YELINNING TRAVMATIK SHIKASTLANISHI
Yelin jaro h ati.
Yelin jarohatlarini yuza jarohatlar va teshib o'tgan
jarohatlarga ajratish rasm bo'lgan. Faqat teri va teri osti kletchatkasi
shikastlangan bo'lsa, bunga
y u z a jarohat,
teri va teri osti kletchatkasi bilan
birga yelin parenximasining butunligiga shikast yetgan bo‘lsa, bunga
teshib
o'tgan ja ro h a t
deyiladi.
K asallik paydo bo'lish sabablari.
Zarb tegishi, it tishlab olish, panshaha
sanchilishi va hokazolar yelinning jarohatlanishiga sabab bo'lishi mumkin.
Mollar yaylovga chiqarilganida yelinning tikanli sim, buta shoxlari va
to'nkalardan jarohatlanishini ko‘p uchratish mumkin.
Kasallik belgilari va o'tishi.
Teshib o'tgan jarohatlarning xarakterli belgisi
bo‘lib, jarohat chetlari orasidan tinmay sut sizib chiqishi hisoblanadi. Shu
munosabat bilan bunday jarohatlar juda sekin bitadi va bezning chuqurdagi
to'qimalariga mikroblar o'tishi tufayli ko'pincha murakkablashadi. Bu yerdan
mikroorganizmlar limfa tomirlari va sut yo'llari bo'ylab yelinning butun choragiga
yoki yarmiga tarqaladi va yiringli mastitga sabab bo'ladi, yiringli mastit ko'pincha
kasallangan yelin qismining butunlay sut bermay qo'yishiga olib keladi.
K asallikni davolash.
Avval pinset yoki bir bo‘lak steril doka bilan jarohat
yuzi ifloslardan va qon laxtalaridan tozalanadi. Shundan keyin jarohat
bo‘shlig‘i dezinfeksiyalovchi eritmalar: rivanol (1:500), vodorod peroksid (3—
5% li) eritmasi bilan yoki rektifikat spirt bilan suyultirilgan (1:100) yod bilan
yuviladi. Yuza jarohatlar odatdagicha tozalanib, to'qimalarning halok bo'lgan
qismlari olib tashlanganidan keyin tugun choklar bilan tikib qo'yiladi.
Yemchak jarohatlansa emchak kanali torayib qolmasligi uchun unga sut
kateteri qo'yiladi, bu kateter oldindan qaynatib olingan bo'lishi kerak. Uzun
sut kateteri sisterna shilimshiq pardasini shikastlantirmasligi uchun uchi
egovlab tashlanadi va dumaloqlanadi. Sut kateteri qo'yilgan joy ip bilan bog‘-
lanadi, bunda ipning bir uchi kateter kallagiga bog'lanadi, ikkinchisi esa
kollodiyli boylam bilan emchak terisiga yopishtiriladi. Emchak jarohatini
bog'lab qo'yishi yoki unga leykoplastir yopishtirib qo'yishi mumkin.
Yelinda teshib o'tgan jarohatlar bo'lsa, sigir sog'ilmaydigan davrdagini
davolansa foyda berishi mumkin, chunki sog'iladigan davrda jarohatdan
yaxshilab tozalash, antiseptik eritma bilan yuvish va tikib qo'yish (tamom
bekitmasdan) kerak. Jarohatning pastki burchagi ochiq qoldirilib, eksudat
chiqib turishi uchun shu joyga doka drenaj qo'yiladi. Mol sutdan chiqqan
bo'lsa, kanalining chetlari lyanis, karbol kislota yoki termokauter bilan
jonlantirib turiladi.
Sog'ish davrida sut oqmasligi uchun qilinadigan davo-plastik operatsiya
o'tkazishdan iborat. Buning uchun oqma yara va atrofidagi chandiq to'qimalar
kvadrat shaklida kesib tashlanadi. So'ngra shilimshiq pardali jarohatning
chetlariga 2—3 ta chok (ketgutdan) solinadi. Teri jarohatining ko'ndalang
chetlari uzaytiriladi. Kesiklar orasida hosil bo'lgan teri laxtagi qirqiladi va u
shilimshiq pardaga solingan choklarni bekitadigan qilib, jarohatga tortiladi
va choklab qo'yiladi.
Yelinning zarb yeylshi
(Contusio uberis). Yelinning zarb yeyishi yoki
kontuziyalari qon tomirlarining yorilishiga sabab bo'lishi mumkin, buning
natijasida yelin biriktiruvchi to'qimasiga qon quyilib, unda qontalashlar hosil
bo'ladi yoki katta gematomalar yuzaga keladi.
Kasallik p a y d o b o ‘lish sabablari.
To'siqlarga urilib shikastlanish, mol
o'rmonlarda o'tlaganda to'nkalarga urilishl, zarb teglshi, boshqa hayvonlaming
shoxlashi, qamchi bilan urish va boshqalar bunga sabab bo‘ladi.
Kasallik belgilari.
Zarb tekkanidan keyin bir necha soat o'tgach yelinda
qontalash yoki shish paydo boMadi. Shish paypaslab ko'rilsa, fluktuatsiya
seziladi va bir oz og'riydi. Keyinchalik shish yumshaydi. Yelinning zarb tekkan
bo'lagidan ko'pincha qon aralash sut keladi. Shikastlangan joy o'rni
biriktiruvchi to'qima bitishi hisobiga aksari qattiq bo'lib qoladi.
Kasallikni davolash.
Mol tinch qo'yiladi. Qon oqishini to'xtatish uchun
yelinga birinchi 2— 3 kunda sovuq narsa (goryoki muzli xaltacha, sovuq loy,
burov suyuqligi) bosiladi. Sutga qon aralashgan bo'lsa, sutni kateter bilan
sog'ib olish tavsiya etiladi (kateter oldin qaynatib sterillanadi, emchak uchi
esa spirt bilan artiladi). Sovuq yallig'lanish jarayonini to'xtatmasa, 3— 4 kun
issiq narsalar bosiladi. Bundan tashqari, yelin yengil massaj qilinadi, molga
asta-sekin yurishga imkon beriladi, yelinga kamfora, ixtiol mazi va boshqalar
suriladi.
Foydalanilgan vositalar natija bermasa intoforezni (yod ionlarini)
muvaftaqiyat bilan qo'llanish mumkin.
Gematomalar paydo bo'lganidan keyin, kam deganda 5—6 kun o‘tgach
kesiladi, aks holda qon oqishi takrorlanishi mumkin.
Gematoma murakkablashib, abssess yoki flegmonaga aylansa, abssess
yuzaga kelgan joylarda fluktuatsiya paydo bo'lishi bilan gematoma darrov
kesiladi.
YELINNING SEROZ EKSSUDATDAN SHISHISHI VA GIPEREMIYASI
Yelinning seroz ekssudatdan shishishi.
Yelinning seroz ekssudatdan yoki
qon to'xtab qolishidan shishishi (Oedema uberis serosa) deb bo‘g‘ozlik yoki
tug'uruq munosabati bilan umuman qon aylanishining buzilishi tufayll yelinning
shishib ketishiga aytiladi. Bu kasallik sigir, biya, echki va qo'ylarda uchraydi.
K asallik belgilari.
Molning umumiy ahvoli va tana temperaturasi norma
atrofida bo'ladi. Yelin ayniqsa, orqa bo'laklari kattalashib ketadi. Yelin terisi
taranglanib, yaltirab turadi, undagi burmalar yo'qolib ketadi. Teri konsisten-
siyasi xamirsimon bo'ladi; barmoq bilan bosib ko'rilsa, ancha vaqtgacha
tekislanmaydigan chuqurcha qoladi. Shish ko'pincha qorin devori bo'ylab
oldinga tarqaladi. Suti o'zgarmaydi. Seroz ekssudatdan shishishning eng
xarakterli xususiyati og'riqning va yallig'lanishga xos boshqa belgilarning
bo'lmasligidir.
Kasallik oqibati.
Yaxshi davolansa asoratlar bo'lmaydi va tug'uruqdan
keyin ko'p o'tmay shish yo'qolib ketadi. Kasallik vaqtidan o'tkazib yuborilgan
bo'lsa, biriktiruvchi to'qima o'sib ketishi (induratsiya) tufayli yelin kattalash-
ganicha qoladi, bu sut miqdorining kamayib ketishiga olib keladi.
K asallikn i da v ola s h .
Yelin sal shishgan bo'lsa, davolanmaydi. Katta
shishgan bo'lsa, molni kamroq sug'orish, unga quruq yem-xashakni ozroq
berish, moini tez-tez sog‘ib turish, yelinni asosiga qarab massaj qilish tavsiya
etiladi. Yelin terisiga oldin borli maz yoki toza vazelin suriladi. Tug‘ish oldidan
moini sogish va yelinni massaj qilish tadbirlari oxirgi chora sifatida ko'rilishini
aytib o'tish kerak, chunki bu tadbirlar tug'uruqdan keyin og'iz suti bo'lmay
qolishiga olib keladi. Pichan xas-cho‘plardan priparkalar qilish shishning
so'rilib ketishini tezlashtiradi.
Bundan tashqari, mol har kuni 1 soatdan ikki, uch marta yurgizilishi zarur.
Yelin juda osilib ketgan bo‘lsa, uni bog‘lab qo'yish tavsiya etiladi.
Yelin giperemiyasi.
Yelin giperemiyasi (Hyperemia uberis) deyilganda
yelinga arterial qonning ko‘p oqib kelishi tushuniladi. Bunday hodisa ko'pincha
sersut sigirlarda (odatda, tuqqanidan keyin) va ba’zan echkilarda uchraydi.
Yelin giperemiyasi qon suyuq qismining alveolalar va sut yo'llarida sizib chiqishi
bilan birga davom etadi, bu sutning qizil tusli bo'lib qolishiga olib keladi.
K as a llik belgilari.
Molning umumiy ahvoli o'zgarmaydi. Mol ko'zdan
kechirilganida yelinining qizarib turgani ko'zga tashlanadi. Sut och qizil tusga
kiradi yoki unda qon laxtalari topiladi. Mana shunday sut bir necha soat tindirib
qo'yilsa, stakan tubida qizg'ish cho‘kma hosil bo'ladi.
Kasallik oqibati.
Eson-omon o'tib ketadi. Bir necha kunda sut asliga kelib
qoladi.
Kasallikni davolash.
Mol tinch qo'yilishi zarur. Kuchli va shirali oziqlar
kamroq beriladi. Molga glauber tuzi ichiriladi (sigirga 300,0, echkiga 80,0).
Sut avaylab sog'ib olinadi. Yelinni massaj qilish va unga mazlar surish
mutlaqo yaramaydi.
Mastit (Yelinning yalig'lanishi). Mastit paydo bo'lish sabablari va
klassifikatsiyasi.
Mastit hamma chorva mollarida bo'laveradi. Ular sigirlarda
va asosan sog'in davrining birinchi yarmida (sut bezi zo‘r berib ishlaydigan
davrda) ayniqsa ko‘p uchraydi. Sigirlarda yelinning ko'pincha qanday
bo'lmasin bitta choragi ahyon-ahyonda ikki va bundan ko'proq choragi
mastitdan shikastlanadi.
Mastitning sabablari har xil. Kasallik ko'pincha mol iflos sharoitlarda
boqilganda pol va to'shama iflos va zax bo'lganida, yelin yaxshi parvarish
qilinmagan hollarda paydo bo'ladi. Sigirlar tor va kichkina molxonalarda
boqilganida va butali, xarsang toshlar hamda to'nkalar ko‘p bo'lgan notekis,
o'nqir-cho'nqir joylarda o'tlatilganda yelinning lat yeyishi va jarohatlanishi,
noto'g'ri sog'ish, sutni chala sog'ib olish, mol sovuq polda yotganida yelinning
sovqotishi va moini sifatsiz oziq bilan boqish natijasida ham mastit paydo
bo'lishi mumkin. Mastit asosan har xil patogen mikroblarning (streptokokklar,
stafilokokklar, ichak tayoqchasi, protey, ko'k yiring tayoqchasi va boshqa-
larning) yelin to'qimasiga kirishi tufayli vujudga keladi. Mikroblar yelinga
emchak kanali orqali tashqaridan kirishi ham, qon va limfa yo'llari orqali
ichkaridan o'tishi ham mumkin. Mikroblar qon va limfa orqali ko'pincha
bachadondan o'tadi, bachadon yiringli yallig'langanida va unda chirib
kelayotgan lohiyalar va yo'ldosh qismlari bo'lgan taqdirda ko'pincha shunday
bo'ladi. Ovqat hazm qilish a’zolari kasal bo'lganda mikroblar oshqozon ichak
yo'lidan yelinga o'tishi mumkin. Qinidan, yelini va boshqa a’zolaridan yiring
oqib turadigan kasal mollar sog'lom mollar bilan birga boqilsa mastit a’zoning
tarqalishiga yo‘l ochadi.
Bundan tashqari, sut bezi sil, aktinomikoz va oqsil singari kasalliklar bilan
shikastlangan bo'lishi mumkin.
Yelinning yallig'lanishi sabablaridan biri — zaharlanishdir (intoksikatsiya).
Toksinlar, ya’ni har xil yo‘l bilan kelib chiqadigan zaharli moddalar bo'lib,
ular qon va limfa bilan birga yelinga tushishi mumkin.
Mollarni boqish, asrash va ishlatish hamda ularni parvarish qilish qoidalari
buzilsa mastit paydo bo'lishiga sabab bo'ladi.
Mastitning mavjud klassifikatsiyalaridan A. P. Studensov taklif etgani
hammadan ma’qul hisoblanadi: 1) seroz mastit; 2) sistema va sut yo'llari
katari hamda alveolalar katarini o'z ichiga oladigan kataral mastit; 3) fibrinli
mastit; 4) yiringli-kataral mastit, yelin abssessi va yelin flegmonatsini o‘z
ichiga oladigan yiringli mastit; 5) qonli mastit va 6) yelin oqsili, aktinomikozi
va silini o‘z ichiga oladigan spesifik mastitlar. Mastitning asoratlari — yelin
induratsiyasi va yelin gangrenasi alohida o'rindan turadi.
Mastitning kiinik belgilari.
Sigirda uchraydigan mastit bir xil kasallik
emas. U o'zining kelib chiqishi jihatidangina har xil bo'lib qolmay, balki
yallig'lanish xarakteri jihatidan ham har xil bo'ladi. Bu — mol organizmining
ahvoliga, yelin to'qimalarining aktivligiga va mikroblarning kasallik tug'diruvchi
xossalariga bog'liq.
Har qanday boshqa a’zoning yallig'lanishida bo'lganidek, mastitning ham
asosiy belgilari quyidagilar: shish, issiq ko'tarilishi, qizarish, og'riq va
funksiyaning buzilishi. Funksiyaning buzilishi sutning sifat va miqdor jihatidan
0
‘zgarishiga qarab aniqlanadi. Kiinik belgilari bir xil bo'lsa ham, mastitning
har biri ba’zi xususiyatlari bilan farq qiladi.
S e r o z mastit.
Mastitning bu xili asosan tug'uruqdan keyingi birinchi
kunlarda vujudga keladi va yelinning bo‘laklararo to'qimasiga bir talay seroz
ekssudat sizib chiqishi bilan ta’riflanadi. Ayni vaqtda yelin shishib, kerkib
turadi, qizaradi; yelinning kasallangan qismi kattalashib, zichlashadi, og'riydi
va harorati ko'tariladi. Yelin usti limfa tuguni kattalashadi, paypaslab
ko'rilganda og'riydi.
Molning suti kamayadi, sut suvga o'xshab qoladi va ichida kazein
parchalari bo'ladi.
Seroz mastitda mol umuman bo'shashib, ishtahasi pasayadi, tana harorati
ko'tariladi.
Mastitning bu xili, odatda, eson-omon o'tib ketadi va yalligManishga alo-
qador shish paydo bo'lishi bilan cheklanadi.
K a ta ra l mastit.
Kataral mastit sog‘in davrining hamma paytlarida, lekin
ko'pincha shu davrning birinchi haftalarida uchrashi mumkin, u bez
alveolasining yoki sut yo'llari va sut sisternasi shilimshiq pardasining
yallig'lanishi bilan namoyon bo'ladi.
Sut yo'llari va sut sisternasining kataral yallig'lanishida ko'pincha yelin
kattalashm aydi, bunda uning bitta, ba’zan ikkita yoki uchta choragi
kasallanadi. Emchak va yelin paypaslab ko'rilganda kasallikning boshida
normadan ortiq-kam hech qanday o'zgarish topilmaydi. Kasallikning 3—4-
kunda emchakning asosida no‘xatdek yoki fluktuatsiya qilib turadigan
xamirsimon bo'sh tugunlar bo'ladi, bular sut yo'llarining sut laxtalari bilan
tiqilib qolishi va teshigining kattalashib ketishi natijasida paydo bo'ladi.
Emchak devori konsistensiyasi jihatidan xamirga o'xshab qoladi. Molning
umumiy ahvoliga kelganda shuni aytish kerakki, bu kasallikda normadan
boshqa hech qanday o'zgarish ko'rilmaydi.
Sut yelinning sog'lom choragidan sog‘iladigan sutga qaraganda, odatda,
kamayib qoladi, shu bilan birga sut tarkibi sog‘ishning boshidagina
makroskopik jihatdan o‘zgargan bo'ladi. Sut suyuq va ichida cho'kib qolgan
kazein laxtalar bo'ladi. Bu laxtalar ko'pincha to'planib, shu qadar kattalashib
ketadiki, sigir sog'ilganda emchak kanalidan arang siqilib chiqadi. Sut sog'ib
olingan sari makroskopik jihatidan o'zgarmagan sut chiqadi, chunki sut
to'g'ridan to'g'ri altveolalardan keladi.
Alveolalar kataral yallig'lansa yelinning shikastlangan choragi yoki ayrim
qismlari (yelin bo'lakchalari) kattalashadi va sut sog'ib olinganidan keyin ham
kichraymaydi. Paypaslaganda emchak asosida qattiq, elastik tugun (kista)
bilinadi. Uning kattaligi kaptartuxumidek keladi va ichida sut laxtalari to'pla
nib qolishi sababli kengaygan yirik sut yo'llaridan iborat bo'ladi. Yallig'langan
shilimshiq parda shishib, to'qima shunday to'lishadiki, shilimshiq parda sut
yo'llari teshiklarining hiyla kichrayishiga olib keladi. Molning umumiy ahvoliga
kelganda shuni aytish kerakki, yelin choragi endi shikastlangan hollarda
molning umumiy ahvoli o'zgarmasdan qoladi. Vaqtidan o'tib ketgan hollarda
esa, mol ishtahasi yo'qolib, tana harorati biroz ko'tariladi.
Alveolalar kataral yallig'langan bo'lsa, sog'ib olinadigan sut ancha
kamayadi; sog'ishning boshidan oxirigacha sut o'zgarib turadi. U odatda,
suvsimon bo'ladi va sog'ishning oxirigacha laxtalar aralashib tushadi. Bu
xildagi sut tinganidan keyin zardob, suzmasimon parcha va ipir-ipirlarga ajralib
qoladi, idish tubida esa cho'kma hosil bo'ladi.
Alveolalar katari odatda sog'ayib ketadi, hayvonning sut mahsuldorligi to'la
tiklanmaydi, chunki alveolalarning bir qismi biriktiruvchi to'qima bilan almashinadi
(induratsiya), sut yo'llarining ba’zilari bitib ketadi. Chiqarish yo'llarining bitib ketishi
va keyinchalik parenximatoz to'qimaning atrofiyaga uchrashi tufayli ba’zan
kasallangan yelin choragida sut sekretsiyasi butunlay to'xtaydi.
Fibrinlimastit.
Mastitning bu xili ko'pincha kataral mastitning asorati sifatida
vujudga keladi va turli mikroorganizmlarning patogen ta’sir qilishiga yordam
beradi.
Shikastlangan yelin choragining hammasi kattalashib ketadi; paypaslab
ko'rilganda uning bezillab turgani va zichligi ma’lum bo'ladi. Shikastlangan
yelin choragi chuqur paypaslab ko'rilganda fibrioz cho'kindilarning bosilishi
tufayli sut sisternasi sohasida krepitatsiya (g'ijirlash) aniqlanadi. Limfa tugu-
ni kattalashib ketgan bo'ladi. Tana harorati 41—42,5°C gacha ko'tariladi va
ishtaha deyarli yo'qoladi.
Sog'ib olinadigan sut miqdori kasallikning boshidanoq keskin kamayib
ketadi; sutda uvoq va bo'laklar ko'rinishida sariq rangli fibrin topiladi. Fibrinli
mastit yelinning kataral yallig'lanishi tufayli avj oigan bo'lsa, sut yiring
ko'rinishida bo'ladi va unda fibrindan tashqari, cho‘k¡b tushgan kazein laxta-
lari va ¡pir-lpirlari topiladi.
Kasallik boshlanib, 2— 3 kun o'tgach, sut ajralishi to'xtaydi, mol
sog'ilganida fibrin aralashgan bir oz zardob yoki yiring sog'ib olish mumkin.
Mol tuzalib ketganida sut ajralishi bekam-ko'st tiklanmaydi, chunki bezda
kapsulalarga o'ralgan yallig‘lanish o‘chog‘i bo'lmish bir talay tugunlar qoladi.
Yiringli mastit.
Bu kasallik uch xil bo'lib o'tadi: yiringli kataral mastit, yelin
abssessi (maddasi) va yelin flegmonasi.
Yiringli-kataral mastit.
Kasallikning bu xili yiring paydo qiluvchi mikroblar
ishtirokida seroz, fibrinoz mastit ko'pincha, kataral mastitdan vujudga keladi.
Yelinning shikastlangan choragi kasallikning o‘tkir xilida katta bo'lib ketadi,
paypaslab ko'rilganda bezillaydi va o'sha joyning harorati ko'tariladi. Terisi
qizargan, tegishli tomonidagi limfa tuguni esa kattalashgan bo'ladi. Bir
sutkada sog‘ib olinidigan sut keskin kamayadi. Yelinning shikastlangan
choragidan juda arzimas miqdorda sut sog'ib olish mumkin, shunda ham
sut suvga o'xshagan, sho'rtang bo'lib, ichida ipir-ipirlar ko'rinadi, ba’zan yiring
aralashgani uchun sarg'ish tusga kiradi. Yelinning bu kasalligi molning
umumiy ahvoliga ham ta’sir qiladi: tana harorati 41 °C gacha ko'tariladi, puls
tezlashadi, ishtaha yo'qoladi.
3— 4 kundan keyin kasallik qayta boshlanadi yoki surunkali tusga kiradi.
O'tkir jarayon surunkali tusga o'tishi bilan yuqorida aytilgan hodisalar hiyla
susayadi: umumiy va mahalliy harorat normaga qadar pasayadi, og'riq
yo'qoladi, lekin sut tarkibi makroskopik jihatdan o'zgarmay qoladi, hamisha
sarg'ish tusda bo'ladi. Sog'ib olinadigan sut miqdori kundan-kunga kamayib
boradi va nihoyat, bir necha o'n millilitrgacha tushadi yoki butunlay chiqmay
qo'yadi. Yelin bez to'qimasi atrofiyaga uchrashi tufayli kasallangan choragi
kichkina bo'lib qoladi.
Yelin abssessi.
Bu kasallik bir choragida asta-sekin kattalashib, bir-biri bilan
qo'shiladigan va bez parenximasini irg'itib yuboradigan bir talay moddalar hosil
bo'lishi yoki ba’zan juda kattalashib, yelin choragining kattagina qismini egal-
lab oladigan yakka-yakka abssesslar yuzaga kelishi bilan ta’riflanadi.
Ko'plab toshadigan maddalar sut yo'llari bo'ylab mikroflib tarqalishi yoki
yelinga qon yo bo'lmasa, limfa yo'llari bilan yuqib o'tishi natijasida yelinning
yiringli-kataral yallig'lanishi kasallik asorati tarzida vujudga keladi.
Yakka-yakka bo'ladigan abssesslar yelinning lat yeyishi, jarohatlanishi
va boshqa tarzda shikastlanishi tufayli yuzaga keladi.
Maddalar shikastlangan yelin choragiga tarqalgan bo'lsa, klinik tekshir-
ganda ularni, odatda, topib bo'lmaydi. Bunday hollarda sutning o'zgarishi
maddalar borligiga gumon qilinadigan birdan-bir belgi bo'ladi. Sut zardob,
ivib qolgan kazein ipir-ipirlari va bir talay yiring tanachalaridan iborat bo'ladi.
Maddalar yelin choragining cheklangan qismida to'p-to'p bo'lib turadigan
hollarda shikastlangan zona sohasida og'rib turadigan va issiq dumboqlar
bo'ladi. Sut esa bir qadar o'zgargan bo'ladi, bordi-yu, bir kun ilgari maddalar
sut yo'llari yorilgan bo'lsa, sutga qon bilan yiring aralashib ketadi.
Katta-katta abssesslar teri yuzasida fluktuatsiya qiladigan qavariqlar
ko'rinishida do'ppayib turdagi yoki paypaslab ko'rilganda bez ba’zida og'rib
turadigan va issiq o'choqlar ko'rinishida topiladi.
Yuza joylashgan yakkam-dukkam madda (iring)lar o‘z vaqtida kesilsa,
molning sut mahsuloti deyarli o'zgarmaydi. Madda kapsulaga
0
‘ralib qolsa,
bezning ma’lum qismi ishlamay qo'yadi. Maddalar juda ko‘p bo'lib, ular yelin
bo'lagining hamma joyiga tarqalgan hollarda sut yo‘llari bitib ketadi va
parenxima atrofiyaga uchraydi.
Yelinda juda ko'p maddalar — shiring paydo bo'lishining oqibati sifatida,
ko'pincha septikopiyemiya jigarda, buyrak, yurak va boshqa a’zolarda
metastazlar vujudga kelishi bilan namoyon bo'ladi.
Yelin abssesslari bo'lganda mol umuman bo'shashadi, harorati ko'tariladi,
ishtahasi pasayadi va limfa bezlari kattalashadi.
Yelin flegmonasi.
Bu kasallik yelin teri osti kletchatkasi va bo'laklararo
to'qimasining yiringli yallig'nlanishi bilan ta’riflanadi. Flegmona odatda qanday
bo'lmasin biror mastit xilining asorati yoki yelinning jarohatlanishi va lat yeyishi
oqibatida avj oladi.
Yelinning biror qismida flegmonoz yallig'lanish yuzaga kelganida jarayon
tez orada yelinning butun choragiga yoki hatto yarmiga tarqaladi. Yelinning
shu sohasi shishib ketadi. Shikastlangan chorak paypaslab ko'rilganda
zichlashib qolgani va juda og‘rib turgani seziladi. Limfa tugunlari kattalashgan,
ba’zida esa og'riydigan bo‘ladi. Pigmentlanmagan terida qizarib qolgan limfa
tomirlari aniq ko'rinib turadi. Pigmentlanmagan terida qizarib qolgan limfa
tomirlari aniq ko'rinib turadi. Mol yurganida yelinning shikastlangan qismiga
yaqin oyog'ini ehtiyot qiladi, ba'zan esa shu oyog'i oqsaydi. Kasallik avj olishi
bilan yelinning shikastlangan choragida yoki yarmida madallar yiring
o'choqlari paydo bo'ladi.
Yelinning shikastlangan choragida sut sog'lom choragidagiga qaraganda
ancha kamayadi. Shikastlangan yelin choragidan keyinchalik sut juda kam
keladi. Kasallikning boshida sut mikroskopik jihatidan o'zgarmagan bo'lsa,
2—3 kundan keyin u kul rang tusga kirib, suyuq bo'lib qoladi va ichida cho'kib
qolgan kazein ipir-ipirlari va laxtalari uchraydi. Shuni aytib o'tish kerakki,
yelinning shikastlanmagan choraklaridan sog'ib olinadigan sut yelin
kasallanmasidan awal sog'ib olingan sutga qaraganda keskin kamayib ketadi.
Yelin flegmonasida fibros to'qima rivojlanishi tufayli yelin ko'pincha
induratsiyalanadi yoki yelin gangrenasi va hatto septikopiyemiya boshlanadi.
Molning umumiy ahvoli yiringli mastitning boshqa xillarida qanday bo'lsa,
bu kasallikda ham xuddi shunday bo'ladi.
Q o n li mastit.
Mastitning bu xilida sut yo'llariga, shuningdek, biriktiruvchi
va bez to'qimasi bag'riga qon quyiladi. Kasallikning bu xili odatda tug'uruqdan
keyingi davrning birinchi kunlarida paydo bo'ladi.
Qonli mastit yelinning kataral yoki seroz yallig'lanishi natijasida avj oladi.
Modomiki shunday ekan, mastitning hozir aytib o'tilgan xillarining paydo
bo'lish ig a olib keladigan uchala sabab qonli m astitni ham keltirib
chiqaraveradi.
Kasallik, odatda, yelinning yarmiga hatto hamma joyiga tarqaladi. Ayni
vaqtda yelinning shikastlangan qismi juda og'riydi, sut sisternasida fibrioz
to'plamining g'irchillashi seziladi. Alveolalar bo‘shlig‘iga eritrotsitlar chiqib,
sutga qon va uning gemolizlanish mahsulotlari aralashadigan bo'lgani uchun
sut qizil tusga kiradi; tindirib qo'yilganida cho‘kma va ipir-ipirlar yoki
liqildoqsimon qizil massa hosil qilib, gomogen tarzda ivib qoladi. Mahalliy
temperatura ko‘tariladi. Pigmentlanmagan terida qizil yoki to‘q qizil dog'lar
hosil bo'ladi. Yelin usti limfa tugunlari kattalashadi va bir oz bezillab turadi.
Kasallik hamisha tana haroratining ancha ko'tarilishi, ishtahaning kamayishi
yoki yo'qolishi bilan birga davom etadi.
Spesifik mastitlar. Yelin oqsili.
Bu kasallik yelin terisida aftalar va yaralar
paydo bo'lishi bilan ta ’riflanadi, shunga ko'ra yelin parenximasining
yallig'lanishi uchun juda qulay sharoit vujudga keladi.
Yelin aktinomikozin.
Bunda shikastlangan yelin choragining to'qimalarida
ham yuza, ham chuqur abssesslar paydo bo'ladi. Shularning bir qismi
tashqariga yoriladi va o'rnida tezda bitavermaydigan oqma va yaralar
qoldiradi. To'qimalarning ichkarisidan joy olgan abssesslar sut yo'llariga
yoriladi yoki kapsulalarga o‘raladi.
Yelin sili.
Silda yelinning shikastlangan choragi yoki yarmi kattalashadi.
Paypaslab ko'rilganda yelin to'qimalarida katta-kichik, og'rimaydigan zich
o'choqlar qo'lga bilinadi.
Mastitlarning asoratlari. Yelinning induratsiyalanishi.
Yelinning induratsiya-
lanishi deb yelinda biriktiruvchi to'qima o‘sib ketishi bilan bir vaqtda yelin
parenximasi atrofiyaga uchraydigan patologik jarayonga aytiladi. Surunkali
seroz va yiringli kataral mastitlarda va ba’zi boshqa patologik jarayonlarda
induratsiya hodisasi yuzaga keladi.
Induratsiyada yelinning shikastlangan qismi kattalashadi va qattiq bo‘lib
qoladi: sutsog'ib olingandan keyin bo'shashmaydi va mol sutdan chiqqan davrda
ham katta bo'lib turaveradi. Induratsiyada yallig'lanish belgilari bo'lmaydi.
Yelin gangrenasi.
Bu kasallik emchak kanali orqali yoki yelin jarohat-
langanda yelin to'qimasiga anaerob mikroblar kirishi natijasida paydo bo'ladi.
Yelin gangrenasi bo'lganda tana harorati ko'tariladi, mol juda zaiflashadi va
yurakqon tomirlar sisternasida tobora kuchayib boradigan o'zgarishlar yuzaga
keladi. Yelin paypaslab ko'rilganda yelin to'qimasida to'planib qoladigan gaz
pufakchalarining bosilishidan krepitatsiya seziladi.
Dostları ilə paylaş: |