Rivojlantirish instituti a. R. Jabborov, S. S. Sotiboldiyev veterinariya akusherligi, ginekologiyasi va sun



Yüklə 24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/40
tarix28.04.2017
ölçüsü24 Kb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40

J a rro h lik   u su llari. 
Yuza  tomonida  joylashgan  yiringli  o'choqlarni 
uzunasiga kesib,  infeksiyalangan jarohatlar davolanadi. Chuqur abssesslar 
kesilmaydi, undagi yiringlar shprits orqali tortib olinadi, so'ngra bu bo'shliqqa 
antibiotik eritmasi yoki yodning  1 % li spirtli eritmasi yuboriladi,  bunday davo­
lash  3— 4  kun  davom  etadi.
Yelin  oqsilini  davolash  xuddi  o'tkir  mastitlarni  davolash  singari  bo'ladi. 
Shu  bilan  birga oqsil  kasalligida terida paydo bo'lgan afta va eroziyalarning 
10%  I  streptotsit  yoki  5%  li  sintomitsin  emulsiyasi  surtiladi.  Bunda  hayvon 
3— 5 kunda sog'ayadi.
Yelin aktiminozi.
 Bunda shikastlangan yelin choragining to'qimalarida ham 
yuza, ham chuqur abssesslar paydo bo'ladi. Shularning bir qismi tashqariga

y o rila d i  va  o'rnida  tezda  bitaverm aydigan  oqm alar  paydo  bo'ladi. 
To'qimalarning  ichkarisidan joy olgan  abssesslar sut yo‘llariga yoriladi yoki 
kapsulalarga o'raladi. Bunday paytlarda yelinga odatdagi dozalarda penitsillin 
yuboriladi.  Yelin  aktiminoz  kasalligini  davolashda  (jarrohlik  usullaridan 
foydalanib)  yallig'langan  joyga  lyugol  yoki  5%  li  yod  eritmasi  bilan  ishlov 
beriladi.
Yashirin  mastitlarni  davolashning  alohida  usuli. 
Bunday  mastitlarni 
davolashda tezda sut bilan ajraladigan antibiotiklami qo'llash tavsiya etiladi. 
Bunday talablarga javob beradigan antibiotiklarga penitsillin va eritromitsinlar 
kiradi.  Ulardan  yashirin  mastit  kasalliklarini  davolash  maqsadida  50— 100 
ming TB miqdorida suvdagi  eritmasidan olib yelinga yuboriladi.  Sigirlarning 
yashirin  mastitlarini  davolash  maqsadida  penorsin,  mastisan,  mastisin, 
mastikur va boshqa dorilar qo'llaniladi.
YELIN  VA  EMCHAKLAR  JARROHLIKLARI
Darsning  maqsadi: 
Yelin  va  emchaklarda  o'tkaziladigan  jarrohliklar 
texnikasi,  uni  o'zlashtirish va sut bezini  amputatsiya qilishni o‘rganish.
Tekshirish obyektlari va kerakli jihozlar: 
sigir, echki, qo'ylaming emchak 
kasalliklari  bilan  og'rigan  sut bezlari,  kichik jarrohlik asboblar to'plami,  ipak 
iplar,  inyeksion  ninalar,  10, va 20 v  100  ml  li shpritslar,  Myuzo qisqichi,  dia- 
metri har xil bo'lgan sut kateterlari, polixlorvinildan yasalgan naychalar, 0,25 
va 0,5%  li  novokain eritmasi,  kolloid eritma,  doka,  paxta.
Qisqacha  metodik  ko'rsatma. 
Talabalar operatsiya  o'tkazish  yo'llarini 
so'yilgan  hayvonlardan  ajratib  olingan  sut  bezlarida,  so'ngra  esa  tirik 
hayvonlarda bajaradilar. Barcha davolash usullari samara bermagandagina 
operatsiya qilinadi.
Emchak  kanalining  torayib  qolishi. 
Emchak  kanallarining  tor  bo'lishi 
sigirlarda  ko'pincha  tug'ma  bo'ladi.  Bunday  emchaklar  ingichka  va  uzun 
bo'lishi bilan ajralib turadi. Ko'pincha jarohat va yallig'lanish tufayli shilimshiq 
pardaning  o'sib  ketishi  natijasida  emchak  yo'lining  torayib  qolish  hollari 
uchraydi.
Emchak paypaslab ko'rilganda sut kanalining shnurga o'xshab yo'g'on tortilib 
qolgani seziladi. Ba’zan emchakning faqat pastki yo'g'onlashgan qismida, hatto 
sfinkter sohasida kattaligi no'xat donasidek keladigan tuguncha bo'ladi.
Kanalning  hamma  yog'i  torayib  qolsa,  sut  arang  sog'iladi,  ayni  vaqtda 
ingichka  oqim  bilan  chiqadi.  Emchak  yo'lining  uchigina  toraygan  bo'lsa, 
sog'ilayotgan sut oqimi yon tomonga sal og'adi yoki bir necha oqimga bo'linib 
chiqadi.
Emchak  yo'li  o'sib  ketgan  shilimshiq  parda  bilan  butunlay  bitib  qolsa, 
sog'ishga yaramaydi, bu, sut sisternasi va sut yo'llarida turib qoladi. Natijada 
tegishli yelin choragining bez to'qimasi atrofiyaga uchraydi.  Emchak yo'lining 
faqat uchi toraygan taqdirda uni  kengaytirish  mumkin,  biroq tug'ma tor yoki 
bitib ketgan  bo'lsa,  uni davolash  hattoki  operatsiya ham foyda  bermaydi.

Emchak yo‘l¡  biroz toraygan bo'lsa, sutni ohista va batamom sog'ib olish 
kerak.  Bundan  tashqari,  yod-vazelin  bilan  ohista  massaj  qilish  usuli 
qo'llaniladi.
Emchak yo'lini  kengaytirish  uchun sutni sog'ib olish  maqsadida emchak 
kanaliga sut kateteri, polixlorvinil naycha, A. A. Osetrov bujlari yoki shox zondi 
kiritiladi va 30 daqiqagacha saqlanadi.
Bu  buyumlar  ko‘p  ishlatilsa,  ko'pincha  emchakning  yallig'lanishiga  va 
sisternaga infeksiya kirishiga sabab  bo'lishi  mumkin,  natijada turli asoratlar 
ro‘y beradi. Asboblarni  ishlatishdan  oldin qaynatib dizenfeksiyalash  kerak.
Emchak yo'lining  uchi  bitib  qolgan  bo'lsa,  shu  bitgan joy do‘mboq  bo'lib 
qoladi.  Do'ppayib  qolgan  bitishma  butsimon  qilib  kesiladi,  shunda  sut 
odatdagidek chiqadi.
Emchak  yo'lidagi  kichkina  bitishmani  dumaloq  pichoq  (sajin  avtomati) 
yoki  emchak kanaliga tutiladigan  pichoq  bilan  kesib tashlasa bo'ladi.
Emchaklar terisining yorilishi. 
Yelin toza tutilmasa va noto'g'ri sog'ilsa, 
emchak terisi yoriladi. Teri uzunasiga va ko'ndalanligiga yorilib, uzunligi 1 — 
10  mm ga  boradi.  Ularning  qalin tortgan qattiq chetlari  bo'ladi.  Shu chetlari 
ko'pincha ekssudat po'stloqlari  bilan  qoplanib turadi.  Bunday  hollarda ham 
sog'ish  davom ettirilsa, sigirlar og'riqdan azoblanib,  sut bermay qo'yadi.
Teridagi  yoriqlar  ifloslanganda  yiring  paydo  bo'ladi,  bu  flegmonali 
yallig'lanishga  olib  kelishi  mumkin.  Emchak  terisi  quruq  va  qattiq  bo'lsa, 
sog'ishdan  oldin  va  keyin  iliqroq  suv  bilan  yuvib,  5%  li  borli  vazelin  surib 
qo'yish kerak. Sog'ish vaqtida sigirlar bezovtalanadigan bo'lsa,  ular jarrohlik 
yo'li  bilan  davolanadi.
Emchaklarning yorilishi organizmda B2 vitaminning yetishmasligi tufaylidir. 
B2  vitamin  (riboflavin)  berilsa,  bu  kasallikning  oldi  olinadi.  Achitqilar,  ko'k 
oziqlarda B2 vitamin  ko'p bo'ladi.  Sirtiga esa 5% li riboflavin surtish mumkin.
Emchak so'gallari. 
So'gallar ko'pincha emchaklarda joylashadi va ba’zan 
yelinning  hamma  yog'ini  qoplab  oladi.  Ular  qoramolda  ko'proq  uchraydi, 
og'rimaydi,  lekin sog'ishga xalaqit beradi.
So'gallar  uzun  bo'lsa,  ip  boylab  qo'yish  tavsiya  etiladi.  Ip  so'gal  tushib 
ketguncha qoldiriladi.  So'gallarning tubi  katta bo'lsa,  ular kislota yoki  lyapis 
bilan  kuydiriladi,  mayda  so'gallarga  esa  10,0  salisilat  kislota  va  90,0 
vazelindan iborat malhamni har kuni 2—3 marta, sog'lom teriga tekkizmasdan 
surtib qo'yish  kerak.
Emchaklarda  paydo  bo'lgan  so'gallarni  mol  sutdan  chiqqan  davrdagina 
olib tashlash tavsiya etiladi.
Sut toshlari. 
Kalsiy karbonat va  kalsiy fosfat cho'kib qolgan  kazein  ipir- 
ipirlari 
su t to sh chalari
deb ataladi. Sistemada sutning turib qoiishi yoki yelinni 
sut chiqarish yo'llari shilimshiq pardasining yallig'lanishi  natijasida sut tosh­
chalari  paydo bo'ladi.
Mayda  toshchalar  dastlabki  sut  bilan  birga  chiqib  ketadi  va  emchak 
kanalidan o'tar ekan, o'sha joyda to'xtab qolib sut sog'ib olishni qiyinlashtirib 
qo'yadi. Bunday hollarda emchak kanalida sut toshlari bor-yo'qligi paypaslab 
ko'rib topiladi.  Ular har xil  shaklda va harakatda bo'ladi.

Yumshoq  konsistensiyali  toshlar  massaj  qilib  olib  tashlanadi.  Qattiq 
toshlami yumshatish uchun emchak kanaliga 1 % li potash eritmasi yuboriladi, 
shundan  keyin toshlar sog'ish  bilan chiqarib yuboriladi.
Katta-katta sut toshlari bo'lgan taqdirda sut sisternasi kesib olib tashlanadi, 
keyin  shilimshiq  pardaga  (ketgutdan)  teri  va  uning  ostidagi  to'qimalarga 
(ipakdan) chok qo'yüadi.  Emchak jarohatiga kolloid eritmasi surtib qo'yüadi. 
Yelinning operatsiya qilingan choragidan 5—7 kungacha sut faqat sut kateteri 
orqali olinadi.
Sut  bezini  e k s tirp atsiya  qilish. 
Sut  bezining  yoki  uning  ma’lum 
jarohatlangan  qismlarini  ekstirpatsiya  qilish  sigirlarda  yelin  gangrenasida, 
yelinda o'smalarning hosil bo'lishi, yelin aktinomikoz kasalliklarida, qo‘ylarda 
yelin gangrenasi kasalligida o'tkaziladi.  Bunda sigir yon yoki orqa tomoniga 
yotqizilib  bog'lanadi.  So'ng  0,25%  li  novokain  kesish  chizig'i  bo‘ylab  kasal 
yelin  choragi  yoki  yarmi  asosining  ostki  tomoniga  yuboriladi.  Shuningdek, 
Bashkirov usuli bo'yicha og‘riqsizlantirish  ham mumkin.  Yelin terisi emchak 
asosidan  aylanma  qilib  kesilib,  so'ngra  oldingi  va  orqa  tomonlarga  qarab 
yelin chegarasigacha kengaytiriladi. Yelin terisi qaychi bilan barmoqlar kon- 
trolligi asosida ajratiladi.  Keyin sut bezlari  Myuzo qaychisi bilan  kesib olinib, 
qorin  bo'shlig'i  devoridan  ajratib  olinadi,  bunda  qon  tomirlarining  paydo 
bo'lishiga qarab, ularni bog‘lab boriladi. Qon oqishi to'xtagandan so‘ng yara 
tamponlar bilan  quritiladi va teri chetlari tugunli choklar bilan tiqiladi.
Jarohatlarni oldingi va orqa qismlaridan ekssudatlarning oqib chiqishi va 
yaraga drenajlami yuborish uchun teshik qo'yilishi kerak. Operatsiyadan so‘ng 
jarohatlarni  toza  tutish,  drenajlami  o‘z  vaqtida  almashlab  turish,  yarani 
antibiotikli eritmalar, rivanol, vodorod perekisi bilan yuvib turish lozim. Muskul 
orasiga antibiotiklar yuboriladi.
Qo'y va echkilarning jarohatlangan  sut bezini  kesib olib tashlash  uchun 
yelin  oralig'idagi  ariqchaga  parallel  ravishda  birinchi  kesim  o'tkazilib,  yelin 
o‘rta  qismidan  2—3  sm  qoldiriladi,  birinchi  kesimga  perpendikulyar  holda 
emchakning  oldi  va  orqa  tomonidan  ikkinchi  kesim  o'tkaziladi.  Yelin  terisi 
kesib  ajratilgandan  so‘ng  sut  bezlari  qorin  devoridan  ajratib  olinadi,  qon 
tomirlar  bog'lanadi.  Teri  tugunsimon  choklar  bilan  tiqiladi.  Operatsiyadan 
keyin  hayvonni asrash xuddi sigirlarniki  singari  bo'ladi.
BOSHQA  TUR  HAYVONLARDA  MASTIT  KASALLIGINING 
KECHISHI  VA  DAVOSI
Darsning  maqsadi: 
Qo‘y,  echki,  ona  cho'chqa  va  biyalarda  mastit 
kasalligining  kechishi,  belgilari va ularning davolash  usullarini o'rganish.
Tekshirish  obyektlari  va  kerakli  jihozlar: 
mastit  kasailigiga  uchragan 
sovliq,  echki,  ona  cho'chqa  va  biyalar.  S ig irla r  m astit  ka sailig ig a  
qo‘llaniladigan davolovchi preparatlar,  asboblar va materiallar.
Qisqacha metodik ko'rsatma. 
Dars kafedra klinikasi, laboratoriyasi yoki 
o'quv xo'jaligida olib  boriladi.

Sovliqning  mastit  kasalligi 
sigirlarniki  singari  kechadi,  ammo  ularda 
ko'pincha gangrenozli  mastit shaklida  bo'ladi.  Kasai  qo'ylar tez-tez sog'ila- 
di,  yelin  asosiga 40— 60  ml  5%  li  novokain  eritmasiga 600  ming TB  bitsillin
—  3 aralashtirib, qisqa muddatli novokainli blokada o'tkazildi.  Blokada 3—4 
kunda qaytarilib turiladi. Shuningdek antibiotiklardan 200 ming TB miqdorida 
muskul orasiga va qon tomiriga yuborish  mumkin.
Gangrenozli  mastitda  1—2 choy qoshiq  myetil  ko'kidan  (1:1000)  kuniga
2—3  marta  ichiriladi,  tez-tez  sog'iladi.  Muskul  orasiga  kuniga  2— 3  marta 
penitsillinni  yoki  streptomitsindan  200  ming  TB  miqdorida  yuboriladi.  Sut 
bezlarining  nerv  tolalari  qisqa  muddatli  blokada  qilinadi.  Bu  davolar foyda 
bermasa,  sut bezi amputatsiya qilinadi.
Gangrenoz mastitning oldini olish  uchun  qo'ylar emlanadi.
Ona  ch o ‘chqa  mastiti. 
Ona  cho'chqa  mastiti  kasalligida  ko'pincha 
yelinning  yarmi  jarohatlanadi,  kasallik  kataral  yallig'lanish  ko'rinishida 
namoyon bo'ladi. Ayrim hollarda sut bezi terisida mayda-mayda yiringli yaralar 
yoki  1—2  ta  katta  abssesslar  paydo  bo'ladi.  Kasai  ona  cho'chqa  ajratilib 
olinadi va yeliniga oksitosin yuborilib, tez-tez sog'ib tashlanadi, jarohatlangan 
joyga kamfora moyi, kamfor-ixtiol malhami surtilib novokainli blokada qilinadi. 
Buning  uchun  qorin  devori va yallig'langan  sut  bezlari  oralig’ida 30—40  ml
0,25—0,5% li novokainli 200 ming TB miqdorida penitsillin aralashtirilib yubo­
riladi. Zarur hollarda blokada yana 24—48 soatdan so‘ng qaytariladi. Yiringli 
jarohatlar  sodir  bo'lganda  ular  yorib  davolanadi,  gangrenozli  yallig'langan 
qismi  amputatsiya qilinadi.  Abssess  bo'lgan  bo'shliqlar yiringdan tozalanib, 
antibiotiklar dezinfeksiyalovchi moddalarbilan ho'llangan drenajlar yuboriladi.
Biya mastiti. 
Biyada ko‘pincha kataral yoki yiringli kataral shakldagi mastit 
uchraydi. Ko'pincha yelinning yarmi, ayrim vaqtlarda hammasi jarohatlanadi. 
Biyalarda yelin  botriomikozi  ham  uchraydi.
Kasai biyalarni davolashda ularning  kulunlari emizilmaydi, tez-tez sog'ib 
tashlanadi, sut bezi nervlari qisqa muddatga novokainli blokada qilinadi. Kasai 
yelin  choragi  asosiga  100 ml  0,5%  li  novokain  eritmasiga  300  ming  TB 
miqdorida penitsilin yoki streptomitsin aralashtirilib yuboriladi. Kerak bo‘lgan- 
da blokada 2—3 marta har 48 soatga qaytariladi. Yallig'lanishning xarakteriga 
ko‘ra  davolash  uchun  sovuq,  issiq  yoki  boshqa  usullardan  foydalaniladi. 
Yetilgan  abssesslar  yorib  tashlanib,  o'miga  dezinfeksiyalovchi  malhamlar 
qo'yiladi.
Sut  bezi  botriom ikozida  jarohatlangan  qismi  o‘rnida  ekstirpatsiya 
o'tkaziladi.
Mastitning oldini olish 
kompleks tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Bular ichida 
eng  muhimi  hayvonlarni  ilmiy  asoslangan  holda  oziqlantirish,  asrash, 
mashinada  to ‘g‘ri  sog‘ish  va  veterinariya-zoogigiyena  qoidalariga  rioya 
qilishdir. 

i

NASLSIZLIK TURLARI  VA  SABABLARI
Qisirlikning sabablari va xillari. 
Urg'ochi mollarning qisirligi (sigir, qo‘y, 
echki,  cho'chqa  va  biyalarda)  deyilganda,  vaqtincha  yoki  hech  qachon 
ko‘paya olmasligi,  nasl  bera olmasligi tushuniladi.
Tuqqanidan keyin tegishli muddat o‘tgach,  kuyukmaydigan, shuningdek, 
chatishtirgandan keyin ham tuxumi urug'lanmagan mollar amalda qisir mollar 
qatoriga kiritiladi. Yosh  urg'ochi mollar tegishli yoshga yetib,  rivojlangandan 
keyin ham ularda jinsiy sikl boshlanmasa yoki chatishtirganidan keyin tuxumi 
urug'lanmay qolsa,  ular qisir deb hisoblanadi.
Mollarning  qisirligi  chorvachilikni  rivojlantirish  davlat  planini  bajarishga 
ta’sir qiladi va xo'jaliklarga katta zarar yetkazadi. Bu zarar naslsizlik bilangina 
emas, balki chorvadan olinadigan  hamma turdagi mahsulotlarning  kamayib 
ketishi  bilan  ifodalanadi.  Bundan  tashqari,  xo‘jaliklar  qisir  mollarni  boqish, 
parvarish qilish va asrash uchun o'rinsiz sarf-harajat qiladi, keyinchalik ularni 
vaqtidan  ilgari  brakka chiqarishga majbur bo'ladi.
Qisirlik  sabablari  xilma-xildir.  Q isirlik  urg'ochi  yoki  erkak  molning 
kamchiligiga organizm bilan tashqi muhit o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning 
buzilishiga  bog'liq.  Urg'ochi  molning  yashash  davridagi  tashqi  muhit  ta’siri 
uni vaqtincha yoki  bir umr qisir bo'lib qolishiga sabab bo'lishi  mumkin.
Mol qisirlikka hayoti davomida yo'liqishi va tug‘ma bo‘lishi  ham  mumkin.
Qisirlik hayotda orttirilgan sabablarga ko'ra,  quyidagi xillarga bo'linadi:
1. 
Alimentar  qisirlik 
(alimetum-oziq-ovqat)  molni  noto‘g‘ri oziqlantirish 
tufayli  kelib chiqadi.
Molni  noto'g'ri oziqlantirish,  uni yolchitib boqmaslik (yem-xashak yetish- 
masligi  —   och  qolishi),  ortiqcha  boqish  (keragidan  ortiqcha  oziq  berib, 
semirtirib  yuborish)  yoki  oziq  ratsionlarida  jinsiy  sistema  organlarining 
faoliyatiga  ta’sir  qiluvchi  birorta  muhim  komponentlar  (vitaminlar,  mineral 
moddalar,  oqsillar)ning  yetarli  bo'lmasligi  qisirlikka  olib  kelishi  mumkin. 
Masalan, A-gipovitaminozda bachadon shilliq pardasining epiteliysi buziladi; 
V -gipovitam inozda  jinsiy  bezlar  degenaritiv  o ‘zgarishlarga  uchraydi, 
akobaltozlar ko‘payish funksiyasini  izdan chiqaradi va  hokazo.
Mol yetarli boqilmasa, organizm holdan ketadi, bu jinsiy jarayonlarga ta’sir 
etadi  (ovulyatsiya bo‘lmaydi,  mol  kuyukmaydi).
Mollar  oqsil,  uglevod  yoki  yog'larga  boy  bir  xildagi  oziq  bilan  surunkali 
boqilsa,  tuxumdonlar  funksiyasi  susayib,  ularning  maxsus  to'qimasi  asta- 
sekin  yog‘  kletchatkasi  bilan almashinadi.  Semirgan  mollarning tuxumdoni

kichrayibgina qolmay, balki zichlashadi ham; bunda mol avvaliga qisqa mud- 
datga kuyukadi,  keyin  esa butunlay  kuyukmaydi.
Mol  yaxshi  boqlb  turilganda  ham  moddalar  almashinuvi  buziladigan 
(oshqozon-ichak yo'li va boshqa organlaming kasalliklarida) bo'lsa, alimentar 
qisirliklar kelib chiqishi  mumkin.
2.  M ollarni  noto‘g ‘ri  asrash  va  ulardan  n o to ‘g ‘ri  foydalanishga 
aloqador qisirlik. 
Mollarni  muntazam  kezdirmaslik, zax, dim  hamda sovuq 
binolarda boqish organizmda moddalar almashinuvini susaytiradi va oziqning 
yaxshi  singmay  qolishiga  sabab  bo'ladi.  Bularning  hammasi  jinsiy  a’zolar 
funksiyasini susaytiradi,  bu esa jinsiy siklning zaiflanishiga yoki yo'qolishiga 
ham  sababchi  bo'ladi.
Urg'ochi otlarni haddan tashqari ko'p ishlatish, jumladan yo'rg'a va chopqir 
biya zotlarini hadeb aravaga qo‘shaverish  ko'pincha, jinsiy a’zolar funksiya- 
sining  susayib qolishiga va tug'maslikka sabab bo'ladi.
3.  Molni noto‘g ‘ri qochirish yoki urug'lantirish, 
bo'g'oz-bo'g'ozmasli- 
gini tekshirmaslik oqibatida kelib chiqadigan, shuningdek, erkak hayvondagi 
funksional  kasalliklarga  aloqador  kasallik.  Mol  qochirilganligi  hisobga  olib 
borilmasa,  erkak molga ortiqcha zo‘r kelib, jinsiy zaiflashi  mumkin.
Molning  kuyukkanligini  bilmay  qolish  va  shu  paytni  o'tkazib  yuborish 
qisirlikka sabab  bo'ladi.  Urg'ochi  mollar voyaga yetganidan  keyin  qochmay 
q olsa,  bachadonda  a tro fik   ja ra y o n la r  yu zag a   kelib,  tuxu m d o nlar 
funksiyasining  buzilishiga  olib  keladi.  Vaqt-vaqtida  kuyukib  turadigan 
mollarning  uzoq  urug'lanmay  qoiishi  ovulyatsiya  va  kuyukishning  bir  umr 
yoki  uzoq  muddatga to'xtashiga sabab bo'ladi.
Mollarning  bo'g'oz-bo'g'ozmasligi  urug'lantirishdan  45— 60  kun  keyin 
m untazam   tekshirib  turilm as  ekan,  bo'g'oz  bo'lm ay  qolgan  mollarni 
aniqlashning  iloji  bo'lmaydi.
Urg'ochi  molning  qisirligi  erkak  moldagi  kamchilikka  bog'liq  bo'lishi 
mumkin,  uning  uchun  erkak  molni  vaqt-vaqtida diqqat bilan tekshirib turish 
kerak.  Erkak mollarda sperma sifatini yomonlashtiradigan yoki butunlay hosil 
bo'lmay qolishiga olib keladigan jinsiy a’zolar kasalliklari ko'p uchraydi. Erkak 
mollarni noto'g'ri boqish, asrash, parvarish qilish, urg'ochisiga noto'g'ri quyish 
natijasida  ham  sperma  sifati  yomonlashadi  va  erkak  mol  urgochi  molga 
bormaydigan  bo'llb  koladi.
4.  Jinsiy a ’zolarning  (ginekologik)  kasalliklarga aloqador qisirlik.
5.  Mollar  iqlimi  jihatidan  keskin  farq  qiladigan  bir joydan  ikkinchi  joyga 
ko'chirilganida, 
iqlimga aloqador qisirlik 
yuzaga keladi, bunda mollar yangi 
yashash  sharoitlariga moslasha olmaydi.
6.  Yaqin qon-qarindosh mollar chatishtirilganda, yuzaga keladigan 
qisirlik.
7.  Qarilikka (klimakterik davrga) aloqador qisirlik, 
bunda ovulyatsiya 
yo'qolib,  mol  kuyukmaydigan  bo'lib  qoladi.  Klimakterik davr sigirda  15— 20 
yoshda, qo'y va echkida 8— 9 yoshda, cho'chqada 6— 8 yoshda, biyada esa 
20— 25 yoshda boshlanadi.
Biroq, qisirlikni keltirib chiqara oladigan sabablar yuqorida aytilganlaming 
o'zigina emas. Yuqorida aytib o'tilganidek, qisirlik tug'ma bo'lishi ham mumkin.

Tug'm a  qisirlik: 
infantilizm,  germafroditizm,  frimartinizm  va  hokazo 
shakllarida namoyon  bo'ladi.
1.  Infantilizm  deb, 
urg'ochi  jinsiy  a’zolarning  yetilmay  qolishi  yoki  mol 
qochadigan yoshga yetganida jinsiy siklning  bo'lmasligiga aytiladi.
2. 
Germafroditizm 
(xunasalik)  da  bitta  individning  o‘zida  urg'ochi  va 
erkak jinsiy a’zolar bo'ladi. Bunday holatda jinsiy a’zolar, odatda, rivojlanmay 
qoladi.  Haqiqiy germafroditizm juda  kamdan-kam  uchraydi.
3.  Frimartinizmda,  ba’zi  urg'ochi  jinsiy  a’zolar  yetilmay  qolgani  holda 
klitorning  haddan tashqari  rivojlanib,  shaklan  erkak jinsiy organiga o'xshab 
qoladi. Bu patologiya, asosan, sigirlar har xil jinsli egizak tuqqanida ko'riladi.
Jinsiy a’zolarning boshqa anomaliyalari bachadon  bo'yni yoki kanalining 
bo'lmasligi,  qinning  qisman  yoki  butunlay  bitib  qolganligi  va  hokazolarda 
namoyon  bo'ladi.
Urg'ochi  mollarning  qisirligi  —  jinsiy  apparatda  va  umuman,  butun 
organizmda vujudga  kelgan  turli  kasalliklaming  simptomidir,  xolos.  Qisirlik 
ko'pincha,  qanday  bo'lmasin  biror  sababga  bog'liq  bo'lmay,  balki  bir  yo'la 
ta’sir ko'rsatadigan bir qancha sabablarga bog'liq. Qisirlik oshqozonda, ichak, 
buyrak, gipofiz, qalqonsimon bez va boshqa a’zolarning turli kasalliklari tufayli 
kelib chiqishi mumkin. Qisirlik ko'pincha, mol organizmiga turli parazitlarning 
(bakteriyalar,  gijjalar, sodda jonivorlarning) zararli ta’siridan yuzaga keladi.
Qisirlik bilan  birga davom  etadigan  ginekologik  kasalliklar orasida jinsiy 
a’zolardagi yallig'lanish jarayonlari hammadan ko'p tarqalgan. Bu kasalliklar 
aksari surunkali tus oladi va jinsiy a’zolarning morfologik o'zgarishlari hamda 
funksional kamchiliklari bilan birga davom etib, molni vaqtinchayoki umrbod 
tug'maydigan  qilib  qo'yadi,  organizmning  umumiy  ahvoliga  ta’sir  etadi  va 
ayrim  hollarda o'Iimiga sabab bo'ladi.
Urg'ochi molning jinsiy a’zolaridagi yallig'lanish jarayonini, yallig'lanishning 
hammaturlari singari, organizmning kasalliktug'diruvchi turli sabablarta’siriga 
javoban 
h im o ya -m os la s h is h   re a k s iy a s i
  deb  qarash  kerak.  Mol  noqulay 
sharoitda  boqilganda,  asralganda  va  ishlatilganda  organizmning  himoya 
reaksiyasi  pasayib,  ko'pincha, jinsiy a’zolarda yallig'lanish  avj  oladi.
Ginekologik  kasalliklaming  oldini  olish,  ularni  davolash  uchun  avvalo 
mollarga  parhez  oziqlar  berib,  yaxshilab  boqish,  to'g'ri  asrash,  bo'g'ozlik, 
tug'uruq  va  tug'uruqdan  keyin  ularga  normal  zoogigiyenik  sharoit  yaratib 
berish  lozim.
Kasallik  aniqlanganda,  kasal  mol  uchun  shifobaxsh-saqlovchi  rejimni 
ta’minlab, tegishli chora-tadbirlar ko'rish  kerak.
Vaqtida diagnoz qo'yish, molni yaxshiroq sharoitda asrash va tegishlicha 
davolash shifokor faoliyatida eng  muhim  bosqichlardan  biridir.
Ginekologik tekshirish usullari. 
Ginekologik tekshirish mol to'g'risidagi 
dastlabki  ma’lumotlarni  to'plash  (anamnestik  ma’lumotlar  va  klinik  tekshi- 
rishdan  tashkil topadi.
A n a m n e s t i k   m a ’lu m o tlar.
  Mol  to'g'risidagi  dastlabki  m a’lum otlarni 
to'plashda  nima  uchun  veterinariya  yordami  kerak  bo'lganini,  so'nggi 
tug'uruqning  vaqti  va  xarakterini,  molning  nechog'li  tez  kuyukib  turishini,

kuyukishning  o'tishi  va jadalligi,  molni  necha  marta va  qachon  qochganini, 
kechirgan  kasalliklarini,  qanday  sharoitda  asralishi  va  boqilishini  bilib  olish 
kerak.  Urg‘ochi  mollarning  tug'masligi  ko'pincha,  erkak  molga  aloqador 
bo'lgani uchun podadagi erkak mollarning nechtaligini, ularning umumiy ahvoli 
va xo'jaiikda yuqumli kasalliklar bor-yo'qligini anamnezdan aniqlab olish zarur.
Bundan  tashqari,  molning  necha  marta  siyishini  va  ichi  necha  marta 
kelishini  aniqlash  kerak;  molning  tez-tez  siyishi  va tez-tez  ichi  kelib turishi 
tos  a’zolarida  yallig‘lanish  jarayonlari  borligidan  darak  beradi  (qovuq,  qin, 
to‘g‘ri  ichak va boshqalarda).
Klinik  tekshirish.
  Patologik  jarayon  organizmda  ayrim  a’zolarning  biror 
funksiyasi buzilishiga sabab boMishi va morfologik strukturasining o‘zgarishiga 
olib  kelishi  mumkin.  Klinik tekshirish  bilan  a’zolarda aniqlangan  funksional 
va  morfologik  o'zgarishlarni  va  shuning  oqibatida  yuzaga  kelgan  kasallik 
jarayonining  ko'rinishlarini simptomlar (belgilar)  deb atashga odatlaniigan.
Kasallik  belgilarini  sinchiklab  o'rganish  hayvon  organizmining  umumiy 
ahvolini hamda ayrim a’zoiarini klinik tekshirishning asosiy vazifalaridan biri.
Belgilarga baho berishda hayvonlarning yoshiga yoki kuyukishi, bo‘g‘ozlik 
va  hokazo  singari  fiziologik  holatiga  aloqador  ba’zi  funksional  o'zgarishlar 
sog'lom  mollarda ham  uchrashi  mumkinligini  hisobga olish  muhim.  Bunday 
o'zgarishlarni  potologiya deb  bo'lmaydi.
Mollarda  uchraydigan  deyarli  hamma  kasalliklarning  o'ziga xos  belgilari 
yoki  belgilar  yig‘indisi  bor,  lekin  kasallikni  aniqlab  olishda  bor  simptom 
kompleksdan  asosiylarini  ajrata  bilish  muhim.  Bu  tekshirish  metodikasida 
ma’lum malaka bo'lishini, shuningdek, jarayonning o'tishidagi turli davrlarda 
ko'riladigan  kasallik  belgilarini  bilishni  talab  etadi.  Qanchalik chuqur analiz 
qilinsa,  mutaxassis  qancha  bilimli  va  tajribali  bo'lsa,  tekshirish  natijalari 
shuncha  ishonchli  bo'ladi va shu  qadartez olinadi.
Klinik  tekshirishlar  jumlasiga:  1) 
u m u m iy
  tashqi  tekshirish;  2) 
ichki 
tekshirish;  3) 
laboratoriyaäa
 tekshirish  (material olish va uni  laboratoriyaga 
yuborish  yoki o'sha joyning  o'zida tekshirish  uchun  material olish)  kiradi.

Yüklə 24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə