Umumiy tekshirish.
Bunda hayvon organizmining yaxlitligini hamisha
esda tutish va molning jinsiy a’zoiarini tekshirish bilangina cheklanmasdan,
balki umumiy klinik tekshiruv ham o'tkazish kerak. Ayni vaqtda molning
qorniga (shakliga, paypaslab ko‘rganda, og'rish-og'rimasligiga), sag'risiga
(shakli, holati, bog'ich apparatining ahvoliga) va tashqi jinsiy a’zolariga
(yallig'lanish belgilari, suyuqlik kelayotganligining va uning xarakteri, jinsiy
lablarda qora qo‘tir bor-yo'qligi va boshqalarga) e’tibor beriladi.
Harakatlarning uyg'unligi, oqsoqlanish, artritlar, bo'rsitlar (brusellezga
gumon tug'diradi) singari potologik belgilar bor-yo‘qligi, mol og'irligini bir
oyoqdan ikkinchi oyog‘iga solib turishi, nechog'li tez-tez siyishi, dumini
likillatishi va organizmida qichishishdan darak beradigan boshqa belgilar bor-
yo'qligi (trixomonozga gumon tug'diradi) ham tashqi tekshirishda aniqlanadi.
Ichki tekshirish.
Tekshirishning bu usuli vaginal (qin orqali) va rektal
(to'g'ri ichak orqali) tekshirishdan iborat, tekshirishning shu usullari jinsiy
a’zolarda patologik jarayon yoki anomaliyaiar vujudga kelishi munosabati
bilan kelib chiqadigan anatomik o'zgarishlarni ko'zdan kechirish va paypaslab
ko'rish bilan aniqlashga imkon beradi.
Qin orqali tekshirish.
Oldin qo‘l bilan jinsiy lablar ochilib, qin dahlizining
shilimshiq pardasi va klitor ko'zdan kechiriladi. So'ngra, qin teshigi paypaslab
ko‘rish yordami bilan qin va bachadon bo'yni tekshiriladi.
Ko'zdan kechirish vaqtida tabiiy yoki sun’iy yorug‘likdan (reflektor, elektr
fonarcha yoki maxsus chiroqdan) foydalaniladi.
Qin shilimshiq pardasi normal holatda och qizil yoki qizil rangda va sal
nam bo'ladi. Shilimshiq parda patologiyaga uchraganda, qizarib turadi,
shishgan joylar, katta-kichik qon quyilishlar, shilimshiqli, yiringli va taramlar,
tugunlar, pufakchalar, eroziyalar va hokazolar paydo bo‘ladi.
Bundan tashqari, qin orqali tekshirishda o'sma, chandiq, jarohat, yara va
boshqalarni topsa bo'ladi. Paypaslab ko'rilganda, qin shilimshiq pardasining
g‘adir-budurligi seziladi.
Patologik jarayon ham differensial diagnostikada roi o‘ynaydi. Masalan,
tugunlarning g‘uj-g‘uj bo‘lib, klitor yuzasida joylashishi va nurga o'xshab
tarqalgan qatorlar shaklida qin dahlizining yonidan joy olishi sigirlarda uch-
raydigan yuqumli vaginitga (vestibulitga) gumon tug'diradi.
Tiqinga o'xshab do'ppayib turadigan bachadon bo'ynini ko'zdan
kechirishda uning oigan o'rni, shakli, katta-kichikligi va bachadon bo'yni kanali
tashqi teshigining qanchalik ochiq turganligiga ahamiyat beriladi.
Hayvonlarda bachadon bo'yni, odatda, o'rtasida teshigi bo'lgan silindrik
do'mboq ko'rinishida qin bo'shlig'iga botib turadi (biyalarda 5 sm gacha,
sigirlarda 2—3sm gacha). Bachadon bo'yni, ko'pincha, birortomonga, pastga
yoki yuqoriga siljigan bo'ladi, bu hamma vaqt ham patologik jarayon borligini
ko'rsatmaydi. Bachadon bo'ynining kanali (qoramollarda) faqat tug'uruq vaq
tida, tug'uruqdan keyin bir oz vaqt va kuyukish paytida ochiq turadi. Mol
kuyukmagan paytda bachadon bo'yni kanalining ochiq turishi patologiya
hisoblanadi.
Bachadon bo'yni kanalidan suyuqlik kelayotgan bo'lsa, uning sababi
aniqlanadi.
To'g'ri ichak orqali tekshirish.
Rektal tekshirishda jinsiy apparatning
barcha ichki a’zolari holatini aniqlashda imkon bo'ladi. Sigirlarda qo'l to'g'ri
ichakka kiritilgandan keyin avval bachadon bo'yni topiladi. Agar u
kattalashgan va paypaslab ko'rilganda, xamirsimon yoki juda qattiq bo'lib
unnasa, bu patologiyadan darak beradi. So'ngra, qo'lni bachadon bo'ynidan
oldinga surib, bachadon tanasi va shoxlari paypaslab topiladi. Ayni vaqtda
bachadon shoxlarining shakli, katta-kichikligiga, qattiqligi va simmetrikligiga
ahamiyat beriladi. Bundan tashqari, bachadon devorlarining yuzasi va ichidagi
moddalarning sifati aniqlanadi.
Paypaslab ko'rilganda, bachadonning bir qadar kattalashgani (xususan,
fluktuatsiyasi) sezilsa, mazkur molning bo'g'oz-bo'g'ozmasligini aniqlash kerak.
Shunga qarab, mol yoki davolanadi yoki kasallanmagan, degan fikrga kelinadi.
Shundan keyin tuxumdonlar paypaslab topiladi (tuxumdonlar bachadon
shoxlarining uchida joylashgan bo'ladi). Shunda ularning katta-kichikligiga,
shakliga, konsistensiyasiga, sezuvchanligi va yuzasining holatiga e’tibor
beriladi. Tuxumdonlarning konsistensiyasi va katta-kichikligi follikulalarning
yetilayotganiga yoki sariq tana hosil bo'lganiga qarab, o'zgaradi. Ana shunday
fiziologik o‘zgarishlar patologiyani aniqlashda hisobga oiinadi.
Normal holdagi tuxum yo'llarini to'g'ri ichak orqali paypaslab topib
bo'lmaydi. Tuxum yo‘llari tugun-tugun, zieh yoki qalqiydigan tizimchaga
o'xshagan bo'lsa, bu tuxumdon naylarining katta o'zgarishlarga uchraganligini
bildiradi.
Anamnez, tashqi va ichki klinik tekshirish diagnoz qo'yish uchun,
ko‘pincha, aniq ma’lumot bermaydi. Bunday hollarda, diagnoz qo'yish yoki
uni tasdiqlash uchun laboratoriyada tekshirish usulidan foydalaniladi.
Laboratoriyada tekshirish. Laboratoriyada tekshirish ma’lumotlari qanday
bo'lmasin, biror kasallikka diagnoz qo'yish uchun yordam beribgina
qolmasdan, balki ba’zan kasallikning o'tishi to'g'risida taxminiy bir fikrga
kelishga, davolash planini belgilab olish va eng maqsadga muvofiq usullarni
tanlashga yordam beradi.
Ginekologiya amaliyotida ham kasallik sababchisini topish maqsadida,
ham qindagi suyuqlik holatini, bachadon va qindagi mikroorganizmlarni
aniqlashga to‘g‘ri keladi.
Laboratoriya tekshirishi uchun namunalar olishdan oldin jinsiy a’zolarni
chayish yaramaydi, siydik yo'lidan va qindan olinadigan suyuqlikni tekshirish
zarur bo‘lganda esa kovakni bo'shatish ham yaramaydi, chunki suyuqliklar
siydik va dezinfeksiyalovchi moddalar bilan yuvib tashlanadigan bo'lsa,
olingan namunada mikroblar bo'lmasligi mumkin.
HAYVONLAR NASLSIZLIGINING KLASSIFIKATSIYASI
A. P. Studensov
Urg'ochi hayvonlar naslsizligi
Erkak hayvonlar naslsizligi
Tug‘ma
Infantilizm
Infantilizm
Frimartinizm
Kriptorxizm
Germafroditizm
Qarilik
Jinsiy a'zolarda atrofik jarayonlar natijasida
Alimentar
O ziq ratsionining yetishm asligi, oriqlanish semirish tufayli. V o y a g a ye tm a g a n
hayvonlarni to'ydirib oziqlantirmaslik tufayli sodir bo'lgan infantilizm natijasida
Ekspluatatsion
Hayvonlarni noto‘g‘ri ishlatish va ulardan foydalanish natijasida
Klimatik (iqlimiy)
Quyosh nurining yetishmasligi yoki haddan tashqari ko‘p bo'lishi; mikroiqlimning
yomon bo'lishi ham da urg'ochi va erkak hayvonlarni asrashdagi boshqa kamchiliklar
tufayli sodir bo'ladi.
S u n ’iy o rttirilg an
Noto‘g‘ri va bevaqt o'tkazilgan sun’iy va tabiiy qochirish;
Shartsiz jinsiy reflekslar;
Urug'ning noto'g'ri olinishi, saqlanishi va jo'natilishi;
Ustiga shartli (nuqsonli) reflekslaming paydo bo'lishi;
Mustahkam shartli reflekslar ustiga shartsiz reflekslaming paydo bo'lishi.
S u n ’iy y o 'n a ltirilg a n
Urg'ochi hayvonlarni jinsiy yetukligidan fiziologik yetilishigacha alohida asrash;
Erkak hayvonlarni jinsiy yetukligidan fiziologik yetilishigacha alohida asrash;
Laktatsiya davrni uzaytirish maqsadida jinsiy sikllami rejali qo‘yib yuborilishi;
Vazektom iya, axtalash va boshqa sterillaydigan operatsiyalar o'tkazilganda jinsiy
va boshqa a ’zolar kasalliklari natijasida;
Tuxum yo'llarini ochish va boshqa sterillaydigan operatsiyalar o'tkazilganda.
S im p to m a tik
Jinsiy va boshqa a ’zolar kasalliklari natijasida
Qisir qolishning oldini olish.
Qisir qolishning oldini olish uchun har bir xo'jalikda quyidagi umumiy xo'jalik —
zooveterinar chora-tadbirlarni o'tkazish lozim.
I
HAYVONLARNI T O ‘G ‘RI OZIQLANTIRISH
Hayvonlarni to'yimli oziqlar bilan oziqlantirmaslik qisir qolishning asosiy
sabablaridan biri (alimentar qisir qolish). To'liq oziqlantirmaslik, ayniqsa,
bo‘g‘ozlikning oxirgi ikki oyida salbiy ta’sir etadi.
Shuni eslatib o'tish kerakki, qish va bahorda to'liq oziqlantirilmagan
sigirlarning 50% ida yozgi paytda ham moddalar almashinuvi tiklanmaydi.
Shuning uchun har bir xo'jalikda yetarli yem-xashak bazasini yaratib,
hayvonlarning yoshi, tirik massasi, fiziologik holati va mahsuldorligiga qarab,
me’yordagi yem-xashak bilan ta’minlash zarur. Xo'jalikda ko'proq qand lavlagi
ekilishi va sutdan chiqqan sigirlar ratsioniga ulardan kiritilishi maqsadga
muvofiqdir.
Moddalar almashinuvi nazorat qilish va oziqlantirishni tartibga solish
maqsadida vaqti-vaqti bilan (ayniqsa, qish va bahor) sigirva g'unajinlar qonida
kalsiy, fosfor, karotin, oqsil va rezerv ishqorlik darajasini tekshirib turish lozim.
S.
A. Aminov va boshqalar Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi
«Bobir nomli» va «O'zbekiston» jam oasi xo'jaliklarida, P astdarg'om
rayonidagi Do'stlik va Payariq tumanidagi Mustaqillik jamoa xo'jaliklarida
olib borilgan tekshirishlar shu xo'jalikdagi bo'g'oz sigirlar qonida qish va erta
bahor fasllarida kalsiy, karotin miqdorining va rezerv ishqorlik holatining
me’yordan kam ekanligini ko'rsatdi.
Tekshirishlar natijasiga ko'ra, sigirlar ratsioniga 50— 70 g monokalsiy fosfat
(tarkibida 17,6% kalsiy, 24% fosfor saqlaydi), beda uni va bo'r qo'shildi.
Agarda ratsionda vitaminlar yetishmasa, bu vitaminlarni ham qo'shimcha
kiritish lozim. Bu preparatlar 5 marta har 3—5 kunda bir martadan bo‘g‘oz
sigirlarga quyidagi miqdorda muskuliga yuborildi: vitamin A-200 ming ME,
vitamin D-5 ming ME, vitamin E-10 mg. Bular o'rniga 5— 10 ml trivitaminni
qo‘llash ham maqsadga muvofiqdir.
Agarda yod mikroelementi yetishmasa, kuzda, qishda va bahorda har
kuni yem bilan bo'g'oz sigirlarga 2—3 tabletka kayod preparatidan berish
yaxshi natija beradi. Kayod preparatini sog‘iladigan sigirlar va buqalarga
berilganda, ular mahsuldorligining oshishi kuzatilgan.
Moddalar almashinuvining yaxshilanishi, yo‘ldoshning saqlanishi va
buzoqlarda dispepsiya kasalligining oldini olish uchun bo'g'oz sigirlar
tug'ishiga 25 kun qolganda, ratsiondan silosni chiqarish, uning o'rniga 8—
10 kg yarim qand lavlagi kiritish kerak. Bo‘g‘oz sigirlar ratsionida esa 100 kg
oqsilga 80— 150 g uglevod bo'lishini ta’minlash lozim.
Sigirlarning yashash sharoitini yaxshilash.
Har bir xo'jalikda yaxshi
jihozlangan molxona va sayr maydonlari bo'lishi kerak. Sigirlarni qoidaga
asosan, saqlash va tug'ishiga 50—60 kun qolganda, sog'ishni to‘xtatishga
katta e’tibor beriladi.
Bo‘g‘oz va sog'ishdan ozod qilingan sigirlarni alohida-alohida guruhlarga
ajratish maqsadga muvofiqdir. G‘unajin va sigirlarni, ayniqsa, tuqqanidan so‘ng,
3—4 kun o'tgach, har kuni sayr qildirish zarur. Buning uchun ularni ferma
atrofini aylantirib, kuniga 1—2 marta 2—3 km masofaga haydab turish lozim.
Yuqoridagi shartlarga asosan, ayniqsa, buzoq va g'unajinlarni o'stirish-
ga ixtisoslashtirilgan xo'jaliklar zarur. Ob-havo (yorug'lik, yuqori harorat,
ammiak, namlik) natijasida qisir qolishning oldini olish uchun fermadagi
sanitariya holatini keskin yaxshilash lozim. Buning uchun molxonadagi
yorug'likni me’yorga keltirish, havo almashinishini tartibga solish, ferma
atrofida yaxshi mikroiqlim yaratish, sigir va buqalarni cho'miltirish uchun
dushlar qurish maqsadga muvofiqdir.
Fermada tug'uruqxonalar va yangi tug'ilgan buzoqlar uchun profilak-
toriylar tashkil qilish lozim. Tug'ishiga 10 kun qolgan sigirlar yaxshilab
tozalanganidan keyin tug'uruqxonaga o'tkaziladi, veterinariya-sanitariya
qoidalariga qattiq amal qilinadi, tug'adigan sigirga va buzoqchalarga birinchi
yordam berish uchun navbatchilik yo'lga qo'yiladi.
Sigirning tug'ishi yaxshi o'tishi uchun tug'uruqxonalarda alohida joylar
(bokslar) tashkil qilinadi. Bokslarga sigir tug'ishidan 2—3 kun ilgari o'tkaziladi.
Sigir tuqqanidan keyin darhol buzog‘ini yalashga imkon berish shart.
Buzoq kamida 5— 7 kun onasini emishi kerak. Lekin bunda buzoq emishidan
ilgari, sigir yelinlari issiq suv bilan yaxshilab yuvilib artilishi zarur.
Yuqoridagi chora-tadbirlarning o'tkazilishi yo'ldosh ajralishini tezlashtiradi,
yelin kasalliklarining oldini oladi, sigirlar jinsiy davrini tezda tiklaydi va
buzoqlarni saqlab qolish ta’minlanadi.
S u n ’iy qochirish samaradorligini oshirish.
Buning uchun rayonlarda
sun’iy qochirish kooperativ ishini yaxshilash va bu tashkilotni malakali
mutaxassislar bilan ta’minlash zarur. Buning uchun shunday tashkilotlarda
vetshifokor-ginekolog ish olib borsa, maqsadga muvofiq bo'lar edi. Har bir
fermada standart asosda ko‘rilgan va yaxshi jihozlangan sun’iy qochirish
punktlari tashkil qilish kerak.
Sun’iy qochirish punktiarida ishlash uchun mutaxassis-osemenatorlarni
tanlab olib, ula rning m alakasini o sh irish g a katta e ’tib o r b eriladi.
Osemenatorlar sigirlarni sun’iy qochirishdan tashqari, ularning bo'g'ozligini
aniqlashni ham bilishlari shart.
Q ochirish yoshidagi g‘unajin va sigirlarni ve terinariya-sanitariya
qoidalariga rioya qilgan holda, sun’iy urug'lantiriladi. Ularning qiniga issiq
oyna va shpris-kateter kiritiladi. Sun’iy qochirish paytida xona shovqin
bo'lmasligi va hayvonlar bilan yumshoq muomala qilish kerak. Qochirish
oldidan sperma sifati tekshiriladi. Agarda xo‘jalikda buqalar bo'lsa, ularning
spermasi oyiga bir marta nazorat qilinadi. Sun’iy qochirish uchun yangi olin-
, gan sperma 8 bail, muzlatilgani — 4 balliga ishlatiladi.
I
Sun'iy qochirishga taalluqli hamma hujjatlarni osemenator olib borganligi
1
uchun u naslchilik bo'yicha zootexnik bilan birgalikda fermadagi hamma
hayvonlarni inventarizatsiyadan o'tkazadi.
Sigirlarning kuyuga kelganligini aniq bilish uchun sun’iy qochirish
kalendari, bo'g'oz sigirlar uchun kartoteka, sigirlar tartib soni yozilgan
taxtachalarga jetonlar osish kabi tadbirlarni o'tkazish lozim.
Sigirlarda qimirlamaslik refleksi aniqlangandan keyingina ikki marta (orasi
12 soat) qochiriladi. Agarda sigirda kuyukish alomatlari uzoq davom etsa,
ikkinchi qochirishdan 12 soat o'tkazib, uchinchi marta qochiriladi.
Sigirlarning kuyuga kelganligi haqida sog'uvchilar, molboqarlar, brigadirlar
yoki ferma mudirlari osemenatorga xabar beradilar.
Agarda xo'jalik hayvonlarining jinsiy a’zolarida uchraydigan yuqumli
kasalliklardan (trixomonoz, vibrioz, brusellez) holi bo‘lsa, sigirlarning kuyuga
kelganligini aniqlash uchun vazektomiya qilingan buqalardan ertalab va
kechqurun 1— 1,5 soat foydalanilsa bo'ladi. 70% hollarda sigirlarning kuyuga
kelishi kechqurun va kechasi kuzatiladi. Sigirlarning kuyukishi sutkasiga 2
marta aniqlansa, 60%, uch marta 80— 90% va kecha-kunduz aniqlansa, 98—
100% to‘g‘ri natijaga erishish mumkin.
Bizning sharoitimizda kuyukkanlikni ertalab, kunduz kuni va kechqurun
sog‘ish paytida, hayvonlarga qarash va sayrga chiqarishda aniqlash yaxshi
natija beradi. Qochirish natijasini aniqlash uchun kuyukish m uddati
yaqinlashgan sigirlarning sag'riniga ertalab bo‘r bilan belgi qo'yiladi. Sayrdan
keyin, surtilgan bo‘r belgilari uchirilgan va junlari hurpaygan bo'lsa, sigir
kuyuga kelganligidan dalolat beradi va ularni ajratib sun’iy qochiriladi.
Sigirlarni birinchi kuyukishda urug'lantirish bir yilda har bir sigirdan bittadan
buzoq olishning omilidir. Birinchi kuyuda 30% sigirlar, ikkinchisida 72% va
uchinchisida 74% sigirlar urug’lanadi. Qochirish vaqti ham katta ahamiyatga
ega. Kuyukish boshlanganda qochirilsa, 44%,
0
‘rtasida — 82%, oxirida esa
— 75% sigirlar urug’lanadi. Shuning uchun sigirlarni jinsiy mayllikning
0
‘rtasida, sog'ishdan oldin qochirish maqsadga muvofiqdir.
Sun’iy qochirilgan sigirlar bir necha daqiqa stanokda turishi va kuyukish
oxirigacha molxonada bog'langan holatda saqlanishi lozim.
Veterinariya xizmati. Qisirlikning oldini olish va tuqqandan keyingi davrda
har bir xo'jalikda sigirlarni akusherlik va ginekologik tekshirishdan (dispan-
serizatsiya) o'tkazishni tashkil qiiish kerak. Bu ishni sigirlar tuqqandan 7—
14 kun o'tgach, o'tkazish lozim. Sigirlar tuqqandan keyin uch guruhga bo'li-
nadi:
Birinchi guruh — normal tuqqan sigirlar, ikkinchi guruh — yo'ldoshi
kechikib ajralgan sigirlar, uchinchi guruh — tuqqandan keyin yo'ldoshi
tushmagan va bolaning ona qornida noto‘g‘ri joylashgan paytda akusherlik
yordami berilgan sigirlar.
Ikkinchi guruh sigirlar tuqqanidan keyin bachadoni yallig'lanmasligi uchun
har 100 kg tirik vazniga 8— 10 TB pituitrin va oksitotsin, 1% li sinestrol
eritmasidan 5 ml va 4 soat o'tgach, 0,5% li prozerin eritmasidan 2 ml yoki
har 1 kg tirik vazniga 1 % brevikollin eritmasidan 0,6 ml teri ostiga yuboriladi.
Bu dorilarni 12—24 soatdan keyin takror ishlatish mumkin. Bunday davolashni
kechqurun qo'llasa, foydasi qo'proq bo'ladi, chunki tug'ish yo'llaridagi
qoldiqlarning (loxiy) chiqishi osonlashadi.
Uchinchi guruh sigirlarga biyoxinol preparatidan har 100 kg tirik vazniga
3 ml dan haroratini 40° ga yetkazib va yaxshilab chayqab, muskul orasiga
yuborish lozim. Davolash uch kundan keyin yana takrorlanadi. Undan
tashqari, teri ostiga pituitrin, oksitotsin, sinestrol, bachadon ichiga esa
furazolidon tayoqchalari, septimetrin, ekzuter, tribrissen preparatlarini qo'llash
lozim.
Sigirlar tuqqach 30 kun o‘tgandan keyin va tanalar voyaga yetgach, 1
oydan so‘ng, kuyukmasa yoki urug'lanmasa, ulardispenserizatsiya ko'rigidan
o'tkaziladi.
Ginekologik ko'rikdan o'tkazishda qon zardobida oqsil, kalsiy, fosfor,
karotin va rezerv ishqorlik darajasini tekshirish katta ahamiyatga ega.
Yuqorida ko'rsatilgan amaliy ishlarning bajarilishi sigirlarning qochirish
indeksi, qisirlik kunlari hamda servis davrlari qisqaradi. Kontrol sigirlarga
nisbatan tajribadagi sigirlardan 80— 100 kg sut va har 100 bosh sigirdan 8—
10 bosh ko‘p buzoq olishga erishiladi.
Tavsiya etilgan agro-zooveterinariya qoidalariga rioya qilib, tashkiliy va
xo'jalik ishlarini muntazam to‘g‘ri yo'lga qo'ygan taqdirda, har bir xo'jalikda
ginekologik kasalliklarning oldini olgan va qisirlikni yo'qotgan bo'lamiz hamda
har 100 bosh sigir va g'unajindan 100 ta buzoq olishga erishamiz.
XIII b o b
GINEKOLOGIK KASALLIKLAR
HAYVONLARNI JINSIY FUNKSIYASINI STIMULLASH
JINSIY LABLAR, QIN DAHLIZI VA QIN KASALLIKLARI
Y
Vulvit.
Jinsiy lablarning yallig'lanishi birlamchi va ikkilamchi bo'lishi
mumkin.
Sabablàri.
Birlamchi yallig'lanishga jinsiy lablarning jarohatlari va lat yeyishi
ko'proq uchraydi. Bu, hamma uy hayvonlarida, lekin qoramolda ko'proq uchraydi.
Bu kasallikiar turli lixonik shikastlardan va ko'pincha, molni boshqa hayvonlar
shoxi bilan suzganda (mollar, xususan, yaylovda boqilganda), kelib chiqadi.
Ikkilamchi vulvitlar yallig‘lanish o'choqlaridan (servisitlar, endo-metriylarda)
oqib tushgan yiringdan terining ta’sirlanishi va ilvillab ketishidan kelib chiqadi.
Trixomonozda tashqi jinsiy a’zolar terisining yallig'lanishi, ayniqsa, ko‘p
ko'riladi.
Kasallik belgilari va aniqlash.
Mol ko'zdan kechirilganda, jarohatlar va
lat yegan joyiar topiladi. Ba’zan jinsiy lablar yallig‘lanish natijasida seroz
suyuqlik, shilimshiq yoki venoz qonning to'planib qolishi oqibatida, anchagina
shishib qoladi. Ko'pincha, qalqib turadigan chekli o'smalarga o'xshash ge-
matomalar hosil bo'ladi. Yiringlatuvchi mikroblar yaraga tushganda, ular
murakkablashib, abssesslar, flegmonalar va sepsis paydo bo'lishi mumkin.
Kasallikni davolash.
Kichikroq jarohatlar tozalanib, dizinfeksiyalovchi
eritmalar bilan yuviladi. Agar jarohat yangi, parcha-parcha bo'lsa, ezilgan joylari
ko'rinmasa, tugun choklar solinib, jarohat bo‘shlig‘iga doka drenaj
q o 'y ü a d i.
Gematomalar kesiladi, nekrotik (butunlay yaroqsiz)lari olib tashlanadi va
keyinchalik xuddi ochiq jarohatdagidek davolanadi.
Jarohatga yoz vaqtlari qurt tushm asligi uchun muntazam suratda
Vishnevskiy linimenti (kseroform 5,0, qoramoy 3,0, kanakunjit moyi 100,0)
yoki pashshani cho'chitadagan hidli malhamlar surib turiladi.
Jarohatni davolash bilan bir qatorda, ikkilamchi vulvitga sabab bo'iadigan
har xil oqmalar yoki siydikdan yallig‘langan to'qimalar kaliy permanganatining
iliq eritmasi bilan kuniga ikki-uch marta yuviladi va ustiga moy surib turiladi.
QIN BO ‘SHLIG‘INING TORAYIB QOLISHI
Sabablari.
Bu kasallik musqo'llarning o‘sib qolishi tufayli chandiqlanish,
tug'magan urg'ochi mollarda qizlik pardasining zo‘r berib taraqqiy qiiishi tufayli
kelib chiqadi.
Bundan tashqari, qin devorlarining jarohatlanishi natijasida paydo bo'lgan
biriktiruvchi to'qimalar qin bo'shlig'ining qisman torayishiga sabab bo'lishi
mumkin.
Kasallikni davolash.
Qin bo‘shlig‘ining torayishi jarrohlik yo‘li bilan
bartaraf etiladi. Bunda ko‘p qon oqmasligi uchun imkoni boricha uchi tumtoq
asboblardan foydalaniladi. Qin devorlaridagi to'siqlar oldin ularga yaxshilab
moy surilgandan keyin ajratiladi. Shilimshiq parda juda sezgir bo'lsa, 5% li
kokain moyi surish maqsadga muvofiqdir. Operatsiya natijasida hosil bo'lgan
katta-katta jarohatlar batamom bitib ketgunicha, odatdagidek davolanadi.
Dostları ilə paylaş: |