Rivojlantirish instituti a. R. Jabborov, S. S. Sotiboldiyev veterinariya akusherligi, ginekologiyasi va sun


Sigirlar yelinini  o g ‘riqsizlantirish



Yüklə 24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/40
tarix28.04.2017
ölçüsü24 Kb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40

Sigirlar yelinini  o g ‘riqsizlantirish. 
(B.  Bashkirov usuli  buyicha) yelinni 
og'riqsizlantirish uchun 20—25 ml 3% li novokain eritmasi ( 0,5%li eritmasidan 
80— 100 ml yoki 0,25% li eritmasidan  100— 150ml) ishlatiladi.  Fiziologik erit- 
madan  erituvchi sifatida foydalaniladi.
Mol  bog'lab  qo'yilganidan  keyin  ukol  qilinadigan  joy  tik  turgan  holda 
aniqlanib olinadi.  Bu joy tana o'rta chizig'idan — 8 sm narida eng  uzun orqa 
m u sku lning   yon  cheti  b o 'yla b   boradigan  chiziq  bilan  3  va  4-  bel 
umurtqalarining  ko'ndalang  qovurg'a  o'simtalari  orasidan  o'tkaziladigan 
chiziqning  kesiladigan  nuqtasidadir (48- rasm).
Qo'llar va nina sanchiladigan joy jarrohlikdagi umumiy qoidalarga muvofiq 
tayyorlanadi.  Shprits va ninalar qaynatilib yuqumsizlantiriladi  yoki bir marta 
ishlatiladigan  shpritslardan  foydalaniladi.  Novokain  eritmasi  faqat  steril  va 
hayvon  tanasining  haroratigacha  ilitilgan  holda  ishlatiladi.  Shu  qoidalarga 
amal  qilmaslik,  bir qancha og‘ir asoratlarga olib kelishi  mumkin.
Eritma  yuborish  uchun  diametri  1mm  va  uzunligi  10— 12sm  li  nina 
ishlatiladi.  Nina  sanchiladigan  joyning  qarshisida  turib  olinsa,  molga 
novokain eritmani yuborish qulayroq bo‘ladi.  Nina tananing o'rta tekisligiga 
nisbatan  55— 60°  ostida  sanchiladi  va  molning  semizligi  bilan  og'irligiga 
qarab  6— 9 sm  chuqurlikka,  umurtqa  tanasiga  tiralguncha  kiritiladi.  Nina 
sanchilganda og'rimasligi uchun avval novokain eritmasi yuboriladi.  Eritma 
umurtqa tanasiga  tarqalgandan  keyin  nina 2—5  mm  orqaga  tortib  olinadi

4 8 -  rasm.  Y elin  nervlarini  blokada 
4 7 - rasm.  Yelin  nervlarini  qisqa  novokainli 
qilishda  ignali  sanchish joyi
blokada qilish  (Logunov  bo'yicha) 
(B ashkirov  bo'yicha)
va  eritma  yuboriladi,  eritma,  katta  va  kichik  bel  muskullari  orasidagi 
bo'shliqqa tushadi.
Yelin  15 daqiqadan keyin og'riqni sezmaydigan bo'lib qoladi va 2— 3 soat 
shu  holda  turadi.  Og'riq  sezmaslik  holati  aktiv  giperemiya,  haroratning 
ko'tarilishi, emchak kanalining bo'shashuvi  va kattalashuvi bilan birga davom 
etadi.  Og'riq sezgisi sut ko'zgusi sohasidagina saqlanib qoladi.
Sut ko'zgusi sohasini og'riqsizlantirish uchun oraliq asablarini I.  I.  Magda 
usuliga ko'ra blokada qilinadi. Buning uchun jinsiy lablarning pastki burchagi 
ko'tarilib, qo'ymich o'yiqchasi paypaslab topiladi. Shu joyning o'rtasiga oddiy 
inyeksiya ninasi 1,5— 2 sm chuqurlikda sanchiladi. Teri bilan fassiyani teshib 
o'tgandan  keyin  3%  li  novokain  eritmasidan  20 ml  yuboriladi.  Eritmani 
yuborish  vaqtida  nina  har  tomonga  surib  turiladi,  shunda  katta  sirt 
infiltratsiyalanadi.
Qorin  va  simpatik  asab  tarmoqlarmi  blokada  qilish. 
(Mosin  usuli 
bo'yicha).  Plevra  pardasi  ustki  to'qimasiga,  diafragma  oyoqlarining  oldingi 
tomonidan  o'ng  va  chapdan  yonbosh  qovurg'a  hamda  eng  uzun  orqa 
muskullarini  hosil  qilgan  ariqchasiga  30—35°  li  burchak  asosida  sanchilib, 
so'ngra  shprits  porsheniga  bosib,  eritma  plevra  pardasi  ustki  to'qimasiga 
yuboriladi.  Shprits  ignadan  ajratiladi.  Agar  ignaning  uchi  plevra  ustki 
to'qimasida bo'lsa,  uning  ichi eritma bilan to'ladi.
Shuningdek,  bo'yinturuq  vena  qon  tomiri  ichiga  0,25—0,5  %li  novokain 
eritmasidan  hayvonning  har  100 kg  tirik  vazni  hisobiga  0,1— 0,2  gr  quruq

modda  miqdorida  hamda  unga 300—500  ming  TB  antibiotiklar aralashtirib 
yuborilishi  mumkin.  Zarur  hollarda  bu  davolash  usuli  24— 48  soatda 
qaytarilishi  mumkin.
D.  D.  Logvinov va  N.  D.  Voivichlar  aorta  qon  tomiri  ichiga  1%  novokain 
eritmasidan  100 ml yuborishni tavsiya etadilar.  Punksiya o‘ng tomondan 4- 
va  5-  bel  umurtqalarining  ko'ndalang  qovurg'asimon  o'simtalari  orasida 
o'tkaziladi. 18 sm uzunlikdagi igna 4- bel umurtqasining ko'ndalang qovurg'a- 
simon o'simtasi orqa qismining o'rtasidan 25—30° li burchak asosida umurt- 
qaga yetguncha sanchiladi. So'ngra ignaning oxirgi uchi 0,5 sm o'ngga qarab 
siljitib,  yana 4—5 sm chuqurroqqa yuboriladi.
Aorta sanchilgandan so'ng ignadan qon bosim bilan otilib chiqadi, shunda 
tezda igna uchiga rezina naycha orqali shprits jane ulanadi va eritma uncha 
yuqori  bo'lmagan  bosim  bilan  yuboriladi.  Bu  davrda  yelin  choragining  teri 
ostiga yuborish  uchun 0,5 dan  1  ml gacha (12—25 mg) miqdorida gidrokor- 
tizondan foydalaniladi.  Inyeksiyani 2—3  kunda qaytarib turish  kerak.
Pituitrin va oksitosinni qo'llash. 
Preparatlarqon tomir ichiga 40 TB miqdorida 
yuboriladi  va  inyeksiya  6— 12  soatda qaytarib  turiladi.  Ayniqsa,  bu  dorilar turli 
etiologiyali seroz va kataral  mastitlarni davolashda yuqori samara beradi.
D.  D.  Logvinov  pituitrinni  aorta  qon  tomir  ichiga  har  100 kg  tirik  vazn 
hisobiga  5  TB  miqdorida  qo'llashni  tavsiya  etadi,  ineksiyani  48  soatda 
qaytarish  (2—4  martagacha)  mumkin.  Mastit  kasalligi  bilan  kasallangan 
sigirlarni davolashning samarali usullaridan yana biri novokain bilan pitutrinni 
birgalikda qo'llashdir.  Bunda kasal  hayvonning  har  1  kg tirik vazni  hisobiga
2 mg  novokain  va  har  100 kg  vazni  hisobiga  5 TB  pituitrin  olinib  aorta  qon 
tomiriga  yuboriladi.  Dorilar  aortaga  oldin  20— 25  TB  pituitrin  so'ngra  2—3 
daqiqadan so'ng 100 ml 1 %li novokain eritmasi yuboriladi. Bundan kompleks 
davolash usuli seroz kataral, fibrinoz va yiringli kataral yallig'lanishlarda yaxshi 
natija beradi. Oksitosin va pituitrindan foydalanganda sigirning jarohatlangan 
yelin choragini tez-tez sog'ib turish  kerak.
Sovuq  va  issiq  qo'yish. 
Sovuq va issiq narsalar to'g'ri qo'yilgandagina 
ko'zlagan natijaga erishishi mumkin. Agar noto'g'ri ishlatilsa, foyda bermaydi, 
balki  kasal  molga anchagina zarar yetkazishi  ham  mumkin.
Sovuq  narsalar  kasallikning  birinchi  soatlarida  qo'yiladigan  sovuq 
primochka va yelinga surtiladigan  balchiqlar shaklida bo'ladi.
Balchiq  ishlatish  texnikasi  quyidagicha:  qisman  balchiq  bilan  to'ldirilgan 
chelakka  sovuq  suv  quyiladi  va  yaxshilab  aralashtirilgandan  keyin 
bo'tqasimon  quyuq  massa  hosil  bo'ladi.  Tosh va qum aralashmagan,  toza, 
yumshoq balchiq  ishlatiladi. Yelin jarohatlangan chakalangan, yoki yorilgan 
bo'lsa, unga balchiq qo'yib bo'lmaydi. Sigir sog'ib olingandan keyin yelinning 
yallig'langan  qismiga  1—2  sm  qalinlikda  balchiq  suriladi.
Balchiq  qurib  qolsa,  sovuq  suv  bilan  yuvib  tashlanib,  yangidan  surib 
qo'yiladi. Balchiq dastlab harsoatdan keyin mahalliy harorat pasayib borgan 
sayin  har  1,5— 2  soatda  almashtirib  turiladi.  Balchiqning  5— 20  soat 
mobaynida turishi  maqsadga muvofiqdir.  Balchiq ishlatishning asosiy sharti 
muttasil sovuq ta’sir ettirib turishdir.

Balchiqni  qorishtirgan  vaqtda  1  I  suv  2  osh  qoshiq  hisobidan  sirka 
(konsentrlanmagan  yoki  suyultirilmagan  sirka  kislota)  qo'shish  o'rinlidir, 
chunki sirka antiseptik va yallig'lanishga qarshi ta’sir ko'rsatadi.
Issiqlik  —  moychechak,  chirigan  pichan  yoki  torfdan  quyiladigan 
priparkalar va isituvchi kompresslar ko'rinishida bo'ladi. Chirigan pichan torf 
va  boshqalar  chelakka  solinib,  ustidan  qaynoq  suv  quyiladi,  suvining 
ortiqchasi  siqib  tashlanadi  va  45°  gacha  sovitilib,  keyin  xaltaga  solinadi. 
Xaltaning bo‘y¡ bilan eni prlparka quyiladigan joydan sal kattaroq  to'ldirilgan 
xalta  qalinligi  esa  5— 7 sm  gacha  bo'lishi  lozim.  Oldin  xaltani  tort,  chirigan 
pichan  va  boshqalar  bilan  to'ldirib,  og'zini  tikish,  yelinga  to‘g‘ri  keladigan 
qilib moslash,  keyin  esa chelakka solib bug'lash  ham  mumkin.
Kompress umumiy qabul qilingan qoidalarga muvofiq qo'yiladi. Sigir sog'ib 
olingandan  keyin  yeliniga  Isslq  narsa  qo'yiladi.  Priparka  yoki  kompressni 
ushlab turish uchun boylam ishlatiladi.  Boylam qo'lda bor materialdan (so'rf, 
qop qanor matosi va boshqalardan) tayyorlanadi. Boylam sirg'anib, sigir qor- 
niga  tushib  ketmasligi  uchun  u  orqa  tomondagi  ikki  joyidan  dumning  ikki 
tomonidan  o'tkazib,  belga bint yoki  arqon  bilan  bog'lab qo'yiladi.
Issiq turishi uchun priparkali xalta bilan boylam orasiga kleyonka solinadi.
Issiqdan foydalanishda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak: 1 ) kompress 
yoki  priparka  tagiga  tashqaridan  havo  kirmasligi  uchun  ular  yelinga  zich 
taqalib  turishi  kerak;  2)  kompress  yoki  priparkaning  boylamga  suv  oqib 
tushmaydigan darajada namlab va siqib tashlash  lozim; 3) kompress va pri­
parkalar mahkam  bog'langan hamda yelindan sirg'anib tushib ketmaydigan 
bo'lishi  lozim.
Issiqni saqlab turish uchun kompress yoki priparka bir sutkada ko'pi bilan 
ikki  marta  alamashtiriladi.  Kompress  yoki  priparka  olinganidan  keyin  yelin 
quruq sochiq bilan artiladi va issiq qilib o'rab qo'yiladi. Shu maqsadda yelinga 
tutiladigan  maxsus  paxtaliklar ham  ishlatiladi.
Yelinni  massaj  qilish. 
Massajning  asosiy  usullariga  silash,  iylash, 
turtkilash va uqalash  kiradi.
Ayrim hollarda yelinni massaj qilishning soddalashtirilgan usuli qo'llaniladi. 
Buning  uchun  o'ng  yelinning  yarmi  oldingi  va  orqa  choragining  tashqi  sirti 
imkoni boricha ostiga yaqin qilib ikkala qo'l bilan ushlanadi. So'ngra sut bezi 
bosilib, qo'llar yelin tubigacha pastga tushiriladi. Yelinning o'ng yarmi qanday 
massaj qilinsa, chap yarmi ham xuddi shunday massaj qilinadi.  Pirovardida 
qilinadigan  massajning  birmuncha  mukammalroq  usulini  G.  I.  Azimov taklif 
etgan.  Bu  olti  usuldan  iborat.
Birinchi  usul.
  Yelinning o'ng yarmi  ikkala qo'l  bilan  massaj  qilinadi.  Ayni 
vaqtda  qo'llar  yelin  choragining  yuqorisidan  pastiga,  shuningdek,  yon 
tomonlaridan  orqa  va  oldingi  yuzalarining  o'rtasiga  qarab  yuritiladi.  Bunda 
qo'lning  bosh  barmoqlari yelinning tashqi  sirtidan  sirg'anib boradi.
Ikkinchi  usul.
  Yelinnig  chap  yarmi  ham  xuddi  shunday  harakatlar  bilan 
massaj  qilinadi,  lekin  bosh  barmoq  yelin  nimtasi  o'rtasidagi  chuqurchada, 
qolganlari  esa uning tashqi sirtida bo'ladi.

U ch inch i  usul.
  Yelinning  oldingi  o'ng  choragi  barmoqlarning  doiraviy 
harakati bilan massaj qilinadi. Buning uchun bosh barmoqlaryelin choragining 
tashqi sirtiga, qolgan barmoqlar esa yelin choraklari orasidagi chuqurchaga
qo'yiladi.
T o ‘rtinchi  usul.
  Uchinchi  usulda  qanday  harakat  qilinsa,  xuddi  shunday 
harakatlar bilan yelinning oldingi chap choragi massaj qilinadi. Bosh barmoq 
bilan  yelin  choragining  ichki  sirti,  qolgan  barmoqlar  bilan  esa  tashqi  sirti 
massaj qilinadi.
B eshinchi  usul.
  Yelinning  oldingi  o'ng  choragi  qanday  massaj  qilinsa, 
orqa o‘ng choragi  ham xuddi shunday massaj qilinadi.
Oltinchi  usul.
  Yelinning  orqa  chap  choragi  qanday  massaj  qilinsa,  orqa 
o‘ng choragi singari massaj qilinadi.  Sigirni sog'ishga tayyorlash uchungina 
massajning ahamiyati  bor,  deb bilish yaramaydi.  Massaj yelinni o'stiradi va 
rivojlantiradi,  mol  mahsuldorligini  oshiradi  va  mastit  bilan  kasallanishning 
oldini oladi.
Y elin g a   kateter  y u b o rish . 
Mol  tayyorlanib,  bog'langandan  keyin 
emchaklari  70°  li  spirt bilan  artiladi,  so‘ng  bosh  ko'rsatkich  barmoqlar bilan 
tubidan  ushlanib  pastga  qarab  oxista tortiladi.Chiqadigan  sut oqimiga yoki 
ochilib  turgan  sut  yo'liga  qarab  emchak  kanalining  teshigi  topiladi.  Unga 
yuqumsizlantirgan  kateter  tiqiladi  va  yengil  harakat  bilan  kateter  emchak 
kanaliga  kiritiladi.  Kateter  kiritilganidan  keyin  sut  oqib  chiqadi  (mastitlarga 
hamisha emas). S. A. Aminov qo‘y va echkilar uchun maxsus sut kateterlari 
yaratib,  kateterlash  metodikasini  ishlab chiqqan.
Dorilarni  emchak  ichiga  yuborish. 
Emchak  ichiga  dori  yuboradigan 
asbob  quyidagicha yig'iladi.  Uzunligi  0,5—0,8 m  keladigan  rezina  nayning 
bir uchi sut kateteri bilan,  ikkinchi uchi esa shpris (porshenini olib turib) yoki 
voronka bilan tutashtiriladi.
Yig'ilgan  asbob  qaynatish  yo‘li  bilan  yuqumsizlantiriladi.  Oldin  molning 
suti sog'ib tashlangandan keyin kateter emchak kanaliga kiritiladi va tayyorlab 
qo'yilgan  eritma  yuqoriga  ko‘tarilgan  voronka,  shprits  yoki  boshqa  idishga 
quyiladi. 2—3 soatdan  keyin molni sog'ib tashlash yo'li bilan eritma chiqarib 
tashlanadi.
MASTITLARNI  ISSIQLIK,  NURLAR  (ULTRABINAFSHA)
VA  ULTRATOVUSH  BILAN  DAVOLASH
Darsning  maqsadi: 
Issiq  kompresslarni  qo'llash  usullarini  o'rganish, 
mastit  kasalligini  davolashda  parafinlardan,  ozokeridlardan,  tiosulfatli 
grelkalardan,  solyuks  va  infraruj  lampalaridan  foydalanish  yo ‘llarini 
o'zlashtirish.  Issiqlik  yallig'lanish  jarayonining  sekinlashgan  davrida,  ya’ni 
3—5 kundagina qo'llanadi.
Tekshirish  obyektlari  va  kerakli  jihozlar: 
sollyuks,  infraruj  lampalari, 
statsionar simob — kvarsli lampalar, galvanizatsiya qiluvchi partativ apparat,

veterinariyada qo‘llaniladigan ultratovushli apparat, kolloid eritma, 3% li kaliy 
yod eritmasi,  1—2%  li  novokain  eritmasi,  pinitsellin va streptomitsin  (200— 
300 ming TB 25—50 ml. Fiziologik eritmaga eritilgan holda) 70% li va 95%  li 
spirt,  kamforali  spirt,  furatsilinning  1:500  eritmasi,  5%  li  glitserin  eritmasi, 
qaychilar, xavfsiz poki, issiq suv, sovun, paxta, sochiq, ixtiol, par hosil qilgich 
shlang,  parafinni  surtish  uchun  mo'ljallangan  cho'tkacha,  4 6 x 4 6 x 6   sm  va 
6 5 x 5 6 x 6  sm kattalikdagi kyuvetlar, ozokerit, doka, paxta, termometr, rezina 
jgut va boshqalar.
Yelinni nurlash. 
Sollyuks va infraruj lampalari bilan kuniga 2 marta 30— 
60  daqiqadan  jarohatlangan  yelin  nurlanadi.  Bu  lampalar yelindan  60—80 
sm  uzoqlikda o'rnatilishi  kerak.
Uitrabinafsha  nurlar  bilan  davolash. 
Bu  statsionarda  simobli  kvarsli 
PRK-2 gorelkali lampadan foydalaniladi. Lampa bilan yelin orasidagi masofa 
va  uni qo'llash  vaqti yallig'lanishi xarakteriga ko‘ra belgilanadi.
lonoforez (elektroforez) galvanizatsiyaga mo'ljallangan portativ apparatlari 
yordamida bajariladi, elektrod sifatida qalinligi 2—3 mm, yuzasi 200— 300 sm 
qo'rg'oshinli  plastinkalar  qo'llaniladi.  Yelin  yuvilib,  sochiq  bilan  quritiladi. 
Yelinning qalin jun bilan qoplangan terisiga yod so'ngra kolloid eritma surtiladi.
Jarohatlangan yelin choragining terisiga dori shimdirilgan baykali qatlam 
(qalinligi 1 sm), qarama-qarshi tomoniga esa fiziologik eritma bilan ho'llangan 
qatlam qo'yiladi. Elektrodlar spirt bilan artiladi va ikkala qatlamlar ustiga qo'yi- 
ladi,  uning  ustidan  matoli  quruq  qatlam  o‘rnatilab,  ular  rezina  bintlar  bilan 
mahkam  bog‘lanadi.  Yuboriladigan  doimiy  elektr  toki  kuchi  elektrodni  har 
1  sm  yuzasiga  0,5 A  ga  teng  bo'ladi.  lonoforez  kuniga  1—2  marta  30—60 
daqiqa davomida qo'yiladi.  Davolovchi dorilar jumlasiga  1— 2% li novokain, 
3% li kaliy yod eritmasi va antibiotiklar kiradi.  Kaliy yodid va pinitsillin manfiy 
elektrod tomonida, novokain va streptomitsin esa musbat elektrod tomonidan 
yuboriladi.
Ultratovush. 
Veterinariya sohasida ultratovushli davolovchi apparatlardan 
foydalaniladi.
Jarohatlangan yelin  choragining  terisi jundan  tozalanadi,  so'ngra 70%  li 
spirt  bilan  furatsilin  eritmasi  (1:5000)  yoki  boshqa  antiseptik  eritmalar,  ular 
ustidan esa 50% li glitserin  eritmasi surtiladi.  Ultratovush  asbob sekinlik bi­
lan, ya’ni  1  sekundda 1— 1,5 sm tezlik bilan jarohatlangan yelin choragi terisi 
yuzasida  harakat  qildiriladi.  Davolashni  kichik  dozalardan  —  0,6—0,9  VT 
sm2 dan  boshlab  ko'paytiriladi  va  1,2—2 VT sm  ga yetkaziladi. Ta’sir etish 
vaqti 5— 15 daqiqa.  Ultratovush usulini har kuni qaytarib turish kerak.  Davo­
lash seansining miqdori mastit shakllariga ko‘ra 2— 15 gacha boMishi mumkin. 
O'tkir  kechayotgan  mastitlarda  impulsli  ultratovushlar  qo‘ilaniladi,  ularning 
intensivligi  0,6— 0,9 vt sm  ga  teng.  Seroz  va  kataral  m astitlar  bilan 
kasallangan  sigirlar 4—5  marotaba  bu  usul  bilan  davolanganda tuzalib  ke- 
tadi.
Parafin bilan davolash. 
Bunda suvsizlantirilgan parafindan foydalaniladi. 
60°C  li  haroratda  suyultirilgan  parafin  toza  yuvilib,  quritilgan  yelin  terisiga 
keng cho'tkacha bilan surtiladi, so‘ngra bu qatlam ustidan yana ham yuqoriroq

haroratli  (80— 90°C) parafin surtilib,  ustidan  kleyonka va paxta qo'yilib yelin 
bog'lanadi.  M.  I.  Nikiforov  parafin  bilan  davolashni  venoz  giperemiya  bilan 
birga olib borishni tavsiya etadi, shuning uchun u sut bezini vena qon tomiriga 
qisqa muddatda jgut qo'yadi.
Ozokerit bilan davolash. 
Bunda ozokerit 100— 110° qizitilib, keyin ostiga 
klyonka  to'shalgan  kyuvetlarga  solinadi.  So'ngra  ozokerit  45°C  gacha 
sovitiladi. Birinchi (46x46x6 sm kattalikdagi) kyuvetdagi kleyonkani olib, kasal 
hayvonning  bel  va  dumg'zasiga,  ( 6 6 x 5 6 x 6   sm  kattalikdagi)  ikkinchi 
kyuvetdagi  kliyeyonkani  olib,  jarohatlangan  yelin  choragiga  (jundan  toza- 
langan bo'lishi kerak) quyiladi. Yuqori mahsuldor sigirlarning yelin terisi juda 
nozik bo'lganligi uchun ularga ozokerit birmuncha sovitilib qo'yiladi. Ozokerit 
issig'ini yallig‘langan joyida saqlab turish uchun uni kleyonka va paxtali qatlam 
bilan o'rab qo'yiladi. Bu usul kasal hayvonlarda kuniga ikki marta qo'llaniladi. 
Davolanish  vaqti  1,5— 6  soatgacha.  Bunda  yelinni  sovib  ketishiga  yo‘l 
qo'ymaslik kerak.
Tiosulfat grelka  bilan davolash. 
Bu ogMrligi 500—700 gr keladigan ikki 
qavatli polietilen plyonkadan tuzilgan xaltacha bo'lib, uning orasidagi havosiz 
bo‘shlig‘iga 2,5—3 gr tiosulfat natriy solingan bo'ladi.  Bu xaltachani harorati 
80°  bo‘lgan  suvga  solib,  tiosulfat  natriyni  kristallari  eriguncha  kuzatiladi  va 
so'ngra issiq suvdan  uni olib, quruq artib, yelinga 2 qavat doka ustidan pax­
tali qatlam  qo'yib  bog'lanadi.
Kom presslar  bilan  davolash. 
Bunday  kompresslar  suvli  va  spirtli, 
shuningdek,  spirt-kam forali  va  spirt-ixtiolli  bo'lishi  mumkin.  Isituvchi 
kompresslarni qo'yish umum qabul qilingan usul asosida bo'ladi, ya’ni toza- 
langan  yelin  choragiga 2  qatlam  doka eritmalarga ho'llab qo'yiladi,  so'ngra 
uning ustidan suv o'tkazmaydigan qo'yiladi, keyin esa issiqlikni saqlab qolish 
maqsadida  yana  paxta  bilan  o'raladi  va  ular yelinga  bog'lanadi.  Bu  usulni 
kuniga 2  marta 2— 6 soat davomida qo'llash  mumkin.
ETIOTROP  DAVOLASH  USULI
Tekshirish  maqsadi: 
Dori  moddalarini yuborish  usullarini o'rganish.
Tekshirish  obyektlari va  kerakli jihozlar: 
turli  diametrli sut kateterlari, 
rezina  naychalar,  100  ml  li  shprits,  streptosid,  1%  li  rivanolning  1:1000— 
3000, furatsilinning  1:5000, 2—3% li,  ixtiol  1—2% li tuzli soda,  1—5% li nor- 
sulfazol,  nashatir  spirtining  0,5%  li  sutdagi  eritmalari,  mastisan,  mastisid, 
mastikur, masta-erozol va boshqa preparatlar, antibiotiklardan gentamitsin, 
penitsillin,  streptomitsin,  tetratsiklin,  levomitsetin,  biomitsin,  eritromitsin  va 
boshqalar,  antibiotiklarni  eritish  uchun  0,5%  li  novokain  eritmasi,  issiq suv, 
sovun,  sochiq,  paxta, spirt.
Etiotrop davolash mastit kasalligini keltirib chiqargan sababni yo'qotishga 
qaratilgan. Agar kasallik sigirlarni mashinada sog'ish qoidalari buzilganligidan 
kelib  chiqqan,  hali  yallig'langan  joyga  infeksiya  tushgan  bo'lmasa,  unda 
mashinada sog'ishdan voz  kechish  lozim.

Mastitining paydo bo'lishida patogen mikroblarning roli juda katta. Shuning 
uchun  sigirning  mastit kasalligini davolashda  ko'pincha bakterisid va fungi- 
sid preparatlardan keng foydalaniladi.  Bu dorilar, odatda novokainda eritilib, 
yelin  ichiga, teri ostiga,  muskul  orasiga va qonga yuboriladi.
D avolanishning  sam arasi  m ikrofloralarni  biz  tanlagan  dorilarga 
chidamligiga,  dorini  yuborish  usuliga  va  qisman  uning  yuborilayotgan 
miqdoriga bog'liq  bo'ladi.
Yelin ichiga dori moddalarni yuborish. 
Yelin ichiga eritmalarni yuborish 
usuli  mastitni  seroz  turidan  tashqari  barcha turlarida  qo'llaniladi.  Eritmalar 
yelinga  50— 100  ml  miqdorida  38—40°C  isitilgan  holda  yuboriladi.  Buning 
uchun  oldin  yelinning  jarohatlangan  choragi  yaxshilab  sog'ib  tashlanadi, 
so'ngra emchak terisiga spirt surtilib, uning kanaliga aylanma harakat qildirilib, 
vazelin surtilgan sut kateteri yuboriladi.  Sog'ilganda, odatda sut kateteridan 
ozroq sekret ajraladi. So'ngra kateterga steril rezina naycha va shprits ulanadi 
hamda  kuchsiz  bosim  bilan  sekin  eritma  yelinga  yuboriladi.  Eritmaning 
emchakka yuborish tugallangandan so‘ng emchakning uch qismi dori qaytib 
chiqib ketmasligi uchun biroz bosib ushlab turiladi.  So‘ng  1—2 soat o'tgach, 
sog'ib  tashlanadi.  Yelin  ichiga dori  moddalarni  yuborish  mastit  turlariga va 
kasayaning kechishiga ko'ra kuniga 1 —2 marta o'tkaziladi. Agar sut tarkibida 
turli quykalar bo'lsa, oldin yallig'langan yelin choragiga tuz-sodali eritma yoki 
nashatir  spirtining  0,5%  li  sutdagi  eritmasi  ta’sir  ettiriladi,  so'ngra  15— 20 
daqiqadan  so'ng  bular  sog'ib  tashlanib,  emchakka  davolovchi  eritma 
yuboriladi.
Yelin ichiga dori yuborish paytida shuni esda saqlash lozimki, emchakka 
tez-tez  kateterizatsiya  o'tkazish  bu  uning  yo'llarini  torayishiga  olib  keladi. 
Jarohatlangan  yelin  choragiga  antiseptik  eritmalarni  yuborish  bilan  mastit 
kasalligini qo'zg'ayotgan  mikroorganizmlarni yo'qotish  mumkin.
Antibiotiklar  novokainning  0,5%  li  eritmasida  eritilib,  100  ming  TB  dan 
500 ming TB gacha yuboriladi. Bir vaqtning o'zida bir necha antibiotiklardan 
foydalanish,  masalan,  penitsillin va streptomitsin,  penitsillin,  eritromitsin  va 
boshqalar yaxshi natija beradi.  Patogen zamburug'lar qo'zg'agan  mastitlar- 
da fungisid va fungistatik dori moddalaridan nistatin, levorin va boshqalarining 
0,5— 1%  li  eritmalari  qo'llaniladi.  Bundan  tashqari  turli  suspenziyalar  ham 
keng  qo'llaniladi.
M astisan
 A yelinning jarohatlangan choragini emchak kanaliga tyubikdan 
yoki  shprits  yordamida  2—3  doza  yuboriladi.  Shundan  so'ng  yallig'langan 
joy  pastdan  yuqoriga  qarab  yengil  massaj  qilinadi.  Sut  berayotgan  kasal 
sigirlarga  sog'ayguncha  mastisan  A  kuniga  2  marta,  tug'ishi  yaqin  qolgan 
sigirlarga esa 1—2  marta yuboriladi.  Mastisan A yuborilgan yelindan sog'ib 
olingan sutni, dorining oxirgi dozasi yuborilganidan 3 kundan  keyin ovqatga 
ishlatish  mumkin.
M a s tis a n
  B  yelin  ichiga  1—2  marta  boshqa  davolash  usullari  bilan 
birgalikda yuboriladi.
Mastisan
 E 5 ml miqdorida tyubiklarda solingan holda chiqariladi.  Preparat 
yelin  ichiga kuniga  1—2  marta 3  kun  mobaynida qo'llaniladi.

M astitsid
  seroz,  kataral,  fibrioz  va  yiringli  mastitlar  bilan  kasallangan 
sigirlarni davolashda qo'llaniladi.  Mastisidni sigirni soqqandan so'ng  kuniga
2, tug'ishiga yaqin qolganlariga esa 1  marta 2—3 kun davomida qo'llaniladi.
M a s ta e r o z o l
— ko'pik hosil qiluvchi aerozol ballonchalarida saqlanuvchi 
dori.  Ballonchadagi dori qo'llanishidan oldin 40° da qizdirilib, yaxshilab ara- 
lashtiriladi.  Jarohatlangan  yelin  sutining  choragi  sog‘ib  tashlanib,  emchak 
yo'liga yuborilgandan so'ng u 3—4 sekund siqilib dori yelin ichiga purkaladi. 
Bu  vaqt  ichida yelinga yetarli  miqdorda dori  purkaladi.  Sut  beradigan  klinik 
ko'rinishdagi kasal sigirga kuniga 2 marta sog'ayguncha, yashirin shakldagi 
mastit  kasalliklarda  kuniga  1  martadan  3  kun  davomida,  tug‘ishiga  yaqin 
qolgan  sigirlarda 3—4  kun  oralatib 3 marta préparai yuboriladi.
Neo m isin
  — 
sulfodim izen  suspenziyasi
 streptokokklarga,  stafolokokk- 
larga,  ichak  tayoqchalariga  va  boshqa  mikrofloralarga  bakterisid  ta’sir 
ko'rsatadi.  Yelin  ichiga  1—2 doza miqdorida yuboriladi.
P e nersin
 antibiotik, gidrokartizon va bo‘yovchi moddalar aralashmasidan 
iborat bo'lib, sut bilan antibiotiklarni ajralib chiqish vaqtini nazorat qilish uchun 
ishlatiladi.  Preparat muskul orasiga kuniga 3 marta yuboriladi.
F u rin o l
mikroblarga qarshi ta’sir ko'rsatadigan nitrofuron qatoriga kiruvchi 
furginni o‘z ichiga oladi.  Preparat yelin ichiga 10 ml miqdorda 3 marta har 12 
soatda yuboriladi.
M a s tik u rv e n g e r
 praparati, yelin ichiga har 24 soatda 3 marta yuboriladi.
Agar  mastit  kasalligi  qo‘zg‘atuvchilarining  turiga  qarab  dorilar  to‘g‘ri 
tanlanib, o‘z vaqtida qo'llanilsa antiseptik dori moddalarining samarasi yaxshi 
bo'ladi.
Mastitning  ayrim  turlari  (yiringli-kataral,  fibrinli,  gemoragik)  kasal  hayvon 
organizmida  tan  haroratining  ko'tarilishi,  ishtahaning  pasayishi,  tashqi 
taassurotlarga  befarq  bo'lishi  qo‘zg‘atiladi,  bunday  paytda  qon  tomir  ichiga, 
muskul orasiga, teri ostiga quyidagi dorilarini qo'llash tavsiya etiladi: qon tomiri 
ichiga 100— 150 ml miqdoridagi kalsiy xlorning 10% li eritmasiga 2—3 g kofein 
qo'shilib,  150—200  ml  miqdoridagi  glukozaning  40%  li  eritmasiga  askorbin 
kislotasi aralashtirilib hamda 250 ml norsulfazolning streptomitsin, penitsilinning 
eritromitsin, oksite-tramitsin, neomitsin bilan birgalikdagi eritmalari kasal hayvon 
holatiga  qarab,  har  kilogramm  tirik  vazn  hisobiga  3—5  ming  TB  miqdorida 
yuboriladi.  Qayta davolash  har 6— 15 soatda o‘tkaziladi.

Yüklə 24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə