aralash bo'ladi.
A bssesslar b itta -ik k ita bo'lganid a sut sirtdan o 'z g a r m a y d i, bir
talay abssesslar bo 'lganda — shilimshiq va yiring aralashib,
suvsimon bo'lib qola di (abssesslar sut yo'lid a y oriladi).
A vvaliga suvsimon, keyin loyqa, kul rang ip ir-ip irla r aralash
bo'ladi.
Suvsimon, qizil yoki ip ir-ip irlar aralash q izil bo'ladi.
Sut reaksiyasini aniqlash.
Sutning ishqoriy reaksiyali boMishi yelin
kasalliklari, jumladan yashirin o'tayotgan mastitlarning belgisi hisoblanadi,
sutning shu reaksiyasini aniqlash uchun sut rangli reaksiya yordami bilan
tekshiriladi.
Shu maqsadda xo'jalikdagi ham ma sigirlardan sut (sog'iladigan
sigirlardan) yoki yelin suyuqligi (qochiriladigan va sutdan chiqqan sigirlardan)
yelinning har bir choragidan alohida-alohida olinadi. Sut namunalari faqat
sigir sog'ilganda olinadi. Sigirning hamma suti sog‘ib olingan bo‘lsa, namuna
olishdan oldin yelin massaj qilinadi.
Yelinning har bir choragidan olingan sut namunalari alohida-alohida toza
probirkalarga solinib, og‘zi paxta tiqin bilan yopiladi. Probirkaga shishaga
yoziladigan qalam yoki rezinka halqa bilan mahkamlab qo'yüadigan yorliqqa
sigirning laqabi yoki nomeri hamda yelin choragining nomeri (oldingi o‘ng
chorak, oldingi chap chorak, orqa chap chorak deb) yozib qo'yiladi va suti
tekshirishga olingan sigirlarning ro'yxati tuziladi. Qochiriladigan yoki sutdan
chiqqan sigirlar uchun alohida ro'yxat tuziladi, bu ro'yxatda sigirning
qochirilgan yoki sutdan chiqqan vaqti va taxminan tug'adigan payti ko'rsatiladi.
Sut namunaga olingan kuni yoki (sovuqda saqlansa), ertasiga tekshiriladi.
Sutni rangli reaksiya bilan tekshirish uchun quyidagi reaktivlar ishlatiladi:
0,5% li bromtimolblau eritmasi (0,5 g bromtimolblau 50 ml etil spirtda eritiladi
va unga va 50 ml distillangan suv qo'shiladi, 0,1% li fenolrot eritmasi (0,1 g
fenolrot 30 ml etil spirtda eritiladi) 70 ml distillangan suv qo'shiladi. Reaktivlarni
rezinka yoki ishqalab berkitiladigan probirkali shishalarda saqlash kerak.
Shunda ulardan yil mobaynida foydalansa bo'ladi.
Bromtimol reaksiyasining ikki varianti bor: oynada va indikator kartochkasi
bilan tekshirish.
O y n a d a tekshirish.
Toza pipetka bilan oynaga probirkadan bir tomchi
tekshiriladigan sut olib tomiziladi va unga bir tomchi reaktiv qo'shib, aralashma
rangi aniqlanadi.
Rangli reaksiya 20- jadvalga qarab baholanadi.
2 0
- jadval
Rea k tiv
Indikator
A p a la sh m a d ag i sut rangi
Normal sut
K islo tali sut
Ishqoriy sut
0 , 5 % li brom tim olblau eritmasi
Och yashil
sariq
yashil
0 , 1 % li fe n o lro t eritmasi
to 'q sariq
—
To 'q qizil (lola
rang)
Yangi sut reaksiyasi deyarli neytral pH-6,57—6,97 bo'ladi, shuning uchun
pH ni jadvalga muvofiq bomtimol aralashmasi bilan aniqlash mumkin.
pH
Sut rangi
pH
S ut rangi
1,0
to 'q qizil
6,0
ko'kish sarg'ish
2 ,0
pushti qo vo q rang
7,0
sariq yashil
3 ,0
q o v o q rang
8,0
yashil
4 ,0
s ariq -q o v o q rang
9,0
k o'kim tir yashil
5 ,0
sariq
10,0
kul ran g-ko'k
In d ik a t o r k a rto c h k a s id a te k s h iris h .
Bu kartochkada yelinning to‘rt
choragida mos keladigan bromtimol indikatori to'rtta doira (dog‘) tushirilgan.
Kartochkaning o'rtasi bo'yicha qarab ketgan kontrol chiziq bor, ularning rangi
pH — 6,7 ga, ya’ni normal sut reaksiyasiga to‘g‘ri keladi. Har bir doirachaga
yelinning tegishli choragidan olingan sut tomchisi tushirildi (kartochkadagi
yozuvga muvofiq qilib).
Sinov natijalariga quyidagi usullar bilan baho beriladi: 1) indikatorli dog‘
rangi pH miqdori jihatidan kartochkadagi kontrol chiziq rangidan och bo'lsa,
sinov natijasi
m anfiy
deb hisoblanadi. Natija manfiy bo‘lsa, sut boshqa tek-
shirilmaydi; 2) dog‘ rangi pH miqdori jihatidan kontrol chiziq rangidan ortiq
kelsa, sinov natijasi musbat hisoblanadi va sut takror tekshirib ko'riladi.
Olingan tekshirish natijasi hal qiluvchi bo'lib hisoblanadi.
Indikator kartochkalarini havosida ammiak ko'p bo'lgan binolarda
(molxonalar, veterinär shifoxonalarining statsionarlarida) saqlash yaramaydi,
chunki sut ammiakni tez yutib oladi va birmuncha ko'proq ishqoriy reaksiyaga
kiradi, bu tekshirish natijalarini buzib ko'rsatadi.
Sutdan chiqqan va qochirilgan sigirlarda normal yelin suyuqligining
ishqoriy reaksiyada bo'lishi nazarda tutiladi va shuni hisobga olib reaksiyaga
baho beriladi.
Musbat reaksiya natijasiga qarab yelini yallig'langan deb gumon qilingan
sog'in sigirlar veterinariya jihatidan sinchiklab tekshiriladi va «Veterinariya
qonunlari» ga muvotiq tegishli chora-tadbirlar ko‘riladi.
Dimastin namunasi.
Dimastin va mastidin namunalarini o'tkazish uchun
MKP-1 va MKP-2 deb ataluvchi sut kontrol plastinkalari qo'llaniladi. MKP-
Iplastin ka si 4 ta (yelin choraklari soniga mos holda) yarim oysimon
chuqurchalarga ega bo'lib, ular 1 va 2,5 ml sut sig'adigan hajmga ega. Yarim
oysimon chuqurchalar ostining rangli bo'lishi sutdagi turli xil ipir-ipirlarni va kon
aralashganligini aniqlashni yengillashtiradi. MKP-2 ning MKP-1 dan farqi
shundaki, ularning chuqurchalari silindrsimon shaklda bo'lib, ularning hajmi 1ml
dan ortig'i plastinkani bir tomonga 60—65° ga ko'targanda to'kib tashlanadi.
Namuna o'tkazish uchun dimastinni 5% ii eritmasi distillangan yoki qaynatilgan
suvda tayyorlanadi. Plastinkani har qaysi chuqurchasiga, yelinning har qaysi
choragidan 1 ml dan sut sog'iladi va uning ustiga 1 ml tayyorlangan dimastin
eritma pipetka avtomat yordamida qo'yiladi. Har qaysi chuqurchadagi sut va
eritma aralashmasini shisha tayoqcha bilan 10— 15 sekund aralashtiriladi.
MKP-2 plastinkasidan foydalanganda sut bilan eritma plastinkani yotiq
aylantirib, hamma chuqurchalarda bir vaqtning o'zida aralashtiriladi. Reaksiya
aralashmani quyulishi va rangining o'zgarishiga qarab aniqlanadi.
Dim astin va m astidin nam unalari q o 'lla n ilg a n d a aralashm aning
quyuqlashishi asosiy diagnostik belgi hisoblanadi, rangining o'zgarishi esa
taxminiy belgi hisoblanadi.
Aralashm aning quyuqlashishi bo'yicha reaksiyani o'qish: manfiy
reaksiyada (—) — aralashma birxilda, shubhali reaksiyada (± ) — aralashma
biroz quyuqlasha boshlagach, musbat reaksiyada (+) quyuqlanish yaqqol
namoyon bo'lgan (yengil quyulishdan juda qattiqlashgan holgacha) bo'ladi.
2 foizli mastidin eritm asi bilan mastitni aniqlash.
Mastidinning 10 va 2 %
li eritmasi tayyorlanadi. 2% li mastidin eritmasini tayyorlash uchun 100 ml,
10% li eritmaga 400 ml distillangan yoki oldindan qaynatilib, sovutilgan suv
iliq holda qo'shiladi. Namunani qo'yish va reaksiyani o'qish xuddi 5 % li
dimastin eritmasi singari bo'ladi.
Dimastin va mastidin bilan o'tkazilgan namuna natijalari mastit kasalligiga
diagnoz qo'yishda mustaqil usul hisoblanmaydi, bunda diagnozni albatta
tindirish namunasi bilan tasdiqlash kerak.
M a s titd ia g n o s t n a m u n a s i b ila n a n iq la s h .
Mastitdiagnost tarkibiga
quyidagilar kiradi: distillangan suv — 100 ml, sulfanol — 30 g, tripolifosfat —
5, bromtimolli ko‘q — 0,02 g, rozol kislotasining 1% li eritmasidan — 0,5 ml
tekshiriladigan sut sog'ishning oxirida yoki yig'ma sutdan olinadi. Sut kontrol
p la s tin ka sin in g yarim oysim on c h u q u rch a la rig a 1 ml e ritm a solib
aralashtiriladi. Agar gomogen massa hosil bo'lsa, bu sog‘lom sigir suti, agar
aralashma qotlb qolsa yoki quyuqlashsa, bu yashirin mastitning belgisi
hisoblanadi.
Tindirish namunasi.
Bu tajriba dimastin va mastidinlar bilan tekshirilganda
musbat javob bergan yelin choragi sutini tekshirishda qo'llaniladi. Sog'ishning
oxirida sigirdan probirkaga 10 ml sut sog'ib olinadi va u 16— 18 soatga xolo-
dilnikka yoki biror sovuq joyga achish uchun qo'yiladi. Ikkinchi kuni namuna
ko'zdan kechiriladi va natijasi ma’lum qilinadi. Buni, yaxshisi, kunduz kuni
bajargan ma’qul. Baholashda cho‘kmaning bor-yo‘qligiga, sut qaymog'ining
miqdori va xarakteriga hamda sutning rangiga e'tibor berish kerak.
Sog'lom sigir sutining rangi oq yoki biroz ko'kimtirroq bo'lib, cho'kma hosil
qilmagan bo'ladi. Mastit kasalligi bilan kasallangan sigir suti suvli, qaymoq
konsistensiyasi o'zgargan, rangi tiniq emas, tarkibida turli xil moddalar
uchragan bo'ladi.
Leykotsitar n am u na.
Bu tajriba maxsus ostki qismi toraygan probirkalarda
0
‘tkaziladi. Probirkani 10 belgisigacha sut bilan to'ldiriladi va sentrifugaga 5
daqiqa qo'yüadi. Har daqiqada sentrafuga 2 ming marta aylantiriladi. Sog‘-
lom yelin choragidan olingan sutda cho'kma 1 belgisidan oz bo'ladi, mastit
kasalligi bilan kasallangan yelin choragidan olingan sutda cho'kma belgisi
va undan yuqori bo'ladi. Bu cho'kmadan esa surtma yasalib, gramm bo'yicha
bo'yaladi va mikroskop ostida ko'riladi. Mastitda cho'kma tarkibida juda ko'p
mikroblar, leykotsitlar, yiring tanachalari va boshqalar bo'ladi.
Leykotsitlar m iqdorini aniqlash.
Toza buyum oynasiga mum qalam bilan
4 sm li kvadrat chiziladi. Kvadratga mikropipetka yordamida 0,01 ml yaxshi
aralashtirilgan sut bezi sekreti quyiladi va kvadrat bo'ylab bir xil qalinlikda
yoyib chiqiladi. Mazok spirt-efir yoki myetil-spirt bilan mustahkamlab, 2—3
daqiqa davomida 1 % li myetil kukunning suvdagi eritmasi bilan bo'yaladi.
So'ngra mikroskopning 15 ko'rinish maydonida leykotsitlarning umumiy soni
sanaladi va o'rtacha arifmetik qiymati hisoblab chiqiladi. Mikrometr obyektivi
yordamida mikroskopni doimiy ko'rinish maydoni aniqlanadi. 1 ml sut bezi
sekretidagi leykotsitlar soni aniqlangandan so'ng, uni mikroskopning 1-ko'rish
maydonidagi o'rtacha leykotsitlar soniga, ya’ni 100 ga (1 ml:0,01 ) ko'paytiriladi
hamda mikroskop ko'rish maydoni ko'rsatkichini (masalan, 0,02 mm2) surtma
maydoniga (400 mm2) ko'paytiriladi, bu misolimizda u (400:0.02) 20000 ga
teng bo'ladi. Sog'lom sigir yelin choragidan sog'ib olingan 1 ml sut tarkibida
500 000 leykotsit bo'ladi, mastit kasalligida esa ularning soni ancha ortadi.
Benzidin nam unasi.
Bu tajriba sutda qon pigmentlarining borligini aniqlash
uchun qo'llaniladi. Probirkaga 5
m l
3% li vodorod perekisi va 2 ml benzidinning
muzlatilgan sirka kislotasidagi to'yingan eritmasi quyiladi. Aralashma yax-
shilab aralashtirilgandan so'ng uning ustiga 2— 10 tomchi tekshirilayotgan
sut tomiziladi. Musbat reaksiyada aralashma oldiniga yashil rangga, 1
daqiqadan keyin qora-ko‘kimtir rangga bo'yaladi, manfiy reaksiyada
aralashma oq cho'kmalar hosil qilgan bo'ladi.
Bakteriologik tekshirish o ‘tkazishda
sut va leykotsitar proba uchun olingan
sut cho'kmalari ishlatiladi. Yelinning har qaysi choragidan steril idishga 50—
100
m l
miqdorida sut sog'ib olinadi. Sutni sog'ib olishdan oldin yelin terisi
yuvilib, keyin 70% li spirt bilan dezinfeksiyalanadi va birinchi porsiya sut
sog'ib tashlanadi.
Shundan so‘ng sog'ib olingan sut namunalari veterinariya laboratoriyala-
riga tekshirish uchun jo'natiladi. Bakteriologik tekshirishlar natijasi nafaqat
m astit kasallig in i aniqlash uchun q o 'lla n ila d i, balki hayvonlarning
antibiotiklarga sezuvchanligini aniqlashda ham qo‘l keladi.
K a t a la z a la rn i q o g 'o z li d isklar y o rd a m id a aniqlash.
Filtri F-1 markali
xromatografik qog'ozlardan diametri 12
m m
bo'lgan disklar tayyorlanadi va
3% li vodorod perekisining M/15 fosfatli buferi (pH 7,2) (tajriba o‘tkazish kuni)
tayyorlanadi.
Disk anatomik qisqich bilan ushlanib, aralashtirilgan tekshirilayotgan sutga
solinadi, sutning ortiq qismini ajratish maqsadida disk vertikal holatda
aylantiriladi. Shundan so'ng disk vodorod perekisi eritmasiga solinadi, u 5 ml
miqdorida 60x16 mm li hajmdagi probirkagaquyilgan bo'ladi. Diskni eritmaga
solgandan uni eritma yuziga qalqib chiqish vaqti sekundomer bilan aniqlab
boriladi. Leykotsitlar sut tarkibida oz miqdorda bo'lsa, 1 ml sutda (100
minggacha) diskni qalqib chiqish vaqti 1 —5 daqiqaga teng bo'ladi, ayrim vaqtda
ko'proq ham bo'lishi mumkin. Leykotsitlar 1 ml sutda 200 mingga ko'payganda
disk 30— 35 sekundda qalqib chiqadi. Agar sigirlar mastit kasalligi bilan
kasallangan bo'lsa, u vaqtda disk 3—5 sekundda yoki shu zahotiyoq eritma
yuzasiga qalqib chiqadi. Bu katalazani aniqlash usulini chorvachilik fermalari-
da sigirlarni mastit kasalligiga yalpi tekshirish uchun ishlatish mumkin.
L i s o z i m n i ( m u r a m i d a z a n i ) a n i q I ash. Bu usulda oldin yelin
tozalab yuvilib, sochiq bilan quritiladi, terisi 70% li spirt bilan dezinfeksiya
lanadi va har qaysi yelin choragidan sog'ish oxirida 5 ml dan sut olinadi. 4 ta
Petri idishiga (har qaysi yelin choragi uchun alohida) bir sutkalik stafilokokk
bakteriyalarining o'smasi tayyorlanadi. Buning uchun statifilokokk bakteri-
yalar o'smasini fiziologik eritma bilan 1:10000 miqdorida suyultiriladi va 0,1
ml miqdorda olinib, Petri idishiga bir xil qalinlikda quyilib 1 soat qoldiriladi.
So'ngra idishdagi 4—6 ta diametri 10 mm bo'lgan oysimon chuqurcha qilinadi.
Har qaysi chuqurchaga steril mikropipetka yordamida tekshirilayotgan sutdan
0,1 ml solinadi. Petri idishi uy haroratida (18— 22°C) 18 soat saqlanganidan
so'ng termostatga 5— 6 soatgacha qo'yiladi. Agar sutda lozosit M bo'lsa,
chuqurchalar atrofida stafilokokkchalarning o'sishi to'xtaydi va xuddi
halqasimon aylana hosil bo'lgan bo'ladi.
Mikroorganizmlar o'sishdan to'xtashi tufayli hosil bo'lgan halqa diametrini
o'lchab sutdagi lizosim titri aniqlanadi, o'sish 14 mm dan kam bo'lsa — bu
mastit kasalligiga uchragan sigir suti hisoblanadi, 14— 16 mm bo'lsa, bu
reaksiya shubhali, 16 mm dan yuqori bo'lsa, hayvon sog'lom hisoblanadi.
Sigir tekshirilganda uning fiziologik holatlari, ayniqsa sutdan chiqqan va
tug'ishga yaqin qolgan davrlari hisobga olinishi kerak. Bu davrda mastitning
klinik belgilari kuchsiz namoyon bo'ladi.
Bu davrda akusherlik dispanserizatsiyasi o'tkazilganda sigirlarning
umumiy holatiga e’tibor berish bilan birga sut bezlariga ham ahamiyat beriladi.
Bundan yelinning har choragi paypaslab ko‘riladi. Sog'ib olingan sutni
tekshirishdan uning rangiga va konsistensiyasiga e’tibor beriladi. Agar rangi
va konsistensiyasi kuchli o'zgargan bo'lsa, dimastin va mastidin probalari
qo'yiladi, klinik tekshirishni barcha natijalari o‘zaro taqqoslanadi.
G'unajinlarning yelinini tekshirish va sutini analiz qilish tug'ishiga ikki oy
qolganda bajariladi. Mastit kasalligiga qarshi kurash tavsiyanomasiga asosan
klinik namoyon bo'lgan mastit kasalligida tekshirish har kun sog'ish vaqtida,
yashirin mastitlarda esa oyida bir marta o'tkazilishi kerak.
Qo‘y, ona cho'chqa va biyalarning kasallangan yelin choragidan olingan
sut bakteriologik usul bilan tekshiriladi va bunda davolash uchun antibiotiklami
saylab qo'llashga imkon yaratiladi.
SIGIRLARNING MASTITLAR SHAKLIDA SODIR BO'LADIGAN
PATOL'OGOANATOMIK VA GISTOLOGIK 0 ‘ZGARISHLARI
Darsning maqsadi:
Sigirlarning turli mastit shakllarida sodir bo‘ladigan
patologoanatomik va gistologik o‘zgarishlarini o'rganib, yelin yallig'lanishining
patogenezini, kasallikning klinik belgilari va to'qimalardagi patologoanatomik
o'zgarishlaming o'zaro bog'liqligini aniqlash. Bu ma’lumotlar mastitga diagnoz
qo'yish uchun qo'llanilishi va kasallikning oldini olish uchun muhimligini
0
‘rgatish.
Tekshirish obyektilari va kerakli jihozlar:
ikki-uch sigirning sut bezi, sut
kateteri, skalpel, qisqichlar, turli mastitlarda yelin to'qimalaridan tayyorlangan
gistologik preparatlar, buyum oynalari, bakteriologik bo'yoqlar, mikroskoplar.
Dars go‘sht kombinati va qushxonalardan olib kelingan materiallar bilan
kafedra, klinika va laboratoriyalarda olib boriladi. Yelin tekshirilganda uning
choraklarining kattaligi, yelinlarning holati, yelin terisining rangi, tolqimalar
konsistensiyasi e’tiborga olinadi. Emchaklar paypaslaganda ularning
o'tuvchanligi aniqlanadi. Har qaysi choragi kesib ko'rilganda kesilgan joylar
rangiga, namlik darajasiga, suyuqlikning borligi va ularning holatiga, qon
tomirlari va yelin usti limfa tuguniga e’tibor berish kerak. Kesim yuzasi tashqi
ko'rinishi bilan har qaysi yelin choragidan oqayotgan sekret taqqoslab
0
‘rganiladi. Har qaysi yelin choragidagi kesim yuzasidan 3—4 tadan buyum
oynasiga surtma surtiladi.
Mikroskop ostida yelin kesmalaridan mastit kasalligining turli shakllarida:
seroz, kataral, fibrioz yallig'lanishlarda tayyorlangan gistologik preparatlar
tekshiriladi. Bunda talabalarning e’tibori biriktiruvchi to'qimalar va sut bezi
parenximalari holatiga, shishlarning borligiga, to'qimalarning uzulganligiga,
qon tomir va alveolalar holatiga qaratiladi. So‘ngra talabalar mikroskop ostida
mazoklarni tekshirib, unda yog1 sharlari, mikroblar, leykotsitlar, eritrotsitlar
va boshqa qo'shilmalarning borligini aniqlaydilar.
MASTIT BILAN KASALLANGAN SIGIRLARNI DAVOLASH
Darsning maqsadi:
Klinika yoki xo'jalik sharoitida kasal sigirlarni davolash
metodikasini o'zlashtirish va o'rganish.
Tekshirish obyektilari va kerakli jihozlar:
sut kateterlari inyeksion
ignalar, rezinali naychalar, shprislar (5 va 10ml li), novokainning 0,5— 1% li
eritmasi, penitsillin, streptomitsin, gidrokortizon, oksitotsin, pituitrin, paxta,
spirt, yod nastoykasi.
Qisqacha metodik ko‘rsatma.
Mastit kasalligiga uchragan sigirlarni
davolash yallig'lanish turlariga, kasallikning kechishiga va organizmning
holatiga qarab olib boriladi. Bu davolash usullari kasal yelinga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri ta’sir etish (nurlash, massaj qilish, turli malham, linimentlarni surtish,
yelin ichiga turli antiseptik dorilarni yuborish, issiqlikni qo'llash va hokazolar),
organizmga ta’sir etadigan dorilardan foydalanish (dorilarni qon tomir ichiga,
og‘iz orqali, muskul orasiga yuborish) patogenetik davolash (novokainli blo-
kadalar) hamda umumiy veterinariya-zootexnika tadbiriy choralariga (kasal
hayvonlarni o‘z vaqtida ajratish, to‘g‘ri oziqlantirish, gigiyenik talablar asosida
sog‘ish, asrash sharoitlarini o'zgartirish va boshqalar) amal qilish.
Mastit bilan kasallangan hayvonlarni 1—3-kunida davolash yuqori samara
beradi, keyinchalik qilingan dori-darmonlarning esa samarasi kam bo'lib bu
sigirlarning sut mahsulotlarini kamayishiga olib keladi. Davolash usulini
tanlash mastit turlariga bog'liq. Kasal hayvon alohida xonalarga yoki
statsionarlarga
0
‘tkaziladi. Har qanday davolash tadbirlari o'tkazilganda yelin
issiq suv bilan yuvilib, toza sochiq bilan quritilishi kerak.
Kasal sigirlar qo'lda sog'iladi, jarohatlangan yelin choragi eng oxirida
kunduzi har 3—4 soatda ehtiyotkorlik bilan sog'ilib, suti qaynatiladi yoki
yo'qotiladi. Kasal hayvonlarga alohida ozuqa — sifatli pichan beriladi. Ratsion
tarkibida shirali oziqlar esa kamaytiriladi, ammo suv istaganicha ichiriladi.
Yelin abssessi va flegm onasida davolashning ja rro h lik usullaridan
foydalaniladi. Bo‘g‘oz hayvonlarni davolashda, ayniqsa tug'ishiga yaqin
qolgan paytlarda dorilarning dozalarini aniqlashda ehtiyotlik bilan e’tibor berish
kerak.
D a v o l a s h n i n g p a t o g e n e t i k u s u l i . Bu hayvon organizmiga
neyro-gumoral va endokrin sistemalar orqali o'ziga xos bo'lmagan moddalar
va usullar bilan ta’sir etib, uning kasallikka qarshi turish qobiliyatini oshirishdir.
Sut bezlari yallig'langanda asab elementlarini qo‘zg ‘aluvchanlik va
0
‘tkazuvchanligi turli darajada buzilganligi aniqlanadi hamda limfa va
gemodinamik o'zgarishlar sodir bo'ladi, natijada gipertoniya, giperosmiya,
gistamin, asyetilxolin, adenozin uch fosfat va adenil kislotasi, pepton,
albumozlar, aminokislotalar, keton tanachalarining to'planishi, gialuronida-
za katalaza va boshqalarning ko'payishi kuzatiladi. Yelinda sodir bo'lgan
o'zgarishlarni birgina antibakterial dori moddalarini qo‘llash bilan yo'qotib
bo'lmaydi. Buni tiklash faqatgina murakkab asab sistemasi bilan tomirlar
o'rtasidagi o‘zaro bog'liqlikni va ularning oziqlanishini ñormallashtirish nati-
jasidagina erishiladi.
Novokain bilan patogenetik usulda davolashni o'tkazish mastit kasalligida
qaytarilm aydigan jarayonlar - to'qim alarning yiringli erishi, nikrozi,
gangrenasi, atrofiyasi va yelin induratsiyasi sodir bo'lmagandagina samara
beradi, xolos.
B l o k a d a u s u l i b i l a n d a v o I ash samarasi sut bezlari asab
tolalariga novokainning kuchsiz eritmasini neyrotropik va antiparabiotik ta’siri
natijasida sodir bo'ladi.
Yelin nervlarini qisqa novokainli blokada qilish.
(Logvinov bo'yicha).
Yelin usti bo‘shlig‘ida operatsiya maydoni tozalangandan so‘ng jarohatlangan
yelin choragiga 150—200 ml 0,5% li novokain eritmasi yuboriladi. Yelinning
orqa choraklari yallig'langan yelin choragi o‘rtasidan o‘tadigan chiziqdan 1 —
2 sm qoldirilib kesishgan joyiga yuboriladi (47- rasm).
Yelinning oldingi choragi jarohatlanganda igna yelin asoslari orasidagi
ariqcha va qorin devori chegarasiga qarama-qarshi tizza bo‘g‘ini tomon
yo'nalgan holda yuboriladi. Novokainni yuborish paytida to'qimalarga ta’sir
kuchini orttirish uchun igna o‘ng va chapga, orqa va oldinga tomon siljitiladi.
Seroz va kataral mastitlarda har 100 ml novokain eritmasiga 300— 500 ming
TB antibiotiklar ham qo'shiladi. Zarur hollarda novokain blokadasini yana
24— 48 soatdan so'ng qaytarish mumkin. Blokadalar orasidagi vaqtda kasal
hayvonlarning muskul orasiga penitsillin va streptomitsin yuboriladi.
Dostları ilə paylaş: |