Rivojlantirish instituti a. R. Jabborov, S. S. Sotiboldiyev veterinariya akusherligi, ginekologiyasi va sun



Yüklə 24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/40
tarix28.04.2017
ölçüsü24 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40

Biya kuyukkan vaqtida bezovtalanadi, asabi buziladi, serqitiqli, ba’zida jahldor 
bo'lib qoladi. U ko'pincha kishnab chinqira boshlaydi. Dumini ko'tarib, jinsiy a’zo 
lablarini bir maromda dam ochib, dam yopib turishi natijasida qinoldi dahlizining 
shilimshiq  pardasi  va  klitor  ko'rinadi.  Biya  oz-ozdan  tez-tez  siyadi  va  siydik 
bilan birga shilimshiq  modda ham ajratadi. Hadeb orqasini devorga ishqayveradi,

bog'loqlik  turganda  boshqa  otlarga  qarab  orqasini  o'giraveradi.  Ayg‘ir  qidiradi 
va ot kishnasa  unda darrov kishnab javob  beradi.  Biyalar kuyukmagan  bo'lsa, 
quloqlarini chimirib, tepib, ayg'irlarni o'ziga yaqinlashtirmaydi.
Urg'ochi  tuyaning  kuyukish  belgilari  unchalik  yaxshi  bilinmaydi.  Erkak 
tuya  yaqinlashgan  paytda  juftlashish  uchun  yerga  yotadi  (urg'ochi  tuyalar 
yotib  juftlashadi).  Urg'ochi  tuyalar  kuyukmagan  paytlarida  erkak  tuyalarni 
o'ziga yaqinlashtirmaydi.
Urg‘ochi  quyonlarda  jinsiy  qo‘zg‘alish  o'ziga  xos  b olib,  bir  necha  kun 
davom  etadi.  Urg’ochi quyon  yilning  har qanday vaqtida kuyukishi  mumkin, 
biroq  ular ko'pincha qishning  ¡sigan  paytlarida kuyukadi.  Ularning  kuyukishi 
jinsiy sikl  davri  bilan  bog'liq  bo'lmaydi.
3- jadval
Jinsiy  m ayliik va  kuyukishning  paydo  bo'lish  muddatlari  va  ularning  d avom   etishi
U rg 'o ch i
hayvon
turlari
T u qqand an  Keyingi  jinsiy 
mayliik  va  kuyukishning  paydo 
bo'lishi
Jinsiy  mayliik  va 
kuyukishning  takror 
paydo  bo'lishi
Kuyukishning 
davom   etishi
S ig irlar
Q o ‘y  va 
echkilar
C ho'chqalar
B iyalar
Tu yalar
18—2 2   kundan  keyin  ( 1 9 —2 1 - 
kunlardan  boshlanadi)
15—3 0   kundan  keyin
Bolasi  a jratilgan dan  so'ng  2 —5 
kun, 
tuqqandan  keyin 
12—20 
kun  o'tg a c h
5 — 14  kundan  keyin,  (ko'pincha 
8 —1 2-  kunlari  boshlanadi)
Birinchi  kundan  keyin
1 8—28 
kundan 
keyin 
(ko'pincha 
19—2 1- 
kunlardan  boshlanadi)
15—20 
kundan 
keyin 
(o'rtacha  16— 17  kundan 
keyin)
2 0 —28 
kundan 
keyin 
(b a 'zid a  
11—4 2   kundan 
keyin)
10—38 
kundan 
keyin 
(o'rta c ha   2 1 —2 8 -  kunlari 
boshlanadi)
9 —50  kundan  keyin

soa tda n 
36 
s o atgach a 
(ko'pincha 
15—20 
soat)
12 
soa tda n 
60 
s oa tga ch a , 
ayrim 
hollarda  3—7  kun
2 4  
s o a td a n  
48 
s oa tga ch a  
(b a 'zid a  
12 
s oatdan 
6 
kungacha)

kundan 
12 
kungacha  (b a 'zis id a  
2 4 —36  soat)
15—6 5   kungacha
Hayvonda kuyukish va jinsiy mayliik paydo bo'lish muddatlariga nisbatan 
tur xususiyatlari  hamda jinsiy  qo‘zg‘aiishning  davom  etish  vaqti  5- jadvalda 
kelitirilgan.
Hayvon  yaxshi  boqilmasa,  asralmasa  yoki  ko‘p  ishlatilsa,  shuningdek, 
jinsiy a’zolari kasallanganda ham unda jinsiy mayliik hamda kuyukish muddati 
o'zgaradi yoki mutlaqo kuyukmay qo‘yadi. Sigir va g'unajinlarning qisqa vaqt 
davomida kuyukishlariga e’tibor berish, jinsiy qo‘zg'alishini aniqlash va ularni 
o ‘z vaqtida qochirish  uchun  chora-tadbirlar  ko'rish  zarur.
O v u ly a ts iy a .  G ra a f  p u fa k c h a la rid a n   tu x u m h u ja y ra la rin in g   a jra lib  
chiqishiga  asosan  nerv  sistemasi  bilan  boshqariladigan  gipofizning  ichki 
s e k r e ts iy a s i  s a b a b   b o 'la d i.  G ra a f  p u fa k c h a la ri  y o rilg a n d a n   keyin 
tuxum hujayralar follikulyar suyuqlik  bilan  birga tashqariga chiqadi va tuxum 
y o 'lig a   tushadi.  T uxum dondan  tuxum hujayra lari  ajralib  chiqm agun cha

u rg 'o ch i  hayvon  u ru g 'la n m a yd i  (b a ch a d o n d a n   tashqari,  tu x u m d o n d a  
bo‘g‘ozlik  bo'lib  qolish  bundan  mustasno).
Jinsiy  siklga  tashqi  muhit  (asrash,  iqlim)  om illari,  birinchi  navbatda, 
hayvonni  boqish  sharoiti  kuchli  ta’sir  qiladi.  Hayvon  yaxshi  boqilib,  qulay 
iqlim sharoitida yashasa, to‘g ‘ri asralsa,  uning jinsiy sikli bir maromda o'tadi. 
Hayvon yomon asralsa, noto‘g‘ri boqilsa va iqlim sharoiti noqulay bo'lsa jinsiy 
jarayon  juda  sust  o'tadi  yoki  sariq  tanalarning  shimilishi  sekinlashadi,  bu, 
jinsiy  uyg'onishni  birmuncha  kechiktiradi.  Tashqi  muhit yomon  bo'lsa, jinsiy 
qo‘zg‘alish vaqtida tormozlanish yoki jinsiy  mayllik,  kuyukish va ovulyatsiya 
reflekslari  yo'qoladi  (jinsiy  sikl  to'liq  bo'lm aydi).  Masalan,  kuyukish  va 
ovulyatsiya  jinsiy  m aylsizlik  (alibid),  jinsiy  m ayllik  va  kuyukish  holatlari 
ovulyatsiyasiz  (anovulyator),  jinsiy  m ayllik  va  ovulyatsiya  holatlari  esa 
kuyukishsiz  (anestral jinsiy sikl)lar sodir bo'lishi  mumkin.
Yil davomida jinsiy sikllarning miqdori takrorliligi (qochmagan hayvonlarda) 
ularning turiga bog'liq bo'ladi. Shu belgilarga qarab barcha hayvonlarni shartli 
ravishda polisiklit va  monosiklik turlarga  bo'lish  mumkin.
Polisiklik turga qoramol,  qo'yning  Romanov zoti,  cho'chqa va  ko'pincha 
otlar kiradi. Hayvonlarning bu turida jinsiy qo‘zg‘alish tez-tez sodir bo'lib turadi. 
Monosiklik  turda  (shimol  bug'usi,  it,  mushuk)  jinsiy  sikl  yiliga  1— 2  marta 
paydo  bo'ladi,  ana  undan  so'ng  uzoq vaqt tenglashish  davri  boshlanadi.
Hayvonlarning  ba’zi bir turlarida jinsiy sikllar ketma-ket kelib, so'ng  uzoq 
vaqt  tenglashish  davri  boshlanadi.  Hayvonlarning  bunday  guruhi  polisiklik 
turga  kiradi,  lekin  jinsiy  mavsum  cheklangan  bo'ladi.  Bularga  qo'ylarning 
qorako'l,  xisori,  sigey  va  boshqa  zotlari  ham da  biyalarning  bir  qismi  kiradi. 
Masalan,  O'rta  Osiyo  respublikalarida,  Ukrainaning  janubida  va  shim oliy 
Kavkazda  qo'ylar  kuzgi-qishki  oylarda  yoppasiga  kuyukadi;  yilqichilikda 
biyalarni qochirish  kompaniyasi  15- fevraldan  1- sentabrgacha davom etadi.
Organik dunyoning rivojlanishida yashash sharoiti yetakchi rol o'ynashini 
chorvachilikxodimlari bilganlari holda, hayvonlarni maqsadga muvofiq boqib, 
kuyukishning mavsumiyligini yo'qotishga va qishloq hayvonlarining polisiklik 
bo'lishiga erishishlari  kerak.
Jinsiy sikl  gormonlari.  U m u m i y   m a ’ l u m o t .   Urg'ochi  hayvon jinsiy 
a’zosining faoliyati boshqa a’zo va sistemalari  kabi uning umumiy holatiga, va 
tashqi  muhit  bilan  chambarchas  bog'liq.  Tashqi  va  ichki  muhitdan  keluvchi 
ta’sirlar sezish retseptorlari (nerv uchlari) dan markaziy nerv sistemasiga nerv 
tolalari orqali  boradi. Ta’sirlanish  natijasida organizm qo'zg'aladi va markaziy 
nerv sistemasi orqali boshqa nerv tolalari bo'ylab u yoki bu organning maxsus 
reaksiyasi  bilan  retseptorlar qabul qilgan ta’sirlarga javob  beradi.
Markaziy  nerv  sistemasining  retseptor qo'zg'alishiga javob  berishi  bilan 
b o g 'liq   b o 'lg a n   o rg a n iz m n in g   b a rc h a   re a k s iy a la ri  re fle k s   d e y ila d i.
I.  M.  Sechenov  refleksni  hayvonning  xulq-atvori  deb  ta’riflaydi.  Boshqacha 
aytganda,  refleks  ichki  va tashqi ta’sirlarga  beriladigan javob.
Jinsiy reflekslar reflektor jarayonining umumiy qonuniyatlariga bo'ysunadi, 
lekin ayrim organlar faoliyatining  muvofiqlashishida, ya’ni  nerv sistem asi va 
qon tomir sistemasi bilan birgalikda ichki sekretsiya (endokrin) bezlari ishtirok 
etadi.  Bu  bezlarda  oqib  chiqadigan  y o 'lla r  bo'lm aydi  va  o'z  sekretlarini

bevosita  qonga  ajratadi  (gumor  quyuqlik).  Bu  sekret  (gormon)  lar  qonga 
so'rilib, organizmdagi jarayonni kuchaytiradi yoki susaytiradi,  binobarin, a'zo 
faoliyatini tartibga solib turadi.
Nerv  sistemasi  bilan  ¡chki  sekretsiya  bezlari  o'rtasida juda  ham  chuqur 
aloqa  mavjud.  Shuning  uchun  jinsiy  organlarni  tartibga  solishning  nerv- 
gumoral  sistemasi  bir butun  deb  hisoblanadi.
Yosh  hayvon  organizmida tuxumdonning gormonal faoliyati jinsiy voyaga 
yetguncha juda zaif bo'ladi. Ammo bu vaqtda uning organizmida urg'ochi jinsiy 
gormonlar juda oz miqdorda bo‘ladi.  Shuningdek,  bu  davrda urg'ochi  hayvon 
organizmida ham  birmuncha erkaklik jinsiy gormonlarini topish  mumkin.
Tuxumdon va sariq tana gormonlari. Hayvon jinsiy voyaga yetganidan 
so'ng tuxumdonida muntazam tuxum hujayralaryetilib turadi,  bunga hayvon 
xulqining  o'zgarishi yaqqol  misol  bo'la oladi.
Yuqorida  aytilganidek,  biriamchi  follikulalar  bir  qavatli  follikulyar epiteliy 
bilan  qoplangan tuxum hujayralardan  iborat.  Tuxumhujayralarning o‘sish  va 
yetilish  darajasiga  ko‘ra  ularning  atrofini  o‘rab  oigan  bir  qavatli  follikulyar 
epiteliyning  hujayralari  orasida yoriq  paydo  bo'ladi,  ular borgan  sayin  asta- 
sekin kengayib, umumiy bir bo'shliqqa qo'shilib ketadi. Nihoyat, follikula graaf 
pufakchasiga  aylanadi.  Pufakcha  ichidan  qalinlashgan  follikulyar  epiteliy 
bo'rtib  chiqadi,  ya’ni  bu  bo'rtmalar  follikulyar  hujayralarning  nurli  toji  bilan 
o'ralgan tuxumhujayralardir.
F ollikulyar  suyuqlikda  fo lliku la   ishlab  chiqaradigan  gormon  bor.  Bu 
gormonning  o'ziga  xos  xususiyati  hayvonni  kuyuktirishdan  iborat,  shuning 
uchun  ham  u  estrogen deyiladi.
Suyuqlik moddasining to'planishi, follikulalar ichida bosimning oshishi va 
gormonal ta’sir etishi natijasida follikula devori yoriladi. Graf pufakchalaridan 
chiqqan suyuqlik bilan  birgalikda tuxumhujayralarning ajralib chiqish jarayoni 
ovulyatsiya  deyiladi.
Ovulyatsiyalangan follikula bo‘shlig‘i qon quyilishi natijasida qon bilan to'lib, 
follikulyar epiteliyning  qolgan  boshqa qismi  ko'payadi va  u asta-sekin quyilgan 
qonning  o'rnini  egallaydi.  Bu  joyda  parda  tomonidan  qon  tomiri  bilan  birga 
biriktiruvchi to'qima o‘sib kiradi. Yangi paydo bo'lgan hujayraning sitoplazmasida 
hujayralarni sariq rangga bo'yovchi lyutein pigmenti ajralib chiqadi, shuning uchun 
ham  u  sariq tana deb ataladi.  Sariq tana progesteron gormon  hosil qiladi.
Modomiki, tuxumhujayra urug'lanmagan bo'lsa, endokrin bezlari kabi sariq 
tananing  hayot  kechirishi  bir  necha  kundan  oshmaydi.  Asta-sekin  qonga 
so'rilgan  sariq tana o'rnida  biriktiruvchi to'qimaning chandig'i qoladi.
Sariq tananing follikula asosida rivojlanishini unutmaslik zarur.  Ko'pincha 
yaxshi  rivojlanmagan  follikuladan  kam  faoliyatli  sariq  tana yetishib chiqadi. 
Shunday qilib, urg'ochi hayvon jinsiy gormonlariga follikulada yetishib chiqqan 
gormon-ekstrogen  va  sariq  tañada yetishgan -  progesteronlar kiradi.
Esterogen  gormon  urg'ochi  hayvon  organizmi  yetilishi  davrida  bacha- 
donning  o'sishini  kuchaytiradi  va  uning  normal  rivojlanishiga ta’sir etadi.  U 
ikkilam chi  jinsiy  belgilarning  paydo  bo'lishida  muhim  rol  o'ynaydi.  Jinsiy 
jihatdan yetilgan esterogenlar jinsiy reflekslarni —  jinsiy mayllik va kuyukish 
hodisalarini  yuzaga  keltiradi.

Esterogenlar ko'proq bo'lsa, bachadonning shilimshiq  pardasidagi giper- 
plastik  jarayon  (hujayra  elementlari  m iqdorining  ko'payishi)  ro‘y  beradi. 
Esterogen sut bezlari yo'llarini rivojlantiradi, ayni paytda sut ishlab chiqarishni 
kechiktiradi.
ERKAK  HAYVON  JINSIY  A ’ZOSINING  ANATOMIYASI 
VA  FIZIOLOGIYASI
Erkak  hayvon  jin siy  a ’zosiga  quyidag ilar:  urug'don  xa lta si  (saccus 
testicularis);  2  ta  urug'don  (testis);  2  ta  urug'don  ortig‘i  (epididymis);  1  ta 
siydik tanosil  kanali  (Canalis  urogenitalis); jinsiy  a’zo  (penes)  kiradi.
Urug'don xaltasi  (Saccus testicularis) —  teri  bo'rtmasidan  iborat boMib, 
chotda ikkita yarim xaltacha shaklida joylashadi.  Bu xaltachalarda urug'don, 
urug'don ortig'i va urug'donni tutib turuvchi tizmalar bo'ladi.  Urug'don xaltasi 
hamma hayvonlarda har xil,  lekin ko'pchilik hayvon (buqa, qo'chqor, taka va 
ayg'ir)  ikkala  sonning  o'rtasida  joylashadi  (5— 6-  rasmlar).  Cho'chqa,  it, 
mushuk va tuyalarda esa orqa chiqaruv teshigining  pastida  bo'ladi.
Urug'don  (testis,  s.  archis,  s.  didymis)  —  juft jinsiy  bez  bo'lib,  erkaklik 
jinsiy  hujayralar —   sperma  ishlab  chiqarish  uchun  xizm at  qiladi  (7-  rasm). 
Jinsiy hujayralar urug'donda murakkab rivojlanish yo'lini bosib o'tadi.  Bundan
5- rasm. Ayg'irning  siydik ayiruv va jinsiy 
a'zolarining  sxematik tuzilishi:
1—   buyrak; — siydik yo'li; — siydik pufagi; 
—  urug'don; 5 — urug'don ortig'i; 6 —  urug'­
don  xalta si;  7  —   uru g'  yo'li;  8  —   pufak- 
cha sim on  b e z la r;  9  —   prostata  b e z la ri;
10  —   s iy d ik -jin s iy   k a n a lin in g   tos  qism i;
11  —  piyo zch a sim o n   yoki  kuper  be zla r;
12 — jinsiy a’zo;  13 —  siydik-jinsiy kanalining 
penis  qismi;  14 —  jinsiy  a'zoning  bosh  qismi 
va  siydik  kanalining  oxirgi  qismi;  15  —   pe- 
nisning  preputsial xaltasi;  16 —  to'g'ri  ichak.
12  11  16
6- rasm.  Buqaning siydik ayiruv  va  jinsiy 
a'zolarining tuzilish  sxemasi:
1  —   buyrak;  2 —   siydik  yo'li;  3 —   siydik 
pufagi; 4 —  urug'don; 5 —  urug'don ortig'i; 
—  urug'don xaltasi;  7 —  urug'don chilviri; 
—  urug' yo'li; —  pufakchasimon bezlar; 
10 —   prostata  bezlari;  11  —   siydik-jinsiy 
kanalining tos qismi;  12—  piyozchasimon 
yoki kuper bezlari;  13—  penisning bukilgan 
q is m i;  14  —  p e n is n in g   o x irg i  q is m i; 
15  —   penisning  preputsial  (teri)  xaltasi; 
16 —  to'g'ri  ichak.

7- rasm.  Urug'don va  urug'don 
ortig'ining  sxematik tuzilishi  (kesilgan 
holda):
1  —  urug'  yo‘li;  2 —  urug'don ortig'ining 
tanasi  va 3 —  bosh qismi;  4 —  chiqaruv 
yo‘li;  5 —   urug'don  to'ri;  —  to'g'ri va  7 
—  egri  kanallari;  8-biriktiruvchi to'qimali 
to‘siqlar;  — urug'don;  10— urug'don 
ortig'ining  dum qismi.
8- rasm.  Qo'chqorning  siydik ayiruv va jinsiy 
a'zoiarining  sxematik tuzilishi:
I —  buyrak;  —  siydik yo'li;  — siydik 
pufagi;  —  urug'don;  5 —  urug'don ortig'i;
— urug'don  xaltasi;  —  urug'don chilviri; 
— urug' yo'li;  —  pufakchasimon  bezlar;
10—  siydik-jinchiy kanalining tos qismi;
I I  —  piyozchasimon yoki  kuper bezlari;
12 —  jinsiy a'zo;
tashqari,  urug'don ichki sekretsiya bezlari sifatida jinsiy gormonlar ham ishlab 
c h iq a rib ,  organizm ni  q o 'z g 'a tis h d a   muhim  rol  o'yn aydi.  Urug'don  turli 
hayvonlarda  har xil shaklda  bo'lib,  urug' xaltachasida gorizontal, vertikal va 
qiyshiq holatlarda joylashadi.  Urug'donni urug'don tizimchasi tutib turadi.  (8- 
rasm).
Urug'donning  vazni  buqalarda  300— 500  g,  qo'chqorlarda  250— 320  g, 
takalarda  145— 190 g  bo'ladi.
Urug'don ortig'i (epididymis) —  tayyor urug'ni vaqtincha saqlash  uchun 
xizmat qiladi.  Urug'don ortig'i urug'ni o'tkazuvchi yo'l bo'lib, jinsiy aloqa vaqtida 
urug'don  devoridagi  muskullar qisqarib  urug'ni  urug' o'tkazuvchi yo'l tomon 
harakatlantiradi  hamda  shira  ishlab  chiqarib,  urug'  hujayralarini  oziq  bilan 
ta ’minlaydi  va  ular  qo'shilguncha  hayotini  saqlaydi.  Urug'don  ortig'i  kanali 
buqalarda 40— 50 sm ga yetadi.  Cho'chqalarda esa  40— 86 sm  bo'ladi.
Urug'  yo'li  (ductus  dexerens) —   uzun,  ingichka  naycha  shaklidagi  a’zo 
b o 'lib ,  u ru g 'd o n d a   ta y y o rla n g a n   urug'ni  chiqarish  uchun  yagona  yo'l 
hisoblanadi.  Urug'  yo'li  urug'don  ortig'ining  dum  qismidan  boshlanadi  va 
urug'don  tizim chasi  orqali  chov  kanalidan  o'tib,  qorin  bo'shlig'iga  tushadi, 
undan  urug'  yo'l  burm asi-plica  dustus  deferensga  boradi,  so'ngra  siydik 
xaltachasining  ustki qismidan o'tib,  tos bo'shlig'i orqali  siydik-jinsiy kanaliga 
boradi va pufakchasimon  bez yo'liga qo'shilib,  urug' chiqarish  kanali-ductus 
eiaculatorisga aylanadi.
Urug'  yo'lining  qovuqdan  yuqori  qismida  bezli  joyi  —   pars  glandularis 
yoki  urug' yo'li ampulasi —  am pula ductus dexerensis bo'ladi.  Urug' yo'lining 
uzunligi  hayvonning  katta-kichikligiga  bog'liq.

9- rasm.  Qorako'l  qo'chqorlarining 
urug'doni va  urug'don ortig'i  (a —  chapki, 
—  o'nggi)
—  urug'don;  —  urug'don tizmasi;
—  urug'don  ortig'ining  bosh  qismi;
4 —  urug'don ortig'ining tanasi;
5  —  urug'don ortig'ining dum  qismi.
10-rasm.  Erkak cho'chqalarning siydik 
ayiruv va jinsiy a'zolarining  sxematik 
tuzilishi:
I  —  buyrak;   —   siydik  yo'li;  3 —   siydik 
pufagi; — urug'don; 5 — urug'don  ortig'i;
—  piyozchasimon  yoki  kuper  bezlari;
7— urug' yo'li; —  pufakchasimon bezlar;
—  prostata  bezi;  10  —   jin s iy   a'zo;
I I  — jinsiy a'zoning oxirgi qismi;  12—  pe- 
nisning preputsial xaltasi;  13— to'g'ri ichak.
S iydik-jinsiy kanali (Canalis urogenitalis s. urethra masculina) deb atalishiga 
sabab shuki,  undan jinsiy hujayralar ham, siydik ham chiqadi.  Siydik chiqarish 
kanali  erkak  hayvonlarda torroq  va  qisqa,  u  siydik  pufagining  bo‘ynidan  urug1 
yo'li ochilgan joyigacha hisoblanadi. Siydik-jinsiy kanali hayvonlarda anchagina 
uzun  bo'ladi.  U  ikkiga —  tos va jinsiy a’zo bo'limiga bo'linadi.
Tos bo 'lim i—  pars pelvina urethrae tos bo‘shlig‘ida to'g'ri ichak ostida va 
qovuq-qo'ymich  suyaklari  orasida  joylashadi.  Tosning  jinsiy  a’zo  bo'limiga 
o'tadigan joyi  biroz  ingichkalashib,  bo'yin-isthmus  urethrae hosil  qiladi. Tos 
bo'limiga qo'shimcha jinsiy  bezlar yo'li  ochiladi.
Jinsiy a ’zolar bo'lim i— pars penis, externae urethrae jinsiy a’zoning bo‘yin 
qismidan  boshlanib,  pastki  tomon  bo'ylab  joylashadi  va  boshning  pastki 
qismida siydik-jinsiy kanalining o'simtasi-processus urogenitalisni hosil qilib, 
tashqariga ochiladi. Siydik-jinsiy kanalida shilimshiq  parda, kovak va muskul 
qavatlar bo'ladi.  Shilimshiq  parda  epiteliy  hujayrasi  bilan  qoplangan.
K o v a k  tana (corpus covemosum urethrae) —  tos bo'iimida kamroq, jinsiy 
a’zo  tomonda  ko'proq  rivojlangan.  Kovak  tananing  ichki  qismi  biriktiruvchi 
hamda  bir  qancha  elastik  va  silliq  muskul  to'qim alaridan  tuzilgan.  Kovak 
tañada juda  ko'p vena qon  tomirlarining  chigallari  bo'ladi.  Ular qonga to'lib, 
ereksiya  holatiga  keladi.  Bu  jinsiy  qo'zg'alish  vaqtida  urug'  hujayralarning 
tez chiqib ketishini ta’minlaydi, chunki ereksiya vaqtida siydik-jinsiy kanalining 
yo'li  anchagina bo'shashadi.
J in s iy  a ’zo (penis) —  murakkab tuzilgan bo'lib,  muhim vazifani bajaradi. 
U negiz, tana va bosh qismlardan  iborat. Tabiiy qochirish paytida urug'donda 
tayyorlangan jinsiy hujayralarni urg'ochi hayvon jinsiy a ’zosiga kiritish, sun’iy

qochirishda esa sun’iy qinga  urug'ni to ‘kish,  shuningdek,  siydik chiqarishga 
xizm at  qiladi.  Jin siy  a’zoning  orqa  qismi  uning  negizi  deyiladi,  bu  tos 
suyagining  qo'ymich  bo‘rtig‘idan  boshlanadi  va  shu  joyda  ikkita  oyoqcha- 
crura penes hosil qiladi. Oyoqchalarning har qaysisi qo'ymich-kovak muskuli- 
m .isch o ca ve rn o sis  bilan  qoplan gan.  E reksiya  vaqtida  bu  m uskulning 
ahamiyati  katta  bo'lib,  venoz  qonning  oqishini  to'xtatadi.  Jinsiy  a’zoning 
oyoqchalari  birlashib,  jinsiy  a’zo  negizi-radix  penisni  hosil  qiladi.  Negiz 
baquvvat  ko'tarib  turuvchi  qisqa  ikkita  pay-lig.suspesoria  bilan  qo'ymich 
suyagi chokiga birlashib turadi,  ko va kta n a  oq  pardadan  tuzilgan,  undan  bir 
qancha tutqich  ipchalar tarqalib,  g'alvir shaklini hosil qiladi.  Ereksiya vaqtida 
ana shu g'alvirsimon bo'shliqlarga qon quyiladi.  Natijada jinsiy a’zo uzayadi, 
kengayadi va qattiq holatga keladi.  Bunda urug‘ hujayralarni  urg'ochi hayvon 
jinsiy a’zosiga  kiritish  uchun  qulaylik tug'iladi.
Tanasi  (corpus  penis)  o'rtasidan  o‘ng  va  chap  qism larga  bo'lingan, 
fc>os/7/-glans  penis  jinsiy  a’zoning  eng  oldingi  qismi  hisoblanadi.  Jinsiy 
a’zoning  ustini  teri  xalta  (preputsiya)  o'rab  turadi.  Jinsiy  a ’zo  boshining 
tu z ilis h i  h a m m a   h a y v o n la rd a   h a r  xil,  b a ’z ila rid a   ju d a   k a tta ,  kavsh 
qaytaruvchilarda esa kichik bo'lib,  siydik-jinsiy kanali o'sim tasi-processus 
urethrae  bilan  tugaydi.
Jinsiy a’zoning ustki qismini o'rab turgan teri  ichki va tashqi qavatlardan 
iborat.  Teri  xaltasi  jinsiy  a’zoni  him oya  qilish  uchun  xizm at  qiladi.  Tashqi 
qavati-lam ina cutanea bilan  ichki qavati-lam ila vercirales orasida teri xalta 
(preputsiya)  bo‘shlig‘i-cavum praeputi bo'lib, unda xaltani moylab turadigan 
suyuqlik-Sm egm a  to'planadi.  Teri  xalta  bo'shlig'iga  xalta  teshigi-ostium  
praeputifle ochiladi. Jinsiy a’zo ereksiyaga kelganda teri xalta taranglashib, 
tekislanadi.  Xalta  taranglovchi  m uskul-m .  rraeputiale  craniles  yordam ida 
taranglashadi.  Jinsiy  a’zoning  boshi  jinsiy  a’zo  muskuli-m.  retractor penis 
orqali xalta ichiga tortiladi. Jinsiy a’zo kavsh qaytaruvchi hayvonlarda silindr 
shaklida bo'lib, yorg'oqning orqasida  «S»  simon burma hosil qiladi.  Burma 
ereksiya  vaqtida  to ‘g ‘rilanadi.  K ovak  tana  uncha  rivojlanm agan.  Jinsiy 
a’zoning  boshi  ingichkalashib,  bo'yin-collum   grandis  hosil  qiladi,  uning 
oldingi tom onida  bosh  qalpoqchasi-galea grandis,  chap yuzasida o'simta- 
processus  urethrae  bo'ladi.  Teri  xalta  teshigi  jun  bilan  qoplangan  bo'lib, 
ichki qavatida bezlar va limfa follikulalari ko'p bo'ladi. Q o'chqorning siydik- 
jinsiy  o'sim tasi  uzun,  egilgan,  takaniki  uzun  va  to'g'ri  bo'ladi.  Cho'chqa 
jinsiy a’zosining  tanasi  silindrsim on,  yorg'og'ining  old tom oni  «S»  shaklda 
egik-flexura  sigm oidea  penis  bo'ladi,  xaltaning  old  tom onida  divertikul- 
diverticulum   praeputii,  uning  kengligi  12  sm  ga yetishi  mumkin.  Otlarning 
jinsiy a’zosi juda salmoqli bo'lib, yon tomoni siqiqroq, tanasi juda rivojlangan, 
boshi  qalpoqcha-C orona glandis  hosil  qiladi.  Ereksiya vaqtida qalpoqning 
diam etri  12— 15  sm  ga  yetadi.  Boshining  old  tomonida  chuqurcha-xossa 
glandis bo'lib,  undan o'sim ta-prosessus urethrae chiqib turadi.  Xaltasi  ichki 
va  tashqi  qavatdan  iborat,  unda  ter  va  yog'  bezlari  bo'ladi.  Q o'chqor  va 
m ahalliy  taka  jinsiy  a’zosining  uzunligi  31— 35  sm,  kengligi  2— 2,2  sm  va 
qalinligi  2,2— 2,6  sm  bo'ladi  (11 -  rasm).

11- rasm.  Qorako'l  qo'chqorlarining 
ko'payish  a'zosi:

—   urug‘don;  —  urug'don  ortig'ining 
bosh  qismi;  — urug'don  ortig'ining dum 
qismi;  4 —  maxsus qin  pardasi;  6 — 
muskulli  elastik  qobiq;  S —  urug'don 
xaltasi;  —  urug'donni  ko'taruvchi 
muskul;  — urug'  yo'li;  —  siydik pufagi;
10 
—  siydik yo'li;  11 —  urug' yo'li 
ampulasi;  12— pufakchasimon  bez;  13 — 
siydik-jinsiy kanalning tos qismi;  14 — 
piyozchasimon  bez;  15 —  jinsiy a'zo.

Yüklə 24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə