Rivojlantirish instituti a. R. Jabborov, S. S. Sotiboldiyev veterinariya akusherligi, ginekologiyasi va sun



Yüklə 24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/40
tarix28.04.2017
ölçüsü24 Kb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40

a  —  og'ir va  b —  yengil  (bo'yinning  «S »  sim on  qiyshayishi)  shakllari.

Z.  S.  Kirillov  yelinga  havo  o'rniga  shpris  Jane  orqali  500— 2000 ml 
miqdorida  sog'lom  sigirlardan  sog'ib  olingan  sut  yuborishni  tavsiya  etadi. 
Havo  va sut yuborilgandan  so‘ng  kasal  hayvonning  sag'risi  bilan  bel,  orqa 
oyoqlari yaxshilab uqalanadi, keyin issiq qilib o‘rab qo'yiladi. 3 soat mobaynida 
hayvon o'rnidan  turmasa, terisi ostiga 20% li  kofein eritmasidan  15—20 ml, 
qon tomiri ichiga 10% li kalsiy xlor eritmasidan  100 ml miqdorida yoki 40% li 
glukoza eritmasidan  300— 400 ml yuboriladi.
Yo‘ldoshini yeb q o ‘yish. 
Hamma hayvonlarda yo'ldoshni yeb qo‘yishga 
moyillik bor.  Ular faqat o‘z yo‘ldoshlarini yeb qo'yishini qayd etish  lozim.
Biyalarda bu  hoi  kamdan  kam  uchraydi.  Sigirlar homila pardalarini  hush 
ko'rib  yeydi,  shundan  keyin  ularda  oshqozon-ichak  kasalliklari  ro‘y  beradi. 
Qo‘y  va  echkilarda  homila  pardalarini  yeyishga  moyillik  sust  ifodalangan. 
Cho‘chqalar esa yo'ldoshini  ishtaha  bilan  yeydi.  Bu  ularda oshqozon-ichak 
kasalliklarini  keltirib  chiqarmaydi,  ammo  bolalarini  yeb  qo‘yishiga  moyillik 
paydo qiladi.  Go‘shtxo‘r hayvonlar ham yo'ldoshlarini yeb qo'yadi,  bu  narsa 
ularning sog'ligiga ta’sir etmaydi.
Hayvonlar yo'ldosh  yeishiga asosiy sabab  ularda  mineral  moddalarning 
yetishmasligi,  gipovitaminozlarning  bo'lmasligidir.  Yo'ldoshini  yeb  qo'ygan 
hayvonda  quyidagi  o'zgarishlar  paydo  bo'ladi;  gastroenterit  kasailigining 
belgilari,  kavsh qaytaruvchiiarda-timpaniya, yurak urishi va nafas olishi tez- 
lashadi,  ayrim  hollarda  harorati  ko'tariladi,  otlarda  sanchiqlar  kuzatiladi. 
Tezagi qo'lansa hidli,  sassiq  bo'ladi,  ba’zan  ichi  ketadi.
Biyalar  va  kavsh  qaytaruvchi  hayvonlarni  davolash  maqsadida  parhez 
qilinadi.  Surgi  dorilaridan  (glauber,  ingliz  tuzlari,  kana  kunjut  moyi) 
foydalaniladi,  shuningdek,  tabiiy va sun’iy oshqozon  shirasini  qo'llash  ham 
mumkin.
Kasallikning oldini olish  uchun tug'ish vaqtida albatta navbatchilik tashkil 
etiladi.  Navbatchi  hayvonlarni  kuzatadi.  Ular  kalta  bog'lanishi  va  ajralib 
tushgan  yo'ldosh  darhol  yig‘ishtirib olinishi  kerak.  Xo‘jalikda turli  kasalliklar 
tarqalmasligi uchun ajratib olingan va tushgan yo'ldoshlar kuydirilib yo'qotilishi 
yoki yerga  ko'milishi  zarur.
Hayvonlarning  o ‘z  bolalarini  yeb  q o ‘yish 
kasalligi  cho‘chqalarda, 
kemiruvchilarda  va  go‘shtxo‘r  hayvonlarda  uchraydi.  Ayniqsa,  bu  hoi 
ko‘pincha cho'chqa va quyonlarda ro‘y beradi. Cho'chqalar tuqqandan so'ng, 
ayniqsa, birinchi marta juda kamdan-kam hollarda emiza boshlagandan keyin 
o‘z  bolalarini yeb qo'yishi  mumkin.
Kasallikni paydo qiluvchi asosiy sabablardan biri bo‘g‘ozlik davrida noto'g'ri 
boqish  (mineral  m oddalar  yetishmasa,  tashlandiq  go'sht  yoki  hayvon 
mahsulotlari  berib  boqilsa)  natijasida  ro‘y  beradi.  Bunga  yana  cho'chqa 
bolalari o‘tkir tishlari bilan onasining so'rg'ichlarini jarohatlashi, yelin va jinsiy 
a’zo  kasalliklari  ham  sabab bo‘ladi.
Oziq  ratsionida  mineral  moddalar  yetishmasa,  kataklarida  toza  suv 
bo‘lmasa, urg'ochi quyonlar ham o‘z bolalarini yeb qo‘yishlari mumkin. Birinchi 
navbatda  ular  o‘lik  tug‘ilgan  bolalarini  yeydi,  keyinchalik  esa tirik  bolalarini 
ham yeyish  payiga tushadi.

Kasallikning  oldini  olish  uchun  cho'chqalarni  bo‘g‘ozlik  davrida  to'g'ri 
boqish kerak. Birinchi marta tug‘ayotgan cho'chqalarning yelinini tug'ishidan 
oldin  massaj  qilish  lozim.  Shunda  cho'chqa  bolalari  so‘rg‘ichlarni  og'ziga 
olganida, ularda bezovtalanish hollari ro‘y bermaydi. Tug'ish vaqtida kuzatib 
turish  va  yo'ldoshni  darhol  yig'ishtirib  olish  kerak.  Cho'chqa  o‘z  bolalarini 
yeyish  payiga  tushgudek  bo'lsa,  uning  tumshug‘iga  burundiq  tutib  qo'yish 
lozim. Cho'chqa bolalarini hayotining birinchi kunlaridanoq yashikda alohida 
asrash va emizish  uchungina ona cho'chqa yoniga qo'yib, emib bo'lguncha 
qarab turish kerak. Birinchi bolasini yeb qo'ygan ona cho'chqalarga o'stiruvchi 
dorilarning  (verantin,  o'stiruvchi  tosh)  berilishi  boshqa  bolalarini  yeb 
qo'yishining oldini  oladi.
Bunday holning oldini olish  uchun o'Iik tug'ilgan va nobud bo'lgan quyon 
bolalarini  darhol  kataklardan  olib  tashlash  kerak.  Bolasini  yeb  qo'yadigan 
quyonlaryaroqsiz  hisoblanadi.
Tug'ishdan  keyingi  infeksiyalar. 
Tug'ishdan  keyin jinsiy yo'llarga turli 
mikroorganizm lar  kirib,  jinsiy  a’zolarda  og'ir  kasalliklar  paydo  qiladi. 
Mikroorganizmlar jinsiy a’zolarga 2 yo'l bilan: ekzogen va endogen yo'l bilan 
kirishi  mumkin.
Mikroorganizmlar  jinsiy  a’zolarga  ekzogen  yo'l  bilan  tug'ishga  yordam 
bergan  akusherning  qo'llari,  asboblar,  iflos  to'shama  va  boshqa  buyumlar 
orqali tushadi.
Mikroorganizmlar  jinsiy  a’zolarga  endogen  yo'l  bilan  tug'ishdan  ancha 
oldin  tushadi.  Ular  bachadon  yoki  qinga  kirib  qolgan  saprofit  hisoblangan, 
organizmning  himoya  vositalari  kasallanganda  kasallik  chaqirishga  moyil 
bo'lgan  mikroorganizmlardir.
Kasallik  qo'zg'atuvchilarning  organizmga  kirishi  va  rivojlanishi  uchun 
tug'ish vaqtida va undan keyingi davrda juda qulay sharoitlar vujudga keladi. 
Chunki jinsiy yo'llarning  hamma joylarida  bir talay jarohatlar paydo  bo'ladi. 
Bundan tashqari, bachadondagi lohiyalar mikroorganizmlarning o'sishi uchun 
juda  yaxshi  oziq  muhiti  hisoblanadi.  Har  bir  tug'ish  organizmning  himoya 
kuchlarini  susaytirib  qo'yishi  sababli,  kasallik  qo'zg'atuvchilar  bemalol 
rivojlanadi.
Jinsiy a’zolarning tug'ishdan keyingi kasalliklari turli mikroorganizmlarning 
ta’siri  tufayli  sodir  bo'ladi.  Jinsiy  a’zolarda  paydo  bo'ladigan  yallig'lanish 
jarayonlari joylashishiga ko'ra ular quyidagicha bo'ladi:  1 )  tug'ishdan keyingi 
vulvit;  2)  tug'ishdan  keyingi  vestibulit;  3)  tug'ishdan  keyingi  vaginit.  Bu 
kasalliklaming asosiy sababi tug'ish paytidagi jinsiy yo'llar jarohati va ularga 
tashqaridan qo'l,  asbob-uskunalar bilan  mikroorganizmlarning tushishidir.
Kasallik boshlanganda hayvon bezovtalanadi, belini kuchli bukadi, dumini 
ko'taradi.  Siydik  chiqarish  kuchli  og'riq  bilan  o'tadi.  Tashqi  jinsiy  lablar 
shishadi. Paypaslaganda kuchli og'riq seziladi. Jinsiy lablarga tegilgan paytda 
hayvonning yotishi yoki yiqilishi kuzatiladi. Jinsiy yoriqdan suyuqlik oqadi,  u 
hayvon dumi va sag'risiga yopishib, qurib po'stloq hosil qiladi. Qinning shilliq 
pardalarida ko'pincha kuchli qizarish, yara, eroziya qon quyilganligi ko'rinadi. 
Bu mahalliy o'zgarishlarga organizmning umumiy o'zgarishlari ham qo'shiladi.

Davolash maqsadida, birinchi navbatda, tashqi jinsiy a’zolar va dum toza 
yuvilishi  kerak.  Jinsiy  lablarni  qitiqlamasligi  uchun  dumni  bint  bilan  o'rab, 
yon tomonga tortib qo'yish  kerak.
Qin dahlizi bo‘shlig‘i tozalanib, dezinfeksiyalovchi (kaliy permanganat, lizol, 
kreolin, biyalar uchun sulema) eritmalar bilan yuviladi.  Bunday paytda 1—2% 
li tuz-sodali (aa), yoki osh tuzining gipertonik (2—5% li) eritmalari yaxshi samara 
beradi.  Shuni  esda tutish  kerakki,  qin  dahlizini  yuvish  ayrim  hollarda teskari 
natija beradi. Shunday bo'lmasligi uchun qin dahlizi dezinfeksiyalovchi eritmalar 
bilan yuvilganda jinsiy lablar ochiq bo'lishi va yuborilgan  eritmalarning qaytib 
chiqishi  uchun  sharoit  tug'dirish  kerak.  Dezinfeksiyalovchi  eritmalar  jinsiy 
yo‘llarga bosim bilan yuborilishi  kerak emas.
Jinsiy  a’zo  shilliq  pardalari  yuvilgandan  so‘ng  Vishnevskiy  linimenti, 
streptosid  emulsiyasi,  yodoformli,  kseroformli,  kreolinli,  ixtiolli  malhamlar 
surtilishi  kerak.
Kuchli  og'riq  paytida  oddiy  malhamlarga  1— 2%  dikain  yoki  novokain 
qo‘shish tavsiya etiladi. Yara eroziyalar tozalangandan keyin lyapis yoki 5% li 
yod  eritmasi  bilan  kuydiriladi.  Xuddi  shunday maqsad  bilan  ixtiolli tamponlar 
ham qo'llanadi. Tamponlarni  12—24 soatdan  keyin qayta qo'yish  mumkin.
Lekin tug'ishdan keyingi infeksiyani mahalliy jarayon deb bo'lmaydi, chunki 
bunda  organizm  patologik  jarayonga  tortiladi.  Organizm  himoya  kuchining 
susayishi  va  idora  etuvchi  hamda  moslashtiruvchi  imkoniyatlarning  izdan 
chiqishi umumiy kasallikni paydo qiladi. Bunday hollarda uchta umumiy yuqumli 
kasallik: sepsitemiya,  piyemiya va septikopiyemiya kasalligi yuzaga keladi.
S e p s i t e m i y a  —  mahalliy yallig'lanish jarayonining asorati bo'lib, qonda 
mikroblar va  ularning  toksinlari  borligi  bilan  namoyon  bo'ladi.  Bunda  kasal 
hayvonning ahvoli og'irlasha boradi.
P i y e m i y a   —   mahalliy  yallig'lanish  jarayonining  asorati  bo'lib,  qon 
tomirlarida tromblar vujudga keladi.  Keyin shu tromblarning yiringlashi, turli 
a’zo va to'qimalarda emboliyalardan kelib chiqadigan metostatik abssesslar 
yuzaga  kelishi  bilan o'tadi.
S e p t i k o p i y e m i y a  — mahalliy yallig'lanish jarayonining septisemiya 
ham  piyemiyaga xos  belgilari  bilan o'tadigan  asoratidir.
11- 
AMALIY  MASHG'ULOT 
QIN  KASALLIKLARINI  DAVOLASH  USULLARI
Darsning  m aqsadi: 
qin  kasalliklarini  davolashda  eritmalar,  mazlar, 
em ulsiyalar,  ginekologiya  preparatlari,  poroshoklardan  foydalanishda 
ko'nikma olish.
Tekshirish  joylari. 
O'quv-tajriba xo'jaligi.
Kerakli jihozlar. 
Dars o'tish uchun qin kasalliklariga uchragan hayvonlar 
(sigir,  sovliq,  urg'ochi  it) tanlanadi.
Q inni  yuvish  m aqsadida  antiseptik  e ritm alar  tayyorlanadi.  Kaliy 
permanganat (1:5000), furatsilin (1:5000), etakridin-laktat (1:2000) 2— 3% li

soda eritmasi 3% li ixtiol, 3—5% li natriy xlorid: asboblar sprinsovka, Esmarx 
krujkasi,  qin  oynasi,  paxta,  70%  li  spirt  5%  li  yod  eritmasi.  Ginekologiya 
polietilen  qo'lqoplar  (bir  marta  ishlatiladi),  sovun,  sochiq,  etak,  qaychi, 
pinsetlar epane  shprisi,  20 ml  xalatlar.  Qin  ichiga  yuborish  uchun  paxta va 
marlidan tamponlartayyorlanib uni maz emulsiya, eritmalar bilan  ishlatiladi. 
Ginekologik  prepratlar  5%  li  ixtiol  mazi,  streptosid  emulsiyasi,  sintomitsin; 
yodglikol,  lefuron;  furazolidon  tayoqchasi,  neofur;  porashoklar-tritsillin, 
yodoform, kseroform, streptosid. Yuqorida ko'rsatilgan preparatlarni yuborish 
uchun  kornsang,  rezina  trubka,  poroshok,  puflagich,  emulsiya  va  malham 
yuboradigan  asboblar kerak.
Qisqacha  uslubiy  ko'rsatma. 
0 ‘qituvchi  davolash  usullarini  qisqacha 
tushuntiradi va hayvonga ko'rsatadi.
Talabalarni 2—3  kishilik zvenolarga bo'lib,  davolash  mustaqil  bajariladi.
Qinni yuvish. 
Hayvon stanokda mahkamlanadi.  Dumi bir tomonga olinib ip 
yordamida bo‘yniga bog'lanadi. Tashqi jinsiy a’zolar tozalanadi issiq suv va sovun 
bilan  yuviladi,  keyin  antiseptik  eritmalar yordamida  yuqorida  ko'rsatilgan  erit- 
mani bittasi bilan Esmarx krujkasi yordamida yuviladi. Eritma 38— 40°C issiqlikda 
katetor  yoki  rezina  nay  yordamida  qinni  ichkarisiga  15—20 sm  1— 1,5  litr 
miqdorda yuboriladi. Qinni qin oynasi yordamida yuvish mumkin. Qin oynasini 
ishlatmasdan uni suvda qaynatish yoki olovda tutish (flambirlash)  kerak.
Qinga  paxta  marlili  tampon  yuborish. 
Dorilar ta’sirini  uzoqqa  cho'zish 
1  maqsadida paxta marlili tamponni emulsiya, maz, suspenziya shimirtirib kasal 

hayvon  qiniga yuboriladi.  Paxta marlili tamponlar zararsizlantirilgan  paxta va 
marlidan tayyorlanadi. Ozroq paxta olib tamponlarga bog'lanadi va uning uchi 
jinsiy  a’zoga  osilib  turishi  kerak.  Tamponlar  maz yoki  boshqa  malhamlarga 
shimirilib  kornsang  yoki  pinsit  yordamida  qinni  kerakli  chuqurligiga  10— 12 
soatga qo‘yiladi. Tamponni chiqarish  uchun osilib turgan  ipdan tortish kerak.
Qinga  maz  emulsiyalar  yuborish. 
Maz  (malham)  yoki  emulsiyalarni 
yuborishdan  oldin  uni  37—40°C  da  isitib  shpris  elanega  tortib  olinadi  va 
rezina nay orqali qinga yuboriladi. Keyin ular yaxshi tarqalishlari uchun to‘g‘ri 
ichak  orqali  sekinlik  bilan  massaj  qilinadi.  Dori-darmonlarni  qo‘l  yordamida 
bir marotaba ishlatadigan  polietilen  qo'lqop  kiyib qinga yuborish  mumkin.
Upasimon (poroshok) dorilar (tritsillin, streptotsid, norsulfazol, yodofarm, 
kserofarm,  rivanol)  qinga  purkaladi.  Dorilar qinni  ichki  tomoniga qin  oynasi 
yordamida purkagichlardan  purkaladi.
Tug'ishdan  keyingi  parezni  davolash. 
Kasal  sigirlar  teri  ostiga  15— 
20 ml  20%  li  kofein  eritmasi,  vena  ichiga 40%  li  glukoza  eritmasi  va  100— 
150 ml  10%  li  kalsiy  xlorid  yoki  kalsiy  glukanat  yuboriladi.  Sigirni  yonbosh 
yotqizib ozroq sogiladi, yelin so‘rg‘ichining yuqori qismi 70% li spirtga ho'llan- 
gan  tampon  bilan  artiladi.  Sterillangan  sut  kateteri  apparat  eversga  ulanib 
so‘rg‘ichga  havo  yuboriladi.  Havo  sekinlik  bilan  hamma  so‘rg‘ichlarga 
yuborilishi kerak. Surg'ichlarni bint yordamida 15—30 daqiqa boylab qo'yNadi. 
Havo  o'rniga  yelinga  600—2000 ml.  yangi  sog'ilgan  sut  yuborish  mumkin. 
Yelin massaj qilinadi, sigir ustiga issiq narsa yopib butilkaga issiq suv quyish 
kerak.

X  b o b
YANGI TUG'ILGAN  HAYVONLARNING  FIZIOLOGIYASI 
VA  ULARDA  UCHRAYDIGAN  KASALLIKLAR
Y angi  t u g ‘ ilgan  h a y v o n la rn in g   a s fik s iy a s i. 
A sfiksiya  (Asphxio 
neonatopum)  deyilganda  yangi  tug'ilgan  bola  ona  hayvon  qornidan 
chiqayotganda nafasning  bo‘g‘ilib yoki to'xtab qolishi tushuniladi.
Kasallik paydo bo'lish sabablari  homila nafasining vaqtidan  ilgari to'xtab 
qolishi va asfiksiyasi, urg'ochi hayvon bilan homila o'rtasida gaz almashinuvi 
buzilib,  keyin  homila atrofidagi amniotik suyuqlikning nafas yo'llariga tushib 
qolishi  natijasida kelib chiqadi.  Bo‘g‘oz hayvon  uzoq yurib holdan toyganda 
urg'ochi hayvon va homila yo'ldoshlari ancha joygacha ajralib qolganida yoki 
urg'ochi  hayvon  isitmali  og‘ir  kasalliklar,  xususan,  o‘pka  kasalliklari  bilan 
og'rigan  paytlarida gaz almashinuvi buzilishi  mumkin.
Asfiksiyaga eng ko‘p sabab tug'ish vaqtida nafasning qiyinlashib qolishidir. 
Biya  bilan  sigirda  bola  tosi  bilan  oldinga  qarab  joylashgan  bo‘lsa,  homila 
asfiksiyasi  ko'pincha  tos  pastki  devorining  oldingi  chetiga  bosilishi  va 
platsenta  qon  aylanishining  buzilishi  tufaylidir.  Mayda  hayvonlarda  ham 
tug'ish yo'llarida xuddi  shunday hodisa kuzatiladi.
Ko'pincha birinchi marta tug'ayotgan ona cho'chqaning bolasi o'Iik tug'iladi. 
Uzoq  davom  etadigan  va  tez-tez  tutib  turadigan  to'lg'oqlar  platsentaning 
bosilib qolishiga sabab  bo'ladi,  shunga ko'ra unda gaz  almashinuvi  buzilib, 
homila asfiksiyasiga olib  keladi.
Birmuncha yengil hollarda hayvon bolalari xirillab, notekis nafas olib turadi, 
xir-xir qilib,  kalta-kalta yo'taladi va og'iz bo'shlig'iga shilimshiq yig'ilib qoladi. 
Shishib,  ko'kimtir bo'lib qolgan  tili  og'zidan  sal  chiqib turadi.  Tomiri  sust va 
tez-tez  uradi,  ko'zga  ko'rinadigan  shilimshiq  pardalari  juda  oqarib,  orqa 
chiqaruv teshigi ko'pincha birinchi najas (mekoniy) bilan ifloslangan bo'ladi. 
Hayvon  qimirlamasdan yotadi,  ba’zan  kindigidan  qon  kelib turadi.
Bir qadar og'ir hollarda yangi tug'ilgan  hayvon  bolasida yurakning arang 
ishlab  turganini  aytmasa,  hech  qanday  tiriklik  belgisi  ko'rinmaydi,  shunda 
ham  yurak  tonlarini  ko'krak  qafasiga  quloqni  tutib,  arang  eshitsa  bo'ladi. 
Ko'pchilik  hollarda  kasallik  oqibati  shubhali,  chunki  ko'pincha  mexanik 
bronxopnevmoniya avj  oladi.
Homila tug'ilgandan keyin og'iz va burun bo'shlig'idagi shilimshiqni darhol 
doka tamponlar bilan artib olish kerak.  Bunda hayvon  bolasining boshi bilan 
bo'ynini  biroz  pastlatish  lozim.  Cho'chqa  va  it  bolalarini  orqa  oyog'idan 
ko'tarib,  ohista silkitish tavsiya etiladi.

Yangi tug'ilgan  hayvon  bolasi  yuzasi  nafas  olib turgan  bo'lsa,  nashatir 
spirtdan foydalanish mumkin, ko'krak qafasini ishqalash ham foyda beradi. 
Nafas  harakatlari  mutlaqo  bo'lmasa,  vaqtni  o'tkazmasdan  sun’iy  nafas 
oldirish kerak. Buning uchun ko'krak qafasi bir maromda bosiladi va kengay- 
tiriladi.
Yurak  ¡shlab  turganda  jonlantirish  uchun  qilinadigan  bunday  urinishlar 
davom ettirilaveradi. Mustaqil nafas harakatlari boshlanganldan keyin sun’ly 
nafas oldirishni darrov to'xtatib qo'yish yaramaydi, chunki bu harakatlar yana 
to'xtab qolishi mumkin. Asfiksiya qaytalanishi mumkinligini esda tutib, yangi 
tug'ilgan  hayvon  bolasini  bir necha soat  kuzatib turish  kerak.
Yurak  sekin  urganida  kofein  va  kamfora  moyi  qo'llaniladi,  nafas  olish 
markazlarini  qo‘zg‘atish  uchun  esa  lobyelin  eritmasidan  0,005—0,012  mi 
miqdorida ishlatiladi.
Birinchi  najasning  to'xtab  qolishi. 
Yangi  tug'ilgan  hayvon  bolasida 
birinchi  najas tug'ilishi  bilan  bir  necha  soat  ichida  chiqadi.  Lekin  ko'pincha 
birinchi  najas  (meconium),  xususan  toychalarda  to'xtab  qolib,  ko'pincha 
organizmni o'limga olib boradigan  darajada zaharlanishiga sabab bo'ladi.
Og‘iz  sutining  kamligi  yoki  yomon  sifatli  bo'lishi,  yangi  tug'ilgan  hayvon 
bolasining o‘z vaqtida emmasligiga sabab bo‘lib, najasining to'xtab qolishiga 
sabab  bo'lishi  mumkin.
Yangi tug'ilgan hayvon bolasining ichi o'tmaydi. Tug'ilgan kunining ertasiga 
u  besaramjon  bo'lib  qoladi:  qorin  shishadi,  kuchanadi,  orqa  qismini  egib, 
qoringa  qarayveradi,  terlaydi  va  orqa  oyoqlari  bilan  qorniga  uradi.  Keyin 
umumiy darmonsizlik alomatlari  paydo bo'ladi.
To'g'ri ichakni barmoq bilan tekshirib, kasalligi tasdiqlanadi, bunda quyuq 
yoki qattiq najas to'planib qolgani ma’lum bo'ladi. Vaqtida davolansa kasallik 
eson-omon o'tib ketadi,  ammo zaiflashib qolganida kasallik og'irlashadi.
Avvalo, to'g'ri  ichakka moyli yoki  sovunli  klizma qilinadi.  So'ngra  undagi 
qattiq najas massalari moysurtilgan barmoq bilan olibtashlanadi.  Ichakning 
ichkarisidagi  najasga  barmoq  yetmaydigan  bo'lgani  uchun  uni  yumshatish 
maqsadida keyinchalik sovunli  klizma qilinadi.
To'g'ri ichak devori shikastlanmasligi uchun klizmalar kuch ishlatmasdan 
bajariladi. Klizma krujkasining yumshoq rezinali naychasi najas massalariga 
yetib  borgunicha  ichakka  kiritiladi  va  keyinchalik  najas  yumshagan  sayin 
ichariga  kiritib boriladi.  2—3 soatdan  keyin  klizma takrorlanadi.  Bundan ta- 
shqari, kanakunjut moyi (50,0) yoki glauber tuzi (50,0— 75,0) ichirish va ichak 
peristaltikasini kuchaytirish uchun qorinni massaj qilish tavsiya etiladi.  1,0— 
2,0 miqdorida purgen (fenolftalein) berib, qorniga grelka qo'yish ham yaxshi 
natija beradi.
Kindikdan  qon  oqishi. 
Kindikdan  qon  oqishi  (ompholorrhagia)  hamma 
turdagi  chorva  mollarining  yangi  tug'ilgan  bolalarida  uchraydi.  Venoz  qon 
ketishida  qon  kuchsiz  oqimi  bilan  pulsasiyalanmay,  arterial  qon  ketishida 
esa  pulsasiyalanib  turadigan  kuchli  oqim  bilan  otilib  chiqadi.  Qon  ozgina 
ketgan  bo'lsa,  kasallik oqibati yaxshi,  ko'p qon  ketganida esa ehtiyot bo'lish 
kerak.

Kindikka,  uning  pastki  uchidan  ikki  enli  narigi  steril  ligatura  qo'yiladi. 
So'ngra kindik uchi yuqoriga qaytarilib, ikkinchi ligatura qo'yiladi. Kindik uchi 
haddan  tashqari  kalta  bo'lsa,  kindikdagi  terisi  bitta  yoki  ikkita  to‘g‘nag‘ich 
bilan  teshib,  ustidan  ipak  ip  bilan  o‘rama  chok  solish  kerak.  Agar  yangi 
tug‘ilgan  hayvon  bolasi  asfiksiya  holatida  bo'lsa,  darhol  unga  sun’iy  nafas 
oldirish  zarur.  Ko‘p  qon  ketganida  urg'ochi  hayvonga  qon  quyiladi.  Yoki 
venasiga natriy xloridning  izotonik eritmasidan yuboriladi.
Uraxus fistulasi. 
Uraxus fistulasi (urachus natens) — kindik uzilganidan 
keyin siydik yo'lining bekilmay qolishidir, bu ko'pincha toychalarda, kamdan- 
kam hollarda buzoqlarda  uchraydi.
Siydik  yo'lining  qorin  halqasiga  mahkam  yopishib  qolishi  toychalarda  shu 
anomaliya paydo bo'lishiga olib keluvchi omildir, bunday holat kuzatilganda kindik 
uzilishi bilan uraxus qorin bo'shlig'iga tortilib kirmaydi va uning yo'li bitib ketmaydi.
Kindikdan vaqtincha yoki muttasil siydik oqib turadi, bunda kindik atrofidagi 
teri  va jun  doim  nam  bo'ladi.  Siydik teriga ta’sir etishi tufayli  kindik atrofida 
avval dermatit paydo bo'ladi, vaqt o'tishi bilan flegmona ham vujudga keladi.
Davosi  kindik  tizimigacha  ligatura  qo'yishdan  iborat.  Kindik  juda  kalta 
bo'lsa,  ushlab turadigan  ligatura qo'yish  kerak.  Buning  uchun  kindik uzilgan 
joyga to'g'nag'ich sanchiladi va keyin ipak bilan o'rama chok solinadi. Kindikni 
termokauter  yoki  lyapis  bilan  kuydirib  kindik  atrofiga  o'tkir  malham  surib, 
siydik yo'li fistulasini  berkitsa bo'ladi.
Kindikning  yallig'lanishi. 
Yangi  tug'ilgan  hayvon  bolasi  hayotining 
birinchi  kunlarida  kindikning  qolgan  qismi  atrofidagi  muhitdan  tushadigan 
mikroorganizmlarning  rivojlanishi  uchun  qulay  joy  bo'lib  xizmat  qiladi. 
Mikroblar  biriktiruvchi  yumshoq  to'qimada  ham,  kindik  tizmachasining 
tomirlarida ham  rivojlanish  mumkin.
Tug'ish  vaqtida  kindikning  juda  katta  uzilishi  uning  yallig'lanishiga 
(omphalitis)  sababchi  bo'ladi.  Bu  holda  kindik  tizmachasi  atrofidagi  terida 
yuzaga  kelgan jarohat  mikroblarning  kindikka  kirishi  uchun  qulay joy bo'lib 
qoladi.  Bundan  tashqari,  kindikka  yaxshi  davo  qilmaslik va yangi  tug'ilgan 
hayvonlami  gigiyenaga  xilof  sharoitda  asrash  —  kasallik  paydo  bo'lishiga 
olib  keladi.
Kindik kasallanishi natijasida tomirlar yoki kindik gangrenoz yallig'lanishi 
mumkin.
K i n d i k   t o m i r l a r i n i n g   y a l l i g ' l a n i s h i .   Bu  kasallik  ko'pincha 
toycha  va  buzoqlarda  uchraydi.  Toychalarda  odatda  kinbik  arteriyasi, 
buzoqlarda esa  kindik venasi yallig'lanadi.
Kasallik  tug'ishdan  bir  necha  kun  o'tgandan  keyin  boshlanadi.  Hayvon 
ko'p yotadi,  kam emadi. Tanasining  harorati  ko'tarilib, yurak urishi va nafas 
olishi tezlashadi.  Kindik atrofi juda bezillab turgani uchun hayvon zo'r-bazo'r 
yuradi va orqasi juda qiyshayib ketadi.  Kindik atrofidagi teri ko'pincha yiring 
bilan ifloslanadi.  Paypaslab ko'rilganda kindik tizmachasining bir qadar (bitta 
barmoqcha) yo'g'onlashgani  ma’lum  bo'ladi.  Bosib ko'rilganda quyuq yiring 
chiqadi,  undan  ko'pincha qo'lansa  hid  anqiydi.
Kasallikning dastlabki davrlari yengil o'tadi. Yallig'lanish avjiga chiqqanda 
esa ehtiyot bo'lish kerak, chunki mikroblar qon to.mirlari orqali jigar va boshqa

parenximatoz  organlarga o'tishi  mumkin.  Bu  esa o'limga  sabab  bo'ladigan 
pioseptisimiyaga olib boradi.
Dezinfeksiya qiladigan isituvchi kompresslar (kamfora yoki sulema spirti, 
xloramin  va  boshqalar)  ham  qo'llaniladi.  Abssess  yorilganidan  keyin  uning 
bo‘shlig‘i va kindik arteriyasi yoki venasining devorlari spirtli tamponlar bilan 
tozalanadi.  So'ngra  1—2  kun  kamfora yog'i quyiladi,  kindik atrofidagi teriga 
yod  nastoykasi  suriladi.  Kindik atrofidagi  qorin  devoriga  0,25%  li  novokain 
eritmasining har 40 ml miqdoriga 500— 1000 TB streptomitsin qo'shilib, 4— 
5  marta 40—45 ml dan yuboriladi.

Yüklə 24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə