Rivojlantirish instituti a. R. Jabborov, S. S. Sotiboldiyev veterinariya akusherligi, ginekologiyasi va sun



Yüklə 24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/40
tarix28.04.2017
ölçüsü24 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40

Qo'shimcha jinsiy bezlar.  Erkak hayvonning jinsiy a’zolarida bir qancha 
qo'shimcha  bezlar  bo‘lib,  ular  urug'dondan  chiqayotgan  urug'ni  suyultirish 
uchun  xizmat  qiladi.  Bu  bezlar  ishlab  chiqaradigan  suyuqlik  siydik-jinsiy 
kanaliga  tushadi.  Pufakchasim on,  prostota  va  piyozchasim on  bez  ana 
shunday bezlarga kiradi.  Ulardan tashqari  ko‘p miqdorda siydik-jinsiy kanali 
bezchalari  ham  mavjud.
Pufakchasimon  bez- glandiula  vesicularis  ning  ustki  yuzasi  biroz  tekis 
va ikkita xaltacha shaklida bo‘lib, u siydik-jinsiy bo'rmasida, qovuqning ustida, 
urug' yo'li va bezli qismining yon tomonida joylashadi.  Bu bezning chiqarish 
yo‘li  urug‘  yo'li  bilan  qo'shilib,  siydik-jinsiy  kanaliga  ochiladi.  Ayg'irda  bu 
bezning  uzunligi  12— 15  sm,  eni  4— 6 sm;  buqada  uzunligi  10— 12 sm,  eni 
2— 5 sm; cho'chqada uzunligi 12— 15 sm, eni 6— 8 sm; qorako'l qo'chqorlarda 
esa  uzunligi  2,3— 3,8  sm,  eni  1,5— 2,3  sm  bo'ladi.  Pufaksimon  bezlaming 
funksiyasi  ikki  xil  bo'lib  ularning  sekreti  urug'dan  keyin  chiqadi:
a)  p u fa kch a sim o n   bez  sh ira s i  ta rk ib id a   g lu k o z a ,  fru k to z a   b o 'lib , 
spermalarga oziq  hisoblanadi.
b) bu bez shirasi tashqi muhitga chiqqach, shu zahotiyoq yopishqoq bo'lib, 
quyuqlashib  qoladi.  Bu  suyuqlik  bachadon  bo'yinchasining  kanalini  yopib 
m ahkamlaydi  va  bachadonga  kirgan  sperm alarni  orqaga  chiqishga  yo'l 
qo'ymaydi.
Prostota  bezi —   (glandula  prostata)  bir juft  bo'lib,  qovuq  ustida,  siydik- 
jinsiy  kanalining  boshlanish  qismida  joylashadi.  Bu  bezning  yon  qismi  va 
tanasi  bo'lib,  bir  qancha  yo'llar  bilan  siydik-jinsiy  kanaliga  ochiladi.  Bezda 
silliq  muskul to'qimalari  va  birikturuvchi  to'qim alar bor.  Prostota  bezi  kavsh 
qaytaruvchi  hayvonlarda 3,5— 4 sm  uzunlikda  bo'ladi.
Prostota  bezi  organizmda  4  ta  funksiyani  bajaradi:  a)  urug'  bilan  birga 
chiqib,  uni  suyultiradi;  b)  urug'ning  hajmini  3— 4  martaga  ko'paytiradi;  v) 
prostota bezining shira tarkibi ishqoriy bo'ladi, shuning uchun anabioz holidagi

sperm alar  bu  m uhitda  uyg'onib,  harakatlanadilar;  g)  bu  bezning  shirasi 
urug'dan  keyin  chiqib,  siydik-jinsiy  kanalini  urug‘  qoldiqlaridan  yuvadi.
Piyozchasimon  bez  —   (glandiula  bulbourethalis)  bir juft  bo'lib,  siydik- 
jinsiy kanali piyozchasimon qismining oldirog'ida joylashadi va kovak muskuli 
bilan yopilib turadi. Ç ho'chqada uning kattaligi 6— 12 sm gacha, qo‘chqor va 
takada  yong'oq  kattaligida,  qorako'l  qo'chqorlarida  esa  uzunligi  1,5— 1,8 
eni  1,2— 1,4 sm  bo'ladi.  Buqa va  ayg'irlarda  ham yong'oq  kattaligidadir.  Bu 
bezlar  ishlab chiqqan  suyuqlik uretra  bezi  suyuqligidan  keyin  chiqib,  siydik- 
jin s iy   k a n a lin i  s iy d ik   q o ld iq la rid a n   y u va d i.  C h o 'c h q a   va  q u y o n n in g  
piyozchasimon  bezi  boshqa  hayvonning  pufakchasimon  bezi  funksiyasini 
bajaradi.
Uretra bezi ishlab chiqargan suyuqlik siydik-jinsiy kanalini siydik qoldig'ini 
yuvadi,  u  urug'dan  oldin  chiqadi.
Spermatogenez.  1671 - yilda student Gamm va A.  Levenguk erkak jinsiy 
suyuqligidagi jinsiy hujayra spermatozoidlami topgan. Spermatozoid so'zining 
m a’nosi  urug'lik  jonivor  degani  (sperm a-urug‘,  zoojonivor).  A.  Levenguk 
sperm atozoidlam i  paydo  bo'layotgan  organizm lar  deb  o‘ylagan.  Boshqa 
olimlar spermatozoidlar jinsiy suyuqlikdagi  parazitlar deb  hisoblaganlar.
Spermatozoidning faqat erkak jinsiy bezlarida hosil bo'lishi, uning yetilishi 
va urug'lanish jarayonidagi ishtirokini o'rganish asosidagina bu hujayralarning 
ahamiyati  haqida haqiqiy  bilimga  ega  bo'lindi.  Spermatozoidlar  urug'donda 
yetishadi.
Masalan,  erkak va urg'ochi  it qo'shilganda erkak itning jinsiy suyuqligida 
(eyakulyatida)  60  m illionga  yaqin  spermatozoid  bo'ladi.  Qishloq  xo'jaligi 
hayvonlarida bir marta to'kilgan eyakulyat tarkibida spermatozoidlar bundan 
ham  ko'p.  Ayg'irda esa 250  millionga yaqin  spermatozoid  bo'lishi  mumkin.
Spermatozoidlarning shakllari  ularning vazifalariga muvofiqlashgan.  Ular 
dumchalari  yordam ida  harakatlanadi.  Sperm atozoid  urug'lanish  vaqtida 
tuxumhujayraning  qobig'ini  teshib  kiradi  va yangi  organizm  vujudga  keladi. 
Spermatozoid  o'zining  funksiya  va  tuzilishiga  ko'ra  organizmning  boshqa 
to'qim a  hujayralaridan  ancha  farq  qiladi.  Sperm atozoidlarning  shakllari 
hayvon  turiga  ko'ra  har xil  bo'ladi.
Spermatozoid tuxumhujayradan  100000  marta  kichik.
Spermatozoid boshining old qismida to'rsimon apparat bo'lib ustidan g'ilof 
o'ralgan  (12- rasm), unda maxsus ferment bor. Bu ferment tuxumhujayraning 
a tro fin i  o'rab  turgan  yo rd a m ch i  h ujayralarn i  eritib  yuboradi.  N atijada 
spermatozoid tuxum hujayra  qobig'ini  osongina teshib  kiradi.
Spermatozoid boshining orqa qismi sitoplazma bilan o'ralgan,  bunda zich 
o'zak moddasi to'plangan, usti esa lipoid bilan qoplangan. Spermatozoidning 
bo'yni  ikkita  sentrosom a  tugunchasidan  tashkil  topgan.  Bu  tugunchalar 
g lik o g e n   va  lip o id la r  o rq a li  b ir-b irig a   q o 's h ilg a n .  Bu  m o d d a la rn in g  
parchalanishi  natijasida  sperm atozoidlam i  harakatga  keltiradigan  energiya 
hosil  bo'ladi.  Bog'lovchi qism  o'rtadan  o'tgan  o‘q ipcha,  dumcha ipi,  burama 
ipcha va sitoplazmadan  tashkil  topgan.

Bog'lovchi qism bilan bosh qismlar o'rtasida xondriosomadan iborat halqa 
bor,  bosh  qism  dum cha  ipi  va  uni  o‘rab  oiuvchi  sitopiazmadan  iborat.  Eng 
oxirgi  qism  yalang‘och  ipchadan  tuzilgan.
Sutemizuvchilarda spermatozoidiarning katta-kichikiigi va uzunligi turiicha. 
Masalan,  it  spermatozoidining  uzunligi  60,  qo'chqorniki  70— 75,  ayg'irniki 
55— 60,  buqaniki  65,  takaniki  55  mikron  va  hokazo.
Erkak  jinsiy  hujayralar  juda  murakkab  y o ‘l  bilan  taraqqiy  etadi.  Bunga 
spermatogenez deyiladi.
S perm atogenez  to ‘rt  davrni  o‘z  ichiga  oladi:  a) 
ko'payish; b) o'sish; v) yetilish; g) shakllanish davrlari.
Qorako‘l qo'chqorlarining egri urug‘ naychalarining 
devorchasi ich tomonidan bir qavat mayda kubiksimon 
hujayra  —   spermatogenlar  (ko‘payib  turuvchi)  bilan 
qoplan gan,  bu  q a va t  hujayralari  u stid a   o 'su vchi 
hujayralar qavati —   birinchi tartib sperm atositlar  bor, 
ular  sperm atogoniylarga  qaraganda  kattaroq  (12- 
rasm).
Birinchi  tartib  spermatositlar  ustida  yetilayotgan 
hujayralar —  ikkinchi tartib spermatositlar joylashadi.
Y e tilish   da vrid a   h u ja yra la r  ke tm a -ke t  ikki  m arta 
bo'linadi. Natijada o‘zak moddasi va sitoplazma ancha 
kamayadi,  ya’ni  m ayda  hujayra-sperm atidlar  hosil 
bo‘ladi.  Spermatid  shakllanib,  yosh  sperm atozoidga 
aylanadi.  Ichki  to'rsim on  apparat  va  spermatidning 
o'zagi  yosh  sperm atozoidning  boshchasini  hamda 
s e n to ro s o m a la r 
d u m c h a s in i 
h o s il 
q ila d i.
X ondrioso m a larning  bog'lovchi  q ism idan  buram a 
ipchalar,  sitopiazmadan  esa dumcha  hosil  bo'ladi.
Shakllangan yosh spermatozoidning dumchasi egri 
urug‘  naychaning  ichki  tomonida,  boshi  naychaning 
devorchasida joylashgan.
Jinsiy  refleks  va  urug‘lanish.  H ayvonlarning 
juftlashishi  (coitus) —  ularning  murakkab xulqi  bo'lib, 
bunda urg'ochi hayvonning jinsiy yo'liga urug1 qo'yiladi, 
bu urug'lanish  uchun qilingan harakatning oxiri. Jinsiy
16
-13
12- rasm.  Spermatozoidning sxematik  tuzilishi:
1  —   spermatozoid  boshining  g‘ilof  bilan  o'ralgan  old  tomoni;
2 —  spermatozoid  boshining  orqa tomoni;  3 —  spermatozoidning 
boshi;  4 —  g'ilof chegarasi;  5 — bo'yni;  6 —  bo'yinning  old  tomon 
tugunchasi;  7 —   oraliq  modda;  8  —   bo'yinning  orqa  tomon 
tugunchasi;  — dumcha;  10 — burama ipcha;  11 —  sitoplazmatik 
po'st;  12  —  ektoplazma;  13 —   o‘q  ip;  14  —   halqa;  15 —   sitop-
lazmaning xondriosomali qismi;  16 — bog'lovchi qism;
17— asosiy qism.

q o ‘z g ‘alish  hayotning  boshqa  belgilariga  o'xshash  tashqi  muhit  ta ’sirida 
yuzaga  keladi va  u  refleks  hisoblanadi.
Barcha  urchib  ko'payish  jarayonlarining  yuzaga  kelishi  ikki  xil:  pereferik 
nerv uchlariga ta’sir qiluvchi  tashqi ta ’sir orqali, jinsiy hamda  boshqa bezlar 
gormonlarining  ichki ta ’sir qilishi  natijasida yuz  beradi.  Jinsiy  reflekslarning 
yig'indisi  jinsiy  instinktni  hosil  qiladi.  Jinsiy  bezlarda  jinsiy  hujayralardan 
boshqa  gorm onlar  hosil  bo‘lib,  jinsiy  yetuklik  avj  olgan  sari  instinkt yuzaga 
keladi.  Hayvonning  urchishiga  sabab  bo'ladigan  jinsiy  reflekslar  bir-biridan 
farq  qiladi:  1)  yaqinlashish  refleksi  (intilish);  2)  ereksiya  refleksi;  3)  irg'ish 
refleksi; 4) jufiashish refleksi va 5)  eakulyatsiya  refleksi.
Yaqinlashish  refleksi  jinsiy  qo‘zg‘alishlar  yig'indisidan  iborat.  Urg'ochi 
hayvonlar organizmida qator o'zgarishlar jinsiy qo‘zg‘alish va erkak hayvonga 
intilish  orqali xarakterlanadi.
Urg'ochi  hayvon  jinsiy  qo‘z g ‘alganda  turli  bez  sekretsiyalarining  kuchli 
ishlashi  natijasida  maxsus  hidli  suyuqlik  ajratadi.  Erkak  hayvon  kuyukkan 
urg'ochini  hid bilish yo'li  bilan topib oladi.  Urg'ochi  hayvon  harakatini  ko'rish 
va  uni  ovozini  eshitish  bilan  erkak  hayvon  jinsiy  qo'zg'alib  unda  ereksiya 
refleksi  hosil  bo'ladi.
Ereksiya  refleksida  erkak hayvon jinsiy a’zosining  kovak tanasiga  ko‘p 
qon  q u y ila d i.  N a tija d a   u  ta ra n g la s h a d i  va  b irm u n c h a   q a ttiq la s h a d i. 
Shundagina erkak hayvon jinsiy a’zosini  urg'ochi  hayvonning qiniga  kirgiza 
oladi.
Jinsiy a’zo ereksiyasi asta-sekin boshlanadi. Bunda dastlab jinsiy a’zoning 
kovak tanasi arteriya qoni bilan to'ladi.  Undan so'ng jinsiy a’zo bosh qismining 
serteshik tanasi  vena  qoni  bilan  to'ladi.  Jinsiy  a’zoning  bosh  qismi  odatda, 
aloqa  qilingan  paytda  urg'ochi  hayvonning  qini  ichida  to ‘la  taranglashadi, 
ereksiya vaqtida siydik-jinsiy kanalining devorlari taranglashib keng ochiladi.
Ereksiya refleksi ko'rish,  eshitish va hid bilish  kabi sezish organlari orqali 
ta ’sirlanish  natijasida  yuzaga  keladi.  Bu  ta’sirlar  markaziy  nerv  sistemasini 
(bosh  miyani)  qo'zg'atadi,  undan  impuls  orqa  miyaning  dum g'aza  qismida 
joylashgan  ereksiya  markaziga  beradi.  Impuls  ereksiya  markazidan  qorin 
osti  nerv chigali  orqali jinsiy a’zo  qin  tomirlariga  beriladi,  natijada jinsiy a’zo 
birm uncha  yo'g'onlashadi.  Shu  bilan  bir  vaqtda  dum g'aza  nervlari  orqali 
kelgan  im puls  q o 'y m ic h -g 'o v a k   va  p iyo zch a sim o n -g 'o va k  m uskullarni 
qisqartiradi.
Ereksiya shartli refleks ta ’sirida yuzaga kelishi mumkin. Masalan, ayg'irga 
yugan  solinganda,  u  biyani  ko'rmagan  va uning  hidini  bllmagan  bo'lsa  ham 
ereksiya  refleksi  paydo  bo'ladi.
Urg'ochi  hayvonda  ereksiya  refleks  ta’sirida  klitorning  kovak  tanasi  va 
qin  oldi  dahlizining  bo'rtishi  hamda  jinsiy  a’zolarga,  ayniqsa,  bachadonga 
ko'proq  qon  quyilishi  bilan  ifodalanadi.
Nerv uchlari ko'p bo'lgan jinsiy a’zo boshining  bo'rtishi,  kuchli qo'zg'alish 
hayvonlarda  irg'ish  va jinsiy  aloqa qilish  refleksini  uyg'otadi.
Irg 'is h   refleksi  erkak  hayvonn ing  urg'ochi  hayvonga  irg'ishi  bilan 
ifodalanadi.  Erkak  hayvonning  jinsiy  faoliyatining  boshlanishida  urg'ochi

hayvonlarning  kuyukishiga qaramay,  ularga irg'iydi va hatto  boshqa turdagi 
hayvonlarga  ham  irg'ishi  mumkin.  Mol  podada  boqilganda  faqat  kuyukkan 
urg'ochi  erkak molni  o'ziga yaqinlashtiradi.
Urg'ochi  hayvonlarda  irg'ish  refleksi  unga  erkak  hayvon  irg‘iganda  ham 
tinch  turishi  bilan  xarakterlanadi  va faqat  hayvon  kuyukkan  paytda  bilinadi. 
Bundan tashqari boshqa hayvonlarga irg'ib osiladllar, cho'chqa va sigirlarda 
irg'ish  refleksi  paydo  bo'lganda  boshqa  hayvonlarga  irg'ib osiladilar.
Juftlashish  refleksi  urg'ochi  hayvonning  qiniga jinsiy a’zoning  kiritilishi 
va  urug' ajratish  uchun  qilingan  birinchi  harakatdan  iborat.
Bu  refleksning  paydo  bo'lishi  natijasida  jinsiy  a’zoning  uchidagi  sezgir 
nervlar  ta’sirlanadi,  chunki  bunda  u  issiqni  sezadi  va  qabul  qiladi.  Jinsiy 
a’zoning  bosh  qismi  qin  shilimshiq  pardasining  issiq,  silliq  va  sirg'anib 
turadigan  yuzasiga tegishi  bilan  erkak  hayvon jinsiy  a’zoni  urg'ochi  hayvon 
qiniga  kirgiza olmasa,  jinsiy  a’zo  urg'ochi  hayvoning  qattiq terisi va boshqa 
joylariga tegib,  reflekslarning tormozlanishiga olib  keladi.
Urg'ochi hayvonda juftlashish refleksi erkak hayvon jinsiy a’zosining qiniga 
kirishiga  qulaylik tug'dirish  uchun  dumini  ko'tarishi,  belini  egib  turishi  bilan 
ifodalanadi.  Shu  bilan  bir  vaqtda  bachadon  harakatga  kelib,  u  qin  o'qiga 
to'g'ri  bo'lgan  holatda joylashadi.
Eyakulyatsiya  refleksi  —   erkak  hayvonning  urg'ochi  hayvon  jinsiy 
organiga  spermatozoid  va  qo'shimcha  jinsiy  bezlaming  sekretlarni  ajratib 
yuborishidir.  Bu  refleks  juda  murakkab,  chunki  sperm atazoidlar  juda  ko'p 
organ  va  to'qimalar  bilan  birga  qo'shilib,  urug'  yo'li  kanali  muskullarining 
p e ris ta ltik   q isq a rish i  n a tija s id a   s iy d ik -jin s iy   ka n a li  to m o n   y o 'n a la d i. 
Spermatozoidlar o'z yo'lida qo'shimcha jinsiy bezlardan chiqqan shiralar bilan 
aralashadi. Ana shu tartibda urug'  hosil  bo'lib,  uretraga keladi va bu yerdagi 
muskullarning  reflektor  tarzida  qisqarishi  yoki  bachadonga  qinning  ichiga 
(kavsh  qaytaruvchi  hayvonlarda)  yoki  bachadonga  (biya,  urg'ochi cho'chqa 
va  itlarda)  otilib chiqadi.
Eyakulyatsiya  refleksi jinsiy a’zo  terisidagi  sezgir  nerv tolalarining  ta’siri 
orqali  yuzaga  keladi,  bu  yerda  hosil  bo'lgan  impulslar  orqa  miyaning  bei 
qismida joylashgan  eyakulyatsiya nerv markaziga yuboriladi.  Eyakulyatsiya 
markazidagi  qo'zg'alish  sezish  organlari  hamda  markaziy  nerv  sistemasi 
orqali  yuzaga  keladi  va  u  faqat  jinsiy  a’zoning  ereksiyasi  paytida  m a’lum 
bo'ladi.  Shunday  bo'lishiga  qaramay,  urug'ning  ajralib  chiqishi  uchun  jinsiy 
a’zo terisidagi  nerv tolalariga  m a’lum  muhit  (silliqlik,  issiqlik va bosim)  ta’sir 
qiladi.  Eyakulyatsiya  jarayonida  qo'shimcha  jinsiy  bezlar  ketma-ket  sekret 
ishlab  chlqaradi.  Bunda  urug'  tayyor  aralashma  shaklida  chiqmaydi,  balki 
ayrim  sekretlar bir-birining  ketidan  ajraladi.  Kavsh  qaytaruvchi  hayvonlarda 
urug' shunchalik tez otilib chiqadiki,  kanal ichini namlovchi va uni tozalovchi 
tiniq  shilim shiq  shira  ko'p  yoki  kam  miqdorda  ajralib  chiqqanligini  faqat 
taxminiy  belgilash  mumkin.
Qinga to'kiladigan oz miqdordagi urug' suyuqligi urug'don ortig'ida hosil bo'lib, 
uning  asosiy miqdori  (qo'shimcha jinsiy  bezlaming  sekretlari)  spermatozoidlar 
siydik-jinsiy kanalidan o'tib borayotgan vaqtda qo'shiladi. Jinsiy bezlardan ajralib

chiqadigan  sekretlarning  ahamiyati  eyakulyat  hajmini  oshirishdan  iborat,  aks 
holda  quyuq  spermatozoidlar  massasinining  oz  miqdordagi  tomchilari  siydik- 
jinsiy kanali orqali ilgarilab harakatqilaolmagan bo'lardi. Ularsiydik-jinsiy kanalini 
tozalaydi, eng muhimi spermatozoidlarni anabioz holatidan faol holatga o'tkazadi. 
Bu,  urug'lanish sifatiga ijobiy ta’sir etadi.
Urg'ochi hayvonda eyakulyatsiya refleksi qin oldi va bachadon bezlaridan 
sekret ajralib chiqishi  bilan  ifodalanadi.  Bu sekret qinning shilimshiq  pardasi 
yu za sin i  s illiq la y d i  va  bachadon  m u sku lla rin in g   q isq a rish i  na tija sid a  
bachadonning bo'yin kanalidagi shilimshiq moddalarni itarib chiqarish uchun 
yordam   beradi.  Zotli  erkak  hayvonlarning  urg'ochi  hayvonlarni  normal 
qochirish  qobiliyati jinsiy potensiya deyiladi.
B unday  q o b iliy a t  o rg a n izm n in g   um um iy  holati  va  ichki  se kre tsiya  
b e z la rin in g   ish  fu n k s iy a s ig a   b o g 'liq .  H a y v o n la rn in g   ju ftla s h a d ig a n , 
b o q ila d ig a n ,  a s ra la d ig a n ,  sh u n in g d e k ,  is h la ta d ig a n   s h a ro itla r  jin s iy  
potensiyaga  katta ta’sir qiladi.
Faqat juftlashgandan  keyin,  ya’ni  spermatozoidlar  urg'ochi  hayvon  jinsiy 
organi yo'liga tushgandan va tuxumhujayrasi tomon  harakat  qilgandan so'ng 
urug'lanish yoki jinsiy hujayraning o'zaro assimilyatsiyasi sodir bo'lishi mumkin.
Tuxum ning  urug'lanish  jarayoni.  Urg'ochi  hayvon  jinsiy  a’zosida  yuz 
beradigan ko'plabfiziologikjarayonlarning amalgaoshishi asosan urug'lanish 
va  h o m ila n in g   n o rm a l  riv o jla n is h i  uchun  ba rch a   s h a rt-s h a ro itla rn i 
ta’minlashdan  iboratdir.
Tuxum hujayraning  urug'lanishi tuxum yo'lining  boshlanish  qismida sodir 
bo'lib,  shu  yerda  zigotaning  dastlabki  davri  boshlanadi.  Urug'lanishning 
normal o'tishi tuxumhujayralarning  ko'plab fiziologik normal spermatazoidlar 
bilan  uchrashishga bog'liq  (13-  rasm).
I  —   tuxumdon;   —   yetilgan  foltikulalarning  yorilishi;  3 —   tuxum  yo'lining  kengaygan  joyi 
(voronkasi); — nursimon tojli tuxumhujayra;  5 — nursimon tojdan ozod bo'lgan tuxumhujayra; 
6 — tuxumhujayraning tiniq qobig'i orqali spermatozoidlarning kirishi;  —  zigotalarning hosii 
bo'lishi;  8  —   tuxum  yo'li;  9 —  ikki  blastomerli  bosqich;  10  —  to'rt  blastomerali  bosqich;
I I  —  sakkiz blastomerli  bosqich;  12 —  morulla  bosqichi;  13—  bachadon  shoxining yuqori
qismi;  14 —  blastositlar bosqichi.

Urug'lanish  ikki tomonlama  bo‘lib,  kimyoviy va  morfologik jarayonlardan 
ib o ra t.  K im y o v iy   to m o n i  d e g a n d a   e rk a k   va  u rg 'o c h i  ha yvo n   jin s iy  
hujayralarining  o'zaro  assimilyatsiyasi  asosan  oqsillar,  nukleoproteidlar  va 
lip o p ro te id la r  paydo  bo'lishi  tushuniladi.  B unday  o 'zg arishlarning  ro ‘y 
berishida xilma-xil fermentlarning ta’siri  katta.
Tuxumhujayraning morfologik urug'lanish jarayoni to'rt bosqichdan  iborat.
Yetilayotgan  follikula  (graaf  pufakchasi)da  birinchi  tartib  ovosit  bo'ladi. 
Tuxumhujayra  tuxum  yo'liga  ikkinchi  tartib  ovosit  davrida  tushadi.  Ushbu 
davrda birinchi qutbda tana hosil bo‘lib, bu reduksion bo'linish tugallanganligini 
ko'rsatadi.  Bordi-yu  bu  davrda  sperma  tuxum hujayra  bilan  uchrashmasa, 
meyoz  davri  shu  bosqichda tugab,  ovosit tuxum hujayraga  aylanmaydi.
Yetilgan tuxumhujayrasi bir necha qavat tuxum bo'rtmalar bilan qoplangan 
bo'lib,  tashqi  tom onidan  shu’lasimon  toj  bilan  o'ralgan.  S hu’lasimon  toj 
hujayraning  o'sim talari  tiniq  pardaga  kirib  boradi,  tuxum ni  o ‘rab  turgan 
shu’lasimon tojdagi follikulyar hujayralar 4— 6 soat davomida gialuronidaza 
fermenti yordamida yemiriladi.  Urug'lanishning ikkinchi davrida 60— 90 taga 
yaqin  sperm atazoidlar  tuxum hujayra larning  tiniq  pardasi  ichiga  kiradi. 
Shundan  so'ng,  23— 36  tagacha  sperm a  tiniq  pardadan  o ‘tib,  sariqlik 
atrofidagi  bo‘shliqqa  tushadi.  Shunisi  qiziqki,  bu  davrda  tuxumhujayraning 
tiniq  pardasiga  boshqa tur oila  urug‘i  kira  olmaydi.
Urug'lanishning  uchinchi  bosqichida sariqlik parda  ichiga sperma  kiradi. 
To'rtinchi davrda sperma o‘zagi tuxumhujayra protoplazmasini assimilyatsiya 
qilishi  natijasida  kattalashadi  va  keyinchalik  u  tuxumhujayralarning  o'zagi 
bilan  qo'shilishi  tufayli takomillashishga  qadar zigota paydo  bo'ladi.
Sperm aning  tanasi  bilan  dumi,  shuningdek,  qolgan  sperm a  hujayra 
fermentlari  ta’sirida  erib  zigota  tomonidan  o‘zlashtiriladi.  Zigota  bachadon 
tom onga qarab harakat qilishda davom  etib,  ovulyatsiyadan  (4— 5  kun)dan 
keyin tuxum  yo'lidan  bachadonga o'tadi.
Urug'lantirishning samaradorligini oshirish. Urg'ochi hayvonlarni tabiiy va 
sun’iy qochirishning samaradorligi  uning vaqtini  aniq  belgilash,  sifatli  urug'  bilan 
qoidaga  rioya qilgan  holda  urug'lantirishga  bog'liq.  Ularni  dastlabki  kuyukkanda 
qochirishga yoki urug'lantirishga harakat qilish kerak. Masalan, sigirni tuqqanidan 
keyin 30—60 kun ichida kuyukligi bilan urug'lantirish lozim. Aks holda qisir qolishi 
mumkin. Bu,  hayvon mahsuldorligining  kamayishiga olib keladi.
Urg'ochi hayvon  kuyukish alomatlarini sinchiklab kuzatishni tashkil qilish, 
undagi  jinsiy  qo'zqalishni  ifodalovchi  xususiyatlarni  yaxshi  bilish,  y a ’ni, 
kuyukish  alom atlari  yo 'q olgandan  keyingina  o vu lya tsiya   yuz  berishini 
unutmaslik  kerak.  Har  bir  hayvonning  ovulyatsiya  muddatini  yaxshi  bilish 
amaliy  jihatdan  muhim  ahamiyatga  ega.  Ajralib  chiqqan  tuxumhujayra  tez 
nobud  bo'lishi  m a’lum.  S huning  uchun  sp e rm a ta z o id la r  u ru g 'la n tirish  
qobiliyatini yo'qotmasdan, tuxumhujayralarga yetib borishini ta’minlash kerak.
Urug'lantirishning  quyidagi  muddatlari  juftlash  uchun  eng  yaxshi  vaqt 
hisoblanadi: sigirlarda dastlabki kuyukish alomatlari m a’lum bo'lganidan  12—  
13  soat  o'tib  yoki  kuyukish  tamom  bo'lgan  zahoti;  echki  va  sovllqlarda  —  
dastlabki  kuyukish  alomatlari  ma’lum  bo'lganidan  3— 4  soat  o'tib  22— 24

soatdan kechiktirmasdan; cho'chqalarda kuyukish alomati boshlangach 24-
26  soatdan  keyin  harakat  qilm aslik  refleksi  paydo  bo'lganda,  biyalar 
kuyukishining  uchinchi  kunidan  boshlab  qochirilishi  lozim.
Y irik  h a yvo n la rd a   (biya,  sig irla rd a )  tu xu m d o n n i  e h tiy o tk o rlik   bilan 
paypaslab ko'rib rektal tekshirish  bilan ovulyatsiya vaqtini aniqlash mumkin.
Hayvon  qochirilgan  va  sun’iy  urug‘lantirilganda  veterinariya,  sanitariya- 
gigiyena qoidalarini  hamda maxsus yo'riqnomalarini  so'zsiz  bajarish  zarur.
Parranda ko'payishining o'ziga xos xususiyatlari. Parranda tuxum qo'yib 
ko'payadi.  Ulardatuxumhujayralarining urug'lanishi  ichki bo'lsa,  embrionning 
rivojlanishi tashqi muhitda sodir bo'ladi. Katta yoshdagi urg'ochi parrandalarda 
normal  holatda faqatgina chap tomondagi  faoliyat  ko'rsatayotgan  tuxumdon 
va tuxum yo'li yaxshi  rivojlangan bo'ladi. 0 ‘ng tomonda joylashgan tuxumdon 
va tuxum yo'li  esa,  rivojlanmagan  holatda bo'ladi.
Uy parrandalari ayniqsa, tovuqlarning mahsuldorligi ko'payish a’zolarining 
faoliyati  va  holatiga  bog'liq.  Tuxum  qo'yish  davrida,  bu  a’zolarning  hajmi 
ancha  kattalashadi,  ya’ni  tuxum  yo'lining  uzunligi  65— 70  sm,  og'irligi  75—  
80  g  bo'lsa,  tuxumdon  massasi  esa  40  g  gacha  bo'ladi.  Tuxum  qo'yishda 
tanaffus bo'lgan davr (tullash davri) tuxum yo'lining uzunligi 17— 20 sm gacha 
qisqaradi,  og'irligi  esa  4 g  gacha tushadi.  Bu  paytda tuxumdonning  og'irligi 
bor yo'g'i  3 gr ni tashkil  etadi.
Tuxum qo'yuvchi tovuqlarning tuxumdoni  uzum shingiliga o'xshash,  unda 
turli  kattalikdagi  va  yetilish  davri  har  xil  bo'lgan  follikulalar  bo'lib,  unda 
riv o jla n is h n in g   tu rli  b o s q ic h la rid a   b o 'lg a n   50 0   dan  3 5 0 0   ta g a c h a  
tuxumhujayralar mavjud bo'ladi. Rivojlanishning dastlabki bosqichlarida bo'lgan 
tuxumhujayralar follikulyar epiteliy  pardasi  bilan  o'ralgan  bo'lib,  u juda  nozik 
sariq tana pardasi  bilan  ajralib turadi.  Rivojlanish jarayonida bu  parda  ichida 
sariq  modda  yig'ilib tuxumhujayra  diametri  0,35— 40  mm  bo'lgan  sharsimon 
tuxum sarig'iga aylanadi. Sariq moddaning ustki qismida embrión diski (asosiy 
tuxumhujayrasi)  1— 2  mm  hajmdagi  oq  dog'simon  shaklda bo'ladi.

Yüklə 24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə