Rivojlantirish instituti a. R. Jabborov, S. S. Sotiboldiyev veterinariya akusherligi, ginekologiyasi va sun



Yüklə 24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/40
tarix28.04.2017
ölçüsü24 Kb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40

Kasaliikni  aniqlash. 
Yirik  molning  tuxum  yo'lini  to'g'ri  ichak  orqali  qo'l 
bilan tekshirib ko'rgandagina uning patologik o'zgarishini aniqlash  mumkin. 
Normal tuxum yo'li shu qadar ingichka va yumshoq bo'ladiki, serbar bachadon 
bog'lagichida u  mutlaqo sezilmaydi.  Mayda hayvonlarda tuxum yo'lini  klinik 
tekshirishdan o'tkazishning  iloji yo'q.

Sil  salpingitida  tuxum  yo'li  diametri  poxoldek  keladigan  dumaloq,  zieh 
tortma
 ko'rinishida qo‘lga unnaydi. Sil jarayoni juda eskirib ketsa, tuxum yo‘li 
yo‘g‘onligi barmoqdek keladigan qattiq va tugun-tugun 
tortma
 shaklida qo‘lga 
unnaydi.
Yiringli salpingit yoki gidrosalpinginitda tuxum yo'li paypaslaganda diametri 
qalamdek va undan yo'g'onroq keladigan yupqa suyuqlik bilan to'lgan elastik 
nay qo'lga  unnaydi.  Klinik tekshirishda yiringli  salpinginitni  gidrosalpigitdan 
farqlash  juda qiyin,  ko'pincha,  mumkin  ham emas.
K asailik  oqibati. 
Aniq  ifodalangan  klinik  belgilar  bilan  o'tayotgan 
salpingitning  har  qanday  xilida  qisirni  bartaraf  etish  ma’nosida  olinadigan 
bo'lsa,  prognoz yomon.
Kasallikni davolash. 
Ekssudat yig'ilib qolgan bo'lsa, tuxum yo'llari yengil 
massaj  qilinadi.  Tuxum  yo'llarining  harakat  va  sekretor  funksiyalarini 
kuchaytirish  uchun  pituitrindan  ikki  kun  oralatib,  2— 3  inyeksiya  qilinadi. 
Tuxum yo‘li sildan  shikastlangan  bo'lsa,  davolash  natija bermaydi.
TUXUMDONLARNING  KASALLIKLARI  VA  FUNKSIYALARINING
BUZILISHI
Tuxumdonlarning  yallig'lanishi 
(Ovaritis).  Bu  kasallik  hayvonlarning 
hamma turlarida  uchrab,  o'tkir va surunkali o'tishi  mumkin.
Kasallik paydo bo'lish sabablari. 
Yallig'lanish jarayoni virulent mikroblar 
tufayli kelib chiqadi, bu mikroblar yo'ldosh ajralmay qolganida yoki bachadon 
shilimshiq  pardasi  yallig'langanda  bachadon  shoxlarining  uchidan  tuxum 
yo'llari  orqali tuxumdonga tushadi.  Mikroorganizmlar ba’zan  qon  yoki  limfa 
yo'llar bilan o'tadi. Haddan tashqari zo'r berib, massaj qilganda yoki tuxumdon 
kistalari  teshilganda  yuzaga  keladigan  shikastlar  ba’zan  tuxumdonning 
yallig'lanishiga sabab bo'ladi.
Kasallik belgilari va uni aniqlash. 
O'tkir ovaritda molning tana harorati 
ko'tariladi, mol bo'shashadi, ovqat yemay qo'yadi.  Ikkala tuxumdon shikast­
langan  bo'lsa,  jinsiy  sikllar  ritmi  buziladi;  bir tomondagi  tuxumdon  shikast- 
langanda bu sikl  buzilmasligi  mumkin.
O'tkir yallig'lanish davrida tuxumdonlar to'g'ri ichak orqali tekshirib ko'rilsa, 
kattalashgan, bezillab turadigan, butun yuzasi silliq va konsistensiyasi shishib, 
yumshagan  bo'ladi.
Surunkali kasallikda tuxumdonlar biriktiruvchrto'qima o'sgani uchun qattiq 
bo'lib qoladi. Tuxumdonda abssess bo'lsa, to'g'ri ichak orqali tekshirishda u 
bezillab, fluktuatsiyalanib turadigan  pufakchasimon tuzilma holida unnaydi.
Kasallik  oqibati. 
Tuxumdonlar yallig'lanishining  har qanday xilida  ham 
oqibati  jihatidan  ehtiyot  bo'lish  kerak.  Mikroorganizmlarning  ta’siri  kam, 
organizmning himoya kuchlari esa kuchli bo'lgan hollarda o'tkir jarayon asta- 
sekin so'nib, tuxumdon asliga kelib qoladi. Tuxumdonlardagi kasallik jarayoni 
cho'zilib, surunkaliga o'tadigan bo'lsa, to'qimasida chuqur o'zgarishlar yuzaga 
keladi.

Kasallikni davolash. 
Haroratining ko'tarrlish bilan birga davom etadigan 
o'tkir  yallig'lanishda  antiseptik  moddalardan  (sulfanilamid  preparatlar, 
antibiotiklardan)  foydalanish  kerak.  Retikuloendotelial  sistemani  aktivlash- 
tirish  va  organizmining  qarshiligini  oshirish  uchun  venaga  spirt  yuboriladi 
(spirtni qanday yuborish  oldingi  mavzularda bayon etilgan).
Kasallik surunkali  holatga o'tgan  bo'lsa,  tuxumdonlar to‘g ‘ri  ichak orqali 
2—3 hafta davomida kuniga 5 daqiqadan massaj qilish tavsiya etiladi. Bundan 
tashqari,  ixtiol-moy  chechak  suyuqligi  ishlatiladi  (harorati  42—45°bo‘ladi). 
Suyuqlik 5%  li  moy chechak choyiga 2% li  ixtiol qo'shish  bilan tayyorlanadi. 
Bunda axlatdan tozalanib, qalin  qilib vazelin surilgan to‘g‘ri  ichakka  1  I miq- 
dorida yuboriladi. Davolash uchun mazkur jarayon har kuni kamida olti marta 
takrorlanishi  kerak.
Tuxumdonlarning  sklerozi. 
Bu  kasallikda  tuxumdonlarda  biriktiruvchi 
(fibroz) to'qima o'sib, asta-sekin tuxumdon bez to'qimasining 
0
‘rnini egallaydi.
Kasallik  paydo  bo‘lish  sabablari. 
Tuxumdonlarning  yallig'lanishi  bir 
qancha hollarda biriktiruvchi to'qima o'sib ketishiga olib kelishi mumkin. Kista, 
o'sma va patologik sariq tanalar ba’zan tuxumdonlar skleroziga sabab bo‘la 
oladi.
K asallik  belgilari  va  uni  an iq lash. 
Tuxumdonlar  qisman  yoki  bir 
tomondan  sklerozga  uchragan  bo'lsa,  graaf  pufakchalari  hosil  bo'laveradi 
va  mol  kuyukib turadi.  Tuxumdonlarning  ikkala tomondan  butunlay skleroz 
bo'lishi jinsiy siklning to'xtab qolishiga olib keladi.
To‘g‘ri ichak orqali tekshirilgan shikastlangan tuxumdonlarning juda qattiq, 
yuzasi silliq  bo‘ladi yoki  undan  mayda-mayda g'uddalar qo'lga unnaydi.
Kasallik  oqibati. 
Tuxumdonlar  qisman  shikastlanganda  mol  kuyukkan 
vaqtida urug'lantiriladigan bo'lsa,  bo‘g‘oz bo'lishi mumkin. Tuxumdonlar ikki 
tomondan shikastlangan  bo'lsa,  mol  qisir qoladi.
Kasallikni  davolash. 
Tuxumdonlarning  funksiyasi  susayganda va  ular 
atrofiyaga uchraganida qanday vositalar bilan davo qilinadigan bo'lsa, bunda 
ham xuddi o'sha vositalar bilan davolanadi. Tuxumdonlar butunlay sklerozga 
uchraganida davo naf bermaydi, chunki halok bo'lgan to'qimani asliga keltirib 
bo'lmaydi.
Tuxum donlar funksiyasining  susayishi va atrofiyasi. 
Barcha turdagi 
urg'ochi uy hayvonlarida tuxumdonlar funksiyasi vaqtincha susayishi mumkin. 
Bunday susayish uzoq davom etadigan bo'lsa, tuxumdon atrofiyaga uchraydi. 
Qari  mollarda  ham  fiziologik  atrofiya  vujudga  keladi.  Amalda tuxumdonlar 
funksiyasining  susayishi  va  ularning  patologik  atrofiyaga  uchrashi  ko'proq 
sodir bo'ladi.
Kasallik paydo bo'lish sabablari. 
Tuxumdonlar funksiyasining susayishi 
va  ularning  atrofiyasi  og'ir  kasallik  yoki  noto'g'ri  boqish  tufayli  mollarning 
madordan ketishi natijasida kelib chiqadi. Chala rivojlangan mol birinchi marta 
tuqqanida ko'pincha, tuxumdonlar gipofunksiyasi ko'riladi. Ochlik, oz o'qlarda 
mineral  moddalar  (xususan,  kalsiy)  va  vitaminlarning  yetarli  bo'lmasligi 
tuxumdonlar faoliyatining susayishiga olib keladi.  Ikkinchi tomonidan,  bir xil 
ozuqa berib,  molni  bir tomonlama  boqish  ham tuxumida yog' to'planishi  va

follikulalarning degeneratsiyaga uchrashi tufayli tuxumdonlar funksiyasining 
susayishiga va atrofiyasiga sabab bo'lishi mumkin.  Bu hodisa ko'pincha 2,5 
va  undan  ko'proq yoshga  kirgan g'unajinlarda  uchraydi.
Molni  haddan  tashqari  ko‘p ishlatish,  odatdan  tashqari  iqlim,  yaqin  qon- 
qarindoshlar orasidagi  urchitish  ham tuxumdonlar funksiyasining  susayishi 
va  atrofiyasiga  sabab  bo'lishi  mumkin.  Mol  zo ‘r  berib  bir  tom onlama 
boqiladigan bo‘lsa, tuxumdonlar atrofiyasi, ba’zan ko‘p sut ajralishi natijasida 
vujudga  keladi  (sersut  mollarda).  Ba’zan  mollarda  tuxumdonlar  atrofiyasi 
bilan  birga  bachadon  atrofiyasi  ham  ko'riladi.  Nihoyat,  tuxumdonlarning 
spesifik to'qimasi kuchli suyuqlik bosimi ta’sirida kristallga aylanganida yoki 
ulardagi  sariq tana gipertrofiyalanganda ham  atrofiyaga uchrashi  mumkin.
Kasallik belgilari va uni aniqlash. 
Tuxumdonlar funksiyasi susayganida 
molning  kuyukishi shu  qadar betayin  va sust  bo‘ladiki,  buni sirtdan  ko‘zdan 
kechirish  bilan  bilib bo‘lmaydi. Tuxumdonlar atrofiyasida mol  kuyukmaydi.
T o ‘g‘ri  ichak  orqali  tekshirishda  tuxum donlarda  yetilib  kelayotgan 
follikulalarni yoki sariq tanani topib bo'lmaydi. Tuxumdonlarning birida, ba’zan 
sariq  tananing  qoldig'idan  iborat  bilinar-bilinmas  qattiq  dumboqcha  qo‘lga 
ilinadi. Tuxumdon yumshoq-elastik konsistensiyada va juda kichkina bo'ladi. 
Bachadon odatda qisqargan,  ba’zan  nihoyatda  kichikligi  bilan  ajraladi.
Kasallik  oqibati. 
Sog'lom,  yosh  mollar  uchun  yaxshi,  qari  mollarga 
kelganda  ehtiyot  bo'lishi  kerak.  Tuxumdonlar  bilan  bir  qatorda  bachadon 
ham  atrofiyaga uchragan  bo‘lsa,  oqibati yomon  bo'ladi.
Kasallikni davolash. 
Awalo mollarning boquvini yaxshilash va oziqalarda 
vitaminlar bo'lishiga  ahamiyat  berish  kerak.  Mollar  molxonada  boqiladigan 
bo'lsa,  ularni har kuni  uzoq  kezdirib turish  lozim.
Tuxumdonlarga  ko'proq  qon  kelishi  va  ularning  yaxshiroq  oziqlanishi 
uchun tuxumdonlar to'g'ri ichak orqali massaj qilinadi.  Har bir tuxumdon 3—
5 daqiqa davomida massaj qilinadi.  Mol  kuyukadigan  bo'lishi uchun 24— 28 
soat oralatib, 4—5 marta takrorlash  kerak.
Tuxumdonlar faoliyatini qo'zg'atish uchun estrogenlar bilan birga vagotron 
moddalar ham  ishlatiladi: teri ostiga 0,5 protsentli  prozerin eritmasi yoki 0,1 
protsentli karboxolin eritmasi yuboriladi, shundan 5 kun o'tgach esa muskullar 
orasiga  stilbestrolning  moydagi  0,005  protsentli  eritmasi  yoki  teri  ostiga 
sinestrolning moydagi 1  protsentli eritmasi yuboriladi. Prozerin bilan koboxolin 
dozasi 2—3 ml, stilbestrol dozasi — 2 ml, sinestrol dozasi esa —  1 — 1, 5ml. 
Estrogen  (stilbestrol  yoki  sinestrol)  yuborilgandan  keyin  yaqin  5— 10  kun 
davomida  mol  kuyukmasa  stilbestrol  (2 ml)  yoki  sinestrolning  (1— 1,5  ml) 
takror yuborish kerak. Tuxumdonlar funksiyasining yetishmovchiligida faqat 
sinestrolning  o'simlik  moyi  yoki  spirtdagi  1  protsentli  eritmasidan  1— 3  ml 
miqdorida  (yirik  molning  tirik  vazniga  qarab)  24— 48  soat  oralatib  1— 2 
inyeksiya qilinadi.
Bundan tashqari homilador biyalar qoni, ya’ni KJK yoki qon zardobi, ya’ni 
SJK  ishlatiladi.
Persistent sariq tana. 
(Corpus luteus persistens). Persistent yoki to'xtalib 
qolgan sariq tana deb tug'uruq yoki ovulyatsiyadan keyin (otalanishsiz) so'rilib

ketmagan sariq tanaga aytiladi.  Persistent sariq tana follikulalarning yetilishi 
va  rivojlanishini  susaytiradigan  garmonlar  ishlab  chiqaradi,  modomiki, 
shunday ekan,  molning  qisir qolishiga sabab bo'lishi  mumkin.
Persistent  sariq  tana  ko'pincha  sigirlarda  va  kamroq  boshqa  turdagi 
mollarda  uchraydi.
Kasallik  paydo  bo'lish  sabablari. 
Molni  kezishga  olib  chiqmaslik, 
molxonada asrash,  bir tamonlama  boqish,  endometrit,  bachadonda  sekret 
yig'ilib qolishi va o'lik bola bo'lishi sariq tananing to'xtalib qolishiga olib keladi. 
Yetarlicha  ovqatlanmaslik  tuxumdonlar funksiyasining  susayishi  sigirlarda 
laktatsiya  hammadan  avj  oigan  davrda  sariq  tananing  so'rilishi  ko'pincha 
to'xtab qoladi. Minerai moddalar almashinuvining buzilishi ham tuxumdonlar 
funksiyasining susayishiga olib keladi, bu o‘z navbatida sariq tananing turib 
qolishiga sabab  bo'ladi.
Kasallik  belgilari  va  uni  aniqlash. 
Persistent  sariq  tananing  asosiy 
belgisi  molning  kuyukmay qo'yishidir.  Kamdan  kam  hollarda  mol  kuyukadi- 
yu,  lekin  ovulyatsiya bo'lmaydi.
To‘g‘ri  ichak  orqali  tekshirishda  bir  qadar  kattalashgan  bitta  yoki  ikkala 
tuxu m d o nd a   g 'a d ir-b u d irla r  top ilad i,  b ular  paypaslab  k o 'rilg a n d a  
tuxumdonnlng  o‘z  to'qimasiga  qaraganda  bir  qadar  zichroq  bo‘lib  qo'lga 
unnaydi.  Jinsiy  apparatning  boshqa  bo'limlari  tekshirilar  ekan,  sariq  tana 
shimilmay qolgan  bo‘lsa,  bachadon  kasalligi  ham topiladi.
Persistent  sariq  tananing  bo'g'ozlikda  uchraydigan  chin  sariq  tanadan 
farqlash  ba’zan  qiyin  bo'ladi.  Shuning  uchun  davolashga  kirishishdan  oldin 
sinchiklab  tekshirib,  molni  bo‘g‘oz-bo‘g‘ozmasligini  aniqlash  kerak,  chunki 
mol  bola  tashlab  qo'yadi.  Takror  tekshirish  bilan  molning  bo'g'ozmasligini 
aniqlashning  iloji  bo'lsa,  2—3  haftadan  keyin,  yana tekshirib  ko'rish  kerak, 
shunda jinsiy apparatning  holati  ma’lum  bo'lib qoladi.
K asallik  oqibati. 
Bachadon  va  tuxum  yo'llarida  kasallik  asoratlari 
bo'lmasa va sariq tana olib tashlangan yoki so'rilib  ketgan  bo'lsa,  ko'pchilik 
hollarda  mol  1— 10  kundan  keyin  kuyukadi.  Sigirlarni  kuyukkan  vaqtida 
qochirish,  odatda,  bo‘g‘oz  bo'lishiga olib keladi.
Kasallikni davolash. 
Persistent sariq tana bo'lsa, simptomatik va operativ 
davom metodlari qo'llaniladi (325- betga qaralsin). Simptomatik moddalardan 
M.  P. Tushnov  retseptiga  muvofiq  tayyorlangan  ovarnolizat  yaxshi  natija 
beradi.  Sigirlarga  bu  preparat  10— 15  ml  miqdorida teri ostiga yuboriladi.  2 
kun  oralatib,  5 marta  inyeksiya qilinadi.  Estrogenlar bilan  birga qo'shib,  va- 
gotrop moddalarni  ham  ishlatsa bo'ladi.
Tuxumdon kistasi 
(Cystes ovariorum). Tuxumdon kistasi yorilmay qolgan 
follikullar bilan nobud bo'lgan tuxumhujayralardan yoki follikula yorilganidan 
(ovulyatsiyadan) keyin tuxumdonda vujudga keladigan tuzilmadir.  Patologik 
holat birinchi holda 
follikulyar kista
 deb,  ikkinchi  holda esa, 
sariq  tana  kista­
si,
  deb ataladi.
Follikulyar kistalar bitta yoki ikkita pufakcha ko'rinishida yakka holda (ylrik 
kistali  tuxumdon)  yoki  kattaligi  no'xatdek  keladigan  bir  talay  pufakchalar 
ko'rinishida  bo'ladi.  Tuxumdon  kistalari  hayvonlarning  hamma  turida,  lekin

ko'proq biyalar bilan sigirlarda,  kamroq echki,  qo‘y, cho'chqa va itlarda uch- 
raydi.
Kasallik  paydo  bo'lish  sabablari. 
Mollarni  kezishga  olib  chiqmasdan 
molxonaga  asrash,  yaxshi  ozuq  bilan  yolchitib  boqm aslik  tuxumdon 
kistalarining paydo bo'lishiga sabab bo'ladi. T uxumdon kistalari bachadonning 
har xil  kasalliklari tufayli kelib chiqadi,  bunda mikrorganizmlar tuxum yo'llari 
orqali  tuxum donlarga  o'tadi  va  uning  ya llig 'la n ish i,  folliku la la rning  
degeneratsiyaga uchrashiga sababchi bo'ladi.
Kistalar  (ba’zan  sigirlarda)  sil  jarayonining  qorin  pardasidan  tarqalishi 
tufayli  kelib  chiqadi.  Tuyalarda  follikulyar  kistalar  bir  necha  jinsiy  sikl 
davomida biyaning qochmay qolishi yoki urug'lanmasligi natijasida vujudga 
keladi.  Xususan  qochirish  mavsumida  biyalarni  holdan  toydiradigan  ish- 
larda  ishlatish  follikullar  rivojlanishning  buzilishiga  sabab  bo'ladi,  bu- 
biyalarda follikulyar kistalar paydo  bo'lishiga olib  keladi.  Bundan tashqari, 
gipofiz  oldingi  gormonal  funksiyasining  buzilishiga  ko'pincha  tuxumdon 
kistalari  sababchi  bo'ladi.
Kasallik  belgilari. 
Follikulyar  kista  paydo  bo‘lganida  ortiqcha  follikulin 
ajralib,  nimfonamiyaga olib  keladi  (quyiga qaralsin).
Sigirlarda bu hodisa qattiq bezovtalanish bilan birga davom etadi, bunda 
sigir hadeb  bo‘kirib,  ma’rayveradi.  Molxonada  boqilayotgan  mol  shu tariqa 
bezovtalanadigan  bo'lsa,  dam-badam  oldingi  oyoqlari  bilan  yer  tepinadi, 
ba’zan tanasining keyingi qismini ustun yoki devorga ishqalaydi va oz-ozdan 
tez-tez  siyib  turadi.  Mollar  yaylovda  boqilayotgan  bo‘lsa,  sigir  boshqa 
sigirlarning  ustiga irg'ib podani bezovta qiladi.
Bunday sigir buqaga qo'yilganda tinch turadi, lekin urug'lanmaydi. Sababi 
shuki, bu kasallikda shikastlangan tuxumdonda bo'lsin, normal tuxumdonda 
bo'lsin,  follikulalar yetilmaydi.  Molning  asablari  qo‘zg‘alishi  tufayli  u  yaxshi 
ovqat  yemay  qo'yadi,  shuning  uchun  ham  tuxumdonida  sariq  tana  qolib 
ketgan sigirlar juda  ozib  ketadi.  Tuxumdonlarning  kasalligi  uzoq  cho'ziladi- 
gan bo'lsa, bachadon boylamlari, xususan, ularning orqacheti pastga suriladi. 
Bundan tashqari, jinsiy lablar bir qadar shishib chiqadi.
Bu kasallikda biyalar tez-tez va uzoq kuyukib turadi, shu bilan birga ularni 
ayg'irga qo‘yish hamisha ham behuda ketmaydi, biyalar qochadi va bo‘g‘ozlik 
keyinchalik tuxumdonning  bittasida  kista  bo'lishiga  qaramasdan,  ikkinchisi 
normal  ishlashi sababli  normal  rivojlanaveradi.
Sariq tana kistasining paydo bo'lishi, odatda, anafrodiziya jinsiy sikllarning 
bo'lmasligi)  bilan  birga davom etadi.
Kasallikni  aniqlash. 
To'g'ri  ichak orqali  tekshirishda  bitta yoki  bir talay 
follikulalar borligidan  tuxumdonning  bittasi  yoki  ikkalasi  kattalashgan  bo'lib 
chiqadi.  Ularda qalqish har xil darajada ma’lum bo'ladi,  bu bir yoki bir necha 
follikulalarning  nechog'li to'lishib turganiga va devorlarining  qalin yupqaligi- 
ga  bog'liq.
Tuxumdon kistalarining kattaligi  har xil bo'lishi mumkin.  Bir talay mayda- 
mayda  follikulalar  tufayli  tuxumdon  g'adir-budur  bo'ladi.  Bunday  hollarda 
aniqlash  qiyin  emas.  Tuxumdonlarda  kattaligi  taxminan  graf  pufagidek

keladigan  pufakcha  topilsa,  bir  marta  tekshirishda  patologiyaga  uchragan 
organni normal organdan ajratib bo‘lmayd¡. Masalani uzil-kesil hal qilish uchun 
takror tekshlrib  ko'rish  kerak  (sigirlarda 2—3  kundan  keyin,  biyalarda  10— 
12  kundan  keyin).  Bu  safar  tuxumdonda  bir  xildagi  o'zgarish  topiladigan 
bo'lsa, tuxumdon kistasini aniqlash mumkin. Takror tekshirish biyalarda keng 
tadbiq  etiladi,  chunki  graaf  pufagi  ham  tuxumdon  kistasi,  odatda,  kichkina 
bo'ladi.  Ba’zan  ular kattagina bo'ladi.
K asallik 
oqibatiga  ehtiyot  bo'lish  kerak,  chunki  davolashdan  keyin 
tuxumdon  kistasi yana vujudga  keladi.
Kasallikni davolash. 
Avvalo molni boqish, asrash va ishlatishda normal 
sharoit yaratish kerak. Biyalarda yakka kistalar ko'pincha davolanmasa ham 
so'rilib ketadi.
Kistalarning  so'rilishini  tezlashtirish  uchun  bir  necha  kun  mobaynida 
tuxum-donni to‘g‘ri ichak orqali yaxshilab massaj qilish lozim. Natija bo‘lmasa 
kistani  to‘g‘ri  ichak yoki  qin  orqali  ezib  tashlash  yoki  qin  orqali  kovak  igna 
bilan teshish  mumkin.
Sariq  tana  kistalarini  davolashda  M.  P. Tushnov  ovariolizati  yaxshigina 
natija beradi.
Nimfomaniya. 
Nimfomaniya deb, jinsiy maylning  uzoq vaqt yoki,  hatto, 
beto'xtov  qo‘zg‘alishiga  aytiladi.  Bu  kasallik  biyalarda  hammadan  ko'ra 
ko'proq,  sigir,  cho'chqa,  echkilarda  kamroq va boshqa turdagi  hayvonlarda 
esa yanada  kamroq  uchraydi.
Kasallik paydo  bo'lish  sabablari. 
Tuxumdonlarning follikulyar kistalari 
sariq  tana  funksiyasining  susayishi,  ichki  sekretsiya  bezlari,  (gipofiz, 
qalqonsimon  bez,  buyrak  usti  bezi)  funksiyasining  buzilishi  yoki  nerv 
sistemasining follikulinga ortiq darajada sezgir bo'lib qolishi nimfomaniyaga 
sabab  bo'lishi  mumkin.
Kasallik  belgilari. 
Kasallikning  boshlanishiga  kuyukish  davri  uzayadi. 
Keyinchalik kuyukish davri to'xtamasdan davom etaveradi. Mana shu paytda 
molning jinsiy mayli juda zo'rayib  ketadi  («Tuxumdon  kistasi»  temachasiga 
qaralsin).
Kasallik oqibati. 
Molning nasl berishijihatidan olinadigan bo‘lsa, prognozi 
shubhali,  chunki  mollar ko'pincha tug‘maydigan  bo‘lib qoladi.
K a s a llik n i  d a v o la s h . 
Tuxum don  va  bachadon  massaj  qilinadi, 
shuningdek,  yuqorida aytilgan  a’zolarning funksiyasini  tiklashga  qaratilgan 
boshqa davolash usullari qo'llaniladi. Davolash natija bermasa foydalanishga 
topshiriladi  (tuxumdoni olib tashlanadi).

GINEGOLOGIK  KASALLIKLAR  BILAN  KASALLANGAN 
HAYVONLARGA  TASHXIS  Q O ‘YISH  VA  DAVOLASH  USULLARINI
0 ‘RGANISH
Q is ir  qolgan  sigir  va  g 'u n a jin la rn i  te k s h iris h   uchun  quyid ag i 
m a’lumotlarni aniqlash zarur: 
urg'ochi hayvonning ko'payish funksiyalari 
to‘g‘risida anamnestik ma’lumotlar to'plash, hayvon holatini aniqlash, jinsiy 
a’zolaridan  ajralayotgan  suyuqliklar  va  ularning  turlari,  vaginal  va  rektal 
tekshirishlari  o'tkazish  hamda  ularning  natijalari,  pertubatsiya  hamda 
xromogidrotubatsiya  tekshirishlar  natijalari,  biopsiya  bilan  gistologiya 
tekshirishlar  o'tkazish.  Shuningdek,  laboratoriya  tekshiruvchi  va  uning 
natijalarini  aniqlash  juda  muhim:  bunda  hayvon  qon  zardobini  biokimyo- 
viy,  gematalogik tekshirish,  spermioagglyutininlar titrini  hamda  bachadon 
bo'yinchasi  atrofidan  olingan  suyuqliklarda  xujayralar  tarkibi  va  pH  ni 
aniqlash; bachadon atoniyasini, gipotoniyasini va endometritlarni o'tkazish 
kerak.
Sigir  va  g‘unajinlarni  vaginal  usul  bilan  tekshirish 
qin  oynasi  yoki 
vaginoskop  orqali  olib  boriladi.  Sog'lom  sigirda  qinning  shilimshiq  pardasi 
och qizil rangda, ayrim paytda ko'kimtir bo'lib, yaltiroq yupqa tiniq shilimshiq 
modda bilan qoplangan.  Bachadon bo'yinchasi qinga xuddi so'rg'ich singari 
chiqib turgan va rangli karam shaklida bo'lib, uning qatlamlari esa shilimshiq 
moddalar bilan qoplanadi. Bachadon bo'yinchasi kanali zieh yopilgan bo'ladi. 
Quyuqish  davrida  qinning  shilliq  pardalari  shishadi,  qizarib tiniq  shilimshiq 
moddalar bilan  qoplanadi,  bachadon  bo'yinchasi  kanali yopiladi.
Sigir va g'unajinlarni rektal tekshirish 
bachadon va tuxumdon holatlarini 
aniqlashga imkon beradi va tekshirilayotgan hayvonni bola berish qobiliyati- 
ning buzilishini aniqlashda asosiy diagnostik usullardan biri. Sog'lom bo'g'oz 
bo'lm agan  sigirlarda  bachadon  va  tuxum don  tos  bo'shlig'ida  bo'lib, 
bachadonning  ikki  shoxi  birday  kattalikdadir.  Bachadon  shoxlari  orasidagi 
egatlar paypaslanganda  ular yaqqol  seziladi.
Ko'p  tuqqan  sigirda  esa  bachadon  qorin  bo'shlig'i  tomon  biroz  siljigan, 
shoxlaridan biri (ko'pincha o'ng shoxi) esa sal kattalashgan bo'ladi. Paypaslab 
ko'rilganda bachadon sezilarli qisqaradi, hajmi kichrayadi va uni qo'lga ush- 
lash  mumkin.  Tuxumdonlar  harakatchan,  og'riqsiz,  konsistensiyasi  qattiq 
elastik  bo'lib,  unda  turli  kattalikdagi  follikulalar  va  sariq  tanani  paypaslab 
aniqlash mumkin. Tuxumyo'llari holatini odatda paypaslab aniqlab bo'lmaydi. 
G'unajinlarda  bachadon  va tuxumdonlarning  hajmi  uncha  katta  bo'lmaydi, 
ammo  rektal  tekshirishda  yaxshi  paypaslanib  aniqlanadi.  Bo'g'oz  va  qisir 
sigirlarda bachadonning shakli, hajmi va konsistensiyasi turlicha bo'ladi, tu- 
xumdonlarda  sariq  tana  kista  (zardobli  shishlar)lar  paypaslanishi  mumkin, 
ayrim  hollarda esa uchramaydi.
Urg'ochi  hayvonlarda  bo'g'ozlikni  birinchi  uch  oyida  aniqlashga  alohida 
e’tibor  berishi  kerak.  Bunda  bachadonning  shakli,  hajmi  va joylashishining 
o'zgarishiga qarab bachadon shoxlari orasidagi egatlarning pasayishiga, uch

oylik homilani silaganda paypaslaganda bachadonning qisqarmasligiga qarab 
aniqlanadi.

Yüklə 24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə