Rivojlantirish instituti a. R. Jabborov, S. S. Sotiboldiyev veterinariya akusherligi, ginekologiyasi va sun



Yüklə 24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/40
tarix28.04.2017
ölçüsü24 Kb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40

Surunkali  endometrit. 
Bu  kasallik,  odatda,  o'tkir  endometritdan  kelib 
chiqadi  va  endoteliyning  xiyla  o'zgarishi  hamda  bachadon  bezlarining  zo'r 
berib ishlashi bilan birga davom etadi. Ajratilgan ekssudatga qarab, surunkali 
kataral, yiringli-kataral va yiringli  endometritlarga bo'linadi.
Surunkali endometritlarda, ba’zan bachadon bo'ynining juda shishib ketishi 
tufayli  bachadon  bo'shlig'iga  bir  talay  eksudat  to'planadi.  Ekssudat  suvga 
o'xshagan bo'lsa (kataral ekssudat), bu — bachadon istisnosi (Hydrometra) 
deb  ataladi.  Bordiyu,  bachadonda  yiring  to'planib  qolgan  bo'lsa,  piometra 
(Pyometra) vujudga  keladi.
Yashirin o'tadigan surunkali endometrit surunkali kataral endometritning 
bir xilidir.
Y ash irin   o 'tad ig an   suru n kali  e n d o m e trit. 
Sigirlar  bu  kasallikka 
yo'liqqanida,  kuyukishlar orasida o'tadigan davrda klinik belgilar sezilmaydi 
va to'g'ri ichak orqali hamda qin  orqali tekshirishda ham normadan tashqari 
o'zgarishlarni  topib  bo'lmaydi.  Mol  kuyukkan  paytida  esa  bachadondan

odatdagidan  ko'ra  ko'proq  sekret  chiqadi,  u  shishadek  tiniq  bo'lmay,  balki 
boshidan  oq  loyqa,  ba’zan  ipir-ipir yiring aralash  bo'ladi.
Biyalarda  yashirin  o'tadigan  surunkali  endometritda  kuyukish  belgilari 
yaxshi  bilinmaydi va  kuyukish  vaqtida qinda  ipir-ipir aralash  bir talay  loyqa, 
yopishqoq shilimshiq to'planib qoladi.
Urg'ochi mollar bu davrda bir qadar muntazam kuyukib, qochib tursa ham 
bo‘g‘oz bo'lmaydi.  Shu xilda o'tadigan  endometritda mollarning qisir qolishi 
jin siy  yo'llarida  sperm atozoidlarning  harakatiga  to'sqinlik  qiladigan 
shilimshiqning  haddan tashqari  ko‘p bo'lishiga hamda bachadonda yuzaga 
keladigan yallig'lanish ekssudatining spermatozoidlarga halokatli ta’sir etishi- 
ga  bog'liqdir.
K as a llik n i  a n iq la s h .
  Sigirlar  odatdagicha  kuyukib  turgani  bilan  qisir 
qolaverishiga,  shuningdek,  mol  kuyukkan  davrda  ba’zan  yiring  aralash 
loyqaroq talaygina shilimshiq  kelishiga qarab,  kasallik aniqlanadi.
Biyalarda bu kasallik diagnozi to‘g‘ri ichak orqali tekshirish bilan aniqlanadi. 
Ayni vaqtda bachadon tanasining yoki ko'pincha, ikkala shoxining boshdan- 
oyoq yoki qisman qalinlashgani topiladi, ular qo'lga zichlashgan, atonik bo‘lib 
unnaydi,  ba’zan  hayvon  og'riqdan  bezzillab turadi.
Kasallik oqibati.
 Urug'lanishning asliga kelishi jihatidan olinganda prognozi 
yaxshi.
K asallakn i davolash.
 Molni yetarlicha va to‘g‘ri boqish, har kuni kezishga 
olib chiqish.
Davolashda  bachadon  massaj  qilinadi,  qin  orqali  vannalar  qilinadi.  Qin 
orqali vannalarda qin, xuddi, o‘tkir endometritdagi konsentratsiyada olinadigan
3—4  I  dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan  (harorati 42—43°  bo'ladi) yuviladi.
Massaj  ham,  qin  orqali  vannalar  ham,  har  1— 3  kunda  kamida  4— 5 
martadan  qilib  turiladi.  Molni  urug'lantirishdan  bir  necha  soat  ilgari  bacha- 
donini natriy xloridning  iliq  (40—42° li)  izotonik eritmasi bilan yoki, yaxshisi, 
tuz-soda-qand eritmasi bilan (100 ml distillangan suvga 1,0 xlorid, 3,0 natriy 
bikarbonat  va  90,0  qand)  yuvib,  keyin  massaj  qilish  tavsiya  etiladi 
(A. Yu. Tarasevich).  Bu eritmadan  bachadonga ko‘p deganda 250—500 ml 
yuborish  kerak.
Bachadon bo'yni yetarlicha ochiq bo'lgan taqdirdagina bachadonni yuvish 
mumkin.  Eritmani  bachadonga  kiritishni  iloji  bo'lmasa,  qinni  tuz-soda-qand 
eritmasi  bilan chayish  bilan  kifoyalaniladi; eritma yuborish  uchun  bachadon 
bo'ynini zo'rlab ochish yaramaydi.
Vannalar  bilan  bir  qatorda  autogemoterapiya  ham  yaxshi  natija  beradi 
(3—4  kun oralatib,  ikki  marta).
Bu  kasallikni  davolashda  sinestrol  va  stilbestroldan  foydalanish; 
sinestrolning  o'simlik  moyidagi  yoki  toza  spirtdagi  1  protsentli  eritmasi  24 
soat oralatib, 3—5 ml dan teri ostiga 3—4 marta yuboriladi; stilbestrol  1,5— 
2,5  ml  dan  ishlatiladi  (0,005 protsentli  eritmasi).
Estrogen  gormon  bo‘lmish  sinestrol  ta’sir qilib  turgan  paytda  neytrotrop 
preparat  karboholinni  ishlatish  yo‘li  bilan  ham  sigirlarda  yaxshi  natija  olsa 
bo'ladi.  Bunda  molning  terisi  ostiga  sinestrolning  moydagi  1  protsentli  erit-

masi  (3— 5  ml),  2  soatdan  keyin  esa,  karboxolinning  suvdagi  0,1  protsentli 
eritmasi  (2—3  ml)  yuboriladi.  Bu  preparatlar kunora uch  marta yuboriladi.
S urun k a li  k a ta ra l  endrom etritda
  bachadon  shilimshiq  pardasi  chuqur 
o'zgarishlarga  uchraydi.  Ayni  vaqtda  shilimshiq  parda  yumshoq  tortib, 
qalinlashadi,  unda biriktiruvchi to'qima o‘sadi, shilimshiq parda yuzasida esa 
eroziyalar  paydo  bo'ladi.  Ba’zan  joylarda  bachadon  bezlaridan  tovuq 
tuxumidek keladigan  kistalar vujudga  keladi.
K asallik  belgilari.
  Sigirlarda  bir  talay va  biyalarda juda  oz  tiniq  suyuqlik 
chiqadi, bu suyuqlik sal ochiq turgan kanal orqali bachadondan qinga, keyin 
esa tashqariga ham oqib tushadi. Mol muntazam kuyukib turadi yoki kuyukish 
vaqti  o'zgaradi.
Kasallikni aniqlash.
 Sigirlarda to'g'ri  ichak orqali tekshirishda,  ko'pincha, 
bachadon  shoxlarining  asimmetriyasi  va  uning  bir  qadar  kattalashgani 
topiladi.  Ba’zan bachadon devorlarini ba’zi joylarida sal-pal likillab turadigan 
to'plamlarini  (kistani)  topsa  bo'ladi.  Bachadon  devorlari va tuxum  yo'llarida 
shaklan qotib qolgan tugunchalarga o'xshagan qalin tortgan joylar bo'lsa, sil 
jarayoni  bor,  deb  gumon  qilishga  asos  bo'ladi.  Bunday  hollarda  bachadon 
suyuqligini bakteriologik tekshirishdan o'tkazib, sil tayoqchalari bor-yo'qligini 
aniqlash  kerak. Jinsiy yo'llarda sil jarayoni borligini  bakteriologik tekshirish­
da hamisha ham  aniqlab bo'lmaydi.
Biyalarda to'g'ri  ichak orqali  tekshirishda  bachadon  yumshoq  xamirdek 
bo'lib  qo'lga  unnaydi,  shu  bilan  bir vaqtda tanasi,  ba’zan  esa  shoxlari  ham 
normaga qaraganda, deyarli 2 baravar kattalashib ketgan  bo'ladi.
Kataral endometritda to'g'ri  ichak orqali tekshirish bilan  ba’zan kasallikni 
aniqlab bo'lmaydi. Qin orqali tekshirishda bachadon bo'yni kanalining ochiq 
turganligi  (undan  bir oz miqdorda tiniq shilimshiq oqqanligi),  bachadon  shi­
limshiq  pardasining bir qadar shoshganligi va qizarganligi topiladi.
K asallik oqibati.
  Urug'lashnishning  tiklanishi jihatidan  olganda  prognozi 
yaxshi,  lekin  kasallik juda  o'tib  ketgan  bo'lsa,  mollarning  bir  qismi  bo'g'oz 
bo'lmay qolaveradi.  Bachadonda sil jarayoni  bo'lsa,  oqibati yomon  bo'ladi.
Kasallikni  davolash.
  Kasal  mollarni  avvalo  to'la  qimmatli  oziqalar  bilan 
yetarlichata’minlash kerak.  Davolashda bachadon, xuddi, o'tkirendometrit- 
dagidek, dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan yuviladi. Eritmalar issiq (42— 43°) 
bo'lishi  kerak.
Natriy  xloridning  (osh  tuzining)  suvdagi  eritmasi  bilan  endometritni 
davolash yaxshi natija beradi. Mazkur eritma bilan chayish shilimshiq pardani 
anchaga  ta’sirlantiradi  va  bachadondagi  hamma  nerv-muskul  apparatini 
qo'zg'atadi.  Eritma  distillangan  yoki  qaynagan  suvga  tayyorlanadi.  Eritma 
konsentratsiyasi  bachadonda  chiqadigan  ekssudatning  miqdori  va  sifatiga 
qarab,  har  xil  bo'ladi.  Dastlabki  chayish  uchun  5— 7  protsentli  eritmalar 
ishlatilsa,  keyin,  ekssudatlar  kamayib  qolganidan  so'ng,  2— 4  protsentli 
eritmalar ishlatiladi va hokazo; davolashning oxiriga kelib, natriy xloridning  1 
protsentli eritmasi yoki yaxshi tuz-soda-qand eritmasi ishlatiladi. Yuvish uchun 
2—3  I  eritma  kerak bo'ladi,  shu  bilan  baravar suyuqlik  kasallikning  qanday

o'tayotganiga qarab,  1—3 kun oralatib yuboriladi.  Kasallik vaqtida talaygina 
ekssudat chiqayotgan  bo‘lsa,  bachadonni  ko'proq yuvib turishi  lozim.
Bachadon  yuvilganidan  keyin  10— 15  daqiqa  o'tgach,  eritma  qoldig'ini 
va  undagi  patologik  mahsulotlarni  bachadondan  chiqarib  tashlash  kerak. 
Buning uchun bachadonning har 1— 2 kunda to‘g‘ri ichak orqali massaj qilib 
turish  lozim.
Bundan tashqari, sinetrol yoki stilbestrolning 1  protsentli eritmasi ¡shlatiladi 
(24 soat oralatib, teri  ostiga 3— 5 marta yuboriladi).
Molning  umumiy  ahvoli  yomonlashganda  antibiotiklar  sulfanilamid 
preparatlar  va  organizmning  umumiy  tonusini  saqlab  turadigan  hamda 
mahalliy  va  umumiy  himoya  kuchlarini  oshiradigan  boshqa  shifobaxsh 
moddalar ishlatiladi.
Surunkali  yiringli-kataral  endometritga  ham  surunkali  kataral  endomet- 
ritdagi  belgilar xarakterlidir,  biroq  bachadondagi  o'zgarishlar ancha  keskin 
ifodalangan  bo‘ladi.  Bu  hol  yiring  hosil  qiluvchi  mikroblarning  faoliyatiga 
bog'liq.
Kasallik  belgilari. 
Jinsiy  lablar  tekshirilganda  jinsiy  lablarning  kerkib 
turganligi  va  jinsiy  yoriq  pastki  burchakning  junlarda  jigarrang-sariq  yiring 
po'stlari topiladi.  Dumning pastki sirti ham ko'pincha, shunday po'stlar bilan 
qoplangan bo'ladi. Jinsiy teshikdan yiring aralash talaygina shilimshiq keladi.
Bachadon shilimshiq pardasining mahalliy kasalligi ko'pincha, mollarning 
umumiy ahvoligata’sirqiladi: mol bo'shashib, ozib ketadi, ishtahasi kamayadi, 
tanasining  harorati  ko'tariladi.
Kasallikni  aniqlash. 
To‘g‘ri  ichak  orqali  tekshirishda  bachadon  shox- 
laridan  biri yoki  ikkalasining  kattalashib qolgani topiladi,  shu bilan  birga ular 
paypaslaganda  likillab turadi.  Bachadonda sil  bo'lsa  (sigirlarda),  uning  de- 
vorlarida  tugunchalar  qo'lga  unnaydi.  Tuxumdonlarda  ko'pincha,  ushlanib 
qolgan sariq tana, ba’zan esa ikkala tuxumdonda ham bo'ladi. Tuxumdonlar 
aynab,  kistaga  aylanib  ketgan  bo'lsa,  bachadonning  serbar  boylamlari 
ko'pincha,  yumshab qoladi.
Qin  orqali  tekshirishda  tiqinga  o'xshab  do'ppayib  turadigan  bachadon 
bo'yni  shilimshiq  pardasining,  odatda,  juda  qizargani  va  yiring  aralash 
shilimshiq  bilan  qoplanganligi  aniqlanadi.  Bachadon  bo'yni  qin  qismidagi 
shilimshiq pardaning burmalarida ba’zan polipo'smalari uchraydi. Bachadon 
bo'yni  shilimshiq  pardasining  umuman  shishishi  bilan  birga  burmalarining 
ana shunday o'sib chiqishi bachadon bo'yni kanalining juda torayib qolishiga 
sabab bo'lishi  mumkin  (sigirlarda).
Tuxumdonda sariq tana bo'lsa, mol butunlay kuyukmaydi (anafrodiziya). 
Tuxumdonda  folikulyar  kistasi  bo'lsa,  molning  kuyukishi  juda  tez  o'tadi  va 
ancha davom etadi  (nimfomaniya).
Kasallik oqibati. 
Mol pusht berishi jihatidan yaxshi, lekin  kasallik eskirib 
ketgan  bo'lsa,  yiringli-kataral  endoterm ik  bilan  og'rigan  ba’zi  mollar 
davolashdan keyin ham qisir qolishi mumkin. Bachadonda sil jarayoni bo'lsa, 
bu yomon.
Kasallikni  davolash. 
Surunkali  kataral endometritdagidek davolanadi.

Surunkali  yiringli  endom etrit. 
Bu  kasallik  ko'pincha,  sigirlarda  va 
kamdan kam boshqa uy hayvonlarida uchraydi. Surunkali yiringli endometrit 
uch formada uchraydi.
Birinchi formasi oqchil deb ataladi va bachadon bo'yni kanali ochiq turgani 
holda doim yiring chiqib turadi.  Kasallikning  bu  xili  bachadon  involyutsiyasi 
sekinlashib qolgani tufayli  kelib chiqadi.
Ikkinchi  xilida  vaqt-bavaqt  yiring  kelib  turadi.  Bunga  sabab,  bachadon 
shilimshiq  pardasi  shishib  ketganidan  bo'ynining  kanali  vaqtincha  bekilib, 
bachadon devorining muskullari bo'shashib qolgan bo'ladi. Yiringli ekssudat 
bachadon  bo‘sh lig ‘ida  to'planib  boradi  va  mol  tanasining  vaziyatini 
o'zgartirganidagina  (masalan yotganida) qin  orqali oqib chiqadi.
Uchinchi  formasida  bachadon  bo'yni  kanali  zich  bekilib  turgani  uchun 
yiring bachadondan tashqariga oqib chiqmaydi. Endometritning bu xili, molda 
masalan, trixomonoz invaziyasida, ko'pincha, qornidagi bolasi rivojlanishning 
ilk davrida o'lib qolgan  paytlarda vujudga  keladi.
Yiringli  endometritning  piometra  deb  ataladigan  keyingi  ikki  formasi 
(yuqoriga qaralsin) bachadon bo'yni kanalining tug'uruq vaqtida shikastlanib, 
keyin  bitib  ketishi  natijasida  mol  qarib,  bachadon  devorlarining  muskullari 
atrofiyaga uchraganida yoki o'smalar vujudga kelishi tufayli  ba’zan  ikkilam- 
chi  kasallik tarzida yuzaga  keladi.
Chorva mollariga,  xususan,  biyalarda piometra bir qadar kam uchraydi.
Kasallikni aniqlash. 
Oqchilda ba’zan qo'lansa hidli chiqindilar doim jinsiy 
lablarni, vulva atrofidagi terini va dumning ichki yuzasini iflos qiladi. Mol to‘g‘ri 
ichak orqali tekshirilgan yetarli qisqarmagan va zich bo'lib turgan  bachadon 
topiladi.
Qin orqali tekshirishda bachadon bo'yni kanalining ochiq turgani va undan 
yiring  kelayotgani  ma’lum  bo‘ladi.  Tiqinga  o'xshab,  bo'rtib  chiqib  turgan 
bachadon  bo'yni  shishgan  va  qizargan.  Qinda  hamisha  bir  talay  yiringli 
ekssudat bo'ladi, bu ekssudat mikroskopda tekshirib ko'rilsa, streptokokklar 
bilan  diplokokklar topiladi.  Piometrada  molning  kuyukmay  qolishi  va jinsiy 
yoriqdan ba’zan yiring kelishi asosiy klinik belgi bo'lib hisoblanadi. Bachadon 
bo'yin  kanali  uzoq ochiq tursa, yiring  kelmaydi.
To'g'ri  ichak  orqali  tekshirishda  bachadonning  rosa  kattalashib  ketgani 
aniqlanadi,  paypaslab  ko'rilganda  esa  likillaydi.  Piometrada  bachadonning 
shunday  holatda  bo'lishini  bo'g'ozlik  bilan  adashtirish  yaramaydi,  chunki 
piometra bilan  bo'g'ozlikda (3— 5 oylik bo'g'ozlikda)  bachadonning  kattaligi 
bir xilda bo'lishi mumkin. Piometrada bachadon shoxlari bir xilda kattalasha- 
di.  Ba’zida  esa,  ya’ni  uning  ichida  zich  massalar  bo'lganda  (xususan,  mol 
bolasi  maseratsiyalanganda) bitta shoxi ikkinchisidan  kattalashadi.  Bunday 
hollarda  ayrim  suyaklarni  paypaslab  topsa  bo'ladi,  bu  diagnoz  qo'yishga 
imkon  beradi.
Bachadon shoxlarida suyuqlik bo'lganida sigirlar piometrida bachadonni 
uncha  qisqarmasligiga,  devorlarining  kalik  tortganligiga,  bachadon  o'rta 
arteriyalari diametrining kichikligiga, karunkulalarning kattalashmay qolgan- 
ligiga qarab,  bo'g'ozlik holati ajratiladi.

Qrn orqali tekshirishda qin va bachadon bo'ynining tiqinga o'xshab, bo'rtib 
chiqqan  qismining  o'zgarmaganligini  topiladi;  qinning  shilimshiq  pardasi 
yopishqoq shilimshiq  bilan  qoplanib turadi.
Kasallik oqibati. 
Qisirlikni bartaraf etish jihatidan olganda oqibatga ehtiyot 
bo‘lish  kerak.  Vaqtidan  o'tib  ketgan  hollarda  oqibati  yomon.  Yosh  mollar 
vaqtida davolanadigan  bo'lsa,  oqibati yaxshi  bo‘ladi.
Kasallikni  davolash. 
Kasallikning  boshlang'ich  davrida,  xuddi  yiringli- 
kataral  endometridagidek,  bachadonni  yuvib,  keyin  massaj  qilish  kerak. 
Bundan  tashqari,  tuxumdonda  sariq  tana  saqlanib  qolgan  bo‘lsa,  tegishli 
operatsiya qilinadi.
Kasallik vaqtidan o'tib ketgan bo'lsa, bachadonni bir marta Lyugol eritmasi 
bilan  yuvish  zarur  (A.  Yu. Tarasevich).  Bachadonga  100— 200  ml  Lyugol 
eritmasi  (kristall  yod  1,0,  kaliy  yodid  —  2,0  va  suv —  100,0)  yuborishdan 
oldin bachadon bo'yni kanalining quruq steril tampon bilan artib, borli vazelin 
surtish kerak. Eritma bachadonda 10— 15 daqiqa turgach, so'ngra to'g'ri ichak 
orqali massaj qilib, tashqariga chiqarib tashlanadi.  Ikkinchi  kundan boshlab 
bachadon  osh  tuzining  gipertonik  eritmasi  bilan  yuvila  boshlanadi.  Avval 
bachadon 10% li eritma bilan bir-ikki marta yuviladi, keyin esa kasallik jarayoni 
bosilgan  sari  eritma  konsentratsiyasi  asta-sekin  kamaytirilib  boradi  va oxiri 
bachadon tuz-soda-qand eritmasi  bilan yuviladi.
Piometrada  xirurgik  yo‘l  bilan  davolanadi.  Bachadon  bo'ynining  kanali 
yopiq  bo'lsa,  barmoqlaming  parmasimon  harakatlantirib,  uni  ochish  kerak. 
So'ngra bachadon  bo'shlig'ini natriy xloridning  izotonik eritmasi bilan yuvib, 
undan  yiringli  ekssudat  chiqarib  tashlanadi.  Shundan  keyin  100—200 ml 
Lyugol  eritmasi  yuborilib,  5  daqiqadan  keyin  bachadon  massaj  qilinadi. 
Keyingi  kunlarda bachadon  tuz eritmalari  bilan yuviladi.
Bachadon  muskul  qavatining  yallig'lanishi. 
(Myometritis). 
Kasallik 
paydo  bo'lish  sabablari. 
Og'ir  endometritlar  natijasida  yallig'lanishning 
tarqalishi,  goho qon  orqali  mikroorganizmlar kirishidan  paydo  bo'ladi.
Kasallikni  aniqlash . 
To'g'ri  ichak orqali tekshirishda  bachadon  qalin 
tortgan, ba’zida g'adir-budur, ba’zi joylari  toshdek qattiq bo'ladi. Bachadon 
shoxlari,  ba’zida  tanasi  ham  qorin  bo'shlig'iga  tushib  turadi.  Muskullar 
orasida  biriktiruvchi  to'qim a  o'sib,  muskul  tolalarining  o'rnini  oladi. 
Bachadon  devorlarining  ba’zi joylariga ohak tuzlari yig'iladi.  Ba’zan 
a b s- 
s e s s la r
 hosil qulib,  bular bachadon bo'shlig'iga ochiladi yoki kapsula bilan 
o'ralib  qoladi.
Bachadon harakat funksiyasining  buzilishi miometrit uchun xarakterlidir.
Kasallik oqibati. 
Yomon.
Kasallikni  davolash. 
Miometritda  davo  yaxshi  natija  bermaydi;  shu 
kasallik  bilan  og'rigan  mollar ona  mollar  podasidan  chiqariladi,  chunki  ular 
qisir bo'lib qoladi yoki  hadeb bola tashlayveradi.
Bachadon seroz pardasining yallig'lanishi 
(Perimetritis) 
Kasallik paydo 
bo'lishi  sa b a b la ri.
  Perimetrit  ko'pincha,  bachadonning  muskul  va  seroz 
pardasiga yallig'lanish jarayoni tarqalganda endometritning asorati tariqasida 
vujudga  keladi.  Perimetrit  shiiimshiq  parda  ba’zan  bir  oz  shikastlanganda

ham  kelib  chiqadi.  Bunday  hollarda  limfa  yoki  tuxum  yo'llari  orqali  seroz 
pardaga o'tgan  mikroorganizmlar kasallik tug'diradi.
Bachadon seroz pardasining yallig'lanishi qorin  pardasiga o‘tib,  umumiy 
peritonitga sabab  bo'Mshi mumkin,  bunda qorin  bo'shlig'ida fibrin yoki yiring 
to'planib qoladi.
K asallik  b elgilari  va  uni  aniqlash. 
Umumiy  tana  harorati  ancha 
ko'tarilgan,  puls tezlashgan  bo'ladi,  ishtaha  yo'qoladi,  molning  qomi  ichiga 
tortilib  ketadi,  mol  zo‘rg‘a  yuradi  va yurganida  og‘riq  turadi.  Axlat va  siydik 
kelishi  sekinlashadi  va  og‘riqqa  sabab  bo'ladi.  Qorin  devori,  chot  qismi, 
ayniqsa,  o‘ng  tomonda  paypaslab  ko'rilganda  hayvon  juda  bezillab  turadi. 
Jinsiy organlariga qo‘l  kiritilganda mol,  ayniqsa,  ko‘p bezovtalanadi.
Kasallikning  oqibati. 
Shubhali,  chunki  kasallik  ko'pincha,  ovqat  hazm 
qilish  a’zolarining  funksiyasi  buzilishi  bilan  og'irlashib,  keyin  molning  ozib- 
to'zib,  o‘lib ketishiga olib boradi.
Kasallikni davolash. 
Bachadonning anatomik jihatidan bir-biriga bog'liq 
bo'lgan  uchala  pardasi,  organizmning  himoya  reaksiyasiga  qaramasdan, 
patologik  jarayonga  berilishi  mumkin.  Shu  munosabat  bilan  bachadon 
shilimshiq  pardasining  o'tkir yallig'lanishi  bilan  og'rigan  mollarni  davolash, 
avvalo, jarayonning muskul va seroz pardalarga o‘tib ketishiga yo‘l qo'ymas- 
likka qaratilgan  bo'lishi  kerak.
Davolash  choralari  endometritdagidek.  Bu  choralar  birinchi  navbatda 
organizm  qarshiligini  kuchaytirish  va  organizmining juda  suvsizlanishdan 
kelib  chiqadigan  zaharlanishning  oldini  olishga  qaratilgan  bo'lishi  kerak. 
Shu  maqsadda,  ko'pincha, venaga fiziologik eritma va glukoza yuboriladi. 
Antibiotiklar,  sulfonilamid  preparatlar,  vitaminlar  buyuriladi.  Antibiotiklar 
yuborganda qon va shikastlangan to'qimalarda o‘sha preparatlarning yetarli 
miqrobga  qarshi  konsentratsiyasi  vujudga  keladigan  miqdorda  belgilash 
lozim.
Parametrit 
(Parametritis).  Parametrit  deyilganda,  qin  atrofidagi  tos 
klechatkasi bilan serbar bachadon boylagichlarining yallig'lanishi tushuniladi.
Kasallik  paydo  bo'lish  sabablari. 
Parametrit,  odatda,  bachadonning 
o'tkir  yallig'lanishi  natijasida,  ahyon-ahyonda  yallig'langan  ichak  va  qorin 
pardasidan  o'tish  natijasida vujudga  keladi.  Mikroorganizmlar bachadonda 
asosan, qon va limfa yo'llari bilan atrofdagi to'qimalarga o'tadi. Yallig'langan 
to'qimalarda ko'pincha, 
abssesslar
 vujudga  keladi.
Kasallik belgilari va aniqlash. 
Tana harorati ko'tarilgan, molning orqasi 
bukchaygan bo'ladi; mol tez-tez kuchanib turadi, defekatsiya va siyish vaqtida 
og'riq sezadi. To'g'ri ichak va qin orqali tekshirishda mol juda bezovtalanadi 
(bezillaganidan);  bachadonning  shikastlangan  devorlari  va  boylag'ichlari 
qo'lga qalin tortgan va shishgan  bo'lib  unnaydi,  ba’zan  abssesslar topiladi.
Kasallik  oqibati. 
Molning  tuzalib  ketishi  jihatidan  olganda  ham,  keyin- 
chalik bo'g'oz bo'la olishi jihatidan olinganda ham prognozi sigirlarda shubhali
biyalarda yomon.
Kasallikni  davolash. 
Perimetritdagidek  davolanadi.  Yallig'lanishning 
boshlang'ich  davrlarida  antibiotiklar  va  umuman  quvvatga  kirgizadigan

moddalar  bilan  davolash  zarur.  Abssesslar  paydo  bo'lganida  (qinda  va 
oraliqda)  ularni o‘z vaqtida  kesish  kerak.
TUXUM  Y O ‘LLARINING  KASALLIKLARI
0 ‘tkir  kataral  salpingit. 
Tuxumdonlarning  yallig'lanishi  (Salpingitis) 
sigirlarda va goho boshqa uy hayvonlarida uchraydi. Bu kasallikka bachadon 
yoki  qorin  bo'shlig'idan  tuxum  yo'llariga  o‘tadigan  mikroblar sabab  bo'ladi. 
Birinchi holda mikroblar endometritlarning og‘ir xili bo'lganida tuxumdonlarga 
o'tsa, ikkinchi holda sil yoki qorin devorining shikastlanishi natijasida peritonit 
vujudga kelganda o'tadi  (sigirlarda).
Mikroblar tuxum  yo'lining  shilimshiq  pardasiga tushganidan  keyin  avval 
endosalpingit yuzaga keladi, bunda epitelial hujayralar bo'rtadi va shilimshiq 
parda qalin tortadi. Yallig'lanish jarayoni avj olib borgan sayin sekret ajralishi 
xiyla ortadi va biriktiruvchi to'qima asta-sekin o'sib  boradi.
Kasallik  uzoq  davom  etsa,  yallig'lanish  jarayoni  tuxum  yo'lining  seroz 
pardasigacha bo'lgan  hamma qavatiga tarqaladi.
Surunkali  salpingit. 
Tuxum  yo'llari  shilimshiq  pardasining  surunkali 
yallig'lanishida epiteliy degeneratsiyaga uchrab, qalin tortadi va biriktiruvchi 
to'qima  o'sib  ketganida  burmalari  zichlashib  qoladi.  Patologik jarayonning 
xarakteriga qarab, sil salpingiti, tuxum yo'llari  istiskosi va tuxum yo'llarining 
yiringli yallig'lanishi tafovut qilinadi.
Sil salpingiti (Salpingitis tuberculosus) da tuxum yo'li zichlashib, yo'g'onligi 
poxoldan  qalamgacha  yoki  hatto,  barmoqdek tugun-tugun  tortma shakliga 
kirib qoladi.
Tuxum yo'lining istiskosi (Hydrosalpinx) tuxum yo'li tiqilib qolishi (bir uchida) 
va  shokilalarining  tuxumdon  bilan  birga  bitib  ketishi  (ikkinchi  uchida)  tuxum 
yo'lida  suyuqlik  to'planishi  bilan  birga  davom  etadi.  Tuxum  yo'lida  suyuqlik 
katta-kichik kistalar shaklida yig'iladi yoki tuxum yo'lini boshdan bir tekis to'ldirib 
turadi.  Bu kasallikda tuxumdon devori yupqa tortib, cho'zilib ketadi.
Tuxum  yo'lining  yiringli  yallig'lanishi  (Pyosalpinx)  ekssudativ  jarayon 
tuxum  yo'lining  boshdan-oyog'igacha  uning  bachadon  shoxiga  kiradigan 
joyigacha tarqalganda vujudga keladi. Shu joyda shilimshiq parda qalinlashib 
ketganligi uchun tuxum yo'liga kirib qoladi.  Molda sil salpingit bilan  peritonit 
vujudga  kelganda  yoki  qorin  devori  teshilganda  ana  shunday  hodisa  yuz 
berishi mumkin. Tuxum yo'lining tuxumdon tomonidagi uchida ham peritonial 
shoxli  bitib ketgan  bo'lsa,  bu tuxum yo'lining  ikkinchi tomondan ham  bekilib 
qolishiga olib keladi.  Plliglanish jarayoni yana davom etar ekan, tuxum yo'li 
kengayib,  barmoqdek va  bundan  ko'ra yo'g'onroq  bo'lib qoladi.

Yüklə 24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə