Rivojlantirish instituti a. R. Jabborov, S. S. Sotiboldiyev veterinariya akusherligi, ginekologiyasi va sun



Yüklə 24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/40
tarix28.04.2017
ölçüsü24 Kb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40

10- AMALIY  MASHG'ULOT
Darsning  maqsadi. 
Ushlanlb  qolgan  yo'ldoshni  ajratib  olish,  ag'darilib 
chiqqan bachadonni o'rniga to'g'rilab solish yoki uni amputatsiya qilish, hamda 
tug'ishdan  keyingi  parhez kasalligini davolash  usullarini o'rganish.
Tekshirish  obyektilari  va  kerakli  jihozlar: 
akusherlik  fantomlari, 
so'yilgan  bo'g'oz  hayvonlarning  jinsiy  a’zolari  (yo'ldosh,  bachadon,  jinsiy 
lablar),  kasal  hayvonlar,  taxtadan  yasalgan  nishab  maydoncha,  jarrohlik 
asboblarining kichikto'plami, bachadon irrigatori, Esmarx krujkasi, sirlangan 
chelak,  10  va  20  ml  li  shprislar,  ineksion  va  jarrohlik  ignalar,  8,  10  chok 
materiallari,  jarrohlik  qo'lqoplar,  novokainning  1,5%   li  eritmasi,  karbol 
kislotasi,  lizol,  kaliy  permanganati,  yodning  2%  li  va  5%  li  spirtli  eritmasi, 
kollodiylar, achchiqtosh, antibiotiklar, glukoza, bachadonni davolashda qo'lla- 
niladigan  dorilar,  osh  tuzi,  sterillangan  doka,  sochiq,  choyshab,  sovun, 
maxsus  kiyimlar,  termometr,  Evers  apparati,  Ryazanskiyning  yo'ldoshni 
ajratuvchi elektr asbobi va boshqalar.
Qisqacha  uslubiy  ko'rsatma. 
Dars  o'quv  xonasida  (laboratoriyada) 
so'yilgan  sigirlardan  ajratib  olingan  yo'ldoshi  bilan  yoki  usiz  bachadonni 
fantom ichiga osib, yo'ldoshni ajratish usullarini mashq qilishdan boshlanadi. 
Har qaysi  talabaga  bunday  bachadondan  yo'ldoshni  ajratib  olish  usullarini 
o'rganish  topshirig'i  beriladi.  Bundan  tashqari,  ular  ag'darilib  tushgan

bachadonni to‘g‘rilab qo'yadilar,  lozim  bo'lsa,  amputatsiya qiladilar.  Buning 
uchun  bachadon akusherlik fantomi ichiga qo'yiladi va jinsiy tablar fantomni 
oldingi  tashqi  kirish  teshigi  devoriga  berkitilib,  bachadon  ag'darib  qo'yilgan 
bo'ladi. Talabalar bachadonni to‘g‘rilash va amputatsiya qilish usullarini mus- 
taqil o'zlashtiradilar.
Klinika  sharoitida,  o ‘quv  xo'jaligining  ferm asida  yoki  xo'jaliklarda 
o'quvchilarga kasal hayvonlarni qabul qilish, klinik tekshirish, diagnoz qo'yish 
va davolash  ishlari yuklanadi.
Yo'ídoshning  saqlanib  qolishi 
(retentio  placentae).  Homila  pardalari 
bachadonda  yuqorida  aytilgan  vaqtdan  ko'proq  saqlanib  qolsa,  bu 
y o 'íd o s h nin g   s a q la n ib   qolish
  kasalligi  hisoblanadi.  Bu,  ko'pincha  kavsh 
qaytaruvchi  hayvonlarda va asosan  sigirlarda,  goho  biyalarda va  kamdan- 
kam holda go'shtxo'r hayvonlarda uchraydi. Yo'ldoshni agar o'zi tabiiy holda 
tushmasa sigirlarda homila tug'ilgandan 24—28 soatdan  keyin,  biyalarda 2 
soatdan  keyin,  qo‘y va echkilarda 5,  cho'chqa,  it,  mushuk va quyonlarda  3 
soatdan  keyin qo'l bilan  ajratib olinadi.
Yo'ídoshning  o‘z  vaqtlda  ajralmasligiga  bachadonning  yetarli  qisqar- 
masligi,  (bunday hol  egizak homilada,  ayniqsa sigirlarda),  homila  pardalari 
orasiga  haddan  tashqari  ko‘p  suyuqliklar  to‘planishi,  katta  homila  tufayli 
bachadonning  cho‘zilib  ketishi  sabab  bo'ladi.  Shuningdek,  kuchaniq  va 
to‘lg‘oq kuchsiz bo‘lganida ham yo'ldosh ajralib qoladi. Yo'ídoshning ajralmay 
qolishi  va  hayvonlarni  yaxshilab  boqmaslik,  yoki  aksincha,  hayvonlar juda 
sem irib  ketganida  ham  kuzatiladi.  Bundan  tashqari,  oziq  ratsionida 
darmondorilar va mineral tuzlar yetishmasligl  ham yo'ídoshning o'z vaqtida 
ajralmasligiga sabab bo'ladi.
Hayvonlar molxonada bog'lab boqilganida ularga masion yetarli bo'lma- 
ganligi uchun bachadon bo'shashib qoladi (atoniya) va bu holat yo'ídoshning 
ushlanib  qolishiga  olib  keladi.  Yo'ídoshning  ajralmasligiga  hayvonning 
bo'g'ozlik davrida bachadonda paydo bo'ladigan yallig'lanish jarayonlari ham 
sabab bo'lishi mumkin. Bunda shilimshiq parda shishadi, natijada so'rg'ichlar 
korunkalarga  tutilib  qoladi  va  kuchaniq,  to'lg'oq  zo'rayganda  ham  ular 
ajralavermaydi.  Yo'ldosh  yallig'langanda  ham  xoriyon  parda  so'rg'ichlari 
shishib ketadi,  bu esa ularning  bachadon shilimshiq  pardasiga mahkamroq 
yopishib qolishiga sabab bo'ladi.
Ba’zan  bachadon  bo'yinchasi yo'lining vaqtidan  oldin yopilib qolishi yoki 
bo'g'ozlik rivojlanmagan bachadon shoxi haddan tashqari kuchli qisqarganda, 
homila pardalarining shu shoxda qisilib qolishi tufayli ham yo'ldosh ajralmay 
qoladi.  Yo'ídoshning  saqlanib  qolishini  aniqlash  qiyin  emas,  chunki  u 
ko'pincha har xil uzunlikdagi tortma ko'rinishida jinsiy yorug'likdan osilib turadi. 
Yo'ídoshning  saqlanib  qolishi  uch  xil: 
to'liq,  noto'Uq
  va 
q ism an
  bo'ladi. 
Yo'ídoshning  osilib  turgan  qismi  sakrash  bo'g'inlarigacha  ba'zan  hatto 
yergacha tushib tursa, bu 
qism an ushlanib qolishi
 bo'ladi. Bunda xorion parda 
bachadonga  bir  necha  karunkulalar  bilan  birga  tutashgan  bo'ladi. 
Yo'ídoshning  hammasi jinsiy yo'llarda turgan  bo'lsa,  (bu,  kamdan  kam  uch­
raydi),  xorion  parda  bachadonning  har  ikkala  shoxida  karunkulalarga

tutashgan  bo'lsa,  bu 
to'liq  u sh la n is h
  deyiladi,  bunday  paytda  diagnoz 
anam nez  va  ichki  te k s h iris h la r  natijasida  q o 'y ila d i.  A gar  yo'ldosh 
bachadonning bitta shoxida ushlanib qolsa, unda 
noto'liq ushlanish
 deyiladi. 
Sigirlarda  yo'ldoshning  saqlanib  qolishi  ko‘pincha  noto'liq,  qisman  bo'ladi. 
Bu vaqtda homila pardalari jinsiy yorug'likdan osilib turadi (43- rasm). Yo'ldosh 
saqlanib qolganida, jinsiy lablar shishib ketadi,  ular odatda ko‘kimtir qo‘ng‘ir 
rangli najas bilan ifloslanadi. Kasai hayvon hadeb dumini likkilataverishidan 
dumning  ichki tomoni,  orqa oyoqlar najas bilan  ifloslanadi.
Sigirlarning yo'ldoshi 2 kundan ortiq ajralmasa, u chiriy boshlaydi. Bunday 
yo'ldosh  ilvillab,  kul  rang  tusga  kiradi  va  noxush  hid  chiqaradi.  Chiriy 
boshlayotgan yo'ldosh organizmni zaharlanganligi tufayli hayvonda umumiy 
kasallikka xos belgilaryuzaga keladi: ishtahasi yo'qoladi, tana harorati ko'ta- 
riladi, sut sekretsiyasi ancha kamayadi, juni hurpayib turadi, tug'ish yo'llaridan 
qo'lansa  hid,  ayrim  paytlarda  chirigan  homila  pardalari  bo'laklari,  qon  va 
shilimshiqsimon suyuqlik keladi.
Yo'ldosh  7— 9  kun  davomida  ajralmasa,  sigirning  umumiy  ahvoli 
og'irlashadi.  Ishtahasi  tamomila  yo'qolib,  kavsh  qaytarmay  qo'yadi,  sut 
sekretsiyasi to'xtaydi, tana harorati ko'tariladi. Jinsiy yo'llardan qo’lansa hidli 
suyuqlik kelishi kuchayadi. Ichki usul bilan tekshirganda bachadon bo'yinchasi 
kanali chalaroq ochilgan,  o'zi  biroz qisqargan  bo'ladi.
Chirigan  yo'ldosh  ajralib  tushgandan  keyin  hayvonning  umumiy  ahvoli 
yaxshilanib borsa ham, jinsiy yo'llarida yallig'lanish borligidan u uzoq, ba’zan 
esa umr bo'yi qisir qolishi mumkin. Chirib borayotgan yo'ldoshda bo'ladigan 
mikroorganizmlar ko'pincha limfa va qon tomirlariga o’tib, sepsis yoki piyemiya 
kasalligini  keltirib chiqaradi,  natijada hayvon  halok bo'ladi.
Yo'ldoshning  ajralmay qolishi,  sut  bezlari  funksiyasiga  ham  kuchli  ta’sir 
etib,  sut  miqdorining  kamayib  ketishiga  sabab  bo'ladi.  Biyalarda  yo'ldosh 
saqlanib  qolganida,  hayvon  besaranjom  bo'lib,  tez-tez  zo'r  berib  kuchanib 
turadi,  bunday  kuchanishlar natijasida  ko'pincha  bachadon  ajralib  chiqadi.

Homila  pardalari  12—24  soat  davomida  ajratilmasa,  odatda  tana  harorati 
ko'tariladi, jinsiy yo'llarda kelayotgan to‘q jigarrang suyuqlikning hidi qo'lansa 
bo'ladi.  Shundan  keyin  boshlanayotgan  septisemiyaning  boshqa  belgilari 
ham yuzaga chiqib,  hayvonning nobud  bo'lishiga olib  keladi.
Mayda kavsh qaytaruvchi hayvonlarda kasallik sigirlarniki singari bo'ladi, 
lekin  ular  bu  kasallikka  juda  sezgir  bo'ladi,  kasallik  ko'pincha  qoqshol  va 
gazli flegmona bilan  og'irlashadi.
Cho‘chqalarda  yo'ldoshning  saqlanib  qolish  kasalligi  birmuncha  oz 
kuzatiladi.
Y o ‘ldoshn¡  ajratish  texnikasi. 
Oldin  talaba  yo'ldoshni  ajratib  olish 
texnikasini  qushxonalarida  bo‘g ‘ozlikning  ikkinchi  davrida  so'yilgan 
hayvonlardan  ajratib  olingan  bachadonda  o'rganadilar.  Ajratib  olingan 
bachadon  kesiladi,  homila pardalari olinadi,  keyin yo‘ldosh ajratiladi.
Hayvonlardan  saqlanib  qolgan  yo‘ldoshni  ajratib  olishdan  oldin  talaba 
xalatlarining  ustidan  kleyonka  fartuk  (etak),  bir  qo'liga  maxsus  yengcha, 
oyoqlariga  rezina  etik  kiyadi.  Kasai  hayvon  jinsiy  lablari,  dumining  asosi, 
chot qismi sovunlab, issiq suv bilan toza yuviladi, so'ngra dezinfeksiyalovchi 
eritmalar  bilan  (2%  li  lizol  eritmasi  yoki  0,1%  kaliy  permanganat  eritmasi) 
artiladi.  Dum junlari artish paytida xalaqit bermasligi uchun bint bilan o'raladi, 
yon  tomoniga tortilib  bo‘yniga bog'lanadi.  Qo‘llarni  sovunlab issiq suv bilan 
toza yuvib yodlangan spirt (1:1000) bilan artiladi.  Shilingan, tirnalgan joylari 
yodning 5%  li spirtli eritmasi bilan artiladi va ustidan  kolloid eritma qo'yiladi. 
Yo'ldoshni  ajratadigan  qo'lga  (yelka  bo‘g‘inigacha)  sterillangan  vazelin 
dezinfeksiyalovchi  malham surtilishi  lozim yoki akusherlik qo'lqopi  kiyiladi.
Shundan so‘ng jinsiy yo'llardan osilib chiqqan homila pardalarini qo‘l bilan 
ushlab,  burab sekinlik  bilan tortiladi.  2- qo'lni  bachadonga yo'ldosh  bo'ylab 
yuborib,  u  bilan  bachadon  shilliq  pardalarining  tutashgan  joyi  —  birinchi 
karunkula topiladi, uning bo‘yin qismidan ko'rsatkich va o'rta barmoqlar bilan 
ushlab,  katta  barmoq  yordamida  karunkulalardan  tomirli  parda so‘rg‘ichlari 
(ko'pincha  karunkulani  kesish  tufayli)  ajratiladi.  So'ngra  keyingi  karunkula 
topilib, bu operatsiya qaytariladi, shu tartibda yo'ldosh bachadon shoxlaridan 
ajratiladi.  Yo'ldosh  ajratilgandan so'ng  karunkulalar yuzasi g'adir-budur (aj- 
ratilmasdan  oldin  silliq)  bo'ladi.
Ayrim  hollarda  (hayvon  bezovtalanganda,  bachadon  bo'yinchasi  kanali 
q isqarganda)  dum  qism ida  o'tkazilad ig a n   epedural  anesteziyadan 
foydalanish maqsadga muvofiqdir.  Hayvon bachadonining qisqarishi uchun 
teri ostiga 30—40 TB miqdorida oksitatsil yoki boshqa dorilar yuborish tavsiya 
etiladi.  Yo'ldosh  ajratib  olingandan  keyin,  toza  pol  yoki  faner  ustiga  yoyib, 
diqqat bilan tekshiriladi.  Bunda uzilgan tomirli parda chetlari bir-biriga to'g'ri 
kelsa,  demak,  yo'ldosh  to'liq  ajratilib  olingan  hisoblanadi,  to'g'ri  kelmasa, 
yo'ldoshning  qismlari  bachadonda qolgan  bo'ladi.
Bunday  paytda  qo'l  yana  bachadonga  yuborilib,  yo'ldoshning  qolgani 
olinadi.  So'ngra  bachadonga  mikroorganizm  faoliyatini  to'xtatadigan  dori- 
darmonlar  yuboriladi.  Shu  bilan  bir  vaqtda  organizmning  himoya  kuchini 
oshirishga qaratilgan  choralar ham  ko'riladi.

Ajratib olingan  yo'ldoshni  kuydirish yoki yerga ko'mish  kerak.
Ishlab chiqarish sharoitida yo'ldoshni ajratib olish  uchun operativ usullar 
bilan bir qatorda konservativ usullardan ham foydalaniladi. Konservativ usul 
sigir bachadon muskullari tonusini oshirish va mikroorganizmlar rivojlanishi- 
ning oldini olishga qaratilgan. Bunda yo'ldoshning osilib turgan qismi, tashqi 
jinsiy  a’zolar,  hayvonning  dumi  dezinfeksiyalovchi  eritmalar  bilan  har  kuni
2—3 marta yuviladi. Mikroblarga qarshi yo'ldosh bilan bachadon orasiga qin 
orqali  vazelin  yoki  baliq  moyiga  (150— 200  ml)  qorilgan  antibiotiklar, 
sulfanilamidlar  va  boshqa  vositalar  kerakli  miqdorda  qo'yiladi.'Bachadon 
muskullari  tonusini  oshiradigan  moddalar  sifatida  teri  ostiga  oksitatsin, 
pitiutrin,  amnitsiron,  pregnantol  (5— 10 ml),  1%  li  sinenstroldan  2— 5 ml 
yuboriladi,  500 g  qand  suvga  eritilib  ichiriladi.  N. A.  Flegmator yo'ldosh  aj- 
ralmay  qolganda  miotonik  ta ’sir  etuvchi  (bachadon  muskul  qavatini 
qisqartiradigan) homila atrofidagi suvlardan foydalanish tavsiya etiladi. Buning 
uchun qog'onoq yorilib, homila bachadondan chiqarilayotgan vaqtda homila 
oldi suvlari toza idishlarga olinadi va  harorati  3 daraja bo'lgan  xonada ko'pi 
bilan  2—3  kecha-kundaz  saqlanadi.  Bu  suyuqlik yo'ldoshi  saqlanib  qolgan 
sigirlarga 3 I  dan 5— 6 soat oralatlb,  3—4  marta  berilishi  mumkin.

IX  b o b  
TUGMSHDAN  KEYINGI  KASALLIKLAR
Bachadonning ag'darilib chiqishi va tushishi 
(prolapsus uteri, inversio 
uteri). Bunday hol tug'uruqdan keyin uchraydi va ikki xil ko'rinishda namoyon 
bo'ladi. Bachadon shoxining qin bo‘shlig‘iga ag'darilib chiqishi yoki kirib qolishi 
ch ala  ag'darish
  bo'lsa,  jinsiy  yo'llardan  bachadonning  butunlay  tashqariga 
chiqib  qolishi  — 
to'la  a g ‘darilib  chiqish
 deyiladi.  Bu  kasallik  ko'pincha  sigir 
va echkilarda,  biya va cho'chqalarda esa kamroq  uchraydi.
Bachadonning  ag'darilib  chiqishi  va  tushishi  tug'ishdan  keyingi  6  soat 
ichida,  bachadon  hali  qisqarib  ulgurmasdan  bachadon  bo'yinchasi  kanali 
bachadon  tanasi  yoki  shoxi  sig'adigan  darajada  ochiq  turgan  paytda  ro'y 
beradi  (44- rasm).
Bachadon chala tushganida hayvon besaramjon bo'lib, tez-tez kuchanadi, 
qorin  pressi  (muskullari)  qisqaradi,  hayvon  orqasini  egib,  dumini  ko'tarib 
turadi,  kuchaniq  tutgan  paytda  oz-ozdan  najas  va  siydik  keladi.  Ayrim 
hayvonlarning  darmonsizlanishi  kuzatiladi  (sigirlar  kavsh  qaytarmaydi, 
ishtahasi  yo'qoladi va  hokazo).  Biyalarda bunday paytda sanchiqlar paydo 
bo'ladi.  Bachadonning  chala tushishi  ichki tekshirish  usuli  bilan aniqlanadi. 
Bunda qo‘l  bilan  paypaslab  bachadonning ag'darilib chiqqan  qismi topiladi.
Bachadonning  to'la  tushishi  ko'p  uchraydi.  Bunday  paytlarda  jinsiy 
yoriqdan  sakrash  bo'g'imlarigacha  osilib  tushadi.  Tashqariga  chiqqan
44- rasm.
  Bachadonning  ag'darilib  chiqishi: 
A
  —   sigirlarda;  S  —  cho'chqalarda.

bachadonning  ko'pincha  yo'ldosh  qoldiqlari  bilan  qoplangan  shilimshiq 
pardasi  karunkulalari  bilan tashqariga chiqib turadi.
Kavsh  qaytaruvchi  hayvonlarda tushgan  bachadonni  undagi  karunkula- 
lariga qarab  osongina aniqlasa  bo'ladi.  Biya  bachadoni  tushganda  kapillar 
qon  oqishi  kuzatiladi.  Cho'chqalarning  tushgan  bachadoni  uzun  ichak 
ko'rinishida  bo'ladi.  Diqqat  bilan  qaralsa,  shilimshiq  pardasida  bir  talay 
ko'ndalang  burmalar borligini  ko‘rish  mumkin.
Ag‘darilib tushgan  bachadon  sernam,  nisbatan  yumshoq,  och  qizil  rangda 
bo'ladi.  Qonning  to‘xtab  qolishi  va  shishishi  tufayli  u  qattiq  va  to‘q  qizil  bo‘lib 
qoladi.  Bir  necha  soatdan  keyin  ag'darilib  chiqqan  bachadonning  yuzi  qurib, 
yoriqlar bilan qoplanadi va qora kul rang, qora jigarrang tusga kiradi. Keyinchalik, 
nekroz sepsis bilan tugallanishi mumkin. Bunda hayvon yotgan bo'ladi, shuning 
uchun ag'darilib chiqqan bachadon ostiga kleyonka yoki choyshab solish kerak. 
So'ngra  dumg‘aza  qismida  epidural  anesteziya  o‘tkazilib,  bachadonning  bir 
qancha joyiga 0,5— 1  sm chuqurlikda (sigirlarga 60 TB, mayda mollarga 5— 20 
TB miqdorida) oksitotsin yuboriladi. Bachadon vagotil (2% li), achchiqtosh (3% 
li),  kaliy  permanganati  (1:5000),  furatsillin  (1:5000)  eritmalari  bilan  yuviladi, 
bachadondagi jarohatlarga chok qo'yiladi, agar yorilgan yoki tirnalgan joylarga, 
hamda  butun  bachadon  shilliq  pardasiga  Vishnevskiy  malhami  surtiladi  yoki 
boshqa  mikroblarga  qarshi  qo'llanadigan  biror  malham  (emulsiya)  surtiladi. 
Oksitotsin  inyeksiyasi  qilinganidan  so‘ng  5  daqiqa  o‘tgach,  bachadon  30% 
qisqaradi, qattiqlashadi va yengil to‘g‘rilanadigan bo'ladi.
Ag'darilib chiqqan  bachadon  kuchli shishgan  bo'lsa,  u  sterillangan  3%  li 
achchiqtosh yoki 2% li vagotil eritmasi shimdirilgan keng bintlar bilan mahkam 
bog'lanadi. Bintlash ag'darilgan bachadon shoxlaridan boshlanib, jinsiy lablar 
tomon  boriladi.  Bachadonni  to'g'rilab,  o'rniga  qo'yishdan  oldin  bintning  bir 
qismi  ochiladi,  bachadonni  ikki  qo'l  bilan  ushlab, jinsiy  lablarga yaqin  qismi 
ko'tariladi  va  asta-sekin  tos  bo'shlig'iga  yuboriladi.  Keyin  boshqa  qismi 
ushlanib,  binti  ochilib  sekinlik  bilan  u  ham  tos  bo'shlig'i  tomon  yuboriladi. 
Bunda  ayniqsa  yomchi  bachadonni  toza  choyshab  bilan  jinsiy  lablar 
balandligida  saqlab  turishi  juda  muhimdir.  Bachadon  o'rniga  solingandan 
keyin uning  bo'shlig'iga baliq moyi  bilan tritsillin,  1—2 ta ekzuter va boshqa 
antiseptik  dorilar  yuboriladi.  Bachadonning  qayta  ag'darilib  chiqish  xavfi 
bo'lsa,  dumg'aza qismida epidural anesteziya o'tkaziladi.  Qinga valiksimon 
yoki xaltachali choklar o'rnatiladi.
Shishgan  va  jarohatlangan  qismi  ko'p  bo'lsa  bachadon  amputatsiya 
qilinadi.
Bachadon  amputatsiyasi. 
Operatsiya  hayvonning  yotgan  yoki  turgan 
holatida o'tkaziladi. Amputatsiyadan oldin 0,5— 1% li novokain eritmasi bilan 
infiltratsion anesteziya qilinadi. Eritmani ligatura qo'yiladigan (bog'lanadigan) 
bachadon  to'qimalaridan  bir  oz  yuqori,  bachadon  bo'yinchasiga  yaqinroq 
joyga yuboriladi.
Infiltratsion  anesteziya  bilan  dum  qismida  epidural  anesteziya  ham 
o'tkazilishi mumkin. Bachadon 0,1% li kaliy permanganat, 2% li achchiqtosh 
eritmalari bilan yaxshilab yuviladi. Shundan so'ng bachadon bo'yinchasidan

45- rasm.
  Sigirlarda ag'darilib ch iqq an  bachadonni  am pu tatsiya qilish  chizmasi:
1
 — 
ba cha do n  tanasidan  bog'lash; 
2
—   bachadonni  ichki  tom ondan  tekshirish  uchun  kesish
joyi; 
3
—  kesik  uchi.
10— 15 sm uzoqlikda, hayvonni bichishda qo'llanadigan  ip aylantirilib, ilmoq 
tortiladi.  Ilmoq  qilingan  iplarni  tortib  bog'lashdan  oldin,  kesiladigan  joyning 
pastrog'idan  bachadon  devori  uzunasiga  kesilib,  bachadon  bo'shlig'i 
tekshiriladi.  Agar u yerda burmalari yoki siydik pufagining borligi aniqlansa, 
ularni qorin bo'shlig'i tomon to‘g‘rilab yuborish kerak. So'ngra iplar 3—4 marta 
har 5— 6 daqiqa davomida to'liq gemostaz hosil bo'lgunicha tortib bog'lana- 
di.  Iplarni kuch bilan tortish maqsadida uning uchlariga tayoqcha o'matiladi.
Iplar tortilib  bog'langandan  so'ng,  3—4 sm  pastroqdan  bachadon  kesib 
olib  tashlanadi,  kesilgan  joyiga  yodning  5%  li  spirtli  eritmasi  suriladi  (45- 
rasm). So'ngra kesilgan joy har kuni antiseptik moddalar bilan artiladi.  10— 
12  kundan  so'ng  bog'langan  ip tushib  ketadi.
Tug'ishdan  keyingi  parez  yoki  tug'uruq  parezi 
(coma  pueperalis) 
hayvonlarning  og'ir  kechadigan  o'tkir  kasalligi  bo'lib,  tomoq,  til,  ichak  va 
oyoqlarni falajlanishi, sezgisi yo'qolib qolishi  bilan namoyon  bo'ladi.
Bu  kasallik  asosan  sigirlarda,  ba’zan  echkilarda  va  juda  kamdan-kam 
qo'y va cho'chqalarda uchraydi.  Kasallik ko'pincha 5 yoshdan  9 yoshgacha 
bo'lgan sersut sigirlarda, ya’ni hayvon eng ko'p sut beradigan davrga yetgach 
paydo  bo'ladi.  Semiz  hayvonni  bo'g'ozlik  oxirida  kuchli  oziqlar  bilan  ko'p 
boqish,  kasallik kelib chiqishiga moyil qilib qo'yadi.
T uqqandan  keyingi  parezning  konkret  sababi  aniqlangan  emas. 
Gipoglikemiya nazariyasi bo'yicha oshqozon osti bezining zo'r berib ishlashi 
natijasida  kasallik  vaqtida  qondagi  qand  miqdorining  kamayib  ketishi 
(gipoklikemiya)  kuzatiladi.  Oshqozon  osti  bezi  faoliyatining  kuchayishi 
tug'ishdan  keyingi  parez  kasalligini  keltirib  chiqadigan  sabablardan  biri. 
Bundan  tashqari  bu  kasallik  qalqonsimon  bezlar  faoliyatining  buzilishi  va 
shu  munosabat  bilan  qonda  kalsiy  tuzlarining  kamayib  ketishi  (gipokal- 
semiya)ga  bog'liq degan fikrlar ham  mavjud.
Sigirlarda kasallikning dastlabki belgilari odatda hayvon tuqqanidan keyin 
12— 72  soat  mobaynida  paydo  bo'ladi.  Kasallik  kamdan-kam  hollarda 
tug'ishdan oldin, homilaning jinsiy yo'llaridan chiqish vaqtida, ayrim hollarda 
esa  tuqqandan  4  kun  va  undan  ham  ko'proq  vaqt  o'tgandan  keyin  paydo 
bo'ladi. Kasallik hayvon ishtahasining pasayishi va kavsh qaytarmay qo'yishi 
bilan  boshlanadi.  Keyin  sigir bir oz  besaranjom  bo'lib qoladi,  og'irligini  dam

u  oyog'iga,  dam  bu  oyog'iga solib  turadi,  uning  orqa  tomoni  bir oz  silkinib, 
muskullari  titraydi.  Ba’zan  esa  kasallik  hiyla  qo‘zg‘alish  bilan  boshlanadi. 
Hayvon  ma’rab,  to'polon  qiladi,  ko‘zlarini  bir  nuqtaga  qadab  turadi. 
Kasallikning bu dastlabki belgilari, odatda, juda qisqa vaqt davom etadi. Shu 
sababli  cho'pon  ko'pincha bularni sezmay qoladi.
Kasallik avj  olishi  bilan  sigir yiqilib  tushadi  va turolmay  qoladi.  Goho  bir 
yoki ikki marta turadi-da, yana yiqilib tushadi va shu yotganicha yotib qoladi. 
Ayni vaqtda sezuvchanlik yo'qoladi.  Kasai sigirlar oyog'ini tanasi tagiga olib, 
boshini oldinga cho'zib yotadi, ayrim paytda (notipik shaklda) hayvon bo‘yni 
«S»  simon  bo‘g‘ilgan  bo‘ladi  (46- rasm).  Tipik  shaklida  hayvonning  boshi 
boshqa  holatga  keltirib  qo‘yilsa,  u  yana  avvalgi  holatiga  qaytadi.  Ko'zning 
shox pardasi xira tortadi, qo‘l tekkizib ko'rilganda sezmaydi yoki kam sezadi. 
Ko‘z qorachiqlari kengayib boradi. Tana harorati 35— 36°C gacha pasayadi, 
shoxlar  asosida  teri  sovugan  bo‘ladi,  ichaklarning  qisqarishi  kuzatilmaydi, 
siydik pufagi to'lib,  siydik ajratilishi to'xtaydi.  Keyinchalik yaqqol  bilinadigan 
falajlanish belgilari paydo bo'ladi,  hayvonning yarim ochiq og‘zidan tili osilib 
turadi,  terisi  nina  sanchilsa  ham  sezmaydi.  Kasallikning  qolgan  belgilari 
(hayvonning zaiflanishi ishtahasining yo'qolishi, tana haroratining pasayishi 
va boshqalar)  kamroq  darajada  ifodalanadi.
Tug'ishdan  keyingi  parez  kasalligi  qoramollarda  qanday  o'tsa,  qo‘y  va 
echkilarda  ham  xuddi  shunday o‘tadi.  Cho'chqalarda bu  kasallik  1—2  kun, 
ba’zan  esa 4 kun  davom  etadi.
Bu  kasallikni davolashda eng samarali usullardan biri yelinga Evers yoki 
Belyayev va Orexovlarning  apparatlari  bilan  havo yuborishdir. 
Sigir yelka- 
yon  tomoniga 
qo'yilib  suti  sog'iladi,  so'ngra  so‘rg‘ichlari  spirt shimdirilgan 
tampon  bilan  artiladi.  Keyin  ularning  to'rtalasiga  steril  kateterlar  yuborilib, 
yelin  terisi  qatlari  yozilguncha  va  timpanik  tovush  paydo  bo'lguncha  asta- 
sekin havo beriladi. Shundan so'ng havo chiqib ketmasligi uchun emchaklar 
20— 25  daqiqagacha  doka  yoki  bint  bilan  bog'lanadi.  Hayvon  tuzalmasa, 
yelinga havo yuborish yana 8 soatdan  so'ng  qaytariladi.
4 6 - rasm.  Tug'ish  pare zid a  sigirlarning  holati: 

Yüklə 24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə