Tekshirish obyektlari va kerakli jihozlar:
xo'jalikda oxirgi ikki yil mo-
baynida chorvachilikning yuritilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va hayvonlarning
ko'payishi to‘g‘risidagi hujjatlar, cho'tlar, (EHM) Elektronika hisoblash
mashinasi.
Qisqacha uslubiy korsatm a.
Dars kafedra laboratoriyasida olib boriladi.
0 ‘qituvchi talabalarga Elektronika hisoblash mashinasida ishlash usullarini
tushuntirib beradi va xo'jalikda chorvachilikning yuritilishi hamda hayvonlar
ning ko‘payishi to'g'risidagi ma’lumotlarni analiz qilish usullarini o‘rgatadi.
So‘ngra talabalar olingan ma’lumotlar va hisoblarni mustaqil ravishda tahlil
qiladilar. Bunda xo'jalikdagi har qaysi sigirni naslsizlik kunida kamaygan mah-
sulotining miqdori aniqlanadi, u 0,003 buzoq va 5 kg sut mahsulotining (agar
xo'jalikda sigirlar o'rtacha 3.500— 4.000 kg sut bersa) kamayishiga olib keladi.
Har qaysi region xo‘jaliklari uchun alohida sut va go'sht mahsulotini
kamayishidan kelib chiqadigan iqtisodiy ziyon hisoblab chiqiladi. Bunda har
bir buzoqning qiymati 3,6 s sutga, yangi tug'ilgan cho'chqa bolasi — 5,7
so'mga va qo‘zi — 4,9 so'mga teng deb olinadi.
L. G. Subbotina naslsizlikning xo‘jalikka keltirayotgan iqtisodiy ziyonini
ikki usul bilan hisoblashni tavsiya etadi: 1) sigir va g'unajinlarni alohida klinik
tekshirish natijalari asosida; 2) chorvachilikfermasi yoki butun xo‘jalik bo'yicha
yil davomida sigir va g'unajinlardan olingan buzoqlami soniga ko'ra hisoblab
chiqish.
Birinchi usul bilan tekshirish o'tkazilganda xo'jalikda shu yil yoki o'tgan
yil mobaynida olinmay qolingan buzoqlarni hisoblab chiqishda sigir hamda
yetilgan tanalardagi naslsizlik kunlari aniqlanadi va u son 315 ga bo'linadi
(285- sigirlarning o'rtacha bo'g'ozlik davri va 30 kun tuqqandan so'nggi davr).
Olinmay qolingan buzoqlaming qiymatini aniqlash uchun uni sutga teng
qiymatiga (3,6 s) ko'paytirilib aniqlanadi.
Masalan, 300 sigir va yetilgan g'unajinlar alohida klinik tekshirilib, ularda
15000 naslsizlik kuni aniqlangan deylik. Demak, bunday hayvonlardan 47,6
ta buzoq (15000:315 = 47,6 buzoq) va 75000 kg sut kam olingan
(15000x5=75000). Olinmay qolingan buzoqlarning qiymatini aniqlaganda
u 2484 so'm 72 tiyinga teng bo'ladi (47,6x36 s x 14 so'm 5 0 1 = 22,84 so'm
72 tiyin) va olinmay qolingan sut qiymati 10875 so'mga teng bo'ladi (750 sx14
so'm 5 0 1 = 10875 so'm). Umumiy iqtisodiy ziyon miqdori 13359 so'm 72
tiyinga teng. Bunda 1 sentner sutning shartli qiymati 14 so'm 50 tiyinga teng
deb olingan.
Ikkinchi usulda naslsizlikning xo'jaliklarga yetkazayotgan iqtisodiy zarari
chorvachilik fermalari yoki butun xo'jalik bo'yicha yil davomida sigir va voyaga
yetgan tanalardan olinmay qolgan buzoq hamda sut qiymatini hisoblash yo'li
bilan aniqlanadi.
Masalan, xo'jalikda yil boshida 420 bosh sigir va voyaga yetgan tana
bo'lgan deylik. Yil davomida ulardan 345 ta buzoq olingan.
1. Xo'jalikda yil davomidagi sigir-kuni aniqlanadi:
420 x 365 kun = 153300 sigir kuni.
2. Xo'jalikda olinishi mumkin bo'lgan buzoqlar soni:
53300:315 = 486,6 buzoq.
3. Olinmay qolingan buzoqlar soni:
4 8 6 ,6 -3 4 5 = 141,6 buzoq.
4. Xo‘jalikdagi naslsizlik kunini aniqlash:
315 x 141,6 = 44604 kun.
5. Xo'jalikda olinmay qolingan sut miqdori:
44604 kun x 5 I. = 223020 kg. = 2230,2 s.
6. Olinmay qolingan buzoqlarning so‘m miqdoridagi qiymati:
141,6 x3,6 s.x31 so‘m = 15802 so‘m 56 tiyin.
7. Olinmay qolingan sut miqdorining qiymati:
2230,2 s x31 so‘m =69136 so‘m 20 tiyin.
Bunda 1 s sutning shartli qiymati 31 so‘mga teng deb olingan.
Shunday qilib, umumiy iqtisodiy ziyon 84958 so‘m 76 tiyinga teng (15802
so‘m 56 tiyin + 69136 so‘m 20 tiyin = 84938 so‘m 76 tiyin) bo'ladi.
Sigirlarning qisir qolishidan xo'jalik buzoq, sut va go'sht olish rejalarini
bajara olmaydi, shuning uchun G. V. Zvereva, V. I. Popovich va A. I. Sergi-
yenko naslsizlikdan xo'jaliklarga yetkazilayotgan iqtisodiy ziyonni aniqlashda
quyidagl formulalardan foydalanishni tavsiya etadilar.
Yep = St + Sm + Chp + Zl + Chm
bu yerda: Yep — sigirlarning qisir qolishi tufayli xo'jaliklarga yetkaziladigan
iqtisodiy ziyonning umumiy qiymati; St — olinmay qolgan buzoqlarning
qiymati, Sm-olinmay qolingan sutning qiymati; Chp — qisir qolish sababli
sot daromadning kamayishi; Zl — qisir qolgan sigirlarni davolashga sarf qilin-
gan mablag'lar; Chm — qisir qolish tufayli sut tannarxining oshishi va sof
daromadning kamayishi.
Olinmay qolgan buzoqlar sonini 2 xil hisoblash mumkin: olinishi kerak
bo'lgan buzoqlar sonini olingan buzoqlar soniga taqqoslash yoki sigirlarning
naslsizlik kunlarini aniqlash bilan olib boriladi. Ikkinchi usul aniqroq
hisoblanadi, chunki u sigirlardagi naslsizlik kunlarini aniq hisobiga asoslan-
gan bo'ladi. Olinmay qolgan buzoqlarning qiymati quyidagicha hisoblanadi.
Oldin naslsizlik kunlari aniqlanadi. So'ngra olinmagan buzoqlami aniqlash
uchun uni 315 ga bo'linadi. Keyin esa olinmagan sutning miqdori aniqlanadi.
Yil davomida sigirlarning naslsizlik kuni 45 kunga teng bo'lganda, har bir
sigirdan o'rtacha 260 kg sut, agar u 75 kun bo'lsa — 420 kg. 100 kun bo'lsa
— 474 kg sut olinmay qoladi. Olinmay qolgan sutning umumiy miqdori 1 s
tayyorlangan sutning qiymatiga ko'paytirilib olinmagan sutdan xo'jalik ko'rgan
iqtisodiy ziyon aniqlanadi.
Olinmagan buzoqlar tufayli xo‘jalik sof daromadining kamayib ketishi
quyidagi formulalar bilan aniqlanadi:
Chp = ii^xKt
bu yerda: Chdj — 1 s mol go'shtini sotishdan xo‘jalikka kelgan sof daromad
miqdori; j, — buzoqni yil oxirigacha bo'lishi mumkin bo'lgan tirik vaznigi (kg);
j0 — buzoqning yil boshidagi tirik vazni, (kg); Kt — olinmagan buzoqlarning
bosh soni, har qaysi olinmagan buzoq uchun xo'jalik 2 s o'sishni yo‘qotadi.
Qisir qolgan sigirlarni davolashga ketgan xarajatlar quyidagi formulalar
bilan hisoblanadi:
ZI=Zk x Kk
bu yerda: ZI — qisir qolgan sigirlarni davolashdagi umumiy xarajatlar; Zk —
o'rtacha harajatlarning; Kk — qisir sigirlarning soni.
Qisir qolish natijasida sut tannarxining oshishi tufayli sof daromadning
kamayishi quyidagi formula bilan hisoblanadi:
Chm = Zs xU xK k
bu yerda: Zs — qisir qolishning uzoq davom etishi sababli har qaysi guruh
sigirda alohida 1 s sutga qilingan xarajatlarning oshishi (so‘m); K — har
qaysi guruhda sutning o'rtacha yillik sog'ish miqdori (s); Kk — qisir qolgan
sigirlarning soni.
QISIR QOLISHNING TURLI SHAKLLARIDA JINSIY A ’ZOLARDA
SODIR BO'LADIGAN PATOLOGO-ANATOMIK O'ZGARISHLAR
D a rs n in g m aq sad i:
Urg'ochi hayvon bachadoni, tuxum yo'li va
tuxumdonlaridagi kasalliklar tufayli paydo bo'ladigan makro va mikroskopik
o'zgarish, klinik belgilarining namoyon bo'lishini taqqoslab, bir-biridan
ajratishni o'rganish, kasallik oqibatini (prognozini) to'g'ri aytib berish va da-
volash, jinsiy a’zo funksiyalarini oshirishga qaratilgan samarali usullarni
tanlashdan iborat.
Tekshirish obyektlari va kerakli jihozlar:
so'yilgan sigir. Qo'y va urg'ochi
cho'chqalar jinsiy a’zolari, qisirlikning turli shakilarini — tug'ma, qarilik
natijasida paydo bo'lgan va simptomatik shakilarini ko'rsatuvchi muzey
preparatlari, urg'ochi hayvon jinsiy a’zolarini turli qismlaridan hamda gine-
kologik kasalliklar tufayli o'Igan hayvonlar jinsiy a’zolaridan tayyorlangan
gistologik preparatlar, anatomik tekshirishlar uchun kerakli asbob-uskunalar
va jinsiy a’zolarning fiziologik holatini aniqlashda qo'llanadigan asboblar (qis-
qichlar, jarrohlik pichoqlari, qaychilar, anatomik pichoqlar, o'Ichagich jadvali,
pertubatsiya uchun ishlatiladigan asbob va boshqalar), mikroskopik, jarrohlik
qo'lqoplari.
Qisqacha uslubiy ko'rsatma.
Dars kafedraning muzeyi, laboratoriyasi
yoki manejida o'tkaziladi. Talabalar erkak va urg'ochi hayvonlarning noto'g'ri
tanlanishi tufayli sodir bo'ladigan tug'ma qisir qolishning muzeydagi
preparatlari bilan tanishadilar. Sog'lom va kasal urg'ochi hayvonlarning jinsiy
a’zolarida yoshi tufayli paydo bo'ladigan o'zgarishlarga e’tibor beradilar,
bunda ular jinsiy a'zolarining kattaligiga va hajmiga, bachadon shoxlarining
simmetrikligiga, to'qimalarning konsistensiyasiga, tuxum yo'lining holatiga,
unda kengaygan joylarning borligiga, ularning kattaligiga, seroz pardaning
ko'rinishi va soniga hamda boshqa o'zgarishlarga ahamiyat beriladi.
Paypaslab ko'rish bilan to'qimalarning konsistensiyasi, pertubatsiya usuli
bilan esa tuxum yo'llarining o'tkazuvchanligi aniqlanadi. So'ngra qin,
bachadon bo'yinchasi, bachadon shoxlari kesilib ko'riladi. Bunda ularning
shilliq paradalarining rangiga, shishlarning bor-yo‘qligiga, qon quyilganligiga,
jarohatlarning borligiga hamda bu a’zolardagi suyuqliklarning xarakteriga
e’tibor beriladi. Tuxumdonlarni tekshirgan paytda ularning shakllariga,
kattaligiga, konsistensiyasiga, follikulalar, sariq tana va kistalarning borligi
ga ahamiyat beriladi. Jinsiy a’zolari bo'lsa, unda tekshirishlar natijasida
olingan ma'lumotlar bir-birigataqqoslanib, patologikjarayonlarning xarakterini
aniqlashga imkon beradi. Mikroskopik tekshirishlar uchun sog'lom va kasal
hayvonlarning jinsiy a’zolaridan — bachadondan, tuxum yo'llaridan va
tuxumdondan tayyorlangan gistopreparatlardan foydalaniladi.
URG‘OCHI HAYVONLAR GINEKOLOGIK KASALLIKLARINI
DAVOLASH
Darsning maqsadi.
Urg'ochi hayvon ginekologik kasalliklarini davolash
hamda bu borada foydalanadigan texnik asboblarni ishlatish va qin,
bachadon, muskul orasi, shuningdek, qon-tomirlarga turli xil dori moddalarini
yuborish usullarini o'rganish.
Tekshirish obyekti va kerakli jihozlar:
qin oynasi va qin kengaytirgich,
Esmarx krujkasi, turli xil qisqichlar, eritmalarni yuborish uchun mo'ljallangan
kateterlar, Akatov va Vinogradovlarning irrigatorlari (jarohatlarni yuvish uchun
ishlatiladigan asbob), yog'li asosda tayyorlangan dorilarni yuborish uchun
ishlatiladigan shprislar, kukun purkagich, qaychi, termometr, perkussiya (urib
eshitish uchun qo'llaniladigan) bolgacha, plessimetr, fonendoskop va doka
va paxtali steril tamponlari, antibiotiklar, dizenfeksiyalovchi preparatlar, tay-
yordori moddalari (septimetrin, furazolidon tayyoqchalar, ekzuter, tribretsin
va boshqalar), novokainning 0,5 li eritmasi, dorilarni parenteral yo‘l bilan
yuborishda ishlatiladigan shprislar va ularning ignalari, xalat, etak, sovun,
issiq suv, sochiqlar, qo'lni yuvishda ishlatiladigan cho'tkalar.
Qisqacha uslubiy ko'rsatma.
Dars o‘quv xo'jaligida, go'sht kombinatida,
kafedra klinikasi va laboratoriyada o'tkaziladi.
O'qituvchi qisir urg'ochi hayvonlarni davolashning umumiy sxemasini
tushuntirib, unda qo'llaniladigan turli preparatlar va dori moddalarni ko'rsatadi,
ayrim davolash tadbirlari bilan o‘quvchilarni tanishtiradi. So'ngra talaba va
o'quvchilar darsga oid retseptlarni yozadilar hamda kerakli eritma va emul-
siyalar tayyorlaydilar.
Ginekologik kasalliklarni davolash usullari va kerakli dorilar:
biologik-
antibiotiklar, estrogenlar, SJK va KJK va boshqalar, farm akologik —
sulfanilamidlar, neyrotropli preparat va boshqa, fizikaviy-uqalash, shifobaxsh
loy hamda elektr bilan davolash. Jarrohlik — sariq tanani olish, kistalarni
ezish, bichish va boshqalar, patogenetik-turli to'qimalardan tayyorlangan
dorilar, novokainli blokada bilan, aortaga, vena, arteriya qon tomirlariga
novokain yuborish bilan davolash.
Davolashning barcha usullari veterinariya-sanitariya hamda zootexnika
qoidalariga, ya’ni sifatli oziqlar bilan oziqlantirish, quruq, toza molxonalarda
asrash, kasallikning kechishiga ko'ra ratsion berish va boshqa gigiyena
talablariga to'la amal qilgan holda olib borilishi kerak.
Biologik va farmakologik dorilar bachadonga, teri ostiga muskul orasiga,
qon tomir ichiga yuboriladi, ko'pincha ular etiotrop davolash usullarida
ishlatiladi. Bu dorilar mahalliy, ya’ni qinga va bachadon bo'yinchasiga
yuborilishi, bachadonga quyilishi ham mumkin yoki doka tamponlar shular
bilan namlanib, yallig'langan joyga ishlatiladi.
Mualliflarning fikricha, qisir qolgan sigirlarni davolashda kayodani
te tra vit bilan birga q o 'lla b (Samarqand vilo ya tida ) yaxshi natijaga
e ris h ilg a n . B o‘g ‘oz s ig irla rn i tu g 'is h ig a 2 oy qolgan d avrida n to
tug'ishigacha (kuz, qish va bahor oylarida) kayoddan haftada 7 tabletka
(asosiy moddadan 42 mg) omixta yemiga qo'shib oziqalantiradi va shu
bilan bir vaqtda muskul orasiga 5 ml iliq tetravit yuboriladi. Natijada modda
almashunuvi yaxshilanadi, qonda umumiy oqsil miqdori o'rtacha 7,4%,
kalsiy 10,6 mg % anorganik fosfor 6,0 mg% ga yetadi. Bundan tashqari,
jinsiy a'zolar involyutsiyasi tezlashadi, buzoqlarning hayotchanligi oshadi,
ularning tirik vazni 1— 3 kg ko'payadi, yo'ldoshi o‘z vaqtida ajraladi,
tuqqandan keyingi endimetritlar kamayadi.
Qin va bachadonni chayishda
kuchsiz antiseptik eritmalardan u yerdagi
yallig'lanish mahsuloti bo'lgan ekssudatlarni tashqariga chiqarish uchun
foydalaniladi. Eritma iliq holda ko'pincha suyuqlik ikkiyoqlama oqadigan
kateter yordamida yuboriladi.
Sigirni stanokka kiritib, eritma solingan idish maxsus tergakka quyiladi
va undagi eritmadan asta-sekinlik bilan qinga 20— 30 I quyiladi.
Sigirlarni piometrit, gidrometrit kasalliklarida bachadon bo‘shlig‘ida
to'plangan ekssudatlarni chayib chiqarish uchun o'rta tuzlarning 2— 10% li
eritmasidan foydaliniladi. Bachadonga yuborilgan suyuqlik massaj orqali to‘la
chiqarib olinadi. Bundan so‘ng qinning bachadon bo'yinchasiga yaqin
tomoniga davolovchi eritmalarshimdirilgan, emulsiyalarsurtilgan, poroshok
sepilgan paxta yoki doka-paxtali tamponlar qo'yiladi. Bunday tamponlar
bachadon bo'yinchasi yallig'langanda ham ishlatiladi.
B a c h a d o n g a d o rila rn i q o 'y is h d a
aseptik eritm alardan kamroq
foydalaniladi; ulardan 500 ml gacha yuborish mumkin. Odatda, bachadonga
turli suspenziyalar, moyli asosda (baliq; pistvacha, vazelin moylari)
tayyorlangan em ulsiyalar yuboriladi, 5% li tritsillin suspenziyasi, 5%
yodvismutsulfamid suspenziyasi, ginekologik (furazolidonli, furaginli xinozolli
va boshqalar) suppozitorlar, 2,5% li furagin va 5% li furazilidon, o'zimizda va
chet elda tayyorlangan patentli dorilar, tarkibida nitratfuran saqlovchi dorilar
va antibiotiklar (ekzuter, septrometrin, tribressin, uterosan va boshqa) dori-
lardan foydalaniladi.
Bu dorilar bachadonga yuborilganda ko'pik hosil qiladi, bu, dorini
bachadonning barcha qat-qatiga oson o'tishiga yordam beradi. Dorilarning
yuborish miqdori 50— 100 ml yoki 2— 5 kapsula yoki tayoqcha hisobida
bo'ladi. Bu usul bilan birgalikda bachadon muskullarning qisqarishini
oshiradigan (ayniqsa, uni atoniyasi va gipotaniyasida) dorilarni parentirial
yuborib davolash ham maqsadga muvofiqdir — bu borada muskul orasiga
oksitotsin va pituitrindan (30—40 TB) 1% li brevikolin eritmasidan (10 ml ),
teri ostiga prozerinning 0,5% li (2—3 ml) sinestrolning 1% li eritmasini (2—4
ml) qo'llash mumkin. Bachadonning qisqarishini kuchaytirish uchun 7 yoki
10% li ixtiolning 40% li glukozadagi yoki fiziologik eritmadagi eritmasi 15—
20 ml miqdorida, steril og'iz suti 20— 30 ml miqdorida har 48 soat oralab 2—
3 marotaba yuboriladi. Shuningdek, trivitamen, tetravit ham 5— 10 ml
miqdorida har 48 soat oralab 2— 3 marotaba teri ostiga yuboriladi.
Lekin davolash natijasining ijobiy bo'lishini ta’minlash maqsadida, avval,
bachadondagi eksudan tarkibidagi mikroorganizmlarturi va ularning dorilarga
bo'lgan chidamliligini aniqlash lozim. S. A. Aminov, E. F. Muxtorov va
A. A. Kamanovlar ma’lumotiga ko‘ra 2—3 turdagi tekshirilgan dorilardan 13
tasi (gentamitsin, levomitsetin, neomitsin, kamamitsin, neovetin, benzilpenitsi-
llin, streptomitsin, sul’fat, trisillin, nevoyetin, suixfaxloramfen, tetaxlorid,
ekzuter, tetraolan) mikroblar o'sishini to'xtatishga kuchli ta’sir yetgan, 2 tasi
(mastisid, bitsillin — 3) — kuchsiz va 10 tasi (metranidozol, fedradonin,
furatsilin, trimirazin, tribritssen, sentrimetrin, furazalidon tayoqchasi, mastisan
E) — tamoman ta’sir etmagan. Shu boisdan gentamitsin, tritsillin va neovetin
qo'llaganda yaxshi natijaga erishilgan.
Fizikaviy davolash usullari.
Bunga uqalash, shifobaxsh moylar va elektr
bilan davolash usullari kiradi. Uqalash to‘g‘ri ichakka yuborilgan barmoqlar
orqali silash, bachadon shoxlarini va tuxumdonlarini ezish yo'li bilan olib
boriladi.
S h ifo b a x s h lo y la r bilan d a v o la s h d a
turli tarkib da g i loylardan
foydalaniladi. Shifobaxsh loylar dastlab qaynatilib sterillangan bo'lib, u qinga
maxsus shpris yoki sun’iy qinda ishlatiladigan rezina kamera orqali yuboriladi.
Elakdan o'tkazilgan shifobaxsh loy rezina kameraga joylashtiriladi va doka
bilan bog'lanib, sterilizatorda 60° gacha qizdiriladi. So'ngra kamera biroz
sovugach, birtomoni yechilib, loyning harorati o'Ichanadi. (u 48— 50 gradus
bo'lishi kerak), keyin u bilan to'ldirilgan shprisning konnussimon qismi sigir-
ning qiniga 8— 12 sm kiritilib 1000— 1200 ml miqdoridagi loy siqib chiqariladi.
30 daqiqadan so'ng qinga yuborilgan shifobaxsh loy osh tuzining iliq 5
yoki 1 % li eritmasi bilan yuvilib tozalanadi. Agar shpris bo'lmasa unda rezina
kameraning yechilgan tomoni qinga bachadon bo'yinchasiga yuborilib, undagi
shifobaxsh loy siqib chiqariladi va u ham qindan 30 daqiqadan keyin yuvib
tashlanadi.
Elektr bilan davolash
endometritlarning turli shakllarida qo'llaniladigan
bachadon bo'ymchasini stimullaydigan elektrostimulyatorlar yordamida
o'tkaziladi. Bu asbob tana, qo‘l birktirgich vtulka turli diametr va uzunlikdagi
6 ta olib qo'yuvchi uchli qismdan iborat bo'ladi. Urg'ochi hayvon rezina
to'shama solingan stanokka kiritilib bog'lanadi. Elektr ostimulyatorni tokka
ulab, tok kuchlanishi 7 voltga to'g'rilanadi. Qin, qin oynasi bilan ochilib,
elektrostimullyatorni mos keladigan uchi (qinni tekshirgan vaqtda aniqlangan)
bachadon bo'yinchasi kanaliga yuboriladi. So'ngra tok ulanib, qorin pressa-
sining muskullarini birinchi qisqarishi kuzatiladi va bu bachadon muskullari
qisqarishining boshlanishi deb hisoblanadi. Asta-sekinlik bilan tok kuchlanishi
oshirilib, yosh sigirlarga 6—8 voltgacha, 5 yoshdan katta bo'lgan sigirlarga
esa 12 V gacha yetkaziladi. Elektrostimullyatorni qo'llash muddati 3 daqiqa-
dan oshmasligi kerak, har bir seans oralig‘i 48 soat, davollash kursi bachadon
yallig‘lanishining og‘ir — yengilligiga qarab 5 martagacha
0
‘tkaziladi.
To'qim alardan tayyorlangan dorilar bilan davolashda
Krauz yoki
Filatov usuli bilan jigar, taioq va boshqalardan tayyorlangan dorilardan teri
ostiga 10—20 ml yuboriladi. Shuningdek, jigar platsentar aralashmasi ham
qo'llaniladi. Dorilar 2—5 marta har 5—7 kun oralig'ida ishlatiladi.
Autogemoterapiyada — autokson 60— 100 ml miqdorida har 3—4 kun
oralatib yuboriladi.
Novokainli blokadalar o ‘tkazish.
M o r o z o v u s u l i b o ‘ y i c h a bu
— y u r a k t e v a r a g i d a g i b I o k ad a. Bu usulda 0,2% li novokain
eritmasini (sigirlar uchun 300— 350 ml, g'unajinlar uchun esa 200 ml
miqdorida) bel umurtqasining o‘ng tomonidagi ikkinchi va uchinchi ko'ndalang
qovurg'asimon o'simtasidan 8—9 sm pastdan uzunasiga o‘tadigan chiziq
bo‘lib yuboriladi.
Inyeksiya joyi aniqlangach, 3—4 ta 10 sm li steril igna kiritiladi. Keyin
rezinali naycha orqali shpris Janega birlashtiriladi va 7— 10 daqiqa davomida
tayyorlangan eritma yuboriladi.
Buning uchun 0,5% li novokain eritmasidan hayvonning har bir kilogramm
tirik vazni hisobiga 0,5 ml dan olinadi. Eritma teng miqdorda o‘ng va chap
tomondan oxirgi qovurg'ani oldingi chetiga yuboriladi. Terini tozalagandan
so'nggina yotiq chiziqqa 30—35° burchak hosil qilgan holda umurtqa tanasiga
tekkunga qadar kiritiladi. Igna qon tomirlariga tushmaganiga ishonch hosil
qilgach, u novokain eritmasi solingan shprisga ulanadi. So‘ng bir xil bosim
bilan eritma yuboriladi.
Sovliq va cho'chqalarga oxirgi qovurg‘a orqasidan har bir kg tirik vazni
hisobiga 2 ml dan novokain eritmasi yuboriladi.
Logvinov vaGontarenko usullari bo'yicha 1% li novokain eritmasini a o rt a
t o m i r i ichiga yuborish 4-yonbosh qovurg‘asimon o‘simtalar qismining
o‘rtasidan 18 sm li igna 25— 30 gradusli burchak asosida umurtqa tanasiga
yetguncha kiritiladi. Keyin igna uchi o‘ng tomonga qarab 0,5 sm siljitilib, sekinlik
bilan yana 4—5 sm ichkariga kiritilib aortaga sanchiladi. U sanchilgandan so'ng
(puls bilan otilib chiqadigan arteriya qoni paydo bo'ladi) shpris Janega ulanib,
novokain eritmasidan hayvonning har bir kg tana og'irligi hisobiga 0,002—
0,0025 g dan, ammo 100 ml dan ortiq bo‘lmagan miqdorda yuboriladi.
Inyeksiyani 48 soatdan so'ng qaytarish mumkin. Vena qon tomiri ichiga 0,25—
0,5% li novokain eritmasidan hayvon tirik vaznining har bir kg og'irligi hisobiga
0,5— 1 ml dan 24—48 soat oralab 2— 3 marotaba yuborish mumkin.
Jarrohlik usulida davolash
tuxumdonlar patologiyasida persistent sariq
tana va kristalarda qo'llaniladi.
Persistent sariq tana jinsiy sikidagi yoki bo‘g‘ozlik davridagi sariq tana
hisobiga sigir organizmiga salbiy omillarning ta’siri, ya’ni sifatsiz oziqlar bilan
oziqlantirish, matsionning bo'lmasligi, bachadonda surunkali yallig'lanish ja-
rayonlarining rivojlanishi tufayli bachadonda o‘lik homilaning bo'lish sabablari
bo'ladi. Bu kasallik belgilarining klinik ko'rinishi jinsiy bezlar funksiyasining
dispersiyasi yoki to'liqsiz jinsiy sikl bilan namoyon bo'ladi.
Bu kasallikni davolash usullaridan biri enukleatsiya bo'lib, unda qo‘l bilan
to‘g‘ri ichak orqali sariq tana topilib tuxumdondan ajratiladi.
T u x u m d o n k i s t a s i — bu yumaloq bo'shliq bo'lib, follikulalar, ayrim
hollarda sariq tana hisobida rivojlangan bo'ladi. Ular follikulyar epiteliylar
hisobidan paydo bo'lgan qobiq ichida suyuq yoki kolloid moddadan iborat.
Tuxumdon kistasi ikki xil bo'lib, biri yirik kistali tuxumdon, unda bitta katta
kista rivojlangan, ikkinchisi kichik kistali, unda bir necha mayda-mayda
kistachalar mavjud.
Kistalarning rivojlanish sabablari to'la o'rganilmagan. Ehtimol, ularning
rivojlanishi asosida organizmning neyrogumaral boshqarilishining o'zgarishi,
tuxumdon, gipofiz va asab sistemasi orasidagi o'zaro aloqalarni buzilishi
tufayli sodir bo'lsa kerak.
Kistalarning hosil bo'lish sabablaridan biri hayvonlarni oziqlantirishdagi
(konsentrat oziqlar bilan oziqlantirish, minerai moddalarning yetishmasligi)
kamchiliklar, jinsiy a’zolarning yallig'lanishi, gormonal dorilardan yuqori
dozada foydalanish, yuqumsiz va invazion kasalliklar tufayli organizmning
uzoq vaqt zaharlanishi, ehtimol, irsiy sabablar ham va boshqa omillar ham
ta’sir etadi. Tuxumdon kistasining klinik belgilari ularning gistogeneziga,
ichidagi suyuqlikning sifati va miqdoriga ko'ra turlicha bo'ladi. Ko'pincha qisqa
muddat ichida bir urg'ochi hayvonda klinik belgilar va kistalar holatlarining
o'zgarishini kuzatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |