Rivojlantirish instituti a. R. Jabborov, S. S. Sotiboldiyev veterinariya akusherligi, ginekologiyasi va sun


H om ilaning  bachadonda  tik joylashishi



Yüklə 24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/40
tarix28.04.2017
ölçüsü24 Kb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40

  H om ilaning  bachadonda  tik joylashishi: 
a —  orqasi  bilan; 
b
 
—  qorin  tomoni  bilan.
Qoramollarda  bunday  holatni  to‘g‘rilash  uchun  uning  boshini  va  oldingi 
oyoqlarinitashqarigatortish kerak. Buning uchun homilaning boshigasirtmoq 
yoki  ensa  bog'lag'ichi  ostiga  o'tkir  uchli  ilmoqni  sanchib,  homila tanasining 
oldingi qismi tortib olinadi. Boshi va oldingi oyoqlari keragicha to'g'rilangandan 
keyin  homila osonlik bilan  chiqarib olinadi.
Homilaning boshi va bo‘yni bachadonning ichkarisida joylashganligi tufayli 
uning  boshiga  sirtmoq  solishning  yoki  orqa  bog'lag'ichiga  o'tkir uchli  ilmoq 
sanchishning  imkoniyati  bo‘lmaydi.  Bunday  hollarda  fetotomiya  usulidan 
foydalanish  kerak.
Qo‘y  va  echkilarning  tosi  keng  bo'lsa,  qo‘1  bachadonga  kiritiladi  va 
homilaning oldingi oyoqlaridan ushlab tug'ish yo‘llariga kiritiladi. Bunda homila 
boshini  ham  olib  chiqish  lozim,  bu  qiyin  emas.  Shundan  keyin  homila 
tashqariga tortib chiqariladi.
Qo'lni bachadonga kiritishning iloji bo'lmasa, o‘tkir uchli ilmoqni homilaning 
bo'yin  muskullariga  hamda  ensa  bog‘lag‘ichining  ostiga  solinadi  va  xuddi 
yuqorida aytib o'tilganidek,  homila tashqariga tortib olinadi.
Ba’zan  homila tanasining oldingi qismi tashqariga yaqin joylashmasdan, 
balki  orqa  qismi  yaqin  joylashgan  bo'ladi.  Bunday  hollarda  orqa  oyoqlari 
tug'ish yo'llariga olib chiqiladi.  So'ngra oyoqlaridan tortib, homila tashqariga 
chiqariladi.
H o m i l a n i n g   q o r n i   b i l a n   o l d i n g a   t o m o n   t i k   j o y l a s h i ­
shi .  Homilaning bunday joylashishi o'tirgan itni eslatadi. Shuning uchun ham 
buni 
it  o'tirish
  deyiladi.  Bunda  homilaning  boshi  yuqoriga,  ona  hayvonning 
umurtqa pog'onasiga, tanasining orqa qismi ona qornining  pastki devoriga, 
qorni  esa  bachadondan  tashqariga,  tug'ish  yo'llari  tomon  qaragan  bo'ladi. 
Homilaning  bunday  joylashishi  biyalarda  ko'proq,  sigir,  qo'y  va  echkilarda 
kamroq  uchraydi.  Bunday  holatni  qiynalmasdan  aniqlash  mumkin.  Hayvon 
tekshirilganda,  homilaning  oldingi  oyoqlari va boshi tos bo'shlig'ida ekanligi 
aniqlanadi.  Sigir,  echki  va  qo'ylarda  homilaning  orqa  oyoqlari,  odatda,  tos 
bo'shlig'iga kirish oldida joylashgan bo'ladi. Ayrim hollarda homilaning oldingi 
tomondagi  barcha  a’zolari  tosning  kirish  qismida joylashganligi  aniqlanadi.

Bunday holatni to‘g‘rilash  uchun oldingi oyoqlari va boshiga sirtmoq solinadi 
hamda  ular  tortib  olinadi.  Ayni  vaqtda  homilaning  orqa  oyoqlarini  orqa  to- 
mon  bachadon  bo‘shlig‘iga  itarib yuborish  kerak.
Homilaning  oldingi  tomonda  joylashgan  a’zolari  tos  bo'shlig'iga  kirish 
oldida  o'rnashgan  bo'lsa,  unda  sirtmoq  orqa  oyoqlariga  solinadi.  Shu  bilan 
bir vaqtda tanasining oldingi qismidan itarib turib,  homilani dastlab tosi bilan 
oldingi  holatga  o'tkazib  chiqarib  olinadi.  Bu  operatsiyani  bajarib  bo'lmasa, 
fetotomiyadan foydalaniladi.
Egizaklar. 
Bitta  tug'adigan  hayvonlar  egizakli  bo‘g‘oz  bo'lgan  ko'pgina 
hollarda  bitta  homila  boshi  bilan,  ikkinchisi  esa  tosi  bilan  oldinga  qarab 
joylashadi. Birinchisi tug'ilganidan keyin 1—2 soat o'tgach, ikkinchisi tug'iladi. 
Ba’zan  ikkinchisi  bachadon  bo'shlig'ida  bir  kecha-kunduz  va  hatto  undan 
ham  ortiq  ushlanib  qolishi  mumkin.  Shunisi  qiziqki,  birinchisi  tug'ilgandan 
keyin  ona  hayvon  unga  beparvolik  bilan  munosabatda  bo'ladi.  Ikkinchisi 
tug'ilishi oldidan yana qayta kuchli kuchaniq va dard tutish paydo bo'ladi.  Bu 
vaqtda  hayvon  juda  ham  bezovtalanadi  va  sanchiq  tutadi.  Bunda  urg'ochi 
hayvonning  bachadoni  tekshiriladi  va  homila  borligi  aniqlansa,  hayvonga 
akusherlik yordami  ko'rsatiladi.  Ko'pincha  ikkala  homila  bir vaqtning  o'zida 
tug'ish  yo'llariga  baravar  kelib  qolishi  (36- rasm)  yoki  tosga  kiraverishda 
yonma-yon joylashishi  kuzatiladi.
B irin ch i  p ato lo giya   odatda  sig ir,  q o ‘y  va  e c h k ila rd a   u chrayd i. 
Cho'chqalarda va go‘shtxo‘r hayvonlarda esa  kam  kuzatiladi.  Cho'chqa va 
go‘shxo‘r hayvonlarda ikkala homila tosga kirishda joylashgan bo'lsa, kuchsiz 
dard tutish kuzatiladi. Kuchsiz dardda homilaning tashqariga chiqishi to'xtab 
qoladi.  Bunday holda akusherlik yordami ko'rsatilmasa, tug'ish tugallanmay 
qolishi  mumkin.
Ikkala homila bir vaqtning o'zida tug'ish yo'llariga kirib qolsa, hayvon ichki 
yo'l  bilan tekshiriladi.  Bunda homila 4 ta oyoqlari  (2 ta oldingi va 2 ta orqa), 
biri boshi hamda ikkinchisi orqa tomoni — dumi bilan kelayotganini aniqlash 
mumkin. Boshqa a’zolarning joylashishini ham sinchiklab tekshirish va ularni
3 6 - rasm.  Egizak  hom ilalarning  yonm a-yon joylashishi: 
a —   ularni  bir vaqtning  o'zida tug'ish  yo'llariga  kirib  kelishi;  b —  ostki  hom ilaning  boshi 
ko'krak  tom on  bukilgan  bo'lishi.

qaysi homilaga tegishli ekanligini aniqlash kerak.  Bunda turli rangdagi arqon 
bog'lash va uchini  har bir homila  uchun  bir xilda tutish tavsiya yetiladi.
Sigir va  biyalarga  yordam  ko'rsatayotgan  homilaning  tashqari tomonga 
yaqin joylashgan  oyoqlariga arqon  sirtmoq  solinadi va  uni tashqariga tortib 
olinadi.  Shu  bilan  birga  qo'l  va  akusher  klyukasi  bilan  ikkinchi  homila 
bachadon bo‘shlig‘iga itariladi.  Ikkala homila tos bo‘shlig‘iga kirib qolsa, ular 
bir-birining  ustiga  yotadi.  Bunday  hollarda  pastda  yotgan  homilani  bacha- 
donga surib turib,  yuqorida yotgan  homila tashqariga tortib olinishi  kerak.
Homilaning  noto'g'ri  holati yoki a’zolarining  noto‘g‘ri joylashishi,  agar joy 
bo‘lsa,  ilgari  aytib  o‘tilgan  usullarda to‘g‘rilanadi.  Oddiy egizaklarda  har  bir 
homila normal kattalikdan kichikroq bo'ladi, shuning uchun homilaning qisman 
noto'g'ri holati va a’zolarining noto'g'ri joylashishi tug'ruqqa halaqit bermaydi.
Cho'chqalarda  ikkala  homila  tug'ruq  yo'llariga  kirib  qolganida,  ulardan 
bittasiga sirtmoq yoki ko'z kosasiga ilmoq solinadi. Ikkinchi homila bachadon 
bo'shlig'iga itarilib,  birinchisi tashqariga chiqarib olinadi. Agar ikkala  homila 
ham tosga kirish oldida joylashgan bo'lsa, bachadonga qo'l kiradigan paytda 
bitta  homilani  itarib  turib,  ikkinchisini  tashqariga  tortib  olish  kerak.  Qo'lni 
bachadonga  kiritishning  iloji  bo'lmasa,  hayvonlarga  akusherlik  yordami 
ko'rsatish  qiyin  bo'ladi.  Bunday hollarda qo'lni tug'ish yo'llariga  iloji  boricha 
kiritib, qo'l  barmoqlari bilan homilalardan  biri  itariladi, ikkinchisiga esa ilmoq 
solinadi va  u tashqariga tortib olinadi.
FETOTOMIYA
Darsning  maqsadi. 
Homila a’zolari  noto'g'ri joylashganda,  uning  ayrim 
a’zolarini bo'lib-bo'lib kesib olib, jinsiy a’zolardan tashqariga chiqarish yo'llarini 
o'rganish va fetotomiya operatsiyasi o'tkazish uchun ishlatiladigan asboblar 
bilan tanishish.
Tekshirish  obyekti  va  kerakli  jihozlar: 
sigir,  qushxonalardan  olingan 
biyalarning 8— 9 oylik homilalari, fantomlar, chizmalar, rasmlar, maxsus kiyim- 
kechaklar, rezina etik, choyshab, sochiq, sovun, qalinligi 0,5—0,7 sm, uzunligi 
3 m  bo'lgan  akusherlik arqonlari, Afanasev fetotomi,  Malkmus va Afanasev 
ilmog'i va yopiq pichog'i,  Pflyans fetotomi va ekstraktori,  Persenning zanjirli 
arrasi,  Lindgorst va Mashaning zanjirli arrasi;  iskanalar, bolg'achalar, shpa- 
tellar, jarrohlik  pichog'i va  qaychilar,  turli  pichoqlar,  dezinfeksiyalovchi  erit- 
ma,  yodning  5%  li  spirtli  eritmasi,  sterillangan  vazelin,  yodlangan  spirt, 
jarrohlik va akusherlik qo'lqoplari,  doka bintlar,  kyuveta va boshqalar.
Qisqacha  m etodik  ko'rsatma. 
Dars  kafedrada  o'tkazilib,  o'qituvchi 
o'tiladigan mavzuning reja va mohiyatini tushuntirib beradi. So'ngra talabalarni 
fetotom iya  operatsiyasi  o'tkazilganda  kerak  bo'ladigan  asboblar  bilan 
tanishtiradi hamda akusherni va asboblarni operatsiyaga tayyorlash  usulla- 
rini o'rgatadi. Talabalarni uncha katta bo'lmagan guruhlarga (2—4 kishi) bo'lib, 
ularga  homilani  fetotomiya  qilish  bo'yicha  konkret  vazifa  beradi.  Ular 
operatsiya qilish yo'llarini o'lik homilalarda fetatomlardan ko'rish orqali vazifani

mustaqil bajaradilar. Operatsiya homilaning bosh qismidan boshlanadi, keyin 
oldingi  oyoqlaridan  va  boshqa  tana  qismlari  qilinadi.  Dars  mavzularini 
shunday  taqsim lash  kerakki,  barcha  talabalar  fetotom iya  texnikasini 
o'zlashtirishi  kerak.
Dars iloji boricha qushxonalarda bo‘g‘oz hayvonlar bilan olib borilishi kerak. 
Fetotomiyani o'tkazish uchun hayvonlar klinik tekshiriladi, jinsiy a'zolari holati, 
tug'ish jarayoni  patologiyasi aniqlangandan so‘ng operatsiya rejasi tuziladi. 
Fetotomiya  operatsiyasi 
0
‘tkazilganda  aseptika  qoidalariga  qat’iy  rioya 
qilinadi. Operatsiya davomida qo‘llanadigan barcha asboblar jinsiy yo'llarga 
qo‘l  kontrolligi  ostida  kiritiladi.  Kesib olingan  homila tana qismlarining  o‘tkir 
tomonlari bachadon va tug'ish yo'llaridan olib chiqilayotganda hamma vaqt 
sochiq yoki salfetka  bilan yopilgan  bo'lishi  kerak.
Fetotomiya operatsiyasini boshlashda shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya 
qilib,  homilaning  barcha a’zolarini yaxshi fiksatsiya qilish  lozim.  Fetotomiya 
ko'pincha  yirik  uy  hayvonlarida,  kamdan-kam  hollarda  qo‘y-echkilarda 
qo'ilanadi.
Homilani urg'ochi hayvon bachadonidan butunligichatashqarigachiqarib 
olishning  iloji  bo'lmasa,  akusherning  ixtiyorida  bo'lgan  barcha  vositalar 
tuga ga n da n   k e y in g in a   fe to to m iy a   q o ‘ lla n ila d i.  A kush e r  o 'z in in g  
tekshirishlariga  asoslanib,  fetotomiyaga  kirishishni  zarur  deb  topsa,  u 
operatsiya  rejasini  tuzishi  lozim.  Fetotomiya  uchun  zarur  bo'lgan  asboblar 
dezinfeksiya qilinishi zarur.
Barcha asboblar bevosita qo‘l  himoyasi  va  nazorati  ostida  bachadonga 
kiritiladi, tig'i  esa  homilaning  tanasi  bo'ylab  olib  boriladi.  Kesuvchi  asbobni 
homilaning  kesilishi  lozim  bo'lgan  qismiga  olib  borib,  darhol  kesiladi.  Ish 
vaqtida asbobning  qo'ldan  chiqib ketishidan ehtiyot bo‘lish  lozim.
Fetotomiyada  ishning  ikkita  asosiy  usuli:  teri  osti  (yopiq)  va  ochiq  usuli 
mavjud.  Teri osti  usulida kesuvchi asbob  homila terisi  bachadon  shilimshiq 
pardasiga  tegmagan  holda,  ochiq  usulida  esa  asbob  homila  tanasi  bilan 
bachadon devori orasidagi  bo'shliqqa kiritiladi.
Fetotomiyada tajribaga ega bo'lguncha amalda iloji boricha teri osti usulini 
qo'llash  kerak.
Homila  boshini  amputatsiya  qilish 
(kesib  olish).  Homila  boshini  teri 
osti yoki  ochiq  usulda kesib olish  mumkin  (37-  rasm).
37- rasm.
  Hom ila  boshini  am pu tatsiya  qilish: 
a —  terini  kesish  chizig'i; 
b
 —  hom ila  boshini  kesib  olish.

T e r i   o s t i   u s u l i .   Oldin  ko‘z  kosasiga  solingan  ilmoq  yordamida 
homilaning  boshi  tashqariga  tortib  turilishi  kerak.  So'ngra  ensadan  lab 
burchagi yoki  iyakka qadar quloqlar oldidagi teri  kesiladi. Teri jarrohlik yoki 
kusher  pichog'i  bilan  kesiladi.  Bular:  1)  orqasida  suriluvchi  metall  halqasi 
bo'lgan  uzuksimon  (tig‘i to‘g‘ri yoki  ilmoqsimon  qayrilgan);  2)  bandli  ilmoq- 
simon;  3)  yopiladigan;  4)  teri  qirqadigan  pichoqlardir.
U z u k s i m o n   p i c h o q   dastlabki  ikkita  modeli  ochiq  bo'ladi,  shuning 
uchun  bunday  pichoqda  operatsiya  qilish  ancha  xavfli,  chunki  bu  pichoq 
kuchaniq  va dard tutishlarda  holatini  o‘zgartirishi,  halqadan  sirg'alib  ketishi 
bachadonni, tug'ish yo'llarini hamda akusher qo'llarini kesib qo'yishi mumkin. 
Pichoq orasidagi halqa standart bo'lgani uchun u har qanday barmoqqa to'g'ri 
kelavermaydi.  Shu  sababli  pichoqdan foydalanayotganda  halqa barmoqqa 
yopishib turishi uchun unga bint o'raladi. Bu o‘z navbatida, ishlash jarayonida 
barmoq harakatini cheklaydi.  Pichoqning barmoqdan tashqari hech qanday 
tirgagi yo'q, shuningdek,  arqon  o'tkazish  ham  mumkin emas.
I l m o q s i m o n   p i c h o q   nisbatan  bir xil  tuzilgan,  ochiq  bo'ladi.  Uning 
afzalligi  dastasi,  ya’ni  u  ancha  kuchli  qo‘l  tayanchi  (barmoq  va  kaft) 
hisoblanadi. Bunday pichoqning bandida teshik bo‘lib, ana shu teshik orqali 
arqon o‘tkaziladi. Bo‘sh qolgan qo‘l tashqariga olib chiqilgan arqon uchlaridan 
ushlab, tug’ish yo'llarida yoki bachadon bo‘shlig‘ida pichoq bilan ishlayotgan 
ikkinchi  qo‘lga yordam  berishi  mumkin.
Y o p i l a d i g a n   p i c h o q   ikkita  temir  plastinkalari  orasidagi  shtifga 
0
‘rnatilgan  tig‘dan  iborat.  Pichoq  tig'i  maxsus  plastinkalar  bilan  shunday 
ushlab turiladiki, bunda pichoq orqasi plastinkalar ostiga kirib turadi, tig‘i esa 
ular  bilan  yopilib  turadi.  Pichoq  bandidagi  teshik xuddi  yuqorida  aytib  o‘til- 
gan  pichoq  modellari  singari  xizmat  qiladi.  Bunday  pichoqning  qimmati 
shundan iboratki, u ishlatilayotganda hayvonga yoki akusherning o'ziga hech 
qanday zarar yetkazmaydi.
Homila  terisi  kesilgandan  keyin  uni  teri  osti  kletchatkasidan  dastlab 
jarrohlik pichog'ida, so‘ngra esa bukik shpatelda ajratiladi, bunda homilaning 
qulog'i bo'yin tomon teri  kesigida qolishi  kerak.
Akusher amaliyot  vaqtida terini  unga tegishli  to'qimalardan  ajratib  olish 
uchun kalta, egilgan va tarnovsimon shpateldan foydalaniladi.  Buning uchun 
shpatelni teri kesigiga kiritadi va bandidan bosib terini teri osti kletchatkasidan 
ajratadi.  Ensa-o‘siq  bog'lagichlari  va  muskullari  kesilgandan  keyin  ensa 
yorig'iga  ilmoq  solinadi  va  boshi  tortiladi.  Bosh  bo'yindan  ajratilgach, 
bo'yinning cho‘ltag‘iga  (teri  parchasiga) sirtmoq solinadi.
O c h i q   u s u l .   Homilaning  boshi  orqaga  qayrilib  qolganda,  zanjir  yoki 
sim  arrani sirtmoq  o'tkazgich yordamida bo‘yin  atrofidan  o'tkaziladi.
Zanjir arra 36 ta tishchadan iborat bo'lib, uning ikkala uchida halqasi bor. 
Bu halqalardan arqon o'tkaziladi. Arra tishlari homila tanasiga qaraganligiga 
ishonch  hosil  qilgach,  arqonning  uchlaridan  galma-gal  tortib,  arra  ishga 
tushiriladi.  Bu  arraning  noqulayligi  shundaki,  u  bilan  homila a’zolarini  kesa- 
yotganda ba’zan to‘xtab (qisilib) qoladi.  Sim arraning po'lat simlari bir-biriga 
o‘rab  chiqilgan,  uning  har  ikkala  uchida  halqasi  bo'ladi.  Bu  arra  ham  xuddi

zanjir arra singari ishlatiladi. Bir nechta arra tayyor holda bo'lishi kerak, chunki 
ular tez-tez  uzilib turadi.  Arra kiritilguncha  homilaning  ensa qismidagi terisi 
kesib qo'yilgan bo'lsa, boshni ajratib olish muddati ancha qisqaradi. Bundan 
tashqari, teri  kesigi  arrani  ma’lum joyga kiritish  imkonini  beradi va sirg'anib 
ketishiga yo‘1 qo'ymaydi. Arra uchlariga bog'langan arqonlar hiqildoq qismida 
bir-biri  bilan  kesishtiriladi  va tashqariga  chiqariladi.  Arralayotganda  homila 
bo'ynining kesigi boshining uzunasiga ketgan o'qiga taxminan perpendikulyar 
bo'lishi  uchun  boshining oldingi  qismi  bir oz ko‘tarib turishi  kerak.
Zanjir  va  sim  arralar  himoya  etilmagan  hisoblanadi,  shuning  uchun 
hayvonning tug'ish yo'llarini va bachadonni jarohatlantirib 
q o ‘y ¡ s h d a n  
saqlash 
maqsadida  himoyalangan  fetotomlardan  foydalanish  ma’qul.  Akusherlik 
amaliyotida Besxlebnov va Pflyans fetotomi juda ko‘p ishlatiladi. Besxlebnov 
fetotomi  sim  arradan,  metall  boshchalardan,  ikkita  rezina  naydan,  metall 
o'tkazgichdan  (ikkita  vintlab  m ahkam lanadigan  qism dan)  va  ikkita 
dastachalardan  iborat.  Bundan  quyidagicha  foydalaniladi.  Amputatsiya 
qilinishi  lozim  bo'lgan  homila  qismlarining  atrofidan  sim  arrani  sirtmoq 
o‘tkazgich yordamida o'tkaziladi. So'ngra arraning uchlari tug'ish yo'llaridan 
tashqariga chiqarilib, undan sirtmoq o'tkazgich ajratiladi. Keyin arraning ikkala 
uchi  maxsus  o'tkazgich  yordamida  fetotomning  temirligi  boshchalarining 
teshiklari,  rezina  naylari  va  temir  dastachalari  orqali  navbatma-navbat 
o'tkaziladi.  Akusher  fetotomni  bachadonga  suradi  va  boshi  homilaning 
amputatsiya  qilinadigan  qismiga taqalgach,  naychalarning  bir-biri  bilan  tu- 
tashgan joyidan qo'l  barmoqlari yordamida ushlab turiladi.
Operatsiya  qilinayotgan  paytda  rezina  naylar  bo'ylama  yo'nalishda 
bo'lishini  kuzatib  turish  zarur  (egilib  va  buralib  qolmasligi).  Yordamchi 
akusherning  nazorati  ostida  qo'llarini  galma-gal,  goh  oldinga,  goh  orqaga 
birtekis  (siltamasdan) harakatlantirib tez arralaydi.  Ish vaqtida arrani  ikkala 
uchi bir tekis tortilgan va yaqinlashtirilgan bo'lishi kerak, bunda simda arraning 
uchlari fetotom  naylariga parallel o'tsin.
Hozirgi  vaqtda  yangi  universal  akusherlik  asbobi  klyuka-fetotom  taklif 
etilgan.  Klyuka-fetotom  ikkita  yopiladigan  juft  temir  naydan  iborat.  Naylar 
bir-biri  bilan tutashadi va fetotom-klyuk oíd qismining  pastki  uchiga birikkan 
prujinaning ichkitomonidajoylashgan shkvoren bilan mahkamlanadi. Oldingi 
qismida  ayri  shaklda  klyuka,  orqasida  esa foydalanish  qulay  bo'lsin  uchun 
dasta bo'ladi.
Sim  arra temir o'tkazgich yordamida o'tkaziladi.  Fetotomdan  ham xuddi 
yuqorida aytib o'tilgandagidek foydalaniladi.  Klyukadan  fetotom  bilan  birga 
foydalanish homilani ushlab turishni yengillashtiradi. Temir naylar hayvonning 
tug'ish  yo'llarini  va  akusherning  qo'lini  jarohatlantirishdan  saqlaydi  hamda 
fetotomdan foydalanishni yengillashtiradi.
Pflyans  fetotomi  zanjir  pichoq,  zanjir,  rama  va  tish  uzatmali  vallaridan 
iborat.  Arqon  va sirtmoq  o'tkazgich  yordamida  zanjir bachadonga  kiritiladi. 
Ular  tug'ish  yo'llaridan  chiqishida  bir  uchi  rama  quloqchasiga  biriktirilgan 
zanjir  pichoq  zanjirga  qo'shiladi.  So'ngra  zanjir  pichoq  amputatsiya  qilishi 
lozim  bo'lgan  homila  qismining  atrofidan  o'tkaziladi.  Zanjirning  uchi  birin-

ketin  ramaning teshigi va yo‘nalt¡ruvchi-halqa orqali o'tkaziladi, so'ngra esa 
valning  ilmog'iga  kiygiziladi.  Bunda  akusher  fetotomning  zanjir  pichog'ini 
yo‘naltirad¡, yordamchisi esa, ramani ushlab turib zanjirni valga 
0
‘raydi. Zanjir 
valga  o'ralgan  sari  rama  tug‘ish  yo'llariga  suriladi  va  qulog'i  bilan  homila 
to'qimasiga taqaladi. Tortilgan zanjir pichoq homilani, u qamrab oigan barcha 
qismlarini  kesadi.
H om ilaning  oldingi  o yo qlarini  kesib  olish. 
T e r i   o s t i   u s u l i .  
Homilaning tushov bo‘g‘imiga arqon sirtmoq solinadi. Shu arqon yordamida 
kesilishi lozim bo'lgan oyoqni imkoni boricha tashqariga tortib turiladi. Tushov 
bo‘g‘imining  bir oz yuqorisidan teri atrofining 3/4 qismi teri osti  kletchatkasi- 
gacha jarrohlik pichog‘ida kesiladi.  So‘ng uning bir necha santimetri teri osti 
kletchatkasidan pinsetda yoki qo'lda ajratiladi. Hosil bo'lgan kesikka shpatel 
kiritiladi va  u  bilan oyog'i  bo‘ylab,  kurak qismi terisi  ham  ajratiladi.
Bunda teri yirtilib, tug'ish yo'llari jarohatlanmasligi uchun shpatel uchining 
yuqorisi qo‘l bilan  berkitilib turishi  kerak. Homila oyoqlarini qattiq tortib turib, 
terisi ajratiladi. So‘ngra tushov bo‘g‘imidagi ko'ndalang kesikdan kurak suyagi 
asosigacha  uzuksimon  yoki  yopiladigan  pichoqlar  bilan  teri  bo'ylamasiga 
kesiladi.
Homila  terisi  teri  pichog'i  bilan  kesilgani  ma’qul.  Teri  pichog'i  yaxlit 
sterjendan  iborat bo'lib,  uning  bir uchi  ikkiga ajralgan,  shu  bilan  birga bir xil 
uzunlikda  bo'lmagan  ikkita  panjacha  hosil  qiladi.  Shu  panjalar  orasida  ke- 
suvchi  plastinka joylashadi.  Buning  uchun teri  pichog'ining  uzunroq panjasi 
oldindan  uzunsimon  pichoq  bilan  kesilgan  kesik  orqali  teri  ostiga  kiritiladi, 
undan keyin pichoqni surib, teri tezda kesiladi, tug'ish yo'llari jarohatlanmasligi 
uchun  qo‘l  bilan  yopib turish  kerak.
Kurak  suyagining  ko'krak  qafasi  bilan  birlashtirib  turuvchi  muskullar 
shpatel  yoki  yopiladigan  pichoqda  kesiladi.  Keyin  tushov  bo'gimining
yuqorirog'iga  arqon  sirtmoq 
solinadi  va  2— 3  kishi  kuch 
bilan tortib, oyoqni uzib oladi. 
Bunda homilani klyuka bilan 
ushlab  turish  yoki  akusher 
uni  qo'l  bilan  itarib  turishi 
tavsiya etiladi  (38- rasm).
H om ila  o y o g 'in i  ekst- 
raktor  bilan  kesib  olish  juda 
ham  qulay.  Homila  oyog'i- 
ning  butun  uzunasi  bo'ylab 
terisi teri osti kletchatkasidan 
ajratilgandan  keyingina  bu 
asbobdan 
foyd a la nish  
mumkin.
Pflyans ekstraktori zanjir, 
suriluvchi halqa, rama va tish 
uzatmali  valdan  iborat.  Bu
3 8 -  rasm .  H om ilaning  oldingi  oyoqlarini  ochiq  usulda 
zanjirli  arra  bilan  kesib olish.

ekstraktor Pflyans fetotomi  korpusiga o'xshash  tuzilgan.  Unda fetotomdagi 
rama  o'rniga  ko‘ndalangiga  suriladigan  halqasi  bo'lgan  ikkita  ternir  sterjen 
0
‘rnatilgan. Ekstraktor teri kesibchiqilgandan keyin homila oyog'ini uzib olish 
uchun  ishlatiladi.  Buning  uchun  homila  oyog'i  ekstraktor so'riiuvchi  halqasi 
orqali o'tkazilib, zanjir panja yoki bilak suyagiga mahkamlanadi va uning  bir 
uchi  valning  maxsus  ilm og'iga  m ustahkam lanadi.  E kstraktor  bandi 
aylantirilganda zanjir tortiladi va so'riluvchi halqa bachadonga surilib, homila 
tanasiga zich taqaladi.  Dastani  bundan  keyingi  aylantirish va zanjirni  qattiq 
tortish  natijasida  homila oyog'i tanasidan  uzib olinadi.
O c h i q   u s u l .  Homilaning kesilishi lozim bo‘lgan oldingi oyog'i qaytadan 
bachadon  bo‘shlig‘iga kiritiladi va yelka bo‘g‘imidan  bukiladi.  So‘ngra  kurak 
suyagining  orqa  burchagi  bo'ylab  terisi  va  muskullari  chuqur  kesiladi,  bu 
kesikka sirtmoq yordamida arra yoki fetotom shunday kiritiladiki, bunda ular 
ko'krak  qafasining  orasida  joylashib  qolsin.  Arraga  biriktirilgan  arqonning 
uchlari jinsiy yoriqdan tashqariga chiqarilgach,  bir xil  uzunlikda bo‘ladi,  ular 
chalishtiriladi  va  arrani  bir  necha  bor  harakatlantirib,  kurak  suyagi  ko'krak 
qafasidan ajratiladi.
Arra bo'lmaganda homila oyog‘ini boshqa usulda ham ajratib olish mumkin. 
Dastlab  pichoq  bilan  homila  kurak suyagining  oldingi  va orqa chetlari  qo'ltiq 
osti sohasi va nihoyat, homilaning yag'rin sohasida joylashgan teri va muskullari 
chuqur qilib kesiladi. Mana shu tarzda teri atrofini aylantirib kesib, keyin homila 
oyog‘iga arqon solinadi va qattiq tortib uni tashqariga chiqarib olinadi. Ekstraktor 
bo'lganda, undan foydalanish ma’qul. Oldingi tomonga qarab to‘g‘ri joylashgan 
homila oyog'ini zanjir arra  bilan  kesish  mumkin.  Buning  uchun  homila  kurak 
suyagining orqa cheti joylashgan yerdan dastlab pichoq bilan kesiladi. So'ngra 
kesikka zanjir arra kiritiladi. Bu arra muskullarni ham kesadi.

Yüklə 24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə