Rivojlantirish instituti a. R. Jabborov, S. S. Sotiboldiyev veterinariya akusherligi, ginekologiyasi va sun


K indikning  g angrenoz  yallig 'la n is h i



Yüklə 24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/40
tarix28.04.2017
ölçüsü24 Kb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   40

K indikning  g angrenoz  yallig 'la n is h i. 
Bu  kasallik  yangi  tug'ilgan 
buzoqlarda, ko'pincha tug'ilganidan bir necha kun keyin boshlanadi va erkak 
hayvonlarda ko'proq  uchraydi. Kindikning surunkali nam bo‘lib turishi uchun 
gangrenoz yallig'lanishiga moyil qilib qo'yadi.  Erkak hayvon  siyganda,  nam 
to'shamada  yotganda  yoki  uraxus  yopilmasidan  siydik  oqib  tushganidan 
kindik nam  bo'lib qolishi  mumkin.
Bu kasallikning xarakterli belgisi kindikning nam bo'lib, kul rang qizil tusga 
kirishi va undan qo'lansa hid anqishidir. Yallig‘lanish kindikning ichki yuzasiga 
0
‘tmagan  bo'lsa,  kasallik  yengil  o‘tib  ketadi,  aks  holda  esa  ehtiyot  bo'lish 
kerak.
Kindikning  nam  qismini  olib  tashlash  va  hosil  bo'lgan  jarohatni  yod 
nastoykasi surtib,  karbol kislota yoki  lyapis bilan  kuydirish  kerak. Jarohatga 
streptotsid sepish,  kindik atrofidagi teriga esa  ixtiol yoki  ruh  malhami  surtib 
turish foydalidir.
Orqa chiqaruv teshigining tug'ma  bitib qolishi. 
Orqa chiqaruv teshigi 
tug'ma bitgan  bo'lsa (atresia ani),  hayvon  bolasi to‘g‘ri  ichagining  orqa  uchi 
tashqariga ochilmaydi va bevosita teri ostida joy oladi yoki tos bo‘shlig‘ining 
ichkarisiga yotadi,  urg'ochi  hayvonlarda esa ba’zan  qinga ochiladi.
Bu  anomaliyani  har xil turdagi  hayvonlarning  yangi  tug'ilgan  bolalarida, 
lekin ko'pincha cho'chqa bolalarida ko'rish  mumkin.  Bunday anomaliyaning 
belgilari shundan  iboratki,  hayvon  bolasi tug'ilganidan  keyin  bir necha soat 
o'tgach  qomi  dam  bo'lib,  bir qadar bezovtalanadi,  ayniqsa,  onasini  birinchi 
marta emganidan keyin bezovtaligi juda ortadi. Yangi tug'ilgan hayvon onasini 
emmay qo'yadi va umuman  quwatdan  ketadi.  Bunga sabab orqa chiqaruv 
teshigining  bitib  ketganligidir.  Anus  bo'ladigan  joy  paypaslab  ko'rilganda 
odatda tos bo'shlig'ining bir qadar ichkarisida yotgan to'g'ri  ichakning qattiq 
ko'r (berk)  uchini topish  mumkin.
To'g'ri ichakning orqa qismi teriga yaqin joylashgan bo'lsa, oqibati yaxshi, 
to'g'ri  ichak to'g'ridan to'g'ri qinga ochiladigan  hollarda esa oqibati yomon.
Operatsiya  qilinadigan  joy  tegishlicha  tayyorlangandan  keyin  anus 
bo'ladigan joydagi teri  krestsimon  kesiladi. Tos bo'shlig'ining  biriktiruvchi 
to'qimasi  barmoq bilan to'g'ri ichakning qattiq uchiga yirtiladi,  keyin to'g'ri 
ichakning  uchi  tortilib,  bir  necha  chok  bilan  teriga  biriktirib  qo'yiladi. 
Shundan  so'ng  birinchi  najas olib tashlanadi va to'g'ri  ichak bo'shlig'i de- 
zinfeksiyalovchi  kuchsiz  eritma  bilan  yuviladi.  Keyin  jarohatning  bitish 
jarayonini  kuzatib  borish  va jarohatga  dezinfeksiyalovchi  malham  surib 
turish  kerak.

SUT  BEZI  ANATOMIYASI  VA  KASALLIKLARI
Sut bezlarining anatomiyasi 
(Glandula lactifera S. mammaria). Sigirlarda 
sut  bezi  ikki son  orasida qoshiqsimon  suyaklar sohasida joylashgan.
Yelin  (uber) tashqi tomondan yupqa va elastik teri bilan  o'ralgan,  bu teri 
jun bilan qoplangandir. Yelinning orqa yuzasi sut ko'zgusi deb ataladi,  unda 
aniq  bilinib turadigan va uzunasiga  ketgan teri  burmalari  bor.
Yelin  terisida ter va yog‘  bezlari  bo‘ladi.
Yelin terisining ostida yuza fassiya, uning tagida sariq qorin fassiyasining 
davomi  bo'lmish  chuqur  yelin  fassiyasi  joylashgan.  Bu  yelinning  o'rtasida 
qorin oq chizig‘idan yelin asosiga qarab boradigan ikkita elastik varaq beradi 
va yelinni o‘ng hamda chap yarimga ajratib, ko‘tarib turadi. Chuqur fassiyaning 
mana shu varaqlari 
yelinning
 tutib turuvchi 
bog'langichi
 deb  ataladi.
Ko'ndalang yo'nalishda yelin emchaklar orasidan oldingi va orqa yarimga 
bo'linadi,  ya’ni  to'rt  chorakdan  iborat  bo'ladi.  Yelinning  har  bir  choragida 
o'zining  chiqarish  yo'li  va  alohida  emchagi  bor.  Ba’zan  emchak  to'rtta 
bo'lmasdan,  oltita bo'ladi.
Yelinning  qo'shuvchi  to'qima  asosi 
stroma
  yoki 
interstsiya
  deb  ataladi. 
Bez  ichiga  tomir va  nervlar  shu  stromadan  keladi.  Sut  hosil  qiladigan  bez 
hujayralari  qo'shuvchi  to'qima  orqali  oziqlanadi.  Shu  munosabat  bilan  ko‘p 
sut  beradigan  sigirning  yelinida  bez  qismi  yaxshi  rivojlangan  bo'lishi  bilan 
birga qo'shuvchi to'qima asosi ham yaxshi yetilgan bo'lishi kerak. Qo'shuvchi 
to'qima asosi sut bezidagi fiziologik protsesslarda  yetadi.  Biroq, yog'li yelin 
deyiladigan qo'shuvchi to'qimaning haddan tashqari ko'p rivojlangan bo'lishi 
ham  ma’qul emas.
Yelinning  bez  qismi —  
p a re n x im a s i
 —  bez  pufakchalari  yoki  alveolalar 
hamda chiqaruv yo'llaridan tashkil topgan. Alveola devori uch qavatli. Alveola 
bo'shlig'iga  qarab  turadigan  ichki  qavat  bez  epiteliysi  bilan  qoplangan,  bu 
epiteliy  hujayralari  sut  bilan  to'lib  turgan  paytda  kub  shaklida,  sekretni 
ayirganidan  keyin yassi shaklda va tinchlik davrida silindrik shaklda bo'ladi. 
O'rta  qavatni  muskul-qoplag'ich  hujayralari  (mioepiteliy)  hosil  qiladi,  shu 
hujayralarning  qisqarishi  alveolalardan  sekret  ajralishiga  sabab  bo'ladi. 
Tashqi qavati shishasimon jiyak deb ataladigan biriktiruvchi to'qimadan iborat.
S u t  yo'Hari
  deb  ataladigan  naylardan  og'iz  suti  yoki  sut  chiqadi.  Sut 
yo'llarining  tuzilishi  alveolalar  tuzilishiga  o'xshash,  ular  shu  alveolalardan 
boshlanadi.

C hiqaruv  yo'larining  qo‘shilishidan  sut  kanallari  hosil  bo'ladi,  bu 
kanallarning  ichki  yuzasi  bir  qavatli  silindrik  epiteliy  bilan  qoplangan. 
So'ngra,  silliq muskul tolalari qavati va biriktiruvchi to'qima pardasi  keladi. 
Sut  kanallari  bir-biri  bilan  qo'shilib,  sut yo'llarini  hosil  qiladi.  Bu  yo'llarning 
shilimshiq  pardasi  ikki qavatli silindrik epiteliy bilan  qoplangan.  Sut yo'llari 
sisternaga ochiladi.
S u t sisternasi
 (Sinus lakuferus) emchak devorlari va yelinning pastki qismi 
bilan chegaralangan bo'shliq. Bu, sut rezervuari bo'lib xizmat qiladi. Odatda, 
har bir emchakda  bitta sistema  bo'ladi.  Sistema  bo'shlig'i  shilimshiq  parda 
bilan  qoplangan,  shu  shilimshiq  pardaning  burmalari  har  xil  yo'nalishda 
joylashgan.
E m c h a k
 (Papilla uberis) uch qavatdan iborat: 1 )  ichki qavat, ya’ni sistema 
va  sut  kanalining  shilimshiq  pardasidan;  2)  o'rta  qavat,  ya’ni  elastik  tolali 
biriktiruvchi  to'qima  va  muskullardan  va  3)  tashqi  qavat,  ya'ni  elastik 
biriktiruvchi  to'qima  va  teridan  iborat.  Emchakning  uchida  muskul  tolalari 
sirkulyar (doiraviy)  qavat hosil  qiladi,  bu, emchak  kanalini  bekitib turadigan 
sfinkterdir.  Emchakning  uzunligi 2— 10 sm,  emchak kanalining  uzunligi esa
5— 10 mm  bo'ladi.
Yelinda qon tomirlari juda ko'p bo'ladi, bunda arterial va venoz kapillyarlar 
har bir alveola atrofida qalin to'r hosil  qiladi.
Yelinning har bir yarimini asosan tashqi uyat arteriyasi (a.pudenda externa) 
qon bilan ta’minlaydi,  bu arteriya chot kanali orqali qorin bo'shlig'idan yelinga 
o'tadi.  Sersut sigirlarda bu  arteriyaning  diametri  2 sm  ga yetadi.  Tashqi  uyat 
arteriyasi  chot  kanalidan  chiqqandan  keyin  oldingi  va  orqa  yelin  choraklari 
uchun  oldingi  va  orqa  shoxlami  beradi  (a.basifares  cranialis  et  caudalis). 
So'ngra tashqi uyat arteryaisi sut bezi tegishli yarmining parenximasiga kirib, 
ikki  shoxchaga  bo'linadi:  yelinning  oldingi  choragiga  boradigan  oldingi  yelin 
arteriyasi  (a.mammaria cranvalis)  va yelinning  orqa  choragini  qon  bilan  ta’- 
minlaydigan orqa yelin arteriyasi (a.mammaria caudalis).
Yelinda qon tashqi va ichki  uyat venalari  (v.Pudenda externa et interna) 
hamda qorinning teri osti sut venasi (v. Subcutanea abdominalis) orqali oqib 
ketadi. Bu vena yelindan qorin devorining ikkala tomonidan to'sh suyagining 
qilichsimon  o'simtasigacha boradi.  Qorin  devorida sut venasini teri  ostidan 
paypaslab topish oson.  Bu vena 8 —  qovurg'a damiga kelganda qilichsimon 
o'simtaning yon tomonidan qorin devoridagi 
s u tb u lo g 'i
deb ataladigan alohida 
teshik orqali  ko'krak bo'shlig'iga o'tadi.  Sut venasining  rivojlanganligi va sut 
bulog'ining  katta-kichikligiga  qarab  sigirning  m ahsuldorligi  to'g'risida 
birmuncha fikr yuritsa bo'ladi.
Yelinning  limfa  tomirlari  chuqur  va  yuza  joylashgan  bo'ladi.  Chuqur 
joylashgan limfa tomirlari yelinning ichki qismlaridan chiqib keladi. Ular chuqur 
chot limfa tuguniga tutashadi, bu tugun tashqi uyat arteriyasining boshlanish 
joyida o'rnashgan. Yuza joylashgan limfa tomirlari emchaklar, yelin fassiyalari 
bilan terisidan  boshlanib, orqa yelin bo'laklarining asosiga yaqin joylashgan 
yelin  usti  limfa tugunlariga tutashadi  (bu tugunlarning  bo'yi 4 sm  dan  10 sm 
gacha,  eni 2 sm dan  3 sm gacha  bo'ladi).

Yelin nerv tolalarini yonbosh — chot nervi  (n.ilioinguinalis)  urug'donning 
tashqi  nervi  (n .sp e rm a ticu s  e xte rn u s)  va  yonbosh  —   tos  nervi 
(n.iliohypogastricus)  shoxlaridan  oladi.
Echkilarda  yelin  sigirlarda  qanday  bo'lsa,  xuddi  shunday  joylashgan 
echkilarning  yelini  juda  osilib  turadigan,  yelinaro  egatcha  bilan  bir-biridan 
cheklangan  ikkita  katta  bo‘lakdan  iborat.  Shaklan  konusga  o'xshaydigan 
uzun-uzun  emchaklari  sal  oldinga  qarab  turadi.  Emchaklari  jun  bilan 
qoplangan  emas,  ularda ter va yog'  bezlari,  bittadan teshik bor.
Qo'ylarning yelini ikki yon tomonga qarab turadigan  kalta-kalta emchakli 
ikkita dumaloq  bo'lakdan  iborat.  Shaklan  konusga o'xshaydigan  uzun-uzun 
emchaklari sal oldinga qarab turadi. Emchaklari ingichka jun bilan qoplangan. 
Emchak kanalining  bo‘yi  10 mm cha keladi-yu,  lekin sigir va echkilardagiga 
qaraganda torroq  bo‘ladi.
Tuyalarda yelin bo'laklari to'rtta bo'lib, chap va o'ng yarimlarga bo'lingan 
(xuddi  sigirlardagiga  o'xshash).  Yelinning  orqa  choraklari  oldingilariga 
qaraganda ko'proq  rivojlangan  bo'ladi.  Emchaklari  kalta.
Biyalarda yelinning ikki bo'lagi tafovut qilinadi. Bu bo'laklarida konussimon 
ikkita emchak  bor.  Yelinning  nozik terisida  ko'pgina ter va yog‘  bezlari  bor, 
lekin jun bilan qoplanmagan.  Emchak asosida ikki yoki uchta sut sisternalari 
joylashgan  bo'ladi,  bular bir-biri  bilan tutashmaydigan  bo‘shliqlardir.  Har bir 
sisternadan  bitta  emchak  kanali  chiqadi,  shuning  uchun  ham  har  bir 
emchakning  uchida 2—3 ta teshik bo'ladi.
Cho'chqalarda yelin pastki qorin devoridan joy olgan bo'lib, har tomonida
5—8  bo'lak  (o'rtacha  6  bo'lakdan)  joylashgan  va  bu  bo'laklarda  tegishli 
miqdorda  emchaklar  bo'ladi.  Ular  ko'krak  qafasi  sohasidan  to  tashqi  jinsiy 
organlarigacha  boradi.  Emchaklar  junsiz  bo'lib,  2—3  emchak  kanali  bilan 
tashqariga  ochiladi,  bu  kanallar  esa  xuddi  shuncha  sut  sisternalariga  tu- 
tashgan  bo'ladi.
Quyonlarda yelin qorin pastki devorining har tomonida 4 tadan joylashgan 
bo'laklarga ega.
Sut  bezlarining  fiziologiyasi. 
Urg'ochi  hayvonlar  yelining  rivojlanishi 
hayotining  embrional  davrida  boshlanadi  va  asosan  bo'laklar  orasidagi 
biriktiruvchi  to'qimaning  o'sishidan  iborat  bo'ladi,  bu  to'qima  muayyan 
davrgacha  bez to'qimasidan  ustun  bo'lib turadi.  Bu  davrda alveolalar bir xil 
epitelial  hujayralar  to'plamidan  iborat  bo'ladi,  bunda  alveolalarning  teshigi 
juda kichkina bo'ladi yoki biriktiruvchi to'qima bosib turganligi uchun butunlay 
bo'lmaydi.
Mol jinsiy voyaga yetishi  bilan  qon  tomirlari  bir oz  kengayadi,  sut yo'llari 
birmuncha  o'sadi  va  yelinda  alveolalar  paydo  bo'ladi.  Mol  bo'g'oz  bo'lishi 
bilan yelin tez  kattalashib,  o'zining  rivojlanishida hammadan  katta darajaga 
yetadi. Bo'g'ozlik davrining oxiriga kelib, sut yo'llari, alveolalar va bo'lakchalar 
ayniqsa zo'r berib hosil  bo'la boshlaydi.
Shunday  qilib,  yelinning  o'sishi  va  rivojlanishi  jinsiy  sfera  a’zolarining 
o'zgarishi  bilan  mahkam  bog'liq.  Barcha o'zgarishlarni nerv sistemasi  idora 
etib  turadi,  bu  sistema  organizmdagi,  jumladan  sut  bezlaridagi  hamma

jarayonlarning  rivojlanishidayetakchi roi 
0
‘ynaydi.  Bundan tashqari qondan 
sut  beziga  keladigan  gormonlar  shu  organnlng  o'sishi  va  funksiyasiga 
(laktatsiyaga) ta’slr qiladi.
Bo‘g‘ozlik  vaqtida  sut  bezlarining  kattalashuviga  tuxumdonning  ikkala 
gormoni  — estrogenlar  bilan  progesteron  ta’sir  qiladi,  ta’sir  qilganida  ham 
estrogenlar sut  yo'llari  bilan  biriktiruvchi  to'qimaning  o'sishini  tezlashtirsa, 
progesteron alveolalarning rivojlanishini tezlashtiradi. Sut bezining rivojlanishi 
gipofiz funksiyasi bilan mahkam bog'langan, chunki tuxumdonlarda gormon 
ishlab  chiqarishni  idora  etishda  gipofiz  oldingi  bo'lagining  gonadotrop 
gormonlari:  follikulalarni  o'stiruvchi  va  lyutein  hosil  qiluvchi  gormon  ham 
ishtirok etadi.
Gipofizning  oldingi  bo'lagi  lektogen  yoki  lyuteotrop  gormon  (prolaktin) 
ishlab  chiqaradi,  bu  gormon  sut  emizuvchi  hayvonlarning  urg'ochilarida 
laktatsiyaga  sabab  bo'ladi.  Sut  bezi  estrogenlar  ta’siri  ostida  tegishlicha 
rivojlanib olgan bo'lsagina laktogen gormon bu bezga o'z ta’sirini ko'rsatadi.
Bo‘g‘ozlik  davrining  ikkinchi  yarmi  mobaynida  yelin  platsenta  ishlab 
chiqariladigan  gormonlar ta’siri  ostida  (estrogenlar bilan  progesteron  ta’siri 
ostida) o‘sib boradi,  ya’ni  platsenta tuxumdon  funksiyasini  bajarib turadi.
Bundan  tashqari,  estrogenlar  gipofizga  ta’sir  qilib,  buyrak  usti  bezlari 
po‘stlog‘idan  adrenokortikotrop  gormonlar  ishlanib  chiqishini  kuchaytiradi. 
Bu  gormonlar  estrogenlar,  progesteron  va  adrenogenlar  xossasiga  ega 
bo'lishi  va  ikkilamchi  jinsiy  belgilarning  taraqqiy  qilishiga,  jumladan  yelin- 
ning  rivojlanishiga yordam  berishi  mumkin.
Qalqonsimon  bezning  urg'ochi  jinsiy  a’zolari  funksiyasi  bilan  aloqador 
ekanligi aniqlangan. Qalqonsimon bez zo'r berib tiroksin ishlab chiqaradigan 
kasalliklarda sut bezida patologik o'zgarishlaryuz berishi klinik kuzatuvlardan 
ma’lum  bo'ldi.
Jigarning rolini ham aytib o'tish zarur. Shu a’zoning funksiyasi buzilganda 
uning gormonlarni  parchalay olish xususiyati  susayib,  natijada organizmda 
ortiqcha gormonlar paydo bo'lishi va tegishli a’zolar faoliyati buzilishi mumkin.
Estrogenlar organizmda  moddalar almashinuvi jarayonlariga  ham  ta’sir 
qiladi:  oqsillar almashinuviga ta’sir etib,  oqsillarning to'planib qolishiga olib 
kelishi va minerallar almashinuviga ta’sir qilib, jumladan  kalsiyning o'zlash- 
tirilishni jonlashtirishi  mumkin.
Molni bolasi emganida va mol sog'ilganida emchakning ta'sirlanishi refleks 
yo‘l  bilan  laktogen  gormon  prolaktin  ishlanib chiqishiga sabab bo'ladi.
Bevosita tug‘ish oldidan og‘iz suti ishlanib chiqa boshlaydi, u tug'uruqdan 
keyin bir necha kun davomida ham chiqib turadi. So'ngra bez har bir turdagi 
hayvon  uchun  o‘ziga xos  bo'lgan  odatdagicha sut chiqaradi.
Sut  bezining  faoliyatida  sekretor  va  harakat  funksiyasi  tafovut  qilinadi. 
Ishlab  turgan  yelin  qondan  o‘tadigan  talaygina  oziq  moddalarni  yutadi  va 
bez  epiteliysining  yordami  bilan  ularni  og‘iz  sutiga  yoki  sutga  aylantiradi. 
Shunday qilib,  sut  bezining  sekretor funksiyasi  sut  hosil  qilish  bilan  ta’rifla- 
nadi. Harakat funksiyasi sut yo'llari silliq muskullarining qisqarishi va sisterna 
muskullarining  bo'shashuvi  tufayli  sutning  alveolalardan  chiqib,  sut

o'tkazuvchi yo'llardan sisternaga quyilishi bilan  namoyon bo'ladi (sut berish 
refleksi). Sut bezining harakat funksiyasida gipofiz orqa bolagining gormoni
— oksitotsin  ham  ishtirok etadi.
YELIN  TERISINING  YALLIG'LANISHI
Dermatit. 
Sabablari.
 Dermatit harxil sabablaridan kelib chiqishi mumkin. 
Yelin terisiga yaxshi qarab turilmasa, mol qo'rasi iflos bo'lsa bu kasallik kuchli 
mazlarni  surish,  mollar  qishda  bir  joydan  ikkinchi  joyga  olib  borilganida 
sovqotish, jazirama  issiq  kunlarda,  xususan,  mol  yaylovga endigina chiqa- 
rilgan kunlarda quyosh nurlarining ta’sirqilishi ham dermatitga sabab bo'ladi.
Mol o'rmon joylarda o'tlatilganda ko'pincha terisi jarohatlanadi, shu tariqa 
yuzaga keladigan jarohatlar aksari yelin terisining yallig’lanishiga olib keladi.
K a s a llik   b e lg ila ri.
  Yelin  dermatitining  klinik  belgilari  har  xil  bo‘lib, 
yallig'lanish  darajasiga  bog'liq.
Yengil hollarda teri qizaradi va paypaslab ko'rilganda og‘riq seziladi, ba’zan 
teri shishib, tarang tortadi va yaltillab turadi. Yelin qattiq yallig'langan bo‘lsa 
terisi harorati juda ko'tarilib,  raso qizaradi va qattiq og‘riydi. Teri shishib shu 
qadar qalin tortadiki,  uni ushlab, burma qilib bo'lmay qoladi. Sog’ish vaqtida 
kasal mol juda bezovtalanadi.  Ko'pincha yelinning tegishli tomonidagi  limfa 
tuguni  kattalashib qoladi.
Teri  osti  kletchatkasi  ham  yallig'lanish  jarayoniga  qo'shilgan  bo‘lsa, 
dermatitga  xos  klinik  hodisalar juda  zo‘r  bo‘lib  o‘tadi.  YalligManish  jarayoni 
bir necha kun  ichida yelinning  hamma joyiga tarqaladi va ba’zan sonlarning 
ichki yuzasiga ham  o‘tadi.  Yelin  ba’zan  shu  qadar shishib  ketadiki,  hajmi  2 
baravar kattalashadi. Yelin  usti  limfa tugunlari  katta bo‘lib ketadi va bezillab 
turadi.  Umuman tana harorati  ko'tariladi.  Mol arang yuradi.
Dermatitning  hamma  hollarida  ham  sog'ib  olinadigan  sut  bir  qadar 
kamayadi,  lekin  sut o‘z tarkibi jihatidan  normal  bo'ladi.
Kasallik oqibati.
  Patologik jarayon  teri  bilan  cheklangan  bo‘lsa,  kasallik 
eson-omon o‘tib ketadi: yallig'lanish jarayoni teridan bo'laklararo biriktiruvchi 
to'qimaga yoki yelining  bez to'qimasiga o‘tgan  bo'lsa,  kasallik og'irlashadi.
Kasallikni  davolash.
  Kasallangan  teri  iliq  suv  bilan  sovunlab  yuviladi. 
Quritilgandan  keyin  dezinfeksiyalovchi  kuchsiz  (borat yoki  ruxli)  malhamlar 
qo‘yüadi, ixtiol malhami bilan ohista bosib surtiladi (flegmonoz yallig'lanishda). 
Og'riqni  kamaytirish  uchun  moy chechak gulidan  iliq damlamalar qilish,  bor
—  kokainli  malham  surish  (boratkislota  —  2,0  kokain  0,5,  vazelin  100,0) 
yoki «Sollyuks»  lampasi bilan nur berish buyuriladi. Yelin terisining oftobdan 
kuyishi yoki sovuq urishi natijasida kelib chiqadigan termik shikastlarda yelin 
terisiga  yumshatuvchi  mazlar  suriladi  (xom  qaymoq,  sursa  ham  bo'ladi). 
Ba’zan  emchak kanali  kateterizatsiya qilinadi.
Yem-xashakdan  toshadigan  toshmalar. 
Yem-xashakdan  toshadigan 
toshmalar deyilganda  mol  kartoshka  poyasi,  kartoshka,  grechixa,  beda  va 
yo‘ng‘ichka yeb qo'yganida terisining shikastlanishi tushuniladi.

K a s a llik p a y d o  bo'lish sabablari.
 Yuqorida aytib o‘tilgan yem-xashaklarda 
ba’zan zaharli moddalar bo'ladi, ular ichakdan qon oqimiga surilib o‘tib, terini 
ta’sirlantiradi va terida toshmalar paydo  bo‘lishiga olib  keladi.
Kasallik belgilari.
  Kartoshka toshmasi yelin terisining qizarib shishishi va 
pufakchalar hamda suv chiqib turadigan joylar paydo bo'lishi bilan ifodalanadi. 
Ba’zan  tana  harorati  bir oz  ko'tarilib,  ishtaha  kamayadi  va  ich  suradi.  Qora 
bug'doy,  beda  va yo‘ng‘ichka toshmasi  yelin  terisining  juda  qizarib  ketishi, 
shishishi va unda pufakchalar paydo bo‘lishi bilan birga davom etadi. Bundan 
tashqari, qora bug'doy yeyish natijasida ba’zan  konyuktivit, stomatit yuzaga 
keladi va hatto bosh miya pardalarining shikastlanishiga xos belgilar ko'riladi, 
bu  belgilar  molning  bezovtalanishi,  g‘ayri-ixtiyoriy  suratda  harakat  qilishi, 
talvasaga  tushishi,  asabiylashishi  yoki  bo‘shashib  qolishi  bilan  namoyon 
bo'ladi.
Kasallik oqibati.
 Kasallik, odatda, molning tuzalib ketishi bilan tugallanadi: 
teri nekrozlari  kam  ko‘riladi.
Kasallikni davolash.
  Kasallikning  dastlabki belgilari  ko'rinishi  bilan  o‘sha 
yem-xashaklarni bermay qo‘yish kerak. Teri qora qo‘tirlardan tozalanadi, suvi 
chiqib  turgan  joylar  esa  sodaning  spirtdagi  2%  li  eritmasi,  kamforali  spirt 
bilan artiladi va ustiga tanin sepiladi. Teri quruq bo'lib qolganidan keyin ruxli 
yoki ixtiolli  malhamlar suriladi.
Yelin  chechagi. 
Bu  kasallik  ko'pincha  yosh  sigir,  echki  va  qo'ylarda 
ko'rinadi.  Sut sog'uvchilarning  qo'llari,  to'shamalar hamda tuproq  orqali  bir 
hayvondan  ikkinchi  hayvonga tarqalishi  mumkin.
Kasallikning sababchisi — filtrlanadigan virusdir.
Belgilari.
 Qisqa muddat (4—8 kun) davom etadigan yashirin davrdan keyin 
kasallikning  klinik  belgilari  rivojlanadi.  Kasal  bo'lib  qolgan  molda  tananing 
umumiy  harorati  ko'tariladi,  ishtaha  yo'qoladi  va  sog'ilganda  suti  kamayib 
qoladi.  Emchaklar terisida va goho yelinning  boshqa qismlarida chechaklar 
paydo bo'ladi, bular awaliga qizil gardish bilan o'ralib turgan kichkina-kichkina 
pushti  dog'lar  ko'rinishida  bo'ladi.  1—2  kundan  keyin  shu  dog'lardan  qizil 
tugun  (papula)chalar yuzaga keladi.  Papulalar2— 3 kundan keyin pufakcha 
(vezikula)larga aylanadi, bularning kattaligi no'xatdek bo'lib, ichi limfaga to'lib 
turadi. Shunisi xarakterliki, ular qizil gardish bilan o'ralib turadi, pufakchaning 
o'rtasida esa chuqurcha bo'ladi.  3—4 kundan  keyin  pufakchalar qovjiraydi, 
hosil bo'ladigan  qora qo'tir po'st tashlay boshlaydi.
Kasallikni davolash.
 Yelini toza va quruq bo'lishi kerak. Davo vositalaridan 
ruxli  yoki  borli  malhamlar  ishlatiladi.  Terining  yaxshi  bitmay  qolayotgan 
nuqsonlariga  yod  nastoykasi  surtib  turiladi.  Yelin  og'riydigan  bo'lsa,  steril 
sut kateteri yordamida sut sog'ib olinadi.
Yelin furunkulyozi 
(chipqoni). Yelin furunkulyozi teri va teri osti kletchat- 
kasining yiringli yallig'lanishi ko'rinishida namoyon bo'ladi. Bu kasallikka yiring 
tug'diruvchi mikroorganizmlar, asosan jun xaltachalari va teri yog' bezlariga 
kirib  oladigan  oq  va sariq  stafilokokklar  bilan  streptokokklar sabab  bo'ladi. 
Yelin furunkulyozi sigir va echkilarda uchraydi, ba’zan xo'jalikda keng tarqalib 
ketadi.

K a s a llik p a y d o  bo'lish sabablari.
  Molning tagiga yomon to'shama solish, 
yelinini  ozoda  tutmaslik  va  sut  sog'uvchilarning  qo'llarida  yuzaga  kelgan 
yiringli  teri  kasalliklari  furunkulyoz  paydo  b o'lishiga  sabab  bo'ladi. 
Organizmning  yuqumli  kasalliklarga  ko'rsatadigan  qarshiligining  susayishi, 
moddalar almashinuvining  buzilishi yoki A,  B, C vitaminlarining etishmasligi 
(avitaminozlar) surunkali furunkulyozga sabab bo'ladi.
Kasallik belgilari.
 Yelin terisida, aksari emchaklar atrofida kattaligi no‘xatdek 
keladigan qattiq, og’rib turadigan yallig'lanish o'choqlari paydo bo'ladi. Jarayon 
avj oigan sayin har bir furunkul kattalashib, yongoqdek bo'lib qoladi va yallig'- 
lanish  o‘chog‘i  atrofidagi  teri  yupqa  tortadi.  Ayni  vaqtda  teri  sarg'ish  tusga 
kiradi,  yirik  furunkullarning  markazi  paypaslab  ko'rilganida  fluktuatsiya 
(bilqillash) seziladi, 5— 10 kun o'tganidan keyin yetilgan furunkullar o‘z xolicha 
yoriladi;  ajralib  chiqadigan  qon  aralash  yiring  massasi  junlarni  bir-biriga 
yopishtirib  qo'yadi  va  qo'shni  joylarga  infeksiya  yuqtiradi.  Yorilgan  furunkul 
o'rnida yara paydo bo'ladi, bu, 2—3 haftadan keyin granulyatsion to'qima bilan 
to'ladi.  Yakka-yolg‘iz furunkullar sog‘ib olinadigan sutning  miqdori va sifatiga 
ta’sirqilmaydi. Agar furunkullar juda ko‘p boisa, sut sog'ish vaqtida yelin og'riydi, 
shu  bilan  birga sut kamayib ketadi, sutda esa,  leykotsitlar bo'ladi.
K asallik oqibati.
  Furunkullar bitta-yarimta bo‘lsa, oson o‘tib ketadi.  Biroq 
yelin flegmonasi  ko'rinishida asoratlar qoldirishi  mumkin.
K asallikni  davolash.
  Kasallangan  joyning  atrofidagi  junlar  qirilib,  teriga 
iliq  suv  bilin  sovunlab  yuviladi,  quritiladi  va  kaliy  permanganatning  yangi 
eritmasi yoki yod nastoykasi bilan tozalanadi. Kasallangan joy atrofidagi terini 
yodning spirtdagi eritmasi  (1:500)  bilan  artish foydali.  Furunkullar yetilishini 
tezlashtirish  uchun  ularning  uchida  har kuni  toza  ixtiol,  ixtiol-glitserin  (teng 
baravardan)  yoki  5%  li  kaliy  permanganat  surish  tavsiya  etiladi.  Yetilgan 
furunkullar  butsimon  qilib  kesilib,  yoriladi.  0 ‘z  holicha  yorilgan  furunkullar, 
yiringi teriga surkalmaydigan qilib tozalanadi va ustidan penitsilin, biomitsin, 
streptomitsin  mazlari  surtiladi  yoki  myetilviolet,  myetilen  ko'kining  spirtdagi 
2%  li eritmasi,  2— 5%  li  lyapis eritmasi surtiladi.
Kasallangan  joyga  «Sollyuks»  lampasidan  va  simob-kvars  lampasidan 
nur berilsa foyda qiladi.
Mahalliy davrdan tashqari, molni yaxshi boqish va organizmning himoya 
kuchlarini  oshiradigan  vositalardan  foydalanish:  autogem oterapiya, 
laktoterapiya  qilish,  venaga  urotropin  yuborish  kerak.  Muskullar  orasiga 
penitsillin yuborish tavsiya etiladi.
Enzootik furunkulyozda ham davo,  ham oldini olish  maqsadida antivirus 
qo‘llaniladi.
Furunkulyoz  tarqalib  ketmasligi  uchun  kasal  sigirlarni  hammadan  keyin 
sog'ish zarur.

Yüklə 24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə