Rivojlantirish instituti a. R. Jabborov, S. S. Sotiboldiyev veterinariya akusherligi, ginekologiyasi va sun


PERTUBATSIYA  VA  XROMOGIDROTUBATSIYA



Yüklə 24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/40
tarix28.04.2017
ölçüsü24 Kb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40

PERTUBATSIYA  VA  XROMOGIDROTUBATSIYA
Tuxum yo'llarida talaygina o'zgarishlami rektal usul bilan aniqlash mumkin 
bo'lsada,  biroq  bu  holda  davolash  samarasiz  bo'ladi.  Pertubatsiya  va 
xromogidroturbatsiya  tuxum  yo'llari  kasalliklarini  boshlanish  paytlarida 
aniqlashga imkon  beradi,  bu  esa davolash  samaradorligini  oshiradi.
Pertubatsiya  asbobi  manometr,  Richardson  sharlari,  bachadon  bo'yin- 
chasi kanali mahkam yopuvchi moslama bilan jihozlangan kateterdan iborat.
Pertubatsiya  usulida  ishlatiladigan  barcha  asboblar sterillangan  bo'lishi 
kerak.  Tekshirlayotgan  sigir  va  g'unajinlar  stanoklarga  kiritilib,  mahkam 
bog'langach, tashqi jinsiy a’zolari furatsilin yoki kaliy permanganat eritmalari 
bilan dezinfeksiya qilinadi. Qinga ehtiyotlik bilan qin oynasi yuboriladi, so'ngra 
qisqich  bilan  bachadon  bo'yinachasi  ushlanib,  vulva  tomon  tortiladi,  keyin 
esa qin oynasi sekin chiqarilib olinadi. Bachadon bo'yinchasiga yod eritmasi 
surtilib, uning kanaliga maxsus moslama bilan jihozlangan kateter yuboriladi, 
so'ngra bachadon  germetik holatni  hosil qilish  uchun  bachadon  bo'yinchasi 
kanali mahkam yopiladi.  Bunda kateter bachadon bo'yinchasiga o'rnatilgan 
qisqichlarga  mahkamlanib,  normal  holatga  keladi.  So'ngra  Richardson 
sharlari yordamida bachadonga havo damlanadi va 2 daqiqadan berilib, so'ng 
sekinlik bilan  bosimni oshirish  kerak.  Pertubatsiya usuli bilan tuxum yo'llari- 
ni  normal  o'tuvchanligini  yoki  uni  torayganligini  yoki  berkligini  aniqlash 
mumkin.  Agar  tuxum  yo'llari  o'tuvchi  bo‘lsa,  manometr  strelkalari  60—80 
mm  ga  yetgandan  so'ng,  tezda  orqaga  qaytadi,  chunki  havo  tuxum  orqali 
yo'llarini qorin teshigi orqali ajratadi. Agar tuxum yo'llari toraygan bo‘isa yoki 
o'tuvchanligi  birtomonlama bo'lsa,  manometr strelkasi 80— 100 mm simob 
ustuni  ko'rsatkichidan  sekin  orqaga  qaytadi.  Tuxum  yo'llari  o'tuvchanligi 
yo'qolganda  100— 120  mm  bosim  ham  samara  bermaydi  va  manometr 
strelkasi  orqaga  qaytmasdan  bir  joyda  turadi.  Sigirlarda  bachadonga 
yuborilayotgan  havoning yuqori bosimi  100 mm simob ustuniga teng bo'lsa, 
g'unajinlarda bu  ko'rsatgich  130 ga teng  bo'ladi.
Har qaysi tuxum yo'lining normal holatini aniqlashda 2 kanalli katetorlardan 
foydalanish tavsiya etiladi.
Katetorni  proksimal  2  qismi  bir-biridan  ajratilib  qo'yilgan,  yon  tomonida 
teshigi  bor va  havo yuborilganda  kattalashadigan  manjetdan  iborat bo'ladi. 
Kateterning  distal  qismi  o'rtacha  korpus  orqali  bir  kanalli  ushlagich  bilan 
birlashib, unda havoni taqsimlovchi jo'mragi bo'ladi. Asbobga manometr ulan- 
gan bo'ladi. Sigir va g'unajinlar stanokka mahkam bog'langandan so'ng, chap 
qo'l  bilan  asbobning  kateteri qinga, to'g'ri  ichakka yuborilgan,  qo'l  bilan  esa 
kateteri  bachadon  bo'yinchasiga  tomon  yo'naltirilib,  bachadonning  chap 
shoxiga,  keyin  esa  o'ng  shoxiga  yuboriladi.  Sharlar  orqali  havo  yuborilib, 
manometr strelkasiga qarab turiladi.

Bachadon shoxlari germetizatsiyasiga sigirlarda bosim 185, g'unajinlarda 
290 mm simob ustuniga yetganida erishitadi. Germetizatsiyadan so‘ng tuxum 
yo'llari  holatlarini  aniqlashga  kirishiladi.  Bunda  havo  taqsimlovchi  jo'mrak 
«a» holatiga qo'yiladi (kanallar yopiladi) qoldiq havo bosimi umumiy kanaldan 
chiqaruvchi klapan orqali chiqariladi. So'ngra havo taqsimlovchi jo'mrak «b» 
holatiga o'tkaziladi, bunda havo kanal orqali germetizatsiya qilingan bachadon 
shoxlariga yuboriladi,  bu  paytda  manometr strelkasi  kuzatilib turilishi  kerak 
va bosim sigirlarda  100,  g'unajinlarda  130 mm simob ustunidan  oshmasligi 
lozim.
Xromogidrotubatsiya  usulida  myetil  ko‘kining  1%  li  novokain  eritmasida 
tayyorlangan 0,2% li eritmasi (60 ml  1% li  myetil ko‘kining suvli eritmasiga 3 
ml  ta’sir  birligida  pentsillin  yoki  streptomitsin  qo'shilib,  eritma  300  ml  ga 
yetgunga  qadar  unga  1%  li  novakain  eritmasi  qo'shiladi).  Eritma  suv 
hammomida 40— 42 gradusgacha isitiladi va pertubatsiya asbobiga Bobrova 
asbobining kolbasi o'rnatilgan yig‘ma asbob yordamida bachadon  shoxlariga 
yuboriladi.  Sigir  yoki  g'unajin  stanokka  kiritilib  bog'lanadi.  Pertubatsiya 
usulidagi singari  kateter bachadon  bo'yinchasiga yuboriladi.  Apparat orqali 
bachadonga  bosimi  60  mm  simob  ustuniga yetguncha  havo  damlanadi  va 
1—2 daqiqa dam berilib yana havo yuborish davom ettiriladi.  Ularning  bosi­
mi  sigirlarda  100,  g'unajinlarda  130  ml  simob  ustuniga teng  bo'lishi  kerak. 
Shundan so'ng g'unajinlar bachadoniga eritmadan  100—200 ml  miqdorida, 
sigirlarda 200—300 ml  miqdorida yuboriladi.
Tekshirish olib borilayotgan sigir va g'unajinlardan 3, 6,12 va 24 soatdan 
so'ng  kateter  orqali  bir  xil  rangli  va  diametrli  probirkalarga  siydik  olinadi. 
Tuxum  yo'llarining  o'tuvchanligi  aniqlaydigan  ko'rsatkich  myetilen  ko'ki 
eritmasi yuborilgach 3— 6 soatdan so'ng siydikni ko'k rangga bo'yalishidadir. 
Siydikning  ko'k  rangi  12— 15  soatdan  so'ng  yo'qoladi.  Tuxum  yo'llarining 
ikki tomonlama o'tuvchanligi yo'qolgan bo'lsa, siydik rangi o'zgarmaydi, ya’ni 
myetilen  ko'ki  baxromkalar  va  qorin  devorlari  orqali  so'rilmaydi,  natijada 
buyrak orqali siydik bilan  ajralmaydi.
Pertubatsiya  va  xromogidrotubatsiya  usullari  qin  va  bachadonni  klinik 
yo'l  bilan  tekshirib,  yallig'lanish  jarayonlari  yo'qligi  aniqlangan  sigir  va 
g'unajinlarda  o'tkaziladi.  Pertubatsiya  va  xromogidrotubatsiya  usullarini 
qo'llashdan  oldin  bunday  hayvonlarga  5— 7  ml  0,1%  li  atropin  eritmasi 
yuborilib, tuxum yo'llarining spazmatik holatini  kamaytirish  kerak.
Endometriyadan 
(bachadonni ichki shilliq pardasidan) biopsiya usuli bilan 
olingan  m ateriallarni  gistologik  tekshirish  hayvonlarning  qisir  qolish 
sabablarini  aniqlashga  yordam  beradi,  ya’ni  sigir  va  g'unajinlarda  yaqqol 
klinik belgilarsiz o'tuvchi  patologik o'zgarishlarni  aniqlaydi.
Bachadonning  ichki  shilliq  pardasi  (endometri)  Afanasev,  Varganovlar 
ishlab chiqqan  biotom  bilan  ozroq  kesib olinadi.
Oldin sterillangan biotom bachadon bo'yinchasi kanaliga xuddi bachadon 
bo'yinchasini  to'g'ri  ichak orqali  ushlab  sigirlarni  qochirish  usulidagi  singari 
yuboriladi.  So'ngra  asbob  bachadonni  tekshirilishi  kerak bo'lgan  bachadon 
shoxiga yuborilib, ichki shilliq pardasi 4—6 mm kattalikda kesib olinadi. Biotom

asbobining  konstruksiyasiga  ko‘ra  endometriyadan  biopsiya  kesib  olish 
turlicha  bo'ladi.  Bachadon  shilliq  pardasini  ichki  qismidan  kesib  olingan 
kesmalar 3 ml fiziologik eritma solingan probirkaga solinadi, so'ngra (fiksatsiya 
qilinib,  5—7  mkm qalinlikda kesilgan)  kesmalar gistologik tekshiriladi.
Laboratoriya  usulida  tekshirish. 
Gematologik  profilni  aniqlashda 
qonning eritrotsitlari, gemoglobini, leykotsitlari  va boshqa shaklli elementlari 
umumqabul qilingan usullarasosida tekshiriladi. Biokimyoviy profili (umumiy 
oqsil  va  kalsiyning  saqlanishi,  noorganik  fosfor  hamda  ishqoriy  rezervni 
aniqlash) veterinariya  laboratoriyasida aniqlanadi.
Spermioagglyutinatsiya  probasi. 
Qon  zardobida  spermioantitelalari- 
ning  titrini  (Bratanov  va  Dikovlar  tavsiyasi  bo'yicha)  aniqlash  uchun 
spemioagglyutinasion  proba  usulidan  foydalaniladi.  Buning  uchun  11  ta 
steriliangan probirkalarga 1  ml dan fiziologik eritma solinib, birinchi probirkaga 
tekshirilayotgan  1  ml qon zardobi qo‘yilib, eritma bilan yaxshi aralashtiriladi. 
So'ngra  bir  ml  aralashma  birinchi  probirkadan  olinib,  ikkinchi  probirkaga 
solinadi,  ikkinchisidan to'rtinchisiga va o‘n birinchi probirkagacha.  Shunday 
qilinib, so'ngra undan 1  ml aralashma to'qib tashlanadi. Natijada qon zardobi 
1 :1 ,1 :2 ,1:4 ,1 :16,1:32 vah.  k. nisbatida fiziologik eritma bilan aralashtirilgan 
bo‘ladi.
Shundan  so‘ng  har  qaysi  probirkaga  2  tomchidan  sigirning  bir  necha 
marotaba  urug'lashtirilgan  2%  li  buqa  urug'ining  suspenziyasi  tomiziladi. 
Probirkalar  ichidagi  aralashma  yaxshi  aralashtarilib,  30  daqiqaga  37°C 
bo'lgan termostatlarga  qo'yiladi.
Reaksiya natijasini aniqlash mikroskob ostida olib boriladi.  Buning uchun 
buyum oynasini maxsus chuqurchalariga paster pitetkasi yordamida har qaysi 
probirkadan oz miqdorda spermalarsuspenziyasidan tomizib, qoplagich oyna 
bilan yopiladi va mikroskop ostida tekshiriladi. Agar mikroskopni ko'rish doirasi 
ichida yopishgan  spermalar bo'lmasa yoki  1  ta 2 ta  bo‘lsa,  reaksiya  manfiy 
hisoblanadi.  Agar  spermalarning  bosh  qismi  1:256  va  undan  past  bo'lgan 
nisbatda suyultirilganda yopishgan  bo'lsa,  reaksiya shubhali hisoblanadi.
M ikroskopiya. 
Bachadon 
b o ‘y ¡n c h a s i 
atrofidan  olingan  shilimshiq 
moddaga  surtilib  tayyorlangan  surtma  Romanovskiy  Gizma  usuli  bilan 
bo‘yaladi,  surtmada  epitelial  hujayralarning  turlr  xillari  sanaladi,  bularning 
kattalari  (K),  o‘rtachalari  (U),  maydalari  (M),  yadrosizlari  (Yas),  deformasi- 
yalanganlari  (Df)  bilan  belgilanadi.
0 ‘tk ir  kechadigan  endom etrit  kasalliklarida  o'rtacha  kattalikdagi 
epitelial  hujayralarning  soni  ko‘p  bo'lib,  deformatsiyalangan  hujayralar 
ham  uchraydi.  Surunkali va kataral  kechadigan  endometritlarda yadrosiz 
h ujayralar  soni  6%  gacha,  katta  hujayralar  soni  55%  gacha  d efo r­
m atsiyalangan  hujayralar  soni  1— 6%  gacha  bo'ladi,  ammo  o'rtacha 
kattalikdagi  hujayralar soni esa uncha ko‘p bo‘lmaydi. Tuxumdonning fol- 
likulyar kista kasalligida o‘rtacha kattalikdagi epitelial hujayralar soni 43— 
68%  gacha  bo'lsa,  katta  va  mayda  hujayralar  soni  nisbatan  oz  bo'ladi, 
yadrosiz  hujayralar mutlaqo  uchramaydi.
Bachadon  bo'yinchasi atrofidagi shilimshiq  moddaning  reaksiyasi  (pH).

Bachadon 
b o 'y i n c h a s i  
atrofidan olingan shilimshiq moddaning reaksiyasi 
(pH)  da  metr yordamida  aniqlanadi.  Shilimshiq  modda  kuyukkan  sigirlarni 
bachadon 
b o ‘y ¡ n c h a s i d a n  
to'g‘ridan to‘g‘ri olingan taqdirda pH  ni aniqlashda 
obyektiv  ma’lumotga  ega  bo'ladi.  Qin  oynasi  orqali  pH-  metrni  elektrodi 
bachadon  bo'yinchasi  devorlariga tekkizmasdan to‘g‘ri  kanaliga yuboriladi. 
Bo'g'oz  hayvonlarga  elektrod  bachadon  bo'yinchasi  kanalidagi  shilimshiq 
probkaga tekkiziladi.  pH  ning  normal  ko'rsatkichi  7,1— 7,8  ga  teng  bo'lishi 
kerak.
2 0 - jad val
Sigirlarning  bachadon  bo'yinchasi  atrofidan  olingan  s hilim sh iq  
moddadagi  hujayralar  tarkibi
K o'kish  bosqichlari
Epitelial  hujayralar
K
0 '
M
Y a s
Df
Kuyukishdan  oldin gi  davrida
3 6 - 6 1
1 8 - 3 5
8 - 3 7
6  ga c h a

Kuyukish  d a v rida
6 3 - 7 0
2 0 - 3 7
6 - 2 2
6  ga c h a

Kuyukish  davridan  so'ng
4 5 - 6 6
2 0 - 3 7
9 - 2 1
2 - 4

Tenglashish  da v rida
2 - 1 2
9 - 2 0
7 1 - 7 8
y ° q

Shilimshiq  m oddada  qonning  shak  elem entlari  uchrasa,  quyidagi  belgilar  bilan 
belgilanadi: agar ular juda ko‘p bolsa  +  +  + ,  o'rtacha miqdorda bo'lsa  +  +  oz bo‘ls a + , 
m u tla q o   u c h r a m a s a - .   M a z o k d a   h a m m a s i  b o 'lib   5 0 0   h u ja y r a   s a n a la d i 
(A.  O.  M anasyan).
E k s p re s s   usul. 
Sigirlarda  bachadon  gipotoniyasi  va  endom etrit 
kasalliklarida  ekspress  (Dyudenko  tavsiyasi  bo'yicha),  hayvon  tuqqandan 
so'ng jinsiy a’zolaridan ajralayotgan loxiy va kuyukishdagi shilimshiq moddalar 
tarkibida  igdikan  (bachadonning  qisqarishi  buzilganda)  hamda  endometrit 
kasalligida aromatik qatorga kiruvchi  zaharli  moddalarning  (indol,  skatol va 
boshqalarni) ko'payishini aniqlashga asoslangan usuldir. Bu usulni bajarishda 
qo'lga polietilen qo'lqop kiyilib, tekshirlayotgan sigirlarning qiniga yuboriladi 
va tuqqandan so'ng bachadondan ajralayotgan loxiy va bachadon bo'yinchasi 
atrofidan  shilimshiq  modda  olinib,  bankachaga  yoki  probirkaga  solinadi 
hamda idishlarga sigirlarning  laqabi tartib soni yozib qo'yiladi.
Material  olingandan  so'ng  darhol  tekshirilishi  kerak,  lekin  uni  salqin 
joylarda 2—3 soat mobaynida saqlash  ham  mumkin.  Sigirlar biror nuqsonli 
bola  tuqqanda  5— 6  kundan  so'ng  jinsiy  a’zolardan  ajralayotgan  loxiy  va 
bachadon  bo'yinchasi  atrofidan  olinadigan  shilim shiq  bir  necha  bor 
qochirilayotgan sigirlardan jinsiy qo'zg'alish  davrida olinadi.
Probirkaga  5  mi  tekshirilayotgan  loxiy  uning  ustiga  5  mi  2%  li  uch  xlorli 
sirka  kislotasi  eritmasidan  solinib,  aralashtiriladi  va  3— 4  daqiqadan  so'ng 
qog'oz filtrdan o'tkaziladi. So'ngra sentrifuga probirkasiga 4 mi filtrat solinib, 
uning  ustiga  2  mi  5%  li  timol  eritmasidan  qo'shib  aralashtiriladi,  keyin  esa

unga 6 ml reaktiv quyilib,  1  soat saqlanadi. Shundan keyin bu probirkaga etil 
spirtining xloroform aralashmasidan  1  ml solib, aralashtiriladi va sentrifuga- 
ga 
0
‘rnatilib,  minutiga  1—2  ming  marta  aylanadigan  moslamada  5  daqiqa 
aylantiriladi.
Reaksiyani  baholash: xloroform tiniq  bo'lsa ( - )  — bachadonning qisqa- 
rishi norma atrofida,  oq  pushti rang  (+ ) — bachadonning qisqarishi qisman 
buzilgan, pushti rang ( + + ) — bachadon gipotoniyasi, binafshaqizg'ish rang 
(+ + + ) — bachadon gipotoniyasi yoki atoniyasi,  binafsha rang  ( + + + + ) — 
bachadon  atoniyasi deb hisoblanadi.
Bakteriologik  tekshirish 
jinsiy  a’zolardan  ajralayotgan  ekssudatlar 
tarkibida  trixomonoz,  vibrioz  kasalliklari  qo‘zg‘atuvchilarni  hamda  shartli 
patogen mikroorganizmlar va zamburug'larning borligini aniqlash uchun olib 
boriladi.
T rixomonoz qo‘zg‘atuvchisini topish maqsadida tekshirilayotgan sigirlarni 
jinsiy  a’zolaridan  shilimshiq  modda  yoki  yallig'lanish  jarayoni  natijasida 
ajralayotgan  ekssudatdan  tomchi  tayyorlab tekshiriladi.  Agar shilliq  modda 
quyuq  bo'lsa,  uni  steril  fiziologik  eritma  bilan  suyultirib yaxshilab  aralashti- 
rish  mumkin.
Tekshirilayotgan  tomchi  mikroskopni  qorong'ilashtirilgan  maydonidan 
oldin  k ich ik  ko 'rs a tg ic h id a   (X I20),  so'ngra  kattasida  (x280— 400) 
qo‘zg‘alganda harakatchan trixomandlarning xilpillovchi membranasi yaqqol 
ko'rinadi.
Vibrioz kasalligi qo'zg'atuvchisini aniqlashda shilimshiq moddadan surtma 
tayyorlanadi va turli bakteriologik bo'yoq (korbolli, fuksin, gensianviolet, myetil 
ko'ki va boshqa)lar bilan bo'yaladi.  Surtma mikroskop ostida immersion sis­
temada tekshiriladi, bunda vibrioz kasalligini qo‘zg‘atuvchisi vergulsimon yoki 
parmasimon  shaklda bo'ladi.
Genetik  tekshirish 
irsiy  matematik analiz  usullariga  asoslangan  holda 
olib  boriladi.  Bunda  sigir  va  uning  bolalari,  foydalanilayotgan  buqalar  ona 
avlodlarining ko'payish funksiyalarining ko'rsatkichlari, ya’ni qochirish indeksi 
va  urug'lanish,  bo‘g‘ozlik  davrining  davom  etishi  va  bola  tug'ish  davrlari 
orasidagi  vaqt  bola  tashlashning  ko'pligi,  tug'ish  patologiyasi,  tuxumdon 
kistasi va ko‘p homilalik tug'ishlar nazarga olinadi.
Buqalarning nasldorligini  baholashda eyakulyat hajmiga,  spermalarning 
konsentratsiyasiga, faolligiga va hayotchanligiga irsiy ta’sirlarning ahamiyati 
o'rganiladi.
Hayotiy ko'payish  ko'rsatkichi  (K)  quyidagi formula asosida hisoblanadi:
K
 -  
x 100
bu yerda: P — buzoqlar soni; 
D
— birinchi va ikkinchi tug'ish orasidagi kunlar.
Yuqori naslli sigirlardan olingan buzoqlarni baholashda I.  D.  Goldman va 
boshqalar tavsiya etgan frimartinizm  sitologik usulini qo'llash  mumkin.
B iy a la rn i  g in e k o lo g ik   d is p a n s e riz a ts iy a   qilish 
xuddi  sigirlarda 
o'tkazilgani  singari  olib  boriladi.  Ko'pincha  vaginal  va  rektal  tekshirish

usullaridan foydalaniladi, bunda bo‘g‘ozlik muddati, qisir bo'lganda bachadon 
va tuxumdon  holatlari aniqlanadi.
Q o'ylam i  ginegologik  dispanserizatsiya  qilish 
usuli  hali  to'liq  ishlab 
chiqilmagan.  Qo'ychilik  amaliyotida odatda jinsiy a’zolar holati  qorin  devori 
orqali bachadonni paypaslab ko'rish va qisman vaginal usul bilan olib boriladi.
Urg‘ochi  cho'chqalarni  ginekologik  dispanserizatsiya  qilish 
jinsiy 
a’zolarni  tashqi  tom ondan  ko'zdan  kechirishdan  boshlanadi,  tuqqan 
cho'chqalarda  qisman  vaginal  va  rektal  tekshirishlar  o'tkaziladi.  Rektal 
tekshirganda bo‘g‘oz cho'chqalarni o‘rta bachadon arteriyasini tebranishiga 
ko'ra  ularning  bo‘g'ozligi  aniqlanadi.
^
 
ANDROLOGIK  DISPANSERIZATSIYA
Andrologik dispanserizatsiya — bu  naslli  erkak hayvonlarni  ma’lum  reja 
asosida  tekshirib,  ularda  impotensiya  (jinsiy  ojizlik)ning  turli  ko'rinishlarini 
aniqlab,  nima  bilan  yakunlanishini  oldindan  aytib,  uning  oldini  olish  va 
davolash tadbirlarini  ishlab chiqishga qaratilgan.
Darsning  maqsadi: 
buqa,  qo'chqor,  erkak  cho'chqa  va  ayg'irlarning 
ko'payish funksiyalarini aniqlaydigan alohida usullarni o'rganish, naslli erkak 
hayvonlarni  jinsiy  a’zo  kasalliklarini  aniqlash  maqsadida  klinik  tekshirish 
usullarini o'zlashtirish.
Tekshirish  obyektlari  va  kerakli  jihozlar: 
buqa,  qo'chqor,  erkak 
cho'chqa,  ayg‘ir  va  ulardan  urug‘  olish  uchun  ishlatiladigan  stanoklar, 
termometr,  perkussion  bolg'acha,  plessimetr,  fonendoskop,  halat  hamda 
polietilen qo'lqoplar, preputsial xaltani yuvib suyuqligini oladigan asbob, erkak 
hayvonlardan urug‘ olish uchun foydalaniladigan sun’iy qin va mikroskoplar, 
shuningdek,  urug'ni tekshirish  uchun  kerakli  bo'lgan  reaktivlar,  steril  paxta, 
tampon,  paxta,  kornsanglar,  sovun,  issiq suv.
Qisqacha uslubiy ko‘rsatma. 
Dars kafedra klinikasi va laboratoriyasida, 
o'quv hamda naslchilik xo'jaliklarida, sun’iy qochirish punktlarida olib boriladi. 
Talabalar o'qituvchi  rahbarligida naslli  erkak hayvonlarni  klinik va  reflekso- 
logik  tekshirishlardan  o'tkazadilar,  urug‘  olib  ularni  tekshiradilar.  Bunday 
tekshirishlarga  ko‘ra  reflekslarning  paydo  bo‘lish  darajasi,  urug'ning  sifati, 
binobarin bundan naslli erkak hayvonlardan urug‘ olish mumkinligi yoki ular­
ni urg'ochi hayvonlarni tabiiy qochirishda ishlash mumkinligi haqida ma’lum 
xulosa chiqariladi.
D is p a n s e riza ts iy a . 
Naslli  hayvonlar  ro'yxatga  olingandan  so'ng 
anamnestik  ma’lumotlar  yig'iladi:  xo'jalikda  yoki  naslchilik  xo'jaliklarida 
hayvonlarning  saqlanish  muddati,  oziqlantirish  ratsioni,  jinsiy  foydalanish 
rejimi, urug'ning miqdor va sifatiy bahosi, urg'ochi hayvonlarning urug'lanishi 
va ulardan  bola olish  ko'rsatkichi, jinsiy organlar faoliyatining  buzilish vaqti, 
uning ko'rinishi va jinsiy reflekslarning buzilish darajasi, qo'llanilgan davolash 
usullari va uning samaradorligi, xo'jalikda infeksion va invazion kasalliklarning 
bor-yo'qligi, veterinariya ishlovlarining o'tkazilganligi aniqlanadi.

Naslli  hayvonlarda  umumiy  tekshirish  o'tkazilganda  konstitutsiyasi, 
semizligi,  harakatchanligi,  ikkilamchi  jinsiy  belgilarining  namoyon  bo'lishi 
aniqlanadi.  Ovqat  hazm  qilish  a’zolari,  nafas  olish,  qon  aylanish,  asab 
sistemasi faoliyatlari  umum qabul etilgan  usullar asosida aniqlanadi.  Bunda 
bo‘g‘in,  tuyoq  va  muskullar  holatiga  alohida  e’tibor  beriladi.  Jinsiy  a’zolar 
tekshirilganda  urug'don,  urug'don  ortig'i,  urug‘  yo'llari,  urug'don  xaltasi, 
preputsiya  xaltasi  va jinsiy a’zo  holati  alohida  aniqlanadi.  Kerak  bo'lganda 
to'g'ri ichak orqali qo'shimcha jinslar bezlar — próstata va pufaksimon bezlar 
hamda  urug‘ yo'lining  ampulasi  paypaslanib  ko‘riladi.
Naslli  erkak  hayvonlami,  ayniqsa  buqa va  ayg'irlarni  tekshirgan  paytda 
juda ehtiyot bo'lish  kerak.  Erkak hayvon jinsiy a’zolarini tekshirish texnikasi 
murakkab,  shuning  uchun  bunday  paytlarda  neyroleptiklardan  foydalanish 
(2— 6%  li  aminaziya va boshqalar)  maqsadga  muvofiqdir.
Naslli erkak hayvonlardan sun’iy qinga urug' olish paytida jinsiy reflekslarni 
paydo bo'lishiga e’tibor beriladi.  Olingan  urug1 laboratoriyada tekshirishdan 
o'tkaziladi.  Makroskopik tekshirish  natijasida  urug'ning  hajmi,  rangi,  hidi  va 
konsistensiyasi  aniqlanadi.  Bu  ko'rsatgichlardan  esa  urug'ni  baholash  va 
sanitariya  holatini  aniqlash  mumkin.  Mikroskopik tekshirishlar o‘tkazganda 
urug'ning quyuqligi va spermalarning faolligi,  konsentratsiyasi, tirik, o'likligi, 
yoki, shuningdek, jinsiy hujayralarning normal hamda patologik holatlari aniq­
lanadi. Biokimyoviy tekshirishlar natijasida urug' tarkibida fruktoza va ferment- 
larning  miqdori  hamda fruktoliz va fruktolitik jarayonlar aniqlanadi.
Andrologik  dispanserizatsiya  o'tkazishda,  qonni  biokimyoviy  tekshirish 
ham  ko'zda tutiladi,  bunda umumiy oqsil va kalsiy, anorganik fosfor,  karotin 
va qonning ishqoriy rezervi siydikning quyuqligi, undagi oqsil, qand va keton 
tanachalarining miqdori aniqlanadi.
Bakteriologik tekshirishlar o'tkazilganda urug1, preputsiya xaltasidan yuvib 
olingan  suyuqlik  analiz  qilinib,  ularni  mikroorganizmlar  bilan  ifloslanganlik 
darajasi va kolititri  belgilanadi.
Voronin  tavsiya  etgan  buqalarni  andrologik  dispanserizatsiya  usuli 
hayvonlarning yoshiga qarab o'tkaziladi: naslchilikzavodlari vaxo'jaliklaridagi 
6 oylik buqalar (ularning jinsiy a’zolarida uchraydigan turli anomaliyalarni o‘z 
vaqtida  aniqlashga  va  ularni  brakka  chiqarishga  yordam  beradi),  naslli 
hayvonlami yetishtiruvchi va rasmiy xususiyatlari sinovchi maxsus chorvachilik 
komplekslaridagi 5— 12 oylik buqalar, naslchilik birlashmalardagi buqalarning 
sog'ligi va ko'payish  xususiyatlari  ustidan doimiy nazorat o'rnatiladi.
Buqalarni  dispanserizatsiya  qilish  natijalari  maxsus  kartochkalarga 
yoziladi, so'ngra bu ma’lumotlar nasldor hayvonning veterinariya pasportiga 
o'tkaziladi.
Klinik tekshirishlar natijalari va urug'ning sifatini baholashdagi ko'rsatgich- 
larga hamda sigirlarni otalantirish darajasiga ko‘ra naslli buqalar 4 ta guruhga 
bo'linadi.
1. 
Urug‘lantirish  darajasi yuqori bo'lgan  buqalar,  bularning urug'i bilan  bir 
marotaba  qochirilganda  75%  dan  ko'proq  buzoq  olish  mumkin.  Buqalarda 
jinsiy  reflekslar  yaqqol  ko'zga  tashlanadi  va  tezda  urug'  ajraladi.  Urug'ning

hajmi 5 mi dan kam emas, konsentratsiyasi 1  mlyard dan oshiq, spermalarning 
faolligi  8  balldan  yuqorl,  urug‘  tarkibidagl  tirik jinsiy  hujayralar  miqdori  80— 
95%, ularning chidamliligi 20—60 ming, hayotchanligi 70— 110 soatlar orasida, 
jinsiy hujayralarning patologik shakldagilari 3% dan oshmagan bo'lishi kerak. 
Bunday buqa urug‘i tarkibida fruktoza moddasi ko'p bo'ladi (460— 680 mg/%).
2.  Urug'lanish darajasi normal naslli buqalar-bunday urug‘ bilan bir marta 
qochirilgan sigir va tanalardan 70% buzoq olish mumkin.  Bunday buqalarda 
jinsiy  reflekslar  yaqqol  namoyon  bo'ladi  va  ulardan  tezda  urug'  ajraladi. 
Eyakulyat hajmi 3— 4 mi, konsentratsiyasi 0,4— 0,8 mlrd, jinsiy hujayralarning 
faolligi  7— 9  ball,  urug'da  tirik  spermalarning  soni  70%  dan  oz  bo'lmagan, 
jinsiy,  hujayralar  chidamliligi  10—20  ming,  hayotchanlik  qobiliyati  50— 80 
soat,  ularning  patologik  shakldagilari  5%  dan  oshmasligi  kerak.  Bunday 
buqalarning  urug‘ida fruktoza miqdori  300— 500 mg/%  ni tashkil  qiladi.
3.  Urug'lanish  darajasi  past  bo'lgan  buqalar,  sigirlarni  qayta  qochirish 
foizi  yuqori  bo'lishi,  ko'pincha  sun’iy  qinlarga  urug'  berishdan  bosh  tortishi 
yoki  sifatsiz  urug*  berishi  bilan  xarakterlanadi.  Eyakulyat  hajmi  2  mi  dan 
oshmaydi,  spermalar  konsentratsiyasi  0,2—0,5  mlrd/ml  bo‘lad¡.  Urug'ning 
faolligi  6  balldan  oshmaydi.  Uning  chidamliligi  odatda  4  ming  atrofida  va 
h a yo tcha n lig i  30  soatga  teng.  A yrim   hollarda  u rug'dan  p atologik 
hujayralarning  soni 20% ga yetadi va fruktoza miqdori oz bo‘ladi.
4.  Naslsiz  buqalar  —  bular  juda  oz  urug1  ajratadi,  undagi  spermalar 
konsentratsiyasi,  faolligi,  chidamliligi  va  hayotchanlik  darajasi  juda  past 
bo‘lad¡.  Urug'da  fruktoza  miqdori  kam,  patologik  shakldagi  hujayralar  soni 
esa ko'p bo'ladi. Ayrim naslsiz buqalar urug1 bermaydi. Bu guruh buqalarning 
naslsizligi  ulardan  urug'ning  a jra lm a s lig i  yoki  s ifa tin in g   yom onligi 
aspermatizm,  oligospermatizm,  aspermiya  va  teratosperiya  ko'rinishlarida 
bo'ladi.  Bunday  o'zgarishlarning  namoyon  bo'lishi  har  qaysi  buqada  turli 
darajada  bo'ladi.  Birinchi  va  ikkinchi  guruhlarga  kiruvchi  buqalar  naslchilik 
xo'jaliklarida  ishlatiladi,  uchinchi vato'rtinchi guruh  buqalarni  davolaydilar.
Talabalar o'tkazilgan  ginekologik va andrologik tekshirishlar natijalariga 
ko'ra  urg'ochi  va  erkak  hayvonlarda  uchraydigan  naslsizlik  shakllarini 
A.  P. Studensov tavsiyasi (klassifikatsiyasi) bo'yicha aniqlaydilar va ularning 
har  qaysi  shaklini  tarqalish  darajasini  hisoblab  chiqadilar.  Bunda  asosan 
qisir qolishga olib keluvchi asosiy shakllarga e’tibor beriladi. Bunday shakllar 
bitta,  ko'pincha  ikki-uchta  bo'lishi  mumkin.  Masalan,  alimentar  qisir  qolish 
simptomatik qisir qolish bilan birga, alimentar qisir qolish esa sun’iy orttirilgan 
qisir qolish  bilan  birga sodir bo'ladi  va  hokazo.
NASLSIZLIKNING  XO'JALIKLARGA  YETKAZAYOTGAN  IQTISODIY 
ZARARINI  ANIQLASH
Darsning  maqsadi.  Naslsizlikning  xo'jaliklarga yetkazayotgan  iqtisodiy 
ziyonini  belgilash  usullari  hamda  naslsiz  hayvonlarni  davolashning  yoki 
nuqsonning oldini  olishning  iqtisodiy samaradorligini  o'rganish.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə