Rivojlantirish instituti a. R. Jabborov, S. S. Sotiboldiyev veterinariya akusherligi, ginekologiyasi va sun



Yüklə 24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/40
tarix28.04.2017
ölçüsü24 Kb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40

VAGINIZM
1
V agin izm   deb,  jinsiy aloqa  vaqtida  qin  musqo'llarining  tortishib,  qisqari- 
shiga  aytiladi.
  Bu  hodisa qinning  shilimshiq  pardasi  yallig‘langan  mollarda, 
shuningdek, ortiq asabiy hayvonlarda uchraydi. Vaginizmga duchor bo'lgan 
sigirlarni  sun’iy  urug'lantirishda  ba’zan  ularga  qin  kattalashtirgichini  kiritib 
bo'lmaydi,  kiritilgan  taqdirda  ham  qinga  yuborilgan  sperma  tez  orada 
tashqariga siqib chiqariladi,  bu,  ko‘pincha, qisirlikka sabab bo'ladi.
K a s a llik n i  d a v o lash . 
Bunday  holatning  oldini  olish  uchun  molni 
qochirishdan  keyin bir oz yetaklab yurish tavsiya etiladi.  Sigirlarda umurtqa 
pog'onasining bukilishiga qarshilik ko'rsatish  uchun avval ko‘krak qismidagi 
terisini qo‘l  bilan yig‘ib,  ushlab,  keyin yetaklab yurg'izish  kerak.
Vestibulit va vaginit 
(Vestibulitis et vaginitis)
Yallig'lanish jarayoni xarakteriga ko‘ra, qin dahlizi, qinning kataral, yiringli, 
flegmonoz va yallig'lanishning boshqa turlari mavjud. Vestibulit bilan vaginit 
sigir,  echki,  qo‘y va ahyon-ahyonda boshqa turdagi  hayvonlarda  uchraydi.
Kasallik paydo bo‘lish sabablari. 
Yuqorida aytilgan kasalliklartug'uruq 
yoki  molni  qochirish  vaqtida yetadigan  shikastlanishlarning  asorati  sifatida 
kelib chiqadi va qin hamda qin dahlizida bo'ladigan yoki tashqaridan kiradigan 
mikroorganizmlar tufayli paydo bo'ladi. Bundan tashqari, yallig'lanish jarayoni- 
ning  boshqa  qo'shni  a’zolar,  masalan,  bachadon  bo‘ynidan  va  boshqalar- 
dan tarqalishi  natijasida  ham  shu  a’zolar yallig'lanishi  mumkin.
Kasallik belgilari. 
Kataral vaginit bilan vestibulitda qin dahlizi va qinning 
shilimshiq  pardasi xira  ko'rinadi va jinsiy yoriqdan  oz-oz chiqib, jinsiy lablar 
hamda dumning pastki yuzasidagi terida qotib qoladigan ekssudat bilan qop- 
langan  bo'ladi.  Ekssudat  doka  tamponlar  bilan  olib  tashlangandan  keyin 
shilimshiq  pardaning  qizargani  topiladi.  Kasallik  surunkasiga  o'tayotgan 
bo'lsa,  shilimshiq,  parda oqish va zich  bo'lib qoladi.
Yiringli  vestibulit  bilan  vaginitda  shilimshiq  parda  shishgan,  og'riq 
sezadigan  va yiring  bilan  qoplangan  bo'lib,  u jinsiy teshikdan  chiqib turadi. 
Kasallik avj olganda hayvon, ko'pincha, bo'shashib, tana harorati ko'tariladi, 
ichini  bo'shatganida,  siyganda esa ingrab,  belini juda  bo'g'ib oladi.  Kasallik 
surunkaliga o'tayotgan bo'lsa, qinda yara va qin devorlari bir-biriga yopishgan 
bo'ladi.

Flegmonoz vestibulit bilan vaginitda shilimshiq  pardaning shikastlangan 
qismi juda shishib, jizillab turadi,  qizarib va hatto, yara  bo'lib  ketadi,  ba’zan 
abssesslar paydo bo'ladi. Bu a’zolarning bo'shliqlarida yiringli ixoroz massalar 
to'planadi.  Kasallik surunkali  bo‘lsa,  qin  dahlizi va qinda devorlari  bir-biriga 
yopishishi va chandiqlar paydo bo'ladi.
K a s a llik   oqibati. 
Kasallik  og‘ir  o‘tsa  ham  hayvon  tuzalib  ketadi. 
Kasallikning  surunkali xillari  qisirlik bilan  birga davom etadi.
Kasallikni davolash. 
Kasallik og'ir o'tganda antibiotiklar va kaliy permanga- 
nat  eritmasi  bilan  chayib  turiladi.  Keyin  dezinfeksiyalovchi  va  burishtiruvchi 
moddalar  bilan  kuniga  ikki  marta  chayiladi.  Yopishqoq  shilimshiqlar  bir  talay 
chiqadigan  bo‘lsa,  qin  2%  li  soda  eritmasi  bilan  kuniga 2—3  marta chayiladi; 
keyinchalik  shu  maqsadda  kaliy  permanganat  eritmasi  (1:10000)  yoki  1  / 
i  qaynagan suvga bir osh qoshiq hisobidan solib, tayyorlangan sut kislota 3,5% li 
ixtiol,  rivanol eritmalari (1:1000) va boshqalar ishlatiladi.
Vaginitlarda  sigirlarning  qini  shpris  va  kateter yordamida  10— 15  minut 
davomida  yodinol  bilan  ham  chayiladi.  Bir  marta  chayishga  50— 100  ml 
yodinol  ishlatiladi. Qin 5— 7 kun mobaynida kuniga bir marta chayib turiladi.
Piokatin  bilan achchiqtosh  (1:4) tanin  bilan borat kislota (1:1) sepib turish, 
piokatin eritmasi (1:2), mentolning vazelin moyidagi 3% li eritmasi va 1—5% li 
streptotsid, yodoform moyi va boshqalarni so'rib turish yaxshi natija beradi.
2% li streptomitsin eritmasi, sintomitsin emulyatsiyasi, yodinol, baliq moyi, 
ixtiolning  glitserindagi  10%  li  eritmasi,  fitonsidlar  (sarimsoqpiyoz)  surtilgan 
qin  tamponlarni  qo'llash  foydalidir.  Tort va ozokerit  balchiqlaridan  qin  tam- 
ponlari qo'yish  o'rinlidir.
Pishib  yetilgan  abssesslarni  yorish  kerak.  Yaralarni  1%li  mis  kuporosi 
yoki  lyapis eritmasi  bilan  kuydirish  tavsiya etiladi.
Ma’lum  joyni  davolash  umumiy  davoni  (antibiotiklar,  sulfonilamidlar  va 
organizmning  himoya  kuchlarini  safarbar  etiladigan  moddalar)  istisno 
qilmaydi.
BACHADON  BO‘YNI  KASALLIKLARI
A -
Bachadon  bo‘ynining yallig'lanishi 
(Cervicitis).
Bu  kasallik  yo  kanaldan  spermatozoid  o‘ta  olmaydigan  bo'lib  qolgani 
uchun yoki bachadon bo'ynida hosil bo'ladigan yallig‘lanish mahsulotlarining 
zararli  ta’siridan  spermatozoidlarning  nobud  bo'lishi  tufayli  hayvonni  qisir 
qolishiga  olib  keladi.
Kasallik paydo bo‘lish  sabablari. 
Bachadon  bo'ynining yallig'lanishi,  u 
yerga  mikroblar  kirishi  natijasida  mustaqil  kasallik  yoki  tug‘uruq  vaqtida, 
shuningdek,  qin va boshqa a’zolarning yalligManish jarayonining  asoratidan 
yuzaga  chiqishi  mumkin.  Ba’zan  bu  kasallik  tug'uruq  vaqtidagi  shikastla- 
nishdan  boshlanadi.
Kasallik  belgilari va  uni  aniqlash. 
Bachadon  bo'yni qin  ko'zgusi orqali 
tekshirilganda,  servisitning  surunkali  xilida  shilimshiq  parda  burmalarining

bo'rtmalari topiladi. Shilimshiq parda sianotik tusda bo'lib, yiringli yoki yiringli 
qarash bilan qoplanib turadi. Bachadon 
bo‘yni 
kanali, odatda, sal ochiq bo'ladi. 
Bachadon bo'yni shilimshiq pardasi o‘tkiryallig‘langanda, shu pardaning juda 
qizarib (bo'rtib)  ketganligi  kuzatiladi.
To'g'ri ichak orqali tekshirishda bachadon 
b o ‘y n in in g  
bir oz kattalashgani, 
agarhayvon surunkali kasallangan bo'lsa, bachadon bo'ynining zichlashgani 
aniqlanadi.
Kasallikni  davolash. 
Bachadonning  qindagi  qismini  xuddi  vaginitlar- 
dagidek davolash  mumkin.
Bachadon  bo'ynining  kanali  bachadonni  davolash  bilan  bir  qatorda 
chayiladi. Bachadon bo‘yni kanali  rivanol (1:1000), kaliy permanganat (1:10 
000),  xinazol  (1:1000) va 3% li  ixtiol  eritmalari  bilan  yuviladi.
Servisitlarda  eroziyalar,  yaralar  va  shishgan  joylar  bo'lsa,  bachadon 
bo'yniga yod eritmasi, yodglitserin  va boshqalar surib turish  foydalidir.
Bachadon  bo‘yni kanalining bitib qolishi. 
Bachadon bo'yni kanalining 
bitib qolishi tug‘ma yoki keyinchalik paydo bo'lishi mumkin.  Keyinchalik bitib 
qolishi tug'uruq jarayonidajarohatlanishlardan kelibchiqadi. Bachadon bo‘yni 
kanalining  bitib qolishi tug‘maslikka olib keladi.
Kasallikni  aniqlash. 
Mol  kuyukkan  paytda  qin  orqali  tekshirib  ko'rilsa, 
bachadon  bo‘yni  kanali  yopiq  bo'ladi.  To‘g‘ri  ichak  orqali  tekshirishda 
bachadon  bo‘shlig‘ida  sekret  (suyuqlik)  borligidan  bachadonning  juda 
kattalashib ketganligi va fluktatsiyalanganligi  kuzatiladi.
Kasallik  oqibati. 
Bachadon  bo'yni  kanali  bitib  qolgan  bo‘lsa,  urg'ochi 
hayvon  tug‘maydi,  bunda  mol  ishlatish  uchun  yoki  go'shti  uchun  boqiladi. 
Bachadon  bo'yni  kanali  molning  hayoti  davomida  bitib  qolgan  bo'lsa, 
oqibatiga ehtiyot bo'lish kerak, chunki operatsiyadan keyin, ko'pincha, yana 
bitib qoladi.
Kasallikni  davolash. 
Bachadon  bo'yni  kanali,  tug'ilganidan  keyin  bitib 
qolgan  mollarda  kanal  o'tkazuvchanligini  operatsiya  bilan  tiklash  mumkin. 
Buning uchun sigirlarda qinga avval ko'zgu solinib qo'yilgandan keyin, qinga 
qisqich  kiritilib,  bachadon  bo'ynining do‘mbog‘i qisqich bilan ushlanadi. Qis- 
qichni  ohista  tortib,  bachadon  bo'yni  imkoni  boricha  jinsiy  lablarga  yaqin 
lashtiriladi.  Biyalarda  bachadon  bo'yni  qinga  kiritilgan  qo'l  bilan  tortiladi. 
Kanalning  o'tkazuvchanligi  bachadon  bo'yni  kanalini  kengaytirish  uchun 
ishlatiladigan  qisqich  bilan  asliga  keltiriladi.  Bachadon  bo'ynining  kanali 
keyinchalik yana bitib  ketmasligi  uchun operatsiyadan keyin unga sterillan- 
gan  kengaytiruvchi  qo'yish  kerak.
Bachadon  bo'yni  kanalining  qiyshayib  qolishi 
natijasida  spermato- 
zoidlar harakatlanib,  qindan  bachadonga o'ta olmaydi yoki arang  o'tadi,  bu 
molning  urug'lanmasligiga sabab  bo'ladi.
Kasallik  paydo  bo'lish  sabablari. 
Bachadon  bo'ynining  atrofida  o'sib 
kelayotgan  o'sma  tomonga  surilishi  natijasida  tug'uruq  vaqtida  yetadigan 
shikastlardan  chandiqlar vujudga  kelganda  kanal  qiyshayib qoladi.
Kasallikni  aniqlash. 
Ichki  tekshirishda  bachadon  bo'yni  kanalining 
qiyshayishiga sabab  bo'lgan  o'sma yoki chandiqlarni topish  qiyin  emas.

Kasallikni  davolash. 
0 ‘smani  olib  tashlash  operatsiyasida  bachadon 
bo'yni to‘g‘rilab qo'yiladi.
Bachadon bo'yni kanali chandiqlar borligidan qiyshayib qolgan mollar uchi 
tumtoq shpris yordamida jinsiy yo'llariga sperma yuborlb  urug'lantlriladi.
BACHADON  KASALLIKLARI 
^
Bachadon  atoniyasi. 
Bachadon tug'uruqdan  keyin asta-sekin  qisqarib, 
bo‘g‘ozlikdan  oldingi  holatiga  kelib,  ritmik  qisqarib  va  bo'shashib  turadi. 
Bachadon tonusini yo‘qotib, taranglashsa, qisman yoki batamom qisqarmasa
bunday  kasallik 
bac ha d o n   atoniyasi
 deb  ataladi.  Bachadonning  funksional 
va  organik  atoniyasi  mavjud.  Funksional  kasallikda  bachadon  vaqtincha, 
organik  atoniyada  esa  u  uzoq  vaqt  va  hatto,  butunlay  qisqara  olmaydigan 
bo‘lib qoladi.
Kasallik  paydo  bo‘lish  sabablari. 
Bachadonning  funksional  atoniyasi 
molning yaxshi boqilmasligi va yayratishga olib chiqilmasligi oqibatida kelib 
chiqadi. Ko'p homilali bo‘g‘ozlik, homilaning yirik bo'lishi, homila pardalarining 
suvga to'lishi  bachadonning  haddan  tashqari  cho‘zilib  ketishi va  boshqalar 
atoniyaga sabab bo'ladi.
Biyalarda  bu  kasallik  ularni  haddan  tashqari  ko‘p  ishlatganda  paydo 
bo'ladi.
Bachadonning organik atoniyasi og‘ir yiringli yallig'lanish  natijasida kelib 
chiqadi. Yallig'lanish oqibatida bachadonning muskulli qavatida sezuvchi va 
harakatlantiruvchi nerv uchlari ishdan chiqadi. Atoniya qari hayvonlarda ko'p 
uchraydi.
K asallik  b e lg ila ri. 
Bachadonning  atoniyasiga  xos  klinik  belgilar 
(bo‘g‘ozmas  holatida)  sezilmaydi.  Tug'uruqdan  keyingi  davrda  bu  belgilar 
juda sust seziladi.  Mol tik turgan  bo'lsa,  loxiylar kelmaydi  va mol yotganida 
vaqt-vaqti bilan oqib tushadi.
Kasallikni  aniqlash. 
Qin  orqali  tekshirishda  bachadon  bo'yni  kindik 
qismini  shishib  turganligi  topiladi;  bachadon  bo'ynining  kanali  biroz  ochiq 
turadi. To'g'ri  ichak orqali tekshirishda qo'l  bilan  ancha  massaj  qilingandan 
keyin ham bachadonning ilvillab turgani, tarangmasligi yoki sal-pal tarangligi 
bilinadi.
Kasallik  oqibati. 
Nasl  berish  jihatidan  olganda  oqibat  atoniyaning 
xarakteri  va  molning  ahvoliga  bog'liq.  Funksional  bachadon  atoniyasi 
sabablarini bartaraf etish va o'z vaqtida davolash bilan urug'lanish xususiyatini 
saqlab qolsa bo'ladi.  Organik atoniyada oqibat yomon.
Kasallikni davolash. 
Kasallik sabablarini bartaraf etish. Bachadonni to'g'ri 
ichak orqali kunora 5 daqiqadan massaj qilish yaxshi natija beradi.  Davolash 
kursi atoniya darajasiga qarab, har xil,  lekin  kamida 10 kun bo'ladi.  Bundan 
tashqari,  bachadonning  qisqarishiga  yordam  beruvchi  5— 10%  li  osh  tuzi 
eritmasidan  bachadonga  har  3  kunda  yuborib  turish  tavsiya  etiladi.  Tuz 
eritmasi  issiq  (43°) va sovuq holda (20° ga yaqin) galma-gal yuboriladi. Tuz

eritmasi yuborilgandan  keyin  suyuqlikni chiqarib tashlash  uchun  bachadon 
orqa  ichak orqali  massaj qilinadi.
Bachadonga ta’sir qiladigan moddalar: pituitrin, pregnantol, sinestrol yoki 
qoramig ekstrakti yuborish  ham tavsiya etiladi.
Bachadon  atrofiyasi.  Sabablari. 
Bachadon  atrofiyasi  (kichrayishi) 
gormon regulyatsiyasi izdan chiqishi natijasida bo'g'ozmas qari hayvonlarda 
vujudga  kelishi  mumkin.  Mol  haddan  tashqari  sersut  bo'lgani  holda  unga 
nuqul  birxil oziqlarni ko‘p berib,  noto‘g‘ri boqish  ham ba’zan atrofiiyaga olib 
kelishi  mumkin.  Bundan  tashqari,  ba’zan  bachadonning  surunkali  yallig'la- 
nishi  yoki  unda  mo'miyosimon  homila  bo'lishi  ham  bachadon  atrofiyasiga 
sabab bo'ladi.
Kasallikni  aniqlash. 
Bachadon  atrofiyasi  molning  haddan  tashqari 
sersutligi tufayli yuzaga kelgan bo'lsa, to'g'ri ichak orqali tekshirib ko'rilganda 
bachadon  va  bachadon  bo'ynining  juda  kichrayganligi  ma’lum  bo'ladi  va 
tuxumdonlarda yetilayotgan follikullar bo'lmaydi.
Bachadon atrofiyasi yo'ldosh ushlanib qolganligi yoki bachadon shilimshiq 
pardalarining surunkali yallig'lanishi tufayli yuzaga kelgan bo'lsa, bachadon 
juda kattalashgan bo'ladi va orqa ichak orqali massaj qilinganda qisqarmaydi. 
Qarilikka aloqador atrofiyada ham xuddi shunday bo'ladi, bunda bachadon­
ning  bo'shashib  qolgan  devorlari  qisqara  olmaydi,  natijada,  bachadon 
suyuqligi bo'shlikda turib qoladi.
Kasallikni  davolash. 
Bachadon  atrofiyasi  rosa  avj  olgan  bo'lsa,  davo 
natijasiz o'tadi. Atrofiya endigina boshlanib kelayotgan bo'lsa,  bachadon va 
tuxumdonlar  massaj  qilinadi,  tuxumdondagi  sariq  tana  siqib  chiqariladi  va 
teri ostiga bachadonga ta’sir qiladigan moddalar: pituitrin, qoramiq ekstrakti, 
sinestrol  yoki  perenantol  yuboriladi.  Bu  moddalar  qon  oqib  kelishini 
kuchaytiradi va bachadonning qisqarishiga sabab bo'ladi.
0 ‘tkir  e n d o m etrit. 
Bachadon  shilimshiq  pardasining  yallig'lanishi 
(Endometritis) uy hayvonlarining hammaturlarida juda ko'p uchraydi va hayot 
davomida  yuzaga  keladigan  bepushtlikning  asosiy  sabablaridan  biri 
hisoblanadi.  Yallig'lanishda  hosil  bo'ladigan  mahsulotlarning  zararli  ta’siri 
natijasida jinsiy  hujayralar  nobud  bo'ladi  yoki  zigota  fagositozga  uchraydi. 
Bachadon  shilim shiq  pardasining  yallig'lanishi  natijasida,  ko'pincha, 
tuxumdonlar  ikkilamchi  tartibda  shikastlanadi  (sariq  tana  turib  qoladi, 
follikulalar yorilmaydi, yallig'lanish uchraydi va h.k.), bunda follikullar yetilmay 
qoladi.
O'tkir  endometritda  qizarish  yoyilgan  bo'ladi  va  bachadon  shilimshiq 
pardasi shishadi.  Qizarish zo'rayishi bilan  keyinchalik ekstravazatsiya sodir 
bo'ladi, ya’ni qon zardobi va hatto, qonning shaklli elementlari tomirlar devori 
orqali  bachadon  hujayralari orasidagi  bo'shliqqa sizib chiqadi.
K asailik  p a yd o   b o 'lis h   sabablari. 
Bachadon  shilimshiq  pardasi 
ko'pincha, mikroorganizmlar(streptokokklar, stafilokokklar, ichak tayoqchasi 
va  boshqalar)ning  to'g'ridan-to'g'ri  unga tushishidan  yoki  qindan  o'tishidan 
yallig'lanishi  mumkin.  Bundan  tashqari,  mikroblar  bachadonga  ba’zan  qon 
tomirlari orqali o'tadi.

Potologiktug'uruqlarda bachadonning jarohatlanishi, ajralmagan homila 
pardalarining  chirishi,  tug'uruqdan  keyin  bachadonning  sekinlik  bilan 
involyutsiya  qilishi  (bachadon  atoniyasi)  endometrit  paydo  bo‘lishiga  olib 
keladi.  Mol noto‘g‘ri asralsa, yomon boqilsa, oziqa tarkibida vitaminlar yetarli 
bo'lmasa,  mineral oziqlar berilmasa va yetarlicha kezishga olib chiqilmasa, 
undatug‘uruqdan keyin bachadon ko'pincha, sekin involyutsiyaga uchraydi.
Molni  sun’iy  urug'lantirishda  sperma  antiseptika  qoidalariga  rioya 
qilmasdan yuboriladigan bo'lsa, shuningdek, kasal mollarni qochirgan erkak 
mol  sog'  mollarga  harn  qo'yüsa,  jinsiy  yo'llarga  infeksiya  yuqishiga  sabab 
bo'lishi  mumkin.
Kasailikning  o'tishi. 
Bachadon  shilimshiq  pardasining  yallig'lanishi 
sirtdan  mahalliy jarayon  tarzida  o'tadi.  Lekin  organizmning  tashqi  ta’sirga 
qarshiligi kamayganda, qon tomirlari va limfa sistemasiga mikroblar kirganida 
umumiy kasallik sepsis  (septimetsiya,  piyemiya) vujudga  keladi.
Vaginal  tekshirishda  bachadon  bo‘ynining  shilimshiq  pardasi  tiqinga 
o‘xshab do'ppayib turgan, qizargan va bir oz bo'rtgan bo'ladi, bachadon bo'yni 
kanali  ochiq  turadi;  qin  tubida  yig'ilib  qolgan  ekssudat  topiladi.  Kataral 
endometritda ekssudat xira, kul rang va yopishqoq, yiringli endometritda esa 
sarg‘ish  rangli,  ba’zan  qo'lansa  hidli bo'ladi.
Kasallik oqibati. 
0 ‘z vaqtida, to‘g‘ri davolansa,  kasallik o'tib ketadi. Aks 
holda  u  cho'ziladi  va  surunkali  kataral  yoki  yiringli-kataral  endometritga 
aylanadi.
Kasallikni  davolash. 
Endometrit  bilan  og'rigan  mollarga  antibiotiklar: 
(penitsillin,  streptomitsin,  biomitsin,  tetratsiklin,  eritromitsin  va  boshqalar) 
buyuriladi.  Penitsillin ko'pincha, streptomitsin va biomitsin bilan birga qo'shib 
beriladi.  Penitsillin  dozalari  (molning  1  kg  tirik  vazniga  ming  TB  hisobida): 
otlarga —   1—2,  qoramollarga — 2— 3,  qo'ylarga — 4— 10,  cho'chqalarga
— 2— 3  hisobida muskullar orasiga yoki teri  ostiga yuboriladi.
Kasal  molning  ahvoliga  qarab,  uning  harorati  pasayguncha  va  ahvoli 
ancha yaxshilanguncha,  har 3— 6  soatda  ukol  qilib turiladi.  Shundan  keyin 
ham  8— 12 soatdan so'ng,  yana 2— 3  ukol qilinadi.
Streptomitsinni muskullar orasiga yuborish uchun steril fiziologik eritmada 
eritiladi.  Streptomitsinning  o'rtacha  sutkalik  dozasi  qoramol  uchun  1  g  — 
100 ming TB  (500 ming TB dan  kuniga  ikki  mahal).
Kristall  biomitsin  kuniga  ikki  mahal  0,8—2  g  dan  ichiriladi.  Biomitsin 
shakarga (50,0— 100,0 hisobida) aralashtirib suvda eritiladi (1  ml suvda 10—
13 mg  biomitsin  eriydi),  shundan  keyin  rezinkali shishada molga  ichiriladi.
Antibiotiklar,  odatda,  kasailikning  boshida  beriladi  va  kasallik  o‘tib  tana 
harorati normaga kelganidan  keyin ham 3—4 kun davomida berilib boriladi. 
Antibiotiklar bachadon  ichiga ham yuboriladi.
Mikroblar antibiotiklargachidamli bo'lsa, sulfanilamid preparatlar: sulfidin, 
sulfazol,  sulfasil va norsulfazol  ishlatish  kerak.  Davolash juda yaxshi  natija 
berishi uchun preparatlar 2—3 kun davomida kuniga 1— 2 martadan ichirila­
di.  Mazkur  preparatlar  kam  dozada  berilsa,  davo  naf  bermaydi,  mikroblar 
esa sulfanilamidga chidamli bo‘lib qoladi. Sulfanilamid bilan davolashda yaqin

kunlarda natija bermasa, bu holda boshqa davo vositalari bilan almashtirish 
kerak.
Sulfanilamid suvda eritiladi yoki chayqatib-chayqatib ulardan suspenziya 
tayyorlanadi  (preparatning  bir  qismi  erimay  qolgan  bo'lsa)  va  og'zidan 
ichiriladi.
Sulfidin,  sulfazol  va sulfisil  dozalari:  ot va  qoramol  uchun  —  3,0— 10,0, 
qo‘y va echkilar uchun — 1,0— 3,0, cho'chqalar uchun — 0,5—2,0; norsulfazol 
molning 1 kg tirik vazniga 0,02—0,05 hisobidan beriladi. Hozir ko'rsatib o'tilgan 
dozalar  davolashning  birinchi  kuni  beriladi,  ikkinchi  kundan  boshlab,  1\4 
hisobidan  kamaytirib boriladi.
Mol shu  preparatlar bilan davolanganda suv kamroq beriladi.
0 ‘tkir endometritlarda umumiy davolash bilan birga bachadon qisqarishini 
kuchaytirish  va  bachadon  bo‘shlig‘ini  ekssudatdan  bo'shatishga  qaratilgan 
davolash  tadbirlarini  ham  ko'rish  zarur.  Bachadonni  chayib,  ekssudatni 
chiqarib tashlash  yaxshi  naf beradi.
Bachadonni chayish uchun quyidagi eritmalar: rivanol, xinozol, tripavlivin 
yoki akriflivin eritmalari (1:1000), kaliy permanganat eritmasi (1:10 000), soda 
eritmasi  (1— 2%  li),  osh  tuzi  (1  va  3— 10%  li),  sut  kislota  (0,5%  li),  borat 
kislota (2—3% li), ixtiol (3% li), tanin eritmasi (0,5% li) va boshqalar ishlatiladi.
Eritmalar 40°  gacha  ilitib  ishlatiladi.  Bachadondan  patalogik ajratmalari 
ko'rinmaydigan eritma oqib chiqmaguncha u yuvilaberadi. Bir marta chayish 
uchun  yallig'lanish  jarayonining  xili  va  darajasiga qarab  2  I  dan  10  I  gacha 
dezinfeksiyalovchi eritma ishlatiladi.
Bachadon  ekssudatning  to'planishiga  qarab,  har  kuni  yoki  kun  ora 
chayiladi.  Ajratmalar  ancha  kamayib  qolgandan  keyin  uch-to‘rt  kunda  bir 
marta  chayilsa  bo'ladi.  Chayish  vaqtida  yuborilgan  eritmaning  hammasini 
bachadondan chiqarib tashlash zarur.  Bachadonni yuvishdan oldin  irrigator 
yoki  maxsus  nasos  bilan  bo‘shlig‘idan  yallig'lanish  ekssudatini  tortib  olish 
tavsiya etiladi.
Bachadondan  ekssudatni chiqarib tashlashga yordam  beradigan,  uning 
qisqarishini  kuchaytiradigan  boshqa  davo  usullaridan  ozokerit,  parafin, 
applikatsiyalarining qo'yishni, balchiq bilan davolash va bachadonni massaj 
qilishni  aytib o'tish  zarur.  Yaqingina qon  quyilganda,  gematoma  bo'lganda, 
yirik qon tomirlarining trombozida, barcha yiringli va yallig'lanish jarayonlari- 
da  hamda  yomon  sifatli  o'smalarda  bachadonni  massaj  qilish  yaramaydi. 
Barmoqlarning  yumshoq  joyi  bilan  silab,  massaj  qilinadi.  Limfa  va  vena 
tomirlari  bo'ylab,  ya’ni  shoxlarining  uchidan  bo'yniga  qarab,  3— 5  daqiqa 
davomida  massaj qilib boriladi.
Bachadonning  qisqarishi  uchun  teri  ostiga  pituitrin,  pregnantol  yoki 
qoramiq ekstrakti yuboriladi  (yirik mollarga 5— 10 ml).
Endometritlarni  davolash  uchun  gormonal  va  neytrotrop  preparatlar: 
sinestrol, stilbestrol, karboxolin, prozerin va boshqalar ishlatiladi. Sinestrolning 
0
‘simlik moyi yoki spirtdagi  1 % li eritmasi 3— 5 ml dan 24 soat oralatib, 3—4 
marta teri ostiga yuboriladi;  stilbestrol  1,5—2,5 ml  dan  ishlatiladi.
Neytrotrop preparatlar katta yoshdagi yirik qoramolga quyidagi dozalarda 
teri ostiga yuboriladi.

Konsentratsiyasi  (%  hisobida) 
Bir martali dozasi  (ml  hisobida)
Karboxolin  (suvdagi  eritmasi) 
0,1 
2—3
Prozerin  (suvdagi eritmasi) 
0,  5 
2—3
To'qima  orqali  davolash  yaxshi  natija  beradi  (G.  I.  Pronin).  Ko'chirib 
o'tkazish  uchun  sigir  yoki  cho‘chqa  tuxumdoni,  buqachalar,  yosh  erkak 
cho‘chqa,  taka  yoki  qo'chqorlar  urug'donining  to'qimasi  yoki  sigir  tuqqan 
paytidagi amnion to'qimasi ishlatiladi. Amnion quyidagicha tayyorlanadi: aw al 
vodoprovod  suviga  tutib  yuviladi,  so'ngra  parrak-parrak  qilib  kesilib,  1%  li 
osh  tuzi  eritmasida  yuviladi  va 2%  li  xloramin  eritmasiga solinib,  2°  dan  4° 
gacha haroratda 8 sutka saqlanadi. Saqlash paytida xloramin eritmasi birinchi 
sutkada 2 marta keyinchalik har 24 soatda almashtirib turiladi.  Urug'don va 
tuxumdonlarning to'qimasi avval  1% li osh tuzida 30—40 daqiqa saqlanadi, 
keyin  2%  li  xloramin  eritmasiga  solinib,  amnion  to'qimasi  qancha  muddat 
saqlanadigan  bo‘lsa,  bu eritmada  ham  xuddi shuncha muddat saqlanadi.
To'qima  sakkiz  kecha-kunduz  saqlanganidan  keyin  bo'yin  sohasining 
o'rtadagi uchdan  bir qismiga  bo'yin qirrasidan  8— 10 sm  pastroq teri ostida 
o'tkaziladi.  Buning  uchun  teri  kesilib,  teri  osti  klechatkasi  ochiladi,  keyin 
skalpel  tig'i  bilan  teri  osti  klechatkasi  qirqiladi  va xaltacha  hosil  bo'ladigan 
qilib, o'tmas uchi bilan fassiyalardan ajratiladi. Ko'chirib o'tkazish uchun tay- 
yorlab qo'yilgan amnion to'qimasi vatuxumdon bilan urug'don  bo'lagi steril- 
langan  pinset bilan xaltachaga solinadi va jarohat chetlari choklab qo'yiladi, 
choklar 9— 10- kuni olib tashlanadi.
Endometritda  (o'tkir  va  surunkali  xilida),  xuddi  vaginit  va  salpingitlarda 
qilinganidek, biostimulgin — to'qima preparati ishlatiladi.  Biostimulgin bo'yin 
sohasining  terisi  ostiga  30  ml  dan  bir  gal  o'ng  tomondan  va  bir  gal  chap 
tomondan  quyidagicha yuboriladi:  birinchi  uch  kunda  kuniga  bir martadan, 
keyin kunora ikki-uch marta va so'ngra, mol tuzalib ketguncha, 2 kun oralatib 
1  martadan  ineksiya qilib turiladi.

Yüklə 24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə