Rivojlantirish instituti a. R. Jabborov, S. S. Sotiboldiyev veterinariya akusherligi, ginekologiyasi va sun



Yüklə 24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/40
tarix28.04.2017
ölçüsü24 Kb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   40

Mastitlarni  aniqlash. 
Mastitga diagnoz qo'yilganda:  anamnestik ma’lu- 
motlar; molni umuman klinik tekshirish natijalari; yelinni tekshirishda olingan 
ma’lumotlar va sutni tekshirish  natijalari  hisobga olinadi.
Anamnestik  ma’lumotlar to'planar  ekan:  molning  kasal  bo'lishdan  oldin 
va kasallik vaqtida qanday boqilgani hamda parvarish qilingani; so'nggi marta 
qachon  tuqqani;  sigirlarning  sog'ilish  sharoitlari  va  bunda  yo'l  qo'yiladigan 
kamchiliklar  va  kasallikning  qachon  boshlangani,  kuzatilgan  klinik  belgilar 
va qanday davo qilingani  aniqlab olinadi.
Umumiy klinik tekshiruv klinika amaliyotida rasm bo'lgan sxemaga muvofiq 
o'tkaziladi.  Bunday tekshiruv o'tkazishni zarur qilib qo'yadigan  narsa shuki,

ba’zan mastitlar birlamchi kasallik bo'lib hisoblanmaydi. Mastitlar jinsiy a’zolar, 
ovqat hazm qilish a’zolari, buyrak va boshqalar kasallanganda vujudga kelishi 
mumkin. Bundan tashqari, mastitlarda patalogik jarayon sut bezlari bilangina 
cheklanib qolmaydigan  bo'lgani  uchun  ham  molni  umumiy tekshirib  ko'rish 
zarur.  Mastit  paydo  bo'lganda  ko'pincha  yurak-qon  tomir  sistemasi,  ovqat 
hazm  qilish a’zolarining  kasalliklari vujudga  keladi va hokazo.
Yelin  ko'zdan kechirish, paypaslab ko'rish va sinash uchun sog‘ib ko'rish 
yo'li  bilan tekshiriladi.
Mastitni aniqlash uchun sutni tekshirish uning sifat va miqdor o'zgarishlarni 
aniqlash zarur. Sut xo'jalikning o'zida tekshirib ko'riladi.  Klinik tekshirish, sut 
sifat analizining natijalari  kasallikni aniqlash  uchun  kifoya qilmay qolsa, sut­
ni  laboratoriyada tekshirib aniq  ma’lumotlarga ega bo'lish  kerak.
Mastitni  davolash 
(terapiya).  Mastitning  sabablari  va  bu  kasalliklarda 
yuzaga  keladigan  o'zgarishlar  xilma-xil.  Shu  munosabat  bilan  mastitni 
davolash  ham  hamma  hollarda  bir  xil  bo'lmaydi.  Molning  umumiy  ahvoli, 
yallig'lanishning  xarakteri  va  imkoni  boricha  mastit  sababchilarining 
xossalarini  hisobga olib turib davolanishi  kerak.
S e ro z  mastit.
  Sut  avaylab tez-tez  sog'ib  olinadi  va yelin  sutkasiga  kam 
deganda 2—3  marta  10— 15  minutdan  limfa  tomirlari  yo'li  bo'ylab  pastdan 
yuqoriga  qarab  massaj  qilinadi.  Kasallikning  boshlang'ich  davrida  yelinga 
sovuq narsa,  keyinchalik esa isituvchi  kompresslar,  grelkalar yoki  ozokerit, 
parafin  applikatsiyalari  ko'rinishida  issiq  qo'yiladi,  shuningdek  yelin 
«Sollyuks»,  «  Infraruj»  hamda  kvars  lampalari  bilan  isitiladi.  Yelin  terisiga 
ixtiol,  kamfora va yallig'lanishga qarshi  boshqa malhamlar suriladi.
Kasallik  umumiy  haroratning  ko'tarilishi  va  yelinning  juda  shishib  ketishi 
bilan davom etadigan bo'lsa, kuniga bir marta 10% li kalsiy xlorid eritmasidan 
100— 150 ml  miqdorida yoki  xuddi  shunday  konsentratsiyali  kalsiy  glukanat 
eritmasidan  o'shancha  miqdorda  kuniga  bir  marta  venaga  yuboriladi.  Hozir 
aytib 
0
‘tilgan eritmalarni 100— 150 ml miqdorida 40% li glukoza eritmasi bilan 
birga ishlatish foydalidir,  bunda glukoza eritmasiga 2—3 g  kofein qo'shiladi.
Kasallik  qo'zg'atuvchilarni  yo'qotish  uchun  mahalliy  davoni  antibiotiklar 
ishlatish  bilan  birga  qo'shib  olib  borish;  muskullar  orasiga  penitsillin  yoki 
streptomitsindan  yuborish  tavsiya  etiladi.  Bir  martali  doza  qoramol  uchun: 
penitsillindan 500— 600 ming TB (ta’sir birlik), streptomitsindan 500 ming TB, 
bu  preparatlar  0,25—0,5%  li  2—5 ml  novokain  eritmasida  eritib  yuboriladi; 
biomitsin 0,8 g dan (800 ming TB) qand qiyomi yoki suvga aralashtirib ichiriladi. 
Barcha antibiotiklar kuniga ikki marta, oradan 6— 8 soat o'tkazib beriladi.
Terromitsin  1% lisuvdagieritmaholida molning 1  kgtanaog‘irligiga0,4— 
0,5 ml  hisobidan  ikki  kun davomida kuniga bir martadan venaga yuboriladi. 
Terromitsin eritmasi 800 ming — 1  min. TB preparatga80— 100 ml fiziologik 
eritma hisobidan tayyorlanadi.
Antibiotiklardan  tashqari,  boshqa  shifobaxsh  moddalar,  masalan, 
sulfanilamidlar ham  ishlatiladi.
Kuniga  2— 3  mahal  6— 8 g  dan  streptosid  yoki  norsulfazol  ichirish 
buyuriladi.  Natriy  norsulfazolning  10%  li  eritmasidan  2—3  kun  davomida 
100— 150 ml  miqdorida venaga yuborish yaxshi  natija beradi.

Davolanayotgan  vaqtda  molga  quruq  oziq  beriladi  va  mol  kamroq 
sug'oriladi.
K a ta ra l  va yiringli-kataral mastitlar.
  Davolanayotgan vaqtda mol  kamroq 
sug'oriladi  va  unga  shirali  ozlqlar  berilmaydi.  Yelinning  shikastlangan 
bo'laklariga emchak kanali  orqali  mikrobga qarshi  moddalar yuborib,  molni 
tez-tez sog'ib turish,  yelinini  massaj qilish, yallig‘lanishiga qarshi  mazlar va 
issiq  narsa  qo'yish  mastitining  yuqorida  aytib  o'tilgan  xillarida  hammadan 
yaxshi davolash usuli hisoblanadi. Kasallikning boshlang'ich davrlarida yelin 
nervalarini  blokada qilish  ham foydali.
Kataral va yiringli — kataral mastitlarda quyidagi eritmalar mikrobga qarshi 
moddalar hisoblanadi: rivanol 1:1000,3% li iborat kislota, 2% li ixtiol, fiziologik 
eritmada tayyorlangan furatsilin  1:5000 va ammargen  1:5000.  Eritma 150— 
200— 300 mi  dan  kuniga  1—2  marta  kichik  bosim  ostida  yuboriladi  va  2 
soatdan  keyin  sog'ib tashlanadi.
Eritma yuborishdan  oldin  shikastlangan  yelin  choragini  emchak  kanali 
orqali ichidagi suyuqlikdan  bo'shatish  kerak, buning uchun sog'ib tashlash 
va massaj qilish usulidan foydalaniladi. Sog'ib tashlashga to'sqinlik qiladigan 
kazein  laxtalari  ipir-ipirlari  sut  sisternasiga talaygina yig'ilib  qolgan  bo'lsa 
yelinga emchak kanali orqali 2— 3% li o'lik soda eritmasi (40— 50) yoki  1 — 
2%  li  tuz  soda  eritmasi  (100  mi  suvga  1— 2 g   soda  va  natriy  xlorid) 
yuboriladi.
Yodinol ishlatish ham foydali (1  g kristalik yod, 3 g kalliy yodid, 10 g polivinil 
spirt,  1  I distillangan suv), yodinol yelin sog'ib bo'shatilgandan keyin emchak 
kanali orqadi 30—50 mi miqdorida yuboriladi. Kasallikni og'ir-yengiligaqarab 
yodinol  3— 4  kun  mobaynida  kuniga  bir-ikki  mahal  yuborib,  yelinda  30— 
40 minut qoldiriladi.
Ba’zan sistema to'qimalarining ta’sirlanish hollari bo'lgani uchun yuqorida 
ko'rsatib  o'tilgan  miqdordagi  yodinolga 2—3%  li  novokain  eritmasidan  5— 
10 mi qo'shish tavsiya yetiladi, bu — shu preparatning nojo'ya mahalliy ta’sirini 
butunlay bartaraf etadi.
Yodning  antiseptik  modda  va  mikroelement  sifatida  ta’sir  qilishini  aytib 
o'tish kerak. Yod sut ajralishini ko'chaytiradigan tiroksin hosil bo'lishida ishtirok 
etadi va sut bezining funksiyasiga ta’sir qiladi.
Bundan  tashqari,  sulfanilamidlar  va  antibiotiklarning  eritmalarini  yelin 
ichiga (emchak kanali orqali) yuborish o'rinlidir, bu eritmalar alohida-alohida 
yoki  bir xil  kombinatsiyalarda ishlatiladi.
Kataral  va  yiringli  kataral  mastitlarni  davolaganda  venaga  10%  natriy 
norsulfazol  eritmasi  (molning  1  kg  tana  og'lrligiga  40— 50 mg  dan)  hamda 
muskullar  orasiga  200— 300  ming  TB  penitsillinni  80— 100 mi  distillangan 
suvga aralashtirilib yuborib, yaxshi natijalar olingan. Davolashni birinchi kuni 
yelinning  shikastlangan  choraklariga  emchak  orqali  ikki  marta  penitsillin 
eritmasi (6 soat oralatib);  ikkinchi kuni venaga norsulfazol eritmasi; uchinchi 
kuni  yelinga  penitsillin  va to'rtinchi  kuni  venaga  natriy  norsulfazol yuborish 
tavsiya etiladi.  Shu bilan  birga yelin  issiq  qilib o'rab qo'yiladi  va suti tez-tez 
sog'ib  olinadi  hamda o'rinli  bo'lsa massaj qilinadi.

Emchak  kanali  orqali  yelin  ichiga  antibiotik:  penitsillin,  streptomitsin  va 
biomitsin yuborish yaxshi  natija beradi.
Penitsillin  va  streptomitsin  distillangan  suvda,  yoki  fiziologik  eritmada 
tayyorlangan  0,25—0,5%  li  novokain  eritmasida,  biomitsin  —  distillangan 
suvda eritiladi.  Penitsillin  bilan  streptomitsin  dozalari  150—200—300  ming 
TB  dan  iborat  bo'lib,  biomitsin  dozasi  100 ml  suvga  0,1  g  (100  ming  TB) 
hisobidan  eritiladi.  Antibiotiklarni  yuborish  uchun  ishlatiladigan  erituvchi 
miqdori  150—200—300 ml  dan  iborat.
Penitsillin yoki streptomitsin  0,25%  li  novokain  eritmasida yuborilsa,  sut 
sisternasi  va  emchak  kanali  shilimshiq  pardasining  vaqtincha  og'riqsiz- 
lanishiga olib keladi.
Antibiotiklar:  penitsillin  neytral  muhitda,  streptomitsin  ishqoriy  muhitda, 
biomitsin esa kislotali muhitda juda yaxshi  natija berishini aytib o‘tish zarur. 
Shuning  uchun  yelinga  oldin  2— 3%  li  soda  eritmasidan  50— 100  ml 
yuboriladi, 5— 10 minutdan keyin bu soda sog'ib tashlanadi, so'ngra emchak 
kanali orqali  penitsillin yoki streptomitsin  eritmalari yuboriladi.
Soda  eritmasi  yuborilganda  faqat  muhit  reaksiyasini  o'zgartiribgina 
qolmay,  balki  sistemada  hosil  bo'lgan  laxtalarning  erib  ketishiga  va  sog'ib 
tashlanishiga yordam  beradi.
Antibiotiklar eritmalari kuniga ikki marta yuboriladi va ular yelinda 12 soat, 
ya’ni  kelasi safar sog'ishgacha qoldiriladi.
Fibrino  mastit.
  Mol  batamom  tinch  qo'yiladi.  Yallig'lanishning  dastlabki 
davrlarida venaga natriy norsulfazol, kalsiy xlorid yoki kalsiy glukonat eritmasi 
yuboriladi, shuningdek fiziologik eritmada tayyorlangan 0,5% li novokain erit­
masi yelinga yuboriladi.
Umumiy davolash  bilan  bir vaqtda yelinning  shikastlangan  choraklariga 
emchak  kanali  orqali  kataral  va  yiringli-kataral  mastitlarda  ishlatiladigan 
mikrobga qarshi moddalar yuboriladi va yelinga issiq narsa qo'yiladi. Yelinning 
shikastlangan choragiga 3— 5%  ixtiol yoki  kamfora  mazi  suriladi.
Mastitning  bu xilida yelinni  massaj qilish yaramaydi.
Y e lin   a b s s e s s la r i  va  fle g m o n a s i.
  Mol  tinch  qo'yiladi.  Kasallikning 
boshlang'ich davrida (to'qimalarning yiring bo'ylab erishiga xos belgilar paydo 
bo'lmasidan oldin) yelinga issiq narsa qo'yiladi, yelin terisiga yallig'lanishiga 
qarshi va gazakni qaytaradigan mazlar suriladi.  Fuluktuatsiya paydo bo'lgan- 
da yiringlagan joylar uzunasiga kesiladi, keyin jarohat yuzasini tozalab turish 
va Vishnevskiy linimenti yoki  oq streptotsid emulsiyasini  surib turish  kerak.
Abssess va flegmonada yelinni  massaj qilib bo'lmaydi.
Kasallik tana haroratining  ko'tarilishi  bilan  birga  davom  etadigan  bo'lsa, 
muskullar orasiga penitsillin,  streptomitsin yuboriladi  yoki  antibiotiklar bilan 
birga sulfanilamidlar qo'shib  ishlatiladi.
Avtogemoterapiya qilish yoki  qon  quyish yaxshi  natija  beradi.
Qonli mastit.
  Mol  tinch  qo'yiladi.  100— 150 ml  miqdoridagi  10%  li  kalsiy 
xlorid  eritmasiga 2—3 g  kofein  qo'shib  venaga yuboriladi.  Surgi  moddalar- 
glauber  tuzi  (300— 500 g),  magniy  sulfat  (300— 500 g)  va  urotropin  (4— 6 
kun  mobaynida kuniga 3 mahal  har safar 5 g  dan)  ichiriladi.

Yelin  sog‘ib  tashlangandan  keyin  uning  shikastlangan  choraklariga 
emchak kanali orqali penitsillin, streptomitsin va boshqa moddalar yuboriladi. 
Yelinga issiq kompress qo'yiladi, mikrobga qarshi moddalar kataral va yiringli- 
kataral  mastitlarni davolashda ishlatiladigan dozalarda beriladi.
Yallig'lanish  belgilari qaytib qolganidan  keyin yelin  massaj qilinadi,  unga 
ixtiol, kamfora, salitsilat mazlari surish bilan bir qatorda priparkalar qo'yiladi.
Kasallikning  boshlang‘ich  davrlarida yelinni  massaj  qilib  bo'lmaydi.
Yelin  g a n g re n a s i.
  Mol  tinch  qo'yiladi.  Yelinni  massaj  qilib  bo'lmaydi. 
Venaga 10% li kalsiy xlorid eritmasidan  100— 150 ml (unga 5— 10 g urotropin 
qo'yiladi),  40%  li  glukoza eritmasidan  200—300 ml  yoki  fiziologik eritmada 
tayyorlangan  terram itsin  eritmasi  (80  ml  fiziologik  eritmaga  0,9— 1  g 
terramitsin  qo'shiladi) yuboriladi.
Muskullar  orasiga  penitsillin,  streptomitsin  va  boshqa  antibiotiklar 
yuboriladi.
Hosil  bo'lgan  kovak  (Kaverna)larni  katta qilib  kesiladi, yuzasini  1—2%  li 
kaliy  permanganat,  3%  li  vodorod  peroksid  eritmasi  yoki  2%  li  xloratsid 
eritmasi  bilan  har 2— 3 soatda yuvib turiladi.
Mastitlarning oldini olish. 
Mastitlarning kelib chiqish sabablari juda ko'p 
bo'lgani  uchun  ularning  oldini  olish  choralari  har tomonlama  bo'lishi  kerak. 
Mastitlarning oldini olish yuzasidan ko'riladigan asosiy choralar quyidagilardir:
molni to'la sifatli oziq bilan to‘g‘ri boqish, oshqozon ichak yo‘li kasalliklari 
paydo  bo‘lishi,  oziqdan  zaharlanishga  va  moddalar  almashinuvining 
buzilishiga yo‘l  qo'ymaslik;
mollarni  zoogigiyena  talablariga  javob  beradigan  sharoitlarda  asrab, 
umuman butun organizmning, xususan yelinning  kasal bo'lishi va shikastla- 
nishiga yo‘l  qo'ymaslik kerak.
Kasallikni davolash.
 Kasallik sabablarini bartaraf etish,  molni avaylab va 
to‘g‘ri sog'ish, sog'ish vaqtida qiniga rezina naycha orqali dam berish  kerak.
Sutni  tutolmasligi. 
Yelinning  bu  funksional  kamchiligi  o‘z-o‘zidan  sut 
oqib turishi  bilan ta’riflanadi.
S abablari.
  Sutni  tutolmasligiga  sfinkterning  atrofi  yalanishi,  rivojlanmay 
qolishi yoki travma tufayli falajlanishi sabab bo'ladi.
Kasallik belgilari.  Ha\\
 to'lishib bo'lmagan yelinda ham sut tomchilab yoki 
sekin  oqib turadi. Sog‘ish vaqtida sut sisternada keng oqim bo'lib oqib chiqadi.
K asallikni davolash.
  Mol  har safar sog‘ilganidan  keyin  emchakning  yon 
yuzasi  va  teshigiga  kollodiy  surish  zarur.  Ba’zan  yelinni  yaxshilab  massaj 
qilish yoki sfinkter sohasini spirt bilan artish yo‘li  bilan molni tuzatsa bo'ladi.
Sfinkter  falaji  tufayli  sut  sal-sal  oqib  turadigan  bo'lsa,  sut  kamroq  isrof 
bo'lishi  uchun  molni  tez-tez sog'ib turish  tavsiya yetiladi.  Bordi-yu,  sut  ko'p 
isrof  bo‘lsa,  operatsiya  qilinadi,  bu  operatsiya  quyidagidan  iborat:  emchak 
kanaliga yo‘g‘on  zond  kiritiladi,  so‘ngra  xirurgiya  ignasi  bilan  emchak terisi 
yarim  doira  shaklida  tugunli  choklar  bilan  tikib  qo'yüadi,  bunda  shilimshiq 
pardaga  shikast  yetkazilmaydi.  Choklar  kam  deganda  uch  haftadan  keyin 
olinadi.  Shu  vaqtga  kelib,  odatda  sut  oqishi  to'xtab  qoladi,  chunki  hosil 
bo'ladigan chandir to‘qima emchak kanalini toraytirib qo'yadi.

0 ‘z-o ‘zidan s o g ‘ilish. 
Bu nuqson shundan  iboratki, sigir sutini o‘zi emib 
qo'yadi  yoki  yonida turgan  sigirlarning  emishiga to'sqinlik qilmaydi.  Ba’zan 
sigirlar sutni faqat  kechasi emib qo'yadi.
0 ‘zini-o‘zi  emib  qo'yadigan  sigirlarga  namordnik  (bo‘rundik)  kiygiziladi. 
Bu  namordnikka  sigir  emchagini  og'ziga  solmoqchi  bo'lganida,  o‘z  qorin 
devorini  sanchadigan  qilib mix o'rnatiladi.
1 2 - AMALIY  MASHG'ULOT 
SUT  BEZI  KASALLIKLARINI  KLINIK TEKSHIRISH 
USULLARINI  0 ‘RGANISH
Kasai  hayvonlar  stanokka  kiritiladi  yoki  bog'lanadi,  so'ngra  harorati 
o'lchanadi,  1  daqiqada yurak urishi va nafas olishi sanaladi,  katta qorinning 
qisqarishi  aniqlanadi.  Sut  bezining  klinik  tekshirilishiga  quyidagilar  kiradi: 
sut bezini  ko'rish:  yelin va boTimlarni  paypaslash:  laboratoriyada tekshirish 

uchun sut namunalarini sog'ib olish.

Sut bezini  klinik tekshirishdan  keyin  yelinni  yon  va orqa tomoni  ko'zdan 
kechiriladi,  bu  sog'lom  yelin  choragini  kasallangan  choragiga  solishtirib 
ko'rishga imkon  beradi.
Yelin  ko'zdan  kechirilganda  katta-kichikligi,  shakli  va  tuzilishiga,  uning 
atrofidagi to'qimalardan  aniq ajralib turganligiga ahamiyat beriladi.  So'ngra 
yelin  va  emchaklarning  terisi  ko'zdan  kechiriladi,  bunda  terining  rangi  va 
elastikligi hisobga olinadi. Keyin yelinning patalogik o'zgarishlari — hajmining 
kattalashganligi, toshmalari,  butun-butunmasligi  qayd qilinadi.
So'ngra  paypaslab  ko'rib,  yelinning  konsistensiyasi,  sezuvchanligi, 
terisining harorati aniqlanadi. Yelin paypaslab ko'rilganda molning suzib yoki 
tepibyubormasligi uchun ehtiyotchoralari ko‘rilishi lozim. Sigir yuvosh bo‘lsa 
ham  hamisha dumini  bog‘lab qo'yish  kerak.
Normal  yelinning  terisi  yupqa,  yumshoq,  elastik,  oson  bo'rmalanadi, 
yelinning o‘zi esa tarang va bo‘lak-bo‘lak bo'ladi (sut sog'ib ollngandan keyin 
bo'laklari  ravshanroq bilinadi).
Teri harorati sog'lom va yallig'langan yelin choragining ayrim qismlaridagi 
simmetrik nuqtalarga qo‘l tekkizilganda seziladigan  issiqlik hissini solishtirib 
ko‘rish  yo‘li  bilan  aniqlanadi.  Sut  bezining  oyoqlari  orasida  turadigan  orqa 
choraklari,  odatda  oldingi  choraklariga  qaraganda  biroz  issiqroq  bo'lishini 
nazarda tutish zarur.
Yelinni  paypaslab  ko‘rganda  og‘riganini,  zichlashganini,  g ‘adir-budur 
joylari, tugunlari, toshmalari, shishi qalqishi, harorati ko'tarilganligini  bilish 
mumkin.
So'ngra  emchaklarni  tekshirishga  kirishiladi.  Ular  ko'rsatkich  va  bosh 
barmoq  bilan  tekshirib  ko'riladi.  Buning  uchun  emchak tubidan  ushlanadi 
va barmoqlarasta-sekin  pastga surilib, emchak tortilib,  ko'riladi.  Emchakni 
barmoqlar  orasida  iylab  ko'rib,  sistema  devoridagi  o'zgarishlarni  topsa 
bo'ladi.

Keyin  yelin  usti  limfa  tugunlarining  holati  tekshirilib  ko'riladi.  Normada 
ular  yelinning  ustki  orqa  chegarasida joylashgan  boMadi.  Limfa  tugunlarini 
tekshirish uchun qo'lni yelinning tubidan yuqoriga qarab yuritib, ular paypaslab 
ko'riladi.  Limfa  tugunlari  harakatchan,  tarang  bo'ladi,  kattaligi  kaptar 
tuxumiday keladi. Yelinda yallig'lanish jarayonlari avj olganda ular kattalashib
bezillab turishi,  qo'zg'almas va zieh  bo'lishi  mumkin.
L a b o ra to riy a d a   te k s h iris h   uchun  sut  n a m u n a la rin i  oiish. 
Sut 
namunalarini  olishdan  oldin  sigir  yelini  iliq  suv  bilan  yuviladi  va  toza  sochiq 
bilan artiladi. So‘ngra emchaklari 65% li spirtda namlangan doka tampon bilan 
artiladi.  Qo'l  yaxshilab  yuvilgandan  keyin  sut  sog'iladi.  Sut juda  oz  chiqqan 
bo'lsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri steril  (yuqumsizlantirilgan) probirkalarga yig'iladi.
Sut  me’yorda  chiqaveradigan  bo'lsa  birinchi  2— 3  oqimi  alohida  idishga 
sog'ib olinib yo‘q  qilinadi.  Mastitning xili va chiqadigan  sut miqdoriga qarab 
sut  yelinning  har  bir choragidan  10 ml  dan  serbar  steril  probirkalarga  yoki 
150—250 ml  li  steril  shishalarga yig'iladi.
Probirka va shishalar steril po‘stloq yoki paxta tiqin bilan berkitilib, paxtaga 
o'raladi  va  yog‘och  yashikka  zieh  qilib  joylashtiriladi.  Material  ag'darilib 
ketmasligi  va  paxta  tiqinga  shimilmasligi  uchun  yashikning  yuqori  tomoni 
ko'rsatib qo‘yüadi.
Laboratoriyaga yuboriladigan sut namunalariga qaysi idishga qancha sut 
olinganligini, shuningdek, qanday qilib o'ralganini ko'rsatib akttuziladi. Aktning 
bir  nusxasi  laboratoriyaga  jo'natiladi,  boshqasi  qog'ozga  klinik  diagnoz, 
kasallikning o‘tishi va materialning nima maqsadda yuborilayotgani ham yozib 
qo'yiladi.
SIGIR  MASTITINI  LABORATORIYA  USULI  BILAN  ANIQLASH
Darsning  maqsadi: 
Sigirlar mastitini laboratoriya usullari bilan tekshirib 
aniqlanishini  o'rganish.
Tekshirish  obyektilari  va  kerakli  jihozlar: 
probirkalar,  4 ta chuqurchali 
plastmassali sut-kontrol plastinkasi,  leykotsitar,  probirkalar, sentrifuga, filtr F-
1  uchun  mo'ljallangan  xromatografik  qog'oz,  perikis  vodorodning  3%  li  erit- 
masi,  bromtimol  ko'kining eritmasi,  dimastin,  mastidin,  indikator kartochkasi, 
mikropipetkalar,  buyum  va  qoplagich  oynalar,  mikroskoplar,  bakteriologik 
bo'yoqlar,  oziq  muhitlari,  stafilokokkning bir sutkali o'stirilgan  muhiti.  Bundan 
tashqari qonni (eritrositlarni, leykotsitlarformulasini aniqlash uchun) analiz qilish 
uchun kerakli asboblar  va reaktivlar qon zardobining biokimyoviy analiz qilish 
veterinariya  laboratoriyalarida  o‘tkaziladi,  so'ngra  bu  ma’lumotlar mastit  ka- 
salligi  bilan  kasallangan  hayvonlar uchun  ratsion tuzishda qo‘llaniladi.
Sut  bezi  su yuqligini  laboratoriyada  tekshirganda  uning  rangiga, 
konsistensiyasiga,  hidiga,  ipir-ipir  laxtalarni  borligiga  (tindirish  probasi), 
ishqoriyligi  (indikator kartochkasida  tekshirish,  bromtimol ko‘k,  mastidin va 
dimastin  bilan  tekshirish),  leykotsitlar  va  qon  aralashganini  aniqlashga 
(leykotsitar proba) e’tibor beriladi hamda bakteriologik tekshirishlar o'tkaziladi.

Sutning  rangini  aniqlash. 
Sut rangi oq fonga qo'yügan  shisha silindrda 
aniqlanadi.  Mastitning  xiliga  qarab  sut  rangi  pushti,  qizil,  sarg‘ish,  kul  rang 
boMishi  mumkin.
Konsistensiyasini  aniqlash. 
Mastitlarda  sut  konsistensiyasi  suvli, 
shilimshiq,  shilimshiq-yiringli  boMishi  mumkin.  Shilimshiq  va  shilimshiq- 
yiringligi  sut suvli  sutga qaraganda  idishdan sekinroq  oqib tushadi.
Ipir-ipirva laxtalarni aniqlash.
 Mastit bilan kasallangan yelin choraklaridan 
olingan sutda ko'pincha ipir-ipirlar va laxtalar bo'ladi, shularning xarakteriga 
qarab  mastit  xili  aniqlanadi.  Sut  mayda  ko‘zli  metall  suzgich  yoki  dokadan 
o'tkazilib suzilganda  ipir-ipirlar va laxtalarni topish  oson.
0 ‘tkir  mastitlarning  turli  xillari  sutda  quyidagi  sifat  o'zgarishlari  yuzaga 
kelishi  bilan ta’riflanadi  (19- jadval).
19 -jadval
Sutning  sifat  o ‘zgarishlariga  qarab  mastitlarni  aniqlashning  defferensial
d iagnostikasi
M a s tit  xili
Sutnin g  sifati  va  cho'kmasining  x ara k te ri
Zardob li  mastit 
Kataral  m as tit
Fibrinli  m as tit 
Y irin gli-ka ta ral  m astit 
Yelin  abssessi
Yelinflegm onasi 
Qonli  m as tit
Kasallikning  boshlang'ich  davrida  koVinishi  norm al,  m astit  avj 
olganda  suvsimon  ichida  ipir-ipirlari  bo'ladi.
Suvsimon 
bo'lib, 
m ayda-m ayd a 
laxtalar 
to p ila d i, 
keyinroq 
sarg'ish  yoki  kulrang  tusga  kirib,  kaze in  ip ir-ipirlari  va  laxtalari 
aralash  bo'ladi.
Loyqa, 
sarg'ish, 
fibrin, 
uvoqlari 
yoki 
pardalari 
b a ’zan 
qon 
aralash  bo'ladi.
Loyqa  oqim i-kul  rang  yoki  sarg'ish,  ip ir-ipirlar,  b a ’zan  yiring 

Yüklə 24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə