itarish  kerak.  Bunday  yordam  ko'rsatish 
orqali  noto‘g‘ri joylashgan  oyoq  bo‘g‘imlarini to‘g‘rilashga erishiladi.
Hayvonning  qorni  osilganda,  qo‘l  bilan  hom ila  oyoqlarini  sakrash 
bo'g'imidan ushlashning iloji bo'lmaydi. Bunday paytda, tug'ayotgan hayvonni 
orqasi bilan yotqizib, tanasining orqa qismini pastroq joylashtiriladi, qo‘l bilan 
sakrash  bo'g'imidan  ushlab,  oyoqlar to‘g‘rilanadi.
Homilaning noto‘g‘ri joylashgan oyoqlarini to‘g‘rilab bo‘lmasa yoki homila 
tosga  haydalsa  va  u  yerda  qisilib  qolsa  uni  orqaga  itarib  yuborishning  iloji 
bo'lmasa,  oyoqlarini  to'g'rilamasdan  tashqariga  chiqarib  olishga  harakat 
qilinadi.  Uning uchun homilaning orqa oyog'i tos suyagining son suyagi bilan 
arqondan,  ikkinchisi  bilan  esa  dumidan  tortib,  tashqariga  chiqariladi. 
Homilaning  orqa  oyoqlari  tos  suyagining  son  suyagi  bilan  tutashgan 
bo'g'imidan ikki tomonlama bukilib qolganda, ularga arqon o'tkaziladi. Buning 
uchun ikkita arqon olinadi va ularning har birini sirtmoq o'tkazgich yordamida 
homilaning son va tos suyaklari orasidan o'tkaziladi. So'ngra arqonning tash­
qariga chiqqan  uchlarini  bir-biriga qo'shib juftlab burab tortib olinadi.
Homila  oyoqlarining  sakrash  bo'g'imidan  bukilib  qolishi  (31-rasm ). 
Qoramollarda oyoqlarning noto'g'ri joylashishini to'g'rilash uchun homila orqaga 
itarib yuboriladi. Ayni vaqtda qo'l bilan oyoq kaftini o'rta qismidan shunday ushlab 
olinadiki, bunda katta barmoq uning yuqori yuzasida, qolgan to'rtta barmoq esa 
oldingi  yuzasida  joylashadi  va  orqaga  qattiq  tortiladi.  Mana  shu  yo'l  bilan 
oyoqlarning hamma bo'g'imlari bukiladi, so'ng qo'l-oyoq kaft suyagi bo'ylab asta- 
sekin  tushov  bo'g'imiga  qadar  pastga  tushiriladi  va  u  egiladi  hamda  oyoqlar 
tug'ish yo'llariga olib chiqiladi.  Bu ishni bajarayotganda bachadon devoriga za- 
rar yetkazib qo'ymaslik uchun qo'l bachadon bilan tuyoq o'rtasida turishi lozim.
Akusher  arqon  sirtmoqni  tushov  bo'g'imi  yaqinidagi  oyoq  kaftiga  solib, 
tortadi. Bunda homilaning noto'g'ri joylashgan a’zolarini to'g'rilash birmuncha 
yengillashadi. Arqon yuqoriga tortilganda oyoqlar tushov bo'g'imidan  kuchli 
bukiladi.  Homila  oyoqlarini  tug'ish  yo'llariga olib  chiqilayotganda tuyoqlarni 
kaft bilan  ushlab olish  kerak.
Noto'g'ri joylashgan  homila oyoqlarining tuyog'ini  qo'l  bilan  ushlashning 
iloji  bo'lmasa,  arqon  sirtmoqni  sakrash  bo'g'imiga  solish,  bukilgan  oyoqni 
shu  arqon  bilan tortish  tavsiya etiladi.
Homila o'Igan bo'lsa, uni chiqarib olishni yengillashtirish uchun homilaning 
orqa  chiqaruv  yo'liga  32- rasmda  ko'rsatilgan  ilmoqdan  foydalaniladi.  Bu

3 1 - rasm.
  Hom ila  oyoqlarining  sakrash 
bo'g'im idan  bukilib qolishi  va  uni to'g'rilash 
tartibi:
1
  —  hom ilani  itarish; 
2
—  oyoq  bo'g'inlarining 
bukilishi; 
3
—  oyoqlarni  tug'ish  yo'llariga 
to'g'rilash.
ilmoqning  uzunligi 50—70 sm, yo'g'onligi  1,5 sm gacha bo'ladi.  Homila tosi 
bilan  oldinda  joylashsa,  oraga  suqulib  kirib  qolsa,  ilmoqdan  foydalanish 
tavsiya etiladl. Bunda orqa chiqaruv yo'liga ishlatiladigan ilmoq to‘g‘ri ichakka 
kiritiladi  va  u  orqaga  tortiladi.  Bunda  qoshiqsimon  suyaklaming  bitish 
chekkasidan  ilintirib olinadi.
Qo‘y  va  echkida  homila  oyoqlarining  noto'g'ri  joylashishi  hayvonning  tosi 
yetarli  darajada  keng  bo'lsa,  u  vaqtda  homilaning  bachadon  bo‘shlig‘iga  qo‘l 
bilan itarib yuboriladi. Bunda homila oyoqlarining qo‘l bilan  ushlash va ularning 
bachadondan tashqariga olib chiqish usuli xuddi yuqorida bayon qilingan qora- 
mollarniki singari amalga oshiriladi. Qo'lni bachadonga kiritishning iloji bo'lmasa 
va biroyog'i noto'g'ri joylashsa, oldinda to'g'ri joylashgan ikkinchi oyoqdan tortiladi. 
Odatda  bunday tortib chiqarish  muvaffaqiyatli  bo'ladi.  Sakrash  bo'g'imlari  ikki 
tomonlama bukilib qolganda ham to'g'rilamasdan homilani tortib olishga urinib 
ko'rish mumkin. Chunki bu tur hayvonlarda dumg'aza suyagi yaxshi rivojlangan. 
Shu  maqsadda  ingichka  arqon  sirtmoq  yoki  ilmoqlar  sakrash  bo'g'imidan 
birmuncha  yuqoriroqqa  solinadi.  Homila  o'Iib  qolgan  bo'lsa,  u  holda  ilmoq 
homilaning  orqa  chiqaruv  yo'liga  kiritilib,  uni  qoshiqsimon  suyak  chekkasiga 
o'rnashtiriladi va homila tashqariga tortib olinadi.
Cho'chqalarda qo'lni bachadonga kiritishning  iloji bo'lsa,  homila oyoqlari 
tug'ish yo'llarida to'g'rilanadi va tashqariga tortiladi.  Aks  holda  uchi to'mtoq 
ilmoqdan foydalanib,  bu  ilmoq yordamida homila tashqariga tortib olinadi.
Homila  a’zolari  noto'g'ri  joylashganda,  uni  to'g'rilashning  iloji  bo'lmasa 
fetotomiya usuli qo'llanadi.

32- rasm.
  Hom ilaning  pastki  holati:
1
  —  boshi  bilan;  2 —  tosi  bilan  tug'ish  yo'llariga  kelgan  homila.
Homilaning  pastki  holatini  to‘g‘rilash  (32-rasm).  Qoramollarda  bunday 
holat  hom ilani  o ‘z  o‘qi  atrofida  180°  yoniga  qarab  90°  ga  aylantirib 
to‘g‘rilashdan iborat bo'ladi.  Buning dastlab homilaning old tomonda bo'lgan 
qismiga arqon solinadi. So'ngra homilani orqa tomonga itarib,  kaft bilan o‘ng 
yelkasidan  (bosh  tomoni  bilan  kelganda)  yoki  sonidan  (orqa  tomoni  bilan 
kelganda)  bosib,  uni  yuqori  holatga  olkaziladi.  Homilaning  pastki  holatini 
to‘g‘rilashda,  akusherning  ishini  yengillashtirish  uchun,  homilani  tug'ish 
yo'llarida  bo'lmagan  oyog'iga  arqon  bog'lanadi.  Ular  orasiga  tayoqcha 
kiritiladi.  Tayoq  homilani  o‘z  o‘qi  atrofida  aylantirish  uchun  ichak  xizmatini 
bajaradi.  Shu yo‘l  bilan  homila pozitsiyasi to'g'rilanadi.
Bordi-yu  homilaning  noto‘g‘ri  pozitsiyasi  bilan  oyoqlari  yoki  boshi  ham 
noto‘g‘ri joylashsa, dastlabki a’zolarini to‘g‘ralib, keyin aylantirishga va tug'ish 
yo'llaridan  chiqarib olishga kirishish zarur.
Qo'y  va  echkilarda  noto'g'ri  pozitsiyada  homila  odatda  tanasining  oldingi 
tomonida joylashgan qismlaridan tortib olinadi. Ba’zan homilani to‘g‘ri pozitsiyaga 
keltirish maqsadida uni o‘z o'qi atrofida 170° ga aylantirishga to‘g‘ri keladi. Buning 
uchun  hayvon  tanasini  orqa  qismini  bir  oz  ko'tarib,  yonboshi  bilan  yerga 
yotqizishdan, bachadon bo'shlig‘iga ko‘p sovunli issiq suv yoki shilimshiqsimon 
qaynatmalar yuboriladi. So'ngra homila oyoqlaridan ushlab aylantiriladi, urg‘ochi 
hayvonlar  esa  yana  bir  yonidan  ikkinchisiga  ag'dariladi.  Bu  bir  necha  marta 
takrorlanganda homila yuqori  holatga o‘tadi,  keyin tanasining oldingi tomonida 
joylashgan qismlaridan tortib, tashqariga chiqariladi.
Cho'chqalarda homilaning  boshi tos bo‘shlig‘iga  kirib qolganida,  uni qo‘l 
yoki  qisqich  yordamida  ushlab  yuqori  pozitsiyaga  olkaziladi.  Agar  homila 
tosning  ichiga  kirish  qismida  bo'lsa,  qo'lni  bachadonga  yuborib,  bachadon 
bo‘shlig‘idagi holatni to‘g‘rilash uncha qiyin emas. Aks holda homilaning ko‘z 
kosasiga yoki tos suyagiga  ilmoq  solinib,  uni tashqariga tortib olinadi.
H o m i l a n i n g   y o n l a m a   h o l a t i n i   t o ‘ g ‘ ri la s h . Homila bevosita 
qo‘l  bilan  yuqori  holatiga  olkaziladi.  Homilani  yonlama  holatini  to'g'rilash

uchun tug'ish yo'llaridan chiqib turgan 
homila  ikkala  oyog'idan  ushlanadi.
Bunda  qo'lning  kuchi  yetmay  qolsa, 
arqon  sirtmoq  solinadi,  ular  orasiga 
tayoqcha  kiritiladi  va  homila  chig'iriq 
sifat aylantiriladi. Homilaning yonlama 
holatini  uning  har bir oyog'iga alohida 
arqon  sirtmoq  solib  to'g'rilash  harn 
mumkin.  Yuqorida  joylashgan  faqat 
bitta oyoqqa solingan arqondan tortish 
orqali  ham  homilaning  holatini  to'g'ri- 
lash  mumkin.
Akusher  hayvonni  orqasi  bilan 
yotqizib  qo‘yishi  kerak,  chunki  bu 
yonlama  holatni  to ‘g‘rilashni  ancha 
yengillashtiradi.
H o m i l a n i n g   n o t o ‘ g ‘ ri  j o y  I a s  h i s h i.  Homilaning  bo'ylama o'qi 
bachadon  bo‘shlig‘ida  uning  bo'ylama  o'qiga  parallel  bo'lmasa,  bunday 
homilaning  joylashishi 
noto'g'ri
 deyiladi.  Bu  kasallik  barcha  hayvonlarda 
uchraydi. Bu esa tug'ishni og'irlashtiradi, homila nobud bo‘lishiga olib keladi, 
hayvonlarga jiddiy shikast yetkazadi.
Homilaning noto'g'ri joylashishi ko'ndalang va vertikal bo'ladi.  Har ikkala 
holda  ham  homilani  ko'ndalang  o'qi  urg'ochi  hayvon  tanasining  uzunasiga 
yotgan  o'qiga  taxminan  perpendikulyar,  lekin  birinchi  holda  gorizontal, 
ikkinchisida esa vertikal yuzada joylashadi.
H o m i l a n i n g   q o r n i   b i l a n   o l d i n g i   t o m o n i g a   k o ' n d a l a n g  
j o y l a s h i s h i .   Bunday  joylashishda  homila  ko'ndalangiga  yotadi,  uning 
to'rtta  oyoqlari  tug'ish  yo'llariga  kirib  oladi.  Homilaning  bunday  joylashishi 
ko'pincha  biyalarda  va  kamroq  boshqa  tur  hayvonlarda  uchraydi.  Bunday 
noto'g'ri joylashishni ichki yo'l bilan tekshirganda tashqariga yo'nalgan homi­
laning to'rtta oyog'ini va o'zini qorin devoridan  paypaslab aniqlash  mumkin. 
Bunda ko'pincha homila boshi qo'lga tegmaydi, chunki u orqaga qaytarilgan 
va bachadon  bo'shlig'ining  ichkarisiga joylashgan  bo'ladi.
Qoramollarda  ko'ndalang joylashgan  homilani  to'g'rilash  uchun  dastlab 
orqa  oyoqlariga  arqon  sirtmoq  solinishi  lozim.  So'ngra  homila  tanasining 
oldingi qismini klyuka bilan yoki faqat qo'l bilan itarib turib, arqondan tortiladi 
va  tashqariga  chiqarib  olinadi.  Agar  homilaning  orqa  oyoqlarini  ushlab 
bo'lmasa,  u  holda oldingi  oyoqlaridan  ushlanadi  va tortiladi.  Bunda albatta, 
homilaning  boshi  noto'g'ri  joylashgan  bo'lsa,  oldin  uni  to'g'rilash  zarur. 
Homilaning  oldingi  qismini  bachadondan  tortib  chiqarayotganda,  uning 
qarama-qarshi qismini orqaga,  bachadon  bo'shlig'iga  itarish  kerak.
Ko'ndalang  joylashgan  homilani  to'g'rilashda  orqa  yoki  oldingi  oyoqlari 
juftini to'g'ri tanlab olinishiga  katta e’tibor berish  kerak.
Ko'pincha homilaning bunday holati biyalarda bachadon bukilib qolishidan 
vujudga  keladi.  Bachadon  bukilib  qolganda  biyaning  tug'ish  yo'llarida
3 3 -  rasm .  Arqonlarni  har  xil  tortib 
hom ilaning  yollanm a  holatini 
to'g'rilash.

homilaning  biror  qismini  ham  paypaslab  bo'lmaydi.  Homilani  faqat  yon 
tomonlaridan qin va bachadon devorlari orqali, homila boshini bir tomondan, 
oyoqlarini esa  ikkinchi  tomondan  aniqlash  mumkin.  Bunda boshi va oldingi 
oyoqlari  bachadonning  bir shoxida,  orqa oyoqlari  esa ikkinchi shoxida,  shu 
bilan  birga  bachadon  shoxlari  orqaga  egilgan  bo'ladi.  Bachadon  bukilib 
qolganda,  biya  gavdasining  orqa  qismi  bir  oz  balandroq  ko'tarilib,  orqasi 
bilan  yerga  yotqiziladi.  So'ngra  homila  tanasi  atrofidan  zanjirsimon  arra 
o'tkazilib,  kesib olinishi  kerak.
Kavsh qaytaruvchi qo‘y va echkilarda homilaning bunday holatini to‘g‘rilash 
uchun arqon sirtmoq homilaning orqa oyoqlariga solinadi. Qo'lni bachadonga 
kiritish  mumkin  bo'lsa,  oldin  homilani  orqa  oyoqlaridan  ko'tarib,  oldingi 
oyoqlarini bachadon bo‘shlig‘i tomon itariladi. So'ngra arqondan tortib, homila 
tashqariga chiqarib olinadi. Homila oldingi qismini bachadon bo‘shlig‘iga itarib 
kiritishning  imkoniyati  bo'lmaganda,  homilaning  oldingi  oyoqlari  kesib 
tashlanadi va orqa qismidan  tortib tashqariga chiqariladi.
Cho‘chqalarda  qo'lni  tug‘ish  yo'llariga  kiritish  bilan  noto‘g‘ri  joylashgan 
homilani  to‘g‘rilash  oson.  Buning  uchun  homilaning  old  qismini  itarib,  orqa 
oyoqlari ushlanadi va tashqariga tortib chiqariladi. Hayvonning tug‘ish yo'llari 
tor bo'lsa, homilaning qorin bo'shlig'i sim ilmoq bilan ochilib, ichidagi a’zolari 
tashqariga chiqariladi,  keyin  homilaning tosiga  ilmoq solinib, tortib olinadi.
Go‘shtxo‘r  hayvonlarning  bunday  kasalligida  homilani  ilmoq  yordamida 
tashqariga chiqarib olish  mumkin  .
H o m i l a n i n g   b e l i   b i l a n   o l d i n g i   t o m o n g a   k o ' n d a l a n g i -  
g a   j o y l a s h i s h i   (34- rasm).  Bunday homilaning orqasi tug'ish  yo'llariga 
qarab va  urg'ochi  hayvon  gavdasiga  ko'ndalang  holda  bo'ladi.  Homilaning 
barcha oyoqlari va boshi  bachadonning  bitta shoxida,  ya’ni oldingi  oyoqlari 
hamda boshi  bir shoxida,  orqa oyoqlari esa ikkinchi shoxida joylashadi.
Homila  beli  bilan  oldingi  tomonga  ko'ndalang  joylashish  holati  uy 
hayvonlarida juda  ham  kamdan-kam  uchraydi.  Ichki  yo'l  bilan  tekshirishda
3 4 -  rasm.  H om ilaning  ko'ndalang joylashish  holati:
1  —  qorin  tomoni  bilan;  —  orqa  tomoni  bilan  tug'ish  yo'llariga  kelgan  homila.

odatda yirtilgan  homila pardalari  paypaslanadi.  Qo‘l tos  bo‘shlig‘iga chiqish 
oldidan  homilani joylashish  holatiga  qarab,  homilaning  yag'rini,  yollari  yoki 
orqa  umurtqalarining  qirralari  va  yonboshining  yuqori  qismi  paypaslanadi. 
Hayvonni  sinchiklab  tekshirish  natijasidagina  homilani  orqasi  bilan  oldingi 
tomon  joylashganligiga  ishonch  hosil  qilish  mumkin.  Bunday  hayvonlarga 
yordam ko'rsatish quyidagilardan iborat. Sigirlarga o'tkir uchli ilmoq dumg'aza 
suyagining  pastrog'idagi  muskullariga  sanchilib,  homilaning  oldingi  qismi 
itariladi, uning orqa qismi tashqariga tomon tortiladi va homila oyoqlari tug'ish 
yo'llariga chiqariladi,  so‘ng tortib olinadi.
Agar homilaning old qismi orqaga  nisbatan  tashqariga yaqin joylashgan 
bo‘lsa, u holda ilmoq homilaning ensa bog'lag'ichiga yoki bo‘yin muskullariga 
sanchiladi.  Keyin  bir  muddatga  homila  orqa  qismini  itarib,  oldingi  qismini 
tortib olishga harakat qilinadi. Bu amalga oshirilsa, u holda homilaning oldingi 
oyoqlari va boshi  bachadondan  tashqariga tortib olinadi.
Homilaning  bunday  joylashishini  to ‘g ‘rilash  qiyin.  Bunday  vaqtda 
fetotomiya  qilinadi.  Bu,  juda  katta  chidamni  va  birmuncha  kuch  sarflashni 
talab etadi.  Homila qorin devori kesigidan  uning ichidagi a’zolari chiqariladi, 
so'ngra uning  umurtqa pog'onasi zanjirsimon  arra yoki zanjirsimon  fetotom 
bilan arralanib,  homila bo'laklarga ajratilib, tashqariga tortib olinadi.
Qo‘y va echkilarning tosi keng  bo‘lsa, qo‘lni bachadonga kiritib,  bu yerda 
homilaning  orqa  yoki  oldingi  oyoqlaridan  ushlab  olinadi.  Keyin  akusher 
yordamchilari hayvonning orqa oyog‘idan  ko'taribturadi.  Bu bilan bachadon 
bo'shlig'ini  kengaytirishga  erishiladi.  Homila  oyoqlari  tug'ish  yo'llariga 
chiqarilgandan so‘ng  uni tashqariga tortib olish  qiyin  emas.
Hayvonning  tug'ish  yo'llari  tor  bo'lganda  yordam  ko'rsatish  ancha  qiyin. 
Bunday  hollarda  faqat  ilmoqlardan  foydalanish  mumkin.  Agar  homila 
gavdasining  oldingi  qismi  orqa qismiga  nisbatan  tashqariga chiqishga yaqin 
joylashgan bo'lsa, o'tkir uchli ilmoqni homilaning ensa bog‘lag‘ichiga yoki bo'yin 
muskullariga  solinadi.  So'ngra  homila  tanasining  oldingi  qismidan  tortishga 
harakat  qilinadi.  Homila  tanasining  orqa  qismi  oldingi  qismiga  nisbatan 
bachadondan chiqishga yaqin joylashgan hollarda o'tkir uchli ilmoqni dumg'aza 
suyagining pastidagi muskullarga sanchiladi. Homila tanasini oldingi yoki orqa 
qismidan tortayotganda  hayvonning  orqa  oyoqlaridan  bir oz  ko'tarish  kerak. 
Bu operatsiya cho'chqalarda ham xuddi shunday olib boriladi.
Go'shtxo'r hayvonlarda homilani ilmoq bilan chiqarib olishga harakat qilish 
kerak. Buni amalga oshirib bo'lmasa, vaqtni boy bermay, darhol hayvonning 
qorni yorilib  (Kesarevo  usuli), homilasi olinadi.
Homilaning orqasi  bilan oldinga tomon  tik joylashishi  (35-  rasm).  Bunda 
homila orqasi bilan tashqariga tomon o'rnashgan bo'lib, uning boshi va oldingi 
oyoqlari yuqoriga qarab turadi.
Bunday holat biyada, sigirda, qo'y va echkilarda kam uchraydi, cho'chqa 
va go'shtxo'r hayvonlarda mutlaqo  uchramaydi.
Bunday  holatni  aniqlash  anchagina  qiyin.  Faqat  sinchiklab  tekshirgan- 
dagina, homilaning bo'yin qismini, yag'rinini, pastroqda ba’zan uning orqasini 
paypaslab bilish  mumkin.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə