Rivojlantirish instituti a. R. Jabborov, S. S. Sotiboldiyev veterinariya akusherligi, ginekologiyasi va sun


Homila oyog'ini  kaft oldi bo‘g‘imidan  kesish



Yüklə 24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/40
tarix28.04.2017
ölçüsü24 Kb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   40

Homila oyog'ini  kaft oldi bo‘g‘imidan  kesish. 
Homilaning oyog'i kaft oldi 
bo‘g‘imidan bukilib, tos bo‘shlig‘iga kirib, shu yerda qattiq siqilib qolganda uning 
oyog'ini kaft oldi bo'g'imidan  kesib tashlashga to'g'ri keladi.  Homila ko'ndalang 
joylashib  qolgan  vaqtlarda,  uni  bachadonda,  aylantirishni  yengillashtirish 
maqsadida, ba’zan oyog'i kaft oldi bo'g'imidan kesib olib tashlanadi.
Homila  oyog'ini  kaft  oldi  bo'g'imidan  kesish  uchun  bukilgan  joyga  arra 
yoki fetotom taqib quyiladi va bo'g'imi arralab tashlanadi (39- rasm). Agarda 
homilaning oyog'i  hayvonning tug'ish 
yo'llarida  normal  joylashib  yotgan 
bo'lsa,  bunda  uni  kesib  tashlash 
uchun  uzuksimon  pichoqdan  ham 
foydalanish  mumkin.
Homila  tosi  bilan  old  tom onga 
qarab  jo yla sh g a n d a ,  uning  orqa 
oyoqlarini  kesib olish.
T e r i   o s t i   u s u I i.  Homilani  bu- 
tunligicha  tashqariga  tortib  olishning 
iloji  bo'lmaganda  mazkur  operatsiya 
o'tkaziladi. Homila orqa oyog'ini kesib
39- rasm.
  H om ilaning  oldingi  oyoqlarini 
zanjirli  a rra  bilan  bilak  bo'g'im idan  kesish.

tashlash oldingi oyog'ini  kesib tashlash singari bo'ladi.  Kesib tashlanadigan 
oyoq  tushov  bo‘g‘imiga  solingan  arqon  vositasida,  iloji  boricha  tug'ish 
yo'llaridan  tortiladi.  Terini  teri  osti  kletchatkasidan  ajratib  olgandan  keyin, 
uzuksimon yoki ilmoqsimon pichoqda son bilan tosga birlashtiruvchi muskullar 
ehtiyotlik bilan  kesiladi.  Bunda muskullarni  kesadigan yo‘l dumg'aza suyagi 
yonidan  va  tos  suyagi  ham  tos  suyagining  son  suyagi  bilan  tutashgan 
bo‘g‘imiga yaqin joyidan o'tishi kerak. Agar muskullarni kesish uchun pichoq 
kiritish  mumkin  bo'lmasa,  u  holda  shpatel  bilan  buzishga  harakat  qilinadi. 
Bunda  shpatel  teri  ostiga  kiritiladi  va  uni  tos  suyagining  son  suyagi  bilan 
tutashgan  bo‘g‘imi tomonga yo'naltiriladi  (40-  rasm).
Homila oyog'i uzib olinayotgan vaqtda son suyagining tanasini arqon bilan 
o'rash tavsiya etiladi, bu son suyagining pastki epifizidan oyoqlarining uzilib 
ketishidan  saqlaydi.
O c h i q   u s u l .   Homilaning  dumg'aza  va  son  suyaklari  orasidagi  teri 
muskullari  ilmoqsimon  yoki  uzuksimon  pichoq  yordamida  kesiladi.  Kesik 
quruqligi tos suyagining son suyagi bilan tutashgan bo‘g‘imiga qadar borishi 
lozim.  Kesikka  sirtmoq  o'tkazgich  yordamida  zanjir  arra  kiritiladi,  uni 
harakatlantirib tos suyagining son suyagi bilan tutashgan bo‘g‘imi va sonning 
qolgan  muskullari  kesiladi.  Zanjir  arra  bo'lm aganda  uzuksimon  yoki 
ilmoqsimon  pichoq  bilan  ham  operatsiya  xuddi  homilaning  oldingi  oyoqlari 
kesilgandagi singari  bo'ladi.
Homila oyoqlarini sakrash bo‘g ‘imidan  kesib olish. 
Homilaning oyog'i 
sakrash  bo'g'imidan  bukilib  qolib,  tos  bo'shlig'ida  siqilib  qolgan  hollarda 
bunday  operatsiya  o'tkaziladi.  Buning  uchun  dastlab  oyoqni  sakrash 
bo‘g‘imidan yuqorirog'iga arqon sirtmoq solinadi va iloji boricha uni tashqariga 
tortib,  boldir suyagi  bilan  oyoq  kaftining  o'rtasidagi  bo‘g‘imning  bara suyak 
va bog'lagichlari kesiladi. Arralash jarayonida ko'pincha arra suyaklarorasida 
siqilib qoladi. Bunday hollarda sakrash bo‘g‘imi kesilgan arraning yuqorisidan 
yo‘g'on arqon o‘tkazish tavsiya yetiladi, bu arralanayotgan suyaklarning arrani 
siqib qolishining oldini oladi  (41- rasm).
Zanjirli fetotom vositasida arralash  maqsadga muvofiqdir.
40- rasm.
  B uzoqning  orqa  oyoqlarini  D ra n a  usuli  bo'yicha  Tigeze n 
fetotom ida  am putatsiya  qilish.

Hom ila  o y o q la ri  tos  s u y a g in in g   son  su yag i  bilan  tu ta s h g a n  
bo‘g ‘imidan  bukilib  qolganda  kesib  olish. 
Bu  operatsiya  homilaning  tos 
kamari tug'ish yo'llarida siqilib qolganda qllinadl.
Homila oyoqlarini  kesib tashlash  Pflyans fetotomida o'tkazilgani  ma’qul. 
Ammo zanjir va sim arralardan yoki Besxlebov fetotomidan ham foydalanish 
mumkin. Buning uchun zanjirli pichoqni sirtmoq o‘tkazgich yordamida homila 
sag'risi  bo'ylab tos suyagining son suyagi  bilan tutashgan  bo‘g‘imiga qadar 
suriladi,  bu  yerda  tos  bo‘shlig‘iga  kiritilgan  qo‘l  bilan  pichoqdan  ushlab, 
oyoqlari  orasidan  o'tkaziladi.
Mana shu tarzda zanjir pichoq tos suyagining son suyagi bilan tutashgan 
bo‘g‘imi orasidan o'tkazilib, pichoqni kuchli harakatlantirib, dastlab yumshoq 
qismlari,  so'ngra  son  suyagining  boshi  ham  arralanadi.  Homilani  ikkinchi 
oyog'idan  tashqariga  tortib  chiqarayotganda,  arralangandan  qolgan  suyak 
tug'ish yollarini jarohatlamasligiga e’tibor berish  kerak.
Homilaning  ichak-chovoqlarini olib tashlash 
(eventeratsiya). Haddan 
tashqari  katta  va  shishgan  (emfizamatoz)  holatdagi  homilaning  hajmini 
kichraytirish  maqsadida  ichak-chovoqlari olib tashlanadi.

Homila boshi oldinga qarab joylashganda bitta oyog'i  kurak suyagi bilan 
birga  olib  tashlanadi.  Ilmoqsimon  yoki  uzuksimon  pichoq  bilan  homilaning
4— 5  ta  qovurg'asini  kesib,  ko'krak  bo‘shlig‘i  ochiladi.  Hosil  bo'lgan  teshik 
orqali  qo‘l  bilan  aortani  ushlab  tortib  ko'krak  bo‘shlig‘idan  a’zolar  chiqarib 
olinadi. So'ngra diafragma yoriladi va qorin bo‘shlig‘idagi ichki a‘zolar chiqarib 
olinadi.
Homila tosi bilan oldinga qarab joylashganda, qorin bo‘shlig‘ini eng qulay 
joyidan,  masalan, qorinning  pastki yoki yon devorlari orqali ochiladi.  Undan 
keyin  qorin  bo‘shlig‘idagi  ichki  a’zolar  olib  tashlanib,  so‘ng  diafragmadan 
teshik ochib,  ko'krak bo‘shlig‘idagi a’zolar tashqariga chiqariladi.
H o m ila   to s i  bilan   o ld in g a   q arab  jo y la s h g a n d a   tos  k am arin i 
maydalash. 
Homilaning  tos  suyaklarini  maydalash  tos  kamarining  hajmini 
kichraytirnish uchun o'tkaziladi va tos suyagi qoshiqsimon suyaklarning bitish 
chizig'i  bo'ylab kesiladi.  Buning  uchun dastlab quymich o'yig'i atrofidagi teri 
kesiladi.  So'ngra  iskana  kesikka  kiritiladi  va  asta-sekin  qimirlatib  oldinga 
suriladi,  ammo u  homila terisi  bilan yopilgan  bo'lishi  lozim.
Tos suyagining qoshiqsimon  bitishib ketgan chizig'i bo'ylab kesilgandan 
keyin homilani oldinga qarab joylashgan orqa oyoqlaridan ushlab tashqariga 
tortib  olinadi.  Bunda  homilani  dam  bir  oyog'idan,  dam  ikkinchi  oyog'idan 
ushlab galma-gal tortiladi va natijada qoshiqsimon suyakning bitishib ketgan 
chetlari  bir-biriga kiradi va tos  kamarining  hajmi  kichrayadi.
H o m ila n i  teng  ik k ig a   k e s is h . 
Buni  hom ila  tik  yoki  ko'ndalang 
joylashganda,  uning  bunday  normal  holatini  to'g'rilash  mumkin  bo'lmasa, 
teng  ikkiga bo'linadi.  Buning  uchun zanjir yoki sim arrani sirtmoq o'tkazgich 
yordamida  uning tanasi  atrofidan  o'tkaziladi.  Homilani  zanjirli fetotom  bilan 
kesish ancha tez bo'ladi. Buni urg'ochi hayvonga hech qanday zarar yetkaz- 
masdan  o'tkazish  mumkin.
Homila  tanasi  atrofidan  sirtmoq  o'tkazishning  iloji  bo'lmagan  hollarda 
ilmoqlar  yordamida  uni  tos  kamari  sohasidagi  bo'shlig'iga  kirish  tomonga 
tortishga  harakat  qilinadi.  So'ngra  och  biqin  atrofidaga  teri  va  muskullari 
kesiladi  hamda qorin  bo'shlig'idagi  ichki a’zolar tashqariga chiqarib olinadi. 
Homila  qorin  bo'shlig'ining  hajmini  kichraytirish  ba’zan  homila  tosi  bilan 
oldinga qarab joylashganda  ham  tashqariga chiqarib olish  imkonini  beradi. 
Agar  buning  iloji  bo'lmasa,  u  holda  homilaning  och  biqinida qarama-qarshi 
joyidan  yoriladi va tanasini  kesish  uchun arra kiritiladi.  Homilaning  umurtqa 
pog'onasini va unga yondoshgan yumshoq qismlarini kesib, tanasining orqa 
qismidan  ilmoq  bilan  ilib olinadi va tortiladi.
Homila  orqa qismini  tashqariga  tortib  olishdan  oldin,  uzuksimon  pichoq 
bilan  homilaning  kesilmay qolgan  yumshoq  qismlari tamomila  kesiladi.
Homilaning ko'krak qafasi tashqariga chiqarilgandan keyin tos kamarining 
hajmi  katta  bo'lishi  tufayli  boshqa  surilmay  to'xtab  qoladi  yoki,  aksincha, 
hom ila  tanasining  orqa  qismi  tashqariga  chiqarilgandan  keyin  yelka 
kamarining  hajmi  katta  bo'lishi  tufayli  ushlanib  qolgan  hollarda  urg'ochi 
hayvon  tanasidan  tashqarida  homila  teng  ikkiga  kesiladi.  Bunda  teridan 
manjet  hosil  qilib,  homilani  ikkiga  kesish,  ya’ni  homilaning  terisini  ehtiyot

qilish tavsiya etiladi. Kesilgan joy oldidagi teri manjet qilib tikib qo‘yiladi, chunki 
ba’zan  homila  gavdasining  qoldig'ini,  uni  aylantirish  uchun  bachadon 
bo‘shlig‘iga qaytarishga to‘g‘ri  keladi.
Agar  homilaning  ko'krak qafasini  urg'ochi  hayvon  tanasidan  tashqarida 
ajratib  olish  mumkin  bo'lgan  darajada  uni  tashqariga  tortib  olib  bo'lmasa, 
yag'rin atrofi gir aylantirib, terisi kesiladi. Mana shu kesik orqali terini ko'krak 
qafasi  atrofidagi  teri  osti  kletchatkasidan  shpatelda  ajratiladi.  So'ngra  teri 
ostiga  uzun  ilmoqsimon  o'tkir pichoqni  kiritib,  bu  pichoqda dastlab qovurga 
to'sh suyagi bilan birikkan chizig'i bo'ylab kesiladi. Keyin esa ularni umurtqa 
pog'onasidan  ajratiladi.  Shu  tarzda  kesilgan  homilaning  ko'krak  qismini 
butunligicha yoki  bel  umurtqa pog'onasining  o'zaro birikkan chizig'i  bo'ylab 
umurtqa pog'onasini pichoq bilan ajratib, bo'lak-bo'lak qilib tashqariga chiqarib 
olinadi.
Homila  boshi  bilan  oldinga  qarab  joylashganda  tos  kamarining 
torayib qolishi. 
Ba’zan mazkur operatsiyani dastlab ko'krak oyoqlari ajratib 
olingandan keyingina bajariladi.  Bunday hollarda homilaning qolgan qismini 
bachadon  bo‘shlig‘iga  itarib,  u  yerda  qo‘l  bilan  aylantiriladi  va  uning  orqa 
oyoqlari  tug'ish  yo'llariga  chiqariladi.  So'ngra  hom ilaning  tos  kamari 
maydalalanib homila tashqariga chiqarib olinadi.
Tos  kamarini  kichraytirishning  bunday  usuli  umurtqa  pog'onasining 
kesilgan  joyini  teri  bilan  yaxshilab  yopishni  talab  etadi,  chunki  aks  holda 
tug'ish yo'llarining jarohatlanishiga katta xavf tug'iladi.
Homilani ichkariga itarmasdan turib, tos kamarini kichraytirishni ko'pincha 
ma’qul deb hisoblaydilar. Buning uchun zanjir arra yoki zanjir pichoqni sirtmoq 
0
‘tkazgich yordamida dastlab homilaning dumg'azasi ostiga, so'ngra quymich 
dumboqlari  orasiga  o'tkaziladi.  Homilaning  orqa  qismi  kesilgandan  keyin 
uning kesilgan yarmini tos bo‘shlig‘iga itarib kiritilib, ikkinchisi esa tashqariga 
chiqarib olinadi.  So'ngra homilaning  ikkinchi yarmi ham tashqariga chiqarib 
olinadi.  Albatta,  homila tashqariga  chiqarib  olinayotganda  urg'ochi  hayvon 
bachadoni va tug'uruq yo'llari shilimshiq pardasini jarohatlantirib qo'ymaslik 
uchun kesilgan suyaklarning o‘tkir uchlari sterillangan dokaga o'ralgan holda 
tashqariga chiqarilishi  kerak.
Qorin  yorish  (Kesarevo  choki).  Sigirlarda  operatsiyani  o ‘tkazish. 
Operatsiya sigirlar stanokda turganda yoki  yonboshlab yotganda bajariladi 
(42- rasm). Operatsiyani o'tkazishdan oldin 
operatsiya m a y d o n i
tayyorlanadi: 
uni  qirib  tozalanadi,  (juni  qirqiladi  va  poki  bilan  tozalab  olinadi)  operatsiya 
maydonining  teri  yuzasi  issiq  suv,  sovun  bilan  tozalanib  yuviladi.  70%  li 
spirtrektifikati va 2  marta yodning  5%  li spirtli eritmasi surtiladi.
Ko'llar  Spasokunoskiy  va  Kocherginlar  yoki  Alfreld  usuliari  bilan 
tayyorlangan  0,5%  li  ammiak  eritmasida  sovunsiz  yuviladi,  so'ngra  steril 
sochiq bilan quritiladi va 5 daqiqa davomida 96%  li spirt shimdirilgan  paxtali 
tamponlar  bilan  artiladi.  Alfreld  usuli  bo'yicha  qo'l  issiq  suvda  sovun  bilan 
yaxshilab  yuvilib,  so'ngra  5—8  daqiqa  96%  li  spirt  shimdirilgan  tamponlar 
bilan  artiladi.  Barmoqlar  va  tirnoq  ostiga  yodning  5%  li  spirtli  eritmasidan 
surtiladi.

4 2 -  rasm.  Sigirlarda  operatsiya o'tkazish  joylari: 
A —  yuqori  chizig'i  (1  —  tik;  2  —  qiyshiq),
 —  o'rtangi  chizig'i  (1 —  tik;  2  —  qiyshiq),
0 —  pastki  chizig'i  (3  —  ventrolateral;
4 —  param edial;  5  —  m edial).
Jarrohlik  asboblari  qaynatilib,  tam ponlar,  sochiqlar,  choyshablar 
avtoklavlarda yuqumsizlantiriladi. Og'riqsizlantirish usuli operatsiya maydonini 
va hayvonni  bog'lash  usuliga qarab tanlanadi.
Ko'pincha 3% li novokain eritmasi bilan Magda usuli bo'yicha paralyumbal 
o'tkazuvchan  anesteziya qilinadi.  Bu anesteziyada oxirgi qovurg'alararo (n. 
intercostalis)  yonbosh-qorin  devori  (n  llio  hypogastricus)  va yonbosh-chov 
nervlari  (n.  ilioninguinalis) og'riqsizlantiriladi.
Kesiladigan joyda 0,5% li novokain  eritmasi bilan infiltratsion anesteziya 
o'tkaziladi. Oldin eritma kesiladigan joyning teri ostiga,  keyin esa bu joyning 
barcha qatlamlari orasiga novokain yuboriladi.
Ayrim paytda bachadon tonusini susaytirish maqsadida 1,5% li novokain 
eritmasidan  6— 8 ml yuborilib,  sarkal  anesteziya o'tkaziladi.
Hayvonning chap qorin devorini cho'qqisi  (pastki burchak)  kindik chizig'i 
bo'ylab cho'qqidan 15— 18 sm, pastdan 25—30 sm uzunlikda kesiladi. Bunda 
dastlab terini  va  teri  ostidagi  muskul  pardasini  teri  ostidagi  muskullar bilan 
birga kesiladi. Keyin qorinning tashqi qiya muskullarini kesib, tolalar yo'nalishi 
bo'yicha qorinning ichki qiya muskullari bir oz ajratiladi. Qorinning ko'ndalang 
muskullarini ochib, jarohatlangan joyning o'rta qismidagi tolalarning yo'nalishi 
bo'yicha uni bir oz ajratiladi. Nihoyat, muskul pardasi va qorin pardasi kesiladi 
(A.  A.  Veller va  P.  A. Alekseev).
Bachadon  devorini  katta  egri  chizig'i  bo'ylab  kesib,  qorin  devoridagi 
kesilgan  joy  katta-kichikligiga  mos  bo'lishi  kerak,  chunki  bachadon  devori 
ochilgandan  keyin  darhol  uning  jarohatlangan  joyining  chetlari  qorin 
devorining jarohatlangan chetlari bilan tugun hosil qilib tikiladi. Bu hayvonning 
qorin  bo'shlig'iga qog'onoq suvi  tushmasligi  uchun zarur.
Hayvonning  operatsiya  qilinadigan  joyiga  sterillangan  salfetka  yopib 
qo'yiladi, keyin pinset bilan homila pardalarini ushlab olib, skalpel yordamida

teshikcha hosil qilinadi.  So'ngra bu teshikka rezinali nay o'rnatiib, qog'onoq 
suvi  tortib  olinadi.  Keyin  bu  teshik  kengaytirilib,  homilani  orqa  oyoqlaridan 
ushlab tashqariga tortib olinadi.  Homila chiqarib olinishi bilan yo'ldoshi ham 
ajratiladi.  Homila  yo'ldoshi  ajratilishini  yengillashtirish  uchun  hayvonga 
operatsiya oldidan bachadon qisqarishini yaxshiladigan dori pituitrindan 8—
10  ml  teri  ostiga  yu bo rilad i.  Homila  y o 'ld o sh i  a jratilgandan  keyin 
bachadonning  jarohatlangan  chetlarini  qorin  devorining  jarohatlari  bilan 
birlashtirib turgan choklar olib tashlanadi. Bachadon va jarohatlangan joylarga 
antibiotiklar ishlatiladi. Keyin bachadon shohining jarohatlari qavatma-qavat 
qilib  tikiladi.  Bunda  birinchi  chok  (uzluksiz  ravishda)  seroz  va  muskul 
pardalaridan o'tkaziladi, ikkinchisi seroz-muskulni tikish, birinchisining ustidan 
o'tkaziladi  (tugunli).
Hayvon qorin devorining jarohati 2—3 qavat qilib tikiladi: birinchisi-muskul 
va qorin  pardasiga,  ikkinchisi  (tugun  hosil qilib)  muskulga va uchinchi chok 
teriga g'o'lachali tugun  hosil  qilib solinadi.
Peritonit kasalligining oldini olish maqsadida epiplevral novokain blokadasi 
o'tkazilishi tavsiya etiladi. Operatsiyadan so'ng hayvon keng xonada saqlanib, 
ostiga  toza  va  qalin  to'shama  solinadi.  Kuniga  ikki  marta  tana  harorati 
o'Ichanadi, ratsionigayengil hazm bo'ladigan, bijg'imaydigan oziqlar kiritila- 
di.  Operatsiyadan  so'ng  8—9  kun  o'tgach,  hayvon  odatdagi  oziqlanish 
ratsioniga o'tkaziladi.
Q o‘y va echkilarni operatsiya qilish. 
Operatsiya maydonini tayyorlash 
xuddi sigirlarniki singari  bo'ladi.  Operatsiya yon  tomoniga yotqizilgan  holda 
olib  boriladi.  Kesish  chizig'i  bo'ylab  o'tkazilgan  infiltratsion  anesteziyadan 
tashqari, 3% li novokain eritmasi bilan oxirgi (XIII) qovurg'alararo va birinchi 
ikkita  bel  nervlarini  og'riq sizla n tirish   m aqsadga  m uvofiqdir.  O xirgi 
qovurg'alararo nervni blokada qilishga igna oxirgi qovurg'ani orqa tomonidan 
oxirgi  ko'krak umurtqasining yelka o'simtasini  kaudoventral tomonidan  1 — 
1,5  sm  qoldirib  sanchiladi.  Oldin  igna  teri  yuzasiga  perpendikulyar  holda 
qovurg'aga yetguncha yuborilib,  so'ngra  igna  kaudoventral tomonga 0,2— 
0,3 sm siljitiladi, keyin 10 ml 3% li novokain eritmasi yuboriladi. Og'riqsizlanish 
7— 10 daqiqadan  keyin sodir bo'lib,  40—75 daqiqa davom etadi.
Birinchi  bel  nervini  blokada  qilish  uchun  ignani  birinchi  bel  umurtqasi 
ko'ndalang o'simtasining orqachetidan yelka o'simtasidan 1— 1,5sm pastga 
sanchiladi.  Igna  suyakka  borib  taqalgandan  so'ng  ko'ndalang  o'simtaning 
orqa  chetidan  kaudodorsal  tomon  0,2—0,3  sm  siljitib  eritma  yuboriladi. 
Ikkinchi  bel  nervini  blokada qilish  ham  xuddi  birinchi  belniki  singari  bo'ladi, 
ammo bunda mo'ljal qilib ikkinchi bel umurtqasi olinadi. Blokada qilish uchun 
3%  li  novokain  eritmasidan  10  ml  olinadi.  Qorin  devori  yon  tomonining 
og'riqsizlanishi 7— 12 daqiqadan  so'ng  paydo bo'lib,  45—75 daqiqa davom 
etadi.  Hayvon  qorin  devorini  o'ng yonboshidan  qorinning  ichki  qiya  muskul 
tolalari  bo'ylab  cho'kkisidan  olinganda  10  sm  joy  qoldirib  kesiladi,  qolgan 
operatsiya xuddi sigirlarniki singari  bajariladi.
Bachadonga  chok  qo'yishdan  oldin  uning  bo'shlig'iga  350  ming  TB 
penitsillinni  (streptosid)  10  ml  0,25%  li  novokainda  eritib  yuboriladi.

Bachadondagi jarohatga 4— 5 ketgut bilan ikki qavatli chok qo'yiladi. Birinchi 
chok  bilan  bachadonning  barcha  qatlamlari,  ikkinchisi  bilan  esa  seroz  va 
muskul  pituitrin  inyeksiya  qilinadi.  Qorin  bo‘shlig‘iga  200—300  ming  TB 
penitsillinni  10 ml  0,5%  li  novokainda eritib yuboriladi.  Qorin  devori jarohati 
uzluksiz chok bilan tikiladi.
Biyalarni operatsiya qilish. 
Biya yerga yotqizilgan holda umumiy narkoz 
(venaga  30,0—40,0  ml  miqdorida  xloalgidrat  yuborilib)  bilan  operatsiya 
qilinadi.  Kesish  och  biqin  markazidan  boshlanadi  va  uni  yuqoridan  pastga 
hamda  qorinning  ichki  qiya  muskul  tolalarining  yo'nalishi  bo‘ylab  yuritiladi. 
Kesilgan  joy  30— 40  sm  uzunlikda  bo'ladi.  Terining  butun  uzunligi  va 
chuqurligi birdaniga kesiladi. Teridan so‘ng ketma-ket qorinning tashqi qiya, 
ichki  qiya  va  nihoyat,  ko'ndalang  muskullari  qavatma-qavat  qilib  kesiladi. 
So'ngra  qorin  pardasi  pinset  bilan  ushlab  olinadi  va  uni  dastlab  skalpelda, 
so'ngra  esa  tugmasimon  qaychilarda  kesiladi.  Qolgan  operatsiya  xuddi 
sigirniki singari bajariladi.
Cho'chqalarni  operatsiya  qilish. 
Cho'chqalar  chap  yoniga  yotqizilib, 
unga orqa oyog'i bir oz orqa tomonga tortilib bog'lanadi. Operatsiya maydoni 
tayyorlanadi, 0,5% li novokain eritmasi bilan kesish chizig'i bo'ylab infiltratsion 
og'riqsizlantiriladi.
Ko'ndalang va qiyshiq  paralyumbal  kesim yoki yelinni  ustki chegarasiga 
parallel ravishda uzunasiga paramedial kesim bilan qorin bo‘shlig‘i ochiladi. 
Kesma uzunligi  15— 20 sm  boMishi  kerak.  Paralyumbal  kesimni o'tkazishda 
teri  maklokdan  3  barmoq  (5—6  sm)  pastroqdan,  oxirgi  emchak  tomon 
yo'nalgan  qiyshiq  chiziq  bo'ylab  15—20  sm  uzunlikda  kesiladi.  Bu  qismda 
muskul qatlami deyarli yo‘q va  kesishda qon  kam oqadi.
Qorin devorini kesayotganda ehtiyot bo‘lish kerak. Uni pinset bilan ko'tarib, 
so'ngra  qaychi  bilan  kesib,  u  orqali  qorin  bo'shlig'iga  yuborilgan  barmoq 
nazorati  ostida  kesim  kengaytiriladi.  Ayrim  hollarda  kesilgan  joydan  ichak 
qabarib  chiqadi,  bunday  paytda  toza  salfetkalar  bilan  ichak  bir  oz  bosilib, 
o'rniga qayta solinadi.
Operatsiya qilingan joydan faqat bitta bo'g'oz  bachadon shoxi va tanasi 
chiqariladi.  Bachadon  tanaga yaqin joydan  ko'ndalangiga  kesiladi.  Bunday 
kesish  ikki shoxga  kirib,  u yerdagi  homilalarni olishni osonlashtiradi.
Bachadondan homilalar qo'l bilan bachadon shoxi devori orqali siqib, surib 
kesilgan joydan chiqarib olinadi. Bachadon shoxi homilalardan tozalangandan 
so'ng  yana  o'rniga  —  qorin  bo'shlig'iga  quritilib,  ikkinchi  bachadon  shoxi 
chiqarib  olinadi  va  u  ham  homiladan  tozalanadi.  Shundan  so'ng  bachadon 
shoxlari qorin bo'shlig'ida o'z joylarida to'g'rilanib, yana bir bor tug'ish yo'llarida 
homila bor-yo'qligi tekshirib  ko'riladi.  So'ngra yo'ldosh  (kuch  ishlatmasdan) 
ajratiladi,  bachadon  bo'shlig'iga 500  ming TB  miqdorida antibiotiklar va 5 g 
oq  streptosid  yuboriladi.  Operatsiya  jarohatni  ikki  qavatli  chok  bilan  3—4 
ketgundan  foydalanib  tikiladi,  so'ngra  esa  faqatgina  uni  seroz  va  muskul 
qavati tikiladi  (xuddi sigirlarniki singari).  Qorin  devori  uch chok bilan tikiladi. 
Oldin  ketgun  bilan  uzluksiz  chok  qorin  devoriga  qo'yiladi,  keyin  ikkinchisi 
ham  ketgun  bilan  pay  qatlamiga  va  oxirgi  uchinchisi  tugunchali  chok  esa

ipakli ip bilan teriga qo'yiladi. Shundan so‘ng choklarni ustidan yelimli bog'lam 
qo'yiladi.  Teridagi choklar 8— 10  kunda olinadi.
G o‘shtxo‘r  hayvonlarni  operatsiya  qilish. 
Hayvon  orqa  tomoni  bilan 
tos  qismi  ko'tarilgan  holda  yotqizib  bog'lanadi.  Operatsiya  maydoni  xuddi 
boshqa  hayvonlarniki  singari  tayyorlanadi.  Og'riqsizlantirish  infiltratsion 
anesteziya  usuli  bilan 0,25—0,5%  li  novokain  ishlatilib  bajariladi.
Kesishni oq chiziq bo'ylab (médial) yoki paralyumbal (qiyshiq) o'tkazilishi 
belgilanadi.  Medial kesik oxirgi ikki emchaklar orasida 15— 25 sm uzunlikda 
o'tkaziladi.  Teri  va  teri  osti  to'qimalari  qavatma-qavat  kesiladi,  blinda 
bachadon va ichaklarni jarohatlashdan ehtiyot bo'lish kerak. Qorin pardasini 
kesishdan oldin u ikki qisqich yordamida ko'tarilib, oralig'i qaychi bilan kesiladi, 
,  so'ngra  kesilgan  joyga  baroq  kiritilib ,  uning  nazorati  ostida  kesim 
kengaytiriladi.  Kesilgan  joydan  bachadon  shoxi  chiqarilib,  uning  katta  egri 
chizig'ini  yuqoriga qaratib o'nglab  olinadi va steril salfetkalar bilan yopiladi. 
So'ngra bachadon tanasi yaqinida  uzunligi 8— 10 sm  keladigan joy kesiladi 
va  bundan  ikkala  shoxdagi  hom ilalar  olinadi.  Bachadon  homiladan 
tozalangandan so'ng  uning bo'shlig'iga 2—3 g tritsillin yoki  300— 500  ming 
TB penitsillin (streptomitsin) yuboriladi. So'ngra jarohat chetlari uzluksiz ikki 
qavatli chok bilan 1 —2 ketgutdan foydalanib (xuddi sigirlarniki singari) tikiladi. 
Bachadon qorin bo'shlig'iga joylashtirib, u yerga 50— 100 ming TB penitsillin 
va streptomitsin  10  ml  0,5%  novokainga  eritib solinadi.  Qorin  bo'shlig'i  ikki 
qavatli chok bilan tikiladi.

Yüklə 24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə