O vogenez. U rg'ochi hayvon tuxum donida tuxum hujayralari yetiladi.
Tuxumhujayralarining taraqqiyoti ovogenez (oogenez) deyiladi.
O vogenez ko'payish, o'sish va yetilish davrlariga bo'linadi. T u xu m
hujayralarining taraqqiyotida embrión tanasida paydo bo'layotgan tuxumdon
ustini o ‘rab oigan hujayralar ko'payib, yosh tuxum donning to'qimalari ichiga
o'sib kiradi. Keyinchalik tuxumdon ustini o‘rab oigan hujayralar gruppalarga
ajraladi. Har qaysi gruppa — hujayra orolchasi deyiladi. Hujayra orolchasi
tabaqalanib, orolcha markazidagi yirik va tuxum hujayralari atrofidagi m ayda
hujayralarga bo'linadi. Yirik va mayda hujayralar keyinchalik pufakchalarga
aylanadi. Bitta pufakchada juda ko‘p hujayralar va bitta yoki bir nechta
tuxumhujayra joylashadi.
Urg'ochi jinsiy hujayralar taraqqiyoti-ovogoniya deyiladi. Tuxum hujayra
ko'pincha yumaloq shaklda bo'lib, ularda m oddalar almashinish jarayoni
boshqa hujayralardagiga qaraganda tez boradi.
Tuxumhujayraning o'zagi murakkab ko'payuvchi boshqa hujayralar o'zagi
kabi o'zgaradi, ya’ni zich va yumshoq to'pcha davrini boshidan kechiradi.
T u xu m h u ja yra la r bora-bora ko'payishdan to 'x ta b rivojlana bo sh la yd i.
Ko'payishdan to'xtagan yosh tuxum hujayralar yirik b o ‘lib birinchi tartib
ovotsitlar úeb ataladi.
R iv o jla n is h n in g d a s tla b k i b o s q ic h la rid a s ito p la z m a hajm i o rta d i.
Sitoplazmadagi bu jarayon o'zakdagi o'zaro munosabatning o'zgarishiga va
moddalar almashinuvining normal bormasligiga sabab bo'ladi. 0 ‘zak ichida
x ro m o s o m a la r k o 'rin a b o s h la b , u la rn in g m iq d o ri ta n a h u ja y ra la ri
xromosomasining miqdoridan ikki barobar ortadi. 0 ‘zak ichidagi xromosomalar
ko'pincha to'rttadan bo'lib joylashadi. Bunday joylashish tetrada deb ataladi.
Ovotsitni o'rab turuvchi hujayralar tezlik bilan ko'payadi, po'sti tiniq bo'lib,
sitoplazmasida sariq modda hosil bo'ladi. Bu davrda moddalar almashinish,
ayniqsa, assimilyatsiya jarayoni tez boradi. Natijada yosh tuxum hujayra
sitoplazmasida oziq (sariq modda) to'planadi.
Yetilish davri. Yosh tuxumhujayraning rivojlanishi tuxumdondan chiqishi
bilan boshlanadi. Yetilish urug'lanish vaqtida tugaydi. Yosh tuxum hujayra
yetilish davrida ketma-ket ikki marta bo'linadi. Bu ikki bo'linish orasida 6— 7
soat vaqt o'tadi. Yetilish davrida ovotsitlar ancha kattalashadi. Ovotsitlarda
xromosomalarning soni ancha ko'payadi. Hujayra birinchi marta ikkiga bo'linadi.
Bu hujayralarning birxili katta bo'lib, ikkinchi tartib ovotsitlar deyiladi. Ikkinchi
xili juda kichik bo'lib, bunga deyiladi va bu tanacha bora-bora yo'qoladi.
Ikkinchi tartib ovotsit o'z navbatida yana bo'linadi, bo'linishdan vujudga
kelgan hujayralarning biri katta, biri kichik bo'ladi. Bu hujayralarga ikkinchi
yo'nalish tanachasi deyiladi. Yosh tuxum hujayra birinchi marta m urakkab
va ikkinchi marta reduksion bo'linadi. Reduksion bo'linishda xrom osom a
bo'linmaydi. Bu bo'linishdan hosil bo'lgan katta hujayra ikkinchi tartib ovotsit
bo'lib, kichigi ikkinchi tartib tanachadlr va u keyinchalik yo'qolib ketadi.
Yetilgan tuxumhujayfanmg TvffliS M . KpJULliilMt aut m jizuvchilarning
Yetiigan tuxumhujayfanmg
ypJW'L'jJlty aut «wlizuvchilarning
yetilgan tuxumhujayrasi olz t j i ^ í i ^ í ^ i h ^ ^ a n ^ c M ^ j D u j a y r ilardan uncha
farq qilmaydi, ya'ni tu x u m t^ L ija ^ ^ ¡{ o ^ á ^ tn W a Z a J c v ^ t^ td a i iborat bo'ladi.
S ito p la z m a d a m a rka ziy ta n a ch a (o rg a n o id ) lar va k iritm a la r bor.
Tuxumhujayradagi sariq modda embrionning taraqqiyoti uchun zarur oziq
moddadir.
Hayvon tuxumhujayra o‘z tuzulishiga va sitoplazmasida sariq moddaning
ko‘p-ozligiga, tarqalishiga qarab izoletsital va teloietsitalga bo'linadi.
1. Izoletsital tuxumhujayralarda sariq modda juda oz bo‘lib, sitoplazmada
birtekis tarqalgan boladi. 2. Teloletsital tuxumhujayralarda sariq modda juda
ko‘p bo'lib, u hujayraning qutbiga joylashadi. Hujayraning sariq modda ko‘p
tanlangan tomoni vegetativ qism, oz to'plangan tomoni esa animal qism deb
ataladi.
Tuxum hujayra yupqa, tiniq po‘st bilan o'ralgan. Bu po'st atrofini tiniq yoki
yaltiroq qobiq o 'ra b oigan. Bu qobiqda m ayda teshikchala r bo'lib, bu
teshikchalar orqali hujayra ichiga oziq moddalar kiradi. T uxumhujayra atrofini
radial joylashgan pufakchalar o'ragan bo‘ladi. Pufakcha hujayralar qavati
nurli tojqavat deb ataladi. Bu qavatning usti bir nechaqatoryum aloq pufakcha
hujayralari bilan o'ralgan.
Tuxumhujayraning urug'lanishi. Erkak va urg'ochi jinsiy hujayralarning
o'zaro qo'shilishiga urug'lanish deb ataladi. Urug'lanish natijasida zigota,
zigotada esa embrión vujudga keladi.
Urug'lanish yo'li bilan ko'payish sekin-asta kelib chiqqan bo'lsa kerak,
chunki ba’zan sodda hayvonlarning jinsiy a’zosi bo'lsa ham lekin yangi
organizm uning ishtirokisiz tug'iladi. Hatto erkaklik jinsiy hujayralardan ham
yangi organizm kelib chiqishi mumkin. Bu hodisaga androgenez deyiladi.
L e kin y a n g i o rg a n iz m ta b ia td a k o 'p ro q u rg 'o c h i h a y v o n n in g jin s iy
hujayralaridan kelib chiqadi. Bu hodisa partenogenez deyiladi. Androgenez
va partenogenez hodisalari tabiatda ko'payishning ham jinssiz, ham jinsiy
bo'lganligini ko'rsatadi. Lekin jinsiy ko'payish jinssiz ko'payuvchi hayvon
larning evolyutsiyasi natajasida kelib chiqqan. Bu hoi jinsiy ko'payishning
jinssiz ko‘payishga qaraganda afzal ekanligini ko'rsatadi. Hayvon jinsiy
ko'paygandatashqi m u h itta ’siriga moslanuvchan bo‘ladi. Ch. Darvin «Urug1-
lanishning biologik tomondan o'zaro bir-biridan farq qiladigan har ikkala jinsiy
hujayraning — tuxum va spermatozoidning qo'shilishidan iborat» degan edi.
Erkak va urg'ochi jinsiy hujayralar biologik tomondan farq qilsa, bir-biriga
ta’sir qiladi. Natijada zigota ichki qarama-qarshilikka uchraydi. Bu, zigotaning
keyingi taraqqiyotini ta’minlaydi. Agar har ikkala jinsiy hujayra biologik jihatdan
bir-biridan kam farq qilsa, urug'lanish vaqtida qarama-qarshilik bo'lmaydi.
S h u n in g uchun zig o ta la rn in g to 'liq b io lo g ik belgilari yo'q. Bu hodisa
chorvadorlaming ko'p yillik ish tajribalaridan ham isbot qilingan. Birturdagi hayvon
chatishtirilsa, uning nasli zaif yoki o'liktug'iladi. Zaif tug'ilganlari uzoq yashamaydi.
Aksincha, jinsiy hujayralar bir-biridan qancha uzoq bo'lsa, biri-biriga qon-
qarindosh bo'lmasa, zigotada ichki qarama-qarshilik yuz beradi, ya’ni tug'ilgan
bola yaxshi rivojlanadi. Shunday qilib, otalanish jarayonida zigotada qarama-
qarshilik kelib chiqadi. Bu, yangi naslning yashovchanligini ta’minlaydi.
Q o'shilish vaqtida urug'dondagi urug' naychalarga tushgan sperm a-
tazoidlar qo'shim cha jinsiy bezlar ishlab chiqargan suyuqliklar bilan arala-
shadi. Bu aralashm a spermiya (urug‘) deyiladi.
Urg'ochi hayvonning jinsiy a’zosiga to'kilgan spermatozoidlarning bir qismi
yo'lda nobud bo'ladi, ayrimlari urg'ochi hayvon jinsiy yo'lining shilliq pardasiga
yopishib qoladi. Q oigan qismi tu x u m h u ja yra g a yetib boradi. Sperm a-
tozoidning tuxumhujayraga yetib borish muddati turli hayvonlarda har xil.
Masalan, soviiqiarda 30 daqiqadan 5— 8 soatgacha, uy quyonlarida 2— 3
soat, qoramollarda esa 5— 9 soat davom etadi. Spermatozoidlar urg'ochi
hayvon jin s iy y o 'lid a dum chalari y o rd a m id a h a rakat q iladi. S p e rm a
tozoidlarning bu harakatiga tuxum yo‘li devorlaridagi muskul qavatining
qisqarishi ham yordam beradi. S pe m a to zo id la r urg'ochi hayvon jinsiy
a ’zolarida uzoq vaqt yashashi m um kin. T a d q iq o tch i G. A. S hm idtning
ta’kidlashicha, spermatozoid sigirning jinsiy a’zosida 25— 30 soat, quyonning
jinsiy a’zosida 8— 12 soatgacha yashay oladi. Sut emizuvchilarda har ikkala
jinsiy hujayralar tuxum yo'lining yuqori qism ida tuxumdonga yaqin joyda
uch ra sh a d i. T u xu m h u ja yra g a y a q in la s h g a n s p e rm a to z o id la r o 'z id a n
gialuronidaza fermentini chiqara boshlaydi. Bu ferment ta’sirida tuxumhujayra
yalang'ochlanadi. Tuxumhujayra atrofidagi spermatozoidlar uning tiniq va
sariq po'stini teshib, sitoplazmaga kiradi (4- rasm). Urug'lanish jarayonida
spermatozoidning butun tanasi aktiv harakat qiladi. Spermatozoid dumchasi
va tanasi tuxum hujayra sitoplzmasida erib ketadi. Spermatozoidning boshi
kattalashib, tuxumhujayra o'zagining hajmiga baravarlashadi. Keyin har ikkala
jinsiy hujayralarning o'zaklari qo'shiladi.
Har ikkala jinsiy hujayra (gameta)lar urug'lanish jarayonida o'ziga xos
xususiyatlarni yo 'q o ta d i. Hosil bo'lgan zigota erkak va u rg 'o ch i jin s iy
hujayralarning xususiyatini o'zida mujassamlashtiradi. Zigota hosil bo'lgach,
2— 3 soatdan so'ng bo'linadi, ya'ni blastomerlar (embirion qismlar) yuzaga
keladi.
4- rasm. Otalanish (urug‘lanish)ning sxematik ko‘rinishi:
1 — tuxumhujayraning protoplazmasi; 2 — tuxumhujayra o'zagi; 3 — tiniq po'st;
4
— foilikuiyar epiteiiy; 5 — spermatozoidning boshchasi; 6 — spermatozoidning
b o ' y m c h a s i ;
7
— spermatozoidning dumchasi; 8 — qabul qiluvchi bo‘rtiqcha; 9 — otalanish
po'sti; 10— urg'ochilik o'zagi; 11 — erkafelik o'zagi; 12— markaziy tanacha; 13— erkak va
urg'ochi jinsiy hujayralar o'zagining qo'shilishi.
Sut em izuvchilar va qushlar embrionining dastlabki taraqqiyoti tuban
hayvonlar embrionining ilk rivojlanishiga qisman o'xshaydi. Shuning uchun
ham sut emizuvchilar embrioni taraqqiyoti ustida to'xtashdan oldin oddiy
hayvonlarning embrioni haqida so'zlashga to'g'ri keladi. Yuqorida eslatib
o'tganimizdek, hamma hayvonlarda va hatto o‘simliklarda ham har ikkala
jinsiy hujayraning urug'lanishi natijasida zigota yuzaga keladi. Har qaysi tur
hayvon zigotasi shu hayvonning turiga xos xususiyatlarga ega bo'ladi.
Masalan: baqa, baliq va umuman suvdayashovchi hayvonlarning zigotalari
suvdan qo'rqmaydi, chunki urug'langan tuxum hujayralar bevosita suvda
tarqaladi. Suvda yashovchi hayvonlarning zigotalari juda yupqa qobiq bilan
o 'ra lg a n . Z ig o ta la r q o b iq orqali tashqi m uh itd a n oziq olib kislo ro d n i
o'zlashtiradi.
Sudralib yuruvchilar, qushlar va eng tuban sut emizuvchilar tuxum qo'yib
ko‘payadi, ularning zigotalari mustahkam parda bilan o'raladi. Bu teri pardasi
tuxumni ko'rib qolishdan va boshqa zararli ta’sirlardan saqlaydi.
Yuksak darajali sut emizuvchilarda embrionning rivoshlanishi bachadonda
boradi. Embrión oziq modda va kislorodni ona qon tomirlari orqali oladi.
Shuning uchun yuqori darajali sut emizuvchilarning zigotalarida mustahkam
qobiq yo‘q.
Sut em izuvchilarda sariq (oziq) modda juda kam bo'lgani uchun ularning
tuxumhujayralari m ikroskopik kattalikda. Hayvonlarda zigota hosil bo'lgach,
ko‘p o'tmay bo'linadi, natijada embrión qavatlari shakllanadi va tabaqalanadi.
Embrión qavatining tabaqalanishidan to'qima va a’zolar vujudga keladi. Bu
jarayon turli hayvonlarda har xil vaqtgacha davom etadi.
H ayvon qaysi m u h itd a ta ko m illa sh g a n b o 'lsa , em brión qavatinin g
tabaqalanishi ham shunga muvofiqlashadi.
Bo'linish. Zigota hosil bô'lgach, ko‘p o‘tmay m urakkab yo‘l bilan bo‘linib,
ko'paya boshlaydi. Hujayralarning miqdori ko'paysa ham hajmi ortmaydi.
Shuning uchun, embrión m a’lum davrgacha rivojlanmaydi.
Zigota bo'linishi natijasida yangi xususiyatlarga ega bo'lgan ko‘p hujayrali
organizmga aylanadi.
Z ig o ta n in g b o 'lin is h i, uning sito p la zm a sid a g i sariq m oddaning oz-
ko'pligiga vajoylashuviga bog'liq. Bu bo'linish turli hayvonlarda turlicha boradi:
xordalilarda to'liq tekis holda; amfibiyalarda to ‘liq notekis holda; baliqlar,
sudralib yuruvchilar va qushlarda disksimondir.
Zigotada sariq modda juda kam va sitoplazmada keng tarqalgan bo'lsa,
bo'linish to'liq tekis boradi. Bo'linish natijasida hosil bo'lgan hujayralar —
blastom erlar o'zaro teng bo'ladi. Bu hodisa lansetniklarda uchraydi.
A m fib iy a la rd a tu x u m h u ja y ra sariq (oziq) m odda m iqdori jih a tid a n
telolitsetal tibga kiradi. Am fibiyalar tuxumhujayrasining bo'linishi natijasida
o'zaro teng bo'lmagan blastom erlar yuzaga keladi.
Baliqlar, sudralib yuruvchilar va qushlarning tuxum hujayrasida sariq
m odda juda ko'p. Sariq modda tuxumhujayraning bir qutbida ko'p, ikkinchi
q u tb id a esa kam jo y la s h g a n b o 'la d i. B o 'lin ish ja ra y o n id a zig o ta n in g
blastom erlar joylashgan animal qismi ishtirok etadi. Tuxumning vegetativ
qismi sariq moddaga to‘la va bo'linishda ¡shtirok etmaydi. T uxumhujayraning
ketma-ket bo'linishi natijasida blastom erlar to'plami vujudga keladi.
B lastom erlar to'plam ining tashqi ko'rin ishi o ‘t m eva sig a o'xshaydi.
Blastomerlar to'plami mórula deb ataladi. Mórula markazida ichi zardob bilan
to'lgan bo'shliq bor. Yuqoridagi jarayon o'tgach, embrión yum aloq pufakcha
shaklini oladi. Pufakcha (blastula) devorchasi hujayralari ko'payishda davom
etib, pufakcha va uning ichi kattalashadi. Blastula davrida embrión devori
bir qavatli bo'ladi.
T o ‘ liq bo'lishi yo'li bilan ko'payuvchi tuxum hujayradan tiniq blastula
shakllana di, agar tuxum hujayra te lo le ts ita l b o ‘lsa, tip ik b la stu la hosil
bo'lmaydi. Embrión devori ikki qavatli bo'lsa, unga g a s tru la davri deyiladi.
Jinsiy sikl. Jinsiy qo'zg'alish murakkab jarayon bo'lib, bunda markaziy
va periferik nerv sistemasi hamda bir necha ichki sekretsiya bezlari ishtirok
etadi. Urg'ochi hayvon jinsiy a’zolarida o'zgarishlar ma’lum vaqtlar orasida
q a yta rilib turadi. Jinsiy a ’zo va butun o rganizm da ko 'z g 'a lis h n in g bir
bosqichidan ikkinchi bosqichiga o'tishda ro‘y beradigan fiziologik jarayonga
jin siy sikl deyiladi.
Jinsiy sikl uch davrga bo'linadi: 1 ) qo'zg'alish davri — jinsiy reflekslarning
aniq ifodalangan davri; 2) Reflekslarning tormozlanish davri — ko'zg'alish
davri qarama-qarshi turadigan faol jarayonlar majmuasi; 3) Tenglashish davri
tormozlanishdan keyin paydo bo'luvchi va qo'zg'alish davrining boshlanishiga
qadar davom etuvchi, ya’ni jinsiy jarayonning sustlashish davri.
Qo'zg'alish davrining boshlanishida jinsiy a’zodagi o'zgarishlar borgan
sari kuchayadi — follikulalar yetiladi, bachadon va qindagi shilimshiq pardalar
o'sib, qalinlashadi, bachadon bezlari ko'plab shilim shiq suyuqlik ishlab
chiqaradi. Qo'zg'alish davrining rivojlanishi uchun asosiy fenom enda, ya’ni
jinsiy mayllik, kuyukish va ovulyatsiya hodisalarida ifodalanadi.
Jinsiy mayllik deganda jinsiy yo'llaridan shilimshiq suyuq m oddaajralib
chiqish jarayoni tushuniladi, bu jin siy a ’zolarda uchraydigan murakkab
funksiyali o'zgarishlarning belgisidir.
Kuyukish deb, urg'ochi hayvonlardagi erkak hayvonlarga yaqinlashish
uchun bo'lgan qo'zg'alishga aytiladi.
O v u ly a ts iy a y e tilg a n fo lik u la la rn in g y o rilis h i n a tija s id a u la rd a n
tuxumhujayralarning ajralib chiqish jarayoni.
Fiziologik jarayonning bu murakkab majmuasi qochirilgan hayvonlarda
spermatazoidlarning harakat qilishini, tuxum hujayralarning urug'lanishini va
embrionning rivojlanishini ta’minlaydi. Umumiy qo'zg'alish — ishtahaning
yomonlashishi, sut sifatining va m iqdorining o'zgarishi m azkur davrning
ikkinchi yarmidagi xarakterli belgilari hisoblanadi.
Reflekslarning tormozlanish davri. Bu davryorilgan folikulalar o'rnida
sariq tanalarning rivojlanishi, barcha jinsiy a’zolar qo'zg'alishining so'nishi,
bachadon bezlarining o'sib ketishi, jinsiy qo'zg'alishning to'xta shi, ya’ni
u rg 'o c h i h a y v o n la rn in g e rk a k h a y v o n n i o 'z ig a y o 'la tm a s lig i b ila n
xarakterlanadi. Tormozlanish davri boshlanishi bilan asta-sekin umumiy
qo'zg'alish belgilari yo'qola boradi.
Tenglashish davri yangi folikulalar yetilishining boshlanishi sariq tanalar
o‘sib yetilishi hamda shimilib ketishi, jinsiy mayl va kuyukishning to'xtashi
bilan xarakterlanadi.
Progesteron ning eng m uhim biologik xossasi bachadon shilim shiq
pardasini yangidan hosil qilishdir. Bu, bachadon bezlarining kuchli ishlashi
bilan xarakterlana di. Bezlarda ishlab chiqarilgan suyuqlik urug'langan
tuxumhujayraning normal birikishi uchun ham zarur.
Progesteron bachadon muskullarini bo'shashtiradi, muskul tolalarining
gipertrofiyasini vagiperplaziyajarayoniniyaxshilash bilan birgabo‘g‘ozlikning
normal rivojlanishini ta ’minlaydi. Shuningdek, u sut bezlari alveolalarining
rivojlanishini kuchaytiradi.
G ipofiz gorm onlari. G ipofiz bezi oldingi bo'laklarining gorm onlari
gonadotrop (jinsiy hujayrani qo‘zg‘atuvchi) gorm onlar deyiladi, chunki ular
jinsiy bezlam ing rivojlanishi va ishlashiga ta’sir ko'rsatadi. Bu gormonlarga:
1 ) follikula ishini kuchaytiruvchi gonadotrop, 2) lyutein hosil qiluvchi gonadot
rop va 3) lyuteotrop (progesteron sekretsiyasini kuchaytiruvchi) yoki laktogen
g o rm o n la r— prolaktinlar kiradi.
Follikula ishini kuchaytiruvchi gonadotrop gormonlar ta’sirida follikulalar o'sib
yetiladi. Bu, lyutein hosil qiluvchi gonadotrop gormonlar bilan birga, ovulyatsiya
jarayonini yuzaga keltiradi va sariq tanalar hosil bo‘lishiga yordam beradi.
G ip o fizn in g oldingi b o 'la g id a ishlab chiqariladigan gorm onlar bilan
tuxum don gormonlari o'rtasidagi eng yaqin o'zaro boshqarish munosabati
mavjud. Estrogenlar follikulalar ishini kuchaytiruvchi gormonlarning ajralib
chiqishini biroz to'xtatib, lyutein hosil qiluvchi gormon sekretsiyasi ishini
anchagina tezlashtiradi, bu ovulyatsiya jarayoni va sariq tana ishi uchun
juda zarur. Sariq tananing rivojlanish darajasiga qarab, ajralib chiqqan
progesteron lyutein hosil qiluvchi gormonlarning o'zidan ajralib chiqadigan
gipofiz bezining ish faoliyatiga kuchli ta’sir ko'rsatadi, natijada u follikulalar
ishini kuchaytiruvchi gormonlardan yana ustun keladi.
Shunday qilib, gonadotrop gormonlar bilan lyutein hosil qiluvchi gormonlar
sekretsiyasi o'rtasida o'rin almashish yuzaga keladi va shunga ko'ra, gipofiz
hamda tuxum donda sodir bo'iuvchi jarayon sikli yaxshi aniqlanadi, bu barcha
organizm holati va urg'ochi hayvon xulqining o'zgarishiga ta’sir qiiadi.
Urg'ochi hayvon normal jinsiy funksiyalaridagi gormonlarning roli jinsiy
dom inantlikni hosil qilishdan iborat. Nerv-gormonal qo‘zg‘atuvchiiari ta’siri
jin s iy d o m in a n tlik n in g hosil b o 'lish i d o m inantla r o ‘rnini to 'ld irish nerv
regulyatsiyasining asosiy xususiyatlarini tashkil qiiadi. Dom inant — bu,
m arkaziy nerv sistem asida vaqtincha hukmronlik etuvchi kuchli va uzoq
muddat davom etuvchi qo‘z g ‘alish jarayonining manbai.
Jinsiy jarayon davom ida bir necha dominantlik yuzaga keladi: 1) jinsiy
dom inantlik — aloqa qilish aktini amalga oshirishda organizm kuchini jinsiy
a’zo la rg a sarf etadi; 2) b o ‘g ‘ozlik dom inanti-bachadondagi hom ilaning
rivojlanishi uchun xizmat qiiadi; 3) tug'ruq dominanti-bachadondagi homilani
va uning ustini qoplab olgan pardalarni bachadon ichidan hamda tug'uruq
yo'llaridan haydab chiqarishga xizmat qiiadi; 4) sut hosil qilish dominanti —
sut hosil qilishda moddalarning o'zaro almashish jarayonini yuzaga keltiradi.
Jinsiy mayllik, kuyukish va ovulyatsiyaning tashqi belgilari.
Kuyukish. Yuqorida bayon qilinganidek, hayvonlar tuxumdon gormonlari
ta ’sirida kuyukadi va bunda jinsiy a’zo qizaradi. Bachadonning shilimshiq
pardasida epitelial hujayralar o ‘sib yetiladi, bachadon bezlari shoxlanib
ko'payadi. Bez sekretsiyalari kuchayadi, bachadon bo'yni kanaii birmuncha
ochiladi, unga kelib tushadigan shilimshiq suyuq modda tufayli u yerdagi
quyuq m oddalar suyuladi va qinga tushadi. Q inoldi dahlizining bezlari
shilim shiq sekretni ko'plab ishlab chiqaradi. Jinsiy lablar shishadi, jinsiy
teshikdan tiniq, ba’zan qon aralash shilimshiq ajralib chiqadi. Shilimshiq
cho'ziluvchan bo'ladi. Dastlab u tiniq va nisbatan suyuq, kuyukishning oxiriga
kelib esa quyuqlashadi va xiralashadi.
Biyalarning kuyukishi boshqa hayvonlarga nisbatan ancha sust bo'ladi.
Jinsiy mayllik. Bu jarayon jinsiy markazning qo'zg'alishi bilan bog'liq,
bunda hayvonning kiinik jihatdan juftlashishga tayyor ekanligi ma’lum bo'ladi.
Urg‘ochi hayvonning tashqi ko‘rinish belgilari uning xulq-atvorining o'zgarishi
bilan xarakterlanadi. U bezovtalanadi va erkak hayvonga yaqinlashishga
intiladi. Erkak hayvon yo'liqqanda, unda qo‘zg‘alish paydo bo'lib, orqasini
o'giradi, so'ngra dumini yuqoriga ko'tarib, juftlashish uchun harakat qiladi.
Bunday belgilar uy hayvonlarining barcha turiga xosdir.
Bundan tashqari, kuyukish davrida urg'ochi hayvonning xulq-atvori tur
xususiyatlariga ham bog'lik.
S i g i r v a g ' u n a j i n bezovtalanib, hadeb ma’rayveradi, bunda u belini
egib, dumini ko'taradi va qaddini siyish uchun rostlaydi, oz-ozdan tez-tez
siyadi. Boshqa sigirlarga irg'iydi va o'ziga irg'isa ham indamaydi. Boshini
boshqa sigirlarning dumg'azasiga yoki beliga qo'yadi. Ishtahasi yo'qoladi
(oziqni yemay qo'yadi). Bunday hayvon juda ham jahldor bo'lib qoladi. Suti
kamayadi yoki ko'pincha og'iz sutiga o'xshash bo'lib qoladi (bunday vaqtda
emizilgan buzoqlarning ichi ketadi).
S o v l i q n i n g kuyukishidagi tashqi belgilar sigirnikiga biroz o'xshash.
Ularning jinsiy qo'zg'alishi ko'p ma’rashidan ma’lum bo'ladi. Sovliq bunday
vaqtda bezovtalanadi, dumini qimirlataveradi va boshqa qo'ylarga irg'iydi.
Urg'ochi echkilarning jinsiy qo'zg'alishi sovliqlarning kuyukishiga nisbatan
birm uncha kuchli ifodalanadi.
U r g ' o c h i c h o ' c h q a haddan tashqari bezo vta la n a d i va qattiq
chiyillab chinqirayveradi. U betoqatlik bilan har tom onga yuradi va to'g'ri
kelgan cho'chqaga irg'iyveradi. Jinsiy lablari shishib ketadi, xususan yosh
urg'ochi cho'chqalarning jinsiy teshigi ochiladi. Qin dahlizining shilim shiq
pardasi va jinsiy lablari atrofidagi terilari qizaradi. Ishtahasi yo'qolib, vazni
keskin kam ayib ketadi. J in siy q o 'z g 'a lis h kuchayib ketgan h a yvo n d a
harakatsizlanish refleksi hosil bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: |